REGULATORY AND LEGAL BASIS OF THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND ENTREPRENEURIAL ACTIVITIES IN UZBEKISTAN

Abstract

This article talks about laws, decisions and presidential decrees related to the development of small business and entrepreneurship in Uzbekistan. Since the first years of independence, Uzbekistan has paid great attention to the development of the legislation and legal framework for entrepreneurship, the protection of the rights of entrepreneurs, the organization of their financial support, the training and retraining of personnel, and the development of the market infrastructure serving small businesses.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Fayziyeva, A. (2024). REGULATORY AND LEGAL BASIS OF THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND ENTREPRENEURIAL ACTIVITIES IN UZBEKISTAN. Economic Development and Analysis, 2(8), 37–41. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48903
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about laws, decisions and presidential decrees related to the development of small business and entrepreneurship in Uzbekistan. Since the first years of independence, Uzbekistan has paid great attention to the development of the legislation and legal framework for entrepreneurship, the protection of the rights of entrepreneurs, the organization of their financial support, the training and retraining of personnel, and the development of the market infrastructure serving small businesses.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

37


OʻZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING MEʼYORIY

-HUQUQIY ASOSLARI

Fayziyeva Aziza Azamat qizi

Termiz davlat universiteti

ORCID: 0009-0001-9469-4896

azizajavdat@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini

rivojlantirishga oid qonunlar, qarorlar va prezident farmonlari haqida soʻz yuritilgan. Oʻzbekiston

mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab tadbirkorlikka oid qonunchilik va huquqiy

bazani rivojlantirish, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularni moliyaviy qoʻllab

-

quvvatlashni tashkil etish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kichik biznesga xizmat

koʻrsatadigan bozor infratuzilmasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Kalit soʻzlar:

qonun, qaror, Prezident farmoni, vazirlar mahkamasining qarorlari,

meʼyoriy

-huquqiy baza.

НОРМАТИВНО

-

ПРАВОВАЯ БАЗА РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА И

ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Файзиева Азиза Азамат кизи

Термезский

государственный университет

Аннотоция.

В данной статье рассказывается о законах, постановлениях и указах

президента, связанных с развитием малого бизнеса и предпринимательства в

Узбекистане. С первых лет независимости в Узбекистане большое внимание уделяется
развитию законодательства и правовой базы предпринимательства, защите прав

предпринимателей, организации их финансовой поддержки, подготовке и

переподготовке кадров, развитию направляется рыночная инфраструктура,

обслуживающая малый бизнес.

Ключевые слова:

закон, постановление, указ президента, решения Кабинета

Министров, правовая база.

REGULATORY AND LEGAL BASIS OF THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS

AND ENTREPRENEURIAL ACTIVITIES IN UZBEKISTAN

Fayziyeva Aziza Azamat qizi

Termiz State University

Annotation.

This article talks about laws, decisions and presidential decrees related to the

development of small business and entrepreneurship in Uzbekistan. Since the first years of

independence, Uzbekistan has paid great attention to the development of the legislation and legal

framework for entrepreneurship, the protection of the rights of entrepreneurs, the organization

of their financial support, the training and retraining of personnel, and the development of the
market infrastructure serving small businesses.

Key words:

law, decision, presidential decree, decisions of the Cabinet of Ministers, legal

framework.

UO

K: 33-2964

VIII SON

AVGUST, 2024

37-41


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

38

Kirish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va

daromadlarini oshirishning muhim omillaridan biridir. Bu borada kichik tadbirkorlik

subyektlarni qoʻllab

-

quvvatlash maqsadida keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining 50 dan ortiq farmon va qarorlari, vazirlar mahkamasining qarorlari qabul
qilindi.

Oʻtgan yillar davomida Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

rivojlantirishni qoʻllab

-quvvatlashga qaratilgan qator qonunlar, farmon va dasturlar qabul

qilindi. Jumladan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkor

likka

keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora

-tadbirlar

toʻgʻrisida” 09.03.2019 №PQ

-

4231 sonli qarori; “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat

dasturlari

doirasida

amalga

oshirilayotgan

loyihalarni

kreditlash

tartibini

takomillashtirishning qoʻshimcha chora

-

tadbirlari toʻgʻrisida” gi 25.10.2019 №PQ

-4498 sonli

qarori; “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes

tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qoʻshimc

ha chora-tadbirlar

toʻgʻrisida”gi 02.04.2024 №PQ

-

149 sonli qarori; “Qishloq xoʻjaligi va oziq

-ovqat mahsulotlarini

yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan

muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi 01.04.2024

№PQ

-

146 qarori; “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab

-

quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora

-

tadbirlar toʻgʻrisida” gi 07.03.2024 №PQ

-

115 sonli qarori; “Aholini kichik va oʻrta biznesga keng

jalb qilishning qoʻshimcha chora

-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi 16.11.2023 №PQ

-366 sonli qarori;

“Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab

-quvvatlash chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi 16.09.2023 №PQ

-

306 sonli qarori; “Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya

muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha

chora-

tadbirlar toʻgʻrisida”gi 23.08.2021 №PQ

-5228 sonli qarori;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab

-

quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi 11.11.2023 №PF

-193

Farmoni;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab

-

quvvatlash» kompleks dasturini amalga oshirish chora

-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi 20.01.2024

№181 sonli qarori; “Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiya

sini 2024-

2025 yillarda amalga oshirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida” gi 14.03.2024 №128 sonli qarori;

“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab

-

quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora

-

tadbirlari toʻgʻrisida 22.01.2024 №37 sonli qarori; “Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida

oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirish

orqali kambagʻallikni qisqartirish chora

-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi 09.08.2021№504 sonli qarori

hamda boshqa bir qator qarorlar va farmonlar qabul qilingan.


Adabiyotlar sharhi.

Tadbirkorlik tushunchasi hozirgi kunda keng qoʻllaniladigan tushunchalardan biri

hisoblanadi. Bu atamaga turli davr olimlari turlicha taʼrif berishgan. Garchi olimlarning taʼriflari

turlicha boʻlsa

-da, ular bir-birini inkor etmaydi, aksincha bir-

birini toʻ

ldirish uchun xizmat

qiladi. Smitning (1962) biznes va tadbirkorlikni shaxsiy foyda olish uchun tavakkalchilik tijorat

gʻoyasini amalga oshiruvchi mulkdor deb taʼriflaydi. Mulkdor ishlab chiqarishni tashkil qiladi,

rejalashtiradi, uning natijalarini oʻzlas

htiradi.

Mashhur amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeter (1883-

1950) oʻzining «Iqtisodiy rivojlanish

nazariyasi» kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi odam) deb taʼriflagan

(Шумпетер, 1982).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

39

Iqtisodchi olim Xayn (1989) esa tadbirkorlik tushunchasiga boshqacha yondashgan.

Uning fikricha, tadbirkorlik faoliyat boʻlmasdan, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab

topish, xatti-

harakatlarni taʼminlashdir.

Amerikalik olim Xizrich (1991), «Tadbirkorlik oʻz qiymatiga ega boʻlgan qandaydir yangi

narsani yaratish jarayoni, tadbirkor esa buning uchun barcha zarur vaqti va kunini
sarflaydigan, barcha moliyaviy, psixologik va ijtimoiy xavf-

xatarni o ‘ziga olib, eva

ziga mukofot

sifatida pul va erishilgan yutugʻidan qanoatlanuvchi shaxs», –

deb taʼkidlaydi.

Avstraliyalik iqtisodchi olim Fridrix Fon Xayn (1989) tadbirkorlik tushunchasiga

boshqacha yondashgan. Uning fikricha, tadbirkorlik faoliyat boʻlmasdan, balki yangi iqtisodiy

imkoniyatlarni izlab topishi, xatti-

harakatlarni taʼminlashdir.

Respublikamiz iqtisodchi olimlaridan Oʻlmasov (1995) tadbirkorlikni “kishilarning

moddiy va pul mablagʻlarini amalda xoʻjalik oborotiga tushirib, daromad topishga moʻljallangan

iqtisodiy faoliyat” deb taʼriflagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot metodologiyasi sifatida ilmiy mushohada, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik tahlil,

prognozlash usullaridan foydalaniladi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mazkur hujjat va dasturlar Oʻzbekiston hukumati tomonidan mamlakatimizda kichik

biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi saʼy

-harakatlarning

bir qismidir. Ular qulay sarmoyaviy muhitni yaratish, moliyaviy resurslardan foydalanish

imkoniyatlarini yaxshilash va yangi biznes loyihalarini rivojlantirishga koʻmaklashishga

qaratilgan.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka

keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora

-tadbirlar

toʻgʻrisida” 09.03.2019 №PQ

-4231 sonli qarori doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tadbirkorlikni boshlamoqchi boʻlgan va mavjud tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar

ajratildi; oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun alohida kredit liniyalari ochildi va bu

boʻyicha dasturlar ishlab chiqildi; tadbirkorlikka qiziqqan

aholi uchun treninglar va seminarlar

tashkil qilish yoʻlga qoʻyildi; mahalliy va xalqaro ekspertlar jalb qilinib, tadbirkorlik boʻyicha

maslahat xizmatlari koʻrsatish tartibi joriy qilindi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini

qoʻllab

-quvvatlash uchun maxsus sanoat zonalari va texnoparklar tashkil etildi, tadbirkorlar

uchun zarur boʻlgan xomashyo va resurslarni yetkazib berish tizimi takomillashtirildi.

Aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik biznesni uzluksiz

qoʻllab

-

quvvatlash» kompleks dasturini amalga oshirish chora

-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi

20.01.2024 №181 sonli qarori doirasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Jumla

dan, kichik

biznes subyektlari uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. Moliyaviy qoʻllab

-quvvatlash

vositalaridan foydalanish boʻyicha ariza loyiha tashabbuskori tomonidan mustaqil ravishda
yoki markazlarning koʻmagi bilan Biznes portal orqali taqdim etiladi.

Loyiha tashabbuskori oʻz

arizasida quyidagi moliyaviy qoʻllab

-quvvatlash vositalaridan birini yoki bir nechtasini

koʻrsatishi mumkin:

Agar tadbirkorlik subyektlari 100 mln. soʻm kredit olishni rejalashtirgan boʻlsa, bu

miqdordagi kredit kichik biznes subyektlari uchun garovsiz tarzda taqdim qilinadi. Bundan

tashqari, 150,0 mln. soʻmgacha garov talabi pasaytirilgan kredit;

500,0 mln. soʻmgacha kredit

-

1 mlrd. soʻmgacha garov evaziga;

1,5 mlrd. soʻmgacha foizsiz boʻlib toʻlash sharti bilan qarzga asosiy vosita olib berish;

2,0 mlrd. soʻmgacha grant mablagʻlari taqdim etish. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga

tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 100 mln. soʻmgacha garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi

ularning bank kartasiga oʻtkazib berilishi mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

40

Vazirlar mahkamasining ushbu qarori doirasida amalga oshirilgan ishlardan

tadbirkorlarga qulaylik tugʻdirganlaridan yana biri bu roʻyxatga olish tizimini osonlashtirilgani

desak mubolagʻa boʻlmaydi. 2017

-

yilgacha boʻlgan davr mobaynida tadbirkorlik subyektlari oʻz

korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun har bir vakolatli organga borib, juda ham koʻp vaqt va

kuch sarflashgan. Soʻnggi yillarda qabul qilingan chora

-tadbirlar natijasida esa 2017-yil 1-

apreldan 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektla

rini davlat roʻyxatidan

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga integratsiyalashgan

Internet tarmogʻidagi Tizim orqali kuchayu

-

kunduz oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibi joriy

qilindi. Aytish lozimki, bu jihat ham tadbirkorl

arga oʻziga xos yengilliklar yaratib berdi.

1-jadval

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan

oʻtkazish uchun belgilangan muddatlar

Manba:

lex.uz maʼlumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

Xulosa va takliflar.

Soʻnggi yillarda “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab

-

quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora

-

tadbirlar toʻgʻrisida”gi 07.03.2024 №PQ

-115 sonli Prezident qarori doirasida hududlarda

meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, ularning eksport qilish darajasini oshirish, kichik

ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab

-

quvvatlash va ragʻbatlantirish, ekin ekishga yaroqli

boʻlgan yerlardan foydalanish darajasini yanada osh

irish va mahalliy yer egalarining daromad

darajasini oshirish maqsadida bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Bular jumlasiga

respublikamizning 54ta tumanida namunaviy oʻquv

-tajriba maydonlari tashkil etilib,

eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag

ʻbatlantirish, meva

-sabzavotlarni shok usulida

muzlatishni yoʻlga qoʻyish, muzlatgichli omborxona, foydalanishga tayyor issiqxona, qadoqlash,

qayta ishlash sexlarini aholiga oʻn ikki oy muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga berish

kabi yangi loyihalar amalga oshirildi. Ishlab chiqilgan bu dasturlar aholi farovonligini oshirish,
yashash sharoitlarini yaxshilash, bandlik darajasini oshirish hamda hududning iqtisodiy

rivojlanish darajasini koʻtarishga xizmat qilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar hududlarda aholini

tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda sezilarli oʻzgarishlarga

olib keldi. Bu meʼyoriy

-huquqiy baza natijasida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi tezlashdi

va aholining iqtisodiy faolligi oshdi.

T/r

Tadbirkorlik faoliyati shakllarining nomi

Davlat roʻyxatidan

oʻtkazishning belgilangan

muddatlari

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish

1.

Yakka tartibdagi tadbirkor, shu

jumladan, dehqon xoʻjaligi,

oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati subyektlari

Real vaqt rejimida, lekin 30

daqiqadan oshmagan vaqtda

2.

Tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllari

Real vaqt rejimida, lekin 30

daqiqadan oshmagan vaqtda

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish

3.

Dehqon xoʻjaligi, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik

faoliyati subyektlari boshligʻi oʻzgarganda

Real vaqt rejimida, lekin 30

daqiqadan oshmagan vaqtda

4.

Taʼsis hujjatlariga ustav fondi

miqdorining oshirilishi, ulushning

boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritilganda

16 ish soatidan oshmagan

vaqtda

5

Roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga (taʼsis hujjatlariga)
kiritilayotgan boshqa oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar

kiritilganda

Real vaqt rejimida, lekin 30

daqiqadan oshmagan vaqtda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

41

Ushbu chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar hududlarda aholini

tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda sezilarli oʻzgarishlarga

olib keldi. Bu meʼyoriy

-huquqiy baza natijasida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi tezlashdi

va aholining iqtisodiy faolligi oshdi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Smit Adam. (1962) Issledovaniyao prirode I prichine bogatstvo narodov. -M. Sotsekgiz, - 332-

334 S.

Хайн Ф. (1989) Конкуренция как процедура открытия. «Мировая экономика и

международные отношения» журнали, 12,

-36-38-6.

Xayn F. (1989) konkurensiya kak protsedura otkritiya. “Mirovaya ekonomika I

mejdunarodnie otnosheniya” jurnali, 12

-son.

O’lmasov A., Sharifxo’jayev M. (1995)

Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.

T.: Mehnat, -192-bet.

Хизрич Р., Питерс С. (1991) Предпринимательство. –М., 20

-6.

Шумпетер Й. (1982) Теория экономического развития. –М., 29

-6.

References

Smit Adam. (1962) Issledovaniyao prirode I prichine bogatstvo narodov. -M. Sotsekgiz, - 332- 334 S.

Хайн Ф. (1989) Конкуренция как процедура открытия. «Мировая экономика и международные отношения» журнали, 12, -36-38-6.

Xayn F. (1989) konkurensiya kak protsedura otkritiya. “Mirovaya ekonomika I mejdunarodnie otnosheniya” jurnali, 12-son.

O’lmasov A., Sharifxo’jayev M. (1995) Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. –T.: Mehnat, -192-bet.

Хизрич Р., Питерс С. (1991) Предпринимательство. –М., 20-6.

Шумпетер Й. (1982) Теория экономического развития. –М., 29-6