Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
209
VAQT VA SAMARADORLIKNI BAHOLASH ASOSIDA INVESTITSIYA
LOYIHALARINI BOSHQARISH
PhD, dots.
Xo
’
jamurodov Asqarjon Jalolovich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
ORCID: 0000-0002-1099-637X
khujamurodovaskarjon@gmail.com
Esanboyev Furqat J
alol o‘g‘li
Bank-moliya akademiyasi
ORCID: 0009-0006-3112-012X
Annotatsiya.
Mazkur tadqiqot ishida investitsiya loyihalarini boshqarish jarayonida vaqt
va samaradorlik omillari qanday baholanayotgani yoritib beriladi. Asosiy e'tibor loyihaning
hayotiy sikli davomida samaradorlikni oshirish va loyihaning amalga oshirilish muddatlarini
qisqartirish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyatlariga qaratilgan. Bu mavzu hozirgi kunda juda
dolzarb bo‘lib, loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va ularning iq
tisodiy
samaradorligini oshirish uchun asosiy mezonlardan biri sifatida qaralmoqda. Investitsiya
loyihalari bo‘yicha qaror qabul qil
is
h jarayoni ko‘pincha resurslarning
cheklanganligi va vaqt
omili bilan bog‘liq bo‘lib, samarali rejalashtirish va boshqaruv
talab etiladi.
Tadqiqotda loyihalarni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan.
Jumladan,
loyihalarning vaqtni tejash imkoniyatlari va rentabelligini oshirish uchun samaradorlik
mezonlari tahlil qilingan. Vaqtni boshqarishning loyiha iqtisod
iyotiga ta'siri chuqur o‘rganilib,
turli loyihalarni amalga oshirishda vaqtni qisqartirish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyatlari
ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda loyiha boshqaruvi samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan
omillar, shu jumladan, moliyaviy resurslarning optimal taqsimoti, ish kuchi va texnologik
infratuzilma kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Loyiha boshqaruvida va
qt
ni to‘g‘ri rejalashtirish
va samarali foydalanishning investitsiya jarayoniga ta'siri amaliy misollar yordamida
ko‘rsatilgan. Ishda nazariy asoslar bilan bir qatorda, O‘zbekiston va xalqaro tajribaga asoslangan
misollar keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
investitsiya loyihalari, loyiha, loyiha boshqaruvi, vaqt, vaqtni rejalashtirish,
samaradorlik, samaradorlik baholash, vaqt boshqaruvi, resurslar.
УПРАВЛЕНИЕ ИНВЕСТИЦИОННЫМИ ПРОЕКТАМИ НА ОСНОВЕ
ОЦЕНКИ СРОКА И ЭФФЕКТИВНОСТИ
К.э.н. доц
.
Хужамуродов Аскаржон Жалолович
Ташкентский химико
-
технологический институт
Эсанбоев Фурката Джалал
угли
Академии
банковского дела и финансов
РУз
Аннотация.
Данная исследовательская работа проливает свет на то, как
оцениваются факторы времени и эффективности в
процессе управления
инвестиционными проектами. Основное внимание уделяется возможностям получения
экономической выгоды за счет повышения эффективности и
сокращения сроков
реализации проекта в течение жизненного цикла проекта.
UO
‘
K: 330.322
IX SON - SENTYABR, 2024
209-216
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
210
Эта тема сегодня очень актуальна и считается одним из главных критериев
успешной реализации проектов и повышения их экономической эффективности.
Принятие решений по инвестиционным
проектам часто ограничено во времени и
требует эффективного планирования и управления.
В исследовании
были изучены теоретические и практические аспекты управления
проектами. В частности, были проанализированы критерии эффективности для
увеличения возможностей экономии времени и прибыльности проектов. Подробно
изучено влияние тайм
-
менеджмента на экономику проекта, а также рассмотрены
возможности получения экономической выгоды за счет сокращения сроков реализации
различных проектов. В исследовании анализируются факторы, необходимые для
повышения
эффективности
управления
проектами,
включая
оптимальное
распределение финансовых ресурсов, рабочей силы и технологической инфраструктуры.
На практических примерах показано влияние правильного планирования и эффективного
использования времени при управлении проектами на инвестиционный процесс. Помимо
теоретических основ, в работе представлены примеры, основанные на узбекском и
международном опыте.
Ключевые слова:
инвестиционные проекты, проект, управление проектом, время,
планирование времени, эффективность, оценка эффективности, управление временем,
ресурсы.
MANAGEMENT OF INVESTMENT PROJECTS BASED ON TIME AND EFFICIENCY
ASSESSMENT
PhD, assoc. prof.
Khojamurodov Askarjon Jalalovich
Tashkent Institute of Chemical Technology
Esanboyev Furqat Jalal ugli
Academy of Banking and Finance
Annotation.
This research paper sheds light on how time and efficiency factors are
evaluated in the process of managing investment projects. The main focus is on the opportunities
to obtain economic benefits by increasing efficiency and shortening project implementation
periods during the project life cycle. This topic is very relevant today and is considered as one of
the main criteria for successful implementation of projects and increasing their economic
efficiency. Decision-making on investment projects is often time-constrained and requires effective
planning and management.
Theoretical and practical aspects of project management were studied in the research. In
particular, efficiency criteria were analyzed to increase the time-saving opportunities and
profitability of the projects. The impact of time management on the project economy has been
thoroughly studied, and the possibilities of obtaining economic benefits by reducing the time in
the implementation of various projects have been considered. The study analyzes the factors
necessary to improve the effectiveness of project management, including the optimal allocation of
financial resources, manpower and technological infrastructure. The impact of proper planning
and effective use of time in project management on the investment process is shown using
practical examples. In addition to theoretical foundations, examples based on Uzbekistan and
international experience are presented in the work.
Keywords:
investment projects, project, project management, time, time planning,
efficiency, efficiency evaluation, time management, resources.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
211
Kirish.
Investitsiya loyihalari zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim va murakkab
elementlaridan biri hisoblanadi. Korxonalar, davlat tashkilotlari va xalqaro kompaniyalar
resurslarni to‘g‘ri taqsimlash va ul
a
rni samarali boshqarish orqali o‘z raqobatbardoshligini
saqlab qolishlari va moliyaviy natijalarini yaxshilashlari mumkin. Har qanday investitsiya
loyihasining muvaffaqiyati asosan vaqtni samarali boshqarish va loyiha davomida qo‘yilgan
maqsadlarga erishis
hda samaradorlikni oshirish bilan bog‘liq. Vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va
samaradorlikni aniq baholash investitsiya loyihasining umumiy muvaffaqiyatiga ta'sir qiluvchi
eng muhim omillar sifatida qaraladi (Karimov, 2007).
Loyihalar turli xil omillar va ch
eklovlarga ega bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun aniqlik, vaqt va resurslarni boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Vaqtni boshqarish,
loyiha bosqichlarini rejalashtirish, resurslarni optimallashtirish va xatarlarni boshqarish kabi
jarayo
nlar loyihaning umumiy samaradorligini ta’minlashga yordam beradi. Vaqtni samarali
boshqarish orqali loyiha jarayonida y
uzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlarni oldini olish,
xarajatlarni nazorat qilish va resurslarni tejash imkoniyati yaratiladi.
Samaradorlikni baholash esa loyihaning qanchalik muvaffaqiyatli amalga
oshirilayotganini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Investitsiya loyihasining samaradorligi
moliyaviy ko‘rsatkichlar, resurslardan foydalanish darajasi, hamda loyihadan kutilayotgan
natijalar
bilan o‘lchanadi. Samaradorlikni o‘lchash orqali loyiha davomida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan kamchiliklar aniqlanadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar
ko‘riladi. Shuningdek, samaradorlikni tahlil qilish orqali resurslar va vaqtni opti
mallashtirish
imkoniyati tug‘iladi, bu esa loyiha natijalarini yaxshilashga olib keladi (Нодирханов
, 2011).
Investitsiya loyihalarini boshqarishda vaqt va samaradorlikni to‘g‘ri baholash korxona
yoki tashkilotning strategik maqsadlariga erishishiga katta yo
rdam beradi. Vaqtning noto‘g‘ri
rejalashtirilishi yoki samaradorlikning pasayishi loyihaga salbiy ta'sir ko
‘rsatishi va uni
iqtisodiy jihatdan zararli qilish xavfi bor. Shu sababli, loyiha jarayonini uzluksiz ravishda
monitoring qilib borish, natijalarni b
aholash va kerakli o‘zgartirishlar kiritish zarurdir.
Muxtasar qilib aytganda, vaqt va samaradorlik investitsiya loyihalarining muvaffaqiyatini
ta’minlashda asosiy omillar sifatida katta ahamiyatga ega. Vaqtni to‘g‘ri boshqarish va
samaradorlikni aniq baholash loyiha jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish,
resurslarni optimal darajada taqsimlash va natijalarga erishish imkonini beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etish jarayonida milliy iqtisodiyotga xorijiy
investit
siyalarni jalb etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan
bir qancha yetakchi iqtisodchi olim va mutaxassislar tomonidan ilmiy izlanishlar olib
borilganligiga guvoh boʻldik. Ulardan P.Mihayela, A.Vaqar, X.Helian tadqiqotlarida
milliy
iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning institutsional mexanizmi tadqiq etiladi.
Tadq
iqot natijalariga muvofiq mamlakat iqtisodiyotidagi institutsional sifat o‘zgarishlarining
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etiladi.
Karimov (2007) xorijiy investitsion korxonalar uchun makroiqtisodiy, qonunchilik va
ma’muriy shart
-sharoitlarni va imkoniyatlarni hisobga olgan holda barqaror soliq qonunchiligi
tizimini joriy etish hamda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, dasturini
shakllantirish bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq et
iladi.
Nodirxanov (2011) o‘zining ilmiy tadqiqotlari orqali mintaqaviy darajada investitsiya
faolligini oshirish usullari, mintaqalarda investitsiya muhitini baholash, imtiyozli investitsiya
loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlovchi qulay investitsiya muhitini shakllantirish
jarayonlarini o‘rganadi.
G‘ozibekov, Nosirov
(2007) ilmiy izlanishlarida investitsion salohiyatni oshirishda soliq
yukini kamaytirish, fond bozorlari o‘rnini keskin oshirish, xususiy xorijiy investitsiyalarni keng
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
212
jalb etish uchun qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish tadbirlari samarali
amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etiladi.
Hoshimov (2022)
tadqiqotida xorijiy investitsiyalarga quyidagicha ta’rif bergan,
subyektlar tomonidan nisbatan yuqori darajada foyda olish maqsadida bir mamlakat
hududidan mutloq boshqa mamlakat hududiga muayyan muddatga joylashtiriladigan turli
ko‘rinishdagi boyliklarga xorijiy investitsiyalar deyiladi.
Umarov (2018) tadqiqotlarida iqtisodiyotning tegishli tarmoq va sohalariga xorijiy
investitsiya jalb qilish ko‘lamini kengaytirishning tashkiliy
-
iqtisodiy mexanizmlari va o‘ziga xos
xususiyatlari tahlil qilinadi.
Burxanov (2018) tadqiqotlari orqali hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning
ilmiynazariy jih
atlari o‘rganilib, hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muammoli
jihatlari asoslangan hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Investitsion loyixaga turli adabiyotlarda turlicha ta’riflar keltirilgan bo‘
lib bizningcha
investitsion loyiha
–
bu dastavval iqtisodiy foyda (daromad)olish maqsadida yangidan yoki
amal qilib turgan ishlab chiqarish (mahsulot ish xizmatlar ko‘rsatish)faoliyatini
modernizatsiyalash uchun loyixalash qurilish texnologiya va asbob-uskunalar olib kelish
kadrlar tayyorlash va boshqalarni o‘z ichiga oladigan kompleks tadbirlar rejasi hisoblanadi. Bu
nafaqat biron-
bir faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy
-huquqiy va moliyaviy
hisob hujjatlar tizimi balki aniq maqsadga erishish uch
un uni amalga oshirishga mo‘ljallangan
tadbirlar majmui hisoblanadi (G‘ozibekov, Nosirov, 2007).
Davlat, korxona va tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri investitsiyalarning iqtisodiy
samaradorligini oshirish hisoblanadi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish
muammosining mohiyati shundan iboratki, har xil xarajat birligiga (mehnat, moddiy,
moliyaviy) ishlab chiqarish hajmi, xizmatlar va foyda hamda milliy daromadni oshirishga
erishish lozim bo‘ladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida vaqt va samaradorlikni baholash asosida investitsiya loyihalarini
boshqarish masalalari va xalqaro amaliyotda ekologik soliqlarning budjet daromadlarini
shakllantirishdagi o’rni bo’yicha ilmiy tadqiqotlar o’rganildi. Maqolani shakllant
irish
jarayonida kuzatish va tanlab olish, ilmiy-nazariy, empirik kuzatuv usullardan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchligi tadqiqotda qo’llanilgan xorijiy va milliy statistik rasmiy
manbalardan foydalanilgani bilan izohlanadi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Investitsiya loyihalarini baholash va saralashdan amaliy maqsadlarda foydalanish uchun,
investitsiya loyihasining iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, investitsiyalarning muddati va
hajmini asoslash, shuningdek, investitsiyalarni amalga oshirish va ulard
an foydalanish bo‘yicha
amaliy harakatlarning tavsifi sifatida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Umumiy qilib aytganda, bu shunday hujjat to‘plami bo‘lib, unda nima uchun ayni loyiha
kerakligi, u qanday maqsadlarni o‘zida aks ettirishi, qanday va
zifalarni hal qilishi, qancha
mablag‘ sarflash kerakligi va nima uchun aynan shu miqdor ekanligi, bu mablag‘lar qanday
ishlatilishi, nima amalga oshirilishi, qayerda amalga oshirilishi, bu yaqin atrofdagi hududlar va
tegishli sanoat tarmoqlariga qanday ta’
sir qilishi, qanday natijalar olinishi, loyihadan kim foyda
ko‘rishini o‘zida aks ettiradi (Hoshimov, 2022).
Buning natijasida investitsion loyihalar bir
–
biridan keskin farqlanadi. Shunday qilib,
belgilangan maqsadlar va hal qilinadigan
vazifalarga ko‘ra, investitsi
ya loyihalari quyidagi
turlarga bo‘linadi (1
-jadval):
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
213
1-jadval
Investitsiya loyihalari turlarining ifodalanish
Investitsiya
loyihalarining
turlari
Izohi
Ishlab
chiqarish
Investitsiyalar ishlab chiqarishdan foyda olish maqsadida modernizatsiya
qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish yoki mavjud ishlab
chiqarishni kengaytirishga yo‘naltiriladi va buni har qanday sohada amalga
oshirish mumkin.
Ilmiy va texnik
Bu materiallar, mashinalar, uskunalar, texnologiyalar va jarayonlarni ishlab
chiqish va
keyinchalik amaliyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan
investitsiyalardir. Odatda ular uzoq muddatli va uzlukli ko‘rinishda amalga
oshiriladi va natijalari keyinchalik ishlab chiqarish loyihalarida qo‘llaniladi.
Tijorat
Bunday loyihalar ko‘char va ko‘chmas
mulkni yuqori qiymat bilan sotib
olish va qayta sotishni maqsad qiladi. Ushbu turdagi loyihalar kamdan-kam
hollarda davlat investitsiyalari hisobidan moliyalashtiriladi, shunday
bo‘lsada amaliyotda bunday holatl
ar ham uchrab turadi. Shunga
qaramasdan, ular
davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan emas, balki davlat
taraqqiyot jamg‘armalari va boshqa turdagi tijorat tuzilmalarining
mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Moliyaviy
Bu turdagi investitsiya loyihalari birjada keyinchalik yuqori qiymatda
sotish
maqsadida o‘z portfelini shakllantirish uchun qimmatli qog‘ozlarni
sotib olish bilan bog‘liq. Tijorat loyihalari singari, ushbu loyihalar ham faqat
taraqqiyot fondlari amaliyotida uchraydi.
Ekologik
Atrof-muhit
ni muhofaza qilish bilan bog‘liq investitsiya
loyihalari. Ular
uzoq muddatli xususiyatga ega.
Ijtimoiy
Ushbu turdagi loyihalardan ko‘zlangan asosiy maqsad, tijoriy daromadlar
emas, balki ta’lim, sport, sog‘liqni saqlash, madaniyat va shunga o‘xshash
boshqa sohalarda ahvolni yaxshilash hamda aholining turmush darajasini
oshirish hisoblanadi.
Manba:
ilmiy adabiyotlar va internetdagi ma'lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Yuqoridagi jadvalda Investitsiya loyihalari turli ko‘rinishl
arda, ya'ni ishlab chiqarish,
ilmiy va texnik, tijorat, mol
iyaviy, ekologik va ijtimoiy holatlarda bo‘lishini ko‘rdik. Investitsiya
loyihalarining turlari ularga nisbatan ko‘zlangan maqadlari bilan farqlanib turadi.
Investitsiya loyihalarida qurilish ishlarini nazarda tutuvchi yoki nazarda tutmaydigan,
yangi loyih
alarni yoki rivojlantirish va kengaytirish loyihalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ushbu turdagi loyihalarning har biri o‘z strategiyasi va baholash yondashuvlarini belgilaydigan
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qurilishni o‘z ichiga olgan loyihalar, tegishl
i ravishda, qurilish
normalari va qoidalarini, ekologik jihatlarni va joylashuvga qo‘yiladigan talablarni hisobga
olishi lozim. Rivojlanish va kengaytirish loyihalari o‘z navbatida, bozorni tahlil
qilishga unchalik
ham talabchan bo‘lmagan holda, avvaldan mavjud bo‘lgan xarajatlar va daromadlarni, loyiha
bilan bog‘liq yangi xarajatlar va daromadlarni taqsimlashga ko‘proq talabchan hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini investitsiya maqsadlari bo‘yich
a ham ajratish mumkin (1-rasm):
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
214
1-rasm. Investitsiya loy
ihalarining maqsadlari bo‘yicha turlari
(Abidxadjaev va boshq., 2023)
Bundan tashqari, investitsiya loyihalari ularni amalga oshirish va natijalarni olish uchun
zarur bo‘lgan vaqtga nisbatan ham bo‘linadi (2
-rasm):
2-rasm. Investitsiya loyihalarining
vaqt bo‘yicha turlari
(Abidxadjaev va boshq., 2023)
Ko‘pincha, amalga oshirish muddati loyihaning qiymati bilan bog‘liq, ammo bu har doim
ham kichik byudjetli loyihalarning amalga osh
rilish muddati qisqa bo‘ladi, degani emas va
aksincha.
Investitsiyalar h
ajmi bo‘yicha yirik, o‘rta, kichik va mikro loyihalarga ajratiladi. Hozirgi
vaqtda O‘zbekiston qonunchiligida loyihalar hajmi bo‘yicha 8 aniq ajratilmaydi, ammo jahon
amaliyotidan keli
b chiqqan holda quyidagi bo‘linishlarni keltirish mumkin (2
-jadval):
Yuq
orida berilgan jadvalda keltirilgan investitsiya loyihalarining hajmi bo‘yicha turlari
loyihalarning qiymati bo‘yicha baholanadi va shunga qarab uning vazifasi amalga
oshiriladi.
Investitsiya loyihasi tushunchasi ikkita asosiy hujjatni o‘z ichiga oladi:
•
rejalashtirilgan amaliy harakatlarni yoritib beruvchi biznes-reja
–
nima qilinadi va
qanday qilib amalga oshiriladi;
•
kapital qo‘yilmalarni asoslab beruvchi loyiha
-smeta
hujjatlari to‘plamini o‘zida
mujassam etgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi
–
loyihani amalga
oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslovchi, amalga oshirish xarajatlari va
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
215
daromadlarning tushish vaqti jadvali taqdim etilgan holda, rejalashtirilgan xarajatlar va taxmin
qilingan daromadlarni tasdiqlovchi moliyaviy-iqtisod
iy ko‘rsatkichlar va hisobkitoblardir.
2-jadval
Investitsiya loyihalarining hajmi bo‘yicha turlari
(Abidxadjaev va boshq., 2023)
Hajmi
bo‘yicha
turi
Qiymati
Vazifasi
Yirik
loyihalar
10 million AQSH
dollaridan ortiq
Asosan bu turdagi loyihalar yangi korxonalar qurish, yirik
korxonalarni modernizatsiya qilish, hududlararo xususiyatga ega
infratuzilmalarni nazarda tutadi.
O‘rtacha
loyihalar
1-10 million
AQSH dollari
Odatda bu o‘rta va qisqa muddatli loyihalar bo‘lib, ko‘pincha
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni, mahalliy ahamiyatga
ega loyihalarni o‘z ichiga oladi.
Kichik
loyihalar
100 ming -1
million AQSH
dollari atrofida
Ko‘pincha mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli
loyihalar, asosan ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kichik
qurili
sh, ijtimoiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan.
Mikro
loyihalar
100 ming AQSH
dollarigacha
Ko‘pincha mahalliy rekonstruksiya loyihalari yoki qurilishni
nazarda tutmaydigan loyihalar hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini boshqarish jarayonida vaqt va samaradorlikni baholashning bir
nechta usullari mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:
1.
Tarmoq rejalashtirish usullari (PERT, CPM)
–
bu usullar loyihani amalga
oshirishning ketma-ketligi va vaqtini rejalashtirish orqali vaqtni samarali boshqarishga imkon
beradi.
2.
Vaqtni boshqarish dasturlari
–
zamonaviy loyiha boshqaruvi dasturlari (MS Project,
Primavera) yordamida loyihaning har bir bosqichini aniq nazorat qilish va uni vaqtida
yakunlash imkoni mavjud.
3.
Iqtisodiy samaradorlikni baholash
–
NPV (Net Present Value
–
Hozirgi sof qiymat),
IRR (Internal Rate of Return
–
Ichki daromad darajasi) kabi moliyaviy ko‘rsatkichlar yordamida
investitsiya loyihasining rentabelligi va moliyaviy natijalari baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar
orqali loyihaning umumiy iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi.
Vaqt va samaradorlikni boshqarishda duch kelinadigan asosiy muammolar orasida
rejalashtirilgan muddatlarga rioya qilmaslik, resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishi, byudjetdan
ortiqcha chiqimlar va samaradorlikni pasaytiruvchi ichki va tashqi omillar kiradi. Ushbu
muammolarni oldini olish uchun vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va nazorat qilish, samaradorlikni
oshirish uchun texnologik yangiliklarni joriy qilish hamda samarali boshqaruv vositalaridan
foydalanish lozim (Umarov, 2018).
Xulosa va takliflar.
Investitsiya loyihalarini boshqarishda vaqt va samaradorlikni baholashni o‘rganish
muhim ahamiyatga ega chunki loyihaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan vaqt va resurslardan
samarali foydalanishga bog‘liq. O‘tkazilg
an tadqiqot natijalari asosida vaqt va samaradorlikni
baholash asosida investitsiya loyihalarini boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini tatbiq
etish bo‘yicha quyidagi asosiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish chiqildi:
1. Vaqtni boshqarish strategiyal
arini qo‘llash.
Loyihalarni bosh
qarishda vaqtni to‘g‘ri
rejalashtirish birlamchi vazifa hisoblanadi. Loyihaning har bir bosqichi uchun aniq muddatlarni
belgilash zarur. Bu jarayonda Gantt diagrammasi, PERT va CPM (Critical Path Method
–
Kritik
yo‘l usuli)
kabi zamonaviy vaqtni boshqarish vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu
vositalar loyihani yanada samarali rejalashtirish va uni amalga oshirish jarayonida har bir
bosqichni nazorat qilish imkonini beradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
216
2. Samaradorlikni oshirish uchun resurslarni boshqarish.
Investitsiya lo
yihalari ko‘p
miqdordagi resurslarni talab qiladi. Shuning uchun resurslarni to‘g‘ri taqsimlash va ularni
samarali boshqarish muhim ahamiyatga ega. Bunda texnik, moliyaviy va inson resurslarini
rejalashtirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Optimal tarzda resurslardan foydalanish orqali
loyiha xarajatlarini kamaytirish va samaradorlikni oshirish mumkin.
3. Xavflarni minimallashtirish va risklarni boshqarish.
Har bir loyiha turli xil risklar
va xavflarga duch keladi. Shu sababli, loyiha boshlanishidan oldin xavflarni aniqlash va
baholash kerak. Ushbu jarayonda SWOT tahlili, Monte-Karlo tahlili kabi xavflarni aniqlash va
baholash metodlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu metodlar loyiha davomida duch
kelinadigan xavflarni o
ldindan ko‘rish va ularga qarshi
choralar ko‘rish imkonini beradi.
4. Moliyaviy samaradorlikni baholash.
Loyihalarni amalga oshirishdan oldin ularning
moliyaviy samaradorligini baholash zarur. Bunda NPV (Net Present Value), IRR (Internal Rate
of Return) ka
bi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblash tavsiya etiladi. Bu ko‘rsatkichlar
orqali loyihaning iqtisodiy jihatdan qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishi aniqlanadi va investorlar
uchun foydali qarorlar qabul qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli boshqarish uchun vaqtni
samarali boshqarish va samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash juda muhimdir. Ushbu
tavsiyalar va takliflar loyiha menejerlariga resurslardan samarali foydalanish, xavflarni
minimallashtirish
, moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lgan loy
ihalarni amalga oshirishda
yordam beradi. Innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni qo‘llash orqali loyihalarni
yanada samarali boshqarish va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishish mumkin.
Adabiy
otlar/ Литература/ Reference:
Abidxadjaev U., Karimov M., Davletov F. (2023) Davlat mablag‘lari ishtirokidagi investitsiya
loyihalarini baholash bo‘yicha qo‘llanma. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI).
–
T.: 72 bet.
Burxanov A. (2018) Hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish-milliy iqtisodiyot
barqarorligini ta’minlashning asosiy omili. Biznes
-
Ekspert, №10.
-7-13 bet.
G‘ozibekov D, Nosirov E. (2007) O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy inves
-titsiyalarni jalb
qilish. Risola. -
T.: “Iq
tisod-
Moliya”.
-B.92
Hoshimov J.R. (2022) Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish
yo‘nalishlari bo‘yicha Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy)
dissertatsiyasi Avtoreferati.
–
T.: TMI,
–
14 b.
Karimov N.G‘. (2007) Iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida investitsiya faoliyatini
moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari.
–
T.: Fan va texnologiya, -240 b.
Umarov F.U. (2018) Innovatsion-investitsiya faol tadbirkorlikning muhim
omili. “Iqtisodiyot
va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar
-fevral.
Нодирханов У.С. (2011) Приямые иностранные инвестиции в Узбекистане: опыт
проблемы, перспективы роста. –Т.: “Fan va texnologiya”,
-
184 б.
