Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
247
TEMIR YO’L XIZMATLARINI MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA
QO’SHAYOTGAN HISSASI
Nasrullayev Nurbek Baxtiyarovich
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada temir yo‘l transportining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va
ahamiyati, uning sanoat, savdo, logistika va mehnat bozoriga ko‘rsatayotgan ijobiy ta'siri
yoritilgan. Shuningdek, temir yo‘l xizmatlarini modernizatsiya qilish orqali iqtisodiy o‘
sishga
erishish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
temir yo‘l, transport, iqtisodiyot, logistika, modernizatsiya, infratuzilma.
ВКЛАД ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНЫХ УСЛУГ В ЭКОНОМИКУ СТРАНЫ
Насруллаев Нурбек Бахтиёрович
Ташкентский университет информационных технологий
имени Мухаммада аль
-
Хорезми
Аннотация.
В стате рассматривается рол и значение железнодорожного
транспорта в экономике страны, его положительное влияние на промышленности,
торговлю, логистику и рынок труда. Также анализируются пути достижения
экономического роста через модернизацию железнодорожных услуг.
Ключевые слова:
железная дорога, транспорт, экономика, логистика,
модернизация, инфраструктура
.
THE CONTRIBUTION OF RAILWAY SERVICES TO THE NATIONAL ECONOMY
Nasrullaev Nurbek Bakhtiyorovich
Tashkent Univesity of Information Technology
after named Muhammad al-Khwarizmi
Abstract.
This article explores the role and significance of railway transport in the national
economy, highlighting its positive impact on industry, trade, logistics, and the labor market. It also
discusses strategies for achieving economic growth through the modernization of railway services.
Keywords:
railway, transport, economy, logistics, modernization, infrastructure.
UO‘K:
330.123.6
VI SON - IYUN, 2025
247-252
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
248
Kirish.
Temir yo‘l transporti mamlakat iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib, uning
rivoji sanoat,
savdo, logistika va hududiy integratsiya kabi sohalarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston
temir yo‘llari tizimi so‘nggi yillarda modernizatsiya qilinib, yangi investitsiyalar jalb etilmoqda.
Ushbu tadqiqot temir yo‘l xizmatlarining iqtisodiy o‘sishdagi rolini o‘rganishga qaratilgan.
Adabiyot sharhi.
Temir yo‘l sohasining iqtisodiy ahamiyati, u orqali taʼminlanadigan infratuzilma
xizmatlarining transport tizimidagi o‘rni va mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri haqida bir qancha
yirik tadqiqotchilar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining transport tizimini isloh qilishga qaratilgan qaror va
farmonlari, temir yo‘l tizimida so‘nggi yillarda olib borilgan islohotlarning ilmiy
-nazariy asosini
tashkil etadi
Temir yo‘l xizmatlarining iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha Yaponiya, Xitoy, Germaniya
kabi rivojlangan mamlakatlar tajribasi keng o‘rganilgan. Bu borada Winston va Thompsonning
(
2010
)
transport infratuzilmasining iqtisodiy samaradorligini baholashga doir ishlari asosiy
nazariy manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu manbalarda temir yo‘l infratuzilmasiga davlat
investitsiyalarining hajmi va ularning yalpi ichki mahsulotga ta’siri keng tahlil etilgan.
Temir yo‘l xizmatlarida PL darajalarining qo‘llanilishi va logistika tizimida ushbu
darajalarning ahamiyati haqidagi nazariyalar, jumladan, Coyle, Langley, Novack va Gibson
(
2020
)
tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy logistika modellari asosida yoritilgan bo‘lib, ular
3PL, 4PL va 5PL xizmatlarning korporativ boshqaruvdagi o‘rni va transport tizimi
samaradorligiga ta’sirini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda temir yo‘l xizmatlarining holati, ularning
iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi haqida “Temir yo‘l transporti iqtisodiyoti” faniga oid
darsliklar va O‘zbekiston temir yo‘llari AJ ning yillik hisobotlari muhim ahamiyatga ega
(
D
arslik,
2019)
. 2022 yilgi statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektrlashtirilgan temir yo‘l
tarmoqlari jami tarmoqning 38 foizini tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Xitoyda 67 foizga
yetgan (
H
isobot,
2023
)
.
Xalqaro tashkilotlar, xususan, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda
Osiyo taraqqiyot banki (ADB) tomonidan e’lon qilingan hisobotlarda temir yo‘l infratuzilmasini
modernizatsiya qilish, ekologik transport turlari orqali uglerod izini kamaytirish va raqamli
texnologiyalarni joriy qilish zarurligi ta’kidlangan
(UNECE,
2022
)
. Temir yo‘l xizmatlarining
iqtisodiyotdagi ulushi 2010 yilda 39 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilda moliya xizmatlari ulushi
ortib borishi hisobiga 23 foizgacha kamaygani ham mavjud manbalar asosida ko‘rsatib o‘tilgan
(
Statistik
byulleten,
2023
)
. Bu esa ushbu sohada chuqur islohotlarni zarurligini anglatadi.
Shuningdek, PL darajalarining temir yo‘l xizmatlarida tatbiq etilishi, ya’ni 2PL darajasida
faoliyat yuritayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatining 3PL bosqichiga qadam
qo‘yayotgani haqida ma’lumotlar mavjud
. Xalqaro tajribalarda 5PL va undan yuqori logistika
xizmat darajalari joriy etilgan holatlari O‘zbekistonga namuna bo‘la oladi. O‘zbekiston temir
yo‘llarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xodimlarni motivatsiyalash, investorlarni jalb
etish, xizmatlarni tijor
atlashtirish, raqamlashtirish, startaplarni qo‘llab
-quvvatlash, ijtimoiy
infratuzilmani shakllantirishga oid takliflar ilgari surilgan bo‘lib, bu ilmiy
-nazariy asosga ega
konsepsiyalarni ham talab etadi (Kadirov,
2021
)
. Shu bilan birga, sohada amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlarning
samaradorligi,
ularni
zamonaviy
logistika
tizimlari
bilan
integratsiyalashuv darajasi, transport xizmatlarining milliy iqtisodiyotga real ta’siri tahlil
etilishi zarur bo‘lgan dolzarb masa
lalar qatoriga kiradi (OECD,
2022
)
.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari to‘plami
.
–
T., 2021
–
2023 y.
2
Temir yo‘l xizmatlarining PL tizimi bo‘yicha tahliliy hujjatlar. –
T., “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, 2024.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
249
Tadqiqot metodologiyasi
.
Mazkur maqolani tayyorlash jarayonlarida olib borilgan tadqiqotlar mobaynida tizimli
yondashuv,iqtisodiy -statistik,taqqoslash,omilli va tarkibiy tahlil,statistik guruhlash,ilmiy
abstraksiyalash,tahlil va sintezlash usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mazkur tadqiqot doirasida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston
Respublikasi temir yo‘l sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi muayyan o‘zgarishlarga
uchragan bo‘lsa
-da, soha hanuzgacha sezilarli darajada modernizatsiya va tizimli islohotlarga
muhtoj. Temir yo‘l transportining iqtisodiyotdagi ahamiyati transport xizmatlari orasida
nisbatan yuqori ulushga ega bo‘lishiga qaramay, ko‘rsatkichlar xalqaro miqyosda
raqobatbardosh emas.
Birinchi navbatda, temir yo‘l infratuzilmasining elektrlashtirilgan va elektrlashtirilmagan
tarmoqlari o‘rganildi. Tahlillarga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda faqat 38% temir yo‘l
tarmoqlari elektrlashtirilgan. Taqqoslash uchun, Xitoyda bu ko‘rsatkich 6
7% ni tashkil etadi, bu
esa O‘zbekiston ko‘rsatkichidan 29 foiz yuqoridir. Boshqa yirik davlatlarda ham bu raqamlar
ancha yuqori bo‘lib, elektrlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda energiya samaradorligi
va xizmat sifati yuqoriligi isbotlangan (
H
isobot,
2023
)
.
Shuningdek, temir yo‘l xizmatlarining moliyaviy samaradorligi bo‘yicha ham yetarli
darajada farqlar kuzatilgan. Jumladan, O‘zbekiston temir yo‘l xizmatlaridan tushayotgan
daromadlar nisbatan past bo‘lib, Yaponiyaga nisbatan 1000
barobar, Shvetsiyaga nisbatan 13
barobar, Germaniyaga nisbatan 108 barobar va Fransiyaga nisbatan 6,7 barobar kamdir. Bu
holat, xizmatlar samaradorligi va iqtisodiy rentabellik darajasining nihoyatda pastligini
anglatadi.
1-rasm. Tarmoqlar tasarrufidagi korxonalarda ishlab
chiqarishning oʻsishi
3
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
250
Tadqiqot davomida transport xizmatlarining umumiy xizmatlar bozoridagi ulushi ham
tahlil qilindi. 2010 yilda transport xizmatlari umumiy xizmatlar hajmining 39 foizini tashkil
etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘
rsatkich 23 foizgacha kamaydi. Bu holat, moliya va savdo
xizmatlari ulushining oshgani bilan bog‘liq bo‘lib, transport sohasiga davlat tomonidan
yetarlicha investitsiya kiritilmasligini ko‘rsatadi
(
Statistik
byulleten,
2023
)
.
Yuk tashish
samaradorligiga oid tahlillar ham dolzarb bo‘ldi. Masalan, Yevropada yuk
aylanishi 25-
75% ni tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich bor
-
yo‘g‘i 5% ni tashkil etmoqda.
Xuddi shunday, yo‘lovchi aylanmasi ham Yevropada 5
-
10% oralig‘ida bo‘lsa, O‘zbekistond
a
atigi 0,1% darajasida qolmoqda. Xitoyda bitta lokomotiv 5000-6000 tonna yuk tortishga qodir
bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 1100 tonna atrofida. Bu ma’lumotlar temir yo‘l tizimining
texnik va texnologik salohiyati pastligidan dalolat beradi. Investitsiya masalasiga kelsak,
Yevropa Ittifoqi davlatlari temir yo‘l infratuzilmasiga har yili taxminan 50 milliard yevro
miqdorida mablag‘ ajratmoqda.
Xitoy, Germaniya, Yaponiya va Shvetsiyada bu raqamlar 640
milliondan 11 milliard dollargacha yetadi. O‘zbekistonda esa 2022 yilda temir yo‘l
infratuzilmasiga ajratilgan mablag‘ atigi 479,3 million dollarni tashkil qilgan bo‘lib, shundan
faqat 91,7 million
dollari davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan
(UNECE,
2022
)
. Bu holat, investitsion
ta’minotning mutlaqo yetarli emasligini ko‘rsatadi.
2-rasm. Transport infratuzilmasini transport vositasi turlari
bo‘yicha segmentatsiyasi
(Haydarov, 2023
)
Transport infratuzilmasi transport tizimining samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash
uchun muhim omil
hisoblanadi. Transport infratuzilmasini transport vositalari bo‘yicha
segmentatsiya qilish, ya’ni uni turli transport turlariga mos keladigan qismlarga bo‘lish,
infratuzilmaning aniq va maqsadli rivojlanishini ta’minlaydi. Bu jarayon nafaqat transport
vositalarining xavfsizligi va qulayligini oshirish, balki transport xizmatlarini sifatini yaxshilash
va boshqaruvni soddalashtirish uchun ham zarurdir.
Transport infratuzilmasi asosan temir yo‘l, avtomobil, havo, dengiz va shahar ichidagi
transport infratuzilmasi kabi asosiy turlarga bo‘linadi. Har bir transport turi o‘ziga xos
infratuzilma elementlarini o‘z ichiga oladi va ularning har biri o‘ziga xos ta
lablarga ega.
Temir yo‘l infratuzilmasi temir yo‘l yo‘llari, stansiyalar, signalizatsiya va boshqaruv
tizimlari, shuningdek lokomotiv va vagonlar uchun texnik xizmat ko‘rsatish punktlaridan
iborat. Ushbu segmentda infratuzilmaning mustahkamligi va signal tizimlarining ishonchliligi
temir yo‘l transportining samarali ishlashida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Avtomobil transporti infratuzilmasi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, yo‘l belgilari,
svetoforlar, avtovahalar va yo‘l ta’mirlash punktlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu infratuzilma turli
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
251
avtomobil turlarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydi va yo‘l harakati oqimini tartibga
solishda muhim rol o‘ynaydi.
Havo transporti infratuzilmasi aeroportlar, parvoz nazorati minoralari, havo yo‘llari va
texnik xizmat ko‘rsatish bazalaridan tashkil topgan bo‘lib, yo‘lovchilar va yuklarni yuqori
tezlikda va xavfsiz yetkazib berishni ta’minlaydi. Aeroportlarning zamonavi
yligi va boshqaruv
tizimlarining samaradorligi havo transportining rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Dengiz va suv transporti infratuzilmasi portlar, terminalar, navigatsiya tizimlari va kema-
docklardan iborat bo‘lib, dengiz va ichki suv yo‘llari orqali yuk va yo‘lovchi tashishni
ta’minlaydi. Ushbu segmentning samaradorligi savdo va transport sohasidagi
raqobatbardoshlikni oshiradi.
Metro va shahar ichidagi transport infratuzilmasi esa metro yo‘llari,
stansiyalar, tramvay,
trolleybus yo‘laklari, avtobus bekatlari va yo‘lovchi oqimini boshqarish tizimlarini o‘z ichiga
oladi. Bu turdagi infratuzilma shaharlarda jamoat transportining samaradorligini oshirishda
muhimdir.
Umuman olganda, transport infratuzilmasini transport vositalari bo‘yicha segmentatsiya
qilish tizimning har bir qismiga mos keladigan infratuzilma elementlarini aniq belgilash va
rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa transport xizmatlarini samarali tashkil qilish, xavfsizlikni
oshirish va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, PL (Party Logistics) tizimining tahlili ham muhim natijalarni berdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston temir yo‘l tizimi asosan 2PL darajasida faoliyat yuritmoqda. 3PL
darajasining ayrim ko‘rinishlari mavjud bo‘lsa
-da, 4PL va undan yuqori logistika xizmatlariga
o‘tish bo‘yicha amaliy choralar yetarli emas. Hozirgi zamonaviy logistika tizimlarida esa 5PL,
hattoki 10PL darajasigacha bo‘lgan xizmatlar joriy etilgan va bu orqali mijozlarga yuqori sifatli,
kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati yarati
lgan (Coyle & other, 2020
)
.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekiston temir yo‘llari nafaqat texnik
-modernizatsiya,
balki institutsional islohotlarga ham muhtoj. Xizmatlarning tijoratlashtirilishi, xususiy sektor
ishtirokining kuchaytirilishi, strategik rejalashtirish, xizmat sifati monitoringi, zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda chuqur islohotlar zarur.
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, temir yo‘l xizmatlarini rivojlantirish orqali nafaqat transport
tizimining raqobatbardoshligini oshirish, balki mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga
xizmat qiluvchi omilga aylantirish mumkin. Shu maqsadda davlat-xususiy sheriklik,
investitsion jalb etish, xizmatlar diversifikatsiyasi va raqamlashtirish kabi mexanizmlarni joriy
etish talab etiladi.
Xulosa va takliflar
O‘rganilgan ma’lumotlar va tahlillar natijasida, transport infratuzilmasini transport
vositalari turlari bo‘yicha segmentatsiyalashning ahamiyati aniqlandi. Har bir
transport turi
–
temir yo‘l, avtomobil, havo, dengiz va shahar ichidagi transport –
o‘ziga xos xususiyatlar, texnik
talablar va boshqaruv mexanizmlarini talab qiladi. Shu sababli, transport infratuzilmasining
segmentatsiyasi har bir transport turining o‘z
iga xos ehtiyojlarini qondirish, xavfsizlikni
ta’minlash, samaradorlikni oshirish va xizmat sifatini yaxshilash uchun zarur hisoblanadi.
Temir yo‘l transporti uchun ajratilgan infratuzilma ko‘lamli va murakkab bo‘lib, uning
o‘ziga xos texnologik va boshqaruv tizimlari mavjud. Temir yo‘l tarmoqlarining o‘zaro
integratsiyasi va elektron tizimlar orqali boshqarilishi, shuningdek, PL darajalari asosida
logistika xizmatlarining zamonaviy shakllarini rivojlantirish O‘zbekiston temir yo‘llarining
samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu esa o‘z navbatida, transport xizmatlari
bozorida raqobatbardoshlikni oshirishga va iqtisodiy samaradorlikni yaxshilashga xizmat
qiladi.
Avtomobil transporti uchun infratuzilma esa yo‘llar, ko‘priklar, yo‘l belgilari, xavfsizlik
tizimlari va boshqaruv vositalaridan iborat bo‘lib, bu segmentning rivojlanishi yo‘lovchilar va
yuk tashish jarayonlarining tezligi hamda qulayligini ta’minlaydi. A
vtomobil infratuzilmasining
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
252
holati mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri bo‘lib, uning
sifatli va samarali tashkil etilishi zarur.
Havo transporti uchun aerodromlar, parvoz nazorati tizimlari, yirik terminal binolari va
boshqaruv tizimlari infratuzilmaning muhim qismidir. Bu transport turi uzoq masofalarga tez
yetib borish imkonini berib, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Dengiz transporti infratuzilmasi esa portlar, yuklarni qabul qilish va tashish inshootlari,
suzuvchi texnika va boshqaruv tizimlaridan iborat bo‘lib, yirik hajmdagi yuklarni tashish uchun
muhimdir. Bu segmentning samarali ishlashi eksport-import faoliyatining barqarorligini
ta’minlaydi.
Shahar ichidagi transport infratuzilmasi esa ko‘chalarning holati, jamoat transporti
tizimlari, piyodalar yo‘laklari va boshqaruv tizimlaridan tashkil topgan bo‘lib, shaharlarda aholi
harakatining samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Umuman olganda, transport infratuzilmasining segmentatsiyasi transport tizimining turli
turlarini samarali boshqarish va ularning o‘zaro integratsiyasini ta’minlashga imkon beradi. Bu
esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh rivojlanishida,
yuk va yo‘lovchi
tashish hajmini oshirishda, transport xizmatlarining sifatini va xavfsizligini ta’minlashda
muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, har bir transport segmentining o‘ziga xos ehtiyojlari va
talablariga mos infratuzilma yaratish orqali investitsiyalar samaradorligini oshirish mumkin.
O‘zbekistonda temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha olib
borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakat temir yo‘llarining zamonaviylashtirilishi, 2PL va
3PL darajalari asosida logistika xizmatlarini kengaytirish, shuningdek davlat va xususiy sektor
hamkorligini rivojlantirish zarur. Bular temir yo‘l transportining iqtisodiyotdagi ulushini
oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va transport tizimining samaradorligini ta’minlashda
muhimdir. Shu bilan birga, boshqa transport turlarining infratuzilmasini ham takomillashtirish,
ularni integratsiyalashgan yagona tizimga birlashtirish O‘zbekiston transport tizimini global
standartlarga moslashtirishga yordam beradi.
Kelgusida transport infratuzilmasining segmentatsiyasi va modernizatsiyasi bo‘yicha
qo‘yilgan vazifalar mamlakat transport tizimining raqobatbardoshligini oshirish,
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash va aholining hayot sifatini yaxshilashda
muhim rol o‘ynaydi.
Adabiyotlar/Literatura/References:
Coyle J., Langley C., Novack R., Gibson B. (2020) Supply Chain Management: A Logistics
Perspective.
–
Cengage Learning.
Darslik (2019) “Temir yo‘l transporti iqtisodiyoti” fani bo‘yicha darslik. –
T.: Iqtisodiyot,
2019.
Haydarov J.A. (2023) SamISI, “Real iqtisodiyot” kafedrasi assistenti. “O’zbekistonda
transport xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirish omillari”. “Xizmat ko‘rsatish sohasini
rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishda raqamli hamda innovatsion texno
logiyalardan
foydalanish” mavzusidagi xalqaro ilmiy
-
amaliy konferensiya materiallari to‘plami. 2
-qism. 20-22
may. 73-76- betlar.
Hisobot (2023) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yillik hisobotlari. –
T.
Kadirov D. (2021) Transport infratuzilmasi rivojlanishining iqtisodiy mexanizmlari.
–
T.:
Fan.
OECD (2022) Rail Transport Policy Report.
–
Paris.
Statistik byulleten (2023) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi. –
T:.
United Nations Economic Commission for Europe (UNECE) (2022) reports on rail
modernization.
–
Geneva.
Winston C., Thompson L. (2010) The Economics of Rail Infrastructure.
–
Washington DC,
Brookings Institution Press.
