SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL ISSUES OF ASSESSING THE LEVEL OF FINANCIAL LITERACY OF THE POPULATION

Abstract

By Decree of the President of the Republic of Uzbekistan PQ-4400 dated July 23, 2019 ”On measures to increase the popularity of microfinance services“, the Central Bank of the Republic of Uzbekistan was entrusted with the task of developing a “national strategy for increasing financial popularity”, which provides for expanding the popularity of financial services and increasing the level of financial literacy of business entities, consumer protection in the provision of financial services. The Central Bank of the Republic of Uzbekistan has developed a national strategy to increase the popularity of financial services for 2021-2023. In this strategy, special emphasis is placed on the issues of entrepreneurship development in the country, income growth, and improving financial literacy of the population as an important tool for poverty reduction. It follows from this that in this monographic study, the issues of improving financial literacy of the population have been scientifically and methodically analyzed and practical suggestions and recommendations have been developed.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Obilov, M. (2024). SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL ISSUES OF ASSESSING THE LEVEL OF FINANCIAL LITERACY OF THE POPULATION. Economic Development and Analysis, 2(6), 118–128. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48710
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

By Decree of the President of the Republic of Uzbekistan PQ-4400 dated July 23, 2019 ”On measures to increase the popularity of microfinance services“, the Central Bank of the Republic of Uzbekistan was entrusted with the task of developing a “national strategy for increasing financial popularity”, which provides for expanding the popularity of financial services and increasing the level of financial literacy of business entities, consumer protection in the provision of financial services. The Central Bank of the Republic of Uzbekistan has developed a national strategy to increase the popularity of financial services for 2021-2023. In this strategy, special emphasis is placed on the issues of entrepreneurship development in the country, income growth, and improving financial literacy of the population as an important tool for poverty reduction. It follows from this that in this monographic study, the issues of improving financial literacy of the population have been scientifically and methodically analyzed and practical suggestions and recommendations have been developed.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

118


AHOLI MOLIYAVIY SAVODXONLIGI DARAJASINI BAHOLASHNING

ILMIY-USLUBIY MASALALARI

Obilov Mirkomil Rashidovich

Guliston davlat universiteti

ORCID: 0009-0002-7904-1587

akash7509@rambler.ru

Annotatsiya.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 23

iyulida qabul qilingan

“Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi PQ

-4400 sonli

Qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan aholi moliyaviy savod

xonligini

oshirish sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda aholi moliy

aviy xizmatlar

ommabopligini kengaytirishni va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini

oshirishni, moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda isteʼmolchilar h

uquqlarini himoya qilishni nazarda

tutuvchi “Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasi”ni ishlab chiqish vazifasi

yuklatilgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki tomonidan 2021-2023 yillarga

moʻljallangan Moliyaviy xizmatlar ommabopl

igini oshirish milliy strategiyasi ishlab chiqildi.

Mazkur strategiyada mamlakatda tad

birkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oʻstirish,

kambagʻallikni qisqartiri

shning muhim vositasi sifatida aholi moliyaviy savodxonligini oshirish

masalalariga al

ohida urgʻu berilgan. Shundan kelib chiqqan holda mazkur monografik tadqiqotda

aholi moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qilingan va bu

borada amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit soʻzlar

:

barqaror rivojl

anish, iqtisodiy oʻsish, moliyaviy savodxonlik, moliyaviy

infratuzilma, moliyaviy xizmatlar.

НАУЧНО

-

МЕТОДИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ОЦЕНКИ УРОВНЯ ФИНАНСОВОЙ

ГРАМОТНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ

Обилов Миркомил Рашидович

Гулистанский государственный университет

Аннотация.

Постановлением

Президента Республики Узбекистана ПП

-4400

от 23

июля 2019 года ”О мерах по повышению популярности микрофинансовых услуг“ на

Центральный банк Республики Узбекистан была возложена задача разработки
“национальной

стратегии

повышения

финансовой

популярности”,

которая

предусматривает расширение популярности финансовых услуг и повышение уровня

финансовой

грамотности

субъектов

предпринимательства,

защиту

права

потребителей при оказании финансовых услуг. Центральный банк Республики Узбекистан
разработал национальную стратегию повышения популярности финансовых услуг на

2021-

2023 годы. В этой стратегии особый акцент сделан на вопросах развития

предпринимательства в стране, роста доходов населения, повышения финансовой

грамотности населения как важного инструмента сокращения бедности. Из этого
следует, что в данном монографическом исследовании научно и методически

проанализированы вопросы повышения финансовой грамотности населения и

разработаны практические предложения и рекомендации.

Ключевые слова:

устойчивое развитие, экономический рост, финансовая

грамотность, финансовая инфраструктура, финансовые услуги.

UO

K: 336:330.1 (575.1)

VI SON

IYUN, 2024

118-128


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

119

SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL ISSUES OF ASSESSING THE LEVEL

OF FINANCIAL LITERACY OF THE POPULATION

Obilov Mirkomil Rashidovich

Gulistan State University

Annotation.

By Decree of the President of the Republic of Uzbekistan PQ-4400 dated July 23,

2019 ”On measures to increase the popularity of microfinance services“, the Central Bank of the

Republic of Uzbekistan was entrusted with the task of developing

a “national strategy for increasing

financial popularity”, which provides for expanding the popularity of financial services and

increasing the level of financial literacy of business entities, consumer protection in the provision of

financial services. The Central Bank of the Republic of Uzbekistan has developed a national strategy
to increase the popularity of financial services for 2021-2023. In this strategy, special emphasis is
placed on the issues of entrepreneurship development in the country, income growth, and improving

financial literacy of the population as an important tool for poverty reduction. It follows from this

that in this monographic study, the issues of improving financial literacy of the population have

been scientifically and methodically analyzed and practical suggestions and recommendations have
been developed.

Keywords:

sustainable development, economic growth, financial literacy, financial

infrastructure, financial services.

Kirish.

Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida moliyaviy bilimlarning yetarlicha emasligi

jamiyat uchun qator xatarlarni keltirib chiqarishi bilan bir qatorda, iqtisodiyotga sarmoya

kiritish va

davlatning iqtisodiy salohiyatining barqaror oʻsishiga jiddiy toʻsqinlik qiladi.

Bundan tashqari, birlamchi moliyaviy bilim va koʻnikmalarning yetishmasligi shaxsiy

moliyani boshqarishda muammolarning vujudga kelishi va aholi qarzdorligining koʻpayishi,

shuningdek moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini yetarli darajada himoya

qilinmasligiga olib keladi.

Uy xoʻjaliklarining xulq

-atvori iqtisodiy faollikni belgilab beruvchi muhim omillardan biri

sanaladi. Mazkur xulq-

atvorning oʻzi esa, bevosi

ta aholining moliyaviy savodxonlik darajasiga

bogʻliqdir. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi moliyaviy savodxonligiga xos boʻlgan muammolar

qatorida quyidagilar sanab oʻtiladi: moliyaviy sohada birlamchi bilimlarning yetishmasligi,

oilaviy byudjet va individua

l daromadlarni rejalashtirish va taqsimlash koʻnikmalarining

yetarlicha ommalashmaganligi, moliyaviy va siyosiy institutlarga ishonchsizlik, soliq

madaniyatining yetishmasligi va shu kabilar.

Adabiyotlar sharhi.

Aholi moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari iqtisodchi olim va mutaxassislarning

doimo eʼtiborida boʻlib kelgan. Respublikaning koʻzga koʻringan iqtisodchi olimlaridan Vaxobov

(2022) moliyaviy savodxonlik kategoriyasini fuqaroning moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar

bozorida aktiv pozitsiyas

ini egallashi, jamiyatda oʻzi va oila aʼzolarining moliyaviy farovonligini

oshirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalari majmuasi sifatida namoyon boʻladigan
insoniy fazilati sifatida taʼriflaydi

(Vaxobov, Xojibakiyev, 2022).

Shuningdek, tadqiqotchi Teshaboyeva (2022) a

holi moliyaviy savodxonligining oʻsishi

uning oʻz moliyaviy mablagʻlarini rejalashtirish, daromad va xarajatlarini tartibga solish, turli

moliyaviy instrumentlardan foydalana olish borasidagi bilim, mal

aka va koʻnikmalarining

kengayib va takomillash

ib borishini anglatar ekan, bu oʻz navbatida mamlakatdagi tadbirkorlik

faoliyati va aholi daromadlar darajasini oshirishga oʻz taʼsirini koʻrsatishini taʼkidlaydi

(Teshabayeva, 2022).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

120

Aholi moliyaviy savodxonligining mazmuni va ahamiyatini ochib berishda uning darajasiga

taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va muayyan tizimga solish muhim oʻrin tutadi.

Voskanyanning (2018)

taʼkidlashicha, aholi moliyaviy savodxonligini oshirish ma

salasini

uning

darajasiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillarni aniqlamasdan turib hal etib boʻlmaydi.

Shunga koʻra u quyidagi omillarni ajratib koʻrsatadi:

1) mamlakatdagi iqtisodiy taʼlim darajasi;

2) moliyaviy infratuzilmaning mavjudligi va rivojlanganlik darajasi;

3) aholining iqtisodiyotga ishonchi darajasi;

4) moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari (Voskonyan, 2022).

Fikrimizcha, aholi moliyaviy savodxonligi tushunchasi oʻta darajada umumlashtirilgan

mazmun kasb etib, uni moliy

aviy savodxonlik darajasiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarning yuqorida

keltirilgan tasnifi toʻliq ifodalay olmaydi. Uning mazmun

-

mohiyatiga chuqurroq kirib borish oʻz

navbatida mazkur tushunchaning turli (masalan, alohida shaxs, muayyan hudud aholisi,
mamlakat aholisi) darajalarini tabaqalashtirishni taqozo etadi.

Tadqiqotning usullari.

Maqolada tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, monografik bayon usuli, ijtimoiy soʻrov

oʻtkazish, mantiqiy va iqtisodiy

-statistik tahlil, taqqoslash, statistik

maʼlumotlarni guruhlash,

ekspert baholash, ilmiy abstraksiyalash va boshqa usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakatning ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanganlik darajasi turli koʻrinishdagi ehtiyojlarni

qondirishga

yoʻnaltirilgan

tovar va xizm

atlarni yetarli darajada ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq

ekan, bugungi kunda ular orasida moliyaviy mahsulotlar ham tobora keng oʻrin egallab

bormoqda.

Moliyaviy mahsulotlar tobora turli tuman va murakkab boʻlib bormoqda, moli

yaviy-

iqtisodiy munosabatlar esa raqamli texnologiyalarning tarqalishi va hayotimizga tatbiq etilishi

jarayonida ayrim isteʼmolchilar uchun qulay va soddalashib borsa, boshqa birlari uchun esa

murakabblashib va tushunarsiz boʻlib bormoqda. Ayni vaqtda jami

yatda aholining boy va

kambagʻal qatlamlari oʻrtasida yuqori tabaqalanish kuzatilib, bu ham jahon, ham ichki milliy
iqtisodiy inqirozlar taʼsirida namoyon boʻlmoqda.

Aholi daromadlarining yuqori darajadagi tabaqalashuvi mamlakatning iqtisodiy

rivojlanishig

a toʻsqinlik q

ilib, jamiyatd

agi ijtimoiy keskinlikni oshiradi. Shuni taʼkidlash lozimki,

IT-

texnologiyalar, taʼlim va bilim nisbatan koʻproq taʼminlangan oilalar uchun imkon doirasida

boʻlganligi sababli, ular daromadining oʻsishiga taʼsir koʻrsatib, natij

ada daromadlarning

tabaqalashuvi oʻsish tendensiyasiga ega boʻladi.

Jahon hamjamiyati mazkur muammoni anglagan holda, aholi keng ommasining moliyaviy

savodxonligini oshirishni kambagʻallik va ijtimoiy

-iqtisodiy tabaqalashuvga qarshi kurashning

yoʻnalishlar

idan biri sifatida tanlaydi.

Moliyaviy institutlarning faol rivojlanishi sharoitida aholining moliyaviy savodxonligini

oshirish fuqarolarga nafaqat turli moliyaviy mahsulotlarni samarali qoʻllash, foydali moliyaviy

qarorlar qabul qilishga, balki davlatni butun ijtimoiy-

iqtisodiy tizimining toʻlaqonli ishtirokchisi

boʻlishiga imkon yaratadi. Pulning amal qilish qonunlarini bilgan holda, nafaqat ularni toʻgʻri
taqsimlash, balki koʻpaytirish ham mumkin. Har tomonlama oʻylangan moliyaviy qarorlarni

qabul qilish hamda moliya bozorida samarali harakatlarni amalga oshirish uchun tegishli

bilimlar zarur. Ularning yetarli hajmda boʻlishi moliyaviy risklardan himoyalanish va turmush

darajasini oshirishga imkon beradi.

Shu bilan birga hozirgi vaqtda aholi moliyaviy savodxonligining past darajasi

kuzatilmoqda. Bu esa pul bilan bogʻliq qallobliklarga, shaxsiy jamgʻarmalarning samarasiz

taqsimlanishiga olib keladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

121

Shuni taʼkidlash lozimki, moliyaviy savodxonlikni oshirish nafaqat asosiy moliyaviy jihatlar

boʻyicha bili

m olishga, bal

ki ushbu bilimlarni muayyan moliyaviy vaziyatlarda qoʻllash

mahoratiga imkon yaratadi. Toʻgʻri moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun, inson turli

manbalardan olishi mumkin boʻlgan axborot u tomonidan toʻgʻri tushunilgan boʻlishi lozim.

Biro

q, taʼlim tizi

mida moliyaviy

savodxonlikning asoslarini oʻqitishning standartlari mavjud

emas, shuning uchun yoshlarning ijtimoiy va kasbiy jihatdan oʻzini oʻzi anglash va jamiyatda

muvaffaqiyatli ijtimoiylashishi maqsadida ularga qoʻshimcha dasturlar doir

asida moliyaviy

asoslarni oʻrgatish muhim vazifaga aylanadi.

“Moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish faoliyatning quyidagi yoʻnalishlarini oʻz ichiga

oluvchi kompleks yondashuvni taqozo etadi:

- moliya bozoridagi vijdonsiz xatti-

harakatlarni ragʻbatlantirmaslik;

- um

umtaʼlim oʻquv muassasalarida moliyaviy savodxonlik boʻyicha majburiy

mashgʻulotlarni kiritish;

- aholi moliyaviy savodxonligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- masalalarning keng

doirasi boʻyicha axborotlarni turli maqsadl

i auditoriyalar uchun

tushunarli boʻlgan max

sus internet-resurslarni yaratish;

-

moliyaviy savodxonlik darajasini oʻlchash hamda uni ilgari surishning turli kanallari

samaradorligini baholash boʻyicha dastaklar

majmuini yaratish;

- aholining tegishli guruhlari uchun moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarning maxsus

toʻplamini shakllantirish;

-

moliya bozori mahsulotlari va xizmatlari toʻgʻrisida aholining axborotga egaligi darajasini

oshirish;

- moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish hamda ulardan foydalanish

imkoniyatlarini oshirish”.

Moliyaviy savodxonlik darajasi kishilarning qancha qismi noratsional xaridni amalga

oshirishi, keyinchalik qaytarilishini taʼminlay olmaydigan kreditlar olishi va

h.k.larni baholash

imkonini beradi. Koʻpchilik

fuqarolarning moliyaviy savodsizligi ham ularning shaxsiy

farovonligiga, ham yaxlit holdagi iqtisodiy jarayonlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Biroq moliyaviy savodsizlikning darajalari toʻgʻrisidagi nazariyalar

mavjud emas. Bu

mazkur masala jamiyatdagi iqtisodiy istiqbollarni baholash uchun tadqiqotning amaliy tavsifi
xosligi hamda masalaga iqtisodiy faol jamiyatning moliyaviy savodxonligi darajasi borasida

uning rivojlanishi qonuniyatlarini izohlovchi nazariya

lar uchun asos boʻlib xizmat qilishi

mumkin boʻlgan umumqabul qilingan yagona koʻrsatkichlarning yoʻqligi bilan bogʻliq.

Aholi moliyaviy savodxonligi muammosining dolzarbligi uning darajasini baholashga

uslubiy yondashuvlarning turli-tumanligi orqali ham n

amoyon boʻladi.

Moliyaviy savodxonlikni baholash dastlab 1990 yillarning boshida AQShda amalga

oshirilgan. Ular aholi turli guruhlari oʻrtasida turkum soʻrovlar shaklida namoyon boʻlib, oʻz

ichiga isteʼmol bilimlari va shaxsiy moliya (isteʼmol krediti, bank hisobraqamlari, sugʻurta,

isteʼmol sarflarining asosiy yoʻnalishlari va h.k.) toʻgʻrisidagi

savollarni olgan (Hastings, Madrian,

Skimmyhorn, 2013. )

.

Moliyaviy savodxonlikning koʻplab xorijiy tadqiqotlarida tahlil uchun boshlangʻich nuqta

boʻlib aholining umumiy moliyaviy

bilim va kompetensiyalarini baholash uchun moʻ

ljallangan

savollar majmui hisoblanadi va murakkab foiz, inflyatsiya, risklar diversifikatsiyasi, ipoteka
krediti, obligatsiyalar narxining shakllanishi kabi mavz

ularni qamrab oladi. Koʻrsatib oʻtilgan

mavzulardan uchtasini qamrab olgan (ingl. Big 3

“Katta uchlik”) moliyaviy savodxonlikni

baholash uslubi dastlab A.Lusardi i O.Mitchell tomonidan taklif etilib, 2004 yilda AQSh

tomonidan oʻtkazilgan sogʻliqni saqlash va pensiya taʼminoti masalalari boʻyicha tad

qiqot

doirasida sinovdan oʻtkazilgan”

(Lusardi, Mitchell , 2014). Keyinchalik u yoki bu mamlakat uchun

xususiyatli boʻlgan moliyaviy bilim va koʻnikmalarni baholovchi savollar qoʻshilgan holda asosiy

savollar roʻyxati beshtagac

ha kengaytirilgan (ingl. Big 5

“Katta beshlik”).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

122

Aholi moliyaviy savodxonligini mamlakat ichida baholash bilan bir qatorda doimiy

ravishda xalqaro tadqiqotlar olib boriladi. Bulardan biri sifatida Iqtisodiy hamkorlik va

rivojlanish tashkiloti tomonidan

oʻtkaziladigan soʻrovlarni misol keltirish mumkin. Ular

aholining turli guruhlarini qamrab oladi (katta yoshdagi aholi

G20 mamlakatlari oʻrtasida

soʻrov; 15 yoshdagi oʻquvchilar oʻrtasida –

PIS

A soʻrovnomasi) hamda moliyaviy bilimlar

(moliyaviy arifmetika, foiz, inflyatsiya, investitsiya risklarini tushunish)ni, moliyaviy xulq-atvor

(uning salbiy va ijobiy shakllari)ni, moliyaviy qadriyatlar (uzoq muddatli rejalashtirish va

pullarga munosabat)ni

oʻlchashni qamrab oladi.

Xorijiy fanda aholi moliyaviy savodxonligi darajasini baholashda ikkita yondashuv farq

qiladi. Birinchi yondashuvda savodxonlikka, yaʼni bilish va tushunish darajasi (financial

literacy)ga koʻproq eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, unda toʻgʻri moliyaviy qaror qabul qilish va

shaxsiy moliyav

iy barqarorlikka erishish uchun zarur boʻlgan koʻnikma, qadr

iyat va xulq-atvor

bilan bogʻliq savollar ham oʻz oʻrnini topadi (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti uslubi).

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining aholi moliyaviy savodxonligi darajasini

baholash uslubini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin.

Ikkinchi yondashuv kompetentlik darajasini oʻlchashga yoʻnaltirilgan, yaʼni bilimlarni

amaliyotda qoʻllashning xususiyatla

rini baholaydi (financial capability, Jahon banki uslubi).

M

oliyaviy savodxonlik darajasini oʻlchash uslubiyotining rivojlanishida muhim bosqich

boʻlib mazkur sohadagi milliy dasturlarni amalga oshirishni boshlashdan oldin moliyaviy

savodxonlikning bazaviy

darajasini baholashni maqsad qilib qoʻygan tadqiqotlarni oʻ

tkazish

hisoblanadi. Bunday tahlil Malayziya, Singapur, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Braziliya,

Vengriya, Irlandiya, Kanada, Keniya, Yaponiya va boshqa koʻplab mamlakatlarda amalga

oshirildi. Rossiyada birinchi keng miqyosli tadqiqot 2012 yilda Rossiya Federatsiyasi Moliya

vazirligi buyurtmasi boʻyicha oʻtkazildi. Koʻplab mamlakatlarda (Germaniya, Avstraliya, Kanada,

Estoniya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika va boshq.) nafaqat moliyaviy savodxonlik

darajasining tadqiqoti oʻtkazilib qolmay,

balki uni oshirish boʻyicha davlat dasturlari ham amalga

oshiriladi.

1-jadval

Aholi moliyaviy savodxonligini indeks baholash uslubi

(Kalachikova, Belexova, Rossoshanskiy, 2019)

Maqsadi

Moliyaviy savodxonlikning hududlar, aholining ijtimoiy-demografik va

iqtisodiy tavsiflari boʻyicha tabaqalanish darajasini aniqlash

Nomi

“Bilimlar” va “koʻnikmalar” komponentlari boʻyicha moliyaviy
savodxonlik darajasini oʻlchashning indeks uslubi

Hisoblash

amalining

qisqacha

mazmuni

Predmet

sohalari (“daromadlar va xarajatlar”, “oila budjeti va moliyaviy

rejalashtirish”, “jamgʻarma va omonatlar”, “kreditlash”, “investitsiyalash

va soliqlar”, “sugʻurta va pensiyalar”, “risklar va moliyaviy xavfsizlik”,

“isteʼmolchilar huquqini himoya qilish” subindekslari) boʻyicha

subindekslarni hisoblash

Bilimlar va koʻnikmalarning, sh.j. koʻrsatib oʻtilgan predmet sohalari

boʻyicha xususiy indekslarni hisoblash

Moliyaviy savodxonlikning yigʻma indeksini

(0 dan to 1 gacha qiymat

chegarasida) hisoblash

Baholanuvchi

elementlari

roʻyxati

“Rossiya Federatsiyasining 2017

-2023 yillarda moliyaviy savodxonligini

oshirish strategiyasi”da belgilangan moliyaviy savodxon fuqaro modeli

boʻyicha tuzilib, oʻz ichiga 33 ta pozitsiyani oladi

Tadqiqotning

empirik bazasi

2018 yilda mualliflar tomonidan Shimoliy-

Gʻarbiy federal okrugning 4 ta

mintaqasi hududida oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov maʼlumotlari tashkil

etadi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

123

Moliyaviy taʼlimning muhimligini birinchilardan boʻlib D.Bernxeym asoslagan

(Bernheim,

1995)

. Turli manbalarda moliyaviy savodxonlik, moliyaviy taʼlim, moliyaviy maorif, moliyaviy

kompetentlikni oshirish va boshqa tushunchalardan foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda bu borada

koʻplab ilmiy ishlar eʼlon qilinib, ularning mualliflari tomonidan “moliyaviy savodxonlik”

tushunchasi turlicha nuqtai nazardan talqin qilinmoqda. Xorijiy tadqiqotchilar uni koʻproq
asosiy atamalarni bilish va oddiy koʻnikmalar nuqtai nazaridan baholaydilar.

Mazkur muammoga bagʻishlangan rossiyalik olimlar ta

dqiqotlarida aholi moliyaviy

savodxonligining uchta oʻzaro bogʻliq komponentini koʻrib chiqish imkonini beruvchi bir nechta

bloklar kiritilgan.

1. Qadriyatlar

savodxonlikning asosi. Ular shaxslarda moliyaviy xizmatlarga nisbatan

ehtiyojlarning shakllanishiga javob beradi va

oʻz xatti

-harakatlarining oqibatlarini tushunishni

taʼminlaydi, yaʼni moliyaviy xulq

-atvor madaniyatini shakllantiradi. Budjetni rejalashtirish,

maqsadlarni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, moliyaviy institutlarga nisbatan
munosabat va boshq

alarni oʻz ichiga oladi.

Biroq, har doim ham uzoq muddatli moliyaviy strategiyalar bilan bogʻliq qadriyatlarning

mavjudligi moliyaviy savodxonlikdan, ularning yoʻqligi esa savodxonlikning yetishmasligidan

dalolat bermaydi. Aksincha, uzoq muddatli strategiyalarning mavjud emasligi, moliyaviy bozor

institutlari kuchsiz boʻlgan, inqirozlarga yuz tutgan, qonunchilik bazasining esa bozorning

rivojlanishidan ortda qolishi sharoitda ularga ishonchning yoʻqligi moliyaviy jihatdan savodli

munosabatlarning belgisi hisoblanib, shundan kelib chiqqan holda moliyaviy dastaklardan

foydalanishdan voz kechiladi

(Kuzina, 2009).

2. Zarur bilimlar (maxsus moliyaviy tushunchalarning mazmuni, taklif etilayotgan

mahsulotlarning xususiyatlari, ularn

i himoya qilishning huquq va usullari va boshq. toʻgʻrisida).

3. Koʻnikmalar yoki qadriyatlarning amaliy jihatdan namoyon boʻlishi va bilimlarning

qoʻllanilishi (mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni izlash, bozor va jamiyatdagi holat

ni

kuzatish, kredit,

sugʻurta va boshqa muassasalar bilan shartnomalarni oʻqish va tushunish,

taqdim etilayotgan xizmatlarni taqqoslashni bilish va huquq poymol etilgan taqdirda shikoyat

qilish va h.k.).

Biroq, kontragentlar oʻzaro aloqalarining koʻplab ji

hatlari yetarli dara

jada yoʻlga

qoʻyilmagan hamda moliyaviy munosabatlarning muntazam paydo boʻlib va murakkablashib
borishi yuz berayotgan, moliyaviy institutlari tizimi barqaror boʻlmagan mamlakatlarda empirik

tadqiqotlarda moliyaviy savodxonlikni oʻlcha

shga nisbatan kompleks kompetentik yondashuvini

qoʻllash juda qiyin hisoblanadi

(Belexova,Kalachikova, 2016).

Shuningdek, aholi moliyaviy savodxonligini faqat ikkita oʻzaro bogʻliq komponent —

“bilimlar” va “koʻnikmalar” boʻyicha oʻlchashga asosla

ngan indeks baholash uslubi ham mavjud

(1-jadval).

Milliy va xorijiy fan va amaliyotdagi moliyaviy savodxonlik indikatorlariga mavjud

yondashuvlarni tizimlashtirish ularning ikki guruhini ajratish imkonini berdi:

1) moliyaviy savodxonlikning yagona (umum

iy, oʻrtacha, integral, kompleks va h.k.)

koʻrsatkichini ishlab chiqishni taqozo etuvchi yondashuvlar;

2) moliyaviy savodxonlikning kompleks koʻrsatkichlarini ishlab chiqilishini taqozo etuvchi

yondashuvlar.

1. Moliyaviy savodxonlikni

ng yagona koʻrsatkic

hini ishlab chiqish.

Iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan moliyaviy savodxonlikning integral

koʻrsatkichini quyidagi formula koʻrinishida aniqlash taklif etilgan:

Fgr = x ∙ 1 +y ∙ 2 + z ∙ 3,

bu yerda:
x

past darajali moliyaviy savodxo

nlikka ega boʻlgan fuqarolarning ulushi;

y

oʻrta darajali moliyaviy savodxonlikka ega boʻlgan fuqarolarning ulushi;

z

yuqori darajali moliyaviy savodxonlikka ega boʻlgan fuqarolarning ulushi

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

124

2. Moliyan

ing turli sohalari boʻyich

a bilim, malaka va k

oʻnikm

ani ifodalovchi

koʻrsatkichlar majmuini ishlab chiqish.

Jahon banki tadqiqotlarida umumiy holda aholining moliyaviy savodxonligi darajasini

amaliy jihatdan aniqlashning, xususan esa, mamlakatlararo taqqoslashni amalga oshirishning

murakkabligi taʼ

kidlanadi. Shunga qaramay, Jahon banki ekspertlari aholi moliyaviy

savodxonligining quyidagi uchta asosiy koʻrsatkichlaridan foydalanishni taklif etadilar:

1) foiz stavkasini hisoblash toʻgʻrisidagi savolga toʻgʻri javob bergan responde

ntlarning

soʻrovnoma

da ishtirok etganlarning umumiy sonidagi ulushi;

2) inflyatsiya mexanizmi toʻgʻrisidagi savolga toʻgʻri javob bergan respondentlarning

soʻrovnomada ishtirok etganlarning umumiy sonidagi ulushi;

3) risk diversifikatsiyasi toʻgʻrisidagi

savolga toʻgʻri jav

ob bergan respondentlarning

soʻrovnomada ishtirok

etganlarning umumiy sonidagi ulushi (Lisa Xu and Bilal Zia, 2012).

1-rasm.

Moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga taʼsir qiluvchi omillar

nuqtayi-nazaridan baholash uslubi

50

Ushbu taklif asosida Jahon banki ekspertlari dunyo mamlakatlari moliyaviy savodxonligi

koʻrsatkichlarining taqqoslama tahlilini turli tadqiqotlarni umumlash

-tirish asosida amalga

oshirish imkoniga ega boʻldilar.

Rossiyalik tadqiqotchilar amaliyotida aholining moliyaviy savodxonligi darajasini baholash

uchun ikkita usul keng qoʻllaniladi:

1)

fuqarolarni moliya toʻgʻrisidagi nazariy bilimlari boʻyicha testdan oʻtkazish (masalan,

turli internet-resurslar

“Home Credit” banki, Sberban

k, Moliyaviy madaniyat markazi,

vashifinansoʻ.rf saytlarida testdan oʻtkazish);

2) aholi moliyaviy savodxonligini monitoringga asoslangan sotsiologik tadqiqotlari

(masalan, moliyaviy tadqiqotlar Milliy agentligi, Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining Jahon

banki bilan bi

rgalikdagi, FOM Moliya tadqiqot markazi, RFAning mintaqaviy boʻlinmalari

tomonidan oʻtkazilgan soʻrovlar)

(Sushko, 2014).

50

Muallif ishlanmasi.

1-bosqich

Muayyan mamlakat (hudud) iqtisodiyotining oʻziga xos

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nisbatan ahamiyatli

omillarni aniqlash

6-

bosqich

Barcha omillar boʻyicha majmuaviy (kompleks) natijalari va

xulosalarini chiqarish

5-bosqich

Har bir omil boʻyicha baholash natijalari va

xulosalarini

chiqarish

4-bosqich

Barcha omillar boʻyicha majmuaviy (kompleks) baholash

uslubini ishlab chiqish

3-bosqich

Har bir omil boʻyicha baholash uslubini ishlab chiqish aniqlash

2-bosqich

Mazkur omillarning joriy davr hamda taqqoslama davr

(dinamika)dagi miqdoriy qiymatlarini aniqlash

Bosqich

Muayyan bosqichda bajariluvchi amallar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

125

Aholi moliyaviy savodxonligini oʻrganishning asosiy muammosi shundaki, moliyaviy so

ha

va ilmiy xodimlarda turli hududlarda istiqomat qiluvchilarning moliyaviy bilimlari va

kompetensiyalari toʻgʻrisida bir xillashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish imkoniga ega emas

(Sushko, 2014).

Bu uslublarning (shu jumlada

n, sotsiologik soʻro

vlarning ham) turli tumanligi

bilan izohlanadi.

2-jadval

Moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga taʼsir qiluvchi omillarning mamlakat

(hudud) iqtisodiyotining holatiga koʻra ahamiyatliligi

51

Moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga

taʼsir qiluvchi o

millar

Mamlakat (hudud) iqtisodiyotining holati

Rivojlangan,

barqaror

Rivojlana-

yotgan

Qoloq,

beqaror

Mamlakatning iqtisodiy salohiyati

-

-

-

Mamlakat (hudud)ning ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanganlik darajasi

-

-

-

Davlatning iqtisodiy siyosati

1

-

-

Hududning geografik joylashuvi

-

-

-

Moliyaviy infratuzilmaning mavjudligi va
rivojlanganlik darajasi

-

1

1

Moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari

-

-

2

Aholi

moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha

amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

-

2

3

Aholining iqtisodiyotga ishonchi darajasi

3

-

-

Aholi mentaliteti

-

-

-

Mamlakatdagi iqtisodiy taʼlim darajasi

2

3

-

Yuqoridagi maʼlumotlardan xulosa qilish

mumkink

i, hozirda dunyo boʻyicha moliyaviy

savodxonlik darajasini baholash metodikasi mavjud

boʻlib, turli xalqaro tashkilotlar tomonidan

mazkur baholashni amalga oshirib kelinmoqda. Mavjud baholashlar turlicha uslubiy

yondashuvlarga asoslansada, biroq ularning umumiy tomoni

bevosita test va soʻrovlar

oʻtkazish usullariga tay

anadi. Natijada ushbu yondashuvlar subyektiv tavsif kasb etadi.

Shunga koʻra, mazkur dissertatsion tadqiqot doirasida moliyaviy savodxonlik darajasini

oshirishga taʼsir qiluvchi omill

ar, shart-sharoitlar nuqtayi-

nazaridan baholash gʻoyasi ilgari

suriladi va uning metodikasi t

aklif etiladi. Yaʼni, mamlakatimiz yoki uning alohida

hududlaridagi

moliyaviy savodxonlikning oshishiga taʼsir koʻrsatuvchi shart

-

sharoitlar (omillar)ning oʻzgaris

hi

orqa

li baholash muhim oʻrin tutadi.

Fikrimizcha, moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish

ga taʼsir qiluvchi omillar nuqtai

-

nazaridan baholash uslubini quyidagi bosqichlar ketma-ketligida ifodalash maqsadga muvofiq

(1-rasm).

Rasmdan koʻrinadiki, moliyav

iy savo

dxonlik darajasini oshirishga taʼsir qiluvchi omillar

nuqtai-nazaridan baholashda eng

avvalo muayyan mamlakat (hudud) iqtisodiyotining oʻzi

ga xos

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nisbatan ahamiyatli omillarni aniqlash muhim hisoblanadi

(1-bosqich). Chunki, iqtisodiyotning rivojlanish holati va undagi barqarorlikdan kelib chiqqan

holda mamlakat yoki uning muayyan hududi uchun omillarning ahamiyatliligi farqlanishi
mumkin.

Buni iqtisodiyotning rivojlanish barqarorligi holati boʻyicha farqlanuvchi

mamlakat

(hudud)lardagi moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga taʼsi

r qiluvchi omillarning

ahamiyatliligini ifodalovchi shartli misol yordami

da koʻrishimiz mumkin (2

-jadval). Bunda har

bir holatdagi iqtisodiyot uchun 3 tadan omil ahamiyatlilik darajas

iga koʻ

ra ifodalangan.

Jadval maʼlumotlaridan koʻrinadiki, agar rivojlana

yotgan yoki qoloq mamlakatlar uchun

birinchi navbatda moliyaviy infratuzilmaning mavjudligi va rivojlanganlik darajasi, moliyaviy

51

Muallif ishlanmasi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

126

xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari muhim boʻlsa,

bunday

masalalar oʻz yechimini topgan

rivojlangan mamlakatlar uchun koʻpr

oq davlatning iqtisodiy siyosati hamda aholining

iqtisodiyotga ishonchi d

arajasi ahamiyatliroq hisoblanadi. Bundan koʻrinadiki, muayyan

mamlakat (hudud) iqtisodiyotining oʻziga xos xu

susiyatlaridan kelib chiqqan holda nisbatan

ahamiyatli omillarni aniqlash mazkur baholash uslubining hal qiluvchi bosqichlaridan biridir.

Moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga taʼsir qiluvchi omillar nuqtai

-nazaridan

baholash uslubida tegishli omillarning joriy davr hamda taqqoslama davr (dinamika)dagi

miqdoriy qiymatlarini aniqlash muhim (2-bosqich). Agar joriy davr qiymatlari moliyaviy

savodxonlikning hozirgi vaqt uchun holatini ochib berishga xizmat qilsa, uning qator yillar uchun
taqqoslama davr qiymatlari bu boradagi asosiy tendentsiyalarni tavsiflab beradi.

Har bir o

mil boʻyicha baholas

h uslubini ishlab chiqish mazkur baholash uslubining muhim

amallaridan biri hisoblanadi (3-

bosqich). Shunisi eʼtiborliki, ayrim omillarni tavsiflovchi

koʻrsatkichlarni bevosita va oddiy tarzda ifodalash mumkin boʻlsa, boshqa birlarini b

aholash

uchun murakkab hisob-kitoblar talab etilishi mumkin.

Barcha omillar boʻyicha majmuaviy (kompleks) baholash uslubini ishlab chiqish

yuqoridagi har bir omil boʻyicha baholash uslubini umumlashtirish va oʻzaro muvofiqlashtirish

orqali amalga oshiriladi (4-bosqich). Nati

jada moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga taʼs

ir

qiluvchi omillar nuqtai-nazaridan baholashning yaxlit va yagona natijasiga erishish imkoni

vujudga keladi.

Har bir omil boʻyicha alohida va barcha omillar boʻyicha baholash natijal

ari va xulosalarini

chiqarish moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga

taʼsir qiluvchi omillar nuqtai

-nazaridan

baholash uslubining yakuniy bosqichlari boʻlib hisoblanadi (5

-6-bosqichlar). Mazkur bosqichlar

orqali mamlakat yoki uning muayyan hududidagi aholi moliyaviy savodxonligini oshirish

boʻyicha omil (shart

-sharoit)

lardagi oʻzgarishlar, ulardan foydalanish darajasi va kengaytirish

yoʻnalishlari yuzasidan xulosalar chiqarish imkoniga ega boʻlinadi.

Xulosa va takliflar.

Iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, aholi turmush darajasi va farovonligini

oshirishda fuqarolarning iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ongli ravishda munosabatda

boʻlishining muhim shar

ti hisoblangan moliyaviy savodxonlik katta ahamiyatga ega. Moliyaviy

savodxonlik fuqarolarning hayotning turli jabhalari, jumladan, iqtisodiy faoliyat yuzasidan qabul

qilayotgan qarorlarning toʻgʻri va samarali boʻlishini taʼminlash bilan bir qatorda, maml

akatdagi

ishbilarmonlik muhitining rivojlanishiga, tadbirkorlik faoliyatining kengayishiga qulay imkon

yaratadi.

Moliyaviy savodxonlikni taʼminlashdan asosiy maqsad inson farovonligi va hayot sifatini

oshirish hisoblanib, buning uchun u oʻz ixtiyoridagi iqtisodiy resurslardan, roʻy berishi mumkin

boʻlgan voqea va hodisalar, vujudga kelishi

mumkin boʻlgan shar

t-

sharoitlardan oʻzi

hamda

jamiyat uchun manfaatli va samarali as

osda foydalanish borasida yetarli bilim va koʻnikmalarga

ega boʻlishi lozim. Shuningde

k, jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar tizimi ham ushbu maqsadlar

bilan oʻzaro muvofi

q kelishi zarur. Eng muhimi, har bir shaxs

qayd etib oʻtilgan vosita va

dastaklardan foydalangan holda qisqa muddatli qarorlar qabul qilish hamda uzoq muddatli

moliyaviy r

ejalashtirish jarayonini toʻgʻri tashkil etish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.

Aholi moliyaviy savodxonligining mazmuni va ahamiyatini ochib berishda uning darajasiga

taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va muayyan tizimga solish muhim oʻrin tutib,

uning turli

(masalan, alohida shaxs, muayyan hudud aholisi, mamlakat aholisi) darajalarini tabaqalashtirish

maqsadga muvofiq.

Aholi moliyaviy savodxonligiga taʼsir etuvchi omillarni baholash hamda ularni

rivojlantirish muammolarini hal etish tizimiga mual

liflik yondashuvining asosiy gʻoyasi –

yondashuvning pragmatik tavsifi, yaʼni omillarni baholash taʼsir koʻrs

atish obyektlari va

jihatlaridan kelib chiqqan holda, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish bilan yakunlanishi

hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

127

Moliyaviy savodxonlikning aholi daromadlariga taʼsirini mustaqil ravishda band boʻlishdan

olingan daromadlar, mol-mulkdan oling

an daromadlarning va ijtimoiy transfertlar boʻyicha

tahlil qilish mumkin. Maʼlumotlar mamlakat hududlari boʻyicha mustaqil ravish

da band

boʻlishdan olingan daromadlarning 1% ga oʻsishini aholi umumiy daromadlari hajmining

oʻsishiga taʼs

iri qiymati izchil ravishda pasayib borayotganligini; aholining moliyaviy

savodxonlik darajasi bevosita taʼsir koʻrsatuvchi foizlar, mualliflik haqi

va dividendlarning

solishtirma salmogʻi oshib borayotganligini;

ijtimoiy transfertlar tarkibidagi pensiyalar va

stipendiyalarni

ng solishtirma salmogʻi pasayib, nafaqalarning solishtirma salmogʻi oshib

borayotganligini koʻrsatadi.

Mamlakat miqyosida aholi moliyaviy savodxonligi darajasini oshirishni samarali tashkil

etishda aholi moliyaviy savodxonligi darajasi

ni oshirishning oʻz mazmuniga koʻra yaqi

n va

yondosh tadbirlar bilan uygʻun holda olib borilishi; aholi moliyaviy savodxonligi darajasini

oshirishni tashkil etish chora-tadbirlarining shakl va mazmun jihatidan takrorlanish holatlarini
keltirib chiqarishiga

yoʻl qoʻymaslik; bu

borada belgilangan chora-tadbirlarning ahamiyatli

qismini amalga oshirishda mavjud, yoʻlga qoʻyilgan tadbirlar va tashkiliy asos

lardan

foydalanishning koʻzda tutilishi kabi tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq.

Jahon tajribasida aholi moliyaviy savodxonligi darajasini bir guruh respondentlar

javobidan kelib chiqqan holda baholanishi manzarani toʻliq aks ettirmasdan, koʻpinc

ha noaniq

tasavvurlarga sabab boʻladi. Shunga koʻra, “mahallabay” ishlash tizimi orqali

mahalla

fuqarolarining moliyaviy savodx

onlik boʻyicha bilim va koʻnikmalari darajasini aniqlash uchun

yoʻlga qoʻyilayotgan tadbirlar tarkibiga elektron

savolnoma shaklini kiritish maqsadga muvofiq.

Bunda mamlakat yoki uning hududlari boʻyicha umumiy tavsif kasb etuvchi chora

-tadbirlar

emas, balki har bir muayyan mahallaning amaldagi holatidan va xususiyatlaridan kelib chiqqan

holdagi moliyaviy savodxonlik

ni oshirish boʻyicha aniq chora

-tadbirlar ishlab chiqilishi

taʼminlanadi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) Inson kapitalining raqamli rivojlanishini baholash

//Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.

Т. 1. –

№. 2. –

С. 5

-14.

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2024) Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar bandligi va

munosib mehnatning kontseptual asoslari //Iqtisodiyot v

a taʼlim. –

Т. 25. –

№. 2. –

С. 73

-82.

Hastings J.S., Madrian B.C., Skimmyhorn W.L. (2013) Financial literacy, financial education,

and economic outcomes // Annual Review of Economics. Vol. 5. P. 347

373.

С.352.

Lisa Xu and Bilal Zia. (2012) Financial Literacy around the World: An Overview of the

Evidence with Practical Suggestions for the Way Forward. Policy Research Working Paper 6107.

June. URL: http://www.worldbank. org.

Usmonov A. (2021) Iqtisodiy savodxonlik va iqtisodiy taʼlimni

ng tarbiyaviy ahamiyati

//Журнал Педагогики и психологии в современном образовании. –

№. 1.

Vaxabov A.V. (2013) Moliyaviy savodx

onlik asoslari: oʻquv qoʻllanma / A.V. Vaxabov, Sh.A.

Toshmatov, N.X. Xaydarov, A.V. Vaxobov.

Toshkent: Baktria press, - 288 b.

Абдувохидов А.А. и др. (2022) Иқтисодиётни барқарор ривожлантиришда тижорат

банкларининг ўрнини кенгайтириш масалалари //Barq

arorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn

ilmiy jurnali.

Т. 2. –

№. 11. –

С. 252

-263.

Белехова Г.В., Калачикова О.Н.

(2016) Финансовая грамотность молодежи

(на

материалах Вологодской области)

//

Проблемы развития территории

.

Вып. 5 (85)

. -

С.95.

Вахабов Абдурахим Васикович, Хажибакиев Шухрат Хўжаёрович (2022)

Истеъмолчиларнинг молиявий саводхонлик даражасини ошириш муаммолари //
Экономика и финансы (Узбекистан). №4 (152).

Восканян Р.О. (2018) Финансовая грамотность как условие формирования

финансовой культуры. Azimuth of Scientific Research: Economics and Administration. Т. 7. №

1(22).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

128

Калачикова О.Н., Белехова Г.В., Россошанский А.И. (2019) Индексная оценка финансовой

грамотности населения (на примере регионов Северо

-

Западного федерального округа) //

Вестник Пермского университета. Сер. «Экономика» = Perm University Herald. Economy. Том

14. № 4. С. 579–

602. doi: 10.17072/1994-9960-2019-4-579-602.

Сушко, Е.Ю. (2014) Рациональность финансового поведения как фактор процветания

финансового

сектора [Текст] / Е. Ю. Сушко // Вестник НГУ. Серия: Социально

-

экономические науки. –

.

Т. 14. –

Вып.

4.

С. 99–

110.

Тешабаева О. Н. и др. (2022) Аҳоли молиявий саводхонлиги ўсишининг тадбиркорлик

фаолияти ва даромадлар даражасининг ошишига таъсири //Gospodarka i Innowacje. –

Т. 29.

С. 348

-355.

References

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) Inson kapitalining raqamli rivojlanishini baholash //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – Т. 1. – №. 2. – С. 5-14.

Abduvoxidov A., Kamilova S. (2024) Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar bandligi va munosib mehnatning kontseptual asoslari //Iqtisodiyot va taʼlim. – Т. 25. – №. 2. – С. 73-82.

Hastings J.S., Madrian B.C., Skimmyhorn W.L. (2013) Financial literacy, financial education, and economic outcomes // Annual Review of Economics. Vol. 5. P. 347–373. – С.352.

Lisa Xu and Bilal Zia. (2012) Financial Literacy around the World: An Overview of the Evidence with Practical Suggestions for the Way Forward. Policy Research Working Paper 6107. June. URL: http://www.worldbank. org.

Usmonov A. (2021) Iqtisodiy savodxonlik va iqtisodiy taʼlimning tarbiyaviy ahamiyati //Журнал Педагогики и психологии в современном образовании. – №. 1.

Vaxabov A.V. (2013) Moliyaviy savodxonlik asoslari: oʻquv qoʻllanma / A.V. Vaxabov, Sh.A. Toshmatov, N.X. Xaydarov, A.V. Vaxobov. – Toshkent: Baktria press, - 288 b.

Абдувохидов А.А. и др. (2022) Иқтисодиётни барқарор ривожлантиришда тижорат банкларининг ўрнини кенгайтириш масалалари //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – Т. 2. – №. 11. – С. 252-263.

Белехова Г.В., Калачикова О.Н. (2016) Финансовая грамотность молодежи (на материалах Вологодской области) // Проблемы развития территории. Вып. 5 (85). - С.95.

Вахабов Абдурахим Васикович, Хажибакиев Шухрат Хўжаёрович (2022) Истеъмолчиларнинг молиявий саводхонлик даражасини ошириш муаммолари // Экономика и финансы (Узбекистан). №4 (152).

Восканян Р.О. (2018) Финансовая грамотность как условие формирования финансовой культуры. Azimuth of Scientific Research: Economics and Administration. Т. 7. № 1(22).

Калачикова О.Н., Белехова Г.В., Россошанский А.И. (2019) Индексная оценка финансовой грамотности населения (на примере регионов Северо-Западного федерального округа) // Вестник Пермского университета. Сер. «Экономика» = Perm University Herald. Economy. Том 14. № 4. С. 579–602. doi: 10.17072/1994-9960-2019-4-579-602.

Сушко, Е.Ю. (2014) Рациональность финансового поведения как фактор процветания финансового сектора [Текст] / Е. Ю. Сушко // Вестник НГУ. Серия: Социально-экономические науки. –. – Т. 14. – Вып. 4. – С. 99–110.

Тешабаева О. Н. и др. (2022) Аҳоли молиявий саводхонлиги ўсишининг тадбиркорлик фаолияти ва даромадлар даражасининг ошишига таъсири //Gospodarka i Innowacje. – Т. 29. – С. 348-355.