ВАЖНОСТЬ ФИНАНСОВОЙ ПОДДЕРЖКИ В РАЗВИТИИ ТУРИСТИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА НАШЕЙ СТРАНЫ

Аннотация

В данной статье изучена важность эффективного использования средств, выделяемых государством на развитие туризма в нашей стране в последние годы, и его роль в увеличении количества туристов. Кроме того, реализованы механизмы организации рекламной деятельности за счет средств внебюджетного фонда поддержки туризма

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
262-269
17

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Равшанов T. (2024). ВАЖНОСТЬ ФИНАНСОВОЙ ПОДДЕРЖКИ В РАЗВИТИИ ТУРИСТИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА НАШЕЙ СТРАНЫ. Экономическое развитие и анализ, 2(5), 262–269. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48576
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье изучена важность эффективного использования средств, выделяемых государством на развитие туризма в нашей стране в последние годы, и его роль в увеличении количества туристов. Кроме того, реализованы механизмы организации рекламной деятельности за счет средств внебюджетного фонда поддержки туризма


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

262



MAMLAKATIMIZNING TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA

MOLIYAVIY KO‘MAKLARNING AHAMIYATI

Ravshanov To‘yli Gulmurodovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0000-8357-6061

tiu1990tuyli@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mamlakatimizda so‘ngi yillarda turizm sohasini

rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish
ahamiyati hamda uning turistlar sonini oshirishdagi roli o‘rganilgan. Shuningdek, budjetdan

tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan targ‘ibot ishlarini
tashkil etish mexanizmlari tadbiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

jamg‘arma, turizm, budjet, sayohat, turistik yig‘imlar, sayyohlik yarmarkalari.

ВАЖНОСТЬ ФИНАНСОВОЙ ПОДДЕРЖКИ В РАЗВИТИИ ТУРИСТИЧЕСКОГО

ПОТЕНЦИАЛА НАШЕЙ СТРАНЫ

Равшанов Тўйли Гулмуродович

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье изучена важность эффективного использования

средств, выделяемых государством на развитие туризма в нашей стране в последние

годы, и его роль в увеличении количества туристов. Кроме того, реализованы механизмы
организации рекламной деятельности за счет средств внебюджетного фонда

поддержки туризма.

Ключевые слова:

сбережения, туризм, бюджет, путешествия, туристические

сборы, туристические ярмарки.

THE IMPORTANCE OF FINANCIAL SUPPORT IN DEVELOPING THE

TOURISM POTENTIAL OF OUR COUNTRY

Ravshanov Tuyli Gulmurodovich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

In this article, the importance of effective use of funds allocated by the state for the

development of tourism in our country in recent years and its role in increasing the number of

tourists were studied. In addition, the mechanisms for the organization of promotional activities
at the expense of funds from the non-budget tourism support fund have been implemented.

Key words:

savings, tourism, budget, travel, tourist fees, tourist fairs.

UO‘K: 338.48 (575.1)

V SON - MAY, 2024

262-269


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

263

Kirish.

Turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi va strategiyasini shakllantirish va ularni

izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu
sohani barcha hududlarni va unga o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal

rivojlantirishda davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy ko‘maklar roli katta hisoblaniladi.

Mamlakatimizda ham yildan-yilga ushbu tarmoqda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik

subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning startap va innovatsion loyihlarini moliyalashtirish
borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi “Koronavirus

pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir

kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6002-son Farmoniga muvofiq turizm
sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalarni moliyalashtirish maqsadida

davlat budjetidan 1,5 milliard so‘m miqdorida subsidiyalar ajratilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Maxmudovaning (2021) fikricha, turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda,

qulay raqobatchilik muhitni shakllantirishda, turizm industriyasi rivojlanishini qo‘llab-
quvvatlashda davlat tomonidan ajratilayotgan ko‘maklarning o‘rni katta ekanligi ta’kidlangan.

Iqtisodchi olima Alimova (2017) fikricha, turizm bozorida talab va taklifni

muvofiqlashtirish, marketing konsepsiyasi orqali turistik mahsulotlar raqobatbardoshligini
oshirish, turizm sohasi rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish

hamda hududiy turistik klasterni shakllantirish bo‘yicha ilmiy mulohazalarni keltiradi.

Ruziyevning (2020) fikricha, Avstriyada turizmni rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturning

qabul qilinishi, sohani qo‘llab-quvvatlash borasida huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni ishlab
chiqish hamda tartibga solish, nazorat qilish hamda moliyalashtirishga alohida e’tibor

qaratgan.

Turistik klasterlar siyosatini amalga oshirishda davlatning roli, mazkur tarmoqqa xos

bo‘lgan klasterlarni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tansiflanishi hamda
turlari, tashkiliy tuzilmalari hamda agroturizm klasterlarini moliyalashtirish manbalari

hukumat o‘rni haqida keng ko‘lamli izlanishlar olib borilgan (Azizkulov va Siddiqova, 2021).

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot ishini bajarishda kuzatish, ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, taqqoslash,

mahalliy olimlarning turizm sohasini raqamlashtirish borasidagi iqtisodiy qarashlari, sohadagi
muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha izlanishlari hamda sohaga doir qonuniy va

me’yoriy-huquqiy hujjatlar o‘rganilib, xulosa va takliflar ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi

Turizm sohasini iqtisodiyotning yetakchi kuchiga aylantirish, tarkibiy o‘zgartirish va uni

barqaror rivojlantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy budjet daromadlarida

turizmning ulushini ko‘paytirish, ish bilan bandlikni ta’minlash, aholining turmush darajasi va
sifatini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi PQ-2666-son qarori qabul qilingan

82

.

Ushbu qarorga asosan Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-

quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa

manbalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini
moliyalashtirish manbalari etib belgilash hamda Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm

sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahalliy va xorijiy

82

https://lex.uz/uz/docs/-3077301


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

264

ishtirokchilar o‘rtasida turizmning istiqbolli turlari va yo‘nalishlarini, mamlakatning turizm
salohiyatini ilgari surish va reklama qilish vazifasi yuklangan.

Turizm sohasi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash,

milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida faol targ‘ibot qilish

maqsadida, 2017-yil 22-martda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm
sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 137-son

qarori qabul qilingan

83

.

Ushbu qarorga asosan “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan

tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va
ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik

(mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlar tasdiqlangan.

Ushbu yangi nizomga asosan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 714 ta

mehmonxonalar, 1 ta motel, 16 ta xostellar hamda 29 ta boshqa turdagi joylashtirish vositalari
uchun yangi tartibdagi turistik yig‘imlar undirish belgilangan.

Quyida keltirilgan jadvalda ham ko‘rish mumkinki, mazkur nizomga muvofiq joylashtirish

vositalari tomonidan to‘lanadigan turistik yig‘imlar miqdori ushbu muassasalarning xonalari

sonidan kelib chiqqan holda to‘lanishi amaliyotiga o‘tilgan.

1-jadval

Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik

(mehmonxona) yig‘imning tabaqalashtirilgan miqdorlari

84

Joylashtirish vositalari

Xonalar soni

Turistik

(mehmonxona)

yig‘imining

miqdori

(bazaviy hisoblash

miqdorining

foizida)

Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari*:

mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi

(rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar,

turistik bazalar, turistik lagerlar, palatkali (kemping) lagerlar,

o‘tovli lagerlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari),

turistik qishloqlar, kempinglar va boshqalar

40 dan ortiq

15

11 — 40

10

10 gacha

5

Sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari: sanatoriylar, pansionatlar, yashash

mumkin bo‘lgan shifoxonalar va boshqalar

10

Dam olish va dam olishni tashkil qilish uchun ixtisoslashtirilgan

joylashtirish vositalari: dam olish uylari (markazlar, zonalar), sport bazalari va

boshqalar

Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan

(xonalar fondi 5 donagacha bo‘lgan): dala hovli, shaxsiy uy, kvartira, ekoferma,

tog‘dagi uy, qishloqdagi uy, apartamentlar, xostellar va boshqalar

5

Palatkali lagerlar va tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta

jihozlangan yer usti transporti (mustaqil, turoperator orqali, turistik axborot

byurosi va joylashtirish vositalari)

Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan

yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar

Davolash muassasalari

2

Oilaviy mehmon uylari (o‘rinlar soni 10 tagacha bo‘lib, ularga qo‘yiladigan

talablarga muvofiq tashkil etilgan) o‘tov

Notijorat maqsadlardagi shaxsiy uylar (kvartiralar)

83

https://lex.uz/docs/3137499#3137662

84

https://lex.uz/docs/-3137499#-3137604


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

265


Xususan, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, apartotellar,

apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik
bazalar, turistik lagerlar, palatkali (kemping) lagerlar, o‘tovli lagerlar, dam olish zonalari va

uylari (markazlari), turistik qishloqlar, kempinglar va boshqalar)ning xonalari soni 40 tadan
ortiq bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida, xonalar soni 11-40 tagacha

bo‘lsa, 10 miqdorida hamda xonalar soni 10 tagacha bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5
foizi miqdorida turistik yig‘imlar undirilishi belgilangan.

Ushbu nizomning yana bir o‘ziga xos jihati oldingi tartibda nazarda tutilmagan oilaviy

mehmon uylarini tashkil qilgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari uchun ham

qulayliklar yaratilgan hamda oilaviy mehmon uylarini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari
o‘zlarining uylarida xorijiy turistlarni qabul qilsalar, bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi

turistik yig‘imlar to‘laydilar.

Shu bilan birga, ushbu nizom bilan tashrif buyurgan mehmonlarni qabul qilgani uchun

davolash muassasalari, sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari hamda palatkali lagerlar va
tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta jihozlangan yer usti transporti ham xonalar soni

qancha bo‘lishidan qat’iy nazar har bir tunagan kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10-2
foizigacha turistik yig‘imlar to‘lashi ko‘zda tutilgan.

Buning natijasida, budjetdan tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

tushadigan turistik yig‘imlar miqdori ham sezilarli darajada ortgan. Umuman olganda 2017-
yilda mamlakatimizga tashrif buyurgan turistlar soni 2,7 mln. nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-

yilda 5,3 2,7 mln. nafarga yetgan.

Turistlar sonining ortishi o‘z navbatida jamg‘armaga tushadigan yi‘imlar miqdorining

ushbu yillar davomida mos ravishda 24,0 mlrd. so‘mdan 52,0 mlrd. so‘mgacha ortishiga sabab
bo‘lgan.

1-rasm. Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga tushgan turistik yig‘im

miqdori va xorijiy sayyohlar soni dinamikasi

85

Yuqorida keltirilib o‘tilgan jadvaldan ham ko‘rish mumkinki, 2019-yil turizm sohasida

tom ma’noda eng rivojlangan yillardan biri bo‘lgan.

85

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

2,7

5,3

6,7

1,5

1,88

24

52

93

18

40

0

10

20

30

40

50

60

70

80

90

100

2017

2018

2019

2020 (3 oy)

2021 (8 oy)

turistlar soni (mln.nafar)

turistik yig'im (mlrd.so'm)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

266

Ushbu yilda mamlakatimizga xorijiy davlatlardan 6,7 mln. nafar turistlar tashrif buyurgan

bo‘lsa, jamg‘armaga tushgan turistik yig‘im miqdori 93,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

2019-yilda butun dunyoda “Covid-19” pandemiyasining tarqalishi, eng yirik iqtisodiyotga

ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab

chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo
tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqargan.

Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur

omillar ta’sir qilgan, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish

bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qilgan.

“Covid-19” pandemiyasining tarqalishi natijasida barcha mamlakatlarda bo‘lgani singari

yurtimizga ham tashrif buyuradigan turistlar soni ham keskin kamayishiga sabab bo‘lgan.

Xususan, 2020-yilning 3-oyi davomida mamlakatimizga tashrif buyurgan turistlar soni

1,5 mln. nafarni tashkil etgan bo‘lsa, jamg‘armaga kelib tushadigan turistik yig‘im miqdori ham
sezilarli kamayib, 18,0 mlrd. so‘mga yetgan.

Mazkur kelib tushgan mablag‘lar mamlakatimizning turistik salohiyatini xorijiy

davlatlarda targ‘ibot qilish, turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish

bo‘yicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Jahon Turistik Tashkilotiga a’zolik badallari to‘lash, hukumat topshiriqlari

asosida turizm sohasidagi tadbirlar bilan bog‘li bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash)

hamda turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni
rag‘batlantirish uchun yo‘naltirishi nazarda tutilgan.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish, mamlakatimizning turizm salohiyatini xorijiy

mamlakatlarda targ‘ibot qilish maqsadida, qo‘mita huzurida “Milliy PR-markaz” davlat unitar

korxonasi tashkil qilingan.

Ushbu korxonaga O‘zbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika

hududida targ‘ibot qilish uchun Jamg‘armaga o‘tgan chorak yakunlari bo‘yicha tushgan umumiy
mablag‘larning 20 foizini ajratish belgilangan.

2-rasm. O‘zbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika

hududida targ‘ibot qilish uchun “Milliy PR-markaz” davlat unitar korxonasiga

ajratilgan mablag‘lar miqdori

86

86

86

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

0

2

4

6

8

10

12

14

16

18

20

2017

2018

2019

2020

2021

Ajratilgan mablag'lar miqdori (mlrd. so'm)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

267

Ushbu mablag‘larning ajratilishi natijasida mamlakatimizning turistik salohiyati Belgiya,

Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda

targ‘ibot qilingaan hamda ushbu davlatlarda 1 250 tadan ortiq informatsion materiallar bosma
va elektron OAV nashrlarida joylashtirilgan.

Shu bilan birga, ushbu yillar davomida xorijiy mamlakatlar elchilari, Yevropa tiklanish va

taraqqiyot hamda Butunjahon banklarining, shuningdek g‘arbning yirik OAV – “BBC”, “CNN” va

“Euronews” vakillari bilan 20 tadan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilgan hamda qator xalqaro turizm
forumlari va ko‘rgazmalarida 40 ortiq mahalliy turizm tashkilotlariga xorijiy turoperatorlar

bilan hamkorlik kelishuvlari o‘rnatiliga erishilgan.

“O‘zbekiston” milliy turizm stendi Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan “International Tourism

Trade Fair”, Germaniyada bo‘lib o‘tadigan “Internationale Tourismus-Börse Berlin”, Turkiyada
bo‘lib o‘tadigan “East Mediterranean International Tourism & Travel Exhibition”, Yaponiyada

bo‘lib o‘tadigan “Tourism Expo Japan” hamda boshqa 10 tadan ortiq xalqaro sayyohlik
yarmarkalarida har yili targ‘ibot qilib borish imkoniyati yaratilgan.

100 dan ortiq xorijiy OAV va kompaniyalarning 400 dan ortiq vakillari uchun (“PBS”

(AQSh), “Trans7” (Indoneziya), “REN TV” (RF) telekanallari) hamda “Yoʻqotilgan avokado”

suratga olish guruhlari uchun Oʻzbekistonga sayohat uyushtirish ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlarning bo‘sh vaqtlarini

samarali tashkil etish hamda ularning qolish kunlarini uzaytirish maqsadida, hududlarning

turistik salohiyatidan kelib chiqqan holda turli xil madaniy tadbirlar tashkil etilib kelingan.

Xususan, Farg‘ona shahrida “Hunarmandlar” festivali, Navoiy shahrida “So‘zana” festivali,

Xorazm viloyatida “Bahodirlar o‘yini” hamda “Raqs sehri”, Surxondaryo viloyatida
“Baxshichilik” sa’nati festival hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Stixiya” hamda

“Mo‘ynak” avtorallilari tashkil etilgan.

Musurmon mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan turistlar sonini yanada oshirish hamda

diversifikatsiya qilish maqsadida Buxoro viloyatida birinchi marotaba “Ziyorat turizmi”
haftaligi tashkil etilgan.

Shuningdek, musulmon mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun

“halal.uzbekistan.travel” platformasi hamda “Masjid Finder Uzbekistan” mobil ilovasi ham

yaratilgan.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun “Milliy PR-markaz” davlat unitar korxonasiga

2017-yilda 4,8 mlrd. so‘m, 2018-yilda 10,4 mlrd. so‘m, 2018-yilda 18,6 mlrd. so‘m, 2020-yil 3,6
mlrd. so‘m hamda 2021-yilda 8 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratilgan.

“Covid-19” pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish hamda

ushbu sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari qo‘llab-quvvatlash maqsadida,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va
global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha

birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son Farmoni qabul qilingan.

Ushbu Farmonga muvofiq 2020-yil 1-apreldan 1-iyulgacha bo‘lgan davrda turistik

(mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatish tartibi joriy etilgan.

Natijada, respublikada faoliyat olib borayotgan 908 ta mehmonxonalar, 4 ta motellar, 2 ta

spa salonlar, 1 386 ta oilaviy mehmon uylari, 241 ta xostellar hamda 95 ta tibbiyot va

sog‘lomlashtirish turizm vositalari egalari ushbu davr mobaynida turistik (mehmonxona)
yig‘imini to‘lashdan ozod etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Turizm, madaniy meros

va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi PF-75-son Farmoniga muvofiq, Turizm va madaniy meros vazirligi tashkil etilgan.

Ushbu Farmon muvofiq vazirlikning turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash borasidagi

faoliyati yanada kengaygan hamda ushbu tarmoqni xorijiy mamlakatlarda yanada targ‘ibot
qilish ishlari jadallashgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

268

Xususan, 2022-yilda jamg‘armaga 23,0 mlrd. so‘m miqdoridagi turistik yig‘imlar kelib

tushgan. Quyida keltirilgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, ushbu mablag‘larning asosiy qismi,

ya’ni 28,3 mlrd. so‘m mablag‘lar mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilish uchun
foydalanilgan.

3-rasm. 2022-yildagi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining xarajatlari

87

Pandemiyaning turizm sohasiga yetkazgan salbiy oqibatlarini yumshatish va ushbu

sohani yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, davlat budjetidan ham tegishli miqdordagi

mablag‘lar ajratilgan.

Buning natijasida, vazirlik, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari faoliyatini saqlash

turish uchun 2022-yilda 46,1 mlrd. so‘m hamda turizm va madaniy sohalardagi maqsadli
dasturlarni moliyalashtirish uchun 29,7 mlrd. so‘m ajratilgan.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida yildan-

yilga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning miqdori ortib bormoqda. Bunda

mablag‘larni turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarga yo‘naltirish, mablag‘larning to‘g‘ri
sarflanishini monitoring qilib borish hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ommaviy

axborot vositalarida yurtimizning turizm imkoniyatlarini targ‘ibot qilish muhim ahamiyat kasb
etadi.

Yuqoridan kelib chiqqan holda quyidagi mamlakatimizda ham ushbu taklif etiladi:
1. Turizm sohasini moliyalashtirish va turistik yig‘imlarni undirish borasida xorijiy

mamlakatlar tajribasidan keng foydalanish;

2. O‘zbekistonning turizm salohiyatini budjetdan tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash

jamg‘armalari hisobidan targ‘ibot qilish ishlarini jadallashtirish;

3. Turizm sohasida faoliyat olib borish istagini bildirgan yosh tadbirkorlik subyektlarini

qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblaniladi.

87

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Vazirlik, hududiy

boshqarmalari va

tizim tashkilotlar

faoliyatini

saqlash

xarajatlari

46,2 mlrd.so'm

Turizm va madaniy

sohasidagi

maqsadli

dasturlarni

moliyalashtirish

29,7 mlrd.so'm

Mamlakatning

turizm

salohiyatini

targ‘ib qilish

xarajatlari

28,3 mlrd.so'm


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

269


Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Alimova M.T. Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari (Samarqand

viloyati misolida) // I.f.d. diss. – Samarqand: SamISI, 2017. 25-26-b.

Azizkulov B.X., Siddiqov A.A. “Klaster yondoshuvi asosida agroturizmni rivojlantirishga

investitsiyalarni jalb qilish xususiyatlarini baholash”. Iqtisodiyotda Innovatsiyalar jurnali 1 son | 4 jild |
2021.

Maxmudova M.R. “Turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari,

vositalari va usullari”. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun,
2021-yil.

Ruziyev Sh.R. “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari (xorijiy tajribalar asosida)”.

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2020-yil.


Библиографические ссылки

Alimova M.T. Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari (Samarqand viloyati misolida) // I.f.d. diss. – Samarqand: SamISI, 2017. 25-26-b.

Azizkulov B.X., Siddiqov A.A. “Klaster yondoshuvi asosida agroturizmni rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish xususiyatlarini baholash”. Iqtisodiyotda Innovatsiyalar jurnali 1 son | 4 jild | 2021.

Maxmudova M.R. “Turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, vositalari va usullari”. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021-yil.

Ruziyev Sh.R. “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari (xorijiy tajribalar asosida)”. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2020-yil.