Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
97
O‘ZBEKISTONDA BARQAROR IQTISODIY O‘SISH VA IJTIMOIY
INFRATUZILMA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Isanturdiev Sayfiddin Yusupbaevich
Guliston Davlat Universiteti
ORCID: 0009-0004-4788-1826
Annotatsiya.
Maqolada mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va ijtimoiy
infratuzilmaning rivojlanishi tadqiq qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlanishning
milliy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda respublikamizda, shuningdek Sirdaryo
viloyatida aholi turmush farovonligini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar
asoslangan, muallifning tavsiyalariilgari surilgan.
Kalit so‘zlar:
barqaror iqtisodiy o‘sish, aholi farovonligi, ijtimoiy infratuzilma,
daromadlarni oshirish, investitsiya loyihalari.
ПУТИ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ УСТОЙЧИВОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА И
СОЦИАЛЬНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ В УЗБЕКИСТАНЕ
Исантурдиев Сайфиддин Юсупбаевич
Гулистанский государственный университет
Аннотация.
В статье рассматривается развитие социалной инфраструктуры и
обеспечение устойчивого экономического роста в нашей стране. Исходя из нatsiоналных
целей и задач устойчивого развития Республики Узбекистан, на основе авторских
рекомендatsiй определены приоритетные направления, направленные на далнейшее
повышение благосостояния населения в нашей республике, а также в Сырдаринской
области.
Ключевые слова:
устойчивый экономический рост, благосостояние населения,
социалная инфраструктура, рост доходов, инвестиционные проекты.
WAYS TO DEVELOP A SYSTEM OF SUSTAINABLE ECONOMIC GROWTH AND
SOCIAL INFRASTRUCTURE IN UZBEKISTAN
Isanturdiev Saifiddin Yusupbaevich
Gulistan State University
Abstract.
The article examines the development of social infrastructure and ensuring
sustainable economic growth in our country. Based on the national goals and objectives of the
sustainable development of the Republic of Uzbekistan, the priority directions aimed at further
increasing the well-being of the population in our republic, as well as in the Syrdarya region, are
based on the author's recommendations.
Key words:
sustainable economic growth, population welfare, social infrastructure, income
increase, investment projects.
UO‘K: 332.012.23
V SON - MAY, 2024
97-103
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
98
Kirish.
Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (nominal va haqiqiy
daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy
ko‘rsatkichlar sirasiga kiritiladi. Bu ko‘rsatkichlar ishchi kuchini (aholini) takror ishlab
chiqarish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning iqtisodiy asoslarini ochib beradi. Bu, ayniqsa, aholi
daromadlari salmog‘i va ularni differensiatsiyalashda yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda va uni yanada
mustahkamlash borasida bir qator ustuvor yo‘nalishlar belgilanib, uning asosida esa ijtimoiy
infratuzilma rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi asosiy vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rsatib berilganidek “...iqtisodiy
islohotlarning pirovard maqsadi kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdan
iborat bo‘ladi. Ushbu strategik maqsadlarga hamma uchun teng imkoniyat yaratadigan yuqori
iqtisodiy o‘sish hisobiga erishiladi. So‘nggi 4 yilda iqtisodiyotimizning barcha jabhalariga bozor
mexanizmlarini joriy etish borasida jiddiy qadamlar tashlandi”.
Iqtisodiy islohotlar sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish faqatgina maqsad bo‘lib qolmay
balki, turmush tarzining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, tibbiy xizmat ko‘rsatishning
yuqori darajasi, daromadlar va boshqa ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Kishilarning
turmush darajasi muntazam o‘zgarib turadigan, hayotiy ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan
uni qondirish imkoniyatlari, daromadlar darajasi va ish haqi darajasi orqali ifodalanadi.
Adabiyotlar sharhi.
OECDning “O‘zbekistonda iqtisodiyotni yashillashtirish” to‘g‘risidagi keng qamrovli
hisobotida mamlakatning yashil o‘sish ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilingan. Unda 2030-
yilgacha yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan
strategik asos va harakatlar rejasi alohida ta’kidlangan (OECD, 2023). O‘zbekiston Iqtisodiyot
va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda Jahon bankining maslahat xizmatlari yashil o‘sish kun
tartibini joriy etishda muhim rol o‘ynadi. Hisobotda iqtisodiy tiklanish va ekologik siyosatni
iqtisodiy strategiyalar bilan birlashtirish zarurati muhokama qilinadi (World Bank, 2023).
Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekistonning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlarini (BRM)
qabul qilish borasidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etadi, biroq turli mintaqalar va
hamjamiyatlarda teng o‘sishni ta’minlaydigan yanada inklyuziv ijtimoiy siyosatlar zarurligini
ta’kidlaydi (United Nations 2018). Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining
qisqacha bayoni tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va uglerod chiqindilaridan ajratilgan
o'sishga erishish uchun iqlim ta'sirini cheklash muhimligini ta'kidlaydi (UNDP, 2021).
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekiston bo‘yicha umumiy mamlakat tahlili COVID-
19 pandemiyasidan keyin ijtimoiy infratuzilma va Barqaror rivojlanish maqsadlariga
erishishda duch kelayotgan muammolarni o‘rganadi (United Nations, 2021). O‘zbekistonning
barqaror infratuzilma investitsiyalariga bag‘ishlangan bobda mamlakat infratuzilma
rejalarining Parij kelishuvi va SDG doirasidagi xalqaro majburiyatlariga muvofiqligi tahlil
qilingan (OECD, 2023).
Vazirlikning qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tashabbusi qishloq joylarda
asosiy ijtimoiy infratuzilma sifatini yaxshilash uchun katta mablag‘ ajratilishini ta’kidlaydi
(Ministry of Economic Development and Poverty Reduction, 2020).
Mahalliy olimlarning fikricha “Iqtisodiy ko‘rsatkichlar inson va jamiyat hayotining
iqgisodiy jihatlarini, ehtiyojni qondirishning iqtisodiy imkoniyatlarini ifodalaydi” (Ismatov,
2016), bu esa bevosita ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishiga bog‘liq. MDH olimlaridan
V.M.Gees esa “Infratuzilma shunchaki ma’lum bir sohaning jamlanmasi emas balki, ishlab
chiqarish sohasi va ijtimoiy hayotning samarali rivojlanishining sharti hisoblanadi” deb
hisoblaydi (Geets, 2009).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
99
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishini bajarishda kuzatish, ma’lumotlarni yig’ish, umumlashtirish, taqqoslash,
mahalliy va xorijiy olimlarning sug’urta faoliyatidagi iqtisodiy qarashlari, sohadagi muammolar
va ularning echimlari bo’yicha izlanishlari hamda sohaga doir qonuniy va me’yoriy-huquqiy
hujjatlar o’rganilib, xulosa va takliflar ishlab chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Mamlakatmizda olib borilayotgan tub tarkibiy va institutsional o‘zgarishlar jamiyatni
demokratlashtirish, “hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida har bir
mahallaning rivojlanish milliy modeli natijasida amalga oshirilishi, barqaror iqtisodiy
rivojlanishni ta’minlashdagi sifat o‘zgarishlar, islohotlar jumladan, iqtisodiy o‘sish va
investitsiyaviy faollikning nisbatan yuqori darajasi, xalqaro hamkorlikni sezilarli darajada
kengaytirish, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimidagi islohotlar, sanoat va infratuzilmani
rivojlantirishga asoslanadi. Shuningdek, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishi ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining o‘zaro mutanosibligi borasidagi munosabatlarni samarali
boshqarishni talab qiladi.
Bu borada mamlakatimizning yetakchi akademigi Abdurahmonov (2019) “Turmush
darajasini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar tizimiga bir qator ko‘rsatkichlar kiradi.
BMTning turmush darajasi ko‘rsatkichlari tizimiga 12 ta asosiy ko‘rsatkichlar guruhi kiradi.
Birlashgan millatlar tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, tug‘ilish, o‘lim, umr ko‘rish davomiyligi,
sanitar-gigienik sharoitlarning mavjudligi, oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol darajasi, uy-
joy sharoitlari, ta’lim olish va madaniy imkoniyatlarning mavjudligi, ish sharoitlari va aholini
ish bilan bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, iste’mol narxlari, transport
vositalari bilan ta’minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish imkoniyatlarining mavjudligi,
ijtimoiy ta’minot tizimining mavjudligi, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi
ko‘rsatkichlar turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Lekin bu
ko‘rsatkichlarning barchasini ham qiymat ko‘rinishida baholashning imkoni bo‘lmaganligi
sababli, ushbu parametrlardan bir nechtasini qamrab olgan holda turmush darajasi baholanadi.
Ushbu ko‘rsatkichlardan eng asosiysi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar hajmi
bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich mamlakat aholisi turmush darajasini baholash bilan birga, xalqaro
taqqoslashlarda ham foydalanish imkonini beradigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bilan birga,
amaliyotda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, inson
taraqqiyoti indeksi, aho-lining ma’lum guruhlari (kvintel, desil guruhlari) bo‘yicha tabaqalanish
koeffitsentlari kabi ko‘rsatkichlar ham tez-tez uchrab turadi”
(Abdurahmonov, 2019) deb
hisoblaydi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalari
hamda 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida
quyidagilar alohida belgilandi:
Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh
yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi
o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish - makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich 5
foizgacha pasaytirish, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish va 2023 yildan yalpi ichki
mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash.
Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish. Kasbga
o‘qitish ko‘lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga
o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish –
Kasbiy ta’lim bilan tizimli ravishda shug‘ullanish masalalarini to‘liq ravishda Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi ixtiyoriga o‘tkazish. Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, jami
1 million nafar ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish. Umumta’lim maktablarining kasb
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
100
o‘rganish istagidagi bitiruvchilarini davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga
ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish.
Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish.
2022/2023 yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish
darajasini 90 foizga, 2024/2025 o‘quv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish - maktabgacha
ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.
Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish Kadrlar
buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini 2022 yilda oshirish yoshlarni oliy ta’lim
bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish.
Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan
muassasalarining
kooperatsiya
aloqalarini
rivojlantirish-
innovatsion
hududga
aylantirilayotgan tumanlarda mavjud analoglaridan 50 foizgacha arzonlashtirilgan va sifatli,
xom ashyo narxiga nisbatan 2-3 baravar yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan innovatsion
mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish, shu jumladan umumiy qiymati
165,9 milliard so‘mlik jami 195 ta loyihani amalga oshirish.
Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy
himoyasini kuchaytirish - majburiy ijtimoiy kafolatlar bo‘yicha qonunchilikni tizimlashtirish va
takomillashtirish, belgilangan ijtimoiy himoyaning qat’iy ta’minlanishini nazorat qilish.
Majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish
imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayoniga ochiqlik va
shaffoflik tamoyillarini joriy qilish.
Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish - fuqarolarning pensiya miqdorlari
mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga muvofiq izchil oshib borishini ta’minlash. Xalqaro
tamoyil va standartlarga muvofiq ko‘p bosqichli va davlat tomonidan kafolatlangan pensiya
ta’minoti tizimini joriy qilish. Fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilmasdan idoralararo
elektron ma’lumot almashinuvi asosida pensiya tayinlash tizimiga o‘tish.
Barqaror iqtisodiy o‘sish samaradorligi aholi turmush darajasining o‘sishini ifodalab
o‘sish omillari va aholi turmush sifatini yaxshilash, uning tarkibiy komponentlarini tadqiq etish
orqali jamiyatning turli ijtimoiy guruhlarining turmush kechirish shart-sharoitlariga bozor
iqtisodiyotining salbiy ta’sirini kamaytirish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Bu
boradagi iqtisodiy mulohazalar mamlakatimizda aholi jon boshiga daromadlar, ish haqi va
pensiyalarning yildan-yilga o‘sib borayotganligi salmog‘ining o‘zgarishida ham ko‘rinadi (1-
jadval).
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida aholi daromadlari, ish haqi va pensiyalar
salmog‘ining o‘sishi
28
Ko‘rsatkichlar nomi
2010 y. 2015 y. 2020 y. 2022 y.
2022 yilda
2020 yilga
nisbatan
o‘zgarish (+,-)
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar (ming so‘m) 2192,8 5410,6 12125,6 15854,0
3728,4
o‘tgan yilning mos davriga nisbatan real o‘sishi (%) 120,1
107,7
98,6
109,9
11,3
Yillik o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi,
(ming so‘m)
504,8
964,2 2227,1 2864,7
637,6
o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, (%)
129,4 110,4
118,6
124,5
5,9
Belgilangan o‘rtacha pensiya miqdori, (ming so‘m) 254,0
438,2
848,5
965,7
117,2
o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, (%)
125,9
112,8 115,4
118,7
3,3
28
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
101
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tahlil davrida aholi jon boshiga umumiy
daromadlar 15854,0 ming so‘mni tashkil qilib, uning iste’moldan ortgan qismi passiv
daromadlar manbasi bo‘lgan, xodimlarning ish qobilyati bilan bog‘lanmagan jamg‘arishning
ham jadallashuviga olib keladi, o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi 6 barobarga oshib
borgan.
Barqaror iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishning istiqbolli
yo‘nalishlari har bir hududning o‘ziga xos iqtisodiy rivojlanishi nuqtai-nazaridan farqlanadi. Bu
borada biz tadqiqot ishi ob’ekti hisoblangan Sirdaryo viloyatida keyingi bir necha yillar
davomida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratamiz.
Jumladan, Sirdaryoning yer, suv va tabiat resurslari boy. Aholi jon boshiga ekin
maydonlari boshqa hududlarga nisbatan 2-3 baravar ko‘p. Viloyatda qishloq xo‘jaligini suv
bilan ta’minlanganlik darajasi ham yuqori. Bu sohaga ilm va innovatsiya olib kirilsa, mahsulot
yetishtirish hajmi va eksportini oshirish mumkin. Sirdaryo respublikamizdagi eng katta
iste’mol bozori – Toshkent shahriga yaqin joylashgan. Shuningdek, u ikki qo‘shni davlat –
Qozog‘iston va Tojikiston bilan qulay transport koridoriga ega.
Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi ustuvor yo‘nalishlar
belgilab berildi:
1-yo‘nalish: ilg‘or innovatsiyalar hududida bio-farmatsevtika, qurilish materiallari,
qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, elektro-texnika, tibbiyot, ta’lim sohalarining 20 ta yo‘nalishidagi
loyihalariga alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinadi. Unga ko‘ra yer, mol-mulk, foyda va aylanma
uchun soliqlar hamda bojxona bojlaridan 3 yilgacha ozod qilinadi. Yer uchastkalari
soddalashgan tartibda ajratiladi, yer va binolarni sotib olishda 5 yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat
beriladi.
Shuningdek, Sirdaryoda 500 million dollarlik investitsiya hisobiga O‘zbekiston-Xitoy
biotexnologiyalar klasteri barpo etiladi. Unda Xitoyning yetakchi oliygohlari bilan birga
Gulistonda xalqaro ta’lim va tadqiqot universiteti, innovatsion tibbiyot klinikasi, Markaziy
Osiyo genom markazi, onkologik kasalliklarni davolash uchun Hujayra terapiyasi markazi
tashkil qilinadi. Shuningdek, klaster tomonidan zamonaviy diagnostika qurilmalari,
innovatsion vaksinalar, probiotiklar va onkologik kasalliklar uchun dori vositalari ishlab
chiqariladi. Buning uchun 200 gektar yer ajratilib, 10 ming talaba uchun o‘quv binolari,
zamonaviy kampus, laboratoriyalar, muhandislar maktabi tashkil etiladi.
2-yo‘nalish: viloyatning 11 ta tuman va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga
ixtisoslashadi, har birida innovatsion texnoparklar tashkil qilinadi. Ularda elektrotexnika, bio-
farmatsevtika, kimyo, qurilish materiallari, ipak va oziq-ovqat sanoatida innovatsion loyihalar
amalga oshiriladi. Texnoparklarga erkin iqtisodiy zona maqomi beriladi va “bojxona hududida
qayta ishlash” rejimining soddalashgan tizimi joriy qilinadi. Joriy yilda texnopark
infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratiladi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Sirdaryoda “O‘zbekiston-Xitoy
investitsiya jamg‘armasi” tashkil etiladi. Bu jamg‘arma Xitoyning nufuzli Ipak yo‘li fondi va
boshqa moliya tashkilotlari bilan birga tashkil qilinadi. Jamg‘armaga 1 milliard dollar sarmoya
olib kelinadi.
3-yo‘nalish: Sirdaryoda eng ilg‘or agrotexnologiyalar joriy etiladi. Xitoydan viloyat
hokimiga qishloq xo‘jaligi bo‘yicha maslahatchilar, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari
modernizatsiyasiga investorlar jalb qilinadi.
Shuningdek, Xitoy tajribasi yordamida Sayxunobodda qoramol va parrandachilik eko-
komplekslari, Mirzaobodda intensiv anor, qovun, pekan yong‘og‘i va baliqchilik plantatsiyalari
tashkil qilinadi. Xovosda o‘simliklardan tabiiy bo‘yoqlar ishlab chiqarish quvvati, meva-
sabzavotni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnoparki tashkil etiladi. Sho‘r va suvsizlikka
chidamli ekin turlari, chorvachilik nasllarini yaratish bo‘yicha Xitoyning yetakchi oliygohlari
bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
102
4-yo‘nalish: Sirdaryo mamlakatimizni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan
bog‘laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi. Buning uchun, Xitoylik investorlar bilan
hamkorlikda respublikaning sharqiy va markaziy qismlarini hamda chet el yo‘nalishlariga
bog‘laydigan yangi transport marshrutlari va multi-modal logistika markazi quriladi. Bulardan
tashqari, yo‘llarni qurish, ta’mirlash va boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish ham
Sirdaryodan boshlanadi.
5 – yo‘nalish: tibbiyotdagi islohotlar natijasi va sohadagi imkoniyatlarga tayanib, Guliston
shahri mamlakatimizning “innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi. Umuman olganda,
Sirdaryoda ijtimoiy muammolarni hal qilishga joriy yilgi davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 685
milliard so‘mga qo‘shimcha 380 milliard so‘m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yana 110
milliard so‘m ajratilishi belgilandi.
Xulosa va takliflar
Bizningcha hududlarda barqaror iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy infratuzilma tizimini
rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga ustuvorlik berilishi lozim deb hisoblaymiz:
-barqaror iqtisodiy o‘sish uchun barcha mintaqalarida biznesni rivojlantirish uchun
yanada qulay ishchan muhit yaratish, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesga yanada keng
erkinlik berish, byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni
amalga oshirish lozim;
- barqaror iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishni tartibga
soladigan qonun hujjatlarini tanqidiy tahlil qilish;
- ijtimoiy infratuzilma tizimini rivojlantirishning tashkiliy, huquqiy, moliyaviy
mexanizmlarining zamonaviy iqtisodiy vositalarini takomillashtirish;
- ijtimoiy infratuzilma tiziminiga investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish orqali xorijiy
investitsiyalar ko‘magida korxonalarga zamonaviy texnik-texnologiyalarni joriy qilish,
eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Аdabiyotlar/Литература/Reference:
Abdurahmonov Q. (2019) Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot / Darslik. Qayta
ishlangan va to‘ldirilgan 3-nashri. –T.: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «FAN»
nashriyot davlat korxonasi, –T.: - 386 b.
OECD, (2023) Greening the Economy in Uzbekistan: State of Play in 2023. Monitoring
progress based on the OECD Green Growth. September 2023. Saytda mavjud:
Indicatorshttps://www.oecd.org/environment/outreach/Green-growth-indicators-Uzbekistan-
report.pdf. (Tashrif vaqti: 20.02.2024).
Practical measures taken by the Government of Uzbekistan to implement the 2030 Agenda
for Sustainable Development. Saytda mavjud: https://www.un.int/uzbekistan/news/practical-
measures-taken-government-uzbekistan-implement-2030-agenda-sustainable-development
(Tashrif vaqti: 20.03.2024).
Sustainable Infrastructure for Low-Carbon Development in Central Asia and the Caucasus:
Hotspot
Analysis
and
Needs
Assessment.
Saytda
mavjud:
https://www.oecd-
ilibrary.org/sites/5fd38a3d-en/index.html?itemId=/content/component/5fd38a3d-en (Tashrif
vaqti: 02.05.2024).
Towards
a
Green
Economy.
Saytda
mavjud:
https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/migration/uz/Uzb_GRGE_PolicyBrief_ExSu
m_v1_20210303_DESIGNED.pdf (Tashrif vaqti: 13.04.2024).
United
Nations
Common
Country
Analysis:
Uzbekistan.
Saytda
mavjud:
https://uzbekistan.un.org/sites/default/files/2021-05/CCA-EN-may14_1.pdf (Tashrif vaqti:
11.04.2024).
Uzbekistan Economic Performance in 2023, Country’s Future Development and the
Karakalpakstan’s
Issue.
Saytda
mavjud:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
103
https://www.specialeurasia.com/2024/01/15/uzbekistan-2023-economy/
(Tashrif
vaqti:
12.03.2024).
Uzbekistan to direct $183 million to rural infrastructure development. Saytda mavjud:
https://kun.uz/en/news/2020/11/28/uzbekistan-to-direct-183-million-to-rural-infrastructure-
development (Tashrif vaqti: 02.05.2024).
World Bank, (2023) The World Bank and Uzbekistan’s Ministry of Economy and Finance:
Working
Together
for
a
Greener
Future.
Saytda
mavjud:
https://www.worldbank.org/en/results/2023/10/26/uzbekistan-realizing-an-inclusive-green-
growth-transition (Tashrif vaqti: 20.01.2024).
Геец
В.М.
(2009)
Общество,
государсвто,
экономика:
феноменология
взаимодействия и развития. Монография. К.: НАН Украины, 864-865 с.
Исматов Р., Набиев Б., Одилжанов Ш. (2016) Ўзбекистон Республикаси аҳолисини
турмуш даражаси ўзгаришининг иқтисодий таҳлили. “Иқтисодиёт ва инновацион
технологиялар” илмий электрон журнали. № 6, ноябрь-декабрь,
