Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
86
KIMYO SANOATI KORXONALARIDA ABC (FAOLIYATGA ASOSLANGAN XARAJATLAR)
METODOLOGIYASI
NI QO‘
LLASH XUSUSIYATLARI
Onorboev Shuxratjon
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0005-5303-169X
Annotatsiya.
Global iqtisodiyot sharoitida kimyo sanoati tez o‘zgarishlarga yuz tutmoqda.
Dunyo kimyo industriyasidagi o‘zgarishlar va tayyor maxsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq
muammolar yangicha yondoshuvlarni talab qilmoqda. Tarmoq korxonalarini barqaror
r
ivojlanishi mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga doir boshqaruv
qarorlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Boshqaruv hisobi resurslarni samarali tashkil etish va
ulardan foydalanishni ta’minlashning vositasi sifatida boshqaruv hisobi b
oshqaruv qarorlarini
qabul qilish jarayonida o‘z o‘rniga ega. Boshqaruv hisobining yetarli darajada tashkil etilmasligi
va unda qo‘llaniladigan zamonaviy usullarning foydalanilmasligi ishlab chiqarishni tashkil etish
va uning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini
tashkil etish va foydalanish samaradorligini ta’minlash ustuvor masalalardan bo‘lib hisoblanadi.
Xarajatlarni tashkil etishda boshqaruv hisobining zamonaviy usullaridan foydalanish
xarajatlarni zam
onaviy usulda tashkil etishni ta’minlaydi. Bugungi kunda boshqaruv hisobida
qo‘llanilayotgan zamonaviy usullardan biri ABC costing yoki faoliyatlarga yo‘naltirilgan usul
bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ilmiy ishda ABC costing usuli va uni qo‘llashning o‘ziga xos
xususiyatlari
tadqiqot obyekti sifatida olindi.
Kalit so‘zlar:
xarajatlarni tashkil etish, xarajatlarni optimal miqdorlari, ABC costing,
kimyoviy jarayonlar, umumiy xarajatlar, xarajatlarni taqsimlash, taqsimlash bazalari.
ОСОБЕННОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ МЕТОДОЛОГИИ ABC (ACTIVITY
-
BASED COSTING) НА
ПРЕДПРИЯТИЯХ ХИМИЧЕСКОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
Онорбоев Шухратжон
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В условиях глобальной экономики химическая промышленность
претерпевает стремительные изменения. Изменения в мировой химической
промышленности и проблемы, связанные с коммерциализацией готовой продукции,
требуют новых подходов. Устойчивое развитие предприятий отрасли зависит от
управленческих решений по обеспечению наличия имеющихся ресурсов и их эффективного
использования. Управленческий учет как средство обеспечения эффективной
организации и использования ресурсов занимает свое место в процессе принятия
управленческих решений. Неадекватная организация управленческого учета и
недостаточное использование современных методов, применяемых в нем, могут
негативно отразиться на организации производства и его эффективности. В
управленческом учете организация учета затрат и обеспечение его эффективности
UO‘K:
334.722.8
VI SON - IYUN, 2025
86-94
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
87
являются приоритетными вопросами. Использование современных методов
управленческого учета при организации затрат обеспечивает организацию затрат по
-
современному. Одним из современных методов, используемых сегодня в управленческом
учете, является метод ABC
-
костинга или метод по видам деятельности. В данной
научной работе в качестве объекта исследования взят метод ABC
-
костинга и
особенности его применения.
Ключевые слова
:
организация затрат, оптимальные суммы затрат, калькуляция
себестоимости по методу ABC, химические процессы, общие затраты, распределение
затрат, базы распределения
.
FEATURES OF THE APPLICATION OF THE ABC (ACTIVITY-BASED COSTING)
METHODOLOGY AT CHEMICAL INDUSTRY ENTERPRISES
Onorboev Shuxratjon
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In the conditions of the global economy, the chemical industry is undergoing rapid
changes. Changes in the world chemical industry and problems associated with the
commercialization of finished products require new approaches. The sustainable development of
industry enterprises depends on management decisions to ensure the availability of available
resources and their effective use. Management accounting, as a means of ensuring the effective
organization and use of resources, has its place in the process of making management decisions.
Inadequate organization of management accounting and the lack of use of modern methods used
in it can negatively affect the organization of production and its efficiency. In management
accounting, the organization of cost accounting and ensuring its efficiency are priority issues. The
use of modern methods of management accounting in the organization of costs ensures the
organization of costs in a modern way. One of the modern methods used in management
accounting today is the ABC costing or activity-based method. In this scientific work, the ABC
costing method and the specific features of its application were taken as the object of research.
Keywords:
organization of costs, optimal cost amounts, ABC costing, chemical processes,
general costs, cost allocation, allocation bases.
Kirish.
Kimyo sanoati xalq xo‘jaligining muxim tarmog‘i sifatida ximiyaviy moddalardan
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun maxsulotlar yetkazib beradi. Kimyo sanoatining
asosiy istemolchilari kimyoviy moddalardan ishlab chiqarilgan maxsulotlarning istemolchilari
bo‘lgan iqtisodiy tarmoqlardir. Tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan
maxsulotlarning assortimentlari iste’molchilarning talablari asosida belgilanadi. Kimyo sanoati
maxsulotlari uy xo‘jaliklari tomonidan iste’mol mollari sifatida yoki ish
lab chiqarish
tarmoqlarida iste’mol qilinadigan xom
-ashyo va kimyoviy moddalar sifatida foydalanish
mumkin.
Kimyo sanoati korxonalarida maxsulot ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tarmoq
xususiyatlaridan kelib chiqib yuzaga keladi. Maxsulot ishlab chiqrish texnologiyasining xar bir
bosqichida turli kimyoviy reaktsiyalar amalga oshirilishi mumkin. Bunday kimyoviy reatsiyalar
natijasida kimyoviy moddalarning tarkibi kimyoviy jixatdan o‘zgarishlarga yuz tutishi mumkin.
Xar bir ishlab chiqarish jarayoni turli materiallarni va kimyoviy moddalardan foydalanishni
talab qilishi mumkin. Shuningdek kimyo sanoati korxonalari ishlab chiqarishi uchun yangi va
zamonaviy texnalogiyalar asosida tashkil etiladi. Bunday texnologiyalar katta moliyaviy
sarmoyalar talab qiladi. Kimyo sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning yana
bir xususiyati ekologik talablar bo
‘lib, ushbu talablarni bajarish bir qator materiallarni qayta
ishlash, tugatish va jarayonlarni yopish yoki o‘zgartirish bilan bog‘liq xarajatlarni yuzaga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
88
kelishiga olib keladi. Kimyo sanoati korxonalarida xarajatlarni bunday xususiyatlari ularni
yuzaga kelish joylari va turlari bo‘yicha hisobga olishni va tashkil etishni ta’minlaydigan
usullardan foydalanishni talab qiladi.
Xarajatlarni tashkil etish va boshqarish xo‘jalik sub’ektlarida boshqaruv hisobini usullari
orqali ta’minlanadi. Boshqaruv hisobining AVS sosting usuli kimyo sanoati korxonalari
xarajatlarini tashkil etish va boshqarishda samarali usul bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu ishda kimyo
sanoati korxonalarida boshqaruv hisobining AVS sosting usulini qo‘llash va uning
xususiyatlarini tadqiq etishga xarakat qilindi.
Adabiyotlar sharhi.
Mehnatni boshqarishning maqsad va mohiyatini quyidagilar belgilaydi: maqsadning aniq
belgilab olinishi, sog‘lom fikr, o‘rinli maslahat, intizom, xodimga nisbatan munosabat, to‘liq va
doimiy hisob, dispetcherlik, me’yorlar va ish rejimi, sharoitlarning, me’yorlashtirilishi,
operatsiyalarni me’yorlashtirish, yozma standart yo‘riqnomalar, unumdorlik uchun mukofot
(Emerson, 1972.). Xarajatlarni boshqarish buxgalteriya hisobining mahsulot va xizmatlar
tannarxini hisoblash usullari bilan shug‘ullanadigan va mene
jerlarga qisqa muddatli va uzoq
muddatda xarajatlarni rejalashtirish va nazorat qilish uchun tegishli ma’lumotlarni taqdim
etadigan sohadir (Horngren va boshq., 2003). Boshqaruv hisobini tashkilotning buxgalteriya
hisobining mustaqil yo‘nalish bo‘lib, u boshqaruv apparatini korxonani va uning bo‘limlarini
faoliyatini rejalashtirish, boshqarish, monitoring qilish va baholash uchun lozim bo‘lgan
axborotlar bilan ta’minlaydi (
Baxrushina, 2002
)."An’anaviy bilimlar o‘rniga
fan; qarama-
qarshiliklar
o‘rniga garmoniya; yakka mehnat o‘rniga hamkorlik; unumdorlikni cheklash
o‘rniga maksimal unumdorlik; har bir alohida ishchining eng maksimal unumdorlikka erishishi
va eng yuqori darajadagi farovonlik" (Teylor, 1912.). Xarajatlar maxsulot ishlab chiqarish,
tovalar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning puldagi
ifodasidir ( Xasanov va boshq., 2013). Ish jarayonida maksimal samaradorlikka erishish uchun
mahsulotning hay
ot aylanishiga tub o‘zgarishlar kiritish kerak (
D
е́
ming
, 1962). Yuqori
texnologiyali kompaniyalar, ayniqsa, bugungi kunda keng tarqalgan kuchli raqobat sharoitida,
xarajatlarga asoslangan raqobatga tobora ko‘proq duchor bo‘layotgani uchun loyiha tannarxini
nazorat qilishni takomillashtirish zarur (Nixon va va boshqalar (1998). Budjetni rahbariyat
tomonidan ma’lum bir davr uchun taklif etilayotgan harakatlar rejasining miqdoriy ifodasi va
rejani amalga oshirish uchun nima qilish kerakligini muvofiqlashtirishga yordam sifatida
belgilaydi (Horngren et al., 2003). Maqsadli xarajatlarni hisoblash jarayoni jamoaga asoslangan,
turli bo'limlarning vakillari qaror qabul qilish uchun yig'iladigan faol muhit. Bu turli bo'limlar
o'rtasidagi ma'lumotlar bo'shlig'ining qisqarishiga olib keladi va bo'limlar o'z faoliyatining
muhimligini anglab etganda, ularni yanada sezgir qiladi. Ansoriy va Bell, (1996). Boshqaruv
hisobi yangi hisob-kitob tizimi emas. Bu asosiy strategik qarorlarni qabul qilishda tashkilotni
xabardor qilishda yordam berish uchun xarajatlar va boshqaruv hisobidan foydalanishni o'z
ichiga olgan umumiy atama (Carr va Tomkins, 1996).
Tadqiqot metodologiyasi.
Kimyo sanoati korxonalari faoliyatida yuzaga keladigan xarajatlarni tashkil etish va
boshqarish jarayonida qo‘llaniladigan iqtisodiy usullar
: induktsiya va deduktsiya, kuzatish,
umumlashtirish, taqqoslash, baxolash, omilli tahlil, sintez va boshqalardan tashkil topadi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Kimyo sanoati bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib
xisoblanadi. Ushbu tarmoq tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar iqtisodiyotning
barcha tarmoqlari va axoli tomonidan foydalaniladi. Asosiy istemolchilardan biri tarmoqning
o‘zi bo‘lib, uning xajmi kimyo sanoati maxsulotlarining ¼ qismini tashkil etadi. Shuningdek
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
89
tarmoq maxsulotlarining yirik iste’molchilari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, taransport va
boshqa tarmoqlardir.
Kimyo sanoati maxsulotlarini bir necha guruxga bo‘lish mumkin, masalan birinchi guxni
barcha iqtisodiy tarmoqlarda foydalanishga mo‘ljallangan barcha kimyoviy moddalar, ikinchi
guruxini inson xayotini va tabiatni saqlashga mo‘ljallangan kimyoviy moddalarda
n ishlab
chiqilgan maxsulotlar, uchinchi guruxga kimyo sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan istemol
mollarini kiritish mumkin. Bugungi kunda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi kimyo sanoati
maxsulotlariga talabni oshishiga olib keldi. Kimyo sanoatining rivojlanishi sanoatning boshqa
tarmoqlarining zamon talablari darajasida rivojlanishiga sharoit yaratadi. Ayniqsa, maxalliy
kimyo sanoati maxsulotlari tannarxi bo‘yicha import maxsulotlardan ustunligi iqtisodiyotning
ishlab chiqarish tarmoqlari raqobat ustu
nligini ta’minlashga, ularning moliyaviy xolatini
yaxshilanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kimyo sanoatining vositasida bugungi kunda ishlab
chiqarish tarmoqlari uchun arzon va muxim bo‘lgan xom
-ashyo va materiallar, yarim tayyor
maxsulotlar, turli kimyoviy moddalar, reaktivlar, farmatsevtika uchun dori darmon va va
o‘simliklarni ximoya qilish vositalari, uy xo‘jaliklari uchun keng iste’mol tovarlari ishlab
chiqilmoqda. Shuningdek soxa chiqindilarni qayta ishlaydi, ishlab chiqarishni tugatish bilan
bog‘
liq ekologik talablarni bajaradi. Kimyo sanoatini rivojlantirish orqali qazib olish, qayta
ishlash va u bilan bog‘liq xolda kimyo maxsulotlaridan foydalanuvchi tarmoqlar kompleks
rivojlantiriladi.
Kimyo sanoatida samaradorlikni ta’minlashda boshqaruv hisobining zamonaviy usullari
qo‘llash xarajatlarda samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Kimyo sanoatining ishlab chiqarish
jarayonida xom-
ashyo ximiyaviy reaktsiyalar natijasida o‘zinig kimyoviy tarkibini o‘zgartirishi
mumkin. Bu esa xarajatlarni hisobga olish va ularni boshqarishda o‘ziga xos yondashuvlarni
qo‘llashni taqozo etadi. Shuningdek, kimyo sanoati maxsulotlari xozirgi kunda ishlab chiqrish
tarmoqlarining barcha soxalarida keng foydalanmoqd
a. Ushbu iste’molchi tarmoqlarning
talabini qondirish uchun soxaga katta investitsiyalarni jalb qilishni talab qilinadi. Bu esa katta
xarajatlarni talab qiladi. Ya’na shuni hisobga olish lozimki tarmoqda maxsulot ishlab chiqarish
jarayoni turli xil materia
llarni talab qiladi. Bu esa materiallarni ta’minoti bilan bog‘liq katta
moliyaviy sarflarni talab qiladi. Shuning uchun kimyo sanoatida ishlab chiqarilayotgan
maxsulotlarga bo‘lgan talabni shakllantirish, ishlab chiqarishni tashkil etish va maxsulotlarni
s
otishni yo‘lga qo‘yish moliyaviy jixatdan ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Bunday qiyinchiliklar quyidagi xolatlar natijasi bo‘lishi mumkin:
−
talabni yetarlicha xajmda shakllantirish va barqarorligini ta’minlash muammolari;
−
qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish;
−
kimyoviy resurslarni maxalliylashtirish;
−
malakali mutaxasislar tayyorlash;
−
ekologik xafsizlikni ta’minlash.
Shuning uchun kimyo sanoati rivojlanishi bir qator muammolar yuzaga kelishi bilan yuz
beradi va ularni tizimli xal qilishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida turdosh xamda yondosh
tarmoqlarni rivojlantirish, maxsulot sotish bozorlari va talabni shakllantirish, maxsulot turlari
bo‘yicha ishlab chiqarish xajmlarini rejalarini ta’minlashni kabi masalalarni xal qilishni taqozo
etadi. Shuningdek, talablar doirasida maxsulotlarni yangilab borish, bunda xalqaro standartlar
talablarini saqlash, xamda bozorlar chegarasini kengaytirishni soxani rivojlantirishda muxim
axamiyat kasb etadi.
Kimyo sanoati korxonalarida xarajatlar hisobi va ularni optimallashtirish xarajatlarni yuz
berishida o‘ziga xosliklarni hisobga olgan xolda tashkil etiladi.
Kimyo sanoati kapital talab tarmoq bo‘lib, u yangi va takomillashgan texnologiyalar,
maxsus asbob-uskunalar, texnologik liniyalar va infratuzilmaga katta investitsiyalarni talab
qiladi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida amartizatsiya
xarajatlarini
salmog‘ini balandligi asosida yuzaga keladigan yuqori xarajatlarga olib keladi. Shuning uchun
xarajatlarni hisobga olishda va ularni tashkil etishda o‘ziga xos usullarni qo‘llashni taqozo etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
90
Xarajatlar hisobini bu tarzda tashkil etish meyorlashtirilgan foydani ta’minlash uchun
muximdir.
Kimyo sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarining o‘ziga xosligi tannarxni shakllanishiga
ta’sir qiladi. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonlari ko‘p bosqichli texnologik jarayonlardan
tashkil topadi. Ishlab chiqarishning xar bir bosqichi maxsus kimyoviy moddalardan
foydalanishni, xarajatlarni tashkil etishni talab qiladi. Boshqa tarmoqlardan farqli o‘laroq,
kimyo tarmog‘ida turli kimyoviy chiqindilar xosil bo‘ladi va bu esa o‘z navbatida ushbu
chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlarni yuzaga kelt
iradi. Bunday vaziyatda,
boshqaruv hisobi maxsulot tannarxiga sarflanadigan materiallar, energiya xarajatlari, suvdan
foydalanish kabi holatlarni, shuningdek, ishlab chiqarish yo‘qotishlari yoki materiallarni
qo‘shimcha qayta ishlash kabi jarayon bilan bog‘liq omillarning ta’sirini hisobga olishi kerak.
Kimyo sanoati ishlab chiqarishda foydalanadigan maxsus kimyoviy moddalar
narxlarining o‘zgarishlariga xamda ularning ta’minotiga juda xam bog‘liq tarmoqdir. Bunday
bog‘liqlik tarmoqni kimyoviy xom
-
ashyolar baxolari o‘zgarishlariga yuqori sezuvchanligiga ol
ib
keladi. Bu esa baxolardagi o‘zgarishlarni hisobga olgan xolda ishlab chiqarilayotgan maxsulot
tannarxini aniqlashni talab qilinadi Bundan kelib chiqadiki, boshqaruv hisobi yuqorida
keltirilgan barcha o‘ziga xosliklarni, o‘zgarishlarni hisobga olishni ta’minlaydigan usullardan
foydalanishi lozim.
Odatda kimyo sanoatida uning xususiyatlari bilan bog‘liq xolda ekologik talablarni
ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi. Bunday xarajatlar umumiy xarajatlar
tarkibida sezilarli salmoqqa ega bo‘lishi mumin. Bunday qo‘shimcha xarajatlaning s
almoqlari
tuzilayotgan istqboldagi rejalarga xamda modernizatsiyalash jarayonlariga xam ta’sir
ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi kimyo sanoati maxsulotlarining katta iste’molchisi bo‘lib
hisoblanadi. Bu xolda mavsumiylik omilini hisobga olgan xolda rejalarni tuzish talab qilinadi.
Bu esa o‘z navbatida tarmoqda rejalarni o‘zgarishlar bilan bog‘liq xolda yuzaga keladigan
tsenariylar bo‘yicha modelashtirishni talab qiladi. Bu xam tarmoqning o‘ziga xos xususiyati
bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda tarmoqning rivojlanishi va uning moliyaviy barqarorligi xarajatlarni
optimallashtirish va ularni samarali tashkil etish jarayonlariga bog‘liq. Chunki xarajatlarni
optimal nisbatlarining ta’minlanishi maxsulot tannarxining pastligi orqali eris
hiladigan foydani
oshishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishda yangi texnologiyalardan foydalanish xom-ashyodan samarali
foydalanishni ta’minlash orqali xarajatlarni samarali tashkil etishga sharoit yaratadi. Ammo
modernizatsiya jarayonlari katta moliyaviy sarmoyalarni talab qiladi. Tarmoqda ishlab
chiqarishda barqaror ta’minotni va ekologik me’yorlarni ta’minlash xarajatlari xam sezilarli
darajada bo‘lib, ushbu xarajatlar boshqaruv hisobining muxim ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Kimyo sanoatida har bir ishlab chiqarish jarayoni o‘ziga xos kimyoviy jarayonlardan
tashkil topadi. Bunday jarayonlarda turli kimyoviy moddalar xamda xom-ashyolardan
foydalanilishi mumkin. Soxa korxonalarining bunday xususiyatlari ushbu sub’ektlarda
xaraja
tlarni aniqroq hisobga olish va tashkil etishni ta’minlaydigan usullardan foydalanishni
taqozo etadi. Shuning uchun kimyo sanoati korxonalarida xarajatlarni faoliyatlar bo‘yicha
hisobga olish va tashkil etishni xamda taqsimlashni ta’minlovchi ABC
- (faoliyatga asoslangan
tannarx) usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish sarflarini hisoblashning
ananaviy usullaridan foydalanish sarflar meyorlaridan og‘ishlarni aniqlashga xamda uni
bartaraf etishga sharoit yaratadi. Bozor o‘zgarishlari tezla
shgan xozirgi davrda bu ayniqsa
muximdir.
Boshqaruv hisobining ABC usuli quyi bo‘g‘inlarda ishlab chiqarish xarajatlarini samarali
tashkil etishga qaratilgan tizim bo‘lib, u bir qancha usullarni qo‘llashni taqozo etadi. Faoliyatni
tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish va ularni ta’minlash
shular jumlasidandir. AVS usuli qo‘llanilganda taxsulot tannarxi quyidagi usul orqali hisoblash
mumkin. (1-rasm).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
91
1-rasm. ABC tizimida tannarxni hisoblash usuli
ABC usulida ishlab chiqarish sarflari va xarajatlari ishlab chiqarishning jarayonlari
bo‘yicha (ta’minot, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishlar, moliyaviy faoliyatlar va boshqalar)
hisobga olinadi va xarajat guruxlariga jamlanadi va shundan so‘ng maxsulot
tannarxi
aniqlanadi. Sotish bilan bog‘liq faoliyatlarga sotish va sotishdan keyingi xizmatlar bilan bog‘liq
jarayonlar kiradi.
Ko‘rinib turibdiki, ABC
-
usuli quyi faoliyatlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish va tashkil
etish tizimidir. Kimyo sanoati korxonalari faoliyatlari xom ashyo va materiallar, mehnat va
tashkiliy xarajatlar orqali ta’minlanadi.
Soxa sub’ektlarida iqtisodiy jarayonlarni tasavvur qilish uchun yuz berayotgan barcha
jarayonlarni (ta’minot, ishlab chiqarish, sotish, xizmatlar va boshqala faoliyatlarni) vazifalari
doirasida birlashtirish amalga oshiriladi.
Bunday turli ishlab chiqarishning bo‘g‘inlari va faoliyatlaridan tashkil topgan shakllarida
yuzaga kelayotgan xarajatlarni hisobga olish va ularni tashkil etishni samaradorligi AVS usuli
qo‘llanilganda yaxshiroq aniqlanishi mumkin.
Tarmoq sub’ektlarida ABC usulini tadbiq etish quyidagi xarajatlarni tashkil etish va
boshqarish uchun muximdir:
1. Kimyo sanoati ishlab chiqarish sub’ektlarida maxsulot ishlab chiqarish jarayoni ma’lum
kimyoviy jarayonlardan tashkil topib, ular odatda ma’lum kimyoviy reaktsiyalar bilan bog‘liq
bo‘lganligi bois xar bir jarayon o‘ziga xos xolda resurslarni va xizmatla
rni talab qiladi;
2. Kimyoviy jarayonlar tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib, maxsulotlarni turlarini
rivojlangan iqtisodiyot talablariga mos xolda yangilab borishni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida
yangi maxsulotlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq ilmiy
-taqiqot xarajatlarini yuzaga keltiradi.
3. Kimyo sanoati korxonalarida iqtisodiy jarayonlarning xar bir bosqichi uchun turli
kimyoviy moddalar talab qilinishi mumkin.
4. Kimyo sanoatida moddiy xom-ashyolarning xaridi, ularni tayyorlash, ishlab chiqarishga
yetkazib berish kabi xarajatlarning salmog‘ining kattaligi.
5. Kimyo ishlab chiqarish korxonalarida tayyor maxsulotlarni sotish bilan bog‘liq
xarajatlarning turli maxsulotlar uchun turlicha bo‘lishi.
6. Umumiy xarajatlarning salmoqliligi va ularning salmog‘ini ortib borayotganligi.
Kimyo sanoati korxonalarida AVS usuli umumiy xarajatlarni taqsimlashda aniqlikka ega.
Ushbu usul umumiy xarajatlarni maxsulotning xar bir turiga olib borishga sharoit yaratadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib kimyo tarmog‘i korxonalarida ushbu usul bo‘yicha umumiy
xarajatlarni quyidagi guruxlarda ifodalash mumkin. (1-Jadval).
Resurslar va sarflar
Biznes jarayonlari, sarf va
xaraa
Бизнес жараёнлари,
сарф ва харажатлар
Махсулотлар, буюртмалар
Иқтисодий самарадорлик
кўрсаткичлари
Молиявий натижалар
Молиявий ахборотлар
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
92
Ushbu guruxlangan xarajatlar turli xajmdagi korxonalarda turlicha miqdorlarda bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun ularni turli faoliyatlar va jarayonlar bo‘yicha birlashtirish,
yiriklashtirish yoki aniqlashtirish kabi usullar yordamida aniqlash mumkin.
Kimyo sanoati korxonalarida xarajatlarni faoliyatlar bo‘yicha tashkil etishda ma’lum bir
o‘ziga xos xolatlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
-
umumiy xarajatlarni maxsulotlarning ma’lum turlari bo‘yicha hisobga olish;
-
xarajatlarni xarajat markazlari bo‘yicha hisobga olish.
1-jadval
Tarmoq korxonalari umumiy xarajatlar va ularni taqsimlash
Iqtisodiy faoliyat turlari
Xarajatlarni turlari
Resurslar bilan ta’minlash jarayoni
1.
Resurslarni qiymati
2.
Yo‘l xarajatlari qiymati
3.
Tayyorlash xizmatlari qiymati
Ishlab chiqarish jarayoni
1.
Moddiy xarajatlar qiymati;
2.
Mexnat xarajatlari qiymati;
3.
Umumiy xarajatlar
Sotish bo‘limi
1.
Sotish xajmi qiymati;
2.
Sotuvchilarning asosiy ish xaqi xarajatlari.
3.
Sotuv maydonlari ijara xaqi.
Boshqaruv bo‘limi
1.
Mamuriy xarajatlar
Kimyo sanoati korxonalarida faoliyat turlari bo‘yicha umumiy xarajatlarni tashkil etishda
umumiy xarajatlarni iqtisodiy jarayonlar turlari bo‘yicha tashkil etish mumkin:
−
ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha;
−
sotish jarayonlari bo‘yicha;
−
tashkiliy jarayonlar bo‘yicha.
Bu o‘z navbatida umumiy xarajatlarni jarayonlar bo‘yicha taqsimlashga sharoit yaratadi.
Shu asosda faoliyat turlari bo‘yicha umumiy xarajatlarni guruxlarini shakllantirish
xususiyatlarini aniqlash mumkin: (2-Jadval
)
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tarmoq korxonalari faoliyatida xarajatlarni tashkil
etish samaradorligini ta’minlash uchun AVS usulini tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib
takomillashgan xolda tadbiq etish lozim.
Ushbu jarayonda takomillashtirish jarayonlarini quyidagilar bo‘yicha amalga oshirish
mumkin:
−
tarmoq korxonalarida umumlashgan taqsimlanuvchi xarajatlarni faoliyatlar bo‘yicha
ajratish;
−
ishlab chiqarish faoliyatlarining xar biri turi bo‘yicha bitta jarayonni belgilash;
−
iqtisodiy faoliyatlar turlari bo‘yicha o‘xshash jarayonlarni guruxlash;
−
umumiy xarajatlar bilan iqtisodiy jarayon bog‘liqligini aks ettiruvchi bog‘lovchi kattalik;
−
aloxida olingan umumiy xarajatlarni belgilovchi omillar mavjud bo‘lib, ushbu
omillarning o‘lchov birligini aniqlash.
Aloxida olingan umumiy xarajatlarning tanlangan xarajat ob’ekti umumiy xarajatlariga
bo‘lish orqali uning salmog‘ini aniqlash mumkin.
AVS usulini bunday takomillashtirish tarmoqda uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan xolda jarayonlarda xarajatlarni to‘g‘ri aniqlash va ular to‘g‘risida sifatli ma’lumotlarni
tayyorlashga sharoit yaratadi.
Shuni qayd etish kerakki, ushbu usul qo‘llanilganda va xarajatlar tashkil etilganda
tarmoqda asosiy e’tibor moddiy resurslardan samarali foydalanishga, maxsulot sifatini
ta’minlashga xamda ekologik xafsizlik talablarini saqlashga qaratilishi lozim.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
93
2-jadval
Iqtisodiy jarayonlar bo‘yicha umumiy xarajatlarini xususiyatlari
Umumiy
xarajatlar
Iqtisodiy jarayonlarda xarajatlarning xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan maxsulot
bog‘liq xolda
Maxsulot sotish
faoliyati
Barcha xizmatlar
Ishlab chiqarish
faoliyatlari
Maxsulotlarni standartlash
Bozorni tadqiq
etish
Boshqaruv jarayoni
Maxsulot sifatini ta’minlash
Savdo kelishuvlari
Asosiy vositalar saqlash,
amartizatsiya
Assortiment
Tashkiliy
masalalar
Xizmatlar bilan
kelishuvlar
Rejalashtirish va me’yorlar
Ekologik shartlar
Iqtisodiy faoliyatlar va ularda jarayonlarni tashkil etish to‘g‘risidagi axborotlarni jamlash
va shaklga solish tarmoq sub’ektlari iqtisodiy faoliyatlari va ularning moiyaviy natijalari
to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lish xamda qaror qabul qilish j
arayoniga yordam beradi.
Xarajatlarni bunday taqsimlashning asosiy maqsadi, maxsulot sotishdan olinadigan
moliyaviy natijani aniqlash va shu orqali sub’ektning iqtisodiy faoliyati natijalarini hisoblash va
uning miqdorlarini baxolashdir. Shu orqali xar bir iqtisodiy faoliyatning moliyaviy natijalarini
sub’ekt moliyaviy natijalariga bog‘lash imkonini xosil bo‘ladi.
Ushbu usul qo‘llanilganda faoliyatlarni aniqlash va ularni belgilab olish lozim. Ushbu
amaliyot xarajatlarni hisobini maqsadli bo‘lishini ta’minlaydi.
Odatda kimyo sanoati korxonalarida ma’lum ko‘rsatkichlar xarajatlarni ob’ektlarga
taqsimlashda foydalaniladi, ular quydagilar bo‘lishi mumkin:
−
texnik vositalarning ish vaqti, mashina soatlar;
−
maxsulotlar, jarayonlar, bosqichlar soni;
−
sifat testlari, labaratoriyalari soni;
−
qayta ishlangan chiqindilar, qaytarilgan materiallar soni;
−
maxsulot yetkazishda buyurtmalar soni;
−
uskunalarni ishchi xolatini ta’minlashda uskunalar soni , uskunalar ish vaqti,
mashina soat, ta’mirlar soni, xizmatlar soni;
−
xafsizlikni ta’minlashda, o‘tkazilgan tadbirlar, tekshirishlar, kimyoviy
jarayonlar, xujjatlar soni.
Xarajatlarni taqsimlash amaliyotida qo‘llaniladigan taqsimlash vositasi faoliyatlarning
mutaxasislari yordamida aniqlanadi va shu ko‘rsatkich taqsimlash jarayonida foydalaniladi.
Shundan keyin korxonaning faoliyatlari bo‘yicha xarajatlari umumlashtiriladi va ma’lum
axborot shakliga keltiriladi. Bunday xarajatlar kimyo sanoati korxonalarining barcha
faoliyatlariga tegishli moddiy, mexnat va boshqa tashkiliy xarajatlaridan tashkil topadi.
Birlamchi xarajatlar ishlab chiqarish va sotish jarayonlariga olib boriladi. Hisoblangan bunday
ko‘rsatkichlar jarayonlarda xarajatlarni tafsiflaydi.
Xulosa va takliflar.
Kimyo sanoati korxonalarida xarajatlar ushbu soxa xususiyatlaridan kelib chiqib yuzaga
keladi. Xarajatlarni samarali tashkil etish, ularni tashkil etishda zamonaviy usullardan
foydalanishni taqozo etadi. Boshqaruv hisobi xarajatlarni tashkil etish va uni boshqarishga
sharoit yaratadi. Bugungi global iqtisodiyot sharoitida xarajatlar O‘zbekiston kimyo sanoati
korxonalarining raqobatda ustunligini ta’minlashning vositasi bo‘lib hisoblanadi. Boshqaruv
hisobida xarajatlarni tashkil etish va bshqarishda qo‘llani
ladigan bir qator usullar mavjud
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
94
bo‘lib, AVS usuli shunday usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. AVS faoliyatlar bo‘yicha
xarajatlarni tashkil etish va boshqarishga asoslangan usul bo‘lganligi bois, ushbu usulni kimyo
sanoati korxonalaridalda qo‘llash xarajatlarni tarmoq xususiyatidan kelib
chiqib tashkil etishga
sharoit yaratadi.
Kimyo sanoati korxonalarida xarajatlarni miqdorlariga ma’lum bir omillar ta’sir
ko‘rsatadi va ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:
−
ishlab chiqarish jarayonida kimyoviy reaktsiyalar natijasida moddalar kimyoviy
tarkibining o‘zgarishlari sodir bo‘ladi.
−
kimyo sanoatida korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish va maxsulotlarni sotishni
yo‘lga qo‘yish iqtisodiy jixatdan xamisha xam o‘zini oqlamasligi mumkin.
−
ishlab chiqarish jarayonlari ko‘p bosqichli texnologik jarayonlardan tashkil topadi va xar
bir bosqich maxsus kimyoviy moddalardan foydalanishni, xarajatlarni talab qiladi.
−
kimyoviy chiqindilar va ularni qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar yuzaga keladi.
−
maxsus kimyoviy moddalarga bog‘liqlik mavjud.
−
maxsus kimyoviy moddalar narxlarining o‘zgarishlariga sezuvchanlik mavjud.
Ushbu omillarni hisobga olgan xolda tarmoqda xarajatlarni tashkil etishda uning
samaradorligini ta’minlash uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
−
xarajatlarni AVS usuli orqali tashkil etishni ta’minlash;
−
xarajatlar ob’ektlarini to‘g‘ri belgilash;
−
umumiy xarajatlarning to‘g‘ri aniqlashni ta’minlash;
−
xarajatlani taqsimlash bazalarini to‘g‘ri aniqlash;
−
xarajatlarni nazoratini ta’minlash faoliyatlarini tashkil etish.
Adabiyotlar/Литература/References:
Ahmed, A., Abdulrahman, S. A., & Abd Ghani, M. B. (2019). Management accounting practices
in many countries around the world: A review of the literature. IOSR Journal of Business and
Management (IOSR-JBM), 21(2), 5.
Akao, Y. (2004). Hoshin Kanri: Policy Deployment for Successful TQM. Productivity Press.
Almquist, R., et al. (2013). Public sector governance and accountability. Critical Perspectives
on Accounting, 24(7
–
8), 479
–
487. https://doi.org/10.1016/j.cpa.2012.11.005
Ergasheva Sh.T., Abdusalomova N.B. (2019) Boshqaruv hisobi. Darslik.
–
T.: TDIU.
–
180 b.
Xasanov B. (2013) Boshqaruv hisobi: Darslik/ Xasanov B., Xashimov A., Toshkent: Cho‘lpon
nomidani NMIU- 312 b.
Тейлор Ф.У. (1912) Научные основы организации промышленных предприятий.
-
СПб.
Эмерсон Г. (1972) Двенадцать принципов поизводительности труда.
-
М.:
Экономика.
