ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В ЭКОЛОГИЧЕСКИ ПРОБЛЕМНЫЕ РАЙОНЫ

Аннотация

В данной статье изучены опыт зарубежных стран, в том числе республик России и Казахстана, с целью привлечения иностранных инвестиции в экологически неблагоприятные территории и устранения существующих проблем. Разработаны выводы и рекомендации по применению опыта зарубежных стран в экономике нашей страны.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
352-360
59

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Яхшимуратова A. (2024). ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В ЭКОЛОГИЧЕСКИ ПРОБЛЕМНЫЕ РАЙОНЫ. Экономическое развитие и анализ, 2(5), 352–360. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48586
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье изучены опыт зарубежных стран, в том числе республик России и Казахстана, с целью привлечения иностранных инвестиции в экологически неблагоприятные территории и устранения существующих проблем. Разработаны выводы и рекомендации по применению опыта зарубежных стран в экономике нашей страны.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

352



EKOLOGIK MUAMMOLI HUDUDLARGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH

BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASI

Yaxshimuratova Ayxanum Rustamovna

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va

texnologiyalar universiteti

ORCID: 0000-0001-7732-1628

ayxanum_92@mail.ru

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ekologik noxush bo‘lgan hududlarga inestitsiyalarni

ko‘proq jalb qilish va bunda mavjud muammolarni bartaraf etish to‘g‘risida xorijiy mamlakatlar,
jumladan, Rossiya va Qozog‘iston respubliklari tajribalari o‘rganilgan. Xorijiy mamlakatlar

tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan
chora-tadbirlar bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ekologik vaziyat, xorijiy

investitsiyalar, tumanlar koeffisiyenti, ustamalar.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В ЭКОЛОГИЧЕСКИ

ПРОБЛЕМНЫЕ РАЙОНЫ

Яхшимуратова Айханум Рустамовна

Ташкентский международный университет

финансового менеджмента и технологий

Аннотация.

В данной статье изучены опыт зарубежных стран, в том числе

республик России и Казахстана, с целью привлечения иностранных инвестиции в
экологически неблагоприятные территории и устранения существующих проблем.

Разработаны выводы и рекомендации по применению опыта зарубежных стран в
экономике нашей страны.

Основные понятия:

социально-экономическое развитие регионов, экологическая

ситуация, иностранные инвестиции, районный коэффициент, льготы.

FOREIGN EXPERIENCE IN ATTRACTING INVESTMENTS IN ECOLOGICALLY

PROBLEM AREAS

Yakhshimuratova Aykhanum Rustamovna

Tashkent International University of Financial

Management and Technologies

Annotation.

This article studied the experience of foreign countries, including the republics

of Russia and Kazakhstan, in order to attract foreign investments in environmentally unfavorable
territories and eliminate existing problems. Conclusions and recommendations have been

developed for applying the experience of foreign countries in the economy of our country.

Key words:

socio-economic development of regions, environmental situation, foreign

investment, regional coefficient, benefits.

UO‘K: 330.322

V SON - MAY, 2024

352-360


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

353

Kirish

Mamlakatimiz hududlarining barqaror va mutanosib iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash

O‘zbekistonda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, turmush sharoitining yaxshilanishi ham

bevosita ularning iqtisodiyoti rivojlanishi bilan bog‘liq. Mamlakat iqtisodiyoti hududlardan
tarkib topgan bir butun tizimni tashkil qilganligi sababli, uning har bir hududidagi iqtisodiy-

ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash mamlakatimizning uzluksiz, barqaror taraqqiyotiga zamin
yaratadi.

Mamlakat hududlariga investitsiyalarni mutanosib ravishda joylashtirish milliy

iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishining asosi hisoblanadi. Respublikamiz Prezidenti

Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol
investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu

sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotnng yuragi,
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi” .

Mamlakat hududlari ekologik jihatdan turli guruhlarga ajratiladi, bugungi kunda o‘zi

tobora yomonlashib borayotgan atrof-muhitni asrash, ekologik toza mahsulotlar ishlab

chiqarish, shu kabi hududlar aholisini har tomonlama qo‘llab quvvatlash dolzarb masala
hisoblanadi.

Mazkur maqolada ekologik jixatdan noxush hududlarni iqtisodiy rifojlantirish, xorijiy

investitsiyalarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ekologik muammoli hududlarga

investitsiyalarni kengroq jalb qilish, umuman, atrof muhit va iqtisodiy rivojlantirish borasida
dunyo olimlari tadqiqotlar olib bormoqdalar. Ekologiyaga insonlarning, iqtisodiyotning ta’siri

oqibatida kelib chiquvchi muammolar to‘g‘risida xorijiy mamlakatlar olimlaridan Korobko
(2015) tadqiqotlar olib brogan, jumladan, olim, ekologiya va iqtisodiyotni tabiiy resurslar bilan

ta’minlash o‘rtasidagi munosabatlar uzoq vaqt davomida xalqaro miqyosda hisobga
olinmaganligini ta’kidlaydi, bu qaramlik 20-asrning ikkinchi yarmida, iqtisodiy o‘sish

sur’atlarining tez sur’atlar bilan o‘sishi natijasida tabiiy tizimlar katta zarar ko‘ra boshlaganida
tez-tez namoyon bo‘la boshladi.

Konstantin Pozdnyakov (2015) Vengriya misolida xorijiy kompaniyalar sarmoyalar

miqdoriga qarab imtiyozlar amal qilishi to‘g‘risida bayon qiladi, shuningdek, Chexiya

Respublikasining iqtisodiyotda ortda qolayotgan hududlarga xorijiy investitsiyalar kiritishda
loyihalarning ekologiya uchun zarar keltirmaslik tamoyili asosida imtiyozlar mavjudligini

o‘rganadi.

Gordyachkova (2018) o‘z tadqiqotlarida Rossiyaning ekologik jihatdan noxush

hududlaridan biri bo‘lgan Yakutiya Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni kiritishda hududga

investitsiyalarni jalb qilishda hududiy ma’muriy organlarning vakolatlarini kengaytirish,
davlat-xususiy sheriklik asosida EIZlar yaratish maqsadga muvofiqlini ta’kidlaydi.

Axmedova, Bulatovalar (2016) o‘z maqolasida Dog‘iston Respublikasiga xorijiy

investitsiyalar kiritishda hududning iqlim, ekologik hamda iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish

darajasini hisobga olgan holda turli rag‘batlantirish va majburiy jazo mexanizmlarini qo‘llash
va boshqa jihatlarni yoritishadi.

Gureva, Rudneva, (2013) tadqiqotlarida o‘tgan asrning 70 yillarda Yevropa Ittifoqi

hududida ekologik toza ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanish va atrof-muhitni

muhofaza qilish va energiyani oqilona istemol qilishni ragbatlantirishning iqtisodiy usullarini
qo‘llash orqali tabiat resurslarini saqlash tamoyillari boshlanganligi va buning ijobiy natijalari

aytiladi.

Irina Boiko (2020) o‘z tadqiqotida tabiatga antropogen tasirdan kelib chiqadigan turli

global muammolarni ko‘rib chiqadi va ularning iqtisodiy oqibatlari baholaydi. Maqolada iqlim


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

354

o‘zgarishiga qarshi kurashda qo‘llaniladigan fiskal usullarning cheklanganligi takidlanadi va
tabiatga har xil turdagi antropogen bosimlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan yaxlit

yondashuv yo‘qligi ta’kidlanadi. Ekologik muammolarni milliy iqtisodiyotga tasiri nuqtayi
nazaridan tasniflash taklifi ishlab chiqilgan va shu asosda hududlar iqtisodiy rivojlanishi

baholanadi.

O‘zgur Kanbir (2023) tadqiqotida Turkiya misolida iqtisodiy rivojlanish va ekologiya

sohalari o‘rtasidagi munosabatlar, atrof muhitni asrash, yashil investitsiya siyosatini amalga
oshirish kabi masalalalar muhokama qilinadi.

Seyema Jayachandran (2021) tadqiqotlarida iqtisodiy rivojlanishning atrof-muhitga

ta’siri o‘rganiladi va past va o‘rta daromadli mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning atrof-

muhitga ta’siri bo‘yicha so‘nggi mikroempirik tadqiqotlar tahlil qilinadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolaning ilmiy-nazariy asosi sifatida iqtisodiy adabiyotlar hamda ilmiy

maqolalar, xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning investitsiya faoliyati, mamlakat
hududlariga investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha izlanishlari,

ularning yozma va og‘zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni kuzatish,
iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil

o‘tkazish orqali tegishli yo‘nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan. Mavzuni o‘rganish

jarayonida iqtisodiy, qiyosiy tahlil, induksiya, deduksiya va boshqa usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakatlar rivojlanishida asosiy kuch bo‘lgan investitsiyalarning global

harakatlanishida ham koronavirus inqirozi o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu esa
rivojlanayotgan hamda rivojlanishda orqada bo‘lgan mamlakatlar iqtisodiyotida

investitsiyalar, tashqi savdo aloqalari, xalqaro iqtisodiy munosabatlarida qabul qilingan chora-
tadbirlar, reja va strategiyalarni hamda prognoz ko‘rsatkichlarning kutilmagan holatda

o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda shartli ikki xil usulni ko‘rib chiqish mumkin, birinchi

usulda investitsiyalarni jalb qilishni o‘ziga urg‘u beriladi va bunda investitsiyalarni qaysi usulda
jalb qilish, qancha imtiyoz yoki boshqa yengilliklar berish yoki boshqa mexanizmlarni qo‘llash

bo‘yicha amaliyotga tatbiq etiladi.

Ikkinchi usulda esa hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash orqali

investitsiyalarni jalb qilish nazarda tutiladi.

Investorlar o‘z sarmoyalarini har tomonlama qulay bo‘lgan hududga joylashtirishni afzal

biladi, bunda esa investitsiyalarning, xususan, xorijiy investitsiyalarning hududlar bo‘yicha
notekis taqsimlanishi yuzaga kelishi mumkin. Bu esa hududiy rivojlanishning beqarorligiga,

pirovardida butun mamlakat iqtisodiy o‘sishida beqarorlikka olib keladi. Shu jumladan, aholi

o‘rtasida ham daromadlar notengligi sabab, aholi farovonligiga soya soladi.

Mazkur tadqiqotda 2-usul orqali invesitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha Rossiya hamda

Qozog‘iston Respublikalari tajribalarini ko‘rib chiqamiz.

Rossiya dunyoda maydoni jixatidan eng katta hududga ega bo‘lgan mamlakat

hisoblanadi. Hudud shu darajada kattaligidan shimol bilan janubning, sharq bilan g‘arbning,
markaziy hududlar bilan boshqa hududlarning ekologik, tabiiy geografik sharoitlari bir biridan

tubdan farq qiladi.

Shu sababdan ham ekologik jixatdan noqulay yoki muammoli hududlar uchun

investitsiyalarni jalb qilish maqsadida turli yondoshuvlar qo‘llaniladi. Rossiya o‘zining ekologik
jixatdan og‘ir, muammoli bo‘lgan Uzoq Shimol hududlari uchun alohida dastur asosida

investitsiyalarni jalb qilish uslubidan foydalanadi. Bunda hukumat investorlarni asosiy ishchi
kuchi bo‘lgan aholiga ish haqiga ustamalar qo‘llash, sharoiti og‘ir hududlar aholisi uchun turli

ko‘rinishdagi kompensatsiyalar to‘lash orqali jalb qilishni amalga oshiradi. Tabiiyki, og‘ir


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

355

hududlarda yashovchi aholi uchun ham shunga yarasha turlicha shartlar asosida mexnat
sharoitlari yaratiladi.

Rossiya hukumatining qonunlariga ko‘ra barcha xodimlarning ish haqi tarkibiy qismlari

quyidagilardan iborat (Qonun, 1993):

- mehnatga haq to‘lash (ish haqi, tariff stavkasi yoki ish haqi shaklida belgilanishi

mumkin), kompensatsiya va rag‘batlantirish to‘lovlari bundan mustasno;

- kompensatsiya to‘lovlari (masalan, zararli mehnat sharoitlari, maxsus iqlim sharoitida

ishlash, qo‘shimcha ish va tungi ishlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar va nafaqalar va boshqalar);

- rag‘batlantirish to‘lovlari (muayyan natijalarga erishish uchun bonuslar va boshqa

to‘lovlar).

Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksi va Rossiya Federatsiyasining 1993 yil 19 fevraldagi

4520-1-sonli “Umumiy” kompensatsiya to‘lovlariga qo‘shimcha ravishda “Uzoq Shimolda va

unga tenglashtirilgan hududlarda ishlayotgan va yashovchi shaxslar uchun davlat kafolatlari va
kompensatsiyalar to‘g‘risida” gi Qonuniga ko‘ra (Qonun, 1993)

-me’yoriy mehnat sharoitidan chetga chiqqanda (zararliligi uchun, tungi ish, dam olish

kunlari, ish vaqtidan tashqari ishlar va boshqalar);

-maxsus iqlim sharoitida ishlash uchun maxsus kompensatsiyalar;
- Uzoq Shimol va ularga tenglashtirilgan hududlarda ish staji uchun ish haqiga foizli

ustama;

- ish haqining mintaqaviy(tuman) koeffitsiyenti taqdim etiladi (Kodeks, 2001).
Tuman koeffitsiyentini ham, foiz stavkasini ham qo‘llashning minimal miqdori va tartibi

Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan belgilanishi kerak. Biroq, hozirgi vaqtda Rossiya
Federatsiyasi Hukumatining bir nechta qarorlari mavjud bo‘lib, ular faqat Uzoq Shimolning

ayrim hududlarida va unga tenglashtirilgan hududlarda ish stajiga foizli nafaqa va tuman
koeffitsiyenti miqdorini belgilaydi. Ularda o‘rnatilgan tuman koeffitsiyentining hajmi ish

beruvchining o‘ziga xos hududi va tarmog‘iga qarab 1,1 dan 3 gacha o‘zgarib turadi.

Ham foizli nafaqa, ham tuman koeffitsiyenti xodimlarning butun ish haqi, shu jumladan

ish uchun haq (ish haqi yoki tariff stavkalari yoki ish haqi), boshqa (“shimoliy” dan tashqari)
kompensatsiya to‘lovlari va rag‘batlantirish to‘lovlari bo‘yicha hisoblanadi.

Uzoq Shimol va ularga tenglashtirilgan hududlarda ishlovchi xodimlarga qo‘shimcha

ustamalar berishga quyida huquqiy normalar asos bo‘ladi:

-Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksining 148-moddasiga binoan, alohida iqlim

sharoitiga ega bo‘lgan hududlarda ishlaganlik uchun haq to‘lash mehnat to‘g‘risidagi qonun

hujjatlari va mehnat qonunchiligi normalarini o‘z ichiga olgan boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilanganidan kam bo‘lmagan tartibda va miqdorda amalga oshiriladi.

-Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksining 315-moddasida Uzoq Shimol va unga

tenglashtirilgan hududlarda ish haqi mintaqaviy koeffitsiyentlar va ish haqiga foizli bonuslar

yordamida amalga oshirilishini belgilaydi.

-Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksining 316-moddasi va Rossiya Federatsiyasining

1993 yil 19 fevraldagi 4520-1-sonli “Uzoq Shimolda va unga tenglashtirilgan joylarda

ishlaydigan va yashovchi shaxslar uchun davlat kafolatlari va kompensatsiyalari to‘g‘risida” gi
Qonunining 10-moddasida Uzoq Shimol va unga tenglashtirilgan hududlarda joylashgan

tashkilotlar xodimlarining ish haqini hisoblash uchun tuman koeffitsiyentining hajmi va uni
qo‘llash tartibi Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan belgilanadi.

Uzoq Shimol va unga tenglashtirilgan hududlarda kamida bir yil yashagan 30 yoshgacha

bo‘lgan yoshlar uchun alohida (tezlashtirilgan) shimoliy qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. Bunda

Uzoq Shimol mintaqalarida yashovchi va mehnat munosabatlariga kirgan yosh mutaxassislar
uchun bonuslar birinchi olti oydan keyin 20% miqdorida 100% ishlagandan keyin har bir tariff

olti oy uchun 20% ga ko‘tarilgan holda hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

356

1-jadval

Rossiya Federatsiyasi Uzoq shimol va ularga tenglashtirilgan hududlarda

qo‘llaniladigan ish haqiga qo‘shimcha ustamalar (Kodeks, 2001)

Hududlar

Qollaniladigan ish haqiga qoshimcha

ustamalar

Uzoq Shimol mintaqalarida – Chukotka

avtonom okrugida va Magadan viloyatining
Shimoliy Evenskiy tumanida, Koryak avtonom
okrugida va Kamchatka viloyatining Aleut
viloyatida, shuningdek Shimoliy Muz okeani va
uning dengizlari orollarida ishlash. (Oq dengiz
orollari bundan mustasno)

100% daromadga erishilgunga qadar har bir tariff

olti oylik ish uchun 10% ga oshgan holda ishning
birinchi olti oyidan keyin ish haqining 10%

Uzoq Shimolning boshqa hududlarida ishlash

Ishning birinchi olti oyidan keyin har bir tariff olti

oylik ish uchun 10 foizga oshgan ish haqining 10
foizi va oltmish foizga oshganida – har bir tariff ish
yili uchun daromadning 10 foizi daromadning 80
foiziga yetguncha.

Uzoq Shimol hududlariga tenglashtirilgan

hududlarda ishlash

Ishning birinchi yilidan keyin daromadning 10%,

har bir tariff ish yili uchun daromadning 10% ga
oshib, daromadning 50% ga yetguncha

2022 yildan boshlab Rossiya hukumatining tegishli qarori bilan yosh mutaxassislar uchun

qo‘shimcha haq belgilash tartibi o‘zgardi va bunda yosh xodim mazkur hududlarda kamida bir

yil yashashi shart emas, ish boshlangan ilk kundanoq imtiyozlar qo‘llaniladi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksi 316-moddasiga ko‘ra Uzoq Shimol va

unga tenglashtirilgan hududlarda xodimlarga to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlardan yana biri bu
mintaqaviy koeffisiyentdir. Mintaqaviy koeffitsiyent ma’lum bir hudud(tuman, shahar)da

o‘rnatiladi va ish stajidan qat’iy nazar ish boshlangan birinchi kundan qo‘llaniladi. Mazkur
mintaqalar ekologik jihatdan noqulay sharoitlarga ega bo‘lgan hududlar hisoblanib, ekologik

sharoitning og‘ir yengilligiga ko‘ra koeffitsiyentlar turlichadir.

Quyida ba’zi hududlardagi mintaqaviy koeffisiyent bilan tanishib chiqamiz:

-Oltoy Respublikasi- 1,4;
- Oltoy o‘lkasi (mintaqaga qarab)- 1,15-1,25

- Amur viloyati (mintaqaga qarab)1,2 – 1,4
- Arxangelsk viloyati, shu jumladan Arxangelsk (mintaqaga qarab)1,2 – 1,4

- Kamchatka hududi (mintaqaga qarab)1,6 – 2,0
-Irkutsk viloyati, shu jumladan Irkutsk (mintaqaga qarab)1,2 – 1,7

- Yakutiya (Saxa Respublikasi) (mintaqaga qarab)1,4 – 2,0

Bu kabi mintaqaviy koeffisiyentlar 40 dan ortiq hududda amal qiladi.
Qozog‘iston Respublikasi ham hududi jihatdan katta bo‘lgan, Semipalatinsk yadro

poligoni hamda Orol dengizi qurishi sababli ekologik muammolarga duch kelayotgan hududlari
mavjud mamlakat hisoblanadi.

Shu sababdan ham Qozog‘iston hukumati mazkur muammoli hududlar aholisini ijtimoiy

qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy rivojlantirish, hayot turmush sifatini oshirish maqsadida turli

mexanizmlardan foydalanadi. Bularga quyidagi huquqiy hujjatlar asos bo‘lib xizmat qiladi:
Qozog‘iston Respublikasining 1992 yil 18 dekabrdagi “Semipalatinsk yadro sinovlari

poligonida yadroviy sinovlar natijasida jabrlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish
to‘g‘risida”gi qonuni va Qozog‘iston Respublikasining “Orol dengizidagi ekologik ofat natijasida


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

357

jabrlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi 1992 yil 30 iyundagi qonuniga ko‘ra
shuningdek, Mehnat kodeksining 127-1-moddasida ekologik ofat va radiatsiyaviy xavfli

hududlarda ishlaydigan xodimlar uchun kafolatlar Qozog‘iston Respublikasi qonunlari bilan
belgilanadi deya ta’kidlanadi.

Qozog‘iston Respublikasining 1992-yil 18-dekabrdagi “Semipalatinsk yadroviy

poligonida yadro sinovlari natijasida jabrlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi

Qonunga ko‘ra ma’lum hududlarda yashovchi aholi qo‘shimcha ish haqi olish huquqiga ega
(Qonun, 1992).

Qozog‘iston Respublikasining 1992 yil 30 iyundagi “Orolbo‘yida ekologik ofatdan

jabrlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida ekologik

ofat zonasida yashovchi aholi uchun ish haqi va stipendiyalar hududlar bo‘yicha ekologik
noqulay sharoitlarda yashash uchun koeffitsiyentdan foydalangan holda ta’minlanadi.

Shundan kelib chiqib Semipalatinsk yadroviy poligonidagi yadro sinovlari va Orol dengizi

mintaqasida sodir bo‘lgan ekologik ofat natijasida mehnat sharoitlarining xodimning sog‘lig‘i

va faoliyatiga salbiy ta’sirini qoplash uchun qo‘shimcha ish haqi va ekologik qo‘shimcha
to‘lovlar belgilanadi (Qonun, 1992).

Ekologik qo‘shimcha to‘lovlar quyidagi ko‘rinishlada bo‘lishi mumkin:
• qo‘shimcha ish haqi (ish haqiga ekologik bonuslar deb ataladi);

• qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta’til;

• salomatlikni yaxshilash uchun moddiy yordam;
• pensiyaga qo‘shimchalar;

• bir martalik to‘lovlar.
Qonunda hududlarning ifloslanish dozasiga qarab aholining beshta guruhi ajratiladi:

3) Haddan tashqari xavf zonasida yashash. U Abay tumanining Sarjal qishloq kengashi,

Beskaragay tumanining Dolon va Bodeneli qishloq kengashlari, Semipalatinsk viloyatining

Janasemey tumanidagi Sarapan va Iso aholi punktlarini o‘z ichiga oladi.

Poligondan foydalanish davrida ushbu hududda yashagan shaxslarga yadroviy sinovlar

natijasida yetkazilgan zarar uchun bir martalik kompensatsiya to‘lovi 2009 yildan boshlab har
bir yashash yili uchun 1949 yildan 1965 yilgacha 5,23 MKI (oylik hisob ko‘rsatkichi) va – 1966

yildan 1990 yilgacha 1,05 MKI miqdorida belgilandi.

2) maksimal radiatsiya xavfi zonasi. Bunga Semipalatinsk viloyatining Abay, Abrali,

Beskaragay va Janasemey tumanlari hamda Pavlodar viloyatining May tumanining Maldar va
Oqjar qishloq kengashlari aholisi kiradi.

Bu yerda bir martalik kompensatsiya miqdori 1949–1965 yillardagi har bir yil uchun 2,62

MKI va 1966 yildan 1990 yilgacha bo‘lgan davrda 1,05 MKI ni tashkil qiladi.

3) radiatsiya xavfi ortishi zonasi. Bular Chubartau, Novoshulbi, Borodulixa, Char, Jarmin,

Ayaguz tumanlari, Semipalatinsk va Kurchatov shaharlari, Qarag‘anda viloyatining Egindibuloq

tumani, Pavlodar viloyatining May tumani, Tavrich, Glubokov, Shemonaixa, Ulan tumanlari, Ust-

Kamenogorsk va Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Leninogorsk.

Kompensatsiya 1949–1965 yillardagi har bir yil uchun 1,57 MKI va 1990 yilgacha tariff

yillar uchun 0,79 MKI miqdorida beriladi.

4) minimal radiatsiyaviy ifloslanish zonasi (0,1 dan 7 rem gacha). U Semipalatinsk

viloyatining Makanchin, Urdjar, Taskesken, Kokpektin, Oqsuat tumanlari, Qarag‘anda
viloyatining Karqarali tumani, Pavlodar viloyatining Lebyajin tumani, Sharqiy Qozog‘iston

viloyatining Zyryanov, Samara, Serebryan, Zaysan va Tarbagatay tumanlari aholi punktlarini
o‘z ichiga oladi. Kompensatsiya – koridorda 1965 yilgacha va undan tariff davrlar uchun, shu

jumladan 1990 yilgacha 1–0,52 MKI.

5) Imtiyozli ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega hududlar. Bular qatoriga Pavlodar

viloyatining Bayanaul tumanidagi aholi punktlari kiradi. Bu yerda 1949 yildan 1990 yilgacha
har bir yil uchun 0,26 MKI hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

358

Pensiya va ish haqining oshishida faqat birinchi va ikkinchi toifaga mansub bo‘lganlar,

ya’ni ekstremal va maksimal radiatsiyaviy ifloslanish zonalari aholisi imtiyozli hisoblanadi.

Birinchisi 2,09 MKI, ikkinchisi 1,83 MKI bonus olish huquqiga ega. Keyinchalik

Qozog‘istonning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tganlar uchun bu imtiyoz saqlanib qoladi.

Ish haqiga qo‘shimcha (shuningdek, qo‘shimcha ta’til) faqat radiatsiya xavfi zonalarida

yashashni davom ettiradiganlar uchun to‘lanadi. Bundan tashqari, qo‘shimcha to‘lov miqdori

quyidagicha:

1. favqulodda vaziyatlar zonalari uchun – 2 MKI,

2. maksimal – 1,75 MKI,
3. nurlanishning ko‘payishi – 1,5 MKI,

4. minimal – 1,25 MKI
5. imtiyozli ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega hududlar uchun – 1 MKI.

Mintaqalar bo‘yicha yillik qo‘shimcha ta’tillar:
• birinchi toifa – 14 kalendar kun;

• ikkinchi – 12,
• uchinchi – 10,

• to‘rtinchi – 7
• beshinchi – 5 kun.

Orolbo‘yining Qozog‘iston qismining jadal cho‘llanishi aholi uchun qulay turmush

sharoitining pasayishiga, xususan, kasallanish darajasining oshishiga olib keldi. Shu sabablarga
ko‘ra Qizilo‘rda, Aqto‘be, Turkiston va Qarag‘anda viloyatlarining ayrim hududlari ekologik ofat

zonalari deb tan olingan (Qonun, 1992).

Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat qurbonlari to‘g‘risidagi qonunda hududlar 3 ta

zonaga ajratiladi:

1. ekologik ofat;

2. ekologik inqiroz;
3. inqirozdan oldingi ekologik holat

Ekologik ofat zonasida yashovchi aholi uchun ish haqi ekologik jihatdan noqulay

sharoitlarda yashash koeffitsiyentidan foydalangan holda belgilanadi.

• ekologik ofat zonasida – 1,5;
• ekologik inqiroz zonasida– 1,3;

• inqirozdan oldingi ekologik holat zonasida – 1,2
Zararli mehnat sharoitlari bilan ishlash uchun beriladigan ta’tilga qo‘shimcha ravishda

yillik qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta’til zonalar bo‘yicha:

• ekologik ofat – 12 kalendar kun;

• ekologik inqiroz – 9,
• inqirozdan oldingi ekologik holat – 7 kalendar kun belgilangan.

“Orolbo‘yida ekologik ofatdan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi

Qonunning 13-moddasi 4-punkt 1-bandiga muvofiq ekologik ofat zonasida yashovchi aholiga
mehnat ta’tillari berish bilan birga har yili sog‘lomlashtirish uchun moddiy yordam ko‘rsatilishi

belgilab qo‘yilgan. Bular joriy to‘lovlarga qo‘shimcha ravishda oylik tariff stavkasi yoki rasmiy
ish haqi miqdorida beriladi hamda to‘lovlar har yili amalga oshiriladi.

O‘z-o‘zidan ayonki, Qonunning 13-moddasiga muvofiq hududlar bo‘yicha qo‘shimcha haq

to‘lash va qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish uchun u hududda yashash va mehnat faoliyatini

amalga oshirish kifoya.

Mehnat faoliyati davrida xodimning ma’lum bir mintaqadagi haqiqiy yashash joyi tan

olinadi. Shu munosabat bilan, ushbu imtiyozlarni olish uchun doimiy yashash joyida ro‘yxatda
bo‘lish shart emas.

Shuni ta’kidlash kerakki, ekologik ofat qurbonlari uchun qo‘llaniladigan koeffitsiyent

yadroviy sinovlar qurbonlari uchun qo‘llaniladigan koeffitsiyentdan farq qiladi, chunki

ekologik ofat zonalarida yashash uchun koeffitsiyentlar ular tomonidan belgilanadigan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

359

xodimlarning lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) egallab turgan lavozimi, bajarilgan ish
haqida qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy jihatdan 14 ta birlikka ajratilgan bo‘lib, Quyi

Amudaryo hududlari hisoblanuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatining ba’zi

hududlari ham ekologik jixatdan muammoli hududlar sirasiga kirib, Orol dengizi qurishining
salbiy oqibatlari bu hududlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur hududlarni ekologik

muammoli hududlarning qonuniy mavqesini belgilash va shu asosda tegishli mexanizmlarni
qo‘llash orqali aholi farovonligini oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yuqoridagi tajribalar

shuni ko‘rsatadiki, bunday hududlarga alohida yondoshuv muammoni yechimi bo‘lmasa ham,
aholi uchun sharoitlar yaratib berishga asos bo‘ladi.

Xulosa va takliflar.

Tadqiqot davomida o‘rganilgan izlanishlar natijasida, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun chet

el investitsiyalarni jalb qilishda quyidagilar maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz:

- Ekologik muammoli yoki ekologik jihatdan noxush hududlar atmasini iqtisodiy-huquqiy

tomonlama tasniflash, mamlakat hududlarini ekologik salohiyatini darajalarga ajratish, shu

asosda mazkur hududlarga nisbatan alohida iqtisodiy yondashuv olib borish;

- ijtimoiy-iqtisodiy ortda qolayotgan yoki ekologik muammoli hududlarda alohida

imtiyozlar asosida investitsiyalarni jalb qilish (misol uchun, Orol bo‘yi mintaqasiga to‘g‘ridan

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni olib kirishda soliq imtiyozlari, kredit ta’tillari yoki yaratilgan har
bir ish o‘rni uchun yengilliklar berish);

- ekologik

muammoli

hududlarda

investitsiyalarni

jalb

qilish

maqsadida

ishbilarmonlarni, tadbirkorlarni xalqaro ko‘rgazma, anjumanlarga davlat budjeti hisobidan

yuborish va boshqalar.

Albatta, yuqorida ko‘rib chiqilgan tajriba va tavsiyalar amaliyotda mamlakat qonunchiligi

asosida, tegishli shartlar bilan, oqilona siyosat yuritgan holda hayotga tatbiq etilsagina o‘z
iqtisodiy va ijtimoiy samarasini beradi.

Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Kodeks (2001) Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksi, 30. 12.2001, https://base.garant.ru/

Ozgur Kanbir, (2023) Economic Development and Ecology.
Qonun (1992) Qozog‘iston Respublikasining “Orol dengizidagi ekologik ofat natijasida

jabrlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi 1992 yil 30 iyundagi Qonuni, https:
//zakon-kz.com/

Qonun (1992) Qozog‘iston Respublikasining 1992 yil 18 dekabrdagi “Semipalatinsk yadro

sinovlari poligonida yadroviy sinovlar natijasida jabrlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish

to‘g‘risida”gi Qonuni, https: //zakon-kz.com/

Qonun (1993) Rossiya Federatsiyasining 1993 yil 19 fevraldagi 4520-1-sonli “Umumiy”

kompensatsiya to‘lovlariga qo‘shimcha ravishda “Uzoq Shimolda va unga tenglashtirilgan

hududlarda ishlayotgan va yashovchi shaxslar uchun davlat kafolatlari va kompensatsiyalar
to‘g‘risida” gi Qonuni, https://base.garant.ru/

Seema Jayachandran (2021), How Economic Development Influences the Environment

NBER Working Paper No. 29191 August JEL No. O13,Q56

Ахмедова Л.А., Булатова У.Б. (2016) Зарубежный опыт привлечения иностранных

инвестиций и возможности его использования Вестник Дагестанского

государственного университета. Серия 3. Общественные науки. 2016. Том. 31. Вып. 2.

Гордячкова О. (2018) Управление привлечением иностранных инвестиций на

региональном уровне (на примере республики Саха (Якутия), иқтисодиёт фанлари
номзоди даражасини олиш учун тайёрланган диссертация.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

360

Гурьева, М.А., Руднева, Л.Н. (2013) Система индикативной оценки уровня и степени

экологизации экономики региона // Российское предпринимательство. - № 1. – С. 134-139

Ирина Боико, (2020) Экологические аспекты современного экономического развития.

Российская академия народного хозяйства и государственной службы при Президенте

Российской Федерации (Северо-Западный институт управления РАНХиГС), Санкт-
Петербург, Российская Федерация.

Коробко В.И. (2015) Экологический менеджмент: учебное пособие для бакалавров и

магистров вузов. - М.: НОУ ВПО «Институт непрерывного образования», - 158 с.

Поздяков К. (2015) Теоретические основы механизма привлечения иностранных

инвестиций в регионы РФ и обоснование их практической применимости. Lulu Press, Inc.

Raleigh, North Carolina, USA.

Библиографические ссылки

Kodeks (2001) Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksi, 30. 12.2001, https://base.garant.ru/ Ozgur Kanbir, (2023) Economic Development and Ecology.

Qonun (1992) Qozog‘iston Respublikasining “Orol dengizidagi ekologik ofat natijasida jabrlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi 1992 yil 30 iyundagi Qonuni, https: //zakon-kz.com/ Qonun (1992) Qozog‘iston Respublikasining 1992 yil 18 dekabrdagi “Semipalatinsk yadro sinovlari poligonida yadroviy sinovlar natijasida jabrlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, https: //zakon-kz.com/

Qonun (1993) Rossiya Federatsiyasining 1993 yil 19 fevraldagi 4520-1-sonli “Umumiy” kompensatsiya to‘lovlariga qo‘shimcha ravishda “Uzoq Shimolda va unga tenglashtirilgan hududlarda ishlayotgan va yashovchi shaxslar uchun davlat kafolatlari va kompensatsiyalar to‘g‘risida” gi Qonuni, https://base.garant.ru/

Seema Jayachandran (2021), How Economic Development Influences the Environment NBER Working Paper No. 29191 August JEL No. O13,Q56

Ахмедова Л.А., Булатова У.Б. (2016) Зарубежный опыт привлечения иностранных инвестиций и возможности его использования Вестник Дагестанского государственного университета. Серия 3. Общественные науки. 2016. Том. 31. Вып. 2.

Гордячкова О. (2018) Управление привлечением иностранных инвестиций на региональном уровне (на примере республики Саха (Якутия), иқтисодиёт фанлари номзоди даражасини олиш учун тайёрланган диссертация.

Гурьева, М.А., Руднева, Л.Н. (2013) Система индикативной оценки уровня и степени экологизации экономики региона // Российское предпринимательство. - № 1. – С. 134-139

Ирина Боико, (2020) Экологические аспекты современного экономического развития. Российская академия народного хозяйства и государственной службы при Президенте Российской Федерации (Северо-Западный институт управления РАНХиГС), Санкт-Петербург, Российская Федерация.

Коробко В.И. (2015) Экологический менеджмент: учебное пособие для бакалавров и магистров вузов. - М.: НОУ ВПО «Институт непрерывного образования», - 158 с.

Поздяков К. (2015) Теоретические основы механизма привлечения иностранных инвестиций в регионы РФ и обоснование их практической применимости. Lulu Press, Inc. Raleigh, North Carolina, USA.