Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
175
TARKIBIY O
ʻ
ZGARISHLARNING HUDUDLAR IQTISODIYOTINING
RIVOJLANISHGA TA
’
SIRI
I.f.n., dotsent
Raxmatullayeva Firuza Mubinovna
Buxoro davlat universiteti
ORCID: 0000-0003-4059-3229
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mintaqalar iqtisodiyoti tarmoqlaridagi tarkibiy o'zgarishlar
va ularning iqtisodiy rivojlanishga ta'siri yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi mintaqaviy
strukturaning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish zarurligini asoslashdir. Maqolada "tarkibiy
o'zgarishlar" atamasi bo'yicha turli nuqtai nazarlarning mazmuni ochib berilgan.
Kalit so'zlar:
mintaqaviy iqtisodiyot, iqtisodiyot tuzilmasi, tarkibiy o'zgarishlar, tarkibiy
transformatsiyalar, rivojlanish iqtisodiyoti, tarmoqlar nisbati.
ВЛИЯНИЕ СТРУКТУРНЫХ ИЗМЕНЕНИЙ НА СБАЛАНСИРОВАННОЕ
РАЗВИТИЕ РЕГИОНОВ
К.э.н., доцент
Рахматуллаева Фируза Мубиновна
Бухарский
государственный
университет
Аннотация
.
В
статье
описаны
структурные
изменения
в
отраслях
экономики
региона
и
их
влияние
на
экономическое
развитие.
Основная
цель
исследования
–
обосновать
необходимость
изучения
особенностей
региональной
структуры.
В
статье
раскрывается
содержание
различных
точек
зрения
на
термин
«структурные
изменения».
Ключевые слова:
региональная
экономика,
структура экономики, структурные
сдвиги, структурная трансформация, экономика развития, пропорции секторов
.
THE IMPACT OF STRUCTURAL CHANGES ON THE BALANCED
DEVELOPMENT OF REGIONS
Department of Economics, dotsent
Rakhmatullaeva Firuza Mubinovna
Bukhara State University
Abstract.
The article describes structural changes in the regional economy and their impact
on economic development. The main objective of the study is to justify the need to study the
features of the regional structure. The article reveals the content of various points of view on the
term "structural changes".
Keywords:
regional economy, economic structure, structural shifts, structural
transformation, development economy, sectors’
proportions.
UO
‘
K: 332.012
X SON - OKTABR, 2024
175-182
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktyabr
www.e-itt.uz
176
Kirish.
Mamlakat va uning hududlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda tarkibiy
oʻzgarishlar va islohotlarni amalga oshirish juda muhim boʻlib, davlatning ustuvor
yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston iqtisodiyotida qayd etilgan ijobiy
oʻzgarishlar va amalga oshirilayotgan islohotlar aynan shu masalaga qaratilgan.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida mamlakatlar
oʻzlarining milliy xususiyiyatlarini inobatga olgan holda islohotlarni amalga oshirishi
muhimdir. Misol uchun, Janubiy Koreya va Singapur kabi davlatlar hukumatining faol
ishtirokida strategik tarmoqlarni qoʻllab
-quvvatlash, infratuzilmaga investitsiyalar oqimini
koʻpaytirish orqali jadal iqtisody oʻsishga erishdilar. Shu bilan birga, ular kichik va oʻrta
biznesni qoʻllab
-quvvatlashga katta ahamiyat berib, turli sohalarda raqobatbardoshlikni
oshirishga intildilar.
Oʻzbekiston ham ushbu tajribalardan foydalanib, turli sohalarni rivojlantirishda
tarmoqlar oʻrtasidagi muvozanatni saqlashi va diversifikatsiyani kuchaytirishi zarur. Xususan,
iqtisody oʻsishning yangi drayverlarini yaratish maqsadida innovatsion va yuqori
texnologiyalar sohalariga sarmoyalarni koʻpaytirish lozim. Ayni payda, qishloq xoʻjaligida
yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga e’tibor qaratish, ishlab
chiqarishning barqarorligi va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Iqtisodiyotdagi "tarkibiy o'zgarishlar" atamasi ishlab chiqarish, bandlik, talab va savdo
tarkibidagi transformatsiyani izohlash uchun ishlatiladi, va bu ko'pincha mamlakat rivojlanishi
bilan birga sodir
bo’ladi
(Doyle, 1997). Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda
(sanoatlashgan va sanoatlashtirish jarayonida bo'lgan) sarf-xarajatlar va ishlab chiqarish
tarkibida doimiy
o’zgarishlar
bo’ladi,
bunga sabab esa texnologiya va raqobat ustunligiga
erishish istagidir.
Tarkibiy o'zgarishlarni iqtisodiyot tarmoqlarining nisbiy ahamiyatliligining o'zgarishi
sifatida ta’riflash mumkin. Tarkibiy o‘zgarishlarni samarali boshqarish tarmoqlar o‘rtasidagi
proporsiyalarni optimallashtiradi va cheklangan iqtisodiy resurslarni YaHMga katta hissa
qo‘shadigan dominant tarmoqlarga yo’naltiradi.
Abuzarovaning (2011)
ta’rifiga
ko‘ra,
“...tarkibiy
o‘zgarishlarning
mohiyati iqtisodiy tizim
unsurlarining
o’zaro
aloqalarining sifat jihatidan
o‘zgarishi,
ehtiyojlar va resurslar
muvofiqligining
o’zgarishidan
iborat”
.
Yakovetsning (2004) ta'kidlashicha, iqtisodiyotdagi har qanday o'zgarishlarning asosi
tsiklik dinamika
bo’lib,
tarkibiy o'zgarishlar esa ishlab chiqarish samaradorligi va
raqobatbardoshligining pasayishi tufayli iqtisodiy faoliyat sifatining davriy ravishda
yomonlashuvida namoyon bo'ladigan tsiklik inqirozlarni bartaraf etishning samarali usuli
hisoblanadi.
Strukturaviy siljishlar, Berkovichning (1989) fikriga ko'ra,
“barcha
tuzilmani tashkil
etuvchi barcha omillar
ta’siri
ostida yuzaga keladigan iqtisodiy tizim nisbatlarining
o’zgarishi”.
Iqtisodiyot
nazariyasida
"tarkibiy
o'zgarishlar"
deganda
"o'zaro
bog’liq
proportsiyalardagi mavjud texnologik baza
ta’sirida,
mintaqaviy ehtiyojlarga muvofiq takror
ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash mexanizmlari ta'sirida yuzaga keladigan
o'zgarishlarning murakkab tizimi
tushuniladi»
(
Сухарев
, 2010).
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar turli iqtisodiy va noiqtisodiy omillar
ta’sirida
yuzaga
keladigan iqtisodiy tizim tarkibidagi o'zgarishlarni ifodalaydi. Iqtisodiy tizim samaradorligini
oshirishga olib keladigan
o’zgarishlar
progressiv tarkibiy
o’zgarishlardir
(
Лопатников
, 2003).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida rasmiy manbalardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda ilmiy
mushohada, dinamik qatorlar, iqtisodiy-statistik tahlil va sintez, statistik guruhlash, tizimli
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktyabr
www.e-itt.uz
177
tahlil, taqqoslash va boshqa usullardan foydalanildi. Shuningdek, tadqiqotning nazariy va
metodologik asoslari sifatida mahalliy va xorijiy iqtisodchilarning klassik va zamonaviy
asarlarida aks ettirilgan, kontsepsiyalri va gipotezalari xizmat qildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Oʻzbekiston iqtisodiyotining hududiy va tarmoq tarkibini oʻrganish hududlardagi
ijtimoiy-
iqtisodiy holatni anglashga yordam beradi. Oʻzbekiston 12 ta viloyat, Qoraqalpogʻiston
Respublikasi va Toshkent shahridan iborat boʻlib, ularning har biri oʻziga xos t
abiiy va iqtisodiy
resurslari, infratuzilmasi va iqtisodiy xususiyatlariga ega. Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki,
hududiy rivojlanishni taʻminlashda hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda
ixtisoslashuvni kuchaytirish muhimdir. Masalan, Italiyadagi “Made in Italy” brendi aynan
hududiy ixtisoslashuv natijasida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga
asoslangan.
Xuddi shunday, iqtisodiyot turli sohalarni, jumladan, qishloq xoʻjaligi, sanoat va
xizmatlarni oʻz ichiga oladi, ularning har biri oʻsish va bandlikni ta'minlashda alohida rol
oʻynaydi. Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirish uchun har bir tarmoqning salohiyatidan toʻliq
foydalanish va ularni bir-
birini toʻldiruvchi tarmoqlarga aylantirish maqsadga muvofiqdir.
Germaniyaning sanoat sektoridagi kuchli taraqqiyoti va xizmatlar sohasidagi innovasion
echimlari iqtisodiy rivojlanishda yuqori samaradorlikka erish
ishga olib keldi. Oʻzbekistonda
ham sanoat va xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish orqali iqtisodiyotning barqaror oʻsishini
ta'minlash imkoniyati mavjud.
Xuddi shunday, iqtisodiyot turli sohalarni, jumladan, qishloq xoʻjaligi, sanoat va
xizmatlarni oʻz ichiga oladi, ularning har biri oʻsish va bandlikni ta'minlashda alohida rol
oʻynaydi. Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirish uchun har bir tarmoqning salohiyatidan toʻliq
foydalanish va ularni bir-
birini toʻldiruvchi tarmoqlarga aylantirish maqsadga muvofiqdir.
Germaniyaning sanoat sektoridagi kuchli taraqqiyoti va xizmatlar sohasidagi innovasion
yechimlari iqtisodiy rivojlanishda yuqori samaradorlikka eri
shishga olib keldi. Oʻzbekistonda
ham sanoat va xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish orqali iqtisodiyotning barqaror oʻsishini
ta'minlash imkoniyati mavjud.
Oʻzbekiston iqtisodiyoti turli hududlardagi rivojlanish darajasi bilan ajralib turadi.
Mamlakatda hududlar oʻrtasidagi iqtisodiy faoliyat, investisiyalar, infratuzilma va boshqa
omillar boʻyicha turli
farqlar mavjud. Mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy salohiyati hamda
tarmoq tarkibini baholashga turli makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish asosida erishish
mumkin. Bunda yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) mutlaq qiymati va uning aholi jon boshiga
h
isoblangan koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Keng qamrovli tahlil oʻtkazish orqali
hududiy tafovutlarning sabablari haqida tushunchaga ega boʻlish va hududlarning iqtisodiy
rivojlanishiga oid maqsadli chora-
tadbirlarni shakllantirish mumkin. Oʻzbekisto
nning YaIM
hajmi boʻyicha ma'lumotlar quyidagi 1
-javdalda keltirilgan.
Bu koʻrsatkich hududlarning iqtisodiy rivojlanish sur'atini, hududlar oʻrtasidagi iqtisodiy
dinamikani va oʻsish tendensiyasini tahlil qilishga imkon beradi.
Umumiy holatda, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha YaIM 2013 yilda 153311,3 milliard
soʻmdan 2023 yilda 1066569,0 milliard soʻmgacha oshgan. Bu oʻn yillik davrda YaIMning
sezilarli darajada oʻsganini koʻrsatadi. Lekin, 2023 yilda oʻsish sur'ati (106,0%) 201
3 yilga
nisbatan (107,3%) biroz pastroq (-
1,3%) boʻlgan. Bu mamlakatdagi umumiy oʻsish suratlari
ma'lum darajada pasayganini koʻrsatadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida YaHM hajmi 2013 yilga nisbatan oshgan boʻlsa ham,
oʻsish sur'ati
-
4,5% boʻlib, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashganini koʻrsatadi. Bu hududdagi
iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish va barqarorlikni ta'minlash uchun qoʻshi
mcha choralar
koʻrish talab qilinadi.
Navoiy viloyati YaHM hajmida eng yuqori oʻsish koʻrsatgan hududlardan biri hisoblanadi.
1,4% oʻsish sur'ati bu hududda iqtisodiy faoliyat barqarorligini va rivojlanishni koʻrsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktyabr
www.e-itt.uz
178
1-jadval
Yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi (mlrd. soʻm) va oʻsish sur'atlari (%)
Viloyatlar
2013
2015
2017
2019
2021
2023
oʻ
zgarishi
2023/2013
hajmi
o’sish
sur.
hajmi
o’sish
sur.
hajmi
o’sish
sur.
hajmi
o’sish
sur.
hajmi
o’sish
sur.
hajmi
o’sish
sur.
hajmi
o’sish
sur.
Oʻzbekiston
Respublikasi
153311,3 107,3 221350,9 107,2 317476,4 104,4 532712,5 106,0 738425,2 107,4 1066569,0 106,0 +913257,7 -1,3
Qoraqalpog’iston
Resp.
4366,7 108,0 6703,8 110,5 10855,1 106,1 19557,0 107,0 25681,8 107,6 32916,1 103,5 +28549,4 -4,5
Andijon
9918,6 108,6 13914,0 103,4 19753,0 104,1 33581,3 105,8 43332,5 104,8 68223,4 105,1 +58304,8 -3,5
Buxoro
8325,9 108,3 12368,6 108,5 17191,0 102,4 27963,2 106,3 38350,1 106,5 53232,3 105,2 +44906,4 -3,1
Jizzax
4517,9 108,9 6730,8 108,3 9680,7 104,1 16056,1 108,3 23274,3 107,7 33323,3 105,0 +28805,4 -3,9
Qashqadaryo
12308,3 105,4 17247,7 106,6 21597,3 103,5 32223,0 101,8 42560,2 106,8 58404,5 105,0 +46096,2 -0,4
Navoiy
7708,5 104,4 10545,2 103,8 14681,5 101,5 36224,3 105,2 58730,3 107,3 81943,2 105,8 +74234,7 +1,4
Namangan
7217,2 108,0 10826,9 107,7 15311,1 103,4 23764,0 107,4 34194,1 109,7 47112,6 105,4 +39895,4 -2,6
Samarqand
12383,0 108,0 18513,7 108,4 27039,0 101,5 38765,9 105,4 52893,6 108,5 74115,3 105,6 +61732,3 -2,4
Surxondaryo
7436,4 107,8 11114,4 107,3 14404,4 103,4 22288,1 103,7 29693,2 107,9 40909,8 104,4 +33473,4 -3,4
Sirdaryo
3446,4 105,0 5076,9 107,1 6799,6
95,5 11865,2 109,5 15071,5 109,0 21549,9 105,9 +18103,5 +0,9
Toshkent
15420,7 106,5 22089,0 105,9 29092,8 101,0 54759,3 107,3 82221,8 110,4 107918,1 105,0 +92497,4 -1,5
Farg’ona
10966,4 107,5 16342,4 107,3 20749,2 98,9 32520,8 104,4 47760,5 108,2 65781,0 105,5 +54814,6 -2,0
Xorazm
5815,3 109,7 8940,4 109,0 12008,1 104,5 19129,1 105,7 26464,3 108,1 36916,5 104,4 +31101,2 -5,3
Toshkent sh.
19838,9 108,5 29847,4 109,2 49259,1 110,8 84720,4 108,5 121779,8 116,0 181859,6 109,3 +162020,7 +0,8
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirilgan
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
179
Toshkent shahrining iqtisodiy oʻsish sur'ati 0,8% boʻlib, bu hududning yuqori iqtisodiy
faoliyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Lekin, ayrim omillar (masalan, inflyasiya, talab va taklifning
oʻzgarishi) iqtisodiy oʻsish sur'atlariga salbiy ta'sir koʻrsatgan.
Umuman olganda, koʻplab hududlarda YaHM oʻsish sur'ati 2013 yilga nisbatan past.
Navoiy va Toshkent shaharlari iqtisodiy rivojlanishning barqarorligini koʻrsatadi. Bu
hududlarda sarmoyalarni oshirish va iqtisodiy faoliyatni kengaytirish imkoniyati mavjud.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm va Fargʻona viloyatlarida iqtisodiy oʻsish sur'atlari past boʻlib,
bu hududlardagi iqtisodiy faoliyatni jonlantirish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish zarur.
Ayniqsa, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va infratuzilmani rivojlantirish muhim
boʻladi.
Oʻzbekistonning turli hududlarida 2013 va 2023 yillardagi yalpi ichki (hududiy) mahsulot
hajmi va mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichlari taqqoslangan (1
-rasm).
1-
rasm. Oʻzbekistonda hududlari boʻyicha
2013 va 2023 yillarda YaHM qiymati,
amaldagi narxlarda mlrd. soʻm
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif
tomonidan shakllantirilgan.
Toshkent shahrining iqtisodiy
koʻrsatkichlari boshqa hududlardan keskin yuqori, 2023
yilda 181856,9 mrld. soʻmga etgan. Bu hududning mamlakat iqtisodiyotidagi yetakchi rolini
koʻrsatadi. Toshkent va Navoiy viloyatlari ham nisbatan yuqori koʻrsatkichlarga ega, lekin
Toshkent shahri bila
n taqqoslaganda ularning koʻrsatkichlari ancha past.
2013 yilda mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich 9262,2 mrld. soʻmga teng boʻlgan.
Oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori boʻlgan hududlar qatoriga Andijon (9918,6), Qashqadaryo
(12308,3), Samarqand (12383,0), Toshkent (15420,7), Fargʻona (10966,4) viloyatlari va
Toshkent shahri (19838,9) kiradi. Qolgan hududlar mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan
past natijaga erishgan.
2023 yilda esa mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich 64586,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu oʻsish koʻplab hududlardagi iqtisodiy rivojlanishga bogʻliq. Mamlakat boʻyicha oʻrtacha
koʻrsatkichdan yuqori boʻlgan hududlar qatoriga Andijon (68223,4), Navoiy (
81943,2),
Samarqand (74115,3), Toshkent (107918,1), Fargʻona (65781,0) viloyatlari va Toshkent
4366,7
9918,6 8325,9
4517,9
12308,3
7708,5 7217,2
12383,0
7436,4
3446,4
15420,7
10966,4
5815,3
19838,9
32916,1
68223,4
53232,3
33323,3
58404,5
81943,2
47112,6
74115,3
40909,8
21549,9
107918,1
65781,0
36916,5
181859,6
0,0
20555,6
41111,2
61666,8
82222,4
102778,0
123333,6
143889,2
164444,8
2013
2023
Mamlakat bo'yicha o'rtacha 2013
Mamlakat bo'yicha o'rtacha 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
180
shahri (181859,6) kiradi. Qashqadaryo viloyati 2013 yilda oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori
boʻlgan hududlar qatoriga kirgan boʻlsa, 2023 yilda Navoiy viloyati yuqori koʻrsatkiga erishgan.
Qolgan hududlar mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan past natijag
a erishgan.
Barcha hududlarda 2013 yilga nisbatan 2023 yilda sezilarli oʻsish kuzatilgan. Masalan,
Navoiy viloyatida 2013 yildagi 7708,5 mlrd. soʻmdan 2023 yilda 81943,2 mrld. soʻmga oʻsish
qayd etilgan.
Sirdaryo viloyati respublika YaIM tarkibida eng kichik ulushga ega boʻlgan hudud
hisoblanadi. 2013 yilda 3446,4 mrld. soʻm qayd etilgan boʻlsa, 2023 yilda bu koʻrsatkich
21549,9 mrld. soʻmga yetgan.
Toshkent shahridan tashqari Andijon, Navoiy, Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlari ham
yuqori iqtisodiy oʻsishga erishgan. Bu hududlar iqtisodiy rivojlanishga katta hissa qoʻshmoqda.
Toshkent shahri iqtisodiy rivojlanishda yetakchi hudud boʻlib qolmoqda, va aksariyat
viloyatlarda 2013 yilga nisbatan 2023 yilda sezilarli oʻsish kuzatilmoqda. Biroq, ayrim
hududlar, masalan Jizzax va Sirdaryo viloyatlari mamlakatning oʻrtacha koʻrsatkichl
aridan
ancha pastda qolgan. Bu hududlarda iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini qayta koʻrib chiqish
lozim.
Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM)
yoki yalpi hududiy mahsulot (YaHM)
hududlarning iqtisodiy rivojlanishini oʻlchash va taqqoslashda muhim koʻrsatkichdir. U
hududning iqtisodiy holatini, aholi farovonligini va turmush darajasini baholashda asosiy
mezonlardan biri hisoblanadi. Aholi jon boshiga YaIM iqtisodiy faoliyat natijasida aholiga
qanchalik iqtisodiy boylik taqsimlanganini koʻrsatadi. YaHMning yuqori boʻlishi aholi uchun
koʻproq daromad va farovonlikni ta’minlaydi.
Turli hududlarning iqtisodiy holatini taqqoslashda aholi jon boshiga YaHM asosiy
koʻrsatkichlardan biri boʻlib, iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta'sir etuvchi omillarni tahlil
qilishga imkon beradi. Masalan, bir hududda YaHM yuqori, boshqasida past boʻlsa
, bu hududlar
iqtisodiyotining sifat va samaradorlik darajasidagi farqlarni aks ettiradi. YaHMning aholi jon
boshiga yuqori boʻlishi hududda yaxshi rivojlangan infratuzilma va sarmoya jalb qilish
imkoniyatlarining yuqori ekanligini koʻrsatadi. Bu esa yangi
ish oʻrinlari yaratish, ijtimoiy
xizmatlarning sifatini oshirish va aholi turmush darajasini yaxshilashga yordam beradi. Bundan
tashqari YaHM yuqori boʻlgan hududlarda soliq tushumlari ham yuqori boʻladi. Bu davlatga
koʻproq mablagʻlarni qayta taqsimlash
va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Oʻzbekiston boʻyicha aholi jon boshiga YaIM hajmi 2013 yilda 5069,3 ming soʻmdan 2023
yilda 29291,4 ming soʻmgacha oshgan. Oʻsish sur'atlari yillar davomida yuqori darajada boʻlgan.
2013 yildan 2023 yilgacha oʻsish sur'atida
-
1,8% oʻzgarish kuzatilgan, ya'ni oʻn yil davomida
umumiy oʻsish sur'ati pasaygan.
Aholi
jon boshiga yalpi ichki (hududiy) mahsulot koeffisentlari va bu koʻrsatkich boʻyicha
hududlarning respublikadagi oʻrni boʻyicha ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan (2
-
jadval).
2-jadvalda O
ʻ
zbekistonning turli hududlari bo
ʻ
yicha aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot
(YaIM) koeffisientlari keltirilgan. Bu koeffisientlar hududlarning iqtisodiy rivojlanish
darajasini, shuningdek, mamlakat o
ʻ
rtasidagi o
ʻ
rnini va aholining turmush darajasini ko
ʻ
rsatadi.
Navoiy viloyati uzoq vaqtdan beri eng yuqori aholi jon boshiga YaHM koeffisientiga ega
bo
ʻ
lib kelmoqda (2019 yilda 2,310; 2021 yilda 2,713; 2023 yilda 2,626). Bu hududning sanoat
salohiyati, xususan tabiiy resurslarga boyligi bilan bogʻliq. Viloyatda iqtisodiy
rivojlanish yuqori
darajada ekanligini koʻrsatadi va aholi farovonligi mamlakat boʻyicha eng yuqori darajada.
Toshkent viloyati ham yuqori koeffisientga ega. Bu hududdagi sanoat korxonalari va
infratuzilma rivojlanganligi tufayli iqtisodiy oʻsish yuqori boʻlib, aholi jon boshiga YaHM
koʻrsatkichi boshqa hududlarga nisbatan ancha yuqori. Lekin 2023 yilda 2021 yilga
nisbatan
ma'lum darajada pasayish kuzatilgan. 2021 yilda 1,334 koeffisient, 2023 yilda esa 1,219
koeffisientni tashkil etgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
181
2-jadval
Aholi jon boshiga yalpi ichki (hududiy) mahsulot koeffisientlari
Viloyatlar
2019
2021
2023
koeff.
rang
koeff.
rang
koeff.
rang
Oʻzbekiston Respublikasi
1,000
-
1,000
-
1,000
-
Qoraqalpog’iston Resp.
0,654
7
0,627
8
0,565
10
Andijon
0,683
6
0,636
7
0,694
6
Buxoro
0,923
3
0,924
3
0,897
3
Jizzax
0,740
5
0,771
5
0,763
5
Qashqadaryo
0,626
10
0,597
10
0,566
9
Navoiy
2,310
1
2,713
1
2,626
1
Namangan
0,538
13
0,558
12
0,531
12
Samarqand
0,637
9
0,627
9
0,608
8
Surxondaryo
0,540
12
0,518
13
0,491
13
Sirdaryo
0,892
4
0,819
4
0,813
4
Toshkent
1,182
2
1,334
2
1,219
2
Farg’ona
0,551
11
0,585
11
0,559
11
Xorazm
0,651
8
0,656
6
0,638
7
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif
tomonidan shakllantirilgan.
Buxoro viloyati ham oʻrtacha yuqori koʻrsatkichga ega boʻlib, turli sanoat sohalari
rivojlangan. Har yilda koeffisientlar deyarli oʻzgarmasdan 3
-
oʻrinni saqlab qolgan, bu esa
hududning iqtisodiy barqarorligini
koʻrsatadi.
Sirdaryo viloyatida aholi jon boshiga YaHM koeffisenti (2019 yilda 0,892) deyarli
respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichga yaqin hisoblanadi, lekin 2021 (0,819) va 2023
(0,813) yillardagi koʻrsatkichlar pasaygan. Bu hududdagi iqtisodiy faoliyatdagi turli
muammolar yoki rivojlanish imkoniyatlarini toʻliq ishga solmaslik natijasida yuzaga kelgan
boʻlishi mumkin.
Qashqadaryo viloyati 2019 yilda 0,626 koeffisient bilan 10-
oʻrinda, 2023 yilga kelib 9
-
oʻringa koʻtarilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi esa 2019 yilda 0,654 koeffisient bilan 7
-
oʻrinda, 2023 yilga kelib 10
-
oʻringa pasaygan. Har ikki hududda ham iqtisodiy
rivojlanish
darajasi mamlakat oʻrtacha koʻrsatkichidan past. Bu hududlarda iqtisodiy faoliyatni
kuchaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va sarmoya jalb qilish zarur.
Namangan viloyati 2019 yilda 0,538 koeffisient bilan 13-
oʻrinda, 2023 yilga kelib 12
-
oʻringa koʻtarilgan. Surxondaryo viloyati 2019 yilda 0,540 koeffisient bilan 12
-
oʻrinda, 2023
yilga kelib 13-
oʻringa pasaygan. Bu hududlar mamlakatdagi eng past koʻrsatkic
hlarga ega. Bu
iqtisodiy imkoniyatlar cheklanganligi, sarmoyalarning kamligi yoki tabiiy resurslardan
foydalanishdagi muammolarni koʻrsatadi. Aholi jon boshiga YaHM koʻrsatkichlari hududdagi
farovonlikni oshirish uchun qoʻshimcha iqtisodiy chora
-tadbirlar zarur hisoblanadi. Bu
hududlar oʻrtasidagi iqtisodiy tengsizlikni koʻrsatadi. Bu iqtisodiy rivojlanishda kambagʻallikni
kamaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
182
Xorazm viloyati 2023 yilda 0,638 koeffisient bilan 7-
oʻrinni egallagan. Andijon viloyati
2023 yilda 0,694 koeffisient bilan 6-
oʻrinda, Jizzax viloyati esa 2023 yilda 0,763 koeffisient bilan
5-
oʻrinda. Bu hududlar oʻrtacha iqtisodiy rivojlanishga ega boʻlib
, 2023 yilgacha sezilarli
oʻsishga erishgan. Jizzax viloyatining koeffisienti yuqori boʻlib, hududdagi iqtisodiy faoliyatning
rivojlanishiga bogʻliq.
Jadvalda keltirilgan koeffisientlar hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini
aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Navoiy va Toshkent viloyatlari yuqori rivojlangan hududlar
hisoblanadi, bu ularning iqtisodiy salohiyati va infratuzilmasi rivojlanganligini
koʻrsatadi.
Ayrim hududlarda past koeffisientlar koʻrsatilgan, bu esa iqtisodiy imkoniyatlarni yanada
rivojlantirish zarurligini koʻrsatadi.
YaHM aholi jon boshiga hisoblaganda koʻrsatkich yuqori boʻlsa, bu hududdagi aholi
turmush darajasi yuqori ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, YaHM past boʻlsa, hududda
yashash sharoitlari, ijtimoiy xizmatlar sifati past boʻlishi mumkin. Aholi jon
boshiga YaHMning
yuqori boʻlishi tabiiy resurslarga boy hududlarda kuzatilishi mumkin. Bu holatda
diversifikasiyalangan iqtisodiyot hududning barqaror rivojlanishi uchun muhimdir.
Xulosa va takliflar.
Shunday qilib, iqtisodiyotning tuzilmasi har qanday tizimning asosiy xarakteristikasi
bo‘lib, uning barqarorligini belgilab beradi. Evolyutsion rivojlanish jarayonida ma'lum tarkibiy
transformatsiyalar amalga oshiriladi. Agar ular tizimni tashkil etuvchi aloqalar va
munosabatlarning uzilishiga, yaxlitlik va muvozanatning buzilishiga olib kelsa, iqtisodiy tizim
qayta tizimlashtiriladi. U ob'ekt tarkibi, hajmi va nisbatlarida adaptiv o'zgarishlarining
kompleks jarayonini tavsiflaydi, bu strukturaning yangi tizimli sifatlarini shakllantirishga yoki
ularning sezilarli o'zgarishlariga olib keladi. Ular asosida iqtisodiy tizim yangi dinamik
muvozanatga ega bo'ladi.
Tahlillar shundan dalolat beradiki, Oʻzbekistonning har bir hududi oʻziga xos tabiiy
resurslar, sanoat infratuzilmasi va iqtisodiy imkoniyatlarga ega. Shuning uchun, har bir
hududning mavjud resurslari va sanoatning ustun jihatlarini chuqur oʻrganib, yuqori oʻsish
salohiyati va raqobatbardoshlikka ega sohalarni aniqlash zarur.
Xulosa qilib aytganda, hududiy salohiyat va imkoniyatlarni strategik rejalashtirish va
chuqur tahlil qilish orqali mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish taklifi oʻrinli va ilmiy
asosga ega. Hududlarning oʻziga xos salohiyatlaridan unumli foydalan
ish, resurslar taqsimotini
optimallashtirish va risklarni boshqarish orqali hududlarda barqaror iqtisodiy rivojlanishga va
aholi farovonligini oshirishga erishiladi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Doyle, E. (1997) „Structural Change in Ireland“, Journal of Economic Studies, 24: 58
- 68.
Абузарова М.И.
(2011)
Методологические основы структурных сдвигов в
экономике// Экономические науки. –М.,
- No 4. -
С.78
-89.
Беркович, Л.А.
(1989)
Взаимосвязь процессов интенсификации производства и
структурных сдвигов в экономике. –
Новосибирск.
Лопатников Л.И.
(2003)
Экономико
-
математический
словарь: Словарь современной
экономической
науки.
–М.:
Дело,
URL:
https://economic_mathematics.
academic.ru
/4431/Структурные_сдвиги_в_экономике.
Сухарев О.С.
(2010)
Структурные проблемы экономики России: теоретическое
обоснование и практические решения. –
М.: Финансы и статистика, –
192 с.
Яковец Ю.В.
(2004)
Эпохальные инновации
XXI
века. –М., С. 127.
