СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМОВ МЕЖРЕГИОНАЛЬНОЙ СУБКЛАСТЕРИЗАЦИИ В РЕГИОНАЛЬНОЙ АГРОПРОМЫШЛЕННОЙ ОТРАСЛИ

Аннотация

Агрегация агропромышленного комплекса играет важную роль в социально-экономическом развитии регионов, так как этот процесс сочетает в себе ряд факторов, представлен конкретный экономический анализ комплексного развития и комбинированная система его показателей. Обсуждены социально-экономические аспекты, которым уделяется особое внимание при организации агропромышленных кластеров в регионах для социально-экономического развития регионов.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
21-26
20

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Абдуллаев O. (2024). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМОВ МЕЖРЕГИОНАЛЬНОЙ СУБКЛАСТЕРИЗАЦИИ В РЕГИОНАЛЬНОЙ АГРОПРОМЫШЛЕННОЙ ОТРАСЛИ. Экономическое развитие и анализ, 2(11), 21–26. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/59849
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Агрегация агропромышленного комплекса играет важную роль в социально-экономическом развитии регионов, так как этот процесс сочетает в себе ряд факторов, представлен конкретный экономический анализ комплексного развития и комбинированная система его показателей. Обсуждены социально-экономические аспекты, которым уделяется особое внимание при организации агропромышленных кластеров в регионах для социально-экономического развития регионов.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

21


MINTAQA AGROSANOATIDA HUDUDLARARO SUBKLASTERLASH

MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abdullayev Olimjon G‘ayratovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

ORCID: 0009-0004-8580-5859

agolider1987@icloud.com

Annotatsiya.

Maqolada mintaqa iqtisodiyotida ishlab chiqarishni tizimlashtirishning eng

maqbul yechimlaridan biri sifatida ko‘rilayotgan klasterlashtirish hududlarni

ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, kompleks

rivojlantirishning o‘ziga xos iqtisodiy tahlili, ularning ko‘rsatkichlarning guruhlangan tizimi

keltirilgan. Hududlarda agrosanoatni klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishni tashkil etishda alohida e’tibor qaratiladigan ijtimoiy

-iqtisodiy jihatlar tadqiqi

keltirilgan.

Kalit so‘zlar

:

xizmatlar tarmog‘i, agrosanoatni subklasterlashtirish, qishloq xo‘jaligini

modernizatsiya qilish, innovatsion rivojlanish, xarajatlarni minimallashtirish

klasterlar,

ularning salohiyatini baholash, optimallashtirish, klasterlashtirish.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМОВ МЕЖРЕГИОНАЛЬНОЙ СУБКЛАСТЕРИЗАЦИИ

В РЕГИОНАЛЬНОЙ АГРОПРОМЫШЛЕННОЙ ОТРАСЛИ

Абдуллаев Олимжон Гайратович

Университет экономики и педагогики

Аннотация.

Агрегация агропромышленного комплекса играет важную роль в

социально

-

экономическом развитии регионов, так как этот процесс сочетает в себе ряд

факторов, представлен конкретный экономический анализ комплексного развития и
комбинированная система его показателей. Обсуждены социально

-

экономические

аспекты, которым уделяется особое внимание при организации агропромышленных

кластеров в регионах для социально

-

экономического развития регионов.

Ключевые слова

:

сервисная сеть, субкластеризация агропромышленного

комплекса, модернизация сельского хозяйства, инновационное развитие, минимизация

затрат

-

кластеры, оценка их эффективности, оптимизация, кластеризация.

UO

K: 339.466.54

XI SON - NOYABR, 2024

21-26


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

22

IMPROVING INTERREGIONAL SUBCLUSTERING MECHANISMS IN THE REGIONAL

AGRICULTURAL INDUSTRY

Abdullayev Olimjon Gayratovich

Economics and pedagogy university

Abstract.

Aggregation of the agricultural industry plays an important role in the

socioeconomic development of regions, as this process combines a number of factors, a specific

economic analysis of complex development, and a combined system of its indicators. In the article
the social and economic aspects that receive special attention in organizing agro-industry clusters

in the regions for the socio-economic development of the regions have been discussed.

Keywords

:

service network, sub-clustering of the agricultural industry, modernization of

agriculture, innovative development, cost reduction - clusters, evaluation of their efficiency,
optimization, clustering.

Kirish.

Agrosanoat korxonalarini hududlararo subklasterlashtirish asosida rivojlantirish mutloq

tizimli yondoshuv asosida yuzaga chiqadi. Bunda asoiy klaster strategik manba sif

atida ko‘p

funksional harakatni amalga oshiradi. Jumladan, bir chiziqli subklasterlararo resusrs

almashinuvini ta’minlaydi, axborotlashuv diapazonini kengaytiradi, subklaster a’zolarining

faoliyatini rivojlantiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi, innovats

iyalarni joriy qiladi va shu orqali

iqtisodiy salohiyatini oshirib, ijtimoiy-iqtisodiy nufuzini yaxshilab boradi.

Hududning agrosanoatini klasterlashtirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol

o‘ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, sinergetik ta’sir yaratadi. Hozirgi

zamonaviy ilmiy yondoshuvlarga tayanilsa, nazarda tutilayotgan omillarni hududning xususiy

va umumiy iqtisodiy-

ijtimoiy imdjidan kelib chiqib tizimlashtirish mumkin bo‘ladi. Hususan,

Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyasida har ikki holat mavjud

bo‘lib, o‘ziga xosligida asosiy jihat hudud YaHM tarkibida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish

hajmining salmoqli hissasi borligi, ya’ni Respublika va uning tarkibiy hududlariga nisbatan eng

katta ulushga egaligidir. Bu esa mintaqa agrosanoatning, agrosanoat tizimida olib borilayotgan
islohotlarning ahamiyatlilik darajasini oshishiga olib kelgan.

Muammoning qo‘yilishi.

Mamlakatimizda klasterlashtirish amaliyoti, agrosanoatni

klaster usuli yordamida rivojlantirish jahon tajribasidan kelib chiqib, mintaqalarning iqtisodiy-

ijtimoiy potensialini, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish tendensiyasini, amalga oshirish

mexanizmlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashilgan keng ko‘lamli

jarayonlarini bajarishga erishish.

Adabiyotlar sharhi.

Agrosanoat majmuasini rivojlantirish axolining turmush darajasini oshrishning asosiy

omillaridan biridir. Shu sababli mamlakat agrosanoat majmuasining rivojlanishga O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan doimiy e’tibor berilib kelinmoqda (Qaror

2015; Qaror, 2021).

Ilmiy nuqtaiy nazardan faoliyat sifatida, jarayon sifatida, omil sifatida va boshqa

xususiyatiga ko‘ra ta’riflash mumkin. Agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni

ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirishga bergan ta’riflari keng manbalarda keltirilgan bo‘lib,

tadqiqotchilar ilmiy ishlarida ulardan foydal

anishadi (Jo‘rayev va boshq.,

2023; Raximov va

boshq., 2021).

Mintaqada agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirishni modellashtirish va

prognozlash, ishla

b chiqarishni ko‘p mezonli optimallashtirish, sanoatning hududiy rivojlanishi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

23

va uning ko‘p omilli empirik modellarini tasniflash masalalari kinlarning ilmiy izlanishlaridan
keng joy egallagan (Jo‘rayev va boshq., 2023; Ochilov va boshq., 2020).

Mintaqaning innovasion salohiyatga egaligi savdo xizmatlarini innovasion rivojlantirish

uchun zaruriy va yetarli imkoniyatlarning darvozasi ekanligini ta’kidlaydi (Jo‘rayev, 2021;

Mukhitdinov va boshq., 2021).

Hudud agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish xaridor psixologiyasiga ta’sir etish motivlarini tadqiq etgan ishlarida

agrosanoatni klasterlashtirish tizimini optimal tashkil etish murakkablik jihatlarini

modellashtirish usullari yordamida sodda ob’yekt sifatida o‘rganish g‘oyasini ilgari surib,
xususan modellashtirish jarayonida trend modellarning qo‘llanilish mezonlarini zaruriy hodisa

sifatida baholashadi (Jo‘rayev, 2021).


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Umuman olganda barcha subklaster a’zolari tarmoq holatida mu

ayyan mintaqa

agrosanoatini subklaster usuli yordamida

mamlakat miqyosida hududlarga ko‘ra

klasterlashtirish natijasida rivojlanuvchi iqtisodiy sektorlar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni

turlicha talqin qilish mumkin. Biroq umumiy holda, shuningdek, asosiylik maqomiga ega
omillarni tasniflash muximdir. Shunday omillar sifatida bizning holda hudud ijtimoiy-iqtisodiy

muxitidan kelib chiqib bandlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, mahalliy

resusrslardan foydalanish jarayonlarini optimallashtirish, hududning har bir tarkibiy

osthududlarini rivojlantirish, innovatsion rivojlanish omillarini rag‘batlantirish kabi asosiy

masalalarga e’tibor qaratildi.

Maqolamizda biz

taklif

etayotgan

agrosanoat

korxonalarini

hududlararo

subklasterlashtirish asosida riivojlantirish mehanizmi turli hududlardagi tarqoq shakllangan,

daromad olishga yunaltirgan faoliyat yurituvchi turli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish

korxonalar (xo‘jalik yurutuvchi subyektlar) ni birlashtirgan holda, makon

va zamon jihatdan

farqlanuvchi harakatini 1)xizmat kko‘rsatish 2) qayta ishlash, 3) bozorga chiqarish

komponentlarini tizimlashtirgan harakatga aylantirib beradi.

Mintaqa agrosanoati hududlararo klasterlashtirish faoliyat yuritayotgan agrosanoat

korxonal

arini ko‘p tarmoqli klasterlar tipiga o‘tkazish bilan jadal rivojlanish bosqichiga olib

chiqish mumkin. Xususan, qishloq xo‘jaligi tizimidagi agrosanoat klasterining tarkibiy

subklasterlarini shakllanishi uning harakat yo‘nalishining kengayishini ta’minlay

di.

Shuningdek, klasterlar a’zolariga o‘zaro bilimlarni almashishga imkon beradi, bu esa

qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Malakali kadrlarni

tayyorlash

bu agrosanoat klasterlarining rivojlanish yunalishlaridan biri hisoblanadi.

Agrasanoatni klasterlashtirish amaliyoti hududlarda infratuzilmani, agroturizmni va

ijtimoiy sohani rivojlantirishning muxim omiliga aylandi deyish mumkin.

Qashqadaryo viloyatida to‘qiimachilik g‘allachilik va meva sabzavotchikga ixtisoslashgan

agroklasterlar tarmog‘ini chorvachilik maxsulotlarini iishlab chiqaruvchi,, baliiq yetishtirish,
parradachilik ishlab chiqarishi va dorivor o‘simliklar yetishtiruvchilar a’zoligiga subklasterlar

bilan kengaytirishning mexanizmi fermer xo‘jaligi, yordamchi dehqon xo‘jaliklari, uy xo‘jaliklari

va qiishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qamrab oladi Klasterlar

transport, energiya va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish

mexanizmiga aylandi. Agrosanoatni klasterlashtirish qishloq xo‘jaligi rivoji bilan chambarchas

bog‘liq oziq

-

ovqat xavfsizligi muammolariga yechim topishda ma’lum bir ustuvorliklarga ega

deb baholaymiz.

Agroklasterlarda mazkur jarayonlarni quyidagicha talqin etish mumkin.
Gorizantal integratsiya jarayonida:

-

bir turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarni yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarini birlashtirish.

Bunda xususan, g‘alla yetishtiradigan fermer xo‘jalik

lari birgalikda ishlab chiqarish va


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

24

marketing strategiyasini ishlab chiqishi, xom ashyo ta’minotini birlashtirishi va qulay

marketing koridorlarini yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi;

-

bir turdagi mahsulotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonal

arni birlashtirish.

Xususan, sutni qayta ishlash faoliyatini yurituvchi korxonalar birgalikda xom ashyo ta’minotini

tashkil qilishi, ishlab chiqarish jarayonlarini muvofiqlashtirishi va marketing xarajatlarini

kamaytirishi mumkin bo‘ladi.

Vertikal integratsiya jarayonida:

-

fermer xo‘jaliklarini qayta ishlash korxonalari bilan birlashtirish. Xususan, g‘alla

mahsulotini ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi un zavodlari bilan, paxta yetishtirganda to‘qimachilik korxonalari bilan

birlashishi xom ashyo ta’minotini nazorat qilishi va ishlab chiqarish jarayonlarini

optimallashtirishiga olib keladi.

-

qayta ishlash korxonalarini marketing va sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar bilan

birlashtiris

h. Xususan chorvachilik tarmog‘ida sutni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi

korxonalar o‘z mahsulotlarini sotuvchi korxonalar, jumladan do‘konlar, supermarketlar bilan

birlashishi, marketing xarajatlarini kamaytirishi va iste’molchilarga to‘g‘ridan

-

to‘g‘r

i xizmat

ko‘rsatish imkonini beradi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda tadqiqotimiz jarayonida subklasterlar asosida

rivojlanuvchi agrosanoat klasterlarining mintaqa iqtisodiy potensialiga ta’sir etish

mexanizmining takomillashgan variant taklif etildi.

U

shbu ta’sir etish mexanizmini uchun jihatiga ko‘ra tarmoqlash mumkin bo‘ladi:

1). subklasterga nisbatan. Bunda quyidagi amaliy natijalarga erishiladi:
-

subklaster a’zolari asosiy klaster imtiyozlaridan foydalanish.

Agroklasterlarni rivojlantirish va raqob

atbardoshligini oshirish yo‘nalishida hukumat

tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar (subsidyalar, imtiyozli kredit dasturlar, tashqi savdo

tizimidagi qo‘layliklar va boshqalar) bilvosita subklaster a’zolariga ham tegishli bo‘lib qoladi.

-

subklaster a’zolarining asosiy klaster a’zolari bilan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri integratsiyasini

ta’minlash. Subklaster azolari asosiy klasterning gorizantal integratsiya asosda birikkan

a’zolari bilan vertikal integratsiyalashuvi natijasida biznesni rivojlantirish rejalarini

tuzishi,

shartnomalarni rasmiylashtirishi, resusrs almashishi, axborot ta’minotini yaxshilashi, parallel
rivojlanish imkoniyatlariga ega bo‘ladi;

2) mintaqa iqtisodiyotiga nisbatan. Bunda quyidagi amaliy natijalarga erishiladi:

- oziq-

ovqat ta’minoti va

ishlab chiqarish xavfsizligini oshrish. Mintaqa agrosanoat

klasterlarini subklasterli rivojlantirish tarmoqda hosildorlik va mahsuldorlikning ortishini

ta’minlaydi, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) sifatni va hajmini oshiradi. Subtarmoqli

agrosanoat klasterlari mahsulotni qayta ishlash va saqlash texnologiyasini kuchaytirish

siyosatini qo‘llab

-quvvatlaydi. Mahsulotni sifatli saqlash, qayta ishlashni joriy qilish va

kengaytirish oziq-

ovqat ta’minoti va ishlab chiqarish xavfsizligini oshrishga xizmat qila

di;

- aholi turmush tarzini yaxshilash, real daromadni oshirish. Subtarmoqli agrosanoat

klasterlari mintaqa infratuzilmasini, xususan, ijtimoiy obyektlarni qurish, ta’mirlash, ishga

tushirish, yo‘lsozlikni rag‘batlantirish, hududni obodonlashtirishni moliy

alashtiradi. Ichki

bozorni rivojalantiradi. Salohiyatli kadrlarni yetishtiradi va ularni moddiy ta’minotini

yaxshilaydi. Provardida mazkur amaliyot natijasi aholi turmush tarzini yaxshilash, real
daromadini oshirishga olib keladi;

Agrosanoat klasteri subklasterlar asosida rivojlanish mexanizmining eng asosiy amaliy

natijalaridan biri

–bu uning hududlararo faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligidir. Hududlararo

faoliyatining keng imkoniyatlari mavjud bo‘lib, territorial cheklanishlarni yumshatish, tovar

brendini shakllantirishni osonlashtirish, tashqi aloqalarga kirishishni va mahsulot (xizmatlar)

bozorini kengaytirish shular jumlasidandir. Bazis klaster ko‘p funksiyali bo‘lishi uning korxona

sifatida takomillashuvini anglatadi. Subklasterli tarmoqlanish ko‘p funks

iyalikni talab etadi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

25

-

hududda qayta ishlash korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishni kengaytirish, ya’ni meva

-

sabzavotlarni konservalash, sutni qayta ishlash, donni qayta ishlash, go‘sht mahsulotlarini

qayta ishlash, ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash korxonlarini texnik, texnologik

ta’minotini intensiv amalga oshirish, malakalali fkadrlarni rag‘batlantirish, sohaga

investetsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni joriy etishni moliyalashtirish ko‘p funksiyali

agroklasterlarning salohiyatidan kelib chi

qib amalga oshirish mumkin bo‘lgan iqtisodiy

voqeylikdir. Mazkur holatda tarmoqda qo‘shilgan qiymat oshadi;

- yangi turdagi, yangi dizaindagi, yangi nomdagi mahsulotlar yaratish agrosanoat

klasterlarining tadqiqot va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish funksiyasi bilan

bog‘liqdir. Bunda, ularning organik mahsulotlar, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar, qayta

ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning bozorini shakllantirish

tajribalariga tayanish mumkin bo‘ladi.

- mahsulotlarni diversifikatsiya qilish imkoniyati agrosanoat klasterlarining bir vaqtning

o‘zida ko‘p xillik mahsulotlarni ishlab chiqarish funksionalligi va ishlab chiqarish quvvatining

keng ko‘lamli ekanligidir.

Umumiy holda agrosanoat subklasterlari qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymatni

yaratishga hududiy maqomdagi ishlab chiqarish drayverlaridir. Haqiqatan, ular qayta ishlashni
rivojlantirish, bozorga kirishni osonlashtirish, innovatsiyalarni joriy qilish, kadrlarni

tayyorlash, investitsiyalarni jalb qilish salohiyatiga egadirlar.

Xulosa va takliflar.

Agrosanoat korxonalarini hududlararo subklasterlashtirish asosida rivojlantirish mutloq

tizimli yondoshuv asosida yuzaga chiqadi. Bunda asoiy klaster strategik manba sifatida ko‘p

funksional harakatni amalga oshiradi. Jumladan, bir chiziqli subklasterlararo resusrs

almashinuvini ta’minlaydi, axborotlashuv diapazonini kengaytiradi, subklaster a’zolarining

faoliyatini rivojlantiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi, innovatsiyalarni joriy qiladi va shu orqali

iqtisodiy salohiyatini oshirib, ijtimoiy-iqtisodiy nufuzini yaxshilab boradi. Kompleks

shakllangan, tizimli faoliyat olib boruvchi, o‘zini

-

o‘zi rivojalantiruvchi va takomillashtiruvchi

iqtisodiy obyektga hamda bir vaqtning o‘zida xom ashyo ta’minotidan bozorgacha bo‘lgan

zanjir faoliyatiga ega xo‘jalik yurituvchi subyektga aylanadi.

Haqiqatan klasterlar a’zolariga resurslarni birlashtirishga imkon beradi, bu esa

samaradorlikni oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi. Mahalliy xom ashyodan foydalanishni

rag‘batlantiradi, bu esa mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Agrosanoat

klasterlarini subklasterlar asosida rivojlantirishda jarayonning nozik xususiyatlarini doimiy
nazorat qilish, jumladan, faoliyati kengaytirilgan subyekt mahsulot (xizmatlar) bozorida

a’zolarining o‘rnini egallash tamoilida emas, balki a’zolar funksiyalarini o‘zlashtirish va ijroda

ularning manfaatlarini hisobga olgan holda xarakatni tashkil etishi, ya’ni a’zolarning bozorga

kirishini bitta kompleks tizim asosida ososnlashtirishi zarur. Ushbu tamoil va mezon

yiriklashgan klastr korxonasining monopollashuv darajasini cheklaydi va sog‘lom raqobat
muxitini yaratishdagi xissasini ta’minlaydi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Jo‘rayev F. (2021) Qishloq xo‘jalik

mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning

istiqboldagi muammolari va ularni ekonometrik modellashtirish //Iqtisodiyot va taʼlim. –

№. 4. –

S. 377-385.

Jo‘rayev F. D. (2021) Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqa muddatli

prognozlashtirish //Innovatsion texnologiyalar.

№. 2 (42). –

S. 92-95.

Jo‘rayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for

improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on
artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

26

Mukhitdinov, Kh S., and F. D. Juraev. (2021) "Methods of Macroeconomic Modeling."

International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN: 2456-
6470.

Ochilov, M. A., Juraev, F. D., Maxmatqulov, G. X., & Rahimov, A. M. (2020). Analysis of

important factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system.
Journal of Critical Review, 7(15), 1679-1684.

Qaror (2015) О’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2015 yil 29 dеkаbrdаgi “2016

-2020

yillаr dаvridа qishlоq xо’jаligini yаnаdа islоh qilish vа rivоjlаntirish chоrа

-

tаdbirlаri tо’g‘risidа”gi

PQ-2460-

sоnli Qаrоri.

Qaror (2021) О’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2021

-yil 24-

iyuldаgi

№458

-

sоn

-

Qishlоq xо’jаligi birlаshmаlаrining а’zоlаri, mеvа

-

sаbzаvоt klаstеrlаri ishtirоkchilаri

vа tаdbirkоrlik subyеktlаrigа mаhаlliy shаrоitdа yеtishtirilgаn intеnsiv kо’chаtlаr (pаkаnа vа
yаrim pаkаnа) xо’rаki, kishmishbоp vа sаnоаtbоp tоk kо’chаtlаri hаmdа pаyvаndtаglаrni sоtib
оlish xаrаjаtlаrining bir qismini qоplаsh uchun subsidiyа аjrаtish tо’g‘risidаgi nizоmni tаsdiqlаsh
hаqidаgi Qаrоri.

Рахимов, А.Н., Махматкулов, Г.К., и Рахимов, А.М. (2021). Построение

эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их
прогнозирование. Американский журнал прикладных наук , 3 (02), 21–

48.

Библиографические ссылки

Jo‘rayev F. (2021) Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqboldagi muammolari va ularni ekonometrik modellashtirish //Iqtisodiyot va taʼlim. – №. 4. – S. 377-385.

Jo‘rayev F. D. (2021) Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqa muddatli prognozlashtirish //Innovatsion texnologiyalar. – №. 2 (42). – S. 92-95.

Jo‘rayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.

Mukhitdinov, Kh S., and F. D. Juraev. (2021) "Methods of Macroeconomic Modeling." International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN: 2456-6470.

Ochilov, M. A., Juraev, F. D., Maxmatqulov, G. X., & Rahimov, A. M. (2020). Analysis of important factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system. Journal of Critical Review, 7(15), 1679-1684.

Qaror (2015) О’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2015 yil 29 dеkаbrdаgi “2016-2020 yillаr dаvridа qishlоq xо’jаligini yаnаdа islоh qilish vа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri tо’g‘risidа”gi PQ-2460-sоnli Qаrоri.

Qaror (2021) О’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2021-yil 24-iyuldаgi №458-sоn- Qishlоq xо’jаligi birlаshmаlаrining а’zоlаri, mеvа-sаbzаvоt klаstеrlаri ishtirоkchilаri vа tаdbirkоrlik subyеktlаrigа mаhаlliy shаrоitdа yеtishtirilgаn intеnsiv kо’chаtlаr (pаkаnа vа yаrim pаkаnа) xо’rаki, kishmishbоp vа sаnоаtbоp tоk kо’chаtlаri hаmdа pаyvаndtаglаrni sоtib оlish xаrаjаtlаrining bir qismini qоplаsh uchun subsidiyа аjrаtish tо’g‘risidаgi nizоmni tаsdiqlаsh hаqidаgi Qаrоri.

Рахимов, А.Н., Махматкулов, Г.К., и Рахимов, А.М. (2021). Построение эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их прогнозирование. Американский журнал прикладных наук , 3 (02), 21–48.