Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
149
BANK XIZMATLARINI KO'RSATISHNI RIVOJLANTIRISH YO`LLARI
PhD, dots.
Raxmatov Temur Sotiboldiyevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0005-7203-4044
Annotatsiya.
Maqolada O‘zbekistonda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan bank
xizmatlari atroflich o‘rganilgan, amaliy ma’lumotlar asosida taxlil
qilingan. olib borilgan
izxlanishlar natijasida bu borada mavjud muammldar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish
yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.
Tayanch iboralar:
bank, xizmat, bank operatsiyasi, omonat, kredit, masofaviy ban
xizmatlari, bank kartalari, innovatsiya, onlayn xizmat, mijoz, diversifikatsiya.
ПУТИ РАЗВИТИЯ ПРЕДОСТАВЛЕНИЯ БАНКОВСКИХ УСЛУГ
PhD,
доц.
Рахматов Темур Сотиболдиевич
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье подробно изучены банковские услуги, оказываемые
коммерческими банками в Узбекистане, проанализированы на основе
практических
данных. в результате проведенных изысканий были выявлены существующие проблемы
и разработаны предложения по их устранению.
Ключевые слова:
банк, сервис, банковская
операция, сбережения, кредит, услуги
удаленного банковского
обслуживания, банковские карты, инновации, онлайн
-
сервис,
клиент, диверсификация.
WAYS TO DEVELOP THE PROVISION OF BANKING SERVICES
PhD, assoc. prof.
Rakhmatov Temur Sotiboldiyevich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The article examines in detail the banking services provided by commercial banks
in Uzbekistan, analyzed on the basis of practical data. As a result of the conducted research,
existing problems were identified and proposals for their elimination were developed.
Keywords:
bank, service, banking operation, savings, credit, remote banking services, bank
cards, innovation, online service, customer, diversification.
Kirish.
Hozirgi kunda
bank tizimida zamon talablariga mos holda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng jor
iy qilish va shu orqali ko’plab bank xizmatlarini avtomatlashtirish
ishlari jadallashgan.
Bank xizmatlarini ko'rsatish va amalga oshirishda xaridorlar talabi omilining rivojlanish
ko‘lami zamonaviy bank tеxnologiyalari bilan bеlgilanadi.
UO
‘
K: 336.717
VI SON
—
IYUN, 2024
149-157
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
150
Rеspublikamizd
a bank infratuzi
lmasining kеngayib borishi banklar o‘rtasidagi raqobat
muhitining kuchayish
i hamda bank xizmat turlari sifati va ko‘lamining oshishiga xizmat
qilmoqda.
2020 yil 12 mayda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF
–
5992-
sonli “
2020-
2025 yillarga
mo‘ljallangan
O‘zbekiston
Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan (
Farmon, 2018).
Farmon bilan Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki bilan
hamkorlikda mamlakat bank tizimining jori
y holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy
xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya sektorini transformatsiya
qilish tajribasi hamda moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab
chiqilgan.
O‘zbе
kiston R
еspublikasi tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni
takomillashtirish borasida dolzarb masalalarrning mavjudligi maqola mavzusi yuzasidan
izlanishlarni muhimligini asoslab beradi, xususan,
-
rеspublikamiz chekka hududlarida tijorat
banklari tomonidan mijozlarni naqd pul bilan
ta’minlashda uzilishlarning mavjudli
gi
-
bank xodimlarining yetarlicha malakaga ega emasligi va texnik AT-mutaxassislar
yetishmasligi.
-
bank xizmatlariga ekologik, ijtimoiy va boshqaruv jihatlarini (ESG) kiritish
zaruratining ortganligi.
Adabiyotlar sharhi.
Bank xizmatlarini ko'rsatish va amalga oshirish tartiblarini takomillashtirish mavzusiga
oid bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Bank xizmatlari bozorida mijozlarning ehtiyojlari va ularni qondirish, shuningdek bank
xizmatlari kabi masalalarni tadqiq qilish, rossiyalik olimlar E.F.Jukov, O.I.Lavrushin,
T.N.Nesterova, A.N.Ivanov, va fransiyalik iqtisodchi olim S. De Kusserlarning ilmiy
izlanishl
arida oʻz aksini topgan (
Mamadiyarov, 2021). Piter Rouz (2007) jamoatchilikka
banklar tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlar, xususan banklar toʻgʻrisida shunday deydi:
“Bank –
bu moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladigan,
jamiyatning pul mablagʻlarini profes
sional
boshqarib turadigan, shuningdek iqtisodiyotd
a koʻpgina funksiyalarni bajarib turadigan
firmadir”.
Xorijlik bir kator iktisodchilar, jumladan B.Kingning “Bank 4.0. Banking faqat banklarda
emas, barcha joyda” noml
i kitobida global beqaror muhit shar
oitida banklar toʻliq qayta tashkil
etilishi, isteʼ
molchining raqamli hayotiga kirib borishi, faoliyat
ni koʻp kanalli xizmatlardan bir
kanalli xizmatlar tamoyili asosida tashkil etishi muqarrar jarayon ekanligiga urgʻu
berilgan
(Mamadiyarov, 2021).
А
zlarovaning (2020)
fikricha, Oʻzbekiston bank tizimida soʻnggi yillarda bank
xizmatla
rini sifatini va koʻlamini oshirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Lekin, jahonda
boʻlayotgan oʻzgarishlar, globallashuv jar
ayoni, raqobatbardoshlikni haddan ziyod rivojlanishi,
tijorat banklarining transformatsiya jarayonini yanada faollashtirish, mijaozlarga
koʻrsatilayotgan bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi sifatida umumiqtisodiy adabiyot hamda ilmiy
maqolalar, iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni
takomillashtirishda olimlar va soha vakillarining iqtisodiy qarashlari, ularning fikr-
mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va
jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazish orqali tegishli
yo‘nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
151
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bank xizmatlari deganda, tijorat banklarining tezkor va strategik faoliyati hamda samarali
boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan harakatlar majmuasi
tushuniladi.
Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh pullarini jalb qilish orqali
katta
hajmdagi kapitalni o’z qo’llarida jamlaydilar va d
aromad keltiruvchi kapital harakatini
boshqarib boradilar.
Mamlakatimizda tijorat banklarning faoliyati O’zbe
kiston Res-publikasining 11.11.2019
yildagi O’RQ
-582-
sonli “O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki to’g’risida”gi
(Qonun, 2019)
va 05.11.2019 y
ildagi O’RQ
-580-
sonli “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunlari asosida
shakllantirilgan va tartibga solib turiladi (Qonun, 2019).
Ushbu qonunchilikka asosan bizning mamlakatimizda ko’plab rivo
jlangan
mamlakatlardagi kabi ikki pog’onali bank tizimi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ayni paytda
Oʻzbekiston Markaziy bankidan bank faoliyatini amalga oshirish u
chun 36 ta bank lisenziya
olgan.
1-rasm.
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining
mulkchilik shakliga koʻra soni haqida ma'lumot
59
2024-yil 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklari soni 35
tani, shundan kapitalida davlat ulushi mavjud banklar
–
10 tani, xususiy banklar
–
19 tani
hamda xorijiy bank kapitali ishtirokidagi banklar
–
6 tani tashkil etgan.( 1-rasm)
Bank xizmatlari koʻlamin
i kengaytirish maqsadida 2023-
yilda “APEX BANK”, “HAYOT
BANK” va “YANGI BANK” aksiyadorlik jamiyatlariga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini
beruvchi litsenziyalar berildi. Tijorat banklari filiallari
–
696 taga, mini-banklar
–
69 taga, bank
xizmatla
ri koʻrsatish ofislari –
1 747 taga hamda tunu-
kun “24/7” rejimida ishlaydigan bank
shoxobchalari
–
3 723 taga yetdi
60
.
Soʻnggi yillarda 3 ta davlat banki
- "Ipoteka bank", "Aziya Alyans bank" hamda
"Oʻzagroeksportbank" xususiylashtirildi
61
.
Ipoteka banknin
g xususiylashishi Oʻzbekiston bozoriga mojorlar kapitalini olib kirgan
boʻlsa, Tenge Bank, Ziraat Bank Uzbekistan, TBC Bank kabi banklarning ochilishi ham xorijiy
banklarning Oʻzbekistonda oʻz shoʻ'ba banklarining faoliyat yuritishiga sabab boʻldi.
Ma'lum
otlara koʻra, Oʻzbekiston banklarining jami aktivlari 2024 yil boshiga qariyb 652
trln soʻmni, jami ustav kapitali 68,1 trln soʻmni tashkil qilgan.
Jahon banki qayd etganidek, Oʻzbekiston oxirgi etti yilda iqtisodiyotni liberallashtirishga
erishish va makr
oiqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish maqsadida "oʻtish davri siyosati"ni
olib bormoqda.
59
Markaziy bankning rasmiy sayti
https://cbu.uz/oz/credit-organizations/banks/head-offices/
tomonidan tuzilgan.
60
https://cbu.uz/upload/medialibrary/a53/wn6gcejpkxphv2v4guajin4x01h7iyxa/Yillik-hisobot-2024.pdf/ 68-bet
61
https://bankers.uz/news/1426 2024-04-18 10:19
10
6
19
davlat ulushi mavjud banklar
xorijiy bank kapitali
ishtirokidagi banklar
xususiy banklar
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
20
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
152
2-rasm.
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat ulushi mavjud banklar
va boshqa banklar
haqida ma’lumot
62
Ushbu siyosat doirasida mamlakat hukumati 2025 yilg
a qadar ikkita bankni (OʻzSQB,
Asakabank) xususiylashtirishni rejalashtirgan. Banklar esa rentabellikni oshirish, investision
jozibadorlikni va korporativ boshqaruv amaliyotini yaxshilash maqsadida xalqaro moliya
tashkilotlarinin
g yordamida oʻz biznes mode
llarini sezilarli darajada
oʻzgartirishlari kerak.
Shuningdek, "Oʻzbekiston
-
2030" strategiyasiga koʻra, 2030 yilda davlat tasarrufida 3 yoki 4 ta
bank qolishi koʻzda tutilgan.
1-jadval
Oʻzbekistonning eng ishonchli top 10 ta bankining koʻrsatkichlari
reytingi
(2024 yilning 1 yanvar holati boʻyicha) (
Omonturdiev, 2024)
№
Tijorat bank nomi
jami
aktivlari
(mlrd.
soʻm)
ustav
kapitali
(mlrd.
soʻm)
Depozit
(mlrd.
soʻm)
umumiy
ball
1
"Oʻzmilliybank" aksiyadorlik jamiyati
127 503
15 476
32490
36
2
"Asakabank" aksiyadorlik jamiyati
58 014
5858
15485
29
3
"Ipoteka bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki
47 638
3834
17773
29
4
"Agrobank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki
66 700
10 770
15 389
26
5
"Oʻzsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki
74634
4629
13799
26
6
"Oʻzsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki
36603
7748
17 044
21
7
Biznesni rivojlantirish banki
27 063
1857
9 419
19
8
"Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki
19 062
3796
6361
19
9
"Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki
41 866
407
30 102
18
10
"Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki
9 405
1000
6743
15
62
Markaziy bankning rasmiy sayti ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
153
Keltirilgan 1-
jadvalda Oʻzbekistonning eng ishonchli top 10 ta bankining 2024 yilning 1
yanvar holati
boʻyicha koʻrsatkichlari
reytingi berilgan.
Banklar xalqaro reyting agentliklarining "katta uchligi" (Fitch, S&P, Moody's) tomonidan
berilgan eng yuqori baholar boʻyicha saralangan –
balandroq bahoga ega boʻlganlar koʻproq ball
olishgan.
Har bir reyting agentligidan olingan baholar maksimal 5 ballik tizimda hisoblandi (reyting
baholari haqidagi ma'lumotlar banklarning rasmiy veb-saytlaridan olingan).
Shuningdek, banklarning jami aktivlari (10 ballik tizimda), ustav kapitali (6 ballik
tizimda) va depozit q
oʻyilmalari (5 ballik tizimda) ham ball berishda hisobga olindi. Ballar te
ng
boʻlib qolgan taqdirda yuqorida tilga olingan koʻrsatkichlari yaxshiroq boʻlgan bank yuqoriroq
oʻrinni egallagan.
Tijorat banklari biznes modellarini takomillashtirilib borilishi, banklar tomonidan
zamonaviy bank xizmatlari takliflarini ortishi hamda kredit ajratish jarayonlarining
soddalashtirilishi natijasida bozor tamoyillari asosida kreditlash amaliyotlari koʻlami kengayib
bormoqda.
Tijorat banklarining jami majburiyatlari 2023 yil 1 yanvar
holatiga 477 trln soʻmni tashkil
etib, 2021 yilga nisbatan qariyb
1,3 barobarga koʻpaydi. Mazkur holat 2022 yilda banklarning
resurs
bazasini oshirish hamda iqtisodiyotning kreditlarga boʻlgan talabini
qondirish boʻyicha
k
oʻrilgan choralar bilan izohlanadi.
2-jadval
Tijorat banklarining kredit va depozitlar to`g`risida 2024-yil 1-aprel holatiga ma'lumot
(Davlat ulushi mavjud banklar kesimida)
Majburiyatlar oʻsishining 59 foizi depozitlar, 23 foizi banklararo
kredit va depozitlar, 12
foizi jalb qilingan kredit mablagʻlari hamda
6 foizi boshqa majburiyatlar hisobiga shakllangan.
2023 yil 1 yanvar holatiga jami majburiyatlar tarkibida depozitlar
–
45 foizni, jalb qilingan
kredit liniyalari
–
39 foizni, boshqa
banklardan olingan mablagʻlar –
9 foizni, qimmatli qogʻozlar,
subordinar qarzlar va boshqa majburiyatlar
–
7 foizni tashkil etgan
63
https://cbu.uz/upload/medialibrary/961/c7zfjexu3h0f302za00orzs0sjt3lghg/Yillik-hisobot-2023.pdf
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
154
3-jadval
Tijorat banklarining kredit va depozitlar to`g`risida 2024-yil 1-aprel holatiga ma'lumot
(boshqa banklar kesimida)
64
2023 yilda aholi omonatlari qoldigʻi 1,7 barobarga oshib,
63,1 trln soʻmga etdi, jumladan,
milliy valyut
ada jalb etilgan omonatlar qoldigʻi 39,5 trln soʻmga, jami aholi omonatlaridagi
ulushi esa 62,5 foizga
teng boʻlgan.
Masofaviy bank xizm
atlaridan foydalanish koʻlamining oshib borayotganligi, oʻz
navbatida, bank kartalariga boʻlgan talabning ortib borishig
a xizmat qilmoqda.
Xususan, 2023-yilda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni 46,2 mln donaga yetib,
2022-
yilga nisbatan 35 foizga oʻ
sgan.
Aholiga respublika va xorijiy toʻlov tizimlari infratuzilmasida bir karta orqali hisob
-
kitoblarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi kobeyjing bank kartalari soni 2022-yilga
nisbatan 1,7 barobarga oshib, 3,1 mln donaga yetgan.
2023-yilda 429 ming
ta toʻlov terminallari orqali qabul qilingan toʻlovlar hajmi 2022
-yilga
nisbatan 1,4 barobarga oshib, 254,7 trln soʻmni
tashkil etgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
155
2023 yilda masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar soni qariyb 1,5 barobarga oshib,
2024-yil 1-yanvar holatiga 44,1 mlnga yetgan. Bunda, ushbu foydalanuvchilarning 1,3 mln tasi
tadbirkorlik subyektlari, 42,8 mln tasi jismoniy shaxslar hissas
iga toʻgʻri keladi.
3-
rasm. Bank kartalari soni haqida ma’lumot (
mln dona
)
65
Banklarning mobil ilova dasturlari orqali jismoniy shaxslarning masofadan turib onlayn
tarzda amalga oshirgan operatsiyalari hajmi hisobot yilida 250,1 trln soʻmni tashkil etga
n.
Mobil ilova dasturlari orqali amalga oshirilgan onlayn depozit operatsiyalari hajmi
–
46,5
trln soʻm, onlayn konversiya amaliyotlari –
27,4 trln soʻm, onlayn mikroqarzlar –
13,3 trln soʻm
va kreditlarni soʻndirish hajmi –
15,3 trln soʻmni tashkil etgan.
S
hu bilan birga, respublikamizda kontaktsiz toʻlov texnologiyasini kengaytirish doirasida
“HUMO PAY” dasturi orqali bank kartasidan bevosita foydalanmasdan savdo hamda pullik
xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish xizmati 23 ta tijorat bankining mob
il ilovalari orqali
koʻrsatib kelinmoqda.
Kontaktsiz toʻlov xizmatlarini rivojlantirish doirasida joriy etilgan Tap
-tophone tizimi
(toʻlov terminali kabi toʻlov qabul qilish imkonini beradi) xizmatlaridan foydalanuvchi
subyektlar soni 2024-yilning 1-yanvar holatiga 3,1 mingdan organ.
2023-yilda NFC texnologiyasi asosida amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi 2022-yilga
nisbatan 1,5 barobarga oshgan holda 37,7 trln soʻmni tashkil etgan.
Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga Face ID texnologiyas idan foydalanadigan tijorat
banklari soni 27 taga, toʻlov tashkilotlari soni esa 15 taga yetib, banklar va toʻlov
tashkilotlarining mobil ilovalari orqali raqamli identifikatsiyadan oʻtgan mijozlar soni 2023
-yil
1-yanvarga nisbatan 4,2 mln taga ortgan holda, hisobot yili yakuniga kelib 6,8 mln taga yetgan.
Mazkur oʻsuvchi tendensiya mijozlarga, nafaqat toʻlovlarni onlayn rejimida bankka
bormasdan turib amalga oshirish, balki bank hisobvaraqlarini ham masofadan identifikatsiya
qilish tizimi (Face ID) orqali ochish imkoniyatlarini yaratilganligi bilan izohlanadi.
Xulosa va takliflar.
Bugungi kunda, mijozlar bank xodimlarini jalb qilmasdan, o‘z xohishlariga ko‘ra, har
qanday vaqtda bank muassasalari xizmatlaridan foydalana oladi. Raqamli bank bilan barcha
yozuvlar raqamli
shaklda saqlanadi, ma’lumotlar analitik usullarni qo'llash orqali
foydali
ma’lumotlarga talqin qilinadi, mijozlar bilan yaxshi aloqa o'rnatiladi va mijozlar bilan o'zaro
ta’sir o'tkazish natijasida ko'proq biznes paydo bo'ladi. Bularning barchasi ish sama
radorligini
oshirish va bankning daromadini yaxshilashga olib keladi.
https://cbu.uz/upload/medialibrary/a53/wn6gcejpkxphv2v4guajin4x01h7iyxa/Yillik-hisobot-2024.pdf
25775
27105
34195
46205
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
35000
40000
45000
50000
2020-yil
2021-yil
2022-yil
2023-yil
Bank kartalari soni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
156
O‘zbekistonda naqd pulsiz iqtisodiyot haqidagi tasavvurni butun mamlakat bo‘ylab
kengroq yoyish, aholi raqamli savodxonligini oshirish hamda masofaviy Internetga ulanish
orqali tezlashdi.
Tijorat bankining raqobatbardoshligini, shuningdek, uning izchil va samarali rivojlanish
imkoniyatlarini belgilovchi asosiy sifat belgilaridan biri bu bank o‘z mijozlariga taklif qilayotgan
real va potentsial mahsulot va xizmatlar majmuidir.
Bank xizmat
lari va faoliyatning turli yo‘nalishlari o‘rtasidagi aloqa imkoniy
atlarini
oshirish orqali yangi bank xizmatlarini yaratish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni
oqilona boshqarishni talab etadi. Shu bilan birga, bank xizmatlari sohasini diversifikatsiya
qilish tendentsiyasi kuchaytiradi.
O'zbekistonda bank xizmatla
rinini takomillashtirish boʼyicha yangi xizmat turlarini joriy
qilish maqsadga quyidagi takliflarni inobatga olish muvofiq boʼladi:
Bank plastik kartochkalari foydalanuvchilarining mablagʼlari but saqlanishini va toʼlov
xavfsizligini taʼminlash zar
ur. Bund
a tijorat banklari mijozlarning mablagʼlari but saqlanishini
taʼminlash uchun ularga maʼqul boʼlgan xavfsizlikni taʼminlash boʼyicha xizmatlarni taklif
qilishlari kerak.
Jismoniy shaxslar ularga ochilgan bank hisobvaraqlarini mobil ilovalar yoki veb-saytlar
orqali toʼgʼridan
-
toʼgʼri boshqarish imkoniyatiga ega boʼlishlari lozim. Hozirgi kunda tijorat
banklarida ushbu xizmat qisman amalga oshirilayotganligini koʼrish mumkin. Bunda ayrim
turda
gi toʼlovlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan. Ularning turini
kengaytirish va xizmat
xaqi miqdorini pasaytirish orqali mijozlarning soni oshishiga erishsa boʼladi.
Yangi xizmatlar bozorini mavjud xizmatlarga va bank pеrsonaliga mos kеlishi tahlil etish
.
Xizmatchilarning malakasi va moslashuvchanligini inobatga olgan
bankning qaysi bo‘limi
yoki bo‘linmasi yangi xizmatni sotish bilan shug‘ullanishi haqida qaror qabul qilish.
Bank mijozlarga kеrakli xizmat turini taklif qilayotganligi haqida ularga yetkazi
sh
imkonini bеruvchi markеting rеjasini ishlab chiqish.
Yangi sеrv
is dasturi
ni amalga oshirish uchun bank boshqaruvi va pеrsonalini jalb qilish
va kapital qo‘yishga arzirligi haqida qaror qabul qilish.
Joylarda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshiruvchi
banklar sup
е
rmark
е
tini
(univ
е
rmagini) tashkil etish va ular faoliy
atini qonuniy himoyalash zarur. O‘zbе
kistonda yuqori
t
еxnologiyalarga mos bo‘lgan bank xizmatlari infratuzilmasi yaratishga harakat qilinmoqda.
Biroq hozirgi bosqichda tijorat banklariga mijozlar bazasini va chakana xizmatlar taklif etishni
k
е
ngaytirish imkonini b
еradigan yangi noan’anaviy yondashuvlar talab qilinadi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Azlarova. A. (2020). Covid-
19 koronovirus pandemiyasi шароитида oʻzbekitonda банк
soxasini
transformatsiyalash jarayonini jadallashtirish // “Iq
tisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. No 5, sentyabr oktyabr
Farmon (2018) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018
-yil 23-yanvardagi "2020-
2025-
yillarga mo‘
jallangan
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi
to‘g‘risida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF
-5992-sonli Farmoni.
Mamadiyarov Z.T. (2021). banklarni transformatsiya qilish шароитида масофавий банк
xizmatl
ari билан
bogʻliq risklarni boshqarish // Экономика и финансы (Узбекистан). No5
(141)
Omonturdiev
Akbarali
(2024)
Oʻzbekistonning
eng
ishonchli
banklari
.
Qonun
(2019) O‘zbekiston
Respublikasining 2019-yil 11-noyabrdagi yangi taxriri
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun.
Qonun
(2019) O‘zbekiston Respublikasining 2
019-yil 5-
noyabrdagi yangi taxriri “Banklar
va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun
www.e-itt.uz
157
Qonun
(2019) O‘zbekiston Respublikasining To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida
Qonuni
01.11.2019 yildagi O‘RQ
-578-son
Raxmatov Temur Sotiboldiyevich. (2023) Moliyaviy
globalizatsiya sharoitida o„zbеkiston
tijorat banklarining an‟anaviy opеratsiyalarini rivojlantirish yo`llari 08.00.07
- Moliya, pul
muomalasi va kredit Iqtisodiyot fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtorеfеrati
Toshkent.
Азларова, А., & Рахматуллаева, М. (2022). Трансформация банковского сектора –
неотъемлемая часть процесса становления цифровой экономики в республике
Узбекистан. Наука и научный потенциал: основа устойчивого инновационного развития
общества, 1(1), 34–
37.
https://doi.org/10.47689/inlibrary-SSPBSIDS-2022-pp34-37
Питер С. Роуз, (2007) “Банковский менеджмент”, –М.
