Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
34
HUDUDLARDA XIZMATLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNINIG
TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI
Bozorov Dadaxon Berdimurodovich
Sh.Rashidov nomidagi SamDUning inson resurslari
va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti
ORCID: 0009-0003-5520-190X
Annotatsiya.
Maqolada hududlarda xizmatlar samaradorligini oshirishninig tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlari o‘rganilgan. Asosiy e’tibor iqtisodiyotni
innovatsion rivojlantirish
sharoitida yangi texnologiyalar asosida xizmatlar sohasini modernizatsiyalashtirish orqali
xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish holatlari o‘rganib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
maishiy xizmat, samaradorlik, sifat, resurslar, ehtiyojlar, iste’mol xizmati,
nomoddiy soha, ehtiyojni qondirish, innovatsion rivojlanish, mehanizatsiyalashtirish.
ОРГАНИЗАЦИОННО
-
ЭКОНОМИЧЕСКИЙ МЕХАНИЗМ ПОВЫШЕНИЯ
ЭФФЕКТИВНОСТИ УСЛУГ В РЕГИОНАХ
Бозоров Дадахан Бердымуродович
СамДУ им. Ш.Рашидова института управление
человеческим ресурсами и развитие махалле
Аннотация
. В статье рассматриваются организационно
-
экономические
механизмы повышения эффективности услуг в регионах. Основное внимание уделяется
случаям повышения качества и эффективности услуг за счет модернизации сферы услуг
на основе новых технологий в условиях инновационного развития экономики.
Ключевые слова:
бытовая услуга, эффективность, качество, ресурсы,
потребности,
потребительское
обслуживание,
нематериальный
сектор,
удовлетворение потребностей, инновационное развитие, механизация.
ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISM OF INCREASING
THE EFFICIENCY OF SERVICES IN THE REGIONS
Bozorov Dadakhan Berdimurodovich
SamDU named after Sh.Rashidov
Institute of Management human
resources and mahalla development
Abstract.
The article examines the organizational and economic mechanisms of improving
the efficiency of services in the regions. The main focus is on cases of improving the quality and
efficiency of services by modernizing the service sector based on new technologies in the context
of innovative economic development.
Keywords:
household service, efficiency, quality, resources, needs, consumer service,
intangible sector, satisfaction of needs, innovative development, mechanization.
UO
‘
K: 338.46
X SON - OKTABR, 2024
34-43
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
35
Kirish.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarini
barqaror rivojlantirish,
ularning raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omili
hisoblangan xizmat ko‘rsatish jarayonlari samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor
qaratilmoqda. 2022
–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasida
«...xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali keyingi
5 yilda
xizmat ko‘rsatish hajmini
3 baravarga
oshirish hamda ushbu yo‘nalishda jami
3,5 million
yangi
ish o‘rinlarini yaratish»
(Farmon, 2022) kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning asosiy yo‘nalishlardan biri milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lgan
hisoblangan servis tizimini rivojlantirish, aholining hayot sifatini yanada yaxshilashdan
iboratdir. Uning turli xildagi talablarini qondirish muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Chunki mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ushbu sohaning rivoji muhim
ahamiyatga ega.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish
va xizmatlar sohasini modernizatsiyalash jarayonida maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini
doimiy ravishda transformatsiyalanib boruvchi iqtisodiyot sharoitida barqaror rivojlanish
ularning xo‘jalik faoliyatida maishiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishni zarurat etadi.
Adabiyotlar sharhi.
«Maishiy xizmat» tushunchasini o‘rganishda ko‘plab ta’riflar keltirilgan. Bu boradigi
bahs-munozaralar bugungi kunda ham maishiy xizmatlar sohasining barcha jabhalariga
taalluqli bo‘lib, ushbu tushuncha to‘g‘risida fan vakillari: sotsiologlar, psixologlar
va iqtisodchi
olimlar izlanishlar olib borganlar.
Roze va Rossinskiy maishiy xizmatlarga «uy mehnatini u yoki bu darajada
almashtiradigan yoki qisqartirishga imkon beradigan xizmatlar»ni kiritishadi. Ushbu mualliflik
talqinida asosiy diqqat turmush sharoitidagi xizmatlarni almashtiradigan yoki ularni ma’l
um
darajada soddalashtirishga qaratilgan holda iste’mol xususiyatini qayta tiklash, shuningdek
iste’mol uchun qo‘shimcha shart
-
sharoitlar yaratib berishga qaratilgan xizmatlar e’tibordan
chetda qolib ketgan (
Биндиченко, 2000)
Yuximenko (1974)
maishiy xizmatlarni insonning maishiy turmush bilan bog‘liq
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan turli ishlab chiqarish va noishlab chiqarish shaklidagi
mehnati yoki harakatining iste’mol qiymatini o‘zida aks ettiradi. Bu yerda maishiy xizmat
mehnatni tas
hkil etish shakli va iste’mol nuqtai nazaridan olib qaralgan holda ularnr amalga
oshirishda individual xarakteri ochib berilmagan.
Garaninning (1980)
fikricha, «Maishiy xizmatlar, ma’lumki pullik xizmatlarning tarixiy
shakllangan muayyan majmui va turlari hisoblanib, korxonalar tomonidan aholining yakka
tartibdagi buyurtmalarini bajarishga hamda ularning shaxsiy daromadlari asosida to‘lov
qilinadigan xi
zmatlardir». Ammo ushbu tarifga ko‘ra maishiy xizmatlar nafaqat korxonalar
tomonidan, balki jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda ham ko‘rsatilishi, ularning
barchasi ham aholining shaxsiy daromadi hisobidan qoplab berilishi mumkinligi muallif
e’tiboridan chetda qolib ketganligiga guvoh bo‘lishmiz mumkin.
«Maishiy xizmat» kategoriyasining mohiyatini yoritishda Dmitrevning
(1996) fikricha:
«maishiy xizmat –
bu samarali harakat sifatida mehnat unumdorliginig natijai bo‘lib, yo
moddiy-ashyoviy predmetlarda gavdalanadigan, yo sezilarli natijalarni ifodalaydigan aniq
ko‘rinishdagi faoliyat turi hisoblanadi». Lekin mazkur ta’rifda mual
lif maishiy xizmat moddiy
shilab chiqarish sohasiga tegishli tarmoq sifatida bu sohada mehnat unumdorligi aniqlanadi
deb ifodalaydi. Shu nuqtai nazarni qo‘llab
-quvvatlovchi olimlardan Yadgarovning (1990)
fikricha: «Maishiy xizmat aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida o‘ziga xos moddiy ishlab
chiqarish sifatida aniqlanadi» degan fikrni bildirdi.
Kotler (2005)
«xizmat
-
bir tomon ikkinchi tomonga taklif etishi mumkin bo‘lgan har
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
36
qanday faoliyat yoki ne’mat biron narsaga egalik qilish imkonini bermaydigan foydali harakat»
deb qaraydi.
Fatxutdinov (2000)
esa, «xizmat –
bu bajaruvchi va iste’molchining o‘zaro kelishilgan
faoliyati bo‘lib, bajaruvchining istemolchi ehtiyojlarini qondirishdagi faoliyati natijasidir», –
deb ta’riflagan.
Agapova va Sereginalar (2007) -
«xizmatlar nomoddiy sohaga taalluqli bo‘lib, moddiy
mahsulot yaratmaydigan insonning turli faoliyat yuritishidir»
- deb hisoblaydilar.
Respublikamiz iqtisodchi olimlari ham xizmat ko‘rsatish soxasini chuqur tadqiq etib,
quyidagi ta’riflarni berishgan.
Jumladan, Pardaev (2009)
xizmat ko‘rsatish sohasining mohiyatini mehnat jarayoni
nuqtai nazaridan, YaIM ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, davlat nuqtai nazaridan, tovar nuqtai
nazaridan, mehnat egasi nuqtai-nazaridan, mulk egasi manfaatlari nuqtai nazaridan ochib
beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Hududlarda xizmatlar samaradorligini oshirishninig tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari
bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish jarayonida qiyosiy
solishtirish, statistik va
boshqa ma’lumotlarni tahlil qilish, iqtisodiy jihatdan taqqoslash, mantiqiy fikrlash, ilmiy
abtratsiya, ma’lumotlarni guruhlash, tahlil va sintez usullaridan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Maishiy
xizmat ko‘rsatish faoliyati murakkab va ko‘p qirrali jarayon hisoblanadi. Ushbu
jarayon korxona xodimlarini va resurslarini samarali boshqarish, xizmat ko‘rsatish
standartlariga rioya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning iste’molchilar talablariga mos ke
lishi
orqali ta’minlanadi. Bu esa maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida xizmat ko‘rsatish
jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va resurslardan foydalanish samaradorligini
oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishni talab qiladi.
Maishiy xizmatlar to‘g‘risida gapirar ekanmiz, avvalo ularning maishiy turmushdagi
ahamiyatiga, xizmatning kundalik turmushga taalluqli ekanligiga alohida e’tibor qaratishimiz
lozim.
Maishiy xizmatlar nafaqat ehtiyojlarni qondirish, balki aholi ehtiyojlari shakllanishini
maqsadga yo‘naltirilgan holda, ularning bo‘sh vaqtlarini tejash uchun imkoniyat yaratadi.
Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida maishiy xizmat k
o‘rsatish
korxonalarining keng ko‘lamda rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatini jadal sur’atlar bilan
kengayishi, aholi daromadlarini oshishi, bandlik va yangi ish o‘rinlari sonini ko‘payishi hamda
asosiy ishdan tashqari nostandart ish bilan bandlikni ta’min
lash imkoniyatini yaratadi.
Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasining innovatsion rivojlanishi bevosita ilmiy
-texnik
taraqqiyot natijalariga, ya’ni xizmat ko‘rsatish jarayonlarini mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirishga bog‘liqdir. Mazkur sohada texnologik operatsiyalarni mashina va
appa
ratlar yordamida mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish xizmat ko‘rsatish
samaradorligini oshiradi hamda xodimlar mehnatini intellektuallashuv darajasini oshiradi.
Maishiy xizmat sohasida faoliyat natijasini baholash pirovard natijalarga bog‘liq
ravishda uning samaradorligi bilan foydalilik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni qo‘llash
ham maqsadga muvofiqdir.
Mazkur sohada xizmat ko‘rsatish natijalari iqtisodiy faoliyatinig samaradorligi bilan
chambar-
chas bog‘liq bo‘lib, uni oshirish hozirgi vaqtda eng muhim iqtisodiy vazifa bo‘lib
qolmoqda.
Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida samaradorlikni oshirishning mutloq
ko‘rsatkichlariga: jami ishlab chiqarilgan xizmatlar hajmida maishiy xizmatlar sohasining
ulushi, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasida foyda me’yori va hajmi, xizmat ko‘rsatish
jarayoni
ning fondlar bilan qurollanganligi, xarajatlar tejalishi, bir xodimga to‘g‘ri keladigan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
37
maishiy xizmatlar hajmi, mehnatning barqarorligi kabilar kiradi. Maishiy xizmat sohasida
iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari foizlarda aniqlanadi. Masalan, foydalilik darajasi har bir
xodimga to‘g‘ri keladigan foyda summasi bilan ifodalanadi.
Ushbu ko‘rsatkichlarning afzalligi shundaki, har bir maishiy xizmat xodimining va shu
korxona moliyaviy faoliyati bilan qiziquvchi sub’ektlarning xizmat ko‘rsatish samarasi
to‘g‘risida xulosa qilish uchun aniqroq ma’lumotni beradi.
Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi
ko‘rsatkichlarni alohida ko‘rsatkichlar tizimi orqali tadqiq etish muhim hisoblanadi.
Korxonaning umumlashgan ko‘rsatkichi –
bu xizmat ko‘rsatish hajmi hisoblanadi. Bu
ko
‘rsatkich bir xodimga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi bilan aniqlanadi, ya’ni:
I.
1. Maishiy xizmat korxonasida bir ishchi (xodim)ga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi
(I
x
):
s
x
x
I
X
I
=
, (1);
bu yerda: X
h
–
hisobot davridagi haqiqiy xizmatlar hajmi (so‘m);
I
s
–
hisobot yildagi ish (xodim)lar soni.
Shuningdek, maishiy xizmat sohasida mehnat resurslaridan samarali foydalanishni
ifodalovchi
ko‘rsatkichlarga qo‘yidagilar kiradi:
2. Maishiy xizmat korxonasida bir so‘mlik ish haqi jamg‘armasiga to‘g‘ri keladigan
xizmatlar hajmi (X
ix
):
j
x
ix
IH
X
X
=
, (2);
bu yerda: IH
j
–
maishiy xizmat korxonasida hisobot yilidagi haqiqiy ish haqi jamg‘armasi
miqdori.
3. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasida bir so‘mlik ish haqi jamg‘armasiga to‘g‘ri
keladigan foyda hajmi (F
ih
):
j
h
ih
IH
F
F
=
, (3);
bu yerda: F
h
–
korxonada hisobot davridagi foyda summasi.
4
.
Maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlarinig fondlar bilan qurollanish darajasi (FQ):
ys
o
I
AF
FQ
'
=
, (4);
bu yerda: AF
–
korxonada o‘rta yillik asosiy fondlar qiymati;
I
o‘ys
–
hisobot yilida korxonadagi o‘rta yillik ishchilar soni.
II.
Maishiy xizmat sohasida mehnat resurslari bilan ishlash sifati
1. Korxonada mehnatni mexanizatsiyalash darajasi (M
d
):
ys
o
m
d
I
I
M
'
=
, (5);
bu yerda: I
m
–
hisobot yilidagi qo‘l mehnati mexanizatsiyalashtirilgan ishchilar soni;
2. Korxonada ish haqi jamg‘armasining xizmat ko‘rsatish xarajatlaridagi ulushi (XX
ih
):
x
j
ih
ХK
IH
ХХ
=
, (6);
bu yerda: XK
x
–
korxonada xizmat ko‘rsatish xarajatlari summasi.
3. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasida ishchi xodimlarning o‘rtacha ish haqi miqdori
(I
o‘rtih
).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
38
ys
o
j
rtih
o
I
IH
I
'
'
=
, (7);
4. Korxonada muayyan vaqt ichida qilingan mehnat sarfining ishlatilishi bo‘yicha ish sifati
(M
is
):
100
100
−
=
n
h
is
S
S
М
, (8);
bu yerda: S
h
–
haqiqatdagi samaradorlik;
S
n
–
samaradorlikning normativ ko‘rsatkichi.
Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab
oladi va jamiyatda ro‘y
berayotgan deyarli barcha ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarga ta’sir qiladi, bu
esa ushbu masalaning
dolzarbligi va ahamiyatini belgilaydi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi, shuningdek, mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar sharoitida xizmatlar sohasida sezilarli o‘zgarishlar
kuzatilmoqda.
2018 yilga nisbatan (150,9 trln. so‘m) 2022 yil
da
(357,6 trln. so‘m) ko‘rsatilgan bozor
xizmatlari hajmi 206,7 trln. so‘mga oshdi.
2018- yildan 2022 yilning yanvar-dekabriga qadar
bo‘lgan davrda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati
175,9 % ga yetdi.
Xizmatlar hajmi, trln.
so‘mda
;
O‘tgan
yilga nisbatan
o‘sish
sur’ati
, % da;
2017 yilga nisbatan o‘sish sur’ati, % da.
1-rasm. 2018-2022-
yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar
sohasining
asosiy
ko‘rsatkichlari
dinamikasi
Bugungi kunda xizmatlar sohasi zamonaviy milliy iqtisodiyotning eng muhim
tarmoqlaridan biridir. Ushbu tarmoq an’anaviy faoliyat bilan cheklanib qolmaydi, u
jamiyat
hayotida o‘z ishtirokini doimiy ravishda kengaytirib boradi, ijtimoiy ishlab chiqarishga
integratsiyalashgan, shuningdek, iqtisodiyotning deyarli barcha sohalari bilan o‘ziga xos
aloqalar orqali bog‘langan.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmi o‘sishining asosiy omili moliyaviy
xizmatlarning 29,3 % ga o‘sishi, transport xizmatlari –
12,4 % ga, savdo xizmatlari
–
9,0 % ga,
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari
–
25,5 % ga, ta’lim xizmatlari –
15,3 % ga, boshqa
xizmatlar
–
17,0 % ga, yashash va ovqatlanish xizmatlari
–
14,7 % ga shuningdek, ko‘chmas
mulk bilan bog‘liq xizmatlar –
11,1 % ni tashkil etdi.
2022 yil yanvar-
dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
39
bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlari 24,8 %, transport xizmatlari
–
22,7 %,
moliyaviy xizmatlar
–
22,5 %, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari
–
6,4 %, ta’lim
sohasidagi xizmatlar
–
4,3 % ni egallaydi.
1-jadval
Iqtisodiy faoliyat turlari
bo‘yicha
ko‘rsatilgan
bozor xizmatlari
Xizmat turlarining nomi
Xizmatlar hajmi,
mlrd.
so‘mda
Ulushi,
% da
O‘sish
sur’ati,
% da
2021 y.
2022 y.
Xizmatlar
–
jami
284 388,1
357 554,5
100,0
115,9
shu jumladan asosiy turlari
bo‘yicha:
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari
17 755,1
22 917,6
6,4
125,5
moliyaviy xizmatlar
59 733,3
80 431,0
22,5
129,3
transport xizmatlari
67 202,9
81 006,6
22,7
112,4
shu jumladan:
avtotransport xizmatlari
36 253,3
41 318,3
11,6
106,5
yashash va ovqatlanish xizmatlari
8 375,4
11 322,8
3,2
114,7
savdo xizmatlari
72 483,2
88 847,9
24,8
109,0
ko‘chmas
mulk bilan
bog‘liq
xizmatlar
8 081,1
9 674,3
2,7
111,1
ta’lim
sohasidagi xizmatlar
12 102,6
15 395,7
4,3
115,3
sog‘liqni
saqlash sohasidagi xizmatlar
5 105,9
6 384,2
1,8
111,5
ijara xizmatlari
5 351,0
6 444,3
1,8
112,2
kompyuterlar va maishiy
tovarlarni ta
’
mirlash bo
‘
yicha xizmatlar
4 680,5
5 842,3
1,6
109,0
shaxsiy xizmatlar
6 799,8
8 713,9
2,4
107,0
me’morchilik,
muhandislik
izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi
xizmatlar
6 306,8
7 338,2
2,1
107,7
boshqa xizmatlar
10 410,5
13 235,7
3,7
117,0
Xizmatlar sohasining rivojlanishi aholining hududiy va ijtimoiy, yangi iqtisodiy
hududlarni o‘zlashtirishni,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni va moddiy
ne’matlarni
iste’mol qilishni ta’minlaydi.
2022 yilning yanvar-dekabr oylarida aholi jon boshiga
ko‘rsatilgan
bozor xizmatlari hajmi
10 030,1 ming
so‘mga
yetdi.
2021 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 113,5 % ni tashkil etgan.
2-rasm. Aholi jon boshiga xizmatlarning asosiy
ko‘rsatkichlari (mln.so‘m)
Aholi jon boshiga ko`rsatilgan bozor xizmatlari 2018-yilda 4,6 mln.so`mni tashkil etgan
bo`lsa, bu ko`rsatkich 2022-yilda 10,0 mln.so`mni tashkil etmoqda.
4,6
5,8
6,4
8,1
10
0
2
4
6
8
10
12
2018 y.
2019 y.
2020 y.
2021 y.
2022 y.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
40
Bu borada Samarqand viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar olib borish natijasida 2022
-
yilda bozor xizmatlari ishlab chiqarishning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hajmi 22 734,9
mlrd. So‘mni, shu jumladan qishloq joylarida
6 883,5 mlrd.
So‘m
yoki umumiy
ko‘rsatilgan
xizmatlar hajmining 30,3
foizi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,9 foiz)ni tashkil qildi.
Xizmatlar tarkibida eng katta ulush savdo (jami xizmatlarning 28,3 foizi), transport (23,5
foizi) xizmatlariga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, moliyaviy xizmatlarda (134,1 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida
(126,0 foiz), boshqa turdagi xizmatlarda (120,7 foiz) hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi
xizmatlarda (120,2 foiz) o‘sish sur’ati yuqori bo‘ldi.
2-jadval
Bozor xizmatlarining ishlab chiqarishni iqtisodiy faoliyat
turlari bo‘yicha
taqsimlanishi
Hajmi, mlrd.
so‘m
2021- yilga
nisbatan,
% da
Yakunga
nisbatan,
% da
sh.j: qishloq
joylarida
mlrd. so‘m
Jami xizmatlar
22 734,9
114,9
100,0
6 883,5
sh. j
:
xizmat turlari
bo‘yicha
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari
1 059,5
126,0
4,7
12,3
Moliya xizmatlari
3 585,6
134,1
15,8
836,9
Transport xizmatlari
5 333,6
108,2
23,5
2 589,5
sh. j:
avtotransport xizmatlari
5 059,2
108,9
22,3
2 564,7
Yashash va ovqatlanish xizmatlari
860,9
114,9
3,8
146,1
Savdo xizmatlari
6 428,5
110,9
28,3
2 134,0
Ko‘chmas
mulk bilan bog‘liq bo‘lgan
Xizmatlar
567,7
113,8
2,5
177,6
Ta’lim
sohasidagi xizmatlari
1 208,7
112,3
5,3
103,9
Sog‘liqni
saqlash xizmatlari
454,2
120,2
2,0
65,2
Ijara va prokat xizmatlari
662,5
113,0
2,9
136,1
Kompyuterlarni va maishiy tovarlarni
ta’mirlash
xizmatlari
672,3
112,0
2,9
197,6
Shaxsiy xizmatlar
1 002,5
111,8
4,4
334,9
Me’morchilik,
muhandislik izlanishlari, texnik
sinovlar va tahlil sohasidagi
Xizmatlar
341,9
100,5
1,5
57,0
Boshqa turdagi xizmatlar
557,0
120,7
2,4
92,4
Bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi savdo xizmatlari 28,3 % - eng yuqori ulushni
tashkil etadi. Savdo oddiy taqsimlash mexanizmidan iste’molchiga yo‘naltirilgan bozor
talablarini shakllantirish jarayonlarida faol ishtirokchiga aylandi. Hozirgi vaqtda, savdo
xizmatlari iqtisodiyotda ko‘rsatilgan jami xizmatlar hajmining sezilarli qismi hisoblanadi.
Shuningdek, transport xizmatlari
–
23,5 %, moliyaviy xizmatlar
–
15,8 %, ta’lim sohasidagi
xizmatlar
–
5,3 % hamda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari
–
4,7 % ko‘rsatkich bilan yuqori
o‘sish sur’atlariga erishildi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida savdo
xizmatlari (1 252,6 mlrd. so‘mga), moliyaviy xizmatlar (972,4 mlrd. so‘mga), transport
xizmatlari (728,9 mlrd. so‘mga) hamda shaxsiy xizmatlarda (241,2 mlrd. so‘mga) o‘sishga
erishildi.
Bu ko‘rsatkichlarni hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak hajmi va aholi jon boshiga
nisbatan 3-jadvalda aks ettirilgan.
Hududlar kesimida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan xizmatlarning eng yuqori
o‘sish
sur’ati
Samarqand shahri (116,8 foiz) hamda Samarqand tumani (114,6 foiz) hissalariga
to‘g‘ri keldi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
41
Aholi jon boshiga eng katta xizmatlar hajmi
Samarqand, (17 115,9 ming so‘m),
Kattaqo‘rg‘on shaharlarida (5 707,9 ming so‘m) va Samarqand (5 759,8 ming so‘m) hamda
Jomboy (5 386,1 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning eng yuqori ulushlari Samarqand shahri (42,8
foiz), Urgut (6,7 foiz), Samarqand (6,7 foiz), Pastdarg‘om (6,1 foiz) hamda Toyloq (4,4 foiz)
tumanlari hissalariga to‘g‘ri keldi.
Samarqand viloyatida 2022- yil davomida
aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari
hajmi 5 579,2 ming so‘mni tashkil qildi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan esa 112,5 % ni tashkil
etdi.
3-jadval
Hududlar kesimida bozor xizmatlari ishlab chiqarishi
Hajmi
Aholi jon boshiga
mlrd.
so‘m
2021- yilga
nisbatan,
% da
jamiga
nisbatan ulushi,
% da
ming so‘m
2021- yilga
nisbatan,
% da
Viloyat
bo‘yicha
22 734,9
114,9
100,0
5 579,2
112,5
Samarqand sh.
9 713,3
116,8
42,8
17 115,9
114,5
Kattaqo‘rg‘on
sh.
529,7
114,6
2,3
5 707,9
112,6
tumanlar:
Oqdaryo
787,0
113,2
3,5
4 709,5
110,7
Bulung‘ur
607,7
113,0
2,7
3 110,0
110,8
Jomboy
983,5
113,2
4,3
5 386,1
110,4
Ishtixon
808,8
113,1
3,6
3 026,0
110,6
Kattaqo‘rg‘on
894,0
112,8
3,9
3 135,6
110,6
Qo‘shrabot
452,1
113,2
2,0
3 281,0
110,9
Narpay
751,6
112,8
3,3
3 396,5
110,7
Payariq
803,3
113,2
3,5
3 047,5
110,6
Pastdarg‘om
1 394,7
112,6
6,1
3 758,4
110,3
Paxtachi
504,3
113,0
2,2
3 384,2
111,5
Samarqand
1 522,3
114,6
6,7
5 759,8
112,3
Nurobod
454,3
113,2
2,0
2 878,9
110,9
Urgut
1 530,8
114,5
6,7
2 839,5
111,7
Toyloq
997,5
114,4
4,4
4 680,9
111,6
Ushbu ko‘rsatkich hududlar o‘rtasida Samarqand shahrida 17 115,9 ming so‘mdan Urgut
tumanida 2 839,5 ming so‘mgacha oraliqni tashkil etadi.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand
shahrida 17 115,9 ming so‘mga teng bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan
114,5 % ni tashkil etdi.
Bundan tashqari, aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining sezilarli o‘sishi
Kattaqo‘rg‘on shahrida (112,6 %) hamda Samarqand (112,3 %) tumanida
kuzatildi.
Aholi jon boshiga
ko‘rsatilgan
xizmatlarning e ng past
ko‘rsatkichi
Urgut (2 839,5
ming so‘m), Nurobod (2 878,9 ming so‘m) tumanlarida kuzatildi.
Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish, uning tarkibini, yetarlicha rivojlangan jamiyat va
rivojlangan ehtiyojlar bilan takomillashtirish mumkin va bu umuman hayot sifati kabi hodisa
bilan bog‘liq, chunki turli ehtiyojlarni qondirish jarayoni hayot sifatining muayyan standartini
yaratadi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega. Xizmatlar bozorida keskin raqobatning kuchayishi raqobatbardosh
servis korxonalarida zamonaviy xizmatlar strategiyasini ishlab chiqish, ularni ichki va xalqaro
bozorlardagi o‘rnini topish hamda keng targ‘ib qilish asosida respublikamiz yalpi ichki
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
42
mahsulotidagi ulushini oshirish imkoniyatini yaratish mumkin. Shu o‘rinda maishiy xizmat
ko‘rsatish sohasining o‘rni alohida ahmiyatga ega.
Hududlarda aholiga taqdim qilinayotgan maishiy xizmatlar qo‘yidagi guruhlarga
bo‘linadi:
−
oyoq kiyimlarni ta’mirlash va tayyorlash;
−
to‘quv, mo‘yna va charm mahsulotlari, bosh kiyimi va to‘qimachilik mahsulotlarini
ta’mirlash va tayyorlash, trikotaj mahsulotlarini ta’mirlash va tayyorlash;
−
turar joylarni (xonadonlarni) aholining buyurtmasi bo‘yicha ta’mirlash va qurish;
−
maishiy texnika va uskunalarni, zargarlik mahsulotlarini ta’mirlash va tayyorlash,
soatlarni ta’mirlash, kompyuterlar, radioelektron apparatura, televizorlar, musiqa tovarlarini
ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
−
aholining transport vositalarini (engil avtomashinalar, mototsikllar va boshqalar)
ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
−
mebellar
ni tayyorlash va ta’mirlash;
−
kimiyoviy tozalash va b
o‘
yash;
−
qishloq x
o‘
jaligi mahsulotlari va xom-ashyosini qayta ishlash xizmatlari;
−
fotoatele va fotolaboratoriya xizmatlari hamda ovoz yozish xizmatlari;
−
sartaroshxona xizmatlari.
Hozirgi vaqtda maishiy xizmatlar k
o‘
rsatish faoliyati mamlakatimizda aholiga maishiy
xizmatlarni k
o‘
rsatish qoidalari asosida tartibga solinadi.
Maishiy xizmat ko‘rsatish iqtisodiyot
majmuasining tarkibiy qismi hisoblanadi va takror ishlab chiqarish tizimida ishtirok etadi
hamda umumiy iqtisodiy qonuniyatlar asosida faoliyat tashkil qilinadi.
Xulosa va takliflar.
Davlat tasarrufidagi xizmat ko‘rsatish korxonalaini xususiylashtirish, investorlar
ixtiyoriga berish hamda davlat xususiy sherikchilik dasturlari doirasida faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlash lozim. Shunda xizmat ko‘rsatish korxonalari tamonidan ishlab chiqa
rish
texnologiyalari modernizatsiya, diversifikatsiya qilinib aholiga sifatli va arzon xizmatlarni taklif
etishlari mumkin. Buning natijasida davlat byudjetiga keladigan tushimlar miqdori ham o‘sishi
va xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar ham mafatdor bo‘lish
lari aniq.
Korxonalarda xizmat ko‘rsatish jarayonida band bo‘lganlarning rahbar va mutaxassis
xodimlarga nisbatan o‘sib borishi ijobiy tendensiya hisoblanadi. Shu bilan birga, xizmat
ko‘rsatish korxonalarida ish haq to‘lashda uning haqiqiy mehnat natijalaridan kelib
chiqib
amalga oshirilishi xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshishiga imkoniyat yaratadi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbarboshligini oshirishda sohada band bo‘lgan
mehnat resurslaridan samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda ilmiy jihatdan
yondashilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirish ularda faoliyat yuritayotgan
ishchi-
xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini doimiy takomillashtirishni nazarda tutadi.
Ushbu sohada aniq takliflarni ishlab chiqish uchun mehnat bozorining mazkur sohasi
segmentidagi o‘ziga xos jihatlarni va uni tartibga solishning xususiyatlarini yoritib berish zarur.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoevning 2022-yil 28-
yanvardagi 2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida gi PF
-60-sonli Farmoni.
Pardaev M.Q. (2009) Xizmatlarning ijtimoiy-iqgisodiy tabiati va uni rivojlantirishning
o‘ziga xos xususnyatlari. // Servis., Ilmiy
-
ommabopjurnal., №1, B.38
-46.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, oktabr
www.e-itt.uz
43
Агапова Т.А., Серегина С.Ф. (2007) макроэкономика: Учебник/ Под обшей ред, д.э.н.,
проф, А.В. Сидоровича; МГУ им. М.В. Ломоносова
-4-
е изд., перераб и доп.
-
М.: Дело и Сервис,
214 с.
Биндиченко Е.В. (2000) Сфера услуг: теория и практика / Изд
-
е Башкире,
ун
-
та.
–
Уфа,–
С. 83.
Гаранин А.И. (1980) Социално
-
экономические проблемы бытового
обслуживания
населения. Автореферат дис. ... д
-
ра экон. наук.
-
М.
Дмитрев
В.М. (1996) Основ изучения и прогнозирование спроса на бытовые услуги.
М.: Экономика,
-
с.32
.
Котлер Ф. (2005) Маркетинг
-
менежмент// Экспрес
-
курс. 2
-
е изд/перевод с анг. Под
ред. Божун С.Г. Спб.: Питер. С
-301.
Фатхутдинов Р.А. (2000) Стратегический менеджмент.: Учебник.:
-
М.: ЮНИТИ
-
ДАНА, 272с.
Юхименко В.В. (1974) Социално
-
экономические вопросы
прогнозирования бытового
обслуживания населения. Автореферат дис. ...
канд. экон. наук. –
М.
Ядгаров
Я.С. (1990) Бытовая обслуживаний. Экономика и култура сервиса. М.:
Экономика,
с.19.
