Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
173
TANNARX BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA
HISOBINING ALOQALARI
PhD
Tashnazarova Dilfuza Samiddinovna
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
"Xalqaro moliyaviy texnologiya va fanlar maktabi" (ISFT) institute
ORCID: 0009-0003-0575-2818
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tannarx buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob o‘rtasidagi
aloqalar, farqlar
va ularning tashkilot boshqaruvidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tannarx
buxgalteriya
hisobi tashkilot ichida strategik va operatsion qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar taqdim
etsa, moliyaviy hisob tashqi tomonlarga korxonaning moliyaviy holatini aks ettiradi. Maqolada
tannarx buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning foy
dalanuvchilari, maqsadi, yo‘nalishlari va
hisobot standartlari bo‘yicha taqqoslanishi keltirilgan. Shuningdek, ularning bir
-birini qanday
to‘ldirishi va korxonaning umumiy samaradorligini
oshirishga xizmat qilishi ochib berilgan.
Maqola menejerlar, buxgalterlar va tadqiqotchilar uchun dolzarb va amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
tannarx buxgalteriya hisobi, moliyaviy buxgalteriya hisobi, qaror qabul qilish,
moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, samaradorlikni boshqarish, tashqi manfaatdor tomonlar,
ichki manfaatdor tomonlar.
ВЗАИМОСВЯЗЬ УЧЕТА ЗАТРАТ И ФИНАНСОВОГО УЧЕТА
PhD
Ташназарова Дильфуза Самиддиновна
Самаркандский
институт
экономики
и
сервиса
Институт «Международная школа финансовых технологий и науки» (ISFT)
Аннотация.
В данной статье анализируются взаимосвязи, различия и значение
управленческого учёта себестоимости и финансового учёта в управлении организацией.
Управленческий учёт
себестоимости предоставляет данные для принятия
стратегических и оперативных решений внутри организации, тогда как финансовый
учёт
отражает финансовое состояние компании для внешних заинтересованных
сторон. В статье проводится сравнение управленческого учёта себестоимости и
финансового учёта по их пользователям, целям, направлениям и стандартам
отчётности. Также раскрывается, как они взаимно дополняют друг друга и
способствуют повышению общей эффективности компании. Статья актуальна и
практическая для менеджеров, бухгалтеров и исследователей.
Ключевые слова
:
управленческий учёт
себестоимости, финансовый учёт
,
принятие решений, финансовая отчётность, международные стандарты, управление
эффективностью, внешние заинтересованные стороны, внутренние заинтересованные
стороны.
UO‘K:
638.14.08
XII SON - DEKABR, 2024
173-178
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
174
THE RELATIONSHIP BETWEEN COST ACCOUNTING AND FINANCIAL ACCOUNTING
PhD
Tashnazarova Dilfuza Samiddinovna
Samarkand Institute of Economics and Service
“International School of Financial Technology and Science” (ISFT) Institute
Abstract.
This article examines the interconnections, differences, and roles of cost
accounting and financial accounting in organizational management. Cost accounting provides
data for strategic and operational decision-making within an organization, while financial
accounting reflects the financial condition of the company for external stakeholders. The article
compares cost accounting and financial accounting in terms of their users, objectives, focus areas,
and reporting standards. Additionally, it highlights how these two accounting systems
complement each other and contribute to improving the overall efficiency of the organization. The
article is relevant and practical for managers, accountants, and researchers.
Keywords:
cost accounting, financial accounting, decision-making, financial reporting,
international standards, efficiency management, external stakeholders, internal stakeholders.
Kirish.
Bugungi global iqtisodiyotda korxona faoliyatini samarali boshqarish, xarajatlarni
optimallashtirish va moliyaviy shaffoflikni ta’minlash bo‘
yicha talablar ortib bormoqda. Har
qanday tashkilotning moliyaviy muvaffaqiyati tannarx buxgalteriyasi va moliyaviy hisob
tizimlarini t
o‘g‘
ri tashkil etishga bo
g‘
liq.
O‘
zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlar, jumladan, raqamli iqtisodiyotga
o‘
tish, xalqaro standartlarga moslashish va
investitsion muhitni yaxshilash jarayonlari bu sohalarning ahamiyatini yana-da oshiradi.
Xususan,
O‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevralda PQ-4611 Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga
o‘
tish bo
‘
yicha q
o‘
shimcha chora-tadbirlar t
o‘g‘
risida
qarorlari asosida moliyaviy va tannarx buxgalteriyasini takomillashtirish davlat
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda strategik ahamiyat kasb etmoqda.Mazkur
maqolada tannarx buxgalteriyasi va moliyaviy hisobotning rivojlanishi, nazariy asosi,
dolzarbligi va mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan
o‘
rni keng tahlil qilinadi.
Adabiyotlar sharhi.
AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiyalik olimlardan Kolin (2018), Xorngren (2021), Heitger,
Hilton va boshqalar (2021)
o‘
zining asarlarida tannarxni aniqlash va uning taqsimlanishi uchun
zamonaviy metodlarni taqdim etadi. Ayniqsa,
ABC costing (faoliyatga asoslangan hisoblash)
va
marginal costing
tizimlar, Tannarxni tashkil etish va uning biznes faoliyatidagi
o‘
rnini
yoritib, tannarxni moliyaviy hisobotlarda qanday aks ettirish zaruriyati b
o‘
yicha chuqur
tadqiqotlar olib borgan. Mamlakatimiz olimlaridan Nazarov va Bozorov (2020), Pardaevlar
(2019) tomonidan tannarx tushunchasi va mahsulot birligini aniqlash tartib usullari xorij
tajribalari asosida yoritib berilgan.Tannarx tushunchasi va uni aniqlash b
o‘
yicha xorij
tajribasini
o‘
rganib,
O‘
zbekiston sharoitiga moslashtirish masalalarini yoritib bergan.Xususan,
tannarx hisob-kitobining zamonaviy iqtisodiyotga mos keluvchi raqamli texnologiyalar asosida
takomillashtirish zarurligini k
o‘
rsatadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida ilmiy abstraksiya usuliga, tahlil va sintez hamda statistik usullarga
asoslangan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
175
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Moliyaviy buxgalter
iya, hozirgi ma’noda, O‘
rta asrlarda ikkiyoqlama yozuv usuli (double-
entry bookkeeping)ning ixtiro qilinishi bilan shakllangan. Bu usulning eng birinchi ilmiy
asoslangan bayoni 1494 yilda italiyalik matematika olimi Pacioli tomonidan "Summa de
Arithmetica, Geometria, Proportioni et Proportionalita" asarida keltirilgan. Ushbu asarda
aktivlar, passivlar, daromadlar va xarajatlarni qayd etish usullari bayon etilgan. Ikkiyoqlama
yozuv usuli hisob-
kitoblarning aniq va ishonchli olib borilishini ta’minla
gan, bu esa moliyaviy
hisobotlarning tuzilishini yangi bosqichga olib chiqdi.Moliyaviy buxgalteriya ayniqsa sanoat
inqilobi davrida rivojlangan. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida yirik korxonalar, masalan,
fabrikalar va zavodlar paydo b
o‘
lishi bilan moliyaviy hisobotlarni standartlashtirish zarurati
yuzaga keldi. Bu davrda kompaniyalar daromad va xarajatlarni aniqlash, moliyaviy holatini
baholash va investorlar uchun axborot berish maqsadida hisobotlarni tuzishni boshladi. Shu
bilan birga, xalqaro savdoning rivojlanishi va bank tizimining kengayishi moliyaviy
buxgalteriyaning yanada takomillashishiga turtki berdi. XX asrda moliyaviy hisobotlarni
tayyorlash b
o‘
yicha xalqaro standartlar joriy qilina boshlandi, bu esa moliyaviy buxgalteriyani
global darajada yanada tartibga soldi.
Boshqaruv buxgalteriyasi moliyaviy buxgalteriyadan keyinroq shakllangan va uning
rivojlanishi sanoat inqilobi bilan bo
g‘
liqdir. Boshqaruv buxgalteriyasi asosan ichki foydalanish
uchun m
o‘
ljallangan b
o‘
lib, korxona rahbariyatini samarali qarorlar qabul qilishda kerakli
ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. 18
-asr oxirlarida yirik sanoat korxonalari paydo b
o‘
lgach, ishlab
chiqarish xarajatlarini nazorat qilish, samaradorlikni oshirish va rentabellikni baholash
zarurati kuchaydi. Shu tariqa, boshqaruv buxgalteriyasining dastlabki shakllari ishlab
chiqildi.XIX-asr oxiriga kelib, yirik diversifikatsiyalangan korporatsiyalarda (masalan, Du Pont
va General Motors) ilmiy boshqaruv tamoyillari q
o‘
llanila boshlandi. Bu tamoyillar asosida
boshqaruv buxgalteriyasida xarajatlarni tahlil qilish va nazorat qilish tizimlari rivojlandi.
Jismoniy ishlab chiqarish k
o‘
rsatkichlarini moliyaviy k
o‘
rsatkichlarga aylantirish imkonini
beruvchi usullar ishlab chiqildi. 20-asr boshlarida Nicholson tomonidan nashr etilgan "Cost
Accounting Theory and Practice" asari boshqaruv buxgalteriyasining rivojlanishida muhim
o‘
rin tutdi.
Moliyaviy va tannarx buxgalteriya hisobini t
o‘
liq tushunish uchun qaror qabul qilish
jarayonini bilish va buxgalteriya ma'lumotlaridan foydalanadigan turli foydalanuvchilar haqida
xabardor b
o‘
lish kerak. S
o‘
nggi yillarda ishlab chiqarish va xizmat k
o‘
rsatish sohalaridagi
k
o‘
plab tashkilotlar
o‘
zlarining biznes muhiti bilan bo
g‘
liq keskin
o‘
zgarishlarga duch kelishdi.
Bozorni erkinlashtirish va chet el kompaniyalaridan kelgan keng raqobatning ta'siri ostida,
hozirda k
o‘
pgina kompaniyalar global raqobat muhitida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga,
texnologik innovatsiyalar va yanada talabchan mijozlar ehtiyojlarini qondirish zaruriyati
tufayli mahsulot umrining qisqarishi kuzatilmoqda.Bugungi kunda yuqori darajadagi raqobat
muhitida muvaffaqiyatga erishish uchun kompaniyalar mijozlarning qoniqishini eng muhim
maqsad qilib olishgan. Shuningdek, yangi boshqaruv uslublari joriy etilgan va ishlab chiqarish
kompaniyalari
o‘
z ishlab chiqarish tizimlarini
o‘
zgartirib, yangi texnologiyalarga sarmoya
kiritgan. Bu
o‘
zgarishlar boshqaruv buxgalteriya tizimlariga sezilarli ta'sir k
o‘
rsatdi.
Tannarx buxgalteriya hisobi boshqaruv buxgalteriyasi va moliyaviy buxgalteriya uchun
zarur b
o‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi. Tannarx buxgalteriya hisobi tashkilot ichidagi
resurslarni sotib olish yoki ulardan foydalanish bilan bo
g‘
liq moliyaviy va nomoliyaviy
ma’lumotlarni o‘
lchaydi, tahlil qiladi va hisobot qiladi.Masalan, mahsulot tannarxini hisoblash
xarajatlar hisobining funksiyasidir. Bu funksiya quyidagilarga xizmat qiladi:
•
Moliyaviy buxgalteriya uchun
tovar zaxiralarining qiymatini baholash
;
•
Boshqaruv buxgalteriyasi uchun
qaror qabul qilish
, masalan, mahsulot narxini
belgilash yoki qaysi mahsulotlarni tar
g‘
ib qilishni aniqlash.
Zamonaviy tannarx buxgalteriya hisobi xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘
ish
boshqaruv qarorlarini qabul qilish funksiyasiga bo
g‘
liq deb qaraydi. Shu sababli, boshqaruv
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
176
buxgalteriyasi va xarajatlar hisoboti
o‘
rtasidagi farq har doim ham aniq emas. K
o‘
pincha bu
atamalar bir-birining
o‘
rnida ishlatiladi.
Moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi
o‘
rtasidagi farqlarni chuqur tahlil qilish, xorijlik va
O‘
zbekistonlik iqtisodchi olimlarning izlanishlari biznes boshqaruvi va moliyaviy hisobotlarni
samarali tashkil etishda muhim rol
o‘
ynaydi.Iqtisodiy islohotlar davomida tashkilotlar va
kompaniyalar uchun t
o‘g‘
ri moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash, ichki va tashqi
foydalanuvchilar uchun zarur ma'lumotlarni taqdim etish muhim ahamiyatga ega. Ushbu tahlil
nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi, balki davlat iqtisodiyotining
barqaror rivojlanishiga hissa q
o‘
shadi.
1-jadval
Moliyaviy va Boshqaruv Buxgalteriyasining Asosiy Farqlari
Asosiy Jihatlar
Moliyaviy Buxgalteriya
Boshqaruv Buxgalteriyasi
Huquqiy Asos
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash
qonuniy talab bo
‘
lib, davlat organlari
va aksiyadorlar oldida hisobdorlikni
ta
’
minlaydi.
Hisobot tayyorlash huquqiy asosga
ega emas, boshqaruv ehtiyojlariga
qarab amalga oshiriladi.
Asosiy Maqsad
Moliyaviy holat va natijalarni tashqi
manfaatdor tomonlarga (aksiyadorlar,
kreditorlar, davlat idoralari) yetkazish.
Tashkilot ichidagi qaror qabul qilish,
rejalashtirish va nazorat jarayonlarini
qo‘llab
-quvvatlash.
Qamrov
Umumiy korxona faoliyati bo
‘
yicha
ma
’
lumotlarni taqdim etadi.
Tashkilotning maxsus segmentlari
(mahsulotlar, xizmatlar, bo‘limlar,
faoliyat turlari) bo‘yicha batafsil
ma’lumot bera
di.
Me’yoriy Asos
Umumiy qabul qilingan buxgalteriya
tamoyillari (GAAP), xalqaro
standartlar (IFRS), yoki milliy
qonunchilik asosida tayyorlanadi.
Hisobotlar belgilangan standartlarga
rioya qilmaydi, faqat boshqaruv
ehtiyojlariga mos ravishda ishlab
chiqiladi.
Ma’lumotlarning
Tavsifi
Ma’lumotlar aniq, ishonchli, o
byektiv
va o‘tgan davr natijalarini aks ettiradi.
Ma’lumotlar prognozli, vaqtincha va
kelajakni rejalashtirishga qaratilgan.
Vaqt Oralig‘i
Hisobotlar asosan oylik, yillik va yarim
yillik asosda tayyorlanadi.
Har kuni, haftalik yoki oylik hisobotlar
tayyorlanadi, vaqtni tejamkorlik bilan
ta’minlash maqsad qilinadi.
Aniqlik va
Moslashuvchanlik
Aniqlik va standartlarga moslik talab
qilinadi.
Aniqlikdan ko‘ra tezkorlik va
moslashuvchanlik muhimroq;
taxminiy qiymatlar afzal ko‘riladi.
Tomonlarning
Talablari
Tashqi tomonlar: aksiyadorlar,
investorlar, davlat va boshqa
manfaatdor tomonlar uchun ishlab
chiqiladi.
Tashkilot ichidagi boshqaruv va
rahbarlar ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Fokus va Yo‘nalish
O‘tgan davr ma’lumotlariga e’tibor
qaratiladi, tarixiy natijalar aks
ettiriladi.
Kelajakdagi qarorlar va strategik
rejalashtirish uchun foydali
ma’lumotlar tayyorlanadi.
Asosiy Xususiyati
Hisobotlarning ishonchliligi va bir
xilligi ta'minlanadi; ular
interkompaniya va vaqt davomida
solishtirish imkonini beradi.
Ma’
lumotlar faqat tashkilot ichki
ehtiyojlariga moslashtirilgan,
moslashuvchan va dinamik xarakterga
ega.
Manba:
(Horngren va boshq., 2021) ga asosan jadval muallif tomonidan qayta ishlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
177
Xorijlik iqtisodchi olimlardan professor Atkinson boshqaruv hisobining tashkilotlarda
strategik qarorlar qabul qilish va biznesning samaradorligini oshirishdagi muhimligini
ta'kidlagan. U boshqaruv hisobi nafaqat hisob-kitob ma'lumotlarini taqdim etish, balki
menejerlarga rejalashtirish, byudjet tuzish va resurslarni samarali boshqarish b
o‘
yicha yordam
berishi kerakligini ta'kidlagan.
Kaplan va Norton "Balanced Scorecard" metodologiyasini ishlab chiqdilar, bu esa
boshqaruv hisobi tizimining samaradorligini oshirishda yordam beradigan metodlardan
biridir. Ular boshqaruv hisobi orqali nafaqat moliyaviy k
o‘
rsatkichlar, balki mijozlar, ichki
jarayonlar va
o‘
quv taraqqiyotini
o‘
z ichiga olgan t
o‘
liq tizim yaratishni ta'kidlaydilar. Kaplan
va Norton boshqaruv hisobi orqali tashkilotning strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun
tizimli yondashuvni ishlab chiqqanlar.
O‘
zbek olimlaridan Umarov moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi
o‘
rtasidagi farqlarni
quyidagicha izohlaydi:
"Moliyaviy hisobotlar davlat organlari, aksiyadorlar va boshqa tashqi
foydalanuvchilar uchun zarur b
o‘
lsa, boshqaruv hisobi korxonaning ichki boshqaruviga yordam
beradi. Boshqaruv hisobi har bir b
o‘
lim va faoliyatning samaradorligini kuzatish, resurslarni
taqsimlash va kelajakdagi strategiyalarni ishlab chiqish uchun zarur ma'lumotlarni taqdim
etadi."
2-jadval
Moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi
o‘
rtasidagi
o‘
xshashliklar
Tahlil
turlari
Moliyaviy hisob
Boshqaruv hisobi
Izoh
Gorizontal
tahlil
Gorizontal tahlil moliyaviy
hisobotlarda
ko
‘
rsatkichlarning o
‘
zgarishini
o
‘
rganish orqali, tashkilotning
moliyaviy salohiyatini
aniqlashda qo
‘
llaniladi.
Gorizontal tahlil
boshqaruv hisobida ham
uzoq muddatli
strategiyalar va
operatsion
samaradorlikni
baholashda ishlatiladi.
Ushbu tahlil usuli,
ma'lumotlarning vaqt
davomida qanday o‘zgarishini
ko‘rib chiqishda va qarorlar
qabul qilishda yordam beradi.
Vertikal
tahlil
Moliyaviy hisobotlarda har bir
tarkibiy qismning umumiy
ko
‘
rsatkichga nisbatan foizda
ifodalanishi, tashkilotning
moliyaviy holatini ko
‘
rsatadi.
Boshqaruv hisobi vertikal
tahlil yordamida
tashkilotning har bir
faoliyat segmenti yoki
xarajatlarni baholaydi.
Bu usul, xarajatlar yoki
daromadlarning tashkilotning
umumiy faoliyatiga nisbatan
qanday o
‘
rin tutishini
ko
‘
rsatadi va operatsion
qarorlar uchun asos yaratadi.
Nisbiy
tahlil
Nisbiy tahlil, moliyaviy
koeffitsientlar orqali
tashkilotning samaradorligini,
likvidligini, rentabelligini
baholashda ishlatiladi.
Boshqaruv hisobi nisbiy
tahlilni operatsion
samaradorlik, rentabellik
va strategik rejalar
asosida qarorlar qabul
qilishda qo
‘
llaydi.
Nisbiy tahlil tashkilotning
umumiy faoliyatini o
‘
lchashda
yordam beradi va iqtisodiy
resurslardan samarali
foydalanishni ta'minlaydi.
Manba:
(Horngren va boshq., 2021) ga asosan jadval muallif tomonidan qayta ishlandi.
Professor Sodiqov "Moliyaviy boshqaruv" darsligida shunday degan:
"Moliyaviy va
boshqaruv hisobi
o‘
rtasidagi farqni tushunish,
O‘
zbekistondagi tashkilotlar uchun samarali
menejment va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda zarurdir. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy
barqarorlikni taqdim etadi, boshqaruv hisobi esa tashkilot ichidagi resurslar va operatsion
samaradorlikni yaxshilashga yordam beradi."
Moliyaviy hisob va boshqaruv buxgalteriyasi tashkilotning samarali boshqaruvi va
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun asosiy hisob tizimlari hisoblanadi. Bu ikki turdagi
hisobning maqsadi, qamrovi, foydalanuvchilari va metodlari bir-biridan sezilarli darajada farq
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
178
qilsa-da, ular tashkilotning umumiy maqsadlariga xizmat qiluvchi muhim elementlar sifatida
qaraladi. 1-jadvalda ularning asosiy farqlari va
o‘
xshashliklari tizimli ravishda tahlil etilgan.
Moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bir nechta
o‘
xshash jihatlarga ega b
o‘
lib, ular
tashkilotning umumiy moliyaviy holatini baholash, qarorlar qabul qilish va strategik
rejalashtirishda q
o‘
llaniladi. Ushbu ikki hisob turlarining
o
‘
xshashliklarini tizimli ravishda
taqdim etish uchun 2-jadvalda berilgan tahlil turlaridan foydalanish mumkin:
Moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi o‘xshashliklar, har ikkala hisob turining
ham tashkilotning umumiy faoliyatini aniqlash va bahola
shda qo‘llanilishini ko‘rsatadi.
Gorizontal, vertikal va nisbiy tahlil usullari yordamida tashkilotlar o‘zlarining moliyaviy
holatini yaxshilash, strategik qarorlar qabul qilish va kelajakdagi o‘sishni ta'minlash
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, m
oliyaviy va boshqaruv
hisobining o‘xshashliklari,
amaliyotda tashkilotlar uchun eng yuqori samaradorlikka erishish uchun integratsiyalangan
yondashuvni talab qiladi.
Xulosa va takliflar.
Tannarx buxgalteriya hisobi va moliyaviy buxgalteriya hisobining o‘
zaro aloqalari
korxona
ning moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Tannarx buxgalteriya hisobi mahsulotlar va xizmatlarning ishlab chiqarish xarajatlarini batafsil
tahlil qilish imkonini beradi va ichki boshqaruv qarorlari
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni
taqdim etadi. Moliyaviy buxgalteriya hisobi esa korxonaning umumiy moliyaviy natijalarini
hisobga olib, tashqi manfaatdor tomonlarga hisobotlarni yetkazib beradi. Ushbu ikki hisob turi
bir-
birini to‘ldiradi va ular o‘rtas
i
dagi uzviy bog‘liqlik
korxonaning strategik maqsadlarini
samarali amalga oshirish, tannarxni optimallashtirish hamda moliyaviy barqarorlikni
ta’minlash uchun zarurdir. Shu sababli, ularning uzluksiz va aniq hamkorligini ta’minlash har
qanday korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun muhim omildir.
T
annarx va moliyaviy buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvini
avtomatlashtirish uchun zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanishni kengaytirish lozim. Bu
hisobotlar orasidagi tafovutlarni kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi. Tannarx va moliyaviy
hisobotlarning yagona uslubiyatini belgilovchi milliy standartlarni qayta ko‘rib chiqish va
ularni xalqaro standartlarga moslashtirish zarur.
Adabiyotlar/Литература/References:
Colin Drury (2018) Management and Cost Accounting. 10th Edition Publisher: Annabel
https://www.pdfdrive.com/management-and-cost-accounting-e183857367
Hilton, R.W., Maher, M.W., & Selto, F.H.
(2021) “Cost Management: Strategies for Business
Decisions” –
McGraw Hill.
Horngren, C.T., Datar, S.M., & Rajan, M.V.
(2021) “Cost Accounting: A Managerial Emphasis”
–
Pearson.
Nazarov, U., & Bozorov, S. (2020).
Tannarx buxgalteriyasi va boshqaruv hisobi
. Toshkent:
"Iqtisodiyot va Moliya" nashriyoti.
Pardaev A.X., Pardaeva Z.A. (2019) Boshqaruv hisobi. Darslik. -
T.: ―Iqt
isod-Moliya. 538 b.
Qaror (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevralda PQ
-4611
―Moliyaviy hisobotning x
a
lqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-tadbirlar
https://lex.uz/ru/docs/4746049
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS). Rasmiy veb-sayt:
Xusanov, A. (2021). “Korxona tannarx hisobotlarini
optimallashtirishning dolzarb
muammolari.”
Iqtisodiyot va Innovatsiyalar Jurnali
,
12(3), 25-34.
