Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
197
OʻZBEKISTON EKSPORTINING OʻSISH OMILLARI: MAHSULOT VA BOZOR
DIVERSIFIKATSIYASI TAHLILI
О
t
а
mur
о
d
о
v Sh
а
vk
а
t
Termiz iqtisоdiyоt vа servis universiteti
ORCID: 0000-0003-2464-8103
Eshqulova Nasiba
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
ORCID: 0009-0008-4177-4084
Annotatsiya.
Maqolada 2017
–2024 yillar davomida Oʻzbekiston eksportining tarkibiy
diversifikatsiyasi empirik jihatdan tahlil qilinadi. Gorizontal diversifikatsiya eksport qilinayotgan
mahsulotlar soni va Herfindal
–
Hirshman indeksi asosida, vertikal diversifikatsiya esa
mahsulotlarning oʻrtacha eksport qiymati orqali baholangan. Regressiya natijalari shuni
koʻrsatadiki, eksport qilinayotgan mahsulotlar sonining ortishi eksport hajmiga ijobiy va
ahamiyatli taʼsir koʻrsatadi. Uzoq xorij mamlakatlari bilan savd
o aloqalarida esa
mahsulotlarning nafaqat soni, balki ularning yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlishi ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu vertikal diversifikatsiyani rivojlantirish zarurligini koʻrsatadi. Tadqiqot
shuningdek, Oʻzbekiston eksportining ayrim
mahsulotlarga, xususan, oltinga yuqori darajadagi
qaramligini aniqladi. Yuqori transport xarajatlarini hisobga olgan holda, qayta ishlangan,
innovatsion va raqobatbardosh mahsulotlarni eksport qilish Oʻzbekiston tashqi savdosining
barqarorligini taʼminlash
da muhim hisoblanadi.
Kalit soʻzlar
:
eksport diversifikatsiyasi, gorizontal diversifikatsiya, vertikal diversifikatsiya,
eksport hajmi, iqtisodiy barqarorlik.
ФАКТОРЫ РОСТА ЭКСПОРТА УЗБЕКИСТАНА: АНАЛИЗ ТОВАРНОЙ И
ГЕОГРАФИЧЕСКОЙ ДИВЕРСИФИКАЦИИ
Отамуродов Шавкат
Термезский университет экономики и сервиса
Эшкулова Насиба
Термезский университет экономики и сервиса
Аннотация.
В
статье
проведён
эмпирический
анализ
структурной
диверсификации экспорта Узбекистана за 2017–2024 годы. Горизонтальная
диверсификация оценивалась по количеству экспортируемых товаров и индексу
Херфиндаля–Хиршмана, вертикальная –
на основе средней экспортной стоимости.
Результаты регрессии показывают, что увеличение числа экспортируемых товаров
положительно и значимо влияет на объём экспорта, особенно в страны ближнего
зарубежья. Для стран дальнего зарубежья важно не только разнообразие товаров,
но и
их высокая добавленная стоимость, что подчёркивает необходимость развития
вертикальной диверсификации. Также выявлена высокая зависимость от экспорта
UO‘K:
339.564
VI SON - IYUN, 2025
197-205
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
198
отдельных товаров, особенно золота. В условиях высоких транспортных затрат для
Узбекистана особенно актуально наращивание экспорта переработанных и
высокотехнологичных товаров.
Ключевые слова:
диверсификация экспорта, горизонтальная диверсификация,
вертикальная диверсификация, объём экспорта, экономическая устойчивость.
DETERMINANTS OF UZBEKISTANʼS EXPORT GROWTH: AN ANALYSIS OF
PRODUCT AND MARKET DIVERSIFICATION
О
t
а
mur
о
d
о
v Sh
а
vk
а
t
Termez University of Economics and Service
Eshkulova Nasiba
Termez University of Economics and Service
Abstract.
This paper presents an empirical analysis of Uzbekistanʼs export structural
diversification during 2017
–
2024. Horizontal diversification is measured by the number of
exported products and the Herfindahl
–
Hirschman Index, while vertical diversification is evaluated
through average unit export values. Regression results reveal that an increase in the number of
exported products significantly boosts export volume, especially for trade with neighboring
countries. For distant markets, both product variety and higher value-added goods play an
important role, emphasizing the need to promote vertical diversification. The study also finds a
high dependency on a limited number of export items, particularly gold. Given Uz
bekistanʼs
landlocked position and high transport costs, shifting toward processed, value-added, and
technologically advanced exports is essential for sustainable growth.
Keywords:
export diversification, horizontal diversification, vertical diversification, export
volume, economic stability.
Kirish.
S
o‘
nggi
o‘
n yilliklarda globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, xalqaro bozorlar
dinamikasi va raqobatning keskinlashuvi milliy iqtisodiyotlar oldida turli xavf-xatarlarni
yuzaga keltirmoqda. Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar, pandemiya, siyosiy
kelishmovchiliklar vujudga kelgan savdo cheklovlar barcha mamlakatlar uchun bu kabi
muammolarning milliy iqtisodiyotga zararini minimallashtirish choralarini ishlab chiqish
zarurligini yana bir bor ko
ʼ
rsatdi. Shu nuqtai nazardan, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini
taʼminlashning asosiy vositalaridan biri tashqi savdo diversifikatsiyasi hisoblanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida tashqi savdo diversifikatsiyasi muhim.
Eksportning bir nechta mahsulot va bozorga qaram boʻlishi iqtisodiyotning oʻzgaruvchan
tashqi muhitdan yuqori darajada taʼsirlanishiga olib keladi. Shu sababli ishlab chiqarish va
tashqi savdo diversifikatsiyasi milliy iqtisodiyotning muhim strategik yoʼnalishlaridan biri
boʻlib hisoblanadi.
Savdo diversifikatsiya har doim ham ijobiy natija bermasligi mumkin. Iqtisodiy
adabiyotlarda notoʻgʻri boshqarilgan yoki yetarli institutsional tayyorgarliksiz amalga
oshirilgan diversifikatsiya iqtisodiy oʻsishga hissa qoʻshmasligi bilan birga resurslarn
ing
samarasiz taqsimlanishiga olib kelishi mumkinligi qayd etilgan. Bugungi kunda koʻplab
davlatlar iqtisodiy oʻsishni faqat bir necha resurs yoki xomashyo turi hisobiga taʼminlash
oʻrniga, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tarmoqlarni rivojlantirish, ishlab
chiqarishni
kengaytirish va yangi bozorlar qidirish orqali oʻz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga
intilmoqda. Tashqi savdo diversifikatsiyasiga oid tadqiqotlarda uning ikki asosiy turi, vertikal
va gorizontal diversifikatsiyaning eksport va mamlakat
iqtisodiy barqarorligiga taʼsiri
oʻrganilgan. Vertikal diversifikatsiya iqtisodiyotdagi mavjud tarmoqlarda xom ashyo oʻrniga
tayyor, qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar eksportini koʻpaytirishni nazarda tutadi,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
199
Gorizontal diversifikatsiya undan farqliroq, mamlakatning yangi, turlicha mahsulotlar yoki
xizmatlar turlarini eksport qilishni boshlashi, yaʼni mavjud mahsulotlardan tashqari boshqa
tarmoqlarda ham eksport faoliyatini rivojlantirishi nazarda tutiladi. Vertikal diversifikatsiya
eksportda qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar paydo boʻlishi hisobidan uning
foydaliligini oshirish, uning xom ashyoga bogʻliqligini kamaytirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Gorizontal diversifikatsiya eksport tarkibida yangi
mahsulotlarning paydo boʻlishi, tashqi
bozorlardagi oʻzgarishlarga moslashuvchanlikni oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga
gorizontal diversifikatsiya yangi tarmoqlarni shakllantirish, ularning tashqi bozorlardagi
raqobatbardoshligini oshirish uchun katta investitsiya va vaqt talab yetadi. Shu sababli
koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro qoʻshilgan qiymatlar zanjirida oʻrin olish
orqali vertikal diversifikatsiyani taʼminlash eksportni koʻpaytirish uchun muhim hisoblanadi.
Shu sababli m
amlakatimiz eksportida diversifikatsiya qaysi yoʻnalishda amalga
oshirilayotganligi, ularning eksport oʻsishidagi hissasini aniqlash dolzarb masaladir. Ushbu
maʼlumotlar asosida mamlakatimiz tashqi savdo siyosatini takomillashtirish va eksport hajmini
barq
aror oʻsishini taʼminlashi mumkin boʻladi.
Adabiyotlar sharhi.
Eksport diversifikatsiyasi boʻyicha zamonaviy tadqiqotlar eksport strukturasini
kengaytirish va chuqurlashtirishning iqtisodiy oʻsish va barqarorlikka ijobiy taʼsirini izchil
asoslab bermoqda. Diversifikatsiyaning nazariy asoslari va uning strategik ahamiyati S. Dhir
tomonidan keng yoritilgan boʻlib, muallif turli yondashuvlarni umumlashtiradi (Dhir, 2015). Bu
tadqiqotda eksportning gorizontal va vertikal diversifikatsiyasiga taʼsir omillari qayd etilgan.
Shu bilan birga bu tadqiqotda asosan mikro darajada korxonalarning diversifikatsiyasiga oid
tadqiqotlar oʻrganilgan, a asosan firmalarga taʼsiri baholangan. Eksport diversifikatsiyasi orqali
iqtisodiyotda tashqi ijobiy samara va yangi imkoniyatlar yaratish masalasi Herzer va Nowak-
Lehmann tomonidan tadqiq etilgan (Herzer & Nowak-Lehmann, 2004). Bu tadqiqotda Chilining
eksport va iqtisodiy oʻsishga oid 40 yillik maʼlumotlar tahlil asosida mamlakatda vertikal
diversifikatsiyasining iqtisodiy oʻsishiga taʼsiri pastligi, buning asosiy sababi bu diversifikatsiya
qishloq xojalik eksporti hisobidan amalga oshirilganligi, yuqori texnologiyali tarmoqlar
ishtiroki sustligini qayd etgan.
Alemu Afrika va Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasida gorizontal va vertikal
diversifikatsiyaga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganib bu hududlarda omillar taʼsiri farqlanishini
koʻrsatib bergan (Alemu, 2008). Xususan, xorijiy investitsiyalar Sharqiy Osiyoda
vertikal va
gorizontal diversifikatsiyani tezlashtirsa, Afrikada faqat vertikal diversifikatsiyaga taʼsir
koʻrsatgan. Inson kapitalining ham Sharqiy osiyda taʼsiri yuqori boʻlgan. Afrika mamlakatlarida
siyosiy beqarorlik savdo diversifikatsiyaga salbiy taʼsiri etuvchi asosiy omillardan biri boʻlgan.
Vertikal diversifikatsiya oid tadqiqotlarni boshqa ishlarda ham koʻrishimiz mumkin. Pahl va
Timmer tadqiqotida global qiymat zanjirlari (GVCs) rivoji natijasida vertikal ixtisoslashuv
1990-yillardan boshlab sezi
larli darajada oʻsganligi, biroq 2008
-yilgi global moliyaviy
inqirozdan keyin sekinlashganligini aniqlashgan (Pahl & Timmer, 2019). Vertikal
diversifikatsiya jarayonlarining hududiy farqlari ham bor, Osiyoning rivojlanayotgan
mamlakatlari xalqaro qoʻshilgan qiymatlariga qoʻshilish jarayoni nisbatan tezroq amalga
oshgan, Yevropa mamlakatlarida sezilarli oʻzgarish boʻlmagan, tabiiy resurslar eksportiga
qaram mamlakatlarda vertikal diversifikatsiya jarayonlari sust boʻlgan. Raudszus va boshqalar
vertikal diver
sifikatsiyani kompaniyalar darajasida koʻrib chiqib, bu ularning daromadliligini
oshirish qayd etganlar (Raudszus, Schiereck, & Trillig, 2014).
Eksport diversifikatsiyaning uning tarkibining oʻzgarishi taʼminlaydi, uning iqtisodiy
rivojlanishda ijobiy taʼsiri sezilarli boʻlishi uchun tarkib sifati ham oshishi lozim. Yaʼni eksport
oʻsishi miqdor yoki sifat (narx) hisobidan boʻladi, tadqiqotlar koʻr
satishicha, rivojlanayotgan va
tabiiy resurslarga boy mamlakatlarda eksportning oʻsishida asosan miqdor muhim oʻrin tutadi
(Otamurodov et al., 2016). Eksport diversifikatsiyasi siyosati oʻsish barqarorligida asosiy vosita
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
200
ekanini empirik tadqiqot natijalari ham isbotlaydi (Amiri & Beshkhoor, 2017). Bu kabi natijalar,
yaʼni, eksport diversifikatsiyasi va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi ijobiy bogʻliqlik koʻplab boshqa
tadqiqotlarda ham koʻrish mumkin (Sannassee, Seetanah, & Lam
port, 2014). Tabiiy resurslarga
boy (ayniqsa neft) mamlakatlarda diversifikatsiya eksport tarkibida yuqori texnologiyaga
asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga koʻmaklashishini
koʻrsatadi (Haini, Loon, & Li, 2023).
Oʻzbekiston boʻyicha olib borilgan tadqiqotlarda milliy eksportning xomashyo
mahsulotlariga bogʻliqligi, tarmoqlararo diversifikatsiyani kengaytirish zarurligi ham asoslab
berilgan. Buning uchun Oʻzbekiston eksportida diversifikatsiya strategiyasini takomi
llashtirish
muhim (Kodirjonov, 2020). Milliy eksportni diversifikatsiya qilishda asosiy muammo sifatida
logistika xarajatlarining yuqoriligi qayd etiladi (Normoʻminovna, 2023). Transport
xarajatlarining yuqoriligi oʻz navbatida mamlakatimiz tashqi savdosi
sanoqli bozorlarga
bogʻliqligi yuqoriligini saqlab qolmoqda, eksportchilarni qoʻllab
-quvvatlashning amaldagi
mexanizmining samaradorligi past, shu sababli uni takomillashtirish zarur (Otamurodov,
2022). Oʻzbekiston eksportining diversifikatsiyasini oshiris
hda kichik biznesning eksport
imkoniyatlarini toʻliq safarbar etish muhim (Eshkulova, 2024).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda Oʻzbekistonning 2017–
2024-yillardagi eksportiga oid xalqaro savdo
statistikasi tahlil qilinib, asosiy tendensiyalar, oʻzgarishlar va ularga taʼsir etuvchi omillar
aniqlangan. Tahlilda Xalqaro Standartlashgan Savdo Tasniflagichining 5-raqam darajasidagi
maʼlumotlardan foydalanilgan boʻlib, ushbu tasnifda uch mingdan ortiq mahsulot mavjud.
Mazkur tasnifni tanlash tarmoqlar kesimida diversifikatsiya darajasini aniqlash imkonini
yaratadi. Gorizontal diversifikatsiya eksportdagi tovarlar soni hamda Herfindal-Hirshman
indeksi yordamida, vertikal diversifikatsiya esa, eksport mahsulotlari oʻrtacha narxining
oshishi orqali baholandi. Olingan natijalarning savdo hajmlari bilan oʻzaro bogʻliqligi
ekonometrik modellashtirish asosida tahlil etildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
2017
–
2024-
yillar davrida Oʻzbekiston eksportining ijobiy oʻsish tendensiyasi kuzatildi.
Shuningdek, eksport tarkibidagi tovarlar soni ham sezilarli oshdi, 2017-yilda eksport
tarkibidagi tovarlar soni 962 ta boʻlgan boʻlsa, keyingi yillarda bu koʻrsatkich d
oimiy ravishda
oshib, 2022-yilda
—
1640 tagacha yetdi, keyingi yillarda biroz pasaydi (1-jadval). Bu
Oʻzbekiston eksportining gorizontal diversifikatsiya borasida ijobiy natijalarga erishganligini
koʻrsatadi.
1-jadval
Oʻzbekiston eksportining diversifikatsiyasi tahlili natijalari
Yillar
TS
Oʻ_Q
HHI
2017
962
1,540
0,209
2018
1031
1,768
0,170
2019
1105
6,417
0,127
2020
1343
5,373
0,123
2021
1476
7,460
0,078
2022
1640
4,871
0,069
2023
1597
6,503
0,112
2024
1559
6,145
0,142
Manba:
Jahon bankining maʼlumotlari asosida mualliflar hisob
-kitoblari.
Izoh:
TS- tovarlar soni; O/Q
–
oʻrtacha qiymati (yaʼni bir kg mahsulotning AQSh dollaridagi qiymati;
HHI
—
Herfindal-Hirshman indeksi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
201
Bunga mos ravishda eksportning konsentratsiya darajasini ifodalovchi Herfindahl-
Hirschman indeksi (HHI) 2017-
yilda 0,209 boʻlgan boʻlsa, 2022
-
yilda eng past koʻrsatkichga
(0,069) tushgan,. 2023 va 2024-
yillarda esa HHI qayta oʻsib, 0,112 va 0,142 ga yetgan
, bu esa
tovarlar soni kamayishi bilan bogʻliq boʻlib, ayrim yirik tovarlar ulushining oshganini
koʻrsatadi. Shunday boʻlsa
-da, umumiy nuqtai nazardan 2017-yilga nisbatan diversifikatsiya
darajasi nisbatan yuqori darajasiga erishgan. Yaʼni bu davrda diversifikatsiyasi oʻrtachadan
yuqori darajaga oʻsgan. Yuqoridagi ikkala koʻrsatkich ham (tovarlar soni va HHI) gorizontal
diversifikatsiyani ifodalaydi, shu sababli mamlakatimizda eksportning mazkur diversifikatsiya
turi boʻyicha ijobiy natija koʻrsatganligi toʻgʻrisida xulosa qilishimiz mumkin.
Vertikal diversifikatsiya koʻrsatkichlarini baholashda eksportning oʻrtacha qiymati (Oʻ_Q)
muhim ahamiyatga ega. Bu koʻrsatkich 2017
-
yilda $1,54/kg boʻlib kuzatilayotgan davrda
barqaror oshib borgan. Ayniqsa, 2019-yildan boshlab eksport tarkibida qayta ishlangan,
qoʻshilgan qiymati yuqori mahsulotlar ulushi ortganligini Oʼ_Q $6–7) koʻrishimiz mumkin.
2021-
yilda mazkur koʻrsatkich oʻsib
($7,46), 2022-yilda sezilarli pasaygan ($4,87). 2023 va
2024-yillarda yana oshgan (mos ravishda $6,5 va $6,4). Bu esa vertikal diversifikatsiya sifat
jihatdan barqaror emasligini hamda eksportning qiymatiga tor doiradagi mahsulotlar taʼsiri
yuqoriligidan dalolat beradi.
Tahlilimizda mamlakatimizning yuqoridagi diversifikatsiya koʻrsatkichlari mamlakatlar
kesimida ham oʻrganildi. Quyidagi jadvalda Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkorlari boʻyicha
eksport diversifikatsiyasi koʻrsatkichlari hisob
-kitoblari natijalari keltirilgan (2-jadval).
Tahlillar koʻrsatishicha, qoʻshni mamlakatlarga (Qozogʻiston va Qirgʻiziston) nisbatan koʻproq
turdagi mahsulotlarni yetkazib berilgan. Bu mamlakatlarga koʻp miqdorda tovarlar eksport
qilingan (2024-yil mos ravishda 858 va 928). Buning asosiy sababi sifatida geografik yaqinlik,
qulay logistika sharoiti va transport xarajatlarining pastligi bilan asoslashimiz mumkin. Yaʼni,
qoʻshni davlatlarga eksportda transport xarajatlari kam boʻlgani uchun ham turli toifadagi,
jumladan, qiymati nisbatan arzon xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni yetkazib berish
iqtisodiy jihatdan foydali boʻladi. Shu bilan birga Afgʻoniston ham qoʻshni mamlakat bolishiga
qaramasdan eksport qilingan tovarlar soni yuqoridagi mamlakatlarga nisbatan kam, ammo
soʻnggi yillarda ularning soni sezilarli koʻpaydi. Aksincha, uzoq xorij mamlakatlar ( Xitoy va
Turkiya) ga eksport qilingan tovarlar soni sezilarli kam. 2024-yilda Xitoyda 229 ta, Turkiyaga
370 turdagi tovar eksport qilingan. Shu bilan birga bu mamlakatlarga eksport qilingan
mahsulotlarning oʻrtacha narxi ancha yuqori (Xitoyda –
6.758 AQSh dollari/kg, Turkiyada
–
8.153 AQSh dollari/kg). Bu esa uzoq masofaga arzon mahsulot tashish transport xarajatlari
hisobidan iqtisodiy jihatdan samarasiz ekanligini va qayta ishlangan, q
oʻshilgan qiymati yuqori
mahsulotlar eksport qilish maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi. Nazarimizda uzoq xorijiy
mamlakatlarga vertikal diversifikatsiya, yaʼni mahsulotlarning qayta ishlangan va yuqori
qiymatli mahsulotlar orqali kengaytirish maqsadga muvofiq.
Rossiyaga yoʻnaltirilgan eksportning tahlil qiladigan boʻlsak, tovar turlari 2017
-2024-
yillar davomida 362 tadan 927 gacha oshgan, mahsulotlarning oʻrtacha qiymati esa 1.571 dan
7.628 AQSh dollargacha koʻtarilgan, Qiziqarlisi, bu mamlakat qoʻshni davlat boʻlmasa ham
tovarlar soni nisbatan yuqorigini koʻrishimiz mumkin. Nazarimizda bu bir tomondan Rossiya
bilan savdo munosabatlari sohasida koʻp yillik tajriba mavjudligi, ikkinchi tomondan, Rossiya
bozoriga mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha logistikanin
g samarali yechimlar topilganligi
bilan bogʻlashimiz mumkin.
Herfindal-
Hirshman indeksining mamlakatlar kesimida tahlili koʼrsatishicha,
diversifikatsiya darajasi barcha mamlakatlar uchun past, Bu mamlakatimiz eksportida yangi
tovarlar koʼpaysihi bilan, ular eksport hajmida ulushi yuqori emasligidan dalolat beradi.
Bizningcha, eksportning yaqin xorij mamlakatlarga oʼsishida gorizontal diversifikatsiya, uzoq
xorij mamlakatlarga esa, gorizontal diversifikatsiya bilan bir qatorda vertikal
diversifikatsiyaning ahamiyati yuqori boʼlgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
202
2-jadval
Mamlakat eksporti diversifikatsiyasining asosiy hamkorlar kesimida tahlili natijalari
Yillar
Afgʻoniston
Rossiya
Xitoy
TS
Oʻ_Q
HHI
TS
Oʻ_Q
HHI
TS
Oʻ_Q
HHI
2017
183
0,401
0,287
362
1,571
0,092
122
1,555
0,199
2018
147
0,546
0,268
414
1,619
0,089
95
2,184
0,252
2019
166
1,649
0,555
421
5,178
0,471
85
6,758
0,543
2020
353
1,640
0,601
467
4,913
0,324
122
4,590
0,413
2021
213
3,746
0,722
529
7,628
0,318
190
6,488
0,415
2022
211
5,565
0,713
927
4,956
0,309
179
5,393
0,462
2023
307
7,234
0,713
925
4,599
0,315
224
5,709
0,383
2024
601
2,986
0,606
764
3,923
0,315
229
5,196
0,309
Yillar
Qozogʻiston
Qirgʻiziston
Turkiya
TS
Oʻ_Q
HHI
TS
Oʻ_Q
HHI
TS
Oʻ_Q
HHI
2017
493
0,506
0,063
521
0,606
0,035
107
1,109
0,154
2018
501
0,607
0,110
551
0,919
0,062
134
2,666
0,220
2019
524
1,787
0,471
521
3,912
0,304
156
5,975
0,313
2020
628
1,115
0,379
758
3,907
0,317
156
5,383
0,323
2021
718
2,921
0,394
928
6,857
0,307
248
8,153
0,307
2022
808
1,888
0,298
896
4,679
0,324
233
6,769
0,303
2023
797
2,415
0,305
832
2,937
0,315
370
5,229
0,293
2024
858
1,793
0,353
797
1,614
0,337
343
4,739
0,310
Manba:
Jahon bankining maʼlumotlari asosida mualliflar hisob
-kitoblari.
Tadqiqotimizda yuqorida koʼrib chiqilgan eksport diversifikatsiya koʼrsatkichlarini
tarmoqlar kesimida ham koʼrib chiqildi. Tarmoq sifatida XSSTning bir raqam darajasidagi
boʼlimlar olindi. Tahlil natijalarimiz koʼrsatishicha, “Mashinalar, transport va a
sbob-
uskunalar” (+179), “Asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari”
(+156) va “Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʼxshash mahsulotlar”
(+126) kabi mahsulotlarning turi eksportda sezilari oʼsgan (3
-jadval).
Agar tovarlar sonidagi ulushini tahlil qiladigan boʼlsak, 2024 yilda 28,5 foiz tovarlar
“Asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari” dan iborat boʼlgan. Bu esa,
mamlakatimiz eksportida son jihatdan mahsulot narxi shakllanishida qayta ishlov berish
qiymati emas, balki, material qiymati yuqori boʼlgan mahsulotlar ulushi yuqori bo’
lganligini
koʼrsatadi. Shu bilan birga, eksportda mashina, transport vositalari va asbob
-uskunalarning
boʼlimiga oid mahsulot turlari ham ortib borgan, bu es
a, istiqbolda shu toifadagi
mahsulotlarning tashqi bozorda o’z o’rnini egallashi uchun shart
-sharoit yaratadi.
Eksport diversifikatsiyasi boʼyicha
mahsulotlarning oʼrtacha qiymati (Oʼ_Q) va Herfindal
-
Hirshman indeksi (HHI) koʼrsatkichlari tarmoqlar (mahsulot guruhlari) kesimidagi tahlili
ko’rsatishicha, aksariyat tarmoqlar boʼyicha mahsulot diversifikatsiya darajasi yuqori va
oshish tendensiyasi mavjud (4-jadval).
Xususan, oziq-ovqat, tirik hayvonlar, nooziq-
ovqat xomashyosi va mineral yoqilgʻi va
boshqa guruhlardagi mahsulotlarning o’rtacha qiymati bir AQSh dollariga ham yetmaydi.
Bundan tashqari, ushbu tovarlarning oʻrtacha narxida ham sezilarli oʻsish kuzatilmaga
n, Shu
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
203
bilan birga ayrim tovar guruhlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat ortib borayotgani ko’rish mumkin.
Masalan, ichimliklar va tamaki mahsulotlarida oʻrtacha narx 0,38 dollardan 0,92 dollarga,
oshgan. Shuningdek, asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari,
mashinalar va transport asbob-
uskunalari, turli xil tayyor buyumlar guruhlari boʻyicha ham
oʻrtacha narxning oʻsishi kuzatilgan. Ayniqsa, mashina va transport vositalari eksportida
oʻrtacha narx 6,90 dollardan 10,05 dollarga yetgan, turli tayyor buyumlarda esa oʻrtacha 9
dollardan yuqori darajada saqlanmoqda. Bu esa Oʻzbekiston eksportida texnologik va yuqori
qiymatli tovarlar ulushi oshayotganini koʻrsatadi.
3-jadval
Eksportdagi mahsulotlar soni (tarmoqlar kesimida)
Kod
Mahsulot guruhi
2017 2020 2024
Osish
farq
(+/-)
Ulushi (%)
2017
2024
0
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik
hayvonlar
101
143
148
+47
10,5
9,5
1
Ichimliklar va tamaki
8
9
9
+1
0,8
0,6
2
Nooziq-ovqat xomashyo,
yoqilgʻidan tashqari
61
68
72
+11
6,3
4,6
3
Mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari
va shunga oʻxshash materiallar
7
7
7
0
0,7
0,4
4
Hayvonlar va oʻsimliklar moylari
(yoglari), yoglar va mumlar
3
9
14
+11
0,3
0,9
5
Kimyoviy vositalar va boshqa
toifalarga kiritilmagan shunga
oʻxshash mahsulotlar
122
162
248
+126
12,7
15,9
6
Asosan material turiga qarab
klassifikatsiyalangan sanoat
tovarlari
295
414
445
+150
30,6
28,5
7
Mashinalar va transport asbob-
uskunalari
192
305
371
+179
19,9
23,8
8
Turli xil tayyor buyumlar
172
224
243
+71
17,9
15,6
9
Boshqa tovarlar
2
2
2
0
0,2
0,1
Jami
963
1343 1559
+596
100,0 100,0
Manba:
Jahon bankining maʼlumotlari asosida mualliflar hisob
-kitoblari.
koʼrsatkichlari esa koʼpchilik mahsulot guruhlari boʼyicha past yoki pasayib borayotganini
koʼrsatadi. Oziq
-ovqat, kimyoviy vositalar, sanoat tovarlari va mashinalar guruhlarida indeks
doimo juda past boʼlib, bu eksportning ichki tarkibida mahsulotlarning
gorizontal
diversifikatsiya darajasini yuqoriligini ko’rsatadi. Ichimliklar va tamaki, hayvon va oʼsimlik
moylari hamda mineral yoqilgʼilar guruhida esa konsentratsiya nisbatan yuqori boʼlib
qolmoqda, bu esa ayrim asosiy tovarlarga qaramlikning saqlanib qolganidan dalolat beradi.
Ayniqsa boshqa tovarlar guruhida bu ko
’
rsatkich juda yuqori bo
’
lib, diversifikatsiya darajasi
past bo
’
lishiga sabab bo
’
lmoqda. Mamlakatimiz eksportida oltinning ulushi 26,7 foizni (2024)
tashkil etadi. Bu esa o’z navbatida eksportimizning mazkur xom ashyoga bog’
liqligini saqlab,
uning diversifikatsiya ko
’rsatkichlariga salbiy ta’sir etadi.
O’zbekistonning eksport hajmiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida 2017–
2024
yillar bo‘yicha panel ma’lumotlar asosida mamlakatlar kesimida fiksirlangan effektlar modeli
(fixed effect) yordamida regressiya tahlili o
’
tkazildi. Bog
’
lanayotgan o
’
zgaruvchi sifatida har bir
mamlakat bo
’
yicha umumiy eksport hajmi, tushuntiruvchi o
’
zgaruvchilar sifatida esa gorizontal
(tovarlar soni) va vertikal diversifikatsiya (o’rtacha qiymati) ko‘rsatkichlari hamda eksport
konsentratsiyasi indeksi (HHI) tanlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
204
4-jadval
Mamlakat eksportining tovar guruhlari kesimida diversifikatsiya koʻrsatkichlari
Kod
Mahsulot guruhi
2017
2020
2024
Oʻ_Q
HHI
Oʻ_Q
HHI
Oʻ_Q
HHI
0
Oziq-ovqat mahsulotlari va
tirik hayvonlar
0,71
0,04
0,67
0,03
0,75
0,03
1
Ichimliklar va tamaki
0,38
0,33
0,51
0,11
0,92
0,15
2
Nooziq-ovqat xomashyo,
yoqilgʻidan tashqari
0,77
0,07
1,17
0,10
0,72
0,04
3
Mineral yoqilgʻi, yogʻlash
moylari va shunga oʻxshash
materiallar
0,40
0,28
0,13
0,49
0,28
0,45
4
Hayvonlar va oʻsimliklar
moylari (yoglari), yoglar va
mumlar
0,47
0,70
0,81
0,17
0,97
0,26
5
Kimyoviy vositalar va
boshqa toifalarga
kiritilmagan shunga
oʻxshash mahsulotlar
0,50
0,07
0,44
0,05
0,61
0,03
6
Asosan material turiga qarab
klassifikatsiyalangan sanoat
tovarlari
1,00
0,05
1,84
0,06
2,06
0,04
7
Mashinalar va transport
asbob-uskunalari
6,90
0,05
8,67
0,03
10,05
0,05
8
Turli xil tayyor buyumlar
9,16
0,04
7,10
0,03
9,20
0,02
9
Boshqa tovarlar
40750,3
1,00
58044,4
0,85
71407,9
1,00
Diversifikatsiya darajasini ifodalovchi Herfindal-Hirshman indeksi
Regressiya natijalari shuni ko
’
rsatdiki, kiritilgan barcha o
’
zgaruvchilar orasida eksport
hajmiga eng katta va statistik jihatdan ahamiyatli ta
’
sirni gorizontal diversifikatsiya (tovarlar
soni) ko
’rsatadi. Ushbu oʻzgaruvchining regressiyadagi koeffitsienti taxminan 4,16 million
AQSh dollarini tashkil etdi (p < 0.01). Yaʼni 5 xonali XSST tasnifi boʻyicha eksport qilinayotgan
mahsulotlar sonining har bir birlikka koʻpayishi oʻrtacha eksport hajmini 4,
16 million dollarga
oshiradi. Bu holat eksport siyosatini shakllantirishda mahsulot turini kengaytirish muhimligini
koʻrsatadi.
Shu bilan birga, eksportning konsentratsiya darajasini ifodalovchi HHI (p = 0.452) va
eksport mahsulotlarining oʻrtacha narxi (vertikal diversifikatsiya koʻrsatkichi) (p = 0.343)
statistik jihatdan ahamiyatli boʻlmadi. Bu Oʻzbekiston eksportining hozirgi t
arkibida asosiy
taʼsir omili sifatida mahsulotlar soni —
yaʼni gorizontal diversifikatsiya ustunligini bildiradi.
Modelning determinatsiya koeffitsiyenti (R²) 0.0517 ga teng boʻldi, shu bilan birga model
umumiy holda statistik jihatdan ahamiyatli deb topildi (F = 4.32, p = 0.006).
Ushbu natijalar tadqiqot davri uchun eksport hajmini oshishida gorizontal
diversifikatsiyani muhim boʻlganligini koʻrsatadi.
Xulosa va takliflar.
2017
–2024 yillar davomida Oʻzbekiston eksportining tarkibiy diversifikatsiyasi boʻyicha
oʻtkazilgan tahlillar shuni koʻrsatdiki, mamlakatda eksport hajmining oʻsishida mahsulotlar
soni ortishi
—
yaʼni gorizontal diversifikatsiya —
muhim rol oʻynaydi. Ayniq
sa, yaqin xorijdagi
mamlakatlar (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston kabi) bilan savdo aloqalarida
koʻplab turdagi mahsulotlarni eksport qilish eksport hajmiga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda.
Uzoq xorij mamlakatlari (Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va
boshqalar) uchun esa eksportda nafaqat mahsulotlar sonining koʻpligi (gorizontal
diversifikatsiya), balki yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ulushining yuqoriligi —
yaʼni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
205
vertikal diversifikatsiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa Oʻzbekiston eksport siyosatida
vertikal diversifikatsiyani rivojlantirish zarurligini koʻrsatadi.
Oʻzbekistonning geografik jihatdan ichki quruqlikda joylashgani va transport
-logistika
xarajatlarining yuqoriligi mahsulotlarni uzoq bozorga yetkazishda qoʻshilgan qiymati past
xomashyo va yarim tayyor mahsulotlardan koʻra, yuqori qiymatli tayyor mahsulotl
arni eksport
qilishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, texnologik qayta ishlash darajasi yuqori,
innovatsion va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish muhim
strategik vazifadir.
Tahlillar, shuningdek, Oʻzbekiston eksportining muayyan tovarlarga, ayniqsa, oltin
eksportiga yuqori darajada bogʻliqligini koʻrsatdi. Bu esa eksport tarkibidagi konsentratsiya
darajasini oshiradi va tashqi savdo barqarorligiga xavf tugʻdiradi. Shu bois, k
elgusida eksport
tarkibini diversifikatsiya qilish orqali ushbu qaramlikni kamaytirish dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi.
Adabiyotlar/Литература/References:
Alemu, A. M. (2008). Determinants of vertical and horizontal export diversification:
Evidences from sub-Saharan Africa and East Asia. Ethiopian Journal of Economics, 17(2), 1
–
25.
Amiri, H., & Beshkhoor, M. (2017). Horizontal and vertical diversification policies of export
and their effect on economic growth: Markov switching approach. Economic Growth and
Development Research, 8(29), 127
–
144.
Dhir, S. (2015). Diversification: Literature review and issues. Strategic Change, 24(6), 569
–
588.
Haini, H., Loon, P. W., & Li, P. L. (2023). Can export diversification promote export upgrading?
Evidence from an oil-dependent economy. Resources Policy, 80, 103292.
Herzer, D., & Nowak-Lehmann, D. F. (2004). Export diversification, externalities and growth.
IAI Discussion Papers, (99), 1
–
27.
Kodirjonov, A. M. (2020). Diversification of foreign trade and its necessity for the export of
Uzbekistan. Theoretical & Applied Science, (6), 435
–
439.
Normoʻminovna, E. N. (2023). Oʻzbekiston eksporti diversifikatsiyasining yoʻnalishlari.
Journal of Universal Science Research, 1, 599
–
610.
Otamurodov, S., et al. (2016). The role of extensive margin and intensive margin in
Kazakhstan’s export growth. Ecoforum Journal, 5(2), 1–
20.
Otamurodov, Sh. (2022). Oʻzbekiston eksporti diversifikatsiyasining zamonaviy
muammolari. Economics and Innovative Technologies, 10(4), 355
–
364.
Pahl, S., & Timmer, M. P. (2019). Patterns of vertical specialisation in trade: Long-run
evidence for 91 countries. Review of World Economics, 155, 459
–
486.
Raudszus, M., Schiereck, D., & Trillig, J. (2014). Does vertical diversification create superior
value? Evidence from the construction industry. Review of Managerial Science, 8, 293
–
325.
Sannassee, R. V., Seetanah, B., & Lamport, M. J. (2014). Export diversification and economic
growth: The case of Mauritius. In Connecting to Global Markets (pp. 11
–
23). WTO iLibrary.
World Bank Group. (n.d.). World Integrated Trade Solution (WITS) [Onlayn ma’lumotlar
bazasi]
Эшкулова Н. (2024). Пути повышения роли малого бизнеса в эффективном
использовании экспортного потенциала Узбекистана. Экономическое развитие и анализ,
2(6), 49
–
59.
