OʻZBEKISTONDA UMUMIY SUGʻURTA TARMOGʻIDA QAYTA SUGʻURTALASHNING HOZIRGI HOLATI VA UNI RIVOJLANTIRISH YOʻNALISHLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada Oʻzbekiston umumiy sugʻurta tarmogʻida qayta sugʻurtalashning soʻnggi yillardagi koʻrsatkichlari dinamikasi yaʼni qayta sugʻurtalashdan qabul qilingan va qayta sugʻurtaga berilgan qayta sugʻurta mukofotlari hajmi yoritilgan hamda tahlil qilingan. Shuningdek sugʻurta bozorida qayta sugʻurtaning rivojlanishidagi mavjud muammolar yoritilib, ularning yechimi boʻyicha takliflar berib oʻtilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
129-133
30

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Oripov, A. (2024). OʻZBEKISTONDA UMUMIY SUGʻURTA TARMOGʻIDA QAYTA SUGʻURTALASHNING HOZIRGI HOLATI VA UNI RIVOJLANTIRISH YOʻNALISHLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(6), 129–133. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48709
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Oʻzbekiston umumiy sugʻurta tarmogʻida qayta sugʻurtalashning soʻnggi yillardagi koʻrsatkichlari dinamikasi yaʼni qayta sugʻurtalashdan qabul qilingan va qayta sugʻurtaga berilgan qayta sugʻurta mukofotlari hajmi yoritilgan hamda tahlil qilingan. Shuningdek sugʻurta bozorida qayta sugʻurtaning rivojlanishidagi mavjud muammolar yoritilib, ularning yechimi boʻyicha takliflar berib oʻtilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

129


OʻZBEKISTONDA UMUMIY SUGʻURTA TARMOGʻIDA QAYTA SUGʻURTALASHNING

HOZIRGI HOLATI VA UNI RIVOJ

LANTIRISH YOʻNALISHL

ARI

Oripov Akbar Amonjonovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0002-1593-7472

oripovakbar764@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Oʻzbekiston umumiy sugʻurta tarmogʻ

ida qayta

sugʻurtalashning soʻnggi yill

ardagi ko

ʻrsatkichlari dinamikasi yaʼni qayta sugʻurtalashdan qabul

qilingan va qa

yta sugʻurtaga berilgan qayta sugʻurta mukofotlari hajmi yoritilgan hamda tahlil

qilingan. Shuningdek sugʻurta bozorida qayta sugʻurta

ning rivojlanishidagi mavjud muammolar

yoritilib, ularning yechimi boʻyicha takliflar berib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar

:

u

mumiy sugʻurta, qayta sugʻurtalash, sugʻurta mukofoti, qayta sugʻurta

mukofoti, sugʻurta majburiyati, obligator qayta sugʻurtalash.

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ПЕРЕСТРАХОВАНИЯ В ОТРАСЛИ ОБЩЕГО

СТРАХОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И НАПРАВЛЕНИЯ ЕЕ РАЗВИТИЯ

Орипов Акбар Амонжонович

Ташкентский государственный экономический университет


Аннотация.

В данной статье описана и проанализирована динамика показателей

перестрахования

в отрасли общего страхования Узбекистана за последние годы, в том

числе объем перестраховочных премий, полученных от перестрахования и переданных в
перестрахование. Также показаны существующие проблемы в развитие перестрахования

на страховом рынке, и даны

предложения по их решению.

Ключевые слова

:

общее страхование, перестрахование,

страховая премия,

перестраховочная премия, страховое обязательство, облигаторное перестрахование.

CURRENT STATE OF REINSURANCE IN GENERAL INSURANCE NETWORK

IN UZBEKISTAN AND DIRECTIONS OF ITS DEVELOPMENT

Oripov Akbar Amonjonovich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article describes and analyzes the dynamics of indicators of reinsurance in

regards to the general insurance field of Uzbekistan in recent years, including the volume of
reinsurance premiums received from reinsurance and given to reinsurance. The existing problems

in the development of reinsurance in the insurance market are also shown, and proposals for their

solution are given.

Keywords:

general insurance, reinsurance, insurance premium, reinsurance premium,

insurance obligation, obligatory reinsurance.

UO

K: 368.013

VI SON

IYUN, 2024

129-133


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

130

Kirish.

Sugʻurta xizmatlari iqtisodiyotning barqarorligi hamda aholi ijtimoiy himoyasining muhim

omillaridan biri boʻlib,

rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va

iqtisodiy oʻsishning asosiy omili sifatida amal qilmoqda.

Mamlakatimizda sugʻurta tizimini rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini jahon

andozalari darajasiga yetkazish yuzasida

n qator choralar koʻ

rilmoqda. Bunda albatta, qayta

sugʻurtaning oʻrni beqiyos. Umuman olganda qayta sugʻurta faoliyati sugʻurta biznesining muhim

yoʻnalishi boʻlib, sugʻurta kompaniyasining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respubl

ikasi Fuqarolik kodeksining 959-

moddasiga muvofiq, qayta sugʻurta

qilish bu

sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi oʻz zimmasiga olgan sugʻurta tovonini

yoki sugʻurta pulini toʻlash xavfi uning tomonidan toʻliq yoki qisman boshqa sugʻurtalovchida

(s

ugʻurtalovchilarda)

u bilan tuzilgan qay

ta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha

sugʻurtalanishidir.

Qayta sugʻurta –

bu sugʻurta faoliyatini va sugʻurta operatsiyalarining moliyaviy

barqarorligini taʼminlovchi zaruriy mexanizm hisoblanadi. Qayta sugʻurta

lash yordamida

sugʻurtalovchilar oʻzlarining muvozanatlashgan sugʻu

rta portfelini shakllantirishlari mumkin.

Qayta sugʻurta qilish shartnomalarining tuzilishi sugʻurtalovchilarga oʻz moliyaviy

barqarorligini taʼminlash maqsadida ularning kapitali hajmi va

sugʻurta operatsiyal

ari miqdori

oʻrtasidagi munosabatni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini beradi. Qayta sugʻurta qilish

shartnomalarini tuzish imkoniyatining mavjudligi sugʻurtalovchilarga sugʻurtaning yangi turlari

boʻyicha operatsiyalar bilan koʻproq shugʻull

anishga yordam beradi

(Кристофор Пфайффер,

2017).

Аdabiyotlar sharh

i.

Qayta sugʻurtaning oʼziga xos xususiyatlari, mohiyati qator olimlarning ilmiy ishlarida oʼz

aksini topgan. Bozor iqtisodiyotining paydo boʻlishi sharoitida qayta sugʻurtalash nazariyasi

masalalariga bagʻish

langan ilmiy ishlanmalar orasida M.I. Braginski

y, Y.M. Jurаvlyov,

M.G. Kaminkina kabi olimlarning ishlarini ajratib koʻrsatish kerak. Shuningdek, B.S. Novikov,

Y.Y. Solntseva, K.E. Turbina, G.V. Fogelson kabi olimlarning ishlari qayta

sugʻurtalashni yana

da

rivojlantirishnin

g asosiy yoʻnalishlarini as

oslaydi va ushbu vazifani amalga oshirishning uslubiy

yondashuvlarini belgilaydi.

Belorusiyalik olim Jurаvlyovning (2015) fikriga koʼra, “Qayta sugʻurta bu –

iqtisodiy

munosbatlar tizmi bo

ʻlib, unga koʻra muvozanatlashgan sugʻur

ta portfelini yaratish maqsadida

sugʻurtalovchi oʻziga sugʻurta risklarini qabul qilgandan soʻng, ushbu javobgarlikning maʼlum bir
qismini oʻzaro kelishilgan shartlarga koʻra boshqa sugʻurtalovchilarga oʻtkazishidir”

.

Rossiyalik olimlar

Kaminkina va Solntseva (2016) qayta sugʻurtani

quyidagicha taʼriflaydi:

“Qayta sugʻurtalash bu –

birlamchi sugʻurta fondini qayta taqsimlash orqali yoʻqotishlarni

qoplashning eng samarali usulidir”.

Yana bir taniqli rossiyalik olim Nov

ikov (2013) oʻzining

maqolasida qayta su

gʻurtani

quyidagicha izohlagan: “Qayta sugʻurta bu sugʻurtaning bir qismi yoki moliyaviy kafolatning bir

koʻrinishidir”.

Iqtisodchi olim Turbinaning (2015) taʼrifiga koʻra qayta sugʻurtalash bu –

maʼlum bir

shartlar

va toʻlov asosida sugʻurtalangan riskning sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchi oʻrtasida

qayta taqsimlanishidir.

Rossiyalik tadqiqotchi Merebashvili (2017) oʼz tadqiqotlarida quyidagi xulosaga keladi:

“Qayta sugʻurta bu –

sugʻurtaning sugʻurtasidir yaʼn

i

birlamchi sugʻurtalovchi oʻziga

qabul qilib

olin

gan riskni boshqa bir sugʻurtalovchida qayta sugʻurtalashidir.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

131

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy maqolada globallashuv sharoitida mamlakatimiz sugʻurta bozorida qayta sugʻurta

tizimining hozirgi holati va s

alohiyatini oʼrganis

h hamda undan samarali foydal

anish yoʼllarini,

shuningdek unga taʼsir etuvchi omillarni tadqiq etish, tadqiqot natijalarini tizimlashtirish

asosida ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishda induktsiya va deduktsiya, tizimli va qiyosiy
tahlil, grafik tasvirlash va iqtisodiy-statistik usullardan keng foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakatimizda sugʻurta xizmatlari hajmi yildan yilga jadal surʼatlarda oʻsib bormoqda.

Sugʻurta kompaniyalari sugʻurta bozorining imkoniyatla

ridan yanada unumliroq foydalanishga

intilyapti. Bunda asosiy eʼtibor qayta sugʻurta tizmiga qaratilmoqda. Hozirgi

raqobatlashgan

bozor iqtisodiyoti sharoitida sugʻurta kompaniyalari daromadini oshirishda asosiy dastak bu
qayta sugʻurtalashdir.

Shuning uchu

n sugʻurta kompaniyalarida qayta sugʻurt

alash tizmining

rivojlanishi umumiy tushumlarning oshishiga olib keladi. Bugunga kelib mamlakatimizda 43 ta

sugʻurta kompaniyalari faoliyat yuritib kelmoqda, shulardan 35 tasi umumiy sugʻurta sohasi 8

tasi hayot sug

ʻ

urtasi sohasi kompan

iyalari hisoblanadi. Umumiy sugʻurta sohasidagi 35 ta

kompaniyadan joriy yilga kelib 20 ta ko

mpaniyada qayta sugʻurtalash tizmi yoʻlga qoʻyilgan.

Maʼlumki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 2-avgustdagi PQ-4412-sonli

qaror

iga muvofiq sugʻurta

kompaniyalari uchun ustav kapitalining minimal miqdorlari

quyidagicha belgilangan:

1-jadval

Sugʻurta kompaniyalari uchun ustav kapitalining minimal miqdorlari

52

Sugʻurta faoliyatining turlari

Ustav kapitalining minimal

miqdorlari (ml

n. soʻm

)

1

Umumiy s

ugʻurta yoki hayotni

sugʻurta qilish tarmogʻida

ixtiyoriy sugʻurta

20000

2

Umumiy sugʻurta yoki hayotni

sugʻurta qilish tarmogʻida

majburiy sugʻurta

35000

3

Faqat

qayta sugʻurta

45000

Jadvaldan koʻrinib turibdiki sugʻurta kompaniya

s

i qayta sugʻurta fao

liyati bilan

shugʻul

lanishi

uchun ustav fondini kamida 45 mlrd. soʻm miqdorda shakllantirishi kerak.

1-rasm.

Chet el sugʻurta tashkilotlaridan yigʻilgan qayta sugʻurtalash mukofotlari

hajmi (umumiy sugʻurta sohasi boʻyicha)

(mln. s

oʻmda)

53

52

www.napp.uz

53

www.napp.uz

0

200 000

400 000

600 000

800 000

1 000 000

1 200 000

1 400 000

103 594

332 995

940 087

1 324 269

2020

2021

2022

2023


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

132

Bunday kompaniyalar soni bugunga kelib 20 tani tashkil etmoqda. Ushbu kompaniyalar

qayta sugʻurta orqali chet el kompaniylaridan ham faol tarzda qayta sugʻurta mukofotlarni jalb

qilmoqda.

Quyida soʻnggi toʻrt yilda chet el kompaniyalaridan qabul q

ilingan jami qayta su

gʻurta

mukofotlari hajmlari dinamikasi bilan tanishib chiqamiz.

Yuqoridagi diagrammadan koʻrinib turiptiki umumiy sugʻurta sohasida chet el sugʻurta

tashkilotlaridan yigʻilgan qayta sugʻurtalash mukofotlari hajmi soʻnggi toʻrt yilda yu

qori

surʼatlarda oʻsgan. Bu esa oʻz navbatida milliy sugʻurta

bozorimizda qayta sugʻurtalash

faoliyatining yildan yilga jadal rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. 2020-

yilda yigʻilgan

qayta su

gʻurta mukofotlari hajmi 103 594 mln. soʻmni tashkil etgan

b

oʻlsa, 2021

-yilda bu

koʻrsatkich 221,4 %

ga oʻsib 332 995 mln. soʻmga yetgan. 2022

-

yilda esa 182,5% ga oʻsib

940 087 mln. soʻmga yetgan va 2023

-

yilda 40,9% lik oʻsishga erishlib jami 1

324 269 ml

n. soʻmlik

sugʻurta mukofotlari yigʻilgan.

2-rasm. Chet

el sugʻurta tashkilo

tlariga berilgan qay

ta sugʻurtalash mukofotlari

hajmi (umumiy sugʻurta sohasi boʻyicha) (mln. soʻmda)

54

Yuqoridagi diagrammadan koʻrish mumkinki, 2020

-

yilda chet el sugʻurta tashkilotlariga

berilgan qayta sugʻurtalash mukofotlari hajm

i

246 283 mln. soʻmni

tashkil etgan boʻls

a,

2021-

yilda bu koʻrsatkich 99,0 % ga oʻsib 490 152 mln. soʻmga yetgan. 2022

-yilda esa 53,9% ga

oʻsib 755 117 mln. soʻmga yetgan va 2023

-

yilda 101,6% lik oʻsishga erishlib jami 1

522 557 mln.

soʻmlik sugʻurta muko

fotlari berilgan.

Qay

ta sugʻurtanining rivojlanish darajasini koʻrsatuvchi yana bir koʻrsatkich bu yigʻilgan

qayta

sugʻurta mukofotlarining umumiy sugʻurta mukofotlaridagi ulushuni koʻrsatuvchi

koʻrsatkich hisoblanadi.

2-jadval

Oʻzbekiston sugʻurta bozori

d

a qayta sugʻurta muk

ofotlari

ulushi (mln soʻmda)

55

Yillar

2020

2021

2022

2023

Jami sugʻurta

mukofotlari

1 879 346

2 995 707

4 672 270

7 737 236

Yigʻilgan qayta sugʻurta mukofotlari

103 594

332 995

940 087

1 324 269

Jami sugʻurta mukofotlarida qayta

sugʻ

urtaning ulushi

5,51%

11,11%

20,12%

17,11%

Jadvaldan koʻrish mukinki yigʻilgan qayta sugʻurta mukofotlarining umumiy sugʻurta

mukofotlaridagi ulushi soʻnggi toʻrt yilda jadal surʼatlarda oʻsib borgan.

54

www.napp.uz

55

www.napp.uz

0

200 000

400 000

600 000

800 000

1 000 000

1 200 000

1 400 000

1 600 000

246 283

490 152

755 117

1 522 557

2020

2021

2022

2023


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

133

Xulosa va takliflar.

Mohiyatiga koʻra qayta sugʻurta

xalqaro xususiyatga ega. Milliy

sugʻurta tashkilotlari oʻz

javobgarliklarini koʻp hollarda xalqaro darajada xizmat koʻrsatuvchi qayta sugʻurta

kompaniyalariga beradi. Lekin bu jarayonda mamlakatdan valyutaning chiqib ketishini hisobga

oladigan boʻlsak, bu

iqtisodotga salbiy t

aʼsirini koʻrsatadi. Shunday ekan qayta sugʻurtani

takomillashtirish nafaqat sugʻurta bozori uchun balki, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni

olib keladi.

Oʻtkazilgan tadqiqotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, mamlakatimiz sugʻurt

a bozorida

umumiy sug

ʻurta tarmogʻi boʻyicha

qayta sugʻurtalash faoliyati oʻsish dinamikasiga ega. Ammo

sugʻurta bozorining imkoniyatlaridan kelib chiqadigan boʻlsak bundan yuqori natijalarga

erishish mumkin. Oʻzbekiston sugʻurta bozorida qayta sugʻurtala

sh tizmini rivojlantirish chora-

tadbirlar majmuasiga quyidagi takliflar kiritildi:

-

qayta sugʻurtalash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan minimal ustav

fondining toʻliq barcha sugʻurta kompaniyalari tomonidan shakllantirilishiga erishish.

- s

ugʻurta kompaniyalariga qayta sugʻurtalo

vchi yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish,

qayta tayyorlash.

-

sugʻurta kompaniyalarining “Moodyʼs Investors Services”, “Standard & Poorʼs

Corporation”, “Fitch, Inc”, “A.M. Best Company, Inc.” kabi xalqaro re

yting agentliklaridan yuqori

reytinglarga ega

boʻlishiga erishish

.

-

sugʻurta kompaniyalarining obligator qayta sugʻutalash shartnomalarini tuzishi orqali

portfel himoyasini oshirish.

-

sugʻurta kompaniyalari tomonidan sugʻurta majburiyatlarini baja

rishning aniq,

tiniq va

qatʼiy qoidalarini ishlab chiqish, shuningdek, majburiyatlar buzilgan taqdirda

sugʻurta tashkilotlarining majburiyatlarini qat’iy qoidalar asosida soʻzsiz bajarishni nazarda

tutuvchi qattiq jazo chor

alarini qoʻllash, sugʻurta kompaniyalarining mijozlari oʻzlarining

manfaatlarini himoya qilish boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqishning puxta oʻylangan

tartiblarini ishlab chiqish.

Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Кристофор Пфайффер: (2017) “Введение в перестрахование” Aникл,

14 c.

Журавлев Ю.М. Формы и методы проведения перестраховочных операций. Основные

виды перестраховочных договоров. –М.: Научно

-

информационная внедренческая фирма

"ЮКИС", 2015.

-

192 с.

Камынкина М.Г., Солнцева Е.Е. (2016) Перестрахование. Практическое руководство

для страховых компаний. –М.: АО "ДИС",

-

140 с.

Novikov B.S. (2013) Основы экономии страхования –М. : Анкил, –

228 с

Турбина, К.Е. (2015) Перестрахование: вид страхования или особый род финансовой

гарантии // Финансовая газета. №26. С.

3.

Merebashvili T.А. (2017) Экономическая природа перестрахования // Финансы. №10.

С.45

-50.

Bibliografik manbalar

Кристофор Пфайффер: (2017) “Введение в перестрахование” Aникл, 14 c.

Журавлев Ю.М. Формы и методы проведения перестраховочных операций. Основные виды перестраховочных договоров. –М.: Научно-информационная внедренческая фирма "ЮКИС", 2015.- 192 с.

Камынкина М.Г., Солнцева Е.Е. (2016) Перестрахование. Практическое руководство для страховых компаний. –М.: АО "ДИС", -140 с.

Novikov B.S. (2013) Основы экономии страхования –М. : Анкил, – 228 с

Турбина, К.Е. (2015) Перестрахование: вид страхования или особый род финансовой гарантии // Финансовая газета. №26. С. 3.

Merebashvili T.А. (2017) Экономическая природа перестрахования // Финансы. №10. С.45-50.