ANALYSIS OF PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN UZBEKISTAN’S CAPITAL MARKET

Abstract

This article analyzes the level of development of Uzbekistan's securities market, as well as existing problems and shortcomings. The study examines the current state of the stock market, the activities of government and private sector securities, and their economic efficiency. Key issues identified include the low liquidity of the securities market, the limited range of investment instruments, weak integration into international financial markets, and a lack of financial literacy. Additionally, the article explores factors such as the underdevelopment of capital market infrastructure, information asymmetry, and the limited opportunities for Islamic finance.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sindarov, F. (2025). ANALYSIS OF PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN UZBEKISTAN’S CAPITAL MARKET. Economic Development and Analysis, 3(1), 146–154. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/65488
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the level of development of Uzbekistan's securities market, as well as existing problems and shortcomings. The study examines the current state of the stock market, the activities of government and private sector securities, and their economic efficiency. Key issues identified include the low liquidity of the securities market, the limited range of investment instruments, weak integration into international financial markets, and a lack of financial literacy. Additionally, the article explores factors such as the underdevelopment of capital market infrastructure, information asymmetry, and the limited opportunities for Islamic finance.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

146



O’ZBEKISTON KAPITAL BOZORIDAGI MUAMMO VA KAMCHILIKLAR TAHLILI

Sindarov Fazliddin Qaxramonivich

TIFT Universiteti

ORCID: 0009-0003-7254-4584

fazliddinst2020@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish

darajasi, mavjud muammo va kamchiliklari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida fond bozorining

joriy holati, davlat va xususiy sektordagi qimmatli qog‘ozlar faoliyati hamda ularning iqtiso

diy

samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Qimmatli qog‘ozlar bozorining likvidlilik darajasi, investitsiya

vositalarining cheklanganligi, xalqaro moliya bozorlariga integratsiya jarayonining pastligi

hamda moliyaviy savodxonlikning yetishmasligi asosiy muammolar sifatida aniqlangan.

Shuningdek, maqolada kapital bozori infratuzilmasining rivojlanmaganligi, axborot

asimmetriyasi va islomiy moliyalashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi kabi omillar

o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

qimmatli qog‘ozlar, kapital bozori,

likvidlilik, moliyaviy savodxonlik,

investitsiya.


АНАЛИЗ ПРОБЛЕМ И НЕДОСТАТКОВ НА РЫНКЕ КАПИТАЛА УЗБЕКИСТАНА

Синдаров Фазлиддин Кахрамонивич

Университет ТИФТ

Аннотация.

В данной статье проанализированы уровень развития рынка ценных

бумаг Узбекистана, а также существующие проблемы и недостатки. В ходе исследования
были

рассмотрены

текущее

состояние

фондового

рынка,

деятельность

государственных и частных ценных бумаг, а также их экономическая эффективность.

Основными проблемами определены низкий уровень ликвидности рынка ценных бумаг,

ограниченность инвестиционных инструментов, слабая интеграция в международные

финансовые рынки и недостаток финансовой грамотности. Кроме того, в статье
изучены такие факторы, как неразвитость инфраструктуры капитального рынка,

информационная

асимметрия

и

ограниченные

возможности

исламского

финансирования.

Ключевые слова:

ценные бумаги, рынок капитала, ликвидность, финансовая

грамотность, инвестиции.

UO‘K:

330.14:658.114.32

I SON - YANVAR, 2025

146-154

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

147

ANALYSIS OF PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN UZBEKISTAN’S CAPITAL MARKET

Sindarov Fazliddin

К

axramon

о

vich

TIFT University

Abstract.

This article analyzes the level of development of Uzbekistan's securities market,

as well as existing problems and shortcomings. The study examines the current state of the stock

market, the activities of government and private sector securities, and their economic efficiency.

Key issues identified include the low liquidity of the securities market, the limited range of
investment instruments, weak integration into international financial markets, and a lack of

financial literacy. Additionally, the article explores factors such as the underdevelopment of

capital market infrastructure, information asymmetry, and the limited opportunities for Islamic
finance.

Key words:

securities, capital market, liquidity, financial literacy, investment.

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasining moliya bozorini rivojlantirish zamonaviy iqtisodiyotning

eng muhim masalalaridan biridir. Kapital bozorlarining yuqori likvidlilik darajasi va

samaradorligi nafaqat mahalliy investitsiya muhitini yaxshilash, balki xalqaro moliya tizimiga

integratsiyani kuchaytirish uchun ham zarurdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘z

bekiston

fond bozorining kapitalizatsiyasi 18 milliard AQSh dollarini tashkil etib, bu YaIMning atigi 15,9

foiziga teng. Ushbu raqam mamlakat kapital bozorining rivojlanish darajasi hali past ekanligini

ko‘rsatadi. Shu bilan birga, moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi, qimmatli qog‘ozlar

likvidliligining cheklanganligi, axborot assimetriyasi va islomiy moliya imkoniyatlarining

cheklanganligi kabi omillar bu

sohadagi asosiy to‘siqlar sifatida qayd etiladi. Mazkur maqolada

ushbu muammolarni tahlil qili

sh orqali ularni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganish maqsad

qilingan.

Adabiyotlar sharhi.

Setiawan va boshqalar(2021) larning ilmiy ishlarida ASEAN va Markaziy va Sharqiy

Yevropa (CEE) mintaqalarida moliyaviy bozor rivojlanishi hamda iqtisodiy o‘sish o‘rt

asidagi

bog‘liqlik o‘rganilgan. Unda 2002

-

2019 yillar oralig‘ida ushbu mintaqalarda moliyaviy

bozorning rivojlanishi, fond bozori kapitalizatsiyasi va savdo hajml

arining iqtisodiy o‘sishga

ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bozor kapital

izatsiyasi va umumiy savdo hajmi

iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, aksiyalar savdosi va yalpi ichki mahsulot

o‘sishi o‘rtasida salbiy bog‘liqlik mavjud. Maqolada iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish uchun

moliyaviy bozor sektorini rivojlantirish va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash muhimligi

ta’kidlangan.

Xudoyqulov (2022) o’zining ilmiy izlanishlarida O’zbekiston fond bozorida

tizimli

risklarni baholashdagi mavjud muammolarni yoritib bergan. Uning ta’kidlashicha, rivojlangan

mamlakatlarda fond bozorining tizimli riskini aniqlash aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining

bozor bahosi, fond bozori indeksi bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. O‘zbekistonda

aksiyadorlik jamiyatlarining fond bozoridagi aksiyalarning bozor riskini hisoblash usuli

bugungi kunda mavjud emas. Shunga ko‘ra, fond bozorining tizimli riskini aniqlashda

rivojlangan mamlakatlar usulidan foydalanish aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari bozor

riskliligi darajasini xolisona baholash imkonini beradi. Umuman, muallifning tadqiqotidalarida

O’zbekiston kapital bozoridagi aktivlarni riskini baholash bilan bog’liq muammolar yoritilgan.

Vaxabov va boshqalar (2013) aholining moliyaviy savodxonlik O’zbekiston moliya

bozorining rivojlanishi uchun eng katta muammo ekanligi ta’kidla

shgan. Ularning ilmiy

ishlarida aholining bank, sug’urta, pul muammalasi, jamg’arma va investitsiyalar bo’yicha

m

oliyaviy savodxonlik darajasi ancha past bo’lib, bu muammoni hal qilish uzoq muddatli


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

148

isdiqbolda mamlakat moliya bozorini rivojlanishiga, provardida iqtisodiyotni hajmi oshishiga

olib kelib aholining iqtisodiy farovonlik darajasini oshishiga sabab bo’ladi.

Bobakulov (2024) O’zbekiston moliya sektorini milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun

g’ov bo’layotgan bir qator kamchiliklarni sanab o’tgan

. Jumladan, yuqori inflyatsiya, milliy

valyutani tez qadrsizlanayotganligi, iqtisodiyotni pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik

darajasining past ekanligi va mamlakat tashqi savdo balansining yirik miqdorda defitsitga ega

ekanligi O’zbekiston moliya sektor

idagi asosiy muammolar hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada yozish jarayonida moliya sektoridag

i, jumladan, O’zbekiston kapital

bozoridagi mavjud muammolarni aniqlashda moliyaviy tahlil, statistik va taqqoslama tahlil,

shuningdek, induksi

ya, deduksiya, sintez kabi bir qator usullardan foydalanildi. O’zbekiston

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portali, Toshkent fond birjasining

ochiq ma’lumotlaridan foydalanilgan holda ushbu maqola yozildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Rivojlangan davlatlar moliya bozorlarida kapital jalb qilishning eng samarali usuli turli xil

qimma

tli qog’ozlar instrumentlari vositasida fond birjalari orqali moliyaviy resurslarni jalb

qilish hisoblanadi.

Jahon bankining ma’lumot berishich

a (

The World Bank, 2024).

Global moliya

bozorining umumiy kapitalizatsiyasi 2022-yilda 106.2 trln AQSh dollariga yetdi. Bu

pandemiyadan oldingi 2020-yilga nisbatan 26.7 trln AQSh dollariga kam demakdir.

1-jadval

Ba’zi davlatlarning fond bozorining kapita

lizatsiyasi darajasi va uning YaIMga nisbati

Davlat

Fond bozorining

kapitalizatsiyasi ($ trln)

Bozordagi savdo

aylanmasi

($ trln)

Fond bozorining

kapitalizatsiyasining

YaIM nisbati (%)

AQSh

54000

36900

156.5

Xitoy

12000

9000

61.3

Yaponiya

6200

3100

146.2

Hindiston

5700

3500

123.3

Buyuk Britaniya

3200

1500

70.4

Germaniya

2200

1000

47.1

Rossiya

530

300

46.8

Saudiya Arabistoni

2670

534

238

Eron

1743

348

390.2

BAA

874

175

172.3

Indoneziya

779

156

46.3

Singapur

664

109

124.3

Malayziya

381

72

93.7

Turkiya

358

72

36.4

Qozog‘iston

46

20

20.3

O‘zbekiston

18

1

15.9

Manba:

muallif tomonidan tayyorlandi.

2022-

yil bo’yicha AQSh moliya bozorning kapitalizatsiyasining Global moliya bozorining

umumiy kapitalizatsiyasidagi ulushi 50.8 % tashkil qilgan. Ya’n

i AQSh bugun global kapitalning

juda yirik qismi to’plangan. Undan keyingi o’rinlarga Xitoy, Yaponiya, Hin

diston kabi davlatlar

o’rin egallagan. Islom moliyasi asosida faoliyat yurituvchi davlatlardan Saudiya Arabistoning

moliya bozorining kapitalizatsiyasi 2022-yilda 2.67 trln AQSh dollarini tashkil qilib, bu YaIMga

nisbatan 238% ni tashkil qiladi. Yillik savdo aylanmasi esa 534 mlrd dollarni tashkil qilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

149

Saudiya Arabistoni qatoriga Eron, BAA, Indoneziya, Singapur, Malayziya va Turkiya
mamlakatlarni qo

’shishimiz mumkin. Markaziy Osiyo mintaqasida moliya bozori

kapitalizatsiyasi bo’yicha eng yirik davlat Qozog’iston hisoblanib, bu ko’rsatgich 46 mlrd AQSh

dollarini tashkil qiladi va buning YaIMga nisbati 2022-yilda 20.3 % ni tashkil qilgan. Savdo

aylanam

asi esa 20 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan. O’zbekiston moliya bozorining

kapitalizatsiyasi bu davrda 1

8 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan va bu ko’rsatgich YaIM nisbati

15.9% tashkil qilgan. Savdo aylanmasi kapitalizatsiyaga nisbatan 18 barobar kichik

bo’lib, 1

mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan. Taqqoslash uchun bu Qozog’istonda 2.3 barobarni tashkil

qiladi

Toshkent fond birjasi O’zbekiston kapital bozorining eng asosiy qismi bo’lib, yirik

kompaniyalar uchun qimmatli qog’ozlar vositasida kapital jalb

qilishning bitta instrumenti

hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi k

orporativ axborot

milliy agentligining (Openinfo.uz, 2025).

ma’lumotlarga qaraganda 2024

-yilning noyabr holati

bo’yicha jami 697 aksiyadorlik jamiyati mavjud. O’zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorining

umumiy kapitalizatsiyasi 2024-

yilning oktabr oyi bo’yi

cha 18.23 mlrd AQSh dollarini tashkil

qilgan (www.ceicdata.com, n.d.). va bu raqamning YaIM ga nisbatan taxminin 15% ga teng.

Toshkent fond birjasining 2022-

yil yakunlari bo’yicha hisobotida, fond bozoridagi erkin

muomaladagi aksiyalarning bozor kapitalizatsiyasi aksiya bozorining umumiy bozor

kapitallashuvining YaIMga nisbati 11.33 % bo’lib, shundan erkin muomaladagi aksiyalar bozor

kapitallashuvining

YaIMga nisbati 0.42 % ga tengligi ko’rsatilgan. Bu raqamlardan ham

bilishimiz mumkinki, O’zbekiston moliy

a bozorida kapital bozorini rivojlanishi juda past va

o’rni ham sezilarsiz. Aslida, kapital bozori iqtisodiyotda eng katta ulushga ega bo’lga yirik

divigatelga aylanishi zarur. Rivojlangan va iqtisodiyoti yirik tez rivojlanayotgan mamlakatlarda

kompaniyala

rga zarur bo’lgan yirik moliyaviy resurslar aynan kapital bozorilaridan jalb

qilinadi.

Rasm-1. 2019-2023-yillardagi Toshkent fond birjasida qimmatl

i qog’ozlar savdosi

hajmi

Manba:

Toshkent fond birjasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan

tayyorlandi.

Mazkur rasmda 2019-2023-yillarda Toshkent fond birjasida savdo hajmi, jumladan,

aksiya, obligatsiya savdo hajmi, shuningdek, umumiy birja savdosida aksiya va obligatsiyalar

savdosi ulushi berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2020

-yil 21-iyu

ldagi O‘RQ

-629-

sonli qonuniga binoan MCHJ ga ham korporativ obligatsiyalar chiqarishga ruhsat berilgandan

so’ng fond birjaida obligatsiyalar savdodi hajmi bir mun

cha oshganligi bilan umumiy savdo

91,21%

87,24%

90,87%

97,71%

96,60%

8,79%

11,65%

9,00%

2,29%

3,40%

0%

10%

20%

30%

40%

50%

60%

70%

80%

90%

100%

0

1000

2000

3000

4000

5000

6000

2019

2020

2021

2022

2023

Birjaviy savdolar hajmi (mlrd so'm)

Aksiya

Obligatsiyalar

Aksiyalarni ulushi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

150

hajmida obligatsiyalarning ulushi 2020-2021-yillarda oshgan

bo’lsada, ammo 2022 va 2023

-

yillarda uning ulushi 2.3-3.4% ni tashkil qilmoqda. Kreditga nisbatan korxonalarga arzonroq

qarz kapitali jalb qilishda obligatsiyalar

o’rni yuqori bo’lsada, korxona boshqaruvchilarning

moliyaviy savodxonligi yetarli darajada emasligi va fond bozorining likvidligi pastligi sababli

obligatsiyalarning savdosi pastligicha qolmoqda.

Rasm-2. Fond bozorida 2019-2023-yillarda turli sohalar kesimida qimmatli

qog’ozlarning savdo hajmi

Manba:

Toshkent fond birjasi

ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

Toshkent fond birjasining yillik hisobotida ko’rsatilishicha, birjada qimmatli qog’ozlari

sotiladigan kompaniyalarni sohasi bo’yicha tahlil qilinganda eng katta ulush bank, sug’urta va

lizing sohasida fa

oliyat yuritayotgan kompaniyalar hissasiga to’g’ri kelmoqda. Ammo, 2019

-

2023-

yildagi qimmatli qog’ozlarning savdo hajmiga qaraydigan bo’lsak sohalar kesimida bu

ko’rsatgich ham barqaror emasligini ko’rishimiz mumkin. Shundan bo’lsada, bank, sug’urta va

li

zing kompaniyalarining qimmatli qog’ozlari boshqa sohalarga nisbatan yuqori ekanligini

ko’rishimiz mumkin.

Global moliya bozorida yirik miqdorda kapital to’plangan bo’lib, ularning kat

ta qismi

jahon moliya bozorlari bilan chuqur integratsiyalashgan rivojla

ngan mamlakatlar hissiga to’g’ri

keladi. Yirik miqdordagi xorijiy kapitalni jalb qilishda xalqaro bozorlarga integratsiyalashuv

muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston moliya bozorlarini Glo

bal moliya bozorlariga

integratsiyalashuv darajasi juda past va sekin ke

chmoqda. Lekin so’ngi yillarda bir qator ijobiy

holatlar kuzatilayotgan bo’lsada, buni yetarli deb aytib bo’lmaydi. 2018

-

yilda O’zbekiston

hukumati xalqaro bozorlardan mablag’ jalb qilish uchun S&P, Fitch va Moody’s agentliklariga

o’z suveren kredit reytin

gini baholatish orqali integratsiyalashuv jarayonlarini boshlab berdi.

O’tgan yillar davomida hukumat va bir qator milliy kompaniyalar kredit reytingi mutazam

baholanib kelayotgan bo’l

sada, hozirga qadar sanoqli kompaniyalargina xalqaro bozorlardan

qimmatl

i qog’ozlar vositasida kapital jalb qilgan.

O’zbekistonda 697 aksiyadorlik jamiyati mavjud va bugungi kungacha deyarli barcha

tijorat banklari, yirik sug’urta kompaniyalari va yirik k

ompaniyalar kredit reytingini

baholatgan bo’lsada, faqat 3 bank va 2 ta AJ xalqaro bozorlarga obligatsiya chiqargan. Bu o’zbek

milliy kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlaridan kapital jalb qilish bilan bog’liq

muammolari borligini bildiradi.

O’zbekiston kapital bozorida nafaqat korporativ qimmatli qog’ozlar bozori balki da

vlat

qimmatli qog’ozlar bozori ham yaxshi rivojlanmagan. O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi

davlat qimmatli qog’ozlari sotiladigan mahalliy bozor hisoblanadi. Bu birjada davlat q

immatli

2019

2020

2021

2022

2023

Bank, sug'urta va lizing

74,37%

65,72%

27,72%

88,21%

37,00%

Transport, aloqa va energetika

0,01%

2,85%

7,87%

0,41%

8,22%

Sanoat, agrosanoat va qurilish

23,55%

12,87%

61,60%

7,87%

28,88%

Boshqalar

2,07%

18,55%

2,80%

3,52%

25,90%

0,00%

10,00%

20,00%

30,00%

40,00%

50,00%

60,00%

70,00%

80,00%

90,00%

100,00%

Bank, sug'urta va lizing

Transport, aloqa va energetika

Sanoat, agrosanoat va qurilish

Boshqalar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

151

qog’ozlarini oldi

-

sotdi qilishi mumkin bo’lgan savdo ishtirokchi

lari soni cheklangan va asosiy

ishtirokchilar tijorat banklari va bir nechta qimmatli qog’ozlar bozorining professional

ishtirokchilar hisoblanadi. Davlat nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank

qimmatli qog’ozlar sotish huquqiga ega. Albatta, davlat qimmatli qog’ozlar banklardagi bosh

mablaglarni likvidliligini ta’minlasada, lekin bu bozorning hajmi juda kichik.

2-jadval

Oʻzbekiston kompaniyalarining London fond birj

asida joylashtirgan

yevroobligatsiyalari

Emitentlar

nomi

Hajmi

Kupon

stavkasi Muddati

Chiqarilgan

sana

Soʻndirish

muddati

Obligatsiya

reytingi,

03.11.2024

sanaga

koʻra (Fitch)

“Sanoat qurilish

bank” AJ

$300

5.75%

5 yil

Noyabr

2019

Noyabr,

2024

BB-

“Oʻzmilliybank” AJ

$300

4.85%

5 yil

Oktyabr,

2020

Oktyabr,

2025

BB-

$300

8.5%

5 yil

Iyul, 2024

Iyul, 2029

BB-

1.4 trln

soʻm

19.875

%

3 yil

Iyul, 2024

Iyul, 2027

BB-

“Ipoteka

-

bank” AJ

$300

5.625%

5 yil

Noyabr,

2020

Noyabr,

2025

BB-

785

mlrd

soʻm

16%

3 yil

Aprel,

2021

Aprel,

2024

BB-

1.4 trln

soʻm

20.5%

3 yil

Aprel,

2024

Aprel,

2027

BB-

“UzAuto Motors” AJ

$300

4.85%

5 yil

Aprel,

2021

Aprel,

2026

BB-

“Oʻzbekneftgaz” AJ

$700

4.75%

7 yil

Noyabr,

2021

Noyabr,

2021

BB-

Investorlar uchun investitsiya instrumentini tanlashdagi eng muhin elementlardan biri

yuqori likvidlilik hisoblanadi. Ammo, O’zbekiston kapital bozoridagi sotilavotgan qimmatli
qog’ozlarni likvidliligi juda past va

bu investorlar sonining kamligi va

o‘z navbatida savdo

hajmining pastligiga olib kelmoqda. Likvidlilikni pastligiga asosib sabablardan yana biri

bozorda faol savdo qilinadigan qimmatli qog’ozlarning soni kamligidadir.

Bozordagi likvidlilik muammosi, kapital bozori infratuzilmasining rivojlanmaganligi va

valyuta bilan bog’liq yuroqi risklar sababli kapital bozoriga investititsiya kiritishga tayyor

bo’lgan xorijiy investorlar soni juda kam. Aholining sonining oshishi va aholi jon boshiga

o’rtacha YaIM oshishi bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyo

jni oshishi bank daromadlariga ijobiy

ta’sir ko’rsatayotganligi sababli ayrim banklarning qimmatli qog’ozlar xorijiy investorlarga

sotilmoqda.

O’zbekiston moliya bozorining eng asosiy va qisqa muddatda hal qilish imkonsiz bo’lgan

dolzarb muammolaridan biri

moliyaviy savodxonlik muammosidir. O‘zbekistonda moliyaviy

savodxonlikning pastligi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va moliya bozori, xususan,

kapital bozorining kengayishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan mu

him omillardan biridir.

Moliyaviy

savodxonlik aholining moliyaviy vositalarni to‘g‘ri tushunishi va ulardan samarali

foydalanishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va odatlarni anglatadi. Aholining katta qismi

juda ko’plab moliyaviy xizmatlardan foydalan

ish uchun bilim darajasi yetishmaydi, ular

faqatgina ayrim bank va sug’urta xizmatlaridan foydalanadi. Investitsiya, aksiya, obligatsiya,


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

152

investitsiyalarni diversifikatsiya qilish, investitsiya risklari, fond birjasi va unda savdo qilish
kabi termin bilish va bu amallarni qilish uchun moliyaviy savodxonlik yetishmaydi. Xatoki, bank

dasturlari orqali online bank xizmatlaridan foydalanish bo’yicha ham bilim darajasi

yetishmagan ko’plab holatlarni uchratish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy

bankining m

oliyaviy savodxonlik bo‘yicha axbo

rot-

ta’lim veb

-sayti hisoblangan finlit.uz sayti

aholiga moliyaviy savodxonlik bo’yicha bilimlarini oshirish uchun ishlab chiqilgan bo’lsada, 38

mlnlik O’zbekiston aholisini qamrab olishi uchun yetarli darajada katta platf

ormas sifatida hali

shakllangani y

o’q.

Moliyaviy savodxonlik nafaqat aholida balki o’rta va yirik korxonalarda faoliyat

ko’rsatayotgan yuqori va o’rta bo’g’in rahbar hodimlarda ham yetarli darajada deb bo’lmaydi.

Chunki, ular o’z korxonalarini kengaytirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy re

surslarni faqat

bank kreditlari orqali moliyalashtiradi. Aksiya chiqarish yo’li bilan yoki obligatsiya emisssiya
qilish yo’li bilan kapitalni jalb qilish bo’yicha tajriba va bilim saviyasi yetarli darajada emas.

O’zbekisto

n moliya bozoridagi yana bir dolzarb muammolarda biri bu valyuta bozorining

rivojlanmaganligida. O’zbekistonda valyuta kurslari shakllanadigan birja valyuta birjasi

hisoblanadi. Valyuta birjasi “Birja chet el valyutani, davlat qimmatli qog‘ozlarini, moliya

viy

instrumentlarni (derivativlarn

i) sotib olish va sotish va ular bilan bog‘liq boshqa birja

operatsiyalari bo‘yicha birja savdolari, shuningdek banklararo pul bozori hamda Markaziy

bankning tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlari tashkilotchisi - respublikadagi

yagona ko‘p funksiyali birja maydonchasi hisoblanadi” (

Birja, 2023) . Bu birjaning asosiy savdo

instrumenti turli mamlakatlarning valyutasi hisoblanadi. Valyuta birjasining ishtirokchilar soni

O’zbekistonda keskin cheklangan bo’lib, Ma

rkaziy bank va tirjorat banklari bilan cheklangan.

Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutaga ehtiyoj sezganda faqatgina banklardan sotib

olishi yoki sotishi mumkin. Lekin 24 soat valyuta ayriboshlaydigan bank shahobchalari

O’zbekistonda unchalik ko’p

emas. Valyuta ayriboshlaydigan bankomatlar soni cheklangan va

ular ham har doim ham ishlamaydi. Aholi va mamlakatimizga kelayotgan xorijiy fuqorolarni

xalyutaga bo’lgan 24 soatlik ehtiyojini esa bular qondiralmaydi. Bu esa valyuta bozorida

qorabozorni shakllanishiga olib keluvchi asosiy om

illardan biri hisoblanadi. Ko’plab xorijiy

mamlakatlar tajribasida mahalliy valyuta birjalarida mikromoliya korxonalari ham savdo

qilishi mumkin va ular ko’plab shaharlar bo’ylab minglab nuqtalarda aholiga valyuta

ayriboshlash xizmatlarini taklif etishadi. Bu mamlakatlarda mana shuning uchun ham valyuta

qorabozorlari shakllanmaydi.

Shuningdek, valyuta bozorlarida valuta derivativlar savdosi ham yaxshi rivojlanmagan.

O’zRVB ning ma’lumotlariga qaraganda, 2022

-yilda 2 ta, 2023-yilda esa 3 ta valyuta fyucherlari

amalga oshirilgan (Birja, 2023). Buning sababli sifatida valyuta kuslarini oldindan prognoz

qilishni qilinligi banklar o’rtasida valyuta hosilaviy instrumentlarini oldi

-sotdi qilishiga

to’sqinlik qilmoqda.

Undan tashqa

ri, to’lov balansidagi muttasil sa

lbiy saldo milliy valyutaning xorijiy

valyutalarga nisbatan tez qadrsizlanishiga va inflyatsion jarayonlarni tezlashishiga olib

kelmoqda. So’ngi yillarga milliy valutaning AQSh dollariga nisbatan qadrsizlarini o’rtacha 6

-7

% atrifida bo’lmaqda. Bu ko’rsatg

ich 2024-yilning 28-noyabrigacha 4.26 % ga qadrsizlangan.

Markaziy bank tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra (Hisobot, 2024), valyutaning 1%

qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi

mumkin. Yil oxirigacha

valyutani

qadrsizlarini ko’rsatgichi 5 % yetgan taqdirda buning inflyatsiyaga ta’siri 1.5

-2%

atrifida bo’lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, milliy valyutaning qadrsizlarini inflyatsiyaga

ta’sir qilivchi eng asosiy omillardan biri

hisoblanadi.

Inflyatsiya O’zbeki

ston moliya bozoridagi rivojlanishini sekinlashtiruvchi asosiy

muammo va buni aholida bir mavzu sifatida ko’rib chiqish mumkin.

O’zbekiston moliya bozorinidagi raqamlarda ifodalab bo’ymaydigan yana bir dolzarb

muammo bu ax

borot assimetriyasi bilan bog’liq

muammo hisoblanadi. Axborot global moliya

bozorlarini faoliyatiga tez ta’sir quluvchi eng asosiy element hisoblanadi. Sementrik axborot


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

153

moliya bozorlarida tez, to’g’ri va samarali qarorlar qabul qilishning muhim shartidir.

Bu

muammoni ko’plab davlatlarda turli mexanizmlar orqali samarali hal qilingan. Ko’plab xususiy

kompaniyalar tijoratlashgan plotformalar orqali moliya bozorning juda keng qatlami haqidagi

axborotlar, yangiliklar va statistik ma’lumotlarni va xatoki turli

fundamental va matematik

tahlillar

ni ham berib boradi. Bunday plotformalar juda ko’p bo’lib, ularda tarqatilayotgan

axborotlar va yangiliklar deyarli bir biriga mos keladi, tahlillargina farq qilishi mumkin. Bundan

moliya bozorining barcha ishtirokchilari

manfaatdor bo’lib, kompaniyalarga

moliyaviy

resurslar jalb qilishda va investorlar uchun esa yuqori daromadli investitsiya imkoniyatini

tanlashga imkon beradi.

O’zbekistonda ham moliya bzooridan kapital jalb qiluvchi kompaniyalar haqida axborat

berib boruvchi bir nechta saytlar mavjud. Ammo bu saytlarga joylashtirilayotgan axborot va

yangiliklar ko’p hollarda o’z ahamiyatini yo’qotgandan keyin joylashtiriladi yoki ma’lum bir
qatlam uchun ochiqlanadi. Ko’plab statiktik ma’lumotlarni topish qiyin, topilsa ham

tahlil

uchun yig’ish bilan bog’li

q muammolar mavjud. Bu saytlarda tayyor tahliliy matriallar

joylashtirilmaydi, joylashtirilsa ham ishonchlilik darajasi past. Keng ommaga kopmaniya

haqidagi axborot, yangiliklar va statistik ma’lumotlarni oshkor qilishdan

manfaatdor tomonlar

kam. Ko’pincha

bunday ma’lumotlar tarqatilmaydi. Bu esa moliya bozorlarida to’g’ri

harakatlanish uchun yetarlicha imkon bermaydi. new.openinfo.uz va uzse.uz kabi saytlarga

ko’plab korporativ ma’lumotlar qo’yib boriladi. Lekin bu ma’lumo

tlar juda tarqoq va sifat

jihatdan

ham yetarli deb hisoblab bo’lmaydi. Moliya bozorning hajmini kichikligi bunday

ma’lumotlarni turli plotfirmalar orqali sotish orqali tijoratlashtirish imkoniyatini bermaydi.

O’zbekiston moliya bozori foizga asoslangan an’

anaviy moliya tizimi asosida ishlaydi.

O’zbekiston aholisini katta qismi islom diniga e’tiqot qilishini hisobga olsak, islom moliyasi

asosida faoliyat yuritadigan dual moliya tizimi yaratishga ehtiyoj juda katta. Ammo islom

moliyasini joriy etish bilan bog

’liq muammo va kamchiliklar bu tizimni O’zbekiston moliya

tizimiga olib kitirsh uchun to’sqinliq qilmoqda. Bank va sug’urta bozorlarida haligacha islom

moliya xizmatlari joriiy qilmagan. Faqatgiga banklar ichidan Trastbankda islom shariatlari

asosida moliy

aviy xizmat ko‘rsatadigan darchasi

mavjud. Kapital bozorida esa islomiy

qimmatli qog’ozlar haligacha mavjud emas. Malayziya, Turkiya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni,

BAA kabi Global moliya bozorlarga katta hajmli sukuk qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish

orqali katta hajmda moliyaviy res

urslar jalb qilishgan. Albatta, O’zbekiston ham xorijiy moliya

bozorlardan obligatsiyalar orqali moliyaviy resurs jalb qilmoqda, lekin mahallik bozorlarda

ham xorijiy bozorlarga ham hali biror marta sukuk vositasida moliyaviy resurs jalb qilingani

yo’q.

Xulosa va takliflar.

O‘zbekiston moliya bozorining rivojlanishi uchun mavjud muammolarni hal qilish dolzarb

masala bo‘lib qolmoqda. Kapital bozorining likvidlilik darajasi pastligi, moliyaviy savodxonlik

yetishmasligi, qim

matli qog‘ozlar bozori infratuzilm

asining rivojlanmaganligi va xalqaro

moliya bozorlariga integratsiya jarayonining sustligi sohaning asosiy muammolari bo’lib

qolmoqda. Shu bilan birga, axborot assimetriyasi va islomiy moliya vositalarining yetarli

darajada joriy qilinmaganligi kapital jal

b qilish imkoniyatlarini ma’lum darajada cheklab

qo’ymoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, fond bozorining samaradorligini oshirish uchun iqtisodiy

islohotlar davom ettirilib, xalqaro moliya bozorlariga yanada faol integratsiya qilinishi,

investitsiya vosit

alarining turlarini kengaytirish va moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha

chora-

tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Ushbu choralar nafaqat iqtisodiy o‘sishni

ta’minlashga, balki mamlakatning global moliya tizimida faol

ishtirok etishiga zamin yaratadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar

www.e-itt.uz

154

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Birja (2023). Biz haqimizda. [online] Available at:

https://www.uzrvb.uz/oz/o-

birzhe/about/

Birja (2023).

АО ‘Узбекская республиканская валютная биржа’.

Valyuta fyucherslari.

[online] Available at:

https://uzrvb.uz/oz/bozorlar-va-savdolar/derivativlar-bozori/currency-

futures/

Bobakulov T.I. (2024) “Moliya sektorini milli

y iqtisodiyotni rivojlantirish-dagi rolini

oshirishning dolzarb mummolari”, "Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari,

zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari" mavzusidagi III respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi,
71-78 betlar.

Hisobot (

2024) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Pul

-

kredit sharxi”, 2024

-yil II

chorak hisoboti.

Openinfo.uz. (2025). openinfo.uz | Single portal of corporate information. [online] Available

at:

https://new.openinfo.uz/home

Padungsaksawasdi, C., & Treepongkaruna, S. (2023) “Investor Attention and Global Sto

ck

Market Volatility: Evidence from COVID-

19”. Journal of Emerging Market Finance, 22(1), 85–

104.

Setiawan et al., (2021) “Financial Market Development and Econ

omic Growth: Evidence

From Asean and Cee Region”, Polish Journal Of Management Studies, Vol 23,

N 2, 2021

The World Bank (2024). Indicators | Data. [online] Worldbank.org. Available at:

https://data.worldbank.org/indicator

.

Uzse.uz. (2025).

Republican Stock Exchange ‘Toshkent’. [online] Available

at:

https://www.uzse.uz

.

Vaxabov va boshqalar (2013), “Moliyaviy savonxonlik asoslari”, O’quv qo’llanma, Baktiriya

press, Toshkent, 288 bet.

www.ceicdata.com. (n.d.). Uzbekistan Market Capitalization, 2010

2023 | CEIC Data.

[online]

Available

at:

https://www.ceicdata.com/en/indicator/uzbekistan/market-

capitalization

.

Xudoyqulov (2022), “O‘zbekistonda fond bozorini tizimli riskini baholash amaliyot”,

“UzBridge” elektron jurnali, I son, May, 115

-122 betlar

References

Birja (2023). Biz haqimizda. [online] Available at: https://www.uzrvb.uz/oz/o-birzhe/about/

Birja (2023). АО ‘Узбекская республиканская валютная биржа’. Valyuta fyucherslari. [online] Available at: https://uzrvb.uz/oz/bozorlar-va-savdolar/derivativlar-bozori/currency-futures/

Bobakulov T.I. (2024) “Moliya sektorini milliy iqtisodiyotni rivojlantirish-dagi rolini oshirishning dolzarb mummolari”, "Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari" mavzusidagi III respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 71-78 betlar.

Hisobot (2024) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Pul-kredit sharxi”, 2024-yil II chorak hisoboti.

Openinfo.uz. (2025). openinfo.uz | Single portal of corporate information. [online] Available at: https://new.openinfo.uz/home

Padungsaksawasdi, C., & Treepongkaruna, S. (2023) “Investor Attention and Global Stock Market Volatility: Evidence from COVID-19”. Journal of Emerging Market Finance, 22(1), 85–104.

Setiawan et al., (2021) “Financial Market Development and Economic Growth: Evidence From Asean and Cee Region”, Polish Journal Of Management Studies, Vol 23, N 2, 2021

The World Bank (2024). Indicators | Data. [online] Worldbank.org. Available at: https://data.worldbank.org/indicator.

Uzse.uz. (2025). Republican Stock Exchange ‘Toshkent’. [online] Available at: https://www.uzse.uz.

Vaxabov va boshqalar (2013), “Moliyaviy savonxonlik asoslari”, O’quv qo’llanma, Baktiriya press, Toshkent, 288 bet.

www.ceicdata.com. (n.d.). Uzbekistan Market Capitalization, 2010 – 2023 | CEIC Data. [online] Available at: https://www.ceicdata.com/en/indicator/uzbekistan/market-capitalization.

Xudoyqulov (2022), “O‘zbekistonda fond bozorini tizimli riskini baholash amaliyot”, “UzBridge” elektron jurnali, I son, May, 115-122 betlar