Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
41
T
О‘QIMACHILIK KORXONALARIDA О‘ZARO MUNOSABATLARNI HISOBGA OLISH
ASOSIDA STRATEGIK REJALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Abidov Bobur Sobirovich
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti
ORCID: 0009-0007-2309-8492
Annotatsiya.
Maqolada
tо‘qimachilik korxonalarida xarajatlarni kamaytirish va uzluksiz
ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida resurslar yetkazib beruvchilar bilan samarali о‘zaro
munosabatlarni tashkil etish natijalariga tayanib, strategik rejalashtirishni takomillashtirish
ma
salasi о‘rganilgan.
Kalit sо‘zlar:
strategik rejalashtirish, xarajat, о‘zaro munosabat, tо‘qimachilik korxonasi,
ishlab chiqarishni tashkil etish.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СТРАТЕГИЧЕСКОГО ПЛАНИРОВАНИЯ НА ТЕКСТИЛЬНЫХ
ПРЕДПРИЯТИЯХ НА ОСНОВЕ УЧЕТА ВЗАИМООТНОШЕНИЙ
Абидов Бобур Собирович
Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности
Аннотация.
В
статье
рассматривается
вопрос
совершенствования
стратегического планирования на текстильных предприятиях по результатам
организации эффективных взаимоотношений с поставщиками ресурсов с целью
снижения издержек и обеспечения бесперебойности производства.
Ключевые слова:
стратегическое планирование, стоимость, взаимодействие,
текстильное предприятие, организация производства.
IMPROVING STRATEGIC PLANNING BASED ON THE CONSIDERATION OF MUTUAL
RELATIONS IN TEXTILE ENTERPRISES
Abidov Bobur Sobirovich
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Abstract.
The article studies the issue of improving strategic planning based on the results
of organizing effective mutual relations with resource suppliers in textile enterprises in order to
reduce costs and ensure uninterrupted production.
Keywords:
strategic planning, cost, mutual relations, textile enterprise, organization of
production.
UO‘K:
005.93:655
III SON - MART, 2025
41-46
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
42
Kirish.
Bugungi kunda о‘zgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari
iqtisodiy samaradorligi hamda raqobatbardoshligini oshirishga ham ichki, ham tashqi omillar
sezilarli о‘z ta’sirini о‘tkazmoqda. Respublikamizdagi kо‘plab ishlab chiqarish korxonalari
moliyaviy holati barqaror bо‘lmay, bu esa о‘z navbatida mamlakat iqtisodiy holatiga salbiy
ta’sirini kо‘rsatadi. Shu boisdan, korxonalarni boshqarish samaradorligin
i har tomonlama
о‘rganish orqali uni xolisona baholash mamlakat iqtisodiy holatini yanada yaxshilashning
muhim omillaridan biri sanaladi. Shuning uchun respublikamiz iqtisodiyotining о‘zak
tamoqlaridan biri sanalgan tо‘qimachilik sanoati korxonalari innova
tsion rivojlanishini
ta’minlashda zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalanish dolzarb ma’no kasb etmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Boshqarish funksiyasi sifatida strategik rejalashtirish butun boshqaruv funksiyalari
uchun poydevor yoki boshqaruv tizimi vazifaviy tuzilmasiiing asosi hisoblanadi. Strategik
rejalashtirish butun maqsadlarga erishish yо‘lidagi asosiy kо‘maklashuvchi vosita bо‘lib ham
xizmat qiladi.
Strategik rejalashtirish о‘zida shunday jarayon va qarorlar
ni mujassam etadiki, ular
yordamida korxona shakllanishidagi maq
sadlarga erishishni ta’minlovchi strategiyalar ishlab chiqiladi.
“Strategik rejalashtirish” akademik fan sifatida hamda amaliyotda qо‘llanilish jihatidan doimiy
ravishda takomillashtirilib borilgan.
Meiner (1965) va Tilleslarning (1964)
ilmiy asarlarida
keltirilishicha ushbu fannining rivojlanishi sohasidagi dastlabki ilmiy-
tadqiqot ishlari о‘tgan asrning
60-
yillarida rо‘y bergan. Ilmiy
-tadqiqotchilar tomonidan strategik rejalashtirishni rivojlantirishda
asosiy e’tibor strategiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan edi. Bu bora yirik ilmi
y-tadqiqot ishlari olib
borgan
Chandlerning (1962)
tadqiqot natijalarini о‘rganish shuni kо‘rsatadiki,
1961 yilda allaqachon
uning muallifi strategik rejalashtirish tushunchasi va, xususan, strategik rejalar namunalari
bilan yaxshi tanish bо‘lgan. 1970 yillarda paydo bо‘lgan tizimli yondashuv va tizim tahlili,
menejmentga dasturiy-maqsadli yondashuv va strategik rejalashtirish konsepsiyasiga
loyihalarni boshqarish mustahkam ilmiy asos yaratdi. Bu bir qator olimlarga
(Ackoff, 1970;
Branch M., 1962; Dam, 1969; King va Cleland, 1976; Lorange va Vancil, 1979; Steiner, 1979)
shaharlar, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, davlat va jamiyat faoliyati
sohasidagi muammolarni hal etishda turli miqyosdagi kompaniyalarda strategik rejalashtirish
jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga tizimli yondashuvni ishlab chiqishga imkon berdi.
Ayrim mualliflar strategik rejalashtirishni jarayon sifatida tavsiflagan. Xususan,
Rossiyalik ilmiy tadqiqotchi
Isayeva (2016)
«strategik rejalashtirish
–
bu faoliyatning tashqi
sharoitlariga qarab firmaning kelajakdagi pozitsiyasini aniqlashning mantiqiy analitik
jarayonidir», deb ta’riflagan.
Lyasko ((2019)
esa strategik rejalashtirishni korxona faoliyatining
asosiy yо‘nalishlarini tanlash nuqtai nazaridan fikr yuritib, unga quyidagi ta’rif keltirgan:
«ishlab chiqarish faoliyatining asosiy yо‘nalishlarini tanlash, doimiy о‘zgarib turadigan
sharoitda korxona
(firma) ning uzoq muddatli maqsadlariga erishishni ta’minlaydi».
Boshqa bir Rossiyalik olim
Kazakova (2018)
strategik rejalashtirishni boshqaruv
jarayonining bir tarkibiy qismi sifatida e’tirof etgan holda, unga quyidagicha ta’rifni keltiradi:
«firma maqsadlari, uning potensiali va marketing sohasidagi qadamlari о‘rtasida strategik
muvofiqlikni yaratish va saqlashni boshqarish jarayoni».
Xorijlik olimlardan
Meiner (1965) va Shtayner (2012)
lar bu borada kengroq
yondashuvlarni amalga oshirgan holda strategik rejalashtirishni korxonaning maqsadlari va
vazifalarini belgilash, unga erishish harakatlari hamda talab etiladigan zaruriy resurslarning
muqobil taqsimoti majmui sifatida qarashni taklif etib, quyidagi ta’rifni keltirganlar:
«korporatsiyaning uzoq muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilab olish, harakatlarni amalga
oshirish va ushbu maqsadlarga erishish uchun zarur bо‘lgan resurslarni taqsimlash».
Respublikamiz olimlaridan
Isayev (2021)
sifat menejmenti va strategik boshqarish
integratsiyalashgan tizimining metodologik yondashuvlarini takomillashtirish masalasini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
43
о‘rganishda ushbu jarayonni amalga oshirishda strategik rejalashtirishning о‘rni masalasini
о‘rgangan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy-
tadqiqot metodologiyasi bо‘lib dialektika uslubi hisoblanadi va tadqiqot jarayonida
tanlab kuzatish, taqqoslash, ekspertlar bahosi kabi usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Odatda, о‘zaro munosabatlar strategiyasini shakllantirish va uni amalga oshirishda
strategik rejalashtirish jarayonida hisobga
olinishi lozim bо‘lgan omillarni ekzogen va endogen
kabi guruhlarga ajratiladi. Aynan, strategik rejalashtirish yordamida samarali о‘zaro
munosabatlar strategiyalarini ishlab chiqish mahsulot ishlab chiqarishda tomonlar iqtisodiy
qiziqishlarini inobatga olgan holda kuchli tomonlar va mavjud imkoniyatlarni yanada
mustahkamlash hamda tahdidlar ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.
Shu boisdan, fikrimizcha, tо‘qimachilik korxonasining istiqboldagi rivojlanishini strategik
rejalashtirish asosida о‘zaro munosabatlar strategiyalarini shakllantirishning asosiy о‘ziga xos
omillarini hisobga olish zarur bо‘ladi.
1-jadval
Tо‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga tо‘sqinlik qiluvchi omillarni ularning salbiy
ta’sirini bartaraf etuvchi о‘zaro munosabatlar
strategiyasi shakllari bilan birlashtirish
Shakl
Savdo
bozori
chek
lovi
Yuqori
ishlab
chiqarish
xarajat
lari
Faoliyat
turlari
ortiqcha
yuklanishi
Texnolo
gik
orqada
qolishlik
Ta’minot
chilarga
qaramlik
О‘z
aktivlari
ning
yetishmas
ligi
Raqobatlashadigan korxonalar uchun
Ishlab chiqarish
siklining bir yoki bir
nechta bosqichlarida
integratsiya
+
+
+
-
+
-
Umumiy mahsulotlar
yaratish
+
+
-
-
+
+
Turli xil aktivlarni
birlashtirish
+
-
-
+
-
+
Raqabatlashmaydigan korxonalar uchun
Bog‘liq ishlab
chiqarish tarmoqlari
dan ikki
kompaniyaning
birlashishi
+
-
-
-
+
-
Tarmoqlararo
ittifoqlar
+
-
+
-
-
-
Transmilliy ittifoqlar
+
-
-
+
-
+
Manba:
muallif ishlanmasi.
Strategik rejalashtirish jarayonida ishtirokchi tomonlar iqtisodiy mafaatlarini inobatga
olishga qaratilgan о‘zaro munosabatlar quyidagi uchta darajada rо‘y beradi: umumiy tashkiliy
tuzilmalarni yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarining alohida jarayonlari va operatsiyalari
sikllarining tadbiqlari, yagona sotish bozorlarini shakllantirish. Hozirda aksariyat tо‘qimachilik
korxonalarida raqobatbardoshligini oshirishdagi asosiy omil
–
bu kam xarajatli tejamkor ishlab
chiqarish texnologiyalariga asoslangan biznes-
modellarni qо‘llash sanaladi. Shu boisdan,
fikrimizcha, strategik rejalashtirishni takomillashtirishda xarajatlarni kamaytirishga
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
44
yо‘naltirilgan о‘zaro munosabatlar strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish
maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tо‘qimachilik korxonalari mahsulot ishlab chiqarish jarayoni
keng qamrovli bо‘lib, bir nechta о‘zaro bog‘liq zanjirlarni о‘z ichiga olganligi bois, subyektlar
о‘rtasida rо‘y beradigan munosabatlar tizimida о‘zaro hamkorlikning barcha kо‘rinishlari
amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun, biz tomondan, tо‘qimachilik korxonalari faoliyatini
strategik rejalashtirishni takomillashtirish maqsadida tomonlar iqtisodiy manfaatlarini
inobatga olishga qaratilgan о‘zaro munosabatlar strateg
iyasini ishlab chiqish hamda uni
muvaffaqiyatli amalga oshirishda tashkiliy mexanizmlarni takomillashtirishni taklif etamiz.
О‘zaro munosabatlar strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirish muhim masala hisoblanib, bu
jarayonda strategiyani amalga oshirish
maqsadi, yо‘nalishlari, elementlari, shartlarini aniqlash
taklif etilgan.
О‘zaro munosabatlar strategiyasi shakllarining xilma
-xilligi keskin raqobat sharoitida
faoliyat kо‘rsatayotgan tо‘qimachilik korxonalarining kо‘p о‘lchovli strategik muammolarini
hal qilish zaruratidan kelib chiqadi. О‘zaro munosabatlar strategiyasi keng a
ssortimentli
mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan tо‘qimachilik korxonalarida xavf
-xatar darajasini ishlab
chiqarish bо‘g‘inlarida muqobil taqsimlash hamda Porter tomonidan aniqlangan besh raqobat
kuchi ta’sirini imkon qadar kamaytirishda sinergiya samarasi oshirishini ta’minlaydi. Shu
maqsadda tadqiqot jarayonida tо‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga tо‘sqinlik qiluvchi
omillarning salbiy ta’siri doirasini kamaytirishga yо‘naltirilgan о‘zaro munosabatlar
strategiyasi shakllari bilan omillar о‘zaro uyg‘unligi sxemasi keltirilgan (1
-jadval).
Sheriklar korxonasining munosabatlar salohiyatini va uning zahiralari bilan taqqoslash
orqali tо‘qimachilik korxonasi rahbariyati har bir korxona bilan munosabatlar strategiyasining
obyektini aniqlashi mumkin. Keyin matritsaning umumiy kо‘rinishini quyidag
i shaklda taqdim
etish mumkin (2-jadval).
2-jadval
Tо‘qimachilik korxonasida о‘zaro munosabatlar salohiyatni baholash uchun
matritsaning umumiy
kо‘rinishi
Indikatorlar
𝑵
𝒊
> 𝟏
𝑵
𝒊
= 𝟏
𝑵
𝒊
< 𝟏
𝑀
𝑖
> 1
1
2 firma uchun
𝑀
𝑖
da
о‘z
k
о‘rsatkichlari 1 va 2
firmalariga qaraganda
yuqori
2
Oxirgilari teng b
о‘lganda
о‘z kо‘rsatkichlari 1 va 2
firmalariga qaraganda
yuqori
3
1 firma uchun
𝑀
𝑖
da
о‘z
k
о‘rsatkichlari 1 va 2
firmalariga qaraganda yuqori
𝑀
𝑖
= 1
4
1 firma va
о‘z
k
о‘rsatkichlari teng va
2 firmadan yuqori
5
Firmaning k
о‘rsatkichlari
1, 2 firmalarning
k
о‘rsatkichlari
bilan
ekvivalentdir
6
Oxirgilari teng holatda 2-
firmaning k
о‘rsatkichlari
о‘zlarining va 1
-firmalarining
k
о‘rsatkichlaridan yuqori
𝑀
𝑖
< 1
8
1-firmaning
k
о‘rsatkichi о‘zining va
2-firmaning
k
о‘rsatkichidan yuqori
9
1,2 Firmalarning
k
о‘rsatkichlari
о‘zaro teng
va
о‘z
kо‘rsatkichlaridan
yuqori
10
2-firmaning k
о‘rsatkichi 1
-
firma va
о‘
z k
о‘rsatkichlariga
qaraganda yuqori
Manba:
muallif ishlanmasi.
1, 2 va 3 kvadrantlardagi kо‘rsatkichlar qiymatini olishda о‘z kо‘rsatkichlari potensial
sheriklarnikidan yuqori, 7 va 10 kvadrantlarda - 2-
firma eng yuqori kо‘rsatkichlarni, 8
-
kvadrantda 1-
firmaning kо‘rsatkichlari tahlilning boshqa ishtirokchilariga qara
ganda yuqori
bо‘ladi. Korxonalarning о‘zaro munosabatlar salohiyatini baholashning tavsiya etilayotgan
protsedurasining afzalligi - bu munosabatlar munosabatlarining obyekti va turini belgilaydigan
aniq kо‘rsatkichlarni aniqlash, о‘zaro munosabatlar yordamida tenglashtirilishi zarur bо‘lgan
omillarni tanlash nuqtai nazaridan kо‘p qirrali bо‘lishidir.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
45
Shu bilan birga, indikatorning iqtisodiy mohiyati bо‘yicha baholash tendensiyasini
belgilab, kо‘rsatkichlar qiymatlarining mumkin bо‘lgan kо‘p yо‘nalishini hisobga olish kerak.
Bu shuni anglatadiki, ayrim kо‘rsatkichlarni tavsiflovchi ba’zi kо‘rsatkichlarn
ing kerakli
qiymati, ikkinchisining iqtisodiy talqiniga kо‘ra, korxona samaradorligini ta’minlash uchun
minimal darajaga intilishi kerak, binobarin ushbu kо‘rsatkich uchun indikatorning pastroq
qiymati firmaning о‘zaro munosabatlar salohiyatini ijobiy tavs
iflaydi.
Xususan, agar 1-
firma uchun «birlik xarajatlari» kо‘rsatkichi о‘z kо‘rsatkichidan yuqori
bо‘lsa
-
kvadrant 8, unda mahsulotni о‘zi ishlab chiqarishi samaraliroq bо‘ladi va 1 va 2
-
firmalarning mahsulot tannarxini pasaytirishga yо‘naltirilgan о‘zaro munosaba
tlar strategiyani
amalga oshirish uchun mos emas, binabarin ushbu firmalar bilan hamkorlik qilganda, ishlab
chiqarish siklining bosqichini aloqadorlik obyekti sifatida tanlash о‘rinli emas.
О‘zaro munosabatlar strategiyalarini amalga oshirish shakllarining xilma
-xilligi
tо‘qimachilik korxonasi boshqaruviga zamonaviy kooperativ munosabatlarni о‘z mustaqilligini
yо‘qotmagan holda ularning о‘ziga xos rivojlanish muammolarini hal etishga moslasht
irish
imkonini beradi. О‘zaro munosabatlar strategiyasini amalga oshirish shartlaridan biri
salohiyatli biznes hamkorlar sonining yetarlicha bо‘lishligi hisoblanadi.
Bizningcha, strategik rejalashtirish jarayonida turli darajadagi boshqaruvchilar,
menejerlar va mutaxassislar о‘rtasida ijodiy о‘zaro munosabatlar bо‘lishi va ularning
munosabatlarida rasmiyatchilik darajasi о‘ta past bо‘lishi kerak. Shunga kо‘ra, ichki
kommunikatsiyalar gorizontal, vazifaviy yoki tarmoqlangan, nazoratsiz, maqsad va rejalarni
amalga oshirishga qaratilgan va loyiha jamoasining faoliyatini baholash - maqsadlarga
erishishga qaratilgan bо‘lishi kerak.
Korxonalarning boshqaruv usullarini takomillashtirish tobora murakkab iqtisodiy muhit
sohasida yuz bermoqda. Bu bizni strategik va tezkor menejmentga yangicha yondashuvlarni
izlashga imkon beradi. Shuni ta’kidlash muhimki, iqtisodiy vaziyatning murakkablig
i
iqtisodiyotdagi tarkibiy о‘zgarishlar va ijtimoiy ishlab chiqarish yо‘llariga asoslanadi, bunda bir
texnologik rejimdan ikkinchisiga о‘tishlar amalga oshiriladi. Shuning uchun ham zamonaviy
iqtisodiy sharoitda boshqaruv fanining barcha yutuqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan
va mavjud vaziyatni aniq anglagan holda eng yangi boshqaruv usullari muhim ahamiyat kasb
etadi.
Xulosa va takliflar.
Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida tо‘qimachilik korxonalarida strategik
rejalashtirishni takomillashtirishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
- strategik rejalashtirish gender siyosatini samarali oshirishga qaratilgan rivojlanish
imkoniyatlarini topishga qaratilgan bо‘lishi kerak;
-
strategik rejalashtirishning asosiy g‘oyasi korxonaning istiqboldagi faoliyatini
tavsiflovchi strategiya yoki strategik rejani ishlab chiqishgina emas, balki asosiy g‘oya va harakt
korxonaning rivojlanishi uchun barcha mavjud imkoniyatlarni aniqlash, ishlash va baholash va
ularni amalga oshirishni rejalashtirishga qaratilishi lozim;
-
tо‘qimachilik korxonasi yangi g‘oyalarni ishlab chiquvchi, mavjud holatni baholaydigan
va yangilik kirituvchi doimiy guruhlarga ega bо‘lishi lozim;
- mulk egalari va ijrochi menejerlar strategik mantiq - rivojlanish jarayoni, mazmuni,
tushunchasi va rivojlanish strategiyasini amalga oshirish shakllarini belgilovchi tamoyillar
majmuini ishlab chiqishlari lozim;
-
strategik reja tо‘qimachilik korxonasi uchun muhim samaralar majmuini yaratish va
amalga oshirishni nazarda tutishi lozim;
- strategiya (strategik reja)ni amalga oshirishning tashkiliy mexanizmi loyihalarni
boshqarishdan iborat bо‘lib, ularning har biri aniq strategik maqsadga erishishga qaratilgan va
rejali sinergetik samara ta’sirini kо‘rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
46
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Ackoff R. A (1970). Concept of Corporate Planning. N. Y., 158 p.
Branch M. (1962) The Corporate Planning Process. American Management Association, Inc.N.Y.
Chandler A.D., (1962) Jr. Strategy and Structure: Chapters in the History of the Industrial
Enterprise. Cambridge: MIT Press, 463 p.
Dam A.V. (1969). Strategic planning for Corporate Growth in Developing Countries // Long
Range Planning. September. P. 9-11.
King W.R., Cleland D.J. (1976) Strategic Planning and Policy. N. Y.
Lorange P.I., Vancil R.F. (1977). Strategic Planning Systems. Englewood Cliffs (N.J.): Prentice
Hall, 364 p.
Mainer R. (1965) The Impact of Strategic Planning on Executive Behavior, Boston Safe
Deposit and Trust Company. Boston, Mass.
Steiner G. (1979). Strategic Planning. Free Press, N.Y., 383 p.
Steiner G. (2012.) Pitfalls in Comprehensive Long Range Planning. Planning Executives
Institute.
Tilles S. (1964) Strategic Planning in the Multidivisional Company, Boston Safe Deposit and
Trust Company, Boston, Mass.
Исаев
Р
. (2021)
Сифат
менежменти
ва
стратегик
бошқариш
интеграциялашган
тизимининг
методологик
ёндашувларини
такомиллаштириш
//
Иқтисодиёт
ва
таълим
.
–
№.
5.
–
С
. 173-177.
Исаева Е.А. (2016). Стратегический менеджмент в финансово
-
кредитных
организациях: учебное пособие / Е.А. Исаева. –
М.: КНОРУС,
-
174 с.
Казакова Н.А., и др.
(2018).
Стратегический менеджмент: учебник. М.: ИНФРА
-
М,–
320 с.
