Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
152
YOQILG‘I
-ENERGETIKA KOMPLEKSI KORXONALARINING INNOVATSION
SALOHIYATINI OSHIRISH KONSEPSIYASINI ISHLAB CHIQISH
Nabiyeva Saidaxon Abduvaxabovna
Toshkent davlat texnika universiteti
ORCID: 0009-0000-6634-6408
Annotatsiya.
Yoqilg‘i
-energetika komple
ksi (YEK) global iqtisodiy barqarorlik va o‘sishda
muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada YEK korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirish
uch
un maqsadli strategiyalar orqali konsepsiya ko‘rib chiqiladi va mavjud tendentsiyalar hamda
natijalarni aks ettir
uvchi statistik ma’lumotlar bilan qo‘llab
-quvvatlanadi.
Kalit so‘zlar:
innovatsion salohiyat, yoqilg‘i
-energetika kompleksi (YEK), barqarorlik,
tadqiqot va rivojlantirish (R&D), operatsion samaradorlik, qayta tiklanuvchi energiya, ish kuchini
rivojlantiris
h, texnologik yutuqlar, energiya xavfsizligi, innovatsion strategiya, iqtisodiy o‘sish.
РАЗВИТИЕ КОНЦЕПЦИИ УВЕЛИЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО ПОТЕНЦИАЛА
ПРЕДПРИЯТИЙ ТОПЛИВНО
-
ЭНЕРГЕТИЧЕСКОГО КОМПЛЕКСА
Набиева Саидахон Абдувахабовна
Ташкентский государственный технический университет
Аннотация.
Топливно
-
энергетический комплекс (ТЭК) играет ключевую роль в
глобальной экономической стабильности и росте. В данной статье рассматривается
концепция повышения инновационного потенциала предприятий ТЭК через
целенаправленные
стратегии,
поддерживаемые
статистическими
данными,
отражающими текущие тенденции и результаты.
Ключевые слова:
инновационный потенциал, топливно
-
энергетический комплекс
(ТЭК), устойчивое развитие, исследования и разработки (НИОКР), операционная
эффективность, возобновляемая энергия, развитие рабочей силы, технологические
достижения, энергетическая безопасность, стратегия инноваций, экономический рост.
DEVELOPMENT OF THE CONCEPT OF INCREASING THE INNOVATIVE POTENTIAL OF
FUEL AND ENERGY COMPLEX ENTERPRISES
Nabiyeva Saidakhan Abduvakhabovna
Tashkent State Technical University
Abstract.
The fuel and energy complex (FEC) plays a pivotal role in global economic stability
and growth. This article explores the concept of enhancing the innovative potential of FEC
enterprises through targeted strategies, supported by statistical data reflecting current trends
and outcomes.
Key words:
innovative potential, fuel and energy complex (fec), sustainability, research and
development (r&d), operational efficiency, renewable energy, workforce development,
technological advancements, energy security, innovation strategy, economic growth.
UO
‘
K: 316.422
IX SON - SENTYABR, 2024
152-161
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
153
Kirish.
Yoqilg‘i va energiya sektori global energiya talablarining o‘zgarishi, atrof
-muhit
muammolari va texnologik yutuqlarga moslashishda katta bosim ostida. Ushbu sektorda
innovatsiya nafaqat foydali, balki barqarorlik va raqobatbardoshlik uchun muhimdir. Ushbu
maqola yoqilg‘i
-energetika kompleksining (YEK) korxonalarining innovatsion salohiyatini
oshirish uchun asosiy strategiyalarni taqdim etadi va taklif etilgan strategiyalarni qo‘llab
-
quvvatlovchi empirik
ma’lumotla
rni taqdim etadi.
O‘zbekitonning rivojlanishining hozirgi bosqichidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri
innovatsion energetikaga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan energetik samaradorlikning oshishidir.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanish iqtisodiy rivojlanis
h va yoqilg‘i
-energetika
kompleksi (YEK)ning uzoq muddatli prognozlariga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil bo‘lib,
O‘zbekistonda YEKning rivojlanish prognozlarini asoslash uchun yangi yondashuvlarni ishlab
chiqishni talab qiladi. YEKning innovatsion rivojlanishi iqtisodiyotning energetik
samaradorligini oshirish va atrof-
muhitni yaxshilash imkonini beradi, chunki yoqilg‘i sarfi
kamayadi va atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishi qisqaradi. Ushbu muammoning
yechimi O‘zbekitonning ekologik jihatd
an eng noqulay iqtisodiy hududlari uchun muhim
ahamiyatga ega.
YEK turli sohalarni o‘z ichiga oladi, jumladan, neft, gaz, ko‘mir va qayta tiklanuvchi
energiya. Germaniyaning Statista.com tashkiloti bergan ma’lumotlariga ko‘ra 2023
-yilda, global
energiya bozorining qiymati taxminan 8 trillion dollar oshib, 2030-yilga kelib 10 trillion
dollarga o‘sishi kutilmoqda . Ushbu o‘sishga qaramay, sektor resurslarning kamayishi va atrof
-
muhitning deterioratsiyasi kabi muammolar bilan duch kelmoqda. Neft iste’moli so‘nggi uch o‘
n
yillik davomida barqaror o‘sib bormoqda va 2023
-yilda jami 4,53 milliard metrik tonnaga yetdi,
bu avvalgi yilda iste’mol qilingan 4,42 milliard metrik tonna bilan solishtirganda ko‘pdir. Ushbu
davr ichida yagona pasayish 2008-2009-yillardagi moliyaviy inqiroz va 2020-yildagi
koronavirus pandemiyasi atrofida kuzatildi
28
.
AQSh va Xitoy dunyoda eng katta neft iste’moliga ega davlatlardir. Umuman olganda,
dunyo bo‘ylab neft iste’moli 2023
-
yilda yangi yuqori ko‘rsatkichga yetdi va birinchi marta 4,5
milliard met
rik tonnadan oshdi. Biroq, iste’molning eng katta o‘sishi Osiyo
-Tinch okeani
mintaqasida kuzatildi, bu yerda ko‘rsatkichlar taxminan 5,3 foizga oshdi
29
. AQShda esa yuqori
darajadagi neft iste’moli neft
-kimyo mahsulotlariga talab, shuningdek, sanoat ishlab
c
hiqarishining oshishi va yuk tashish transportiga talab tufayli saqlanib qoldi.O‘zbekiston
respublikasi staistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra yurtimizda 2024
-yilning yanvar-avgust
oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 371,8 ming tonna koʻm
ir qazib olingan. Mazkur ishlab
chiqarish hajmi 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 15,8 % ga oshgan. 2024-yilning avgust
oyida yirik korxonalar tomonidan 888,1 ming tonna koʻmir qazib olingan
30
.
Ma’lumot o‘rnida shuni takidlash keraki xom neft –
o‘sim
lik va hayvonot hayoti
qoldiqlaridan hosil bo‘lgan uglevodorodlar aralashmasi bo‘lib, katta bosim ostida shakllangan.
U odatda suyuq holda mavjud bo‘ladi va yer osti havzalari yoki rezervuarlarida, cho‘kindi
jinslarning kichik bo‘shliqlarida va Yer yuzasig
a yaqin joylarda (neft qumlari sifatida ham
tanilgan) topilishi mumkin. Xom neft va tabiiy gazlardagi boshqa uglevodorodlar o‘z navbatida
benzin va reaktiv yoqilg‘i kabi neft mahsulotlarini olish uchun qayta ishlanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda, YEK korxonalarida innovatsion jarayonlarning tashkil etilishi, ularning
mavjud infratuzilmasi va texnologik salohiyatining tizimli tahlili, balans usuli, statistic tahlil
usullari, Ekspert suhbati va so‘rovnomalar, Komparativ tahlil kabilardan
foydalaniladi.
28
https://www.statista.com/statistics/265261/global-oil-consumption-in-million-metric-tons/
29
https://www.statista.com/study/46227/energy-consumption-globally/
30
https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/57022-2024-yilning-avgust-oyida-yirik-korxonalar-tomonidan-
888-1-ming-tonna-ko-mir-qazib-olingan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
154
Adabiyotlar sharhi
.
Energetika va yoqilg‘i
-energetika kompleksi (YEK) korxonalarining innovatsion
salohiyati ko‘plab xalqaro va milliy ilmiy tadqiqotlarda ko‘tarilgan masala bo‘lib, bunday
tadqiqotlar asosan texnologik yangiliklarning ahamiyati, ularni amaliyotga joriy etishning
usullari va kutilayotgan iqtisodiy va ekologik samaradorlik masalalariga bag‘ishlangan.
Tadqiqotlar ko‘rsatganidek, energetika sanoatida innovatsiyalarni joriy etish resurs
samaradorligi va tejamkorlik, ekologik barq
arorlik va iqlim o‘zgari
shi, texnologik yangilanish
va energiya xavfsizligi yo‘nalishlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Energetika va yoqilg‘i
-
energetika kompleksi (YEK) korxonalarining resurs samaradorligi va tejamkorlik bo‘yicha
tadqiqot olib borgan olimlar Porter va Kramer (2006)
tomonidan ta’kidlanganidek, korxonalar
texnologik yangiliklarni qo‘llash orqali energiya sarfini kamaytirib, raqobatbardoshlikni
oshirishi va resurslardan samarali foydalanishi mumkin.
Buyuk Britaniyalik iqtiodchi olim Nicholas St
ern iqlim o‘zgarishlarig
a
bag‘ishlangan ilmiy
ishida (Stern Review 2006) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha
hukumatlararo paneli (IPCC 2014) hisobotlarida
31
energetika sohasida innovatsiyalarni joriy
qilish orqali uglerod chiqindilarini kamaytirish va
iqlim o‘zgarishiga moslashish zarurligini
qayd etadi.
Jewell, Goldthau (2011) energetika xavfsizligini ta’minlashda texnologik yangiliklarning
muhimligi va bu sohadagi barqaror rivojlanish modellarini yaratishga urg‘u beradi.
Energetika sektorida innovatsion rivojlanishning zarurligi va mazkur rivojlanish
yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlar soni ko‘p. Ularning ayrimlari YEK
korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirish va modernizatsiya jarayonlari
muammolariga b
ag‘ishlangan.
Kuznetsov va
Fedotov (2018) o‘z tadqiqotida YEK korxonalarining innovatsion faoliyati
va ularning texnologik salohiyatini tahlil qilgan. Ular bu sohada yuqori investitsiyalar talab
etilishini, biroq zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida iqtisodiy samaradorlikka
erishilishini ta’kidlaydi.
Rodionova va Borovkov (2019) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda YEK korxonalarida
innovatsion strategiyalarni amalga oshirishning qiyinchiliklari, jumladan, investitsion to‘siqlar
va ma’naviy eskirg
an texnologiyalar bilan bo
g‘liq muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotda
innovatsion salohiyatni oshirish uchun davlat qo‘llab
-quvvatlashi va tartibga solishning
zarurligi qayd etilgan.
YEK korxonalarining texnologik rivojlanishi va texnologik yangiliklarni joriy etish
masalasi ilmiy
doiralarda keng o‘rganilgan. Shu nuqtai nazardan, texnologiyalar va innovatsion
usullarni amaliyotga tadbiq qilish sohasidagi ilmiy adabiyotlar muhim ahamiyatga ega.
IEA (2020) hisobotida energiyani ishlab chiqarish va qayta tiklashda foydalaniladigan
yang
i texnologiyalarning rivojlanish sur’atlari haqida ma’lumot berilgan
32
. Hisobotda
zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi orqali qazilma yoqilg‘i manbalaridan foydalanishni
kamaytirish, shuningdek, barqaror va qayta tiklanadigan energiya manbalarini kengaytirish
masalalari batafsil yoritilgan.
Pavlova va Melnikova (2021) o‘z maqolasida qayta tiklanadigan energiya manbalariga
o‘tish jarayonida YEK korxonalarining transformatsiya modellarini tahlil qilgan va bu
transformatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun innovatsion salohiyatni
oshirishning muhimligini ko‘rsatgan.
Innovatsion salohiyatning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri ko‘plab tadqiqotlarda
isbotlangan. YEK korxonalarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash iqtisodiy
samaradorlikka
erishishda va raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
McKinsey (2019) tadqiqoti energetika kompaniyalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash
orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini o‘rganadi. Tadqi
qot shuni
31
https://www.ipcc.ch/2014/
32
https://www.iea.org/reports/world-energy-outlook-2020
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
155
ko‘rsatadiki, te
x
nologik yangiliklar joriy etilishi natijasida o‘rtacha 20
-30% samaradorlik
ortishi kuzatiladi.
Innovatsion texnologiyalar joriy etilishi orqali YEK korxonalarining ekologik salohiyati
ham oshadi. Bu ekologik muammolarni hal qilishda texnologik yondashuvlarni joriy qilishning
ahamiyati haqida bir nechta ilmiy tadqiqotlar mavjud. Ecotech Review
33
(2020) qayta
tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish va energiya tejash texnologiyalari orqali chiqindilarni
kamaytirish masalalarini o‘rganadi. Tadqiqotda ekologik
innovatsiyalar va barqaror
texnologiyalarning energetika sohasidagi asosiy o‘rni qayd eti
ladi.
Soboleva va boshqalar (2018) esa YEK korxonalarida ekologik innovatsiyalarni
rivojlantirish va ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish zarurligini tahlil qilgan.
Tadqiqotda chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan texnologiyalarni joriy qilish orqali
korxonalarning atrof-
muhitga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yoqilg‘i
-energetika kompleksi korxonalarining
innovatsion salohiyatini oshirish zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, ekologik va iqtisodiy
samaradorlikni oshirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Innovatsion rivojlanish nafaqat
korxonalarni raqobatbardosh qiladi, balki ularning uzoq muddatli iqtisodiy va ekologik
barqarorligini ta’minlaydi.
Shu sababli, bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar va amaliyotiy
strategiyalar korxonalar rivojlanishining ajralmas qismidir.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston Respublikasi energetika sektorid
a
ishlab chiqarish hajmlari turli yoqilg‘i
turlari bo‘yicha
farq qiladi. Quyida energetika resurslarining asosiy turlari bo‘yicha ishlab
chiqarish hajmlari keltirilgan (1-jadval).
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi energetika sektorida yoqilg‘i turlari bo‘
yicha
ishlab chiqarish hajmlari
34
(ming tonna)
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
Neft ishlab chiqarish hajmi 867,9
813,6
745,7
698,7
739,4
774,1
787,9
778,3
Gaz kondensati qazib
chiqarish hajmi
1747,5
1953
2145,2 2116,7
1291
1323,9 1287,1 1199,4
Benzin ishlab chiqarish
hajmi
1134,4 1111,9
1147
1025,1 1018,7 1128,2 1258,9
1336
Dizel ishlab chiqarish
hajmi
1008,3 1016,7 1080,8 1030,5 931,5
798,7
894,2 1188,7
Aviabenzin ishlab
chiqarish hajmi
1
1
1
1
0,5
0,4
0,02
0,3
Mazut ishlab chiqarish
hajmi
93,4
111,8
143,1
120,9
178
307,9
127,8
164,1
Tabiiy gaz qazib olish
hajmi
56132,1 56642,2 61585,5 60711,9 49768,2 53802 51678,4 46710,4
Ko‘mir qazib olish hajmi
3867,3 4038,6 4174,4 4047,9 4133,1 5056,3 5356,2 6519,6
Elektr energiya ta’minoti
hajmi(Million kVt soat) 57605,2 60180,8 62502,8 64844 69021,1 74951,7 76543,3 77820,8
Yuqoridagi jadvalda Respublikamizda 2016-yildan 2023-yilgacha turli energiya
resurslari va mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning har biriga
alohid
a to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak O‘zbekistonda neft ishlab chiqarish hajmi yil
dan-yilga
33
https://www.apec.org/docs/default-source/Publications/2020/11/APEC-Senior-Officials-Report-on-Economic-and-
Technical-Cooperation-2020/2020-SCE---Full-Report.pdf
34
Muallif tomonidan tayyorlandi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
156
pasayib bormoqda. 2010-
yilda bu ko‘rsatkich 2017,9 ming tonna bo‘lsa, 2023
-yilga kelib 778,3
ming tonnagacha kamaydi. Neft ishlab chiqarish hajmidagi pasayish global iqtisodiy omillar,
neft zahiralarning kamayishi yoki muqobil energiya manbalarig
a o‘tishga bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
Gaz kondensati ishlab chiqarish so‘nggi yillarda nisbatan o‘zgaruvchan bo‘lib keldi. 2023
-
yilda gaz kondensati qazib chiqarish hajmi 1199,4 ming
tonnani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich
2018-
yilda 2145,2 ming tonna bo‘lgan edi, ya’ni qazib chiqarish hajmi yildan
-yilga
kamaymoqda. Ushbu pasayish bozor dinamikasidagi o‘zgarishlar yoki qazib chiqarishni
diversifikatsiya qilish harakatlari bilan bog‘liq b
o
‘lishi mumkin.
Benzin ishlab chiqarish sohasida so‘nggi yillarda o‘sish ten
dentsiyasi kuzatilmoqda. 2018-
yilda ishlab chiqarish hajmi 1147 ming tonna bo‘lsa, 2023
-
yilda bu ko‘rsatkich 1336 ming
tonnaga yetdi. Ushbu o‘sish transport va sanoat talabi o‘sish
i
bilan bog‘liq bo‘lib, ayniqsa 2020
-
yildan keyingi iqtisodiy tiklanish sababli ancha sezilarli tus oldi.
Dizel ishlab chiqarish hajmi 2016-
yildan beri pasayib borgan bo‘lsa
-da, 2022-yilda
o‘sishni boshlagan va 2023
-yilda 1188,7 ming tonnaga yetdi. Tabiiy gaz qazib olish hajmi 2018-
yilda 61585,5 million kub metrni tashkil qilgan b
o‘lsa, 2023
-
yilda bu ko‘rsatkich 46710,4
million kub metrgacha kamaydi. Ushbu pasayish resurslarning kamayishi va qazib olishning
ekologik ta’sirini kamaytirish bo‘yicha siyosatga
b
og‘liq bo‘lishi mumkin.
Ko‘mir qazib olish O‘zbekistonda o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. Global
dekarbonizatsiya tendentsiyalariga qaramay, ko‘mir ishlab chiqarish o‘sishi iqtisodiy omillar
yoki energiya xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2018
-yi
lda 4174,4 ming tonna ko‘mir
qazib olingan bo‘lsa, 2023
-
yilga kelib bu ko‘r
satkich 6519,6 ming tonnaga yetdi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi doimiy o‘sishda bo‘lib, 2023
-yilga kelib 77820,8
million kVt/soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2016
-yil
da 57605,2 million kVt/soat bo‘lgan edi.
Elektr energiyasining o‘sishi aholining ko‘payishi va sanoatning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Aviabenzin ishlab chiqarish hajmi juda past bo‘lib, 2022
-yilda 0,02 ga tushgan, ammo
2023-yilda biroz tiklanib, 0,3 ni tashkil qilgan. Ushbu kam ishlab chiqarish talabning kamayishi
yoki aviatsiya
sohasida alternativ yoqilg‘ilarga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mazut ishlab chiqarish hajmi o‘zgaruvchan bo‘lib, 2021
-yilda 307,9 ga yetgan, lekin keyin
2022-yilda 127,8 ga pasaygan, 2023-yilda esa 164,1 ga biroz tiklangan. Mazut ishlab
chiqarishdagi bu o‘zgarishlar mavsumiy yoki bozor va ekologik qoidalar o‘zgarishlari bilan
bog‘liq bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasida turli resurslar bo‘yicha ishl
ab chiqarish
hajmlari o‘zgaruvchan bo‘lib, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish jarayoni
kuzatilmoqda. Tabiiy gaz qazib olish va neft ishlab chiqarish hajmlari kamayib borayotgan
bo‘lsa
-
da, ko‘mir qazib olish va elektr energiyasi ta’minoti o‘sish
da davom etmoqda.
Dunyodagi yoqilg‘i
-energetika kompleksi innovatsion rivojlanishi sohasidagi eng nufuzli
tashkilotlardan biri Xalqaro energetika agentligi (XEA) bo‘lib, u Iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish tashkiloti
35
(OECD) a’zo davlatlarining iste’molch
ilarini uzluksiz va arzon energiya
bilan ta’minlashni, shu bilan
birga atrof-
muhitni himoya qilishni ta’minlaydi. XEAning
ma’lumotlariga ko‘ra, global miqyosda energiya sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy
etish yiliga taxminan 950-1100 million tonna
shartli yoqilg‘ini tejash imkonini beradi (bu
O‘zbekistonda tabiiy yoqilg‘ining o‘rtacha 15
-
20 yillik iste’moliga to‘g‘ri keladi).
2017-
yilda e’lon qilingan “Yaponiyaning aqlli energiya mahsulotlari va texnologiyalari”da
Yaponiyada turli sohalarda (shu ju
mladan yoqilg‘i
-
energetika sektorida) qo‘llaniladigan
ko‘plab innovatsiyalar taqdim etilgan bo‘lib, ular an’anaviy texnologiyalar bilan solishtirganda
samarador va foydali ekanligi qayd etilgan.
Quyida Yaponiyaning elektr energetikasi sohasida qo‘llanilad
i
gan va O‘zbekistonda ham
muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ba’zi innovatsiyalar keltirilgan:
35
https://www.oecd.org/
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
157
Superkritik bosimli yuqori samarador issiqlik elektr stansiyasi. Bunday bug‘ turbinalari
yuqori bosim va harorat sharoitlariga mos keladigan eng optimal yuqori mustahkamlikdagi
materiallar va konstruksiyalardan foydal
anadi. An’anaviy bosimdagi bug‘ turbinalari bilan
solishtirganda, bu uskunalar samaradorligi 5,5% va undan yuqori.
Issiqlik gaz turbina tizimi
–
umumiy samaradorligi 80% dan yuqori bo‘lgan en
ergiya
tizimi (quvvat ishlab chiqarish samaradorligi
–
taxminan 3
0%, bug‘ issiqligidan foydalanish
samaradorligi
–
taxminan 50%), u tabiiy gazni yoqilg‘i sifatida ishlatadi va chiqindi gazlarning
issiqligidan foydalanadi. Bu tizim iqtisodiy jihatdan samarali, chunki yuqori kuchlanishli elektr
ta’minoti tizimlarini talab
qilmaydi, energiya tejaydi va CO2 chiqindilarini kamaytiradi, bu esa
ekologik jihatdan foydali hisoblanadi.
Yangi avlod quyosh issiqlik elektr stansiyalari
–
eritilgan tuzli parabola texnologiyasi
(MSPT) bo‘lib, bu texnologiyaning afzalligi (qayta tiklana
digan energiya manbalarining boshqa
turlari bilan solishtirganda) energiyani saqlash va yetkazib berish qulayligidadir. Quyosh
energiyasi omborda saqlanishi va ob-
havoga bog‘liq bo‘lmagan hol
d
a iste’molchilarga
yetkazilishi mumkin. Energiyani saqlashning narxi akkumulyatorlar narxiga yaqin. MSPT
texnologiyasida sintetik yog‘ o‘rniga eritilgan tuz ishlatiladi, bu issiqlik tashuvchisi sifatida
foydalaniladi va ish haroratini 550°C ga ko‘tarishga
imkon beradi. Bu tizimning sintetik moy
texnologiyasi bilan soli
shtirgandagi afzalliklari bug‘ turbinalarining samaradorligini oshirishi,
energiyani saqlashda qulayliklar va kichik o‘lchamdaligi bilan e’tiborlidir.
Yaponiya ko‘mir yoqilg‘isi bilan ishlayd
igan issiqlik elektr stansiyalari sohasida
(rivojlangan davlatlar orasida eng yuqori samaradorlik) dunyo yetakchisi hisoblanadi.
Yaponiyaning ilg‘or yuqori samaradorlikdagi texnologiyalarini Rossiyadagi ko‘mir yoqilg‘isi
bilan ishlaydigan elektr stansiyalariga joriy etish, uskunalarni almashtirish va boshqa bir qator
innovatsiyalar katta energiya tejash samaralarini berishi mumkin: yangi elektr stansiyalarni
ishga tushirishni qisqartirish, ko‘mir va boshqa yoqilg‘ini tejash.
Shunday qilib, rivojlangan davlat
lardagi innovatsion texnologiyalar tajribasini o‘rganish
O‘zbekiston uchun juda muhimdir, u o‘zining milliy innovatsiyalarini rivojlantirmoqda.
O‘zbekiston hukumatining yoqilg‘i
-
energetika kompleksi oldida turgan strategik vazifa o‘z
sohalarining innovatsi
on rivojlanishi bo‘lib, bu texnologik yangiliklarni talab qiladi. O‘zbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 4-mart kuni videoanjuman
shaklida bo‘lib o‘tgan 14
-
onlayn sammitida nutq so‘zladi va "Qayta tiklanadigan va muqo
bil
energiya manbalariga boy mintaqamizda “yashil iqtisodiyot”ni
rivojlantirish imkoniyatlari
nihoyatda kattadir“ deya takidlab o‘tdi
36
.
Hozirgi kunda mamlakat yoqilg‘i
-energetika balansida qayta tiklanadigan energiya
manbalarining ulushi bir foizdan oshmay
di. Shu bilan bir vaqtda O‘zbekistonda qayta
tiklanadigan energiya manbalarining salohiyati 51 milliard tonnaga yaqin neft ekvivalenti,
texnik salohiyati
–
179 00,0 million tonnadan ortiq neft ekvivalentini tashkil etadi
37
.
Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan birlamchi energiya
resurslari tarkibida gaz yoqilg‘isi 92%, mazut va ko‘mir –
taxminan teng ulushlarni tashkil
qiladi. Ko‘mir sanoati korxonalarida 3,6 mln. tonnagacha ko‘mir qazib olinadi, yer osti
gazlashtirish yo‘li
bilan 222 mln.m3 gaz qazib olinadi.
Hozirgi kunda atrof-
muhitni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” asoslarini faol
shakllantirish maqsadida an’anaviy energiya manbalari o‘rniga vodorod energetikasini joriy
etish zarurati ortib bormoqda.
36
https://oz.sputniknews.uz/20210305/Shavkat-Mirzievning-ITdagi-tashabbuslari--16132296.html
37
https://unece.org/fileadmin/DAM/energy/se/pdfs/ee21/EE21_Subregional_projects/UzbekistanAbdusalamov-
Rus02a.pdf
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
158
1-rasm
.
Iss
iqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i iste’molin
ing tuzilmasi
38
Vodorod kelajakda insonning energetikaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun ideal
variantga aylanishi uchun barcha sifatlarga ega. Bugungi kunda vodoroddan foydalanishning
asosiy yo‘nalishl
ari
–
neftni qayta ishlash va kimyo sanoatida (turli tovarlar, birinchi navbatda
ammiak va metanol ishlab chiqarish uchun) mujassam bo‘lgan. Vodorodning energetik
foydalanishi, “ARENA” (2018) ma’lumotlariga ko‘ra, uning iste’moli umumiy hajmining atigi 1
-
2%ga baholanadi.
2-jadval
Mamlakatlarning iqlim o‘zgarishini yumshatishga ma’lum qilingan hissalari
39
Mamlakatlar
Iqlim
o‘zgarishini
yumshatishga
ma’lum
qilingan hissalari
AQSh
2025- yilga kelib issiqxona gazlari chiqindilarini 2005- yil darajasidan
26-28%ga qisqartirish.
Kanada
2030- yilga kelib
–
2005- yil darajasidan 30% ga.
Germaniya
2030- yilga kelib
–
1990- yil darajasidan 40-55% ga,
2050 -yilga kelib
–
80-95% ga.
Fransiya
2030 -yilga kelib
–
1990- yil darajasidan 40% ga.
Norvegiya
2030- yilga kelib
–
1990- yil darajasidan 40% ga.
Braziliya
2025- yilga kelib
–
2005- yil darajasidan 37% ga.
Meksika
2030- yilga kelib
–
bazaviy chiziqdan 22-36% ga.
Xitoy
2030- yildan kechiktirmay issiqxona gazlari chiqindilarining mutloq qiymati
bo‘yicha
cho‘qqiga
chiqish bilan 2030- yilga kelib 65%ga YaIMning 1 dollariga
issiqxona gazlarining solishtirma chiqindilarini qisqartirish.
Avstraliya
2030- yilga kelib
–
2005- yil darajasidan 26-28% ga.
“
HydrogenCouncil
”
vodorod texnologiyalari bo
‘
yicha ekspertlarning hisobotlarida
ta
’
kidlanishicha
40
, 2050 yilga kelib vodorod dunyoning barcha energetic ehtiyojlarining 18%ni
tashkil etadi. Boshqa prognozlarga ko
‘
ra, bu vaqtga kelib vodorodning jahon iste
’
moli yiliga 370
mln. tonnagacha (2100 yilga kelib
–
800 mln. tonnagacha) o
‘
sadi
41
. Vodorod energetikasining
38
Satistika qo’mitsi ma’lumotlari asosida muallif tomoni
dan tayyorlandi
39
Internet ma’lu
motlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
40
https://news.google.com/stories/CAAqNggKIjBDQklTSGpvSmMzUnZjbmt0TXpZd1NoRUtEd2lHZ3JXdURCRTQ4Um1wNFZl
X3F5Z0FQAQ?hl=en-US&gl=US&ceid=US%3Aen
41
https://www.ngv.ru/magazines/article/vodorodnaya-energetika-mify-i-realnost/
4%4%
92%
Ko'mir
Mazut
Tabiiy gaz
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
159
rivojlanishiga bo
‘
lgan talab issiqxona gazlari chiqindilarini 80-100% ga kamaytirishga
qaratilgan yanada dekarbonizatsiya qilish va kam uglerodli rivojlanish bilan ifodalanadi.
Dunyoning yetakchi mamlakatlari yoqilg
‘
i-energetika kompleksi korxonalarining
innovatsion salohiyatini oshirish
hamda vodorod yoqilg
‘
isidan keng foydalanish orqali iqlim
o
‘
zgarishini yumshatish maqsadida turli xil hissalarinining prognoz ko
‘
rsatkichlari hioblandi.
Ularning asosiy maqsadi issiqxona gazlari chiqindilarini muayyan muddat ichida sezilarli
darajada qisqartirishdir.
O
‘
zbekistonda 2030-yilga qadar tabiiy gaz qazib olish hajmini 66,1 milliard kub metrga
yetkazish rejalashtirilgan. O
‘
z navbatida, iste
’
mol 56,5 milliard kub metrga yetadi. Bu ichki
iste
’
molchilar talabini qondirish va tabiiy gazni xomashyo sifatida chuqur qayta ishlash
ustuvorligiga o
‘
tishni anglatadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun O
‘
zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi tomonidan tabiiy gazni chuqur qayta ishlash hamda uning samaradorligini
oshirish va bozor munosabatlariga o
‘
tkazish maqsadida tarmoqni isloh qilish jarayonlarini
muvofiqlashtirish bo
‘
yicha keng ko
‘
lamli loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mamlakatning ish bilan band aholisining 1 foiziga yaqini faoliyat yuritadigan neft va gaz sanoati
yalpi ichki mahsulot, byudjet daromadlari va valyuta tushumlarining asosiy manbalaridan biri
bo
‘
lib, sanoat ishlab chiqarishi va investitsiyalarni jalb qilish tarkibida muhim rol o
‘
ynaydi.
Aynan shu narsa iqtisodiyotni rivojlantirish, odamlarning farovon yashashi, iqtisodiyot
ustuvor tarmoqlarining normal faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish imkonini beradi.
Biroq ulkan neft va gaz infratuzilmasini normal ish holatida saqlash, tabiiy gaz qazib olish
hajmini yanada oshirish, aholi va mamlakat iqtisodiyoti ehtiyojlarini qondirish bugungi kunda
sohani bozor iqtisodiyotiga o‘tkazmasdan turib amalga oshirish mushkul.
Neft va gaz sanoatining bozor qonuniyatlari asosida rivojlanishi raqobat uchun sharoit
yaratadi, bu esa ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash samaradorligini oshirish, eng muhimi,
iste
’
molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta
’
minlash imkonini beradi. Shuningdek, loyihalarni
amalga oshirishga nafaqat mablag
‘
ga, balki zamonaviy texnologiyalar va tajribaga ega bo
‘
lgan
investorlarni ham jalb etish imkonini beradi.
Hozirda Energetika vazirligi O
‘
zbekistonning butun yoqilg
‘
i-energetika kompleksini
rivojlantirishni muvofiqlashtirmoqda. Energetika vazirligi, uning tuzilmasi va faoliyatini
muvofiqlashtirishga kiruvchi tashkilotlar neft, gaz va ularni qayta ishlash, mahsulotlarni qazib
olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish jarayonlarini,
shuningdek, elektr va issiqlik energiyasi, ko
‘
mirni qazib chiqarish, uzatish, tarqatish va iste
’
mol
qilish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi.
Yoqilg
‘
i-energetika kompleksidagi bu tub o
‘
zgarishlar butun asosiy tuzilmani tubdan isloh
qilishni talab qildi. 2019-yilning o
‘
rtalarida neft-gaz sanoatini isloh qilish jarayoni boshlandi,
buning natijasida hozirgi kunda uni o
‘
zgartirish bosqichi yakunlandi.
Energetika vazirligi tashkil
etilganidan buyon o‘tgan davr mobaynida bir qator tub
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, neft
-gaz sanoatining samarali faoliyat yuritishi uchun
huquqiy asos yaratish, bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarning bozor
mexanizmlarini joriy etish
maqsadida xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda “Gaz ta’minoti
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini
ishlab chiqish yakunlanmoqda.
2020-yilning iyun oyida Energetika vazirligi tomonidan vazirlik va idoralar, shuningdek,
xalqaro maslah
atchilar bilan birgalikda ishlab chiqilgan “2020
-2030-
yillarda O‘zbekiston
Respublikasini neft va gaz mahsulotlari bilan ta
’minlash konsepsiyasi” tasdiqlandi.
2021-yilning iyun oyida Energetika vazirligi tomonidan qator vazirlik va idoralar,
shuningdek, xa
lqaro maslahatchilar bilan birgalikda “O‘ztransgaz” AJ va gaz tarmog‘ini
o‘zgartirish bo‘yicha strategiyasi” ishlab chiqil
di. Avtomatlashtirish va raqamlashtirish haqida
gapirilganda, neft va gaz sanoatida raqamlashtirish bozor munosabatlarining
raqobatbardoshligi va rentabelligini oshirishning asosiy usuli sifatida qaralmoqda.
Deyarli barcha texnologik jarayonlarni modellasht
irish, sinov va xatolik yo‘li bilan joyida
bo‘lishdan ko‘ra, eng mos ssenariyni oldindan tanlash mumkin. Bir necha soatlik simulyatsi
ya
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
160
oylik sinovlarni almashtiradi, shu bilan birga shakllanish xususiyatlarini yanada aniqroq
ko‘rsatish imkonini beradi. N
atijada yillar mehnati tejaladi, neft qazib olish esa bir yarim-ikki
baravarga oshadi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va jarayonlarni
avtomatlashtirishni ta’minlash maqsadida Energetika vazirligi “IKS Xolding” kompaniyasi bi
lan
birgalikda sanoatning joriy va uzoq muddatli biznes maqsadlarini hisobga olgan holda
“O‘zbekiston
Respublikasi
yoqilg‘i
-energetika
kompleksini
avtomatlashtirish
va
raqamlashtirishni kompleks va rejalashtirilgan rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab
chiqmoqda.
Joriy yil oxiriga qadar konsepsiya tasdiqlanadi va 2022-yildan konsepsiyada belgilangan
vazifalarni amalga oshirish ishlari boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 9-
iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni
energiya resurslari bilan barq
aror ta’minlash, neft
-
gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish
va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq
vazirlik huzurida xalqaro moliya institutlari bilan ishlaydigan loyiha ofisi tashkil etildi. Turli
mamlakatlarda neft va gaz sanoatini isloh qilishda katta tajribaga ega xalqaro ekspertlar jalb
etildi.
Burg‘ilash samaradorligini oshirish borosida ham qator ishlar amalga oshrilmoqda. “RLG
International Inc.” kompaniyasi ishtirokida (Kanada) “O‘zbekne
f
tgaz” AJ “Quduqlarni burg‘ilash
va kapital ta’mirlashning ekspluatatsion samaradorligini oshirish”: “Diagnostika” loyihasining
birinchi bosqichini amalga oshirdi.
“Diagnostika” loyihasining birinchi bosqichi doirasida “O‘zneftgaz
-
Quduqta’mirlash”
aksiyador
lik jamiyati va “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari
faoliyati hamda konlarda quduqlarni burg‘ilash va qayta ishlash bo‘yicha olib borayotgan
ishlari o‘rganilib, tanqidiy tahlil qilindi va baholandi.
Tahlil natijalari asosida ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va moliyaviy
ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ayni paytda loyihaning 1-bosqichi doirasida ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirish
bo‘yicha “Yangi tizimni joriy etish” l
oyihasining navbatdagi bosqichini amalga oshirish
maqsadida Quduqlarni burg‘ilash va qayta ishlash bo‘yicha loyiha guruhlarini tashkil
etish
ishlari olib borilmoqda.
Xulosa va takliflar.
Yoqilg‘i
-energetika kompleksi korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirish
konsepsiyasini ishlab chiqishdan assoiy maqad bu energetika barqaroligiga va iqtisodiy
samradorlikka erishishdir. Chunki Innovatsion amaliyotlar energiya ishlab chiqarishning atrof-
muhitga ta’sirini kamaytirishi mumkin. Masalan, uglerodni ushl
ab qolish va saqlash (CCS)
texnologiyasini joriy etish CO2 chiqindilarini 90% gacha kamaytirishga imkon beradi
42
(Global
CCS Institute, 2021).
Texnologik yutuqlar operatsion samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Misol uchun,
raqamli neft maydonlari texnologiyalarini qabul qilgan kompaniyalar ishlab chiqarish
samaradorligini 20-30% ga oshirganini bildirgan (McKinsey, 2021).
Innovatsion salohiyatni oshirishning asosiy sohalaridan biri tadqiqot va rivojlantirish
(R&D) investitsiyalari bo‘lib 2021 yilda energ
iyaga oid tadqiqot va rivojlantirishga global
investitsiyalar taxminan 30 milliard dollar ga yetdi, buning katta qismi qayta tiklanuvchi
energiya texnologiyalariga yo‘naltirilgan (IEA, 2022).
Innovatsiyani yanada oshirish uchun R&D sarfini har yili 5-10% ga oshirish zarur, bu
yangi texnologiyalar, masalan, aqlli tarmoqlar va batareyalar saqlash tizimlariga e
’tibor
qaratish lozim.
42
https://www.energy.gov/fecm/articles/global-ccs-institute
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
161
Jahon Iqtisodiy Forumi (2021) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilga kelib YEKdagi joriy
ishchilarning 50% yangi texnologiyalarga moslas
hish uchun qayta tayyorlashga muhtoj bo‘ladi.
STEM ta’limiga investitsiya qilish energiya sohasiga kira
digan malakali nomzodlar sonini 20%
ga oshirishi mumkin (UNESCO, 2020).
Ko‘plab mamlakatlarda hukumat va xususiy firmalar o‘rtasidagi hamkorliklar shamo
l
energiyasi texnologiyalarida muhim yutuqlarga olib keldi.
Albatta, innovatsion loyihalar uchun qo‘shma
fondlar tashkil etish investitsiyalarni jalb
qilish va moliyaviy risklarni samarali tarqatishga yordam beradi.
Yaqin kunlarda o‘tkazilgan so‘rovlar shu
n
i ko‘rsatmoqda: YEK korxonalarining 65%
innovatsiyani kelajakdagi raqobatbardoshlik uchun muhim omil si
fatida ko‘radi (PwC, 2022).
Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalarga investitsiya qilgan kompaniyalar o‘rtacha 15
-
20% ROI (investitsiyalarning qaytishi) ni, innovatsion texnologiyalarga sarmoya kiritmaganlar
esa faqat 5-7% ni qayd etgan (Deloitte, 2022).
Yoqilg‘i va energiya kompleksining innovatsion salohiyatini oshirish ushbu sektor
muammolarini hal qilishda muhimdir. R&D investitsiyalari, ish kuchini rivojlantirish, davlat-
xususiy hamkorliklar va qo‘llab
-
quvvatlovchi reglamentlarga e’tibor qaratish
orqali YEK
barqarorlik, samaradorlik va umumiy raqobatbardoshlikni oshirishi mumkin. Taqdim etilgan
statistikalar strategik tashabbuslarning innovatsiyani rivojlantirishdagi ahamiyatini
ta’kidlaydi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Cherp, A., Jewell, J. and Goldthau, A., (2011). Governing global energy: systems, transitions,
complexity. Global Policy, 2(1), pp.75-88.
Fedotov, A.S., Antonov, D.O., Kurdyumov, S.S., Konstantinov, G.I., Uvarov, V.I. and Tsodikov,
M.V., (2018). Preparation of Purified Hydrogen by Selective Hydrogenation of Carbon Monoxide in
a Mixture of Steam Reforming Products of Organic Substrates Using a Membrane Catalytic
Reactor. Petroleum Chemistry, 58, pp.1019-1022.
Global CCS Institute. (2021). The role of carbon capture and storage.
IEA. (2022). Energy R&D investments.
McKinsey. (2021). Digital oilfields: Enhancing production efficiency.
Melnikova, V. Voronezhskaya, E.E.,. and Ivashkin, E.G., (2021). Monoamines as adaptive
developmental regulators: phenomenon and mechanisms of action. ZHURNAL VYSSHEI NERVNOI
DEYATELNOSTI IMENI IP PAVLOVA, 71(3), pp.295-305.
Opportunities for Australia from Hydrogen Exports, ACIL Allen Consulting for ARENA,
August
(2018).
https://arena.gov.au/assets/2018/08/opportunities-for-australia-from-
hydrogenexports.pdf
Porter, M.E. and Kramer, M.R., (2006). Strategy & society. The link between competitive
advantage and corporate.
Rodionova Irina, Borovkov E., (2019). Comparative Characteristics of the Developed Electric
Heat Exchanger Regulators to Obtain the Energy of Water-Ice Phase Transition. Helix-The
Scientific Explorer| Peer
Soboleva, S. and Sobolev, A., (2018), May. Cluster formation processes in innovative
development of Russian regions. In International Scientific Conference" Competitive, Sustainable
and Secure Development of the Regional Economy: Response to Global Challenges"(CSSDRE
2018) (pp. 453-455). Atlantis Press.
Statista. (2022). Global energy market value.
Stern, N., (2006). Stern Review: The economics of climate change.
World Economic Forum. (2021). Future of Jobs Report.
