Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
70
ZAMONAVIY IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMDA YOSHLAR BANDLIGINI
BOSHQARISHNING NAZARIY JIHATLARI
Tagaev Bexzad Anvarovich
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Annotatsiya.
Aholi bandligi ko‘rsatkichi mehnat
bozorining eng muhim tavsiflovchi jihatlaridan biri
bo‘lib, u iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida ish haqidan qoniqish darajasi, ishchi
-xodimlar soni, mehnat
faoliyatiga qo‘shilish darajasi, shaxsiy ehtiyojlar va boshqalarni aks ettiradi.
Shu jihatdan olganda, mehnat
bozorining o‘ziga xos “qaynoq” segmenti hisoblanuvchi yoshlar bandligini ta’minlash masalalarini
o‘rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
aholi bandligi, yoshlar, yosh mutaxassis, inson kapitali, aholi daromadlari,
kambag‘alli
k, turmush sifati va darajasi, mehnat bozori, iqtisodiy faol aholi, ishsizlik, iqtisodiy faollik.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ УПРАВЛЕНИЯ ЗАНЯТОСТЬЮ МОЛОДЕЖИ В
СОВРЕМЕННОЙ СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКОЙ СИСТЕМЕ
Тагаев Бехзад Анварович
Высшей школы бизнеса и предпринимательства
Аннотация.
Показатель занятости населения является одним из важнейших
описательных аспектов рынка труда, который, как экономический показатель, отражает
уровень удовлетворенности заработной платой, численность работников, уровень
вовлеченности в трудовую деятельность, личные потребности и т.д. В связи с этим одной из
актуальных задач является изучение вопросов обеспечения
занятости молодежи, которая
считается своего рода “горячим” сегментом рынка труда.
Ключевые слова:
занятость населения, молодежь, молодой специалист, человеческий
капитал, доходы населения, бедность, качество и уровень жизни, рынок труда, экономически
активное население, безработица, экономическая активность.
THEORETICAL ASPECTS OF YOUTH EMPLOYMENT MANAGEMENT IN THE
MODERN SOCIO-ECONOMIC SYSTEM
Tagaev Behzad Anvarovich
Higher School of Business and Entrepreneurship
Annotation.
The employment indicator of the population is one of the most important descriptive
aspects of the labor market, which, as an economic indicator, reflects the level of satisfaction with wages,
the number of employees, the level of involvement in labor activity, personal needs, etc. In this regard, one
of the urgent tasks is to study the issues of youth employment, which is considered a kind of “hot” segment
of the labor market.
Keywords:
employment of the population, youth, young specialist, human capital, income of the
population, poverty, quality and standard of living, labor market, economically active population,
unemployment, economic activity.
VI SON - OKTABR, 2023
UO‘K:
331.526
70-79
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
71
Kirish.
Iqtisodiy nazariya inson kapitali rivojlanishini boshqarish asosida mehnat bozorini tavsiflovchi
bir qator tushunchalarni izohlaydi. Mehnat bozorini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi barcha iqtisodiy
maktab va yo‘nalishlarni universal deb atab bo‘lm
aydi, shu bilan bir qatorda, ularning har qanday vaqt
va har qanday davlat sharoitida birdek qo‘llab bo‘lmaydi. Har bir nazariyaning markazida muayyan bir
nazariy qarashlar yotadi. Shu tariqa, iqtisodiyot nuqtai nazaridan marksizm g‘oyalari tadbirkorlar va
yollanma xodimlar o‘rtasidagi tengsizlikning ustunligi bilan tavsiflansa; neoklassik nazariya m
ehnat
bozorida harakat qiluvchi ishtirokchilar o‘rtasidagi bozor munosabatlari tabiatining muhimligini
ta’kidlaydi; keynschilik mehnat bozorini tartibga solishning alohida ahamiyatini ta’kidlaydi;
institutsionalizm esa mehnat bozori an’analari, ushbu sohad
agi qonunchilikni mustahkamlash va
umumiy qoidalarni o‘rnatish orqali mehnat bozorini tartibga solish va qo‘llab
-quvvatlashga
yo‘naltirilganligi bilan ajralib t
uradi.
Adabiyotlar sharhi.
Hududiy mehnat bozorining (viloyat, tuman va shahar) shakllanishiga turli omil va shart-
sharoitlar ta’sir qiladi. Ushbu omil va shart
-
sharoitlar O‘zbekiston mehnat bozorining o‘ziga xos
xususiyatlarini belgilab beradi.
Bandlik va umumiy holatda mehnat bozori uzoq vaqtlardan buyon, qator olimlar va
tadqiqotchilarning il
miy izlanishlarida alohida o‘rin egallab keladi. Keng ma’noda, mehnat bozori
mehnatdan foydalanishga bo‘lgan talab va uni ma’lum bir narxda etkazib berish bilan
belgilanadigan
almashinuvni ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy normalar va institut
lar tizimi yoki umumiy
ma’noda mehnatni yollash va undan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar majmui tarzida ifodalanishi
mumkin. Akademik Abduraxmonovning (2019)
fikricha, “m
ehnat resurslarini taqsimlaydigan va ish
bilan bandlik borasida qarorlar qabul qiladigan bozor
mehnat bozori”
deb ataladi.
Shu nuqtay
i nazardan, muhim xususiyatlarini o‘rganishga tizimli yondashuvdan foydalangan
holda, bandlikka to‘laqonli ta’rif berishimiz mumkin. Ijtimoiy
-iqtisodiy tizim sifatida aholini ish bilan
ta’minlash va umuman mehnat bozori iqtisodiyot sohasining ko‘zga ko‘ri
ngan olimlarining qarashlarida
o‘z aksini topgan. O‘zbekistonda mehnat bozorining samarali rivojlanishi va ishsizlikni kamaytirish
Abdurahmonov (2019)
(mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash),
Xolmo‘minov
(2014) va Xomitov (2012) (qishloq mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi),
Xudoyberdiyev (2016) (tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi), Xolmuxamedov (2011)
(mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solish), Nasimov (2011)
(oliy ta’lim
muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish) va boshqa olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Bunday
tizim xodim sifatida ham, shaxs sifatida maydonga chiquvchi insonning ehtiyojlarini qondirishga imkon
beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslarini mahalliy va xorijiy olimlarning mehnat bozorini
tartibga solishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlari natijalari, yoshlar bandligin ta’minlash
bo‘yicha qabul
qilingan hukumat da
sturlari va yo‘l xaritalari tashkil qiladi.
Tadqiqot ishining uslubiyoti sug‘oriladigan
yerlardan samarali foydalanish bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tizmli
-
funktsonal va dialektik o‘zaro
bog‘liqlikda tadqiq qilishda namoyon bo‘ladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Olimlarning fikricha, O‘zbekistonda mehnat bozorini o‘rganish borasida asosiy uslubiy
yondashuvlar shakllanib ulgurgan. Mahalliy olimlar hodisaning mohiyatiga qiziqish bildirgan holda,
statistik kuzatuvlar uslubiyoti, bandlik tendentsiyalari va ishsizlik sabablarini tahlil qilish, rivojlanish
dasturlarini tayyorlash va mehnat bozoridagi vaziyatni prognoz qilishga, shuningdek hisob-kitoblarning
aniqligiga alohida e’tibor berishadi, bu esa o‘z navbatida mehnat
bozori haqidagi tushunchalar tizimini
shakllantirish va shu asnoda ilmiy ishlarda o‘z aksini topadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
72
1-
rasm. O‘zbekiston mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari, ming kishi
32
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholi 2010 yilga nisbatan 2022 yilda
2752,3
ming nafarga yoki 22,4 foizga ko‘paygan bo‘lsa, o‘z navbatida ish bilan band aholi soni ham tahlil
qilinayotgan davrda 2078,0 ming nafarga yoki 18,0 foizga oshgan. Shu bilan bir qatorda, 2022 yilda
davlat sektorida band bo‘lganlar soni 2540,0 ming nafarni
tashkil etgan bo‘lsa, nodavlat sektorida band
bo‘lganlar soni 11166,2 ming nafarni tashkil qilgan, bu o‘z navbatida mehnat bozorida nodavlat, xususan
xususiy sektorning ulushi ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Ilmiy adabiyotlarda mehnat bozori turli segmentlarga ajratiladi, masalan: korxonaning (tashqi va
ichki) mehnat bozori; mehnat bozorini ma’muriy
-hududiy belgisiga qarab ajratish (milliy yoki
mamlakat mehnat bozori, hududlar, xususan viloyat, tuman mehnat bozorlari va boshqalar.); mehnat
bozor
ining xalqaro ko‘rinishlari (Rossiya, Evropa, Amerika, Osiyo va boshqalar); muayyan vaqt
oraliqlari bo‘yicha mehnat bozorlarini ajratish (prognoz, potent
sial, joriy, istiqbolli va hokazo)
(Abduraxmonov, 2019).
O’z navbatida, xizmatlarning har bir turi va sifati uchun alohida bozorlar mavjud, ya’ni mehnat
bozori nogironlarning mehnat bozori, ayollar mehnat bozori, yoshlar mehnat bozori, shifokorlarning
mehn
at bozori va shu kabi bir qator segmentlarni o‘z ichiga oladi. Mehnat bozorlarining samaradorligi
ko‘
p jihatdan aholining iqtisodiy faollik darajasi bilan belgilanadi.
1-
jadval ma’lumotlari Respublika hududlarida iqtisodiy faollik darajasi pasayish tend
entsiyasiga
ega ekanligini ko‘rsatmoqda, bu o‘z navbatida hududlarda yoshlar bandligini ta’minlash, ula
rni
tadbiirkorlikka jalb qilish masalalarini izchillik bilan hal etishni taqozo etadi.
Mazkur holatdan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlashimiz mumkinki, mehnatga bo‘lgan talab
uning taklifiga mutanosib ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, ular o‘rtasidagi n
isbat ish haqining
shakllantiradi, mehnat talabi va taklifi o‘rtasidagi nisbat asosida mehnat bozorida muvozanat qaror
topadi. Ushbu tasdiqqa ko‘ra, mehnat bozoridagi muammolar ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasida
muvozanat qaror topmagan vaziyatlarda yuzaga chiqadi. Aksariyat holatlarda, mehnat taklifi yoshlar
ta’lim bosqichlarini tamomlaganlaridan so‘ng, vujudga keladi, ular o‘qishni tamomlab mehnat
bozorida
faol ish izlay boshlaydilar. Ish qidirish vaqtida olingan kasbga talabning yo‘qligi yoki tajri
bali ish
izlovchilarga nisbatan raqobatbardosh ustunliklarning yo‘qligi yoshlar mehnat bandligini
ta’minlashdagi jiddiy to‘siqlardan biri hisoblanadi.
32
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida tahlil qilingan.
0,0
5000,0
10000,0
15000,0
20000,0
25000,0
30000,0
35000,0
40000,0
45000,0
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Iqtisodiy faol aholi
Ish bilan band aholi
Davlat sektori
Nodavlat sektori
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
73
1-jadval
Aholining iqtisodiy faollik darajasi
33
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
O‘zbekiston
Resp.
71,9
72,5
73,5
74,3
75,0
73,8
74,1
73,7
Qoraqalpog‘iston Resp
.
61,4
61,5
62,0
69,5
69,2
69,2
67,9
67,8
Andijon
75,7
76,6
77,7
77,0
77,2
74,7
75,7
76,5
Buxoro
77,7
77,1
76,7
77,4
76,2
76,4
74,5
73,7
Jizzax
61,3
62,4
63,1
68,3
74,0
74,3
75,1
73,0
Qashqadaryo
67,0
67,9
69,6
71,7
70,7
68,5
69,2
68,3
Navoiy
77,1
76,7
76,4
75,8
75,9
73,8
74,9
73,6
Namangan
63,8
65,4
67,3
70,5
73,2
72,7
72,6
71,2
Samarqand
71,6
72,9
74,6
73,4
72,1
70,9
70,7
71,4
Surxondaryo
68,0
69,3
71,3
72,2
74,0
71,9
71,8
70,8
Sirdaryo
75,9
75,0
74,9
77,7
76,1
72,8
71,9
70,6
Toshkent
78,5
78,6
79,4
78,5
78,5
76,2
79,8
77,9
Farg‘ona
73,1
73,6
74,7
73,1
74,5
73,0
73,6
73,9
Xorazm
69,4
70,1
71,0
71,3
72,8
71,5
71,1
71,1
Toshkent sh.
84,3
84,1
84,6
84,1
86,9
88,8
87,4
88,3
Mam
lakat iqtisodiyoti jahon xo‘jaligi tizimiga tobora chuqur integratsiyalashib borayotgan bir
sharoitda, mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan global iqtisodiy rivojlanish, shu jumladan
zamonaviy shart-sharoitlarda aholi, xususan yoshlar bandligini t
a’m
inlash masalalari katta qiziqish
bilan taqdiq qilinmoqda. 20-
asrning oxirlari va yangi asrimiz boshlarida bu borada faollik yaqqol ko‘zga
tashlana boshladi, bu o‘z navbatida sobiq ittifoq mamlakatlarining yangicha iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga
o‘tishlari
bi
lan bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, tadqiqotchilar bandlik, xususan yoshlar bandligi
muammolariga keng to‘xtalgan holda, bandlik siyosati va ishsizlik muammolarini hal qilish
-ning
yangicha uslublarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydilar.
Ishsizlik
iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ijtimoiy siyosat, ya’ni jamiyat hayotining deyarli barcha
jabhalariga salbiy ta’sir qiladi. Mazkur muammo mamlakatimizning barcha hududlari uchun ham
birdek, dolzarb muammo hisoblanadi. Ishsizlik jamiyatning iqtisodiy salohiya
tidan foydalanishga ta’sir
qiladi, ya’ni ishsizlik mavjud bo‘lgan holatda jamiyatning iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanilmaydi.
Shuningdek, ishsizlik iste’mol talabiga ta’sir qiladi, jamg‘armalarning kamayishiga, investitsiya
talabining pasayishiga, taklifning qisqarishiga va natijada esa ishlab chiqarishning pasayishiga olib
keladi.
Ma’lumotlar tahliliga tayanadigan bo‘lsak, bugungi kunda O‘zbekistonda mehnat va bandlik
idoralaridan rasmiy ishsiz sifatida ro‘yxatga olinganlar soni 2022 yilda 1337
,2 ming nafarni tashkil
etadi. Mamlakatimiz hududlarida eng yuqori ishsizlik darajasi Farg‘ona viloyatida (153,9 ming nafar),
Samarqand viloyatida (152,5 ming nafar), Qashqadaryo viloyatida (124,2 ming nafar), Andijon
viloyatida (116,9 ming nafar) qayd qilin
gan bo‘lsa
-da, vaziyat boshqa viloyatlarda ham quvonarli emas.
Ta’lim va biznes sektori vakillari (ish beruvchilar) mintaqadagi ishsizlik darajasiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Ularning birinchi mehnat bozorida taklifni shakllantirsa, ikkinchisi esa,
mos talabni vujudga
keltiradi. Mintaqaning inson kapitalini shakllantirishda ularning o‘zaro ta’siri muhim ahamiyatga ega,
chunki mahalliy hokimiyat, universitetlar va ish beruvchilarning birgalikdagi sa’y
-harakatlari bilan
inson salohiyatini kapitalga ayla
ntirish, shuningdek hududga xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish
mumkin.
Ma’lumki, davlat aholi bandligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu mehnat bozorini tartibga
solish zarurati bilan bog‘liq, chunki hukumat faoliyati samaradorligi ko‘p
jih
atdan ijtimoiy o‘lchovga
egaligi bilan ajralib turadi. Shundan kelib chiqqan holda, “O‘zbekiston
-
2030” strategiyasida
33
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida tahlil qilingan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
74
Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona —
oliygoh
—
ilmiy tashkilot” klast
er tizimini joriy etish
kabi maqsad va vazifalar ko‘zda tutilgan
(Farmon,
2023).
Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi vaziyatni tartibga solishning asosiy vositasi dasturlardir.
Davlatning mehnat bozorini boshqarish bilan bog‘liq barcha
harakatlari mamlakat yoki mintaqa
aholisining to‘liq bandligini ta’minlashga, mehnat bozorining barqarorligi va mamlakatdagi va
dunyodagi iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga moslashuvchanligini ta’minlashga qaratilgan.
Davlat bandlik siyosatining faol va passiv shakllari bir xil darajada dolzarb va muhimdir. Birinchi
holda, iqtisodiy faol aholi ish bilan ta’minlanadi (ya’ni yangi bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish), fuqarolarni
tayyorlash va qayta tayyorlash, ikkinchidan -
muhtojlarga ishsizlik nafaqasini to‘las
h amalgat oshiriladi.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda turli mamlakatlar hukumati mehnat bozorini faol tartibga solish
siyosatini amalga oshirish orqali to‘liq bandlikka erishishni ustuvor maqsad qilib qo‘yishgan.
Mehnatga bo‘lgan talabning tuzilishi bozorning to‘yinganligida
namoyon bo‘ladi va ommaviy
xarakterdagi ishlab chiqarish masalalarini hal qiladi, shuning uchun u industrial jamiyatining
o‘lchamlariga mos keladi. Holbuki, masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari mehnat bozorida talabning
tuzilishi biznes jarayonlarini sano
atlashtirish ustun bo‘lgan post
-industrial jamiyatga mos keladi.
Ma’lumki, dunyoning turli mamlakatlarida mehnat bozorining o‘ziga xos modellari mavjud, bunga
bir qator turli omillar, jumladan, iqtisodiy rivojlanish darajasi, milliy xususiyatlar va boshqa
lar ta’sir
qiladi. Aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solishning faol davlat siyosati ishsizlik darajasining
pasayishiga, korxonalarni ishchilarni yollashga rag‘batlantirishga, shuningdek, aholining o‘z bilim
darajasi, ish tajribasi, kasbiy mahoratini oshirishga undaydi (Abduraxmonov, 2019).
Mehnat resurslarini tartibga solishning mahalliy tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat
tomonidan uzoq vaqt davomida aholining mehnat faoliyatidagi ishtirokini tartibga solishning turli
usullari qo‘llab keli
ngan.
Ko‘pgina tadqiqotchilarning asarlarida bandlik segmentatsiyasi tushunchasiga duch kelamiz, ayni
chog‘da umumiy ma’noda, segment alohida ishchi kuchi guruhlarini tarmoqlar bo‘yicha farqlashni
anglatadi, bu esa o‘z navbatida
ushbu guruhlarning harakatchanligini cheklaydi. Guruhlarni ish joylari
yoki xodimlar bo‘yicha farqlashimiz mumkin.
Statistik ma’lumotlar bandlikni tahlil qilishda katta rol o‘ynaydi, ular mehnat munosabatlarining
iqtisodiy tarkibiy qismi va ta’lim muassas
alari faoliyati, inson salohiyatini shakllantirish, inson
kapitalini to‘plash va rivojlantirishni o‘z ichiga olgan ijtimoiy munosabatlar o‘rtasida zaruriy bo‘g‘in
bo‘lib xizmat qiladi (
2-jadval).
2-jadval
O‘zbekiston hududlarida bandlik darajasi
34
Hududlar
2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
O‘zbekiston Resp
.
67,1 67,7 68,2 68,7 69,2 67,4 68,1 66,0 67,0 67,2
Qoraqalpog‘iston Resp
. 57,7 57,9 58,1 58,1 58,3 62,9 62,9 62,0 61,1 61,6
Andijon
69,9 70,8 71,5 72,3 73,0 69,6 70,1 66,5 68,2 69,5
Buxoro
74,4 74,0 73,4 72,9 72,5 70,7 69,3 68,3 67,2 67,2
Jizzax
56,5 57,3 58,1 59,1 60,0 61,6 67,1 66,2 67,5 66,2
Qashqadaryo
61,8 62,5 63,3 64,3 65,4 64,8 63,9 60,9 62,2 61,9
Navoiy
74,1 73,6 73,2 72,8 72,4 69,2 69,5 66,8 68,3 67,7
Namangan
58,1 59,3 60,5 61,9 63,4 63,8 66,4 65,0 65,5 64,8
Samarqand
65,4 66,5 67,6 68,7 69,7 66,3 65,3 63,2 63,7 64,7
Surxondaryo
62,7 63,4 64,3 65,4 66,6 65,2 67,0 63,9 64,5 64,2
Sirdaryo
72,5 72,9 72,2 71,7 71,1 70,5 68,9 64,8 64,5 64,0
Toshkent
74,0 75,1 75,3 75,4 75,2 71,4 71,4 68,2 72,4 71,0
Farg‘ona
68,3 68,8 69,1 69,6 69,9 66,0 67,5 65,1 66,2 67,1
Xorazm
64,3 65,0 65,6 66,3 66,9 64,6 66,1 63,7 64,0 64,7
Toshkent sh.
80,7 80,9 81,1 81,0 80,8 77,5 80,1 81,7 81,3 82,5
34
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/labor-market-2
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
75
Statistik ma’lumotlar bandlikni tahlil qilishda katta rol o‘ynaydi, ula
r mehnat munosabatlarining
iqtisodiy tarkibiy qismi va ta’lim muassasalari faoliyati, inson salohiyatini shakllantirish, inson
kapitalini to‘plash va rivojlantirishni o‘z ichiga olgan ijtimoiy munosabatlar o‘rtasida zaruriy bo‘g‘in
bo‘lib xizmat qiladi (
2-jadval).
Kerakli ma’lumotlarni ob’ektiv tarzda taqdim qilish imkonini beruvchi manbalarga ehtiyoj katta
bo‘ladi. Bunday manbalar bazasi statistik hisobning bir qator shakllaridan, masalan, O‘zbekiston
aholisini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlardan
iborat.
Shu asosda statistik ma’lumotlar iqtisodiy faol aholi, bandlik darajasi, ro‘yxatdan o‘tgan va
yashirin ishsizlik darajasi, shuningdek ish haqi darajasi, mehnat xarajatlari, ish vaqti va boshqalar
to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar shakllantirilad
i.
Hozirgi vaqtda aholi bandligini tahlil qilish amaliyoti umuman ijtimoiy va mehnat sohasi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha
tadqiqotlarning bir nechta
turlarini ajratishga imkon beradi: tahlil qilish, ko‘rib chi
qish, monitoring qilish, shuningdek statistik
ma’lumotlarni to‘plash.
Bandlik tadqiqotlari doirasida o‘rganilayotgan muammolar majmuasi
-
bu ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatish bo‘yicha davlat va davlat muassasalarining ijtimoiy siyosatini amalga oshirish
samaradorligini mustaqil har tomonlama baholash sifatida mehnat va ijtimoiy auditga talab va
taklifning monitoringini ifoda etadi.
Bandlik monitoringi bandlik holatini tahli
l qilish uchun statistik ma’lumotlardan foydalangan
holda tizimli tadqiqotlar jarayonin
i o‘zida ifoda etadi. Uning yordamida o‘rganilayotgan sohadagi
mavjud muammolarga echimlarni ishlab chiqish, tanqidiy vaziyatlarning yuzaga kelishini bashorat
qilish imkonini beruvchi axborot tizimi shakllantiriladi.
Monitoring o‘zida ishchi kuchiga talab va taklifni shakllantirishni o‘rganish, talab hajmini
aniqlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish jarayonini aks ettiradi.
Aholi bandligi va umuman mehnat bozorini o‘r
ganish va tahlil qilish uchun turli xil usullardan
foydalaniladi. Eng samarali usullar
sirasiga ijtimoiy tadqiqotlarni kiritishimiz mumkin. So‘nggi yillarda
ijtimoiy va mehnat jarayonlarini monitoring qilish eng keng tarqalgan tadqiqot yo‘nalishlaridan bi
riga
aylandi. Ijtimoiy va mehnat jarayonlarini modellashtirishning matematik usuli ham faol
rivojlanayotganligini ko‘zdan qochirmaslik lozim.
Aholining bandligini yanada chuqurroq tahlil qilish uchun segmentlash usulidan keng
qo‘llaniladi, ya’ni mehnat bozori turli belgilar bo‘yicha mayda qismlarga bo‘linadi, uning yordamida
mehnat bozorining turli segmentlarida bandlik darajasi aniqlanadi. Korxona va tashkilotlar xodimlarni
ish bilan ta’minlash borasida zaruriy shart
-
sharoitlarni yaratish bilan shug‘ulla
nadilar va ishchi
kuchining iste’molchisi hisoblanadilar, bo‘sh ish o‘rinlarini izlovchilar esa, o‘z navbatida bandlik
xizmatlarining iste’molchilari bo‘lib hisoblanadilar. Bandlik segmen
-tatsiyasi korxona yoki tashkilotga
mehnat bozoridagi raqobatchilarga
nisbatan o‘z pozitsiyasiga ob’ektiv baho berishga, raqobatdosh
ustunliklarini oshirish uchun hududlar va bozorlarni aniqlash uchun ular egallagan joyni aniqlashga
imkon beradi.
Tadqiqot ishida keng qo‘llaniluvchi mehnat resurslari balansi yordamida mehnat
salohiyatiga eng
ob’ektiv baho berish mumkin. Bu mehnat potentsialidan foydalanish bo‘yicha ishonchli ma’lumot
manbai bo‘lib, shu munosabat bilan mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, mehnat
xarajatlarini xalq xo‘jaligi tarmoqlari va mintaqalar o‘rtasida taqsimlashning mutanosibligi, mehnat
unumdor-
ligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Bu borada,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yildagi PQ
-92-
son “Mahallalarda yoshlar bila
n
ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” Qarori
muhim
o‘rin tutadi
(Qaror,
2022)
. Mazkur qarorga ko‘ra, har bitta mahallada yoshlar etakchisi lavozimi joriy etilib, yoshlar
etakchisiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumot
-
larni “Yoshlar daftari” va
“Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish,
milliy xalq o‘yinlari va sport
turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va
boshqa madaniy-
ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish
hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini
va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
76
huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo
‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish
muassasalaridan ozod qilingan, i
xtisoslashtirilgan o‘quv
-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan
yoshlarning ijtimoiy-
pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish va shu kabilar.
1-
rasm. O‘zbekiston aholisi tarkibida 10
-34 yoshlilarning ulushi, %
35
Ijtimoiy-iqtisodiy
tizim sifatida bandlikni rivojlantirish muammolarini hal qilish bo‘yicha aniq
chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mehnat sohasidagi innovatsion rivojlanish, dinamika va
munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi yakka tartibdagi ijtimoiy
-iqtisodiy
jarayonlarga e’tibor
qaratish lozim.
Zamonaviy mehnat bozori faoliyati samaradorligini oshirish va ishsizlikning o‘sishi
muammolarini hal qilish nuqtai nazaridan yosh
lar bandligini ta’minlash alohida e’tibor talab qiladi.
Yoshlarni ish bilan ta’minlash haqida so‘z borganda, yoshlar
- bu muayyan yosh chegaralari,
jamiyatdagi ma’lum mavqei va ijtimoiy mas’uliyat darajasiga ega bo‘lgan alohida yosh guruhlar1i
sifatida e’
tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlar oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, 14 yoshga
to‘lgan ammo 30 yoshdan oshmagan shaxslar yoshlar (yosh fuqarolar) sifatida e’tirof etiladi.
Tahlillarimiz mamlakat umumiy aholisi tarkibida 10-34 yoshlilar ulushi kamayib borish tendentsiyasiga
egaligini ko‘rsatmoqda (1
-rasm). Bunday holat bir tomondan rivojlanayotgan mamlakatlarga xos
bo‘lgan demografik vaziyat bilan tavsiflanadi, shunga qaramasdan O‘zbekiston aholisi tarkibida
yoshlarning sal
mog‘i yetarlicha yuqori ekanligi yoshlarning bandligi, ularning inson kapitalini boyitish
masalalariga katta e’tibor qaratishni talab qiladi.
Bugungi kunda dunyoda 15-24 yoshdagilar soni 1,2 milliardni yoki dunyo aholisining 16 foizini
tashkil
qiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kelgusi o‘n yil ichida hozirda ishsiz bo‘lgan73 million va
har yili birinchi marta mehnat bozoriga kirib kelayotgan 40 million yigit-qizlar uchun kamida 475
million yangi ish o‘rinlari yaratish uchun zarur bo‘ladi
. XMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlantirish
hujjatlarida kasbiy tayyorgarlik va yoshlarni ish bi
lan ta’minlash masalalari alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida yoshlarni ma’naviy barkamol,
jismonan sog‘lom
, fidoyi insonlar etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish,
hayotda o‘z o‘rnin
i topishi uchun munosib shart-
sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash, kasbiy bandligini ta’minlash, rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga
oshirmoqda.
Mamlakatimizda bandlik muammosini hal qilish bilan ko‘plab davlat
idoralari, tegishli vazirlik va
bandlik xizmati shug‘ullanadi. Ta’lim muassasalarini tugatgach, ish topishda qiynalayotgan yoshlarga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar doimo O‘zbekiston davlat siyosatining diqqat markazida bo‘lib
kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda har bir sohada keng ko‘lamli
35
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari, https://stat.uz/uz/rasmiy
-statistika/demography-2
47,3
46,7
46,08
45,3
44,7
44,3
43,8
43,2
42,5
41,6
40,8
36
38
40
42
44
46
48
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
10-34 yoshlilar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
77
islohotlar amalga oshirilmoqda, jamiyatdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yic
ha ishlar olib
borilmoqda, yoshlarning barkamol rivojlanishi va ta’lim olishi uchun sharoitlar yarati
lmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ishsiz yoshlarning qariyb 20 foizi o‘z biznesini boshlash uchun
noyob qobiliyatlarga ega, ammo ma’lum holatlar tufay
li atigi 5 foizi bunga qaror qiladi. Ushbu
muammoni hal qilish uchun yoshlar tadbirkorligini qo‘llab
-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish talab
etiladi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish ishsizlikka qarshi kurashning kuchli vositasi bo‘lib,
aholinin
g o‘zini o‘zi band qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish uchun
sharoit yaratadi.
Yoshlar bandligini ta’minlash dasturlari doirasida Republika bo‘yicha jami 273283 nafar
yoshlarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 154638 nafar yoshlarning
bandligini ta’minlashgaerishilgan. Bunda 97386 nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan
bo‘lsa, 41618 nafar yoshlar kasb
-
hunarga o‘qitish dasturlari bilan qamrab olingan, 26826 nafar
yoshlarga
jami 8538 ga. er maydoni ajratilgan bo‘lsa, 30501 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash
borasida
667 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan. Yoshlar bandligini ta’minlash borasida Jizzax
(37%), Qashqadaryo (40%), Navoiy (48%), Surxondaryo (53%), Toshkent (41%), Xorazm (40%)
viloyatlari Respublika ko‘rsatkichidan orqada ekanliklarini ta’kidlash l
ozim.
2-
rasm. Respublika hududlarida yoshlar bandligini ta’minlash dasturining ijrosi, %
36
Zamonaviy yoshlar uchun o‘z kasbiy faoliyatida nafaqat o‘qu
v jarayonida olgan bilim va
ko‘nikmalarini amalga oshirish, balki shaxsiy o‘sish va o‘zini namoyon qil
ishga erisha olish ham
muhimdir, bu esa yoshlarni nafaqat ta’lim jarayonida muayyan ko‘nikmalarni egallashga, balki o‘z
ustida ishlashga ham undaydi. Afs
uski, mutaxassislik bo‘yicha haqiqiy ish bilan ta’minlash masalasining
e’tiborsiz qoldirilishi odatiy
hodisaga aylandi, shu bilan bir qatorda yoshlar boshqa sohalarda ish
izlashga majbur bo‘lmoqdalar, ish izlab topishda nobozor usullarga murojaat qilmoqdal
ar. Yoshlar
uchun oliy ma’lumot olish tobora ko‘proq o‘zini namoyon qilish va o‘zini anglash, qobiliya
tlarini
rivojlantirish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bu aynan insonning yoshlik davrida amalga
oshgani holda, yetarlicha bo‘lmagan ijtimoiylas
huv darajasi va murakkab hayotiy majburiyatlarning
y
etishmasligi bilan bog‘liq sanaladi.
Yoshlar mehna
t sohasidagi harakatlarni qo‘llab
-quvvatlash va tartibga solishni talab qiladigan
ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadir. Kasbiy yo‘nalish va amaliyotning etis
hmasligi ertangi kunda
yoshlarning o‘z salohiyatini rivojlantirishga sarmoya kiritish va nufuzli ish,
lavozim va maoshga ega
bo‘lish o‘rniga, bugun xizmat ko‘rsatish sohasida “tezkor” maosh evaziga ishlashga majbur qiladi.
Yoshlarni ish bilan ta’minlashnin
g asosiy muammolaridan biri bu mehnatga talab va taklif
o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qligida aks etadi, ya’ni bitiruvchilarni tayyorlash sifati ish beruvchining
talablariga javob bermaydi. Kadrlarga bo‘lgan talabni shakllantiradigan ish beruvchilar va takl
ifni
shakllantiradigan ta’lim xizmatlari sohasi o‘rtasidagi muvo
-
zanatni ta’minlash muammosi yoshlar
36
Yoshlar ishlari agentligining ma’lumotlari asosida tahlil qilingan.
57%
62%
71%
94%
37%
40%
48%
65%
62%
68%
67%
53%
41%
40%
83%
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
90%
100%
bandligi ta'minlangan yoshlar, umumiy rejaga nisbatan foizda
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
78
o
‘rtasida kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish va ushbu kompetentsiyalarning ish beruvchining
talablariga muvofiqligiga erishishda ko‘zga tashlanadi.
T
a’lim olayotgan yoshlar muvaffaqiyatli ishga joylashish sharoitida ijtimoiy
-iqtisodiy
rivojlanishiga b
og‘liqligi e’tirof etiladi, shu bilan birga ta’lim sifatining yoshlarning ish bilan
ta’minlashdagi muvaffaqiyatlariga bog‘liqligi alohida isbot talab qilm
aydi. Shu nuqtai nazardan, ish
beruvchilarning talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish
dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi.
Hududda inson kapitalining to‘planishi rivojlanish va o‘zini o‘zi anglash uchun yaxshi sharoitlar
bilan
chambarchas bog‘liq, masalan, ishbilarmonlik muhiti uchun qulay muhit yaratish, ijodiy sinf va
ijodkorlikni rivojlantirish uchun bunday sharoitlar mintaqaning jozibadorligini oshiradi. Hududga inson
kapitalini jalb qilish va uni mustahkamlash hudud iqtisod
iyotining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa va takliflar.
Inson kapitalini shakllantirish va uning s
ifatini ta’minlashda ta’lim muhim yo‘nalish hisoblanadi
.
Bu borada quyidagilarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi
:
-
o‘qitishning zamonaviy usul va vositalaridan foydalangan holda, aholiga sifatli ta’lim xizmatlari
ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish
;
-
o‘quvchilarning qobiliyatlarini
erta aniqlash, ularning ijtimoiy-
psixologik holati, oilalarni qo‘llab
-
quvvatlash borasida
bo‘yicha
pedagogik va psixologik xizmatlar ko‘rsatish;
-
ta’lim
tizimining uzviyligi tamoyiliga jiddiy rioya qilish;
- ijtimoiy-gumanitar
fanlarning o‘rni va ahamiyatini oshirish
;
- mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda,
ixtisoslashtirilgan ta’lim tizimin
i
yo‘lga qo‘yish
.
Inson kapitali samaradorligini oshirishning yana bir
muhim yo‘nalishi sifatida ta’limning tur
li
darajalari uzluksizligi, qo‘shimcha kasb
-
hunar ta’limini rivojlantirish orqali aholining doimiy kasbiy
o‘sishi uchun sharoit yaratish
ni keltir
ib o‘tishimiz lozim
.
Ushbu yo‘nalish doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-
bitiruvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish
;
-
bandlik borasida ish beruvchi va ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
;
-
o‘quvchi va talabalarga nisbatan mijoz sifatida munosabatda bo‘lish
;
- mehnat bozoridashi o
‘zgarishlarni doimiy kuzatib borish va kuzatuv natijalari asosida tezkor
chora-tadbirlar ishlab chiqish;
-
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni saralab olish va rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish
;
- innovatsion faol
ta’lim muassasalarini davlat tomonidan
moliyaviy va institutsional qo‘llab
quvvatlash.
Ta’lim jarayonini boshqaruv tizimini takomillashtirish ham bu boradagi eng muhim
yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu borada ma’muriy boshqaruv usullaridan bosqichma
-bosqich
institutsional va iqtisodiy boshq
aruv usullariga o‘tish qo‘llab
-quvvatlanishi talab qilinadi.
Ta’lim jarayoni va uning sifatini baholash borasida ko‘rsatkichlar tizimi
ni ishlab chiqish muhim
vazifalardan biri hisoblanadi, ta’lim siyosatini amalga oshirishda jarayon ishtirokchilarining o‘zaro
aloqalarini qo‘llab
-
quvvatlash, bu borada ularning mas’uliyatini kuchaytirish dolzarb
-dir.
Adabiyotlar / Литература / Literatur
e:
Abdurahmonov К.Х. (2019) Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot / Darslik.
Kalandar
Abdurahmonov. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan3
-
nashri. T.: O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi
“
Fan
”
nashriyoti davlat korxonasi,
–
T.: -544 b.
Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI
BAHOLASH. Iqtisodiy
Taraqqiyot
Va
Tahlil, 1(2),
5
–
14.
Retrieved
from
https://e-
itt.uz/index.php/eitt/article/view/39
Farmon (2023)
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158 sonli
“O‘zbekiston
-
2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni,
https://lex.uz/uz/docs/6600413
Nasimov D.A. (2011) Oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini
takomillashtirish
(Samarqand viloyati misolida). Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun
yozilgan dissertatsiya.
–
Samarqand.
Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yildagi
PQ-92-
son “Mahallalarda
yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” Qarori
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, oktabr
www.e-itt.uz
79
Xolmo‘minov Sh.R. (2014) Qishloq mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi hamda ularni
modellashtirish (Monografiya).
–
T.: Fan va texnologiya.
Xolmuxamedov M.M. (2011) Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solish va uni
takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida). Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun
yozilgan dissertatsiya.
–
Samarqand.
Xomitov
K.Z. (2012) O‘zbekiston Respublikasi qishloq mehnat
bozorining samarali rivojlanishi
muammolari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya.
–
T.: O’zR FA
Iqtisodiyot instituti.
Xudoyberdiev Z.Ya. (2016) Tadbirkorlik va is
hga joylashtirish texnologiyasi. O’quv qo‘llanma. –
T.:
ILMZIYO,.
Абдувохидов А. А. и др. (2022) ҲУДУДЛАРДА КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИ
РИВОЖЛАНТИРИШДА
ТИЖОРАТ
БАНКЛАРИНИНГ
КРЕДИТЛАШ
СИЁСАТИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLA
R ONLAYN ILMIY JURNALI.
–
Т. 2. –
№. 5. –
С. 46
-52.
