ВЗАИМОСВЯЗЬ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ С ВЕНЧУРНЫМ КАПИТАЛОМ И ФАКТОРАМИ, ВЛИЯЮЩИМИ НА ИННОВАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ

Аннотация

Сегодня, в условиях усиления конкуренции на мировом рынке, использование венчурного капитала для повышения уровня инновационной активности приобретает актуальную актуальность. Исходя из этого, в данной статье описывается взаимосвязь инновационного развития и венчурного капитала с научной и теоретической точки зрения, а также подробно рассматриваются факторы, влияющие на нее.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
67-74
30

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Чуллиев S. (2024). ВЗАИМОСВЯЗЬ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ С ВЕНЧУРНЫМ КАПИТАЛОМ И ФАКТОРАМИ, ВЛИЯЮЩИМИ НА ИННОВАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ. Экономическое развитие и анализ, 2(5), 67–74. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48548
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Сегодня, в условиях усиления конкуренции на мировом рынке, использование венчурного капитала для повышения уровня инновационной активности приобретает актуальную актуальность. Исходя из этого, в данной статье описывается взаимосвязь инновационного развития и венчурного капитала с научной и теоретической точки зрения, а также подробно рассматриваются факторы, влияющие на нее.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

67



INNOVATSION JARAYONLAR BILAN VENCHUR KAPITALI O‘RTASIDAGI

BOG‘LIQLIK VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR

PhD Chulliyev Suhrob Rabbonaqulovich

Navoiy davlat pedagogika instituti

ORCID: 0000-0001-6442-410X

suhrobchulliyev@gmail.com

Annotatsiya.

Bugungi kunda jahon bozorida raqobatning tobora kuchayib borishi sharoitida

innovatsion faollik darajasini oshirishga venchur kapitalidan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega
bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu maqolada innovatsion rivojlanish bilan venchur

kapitali o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy-nazariy jihatdan yoritilib, unga ta’sir etuvchi omillar atroflicha
yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion rivojlanish, venchur kapitali,

ilm-fan, texnologiya.

ВЗАИМОСВЯЗЬ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ С ВЕНЧУРНЫМ КАПИТАЛОМ И

ФАКТОРАМИ, ВЛИЯЮЩИМИ НА ИННОВАЦИОННЫЕ ПРОЦЕССЫ

PhD Чуллиев Сухроб Раббонакулович

Навоийский государственный педагогический институт


Аннотация.

Сегодня, в условиях усиления конкуренции на мировом рынке,

использование венчурного капитала для повышения уровня инновационной активности
приобретает актуальную актуальность. Исходя из этого, в данной статье описывается

взаимосвязь инновационного развития и венчурного капитала с научной и теоретической
точки зрения, а также подробно рассматриваются факторы, влияющие на нее.

Ключевые слова:

инновации, инновационный процесс, инновационное развитие,

венчурный капитал, наука, технологии.

RELATIONSHIP BETWEEN INNOVATION PROCESSES AND VENTURE

CAPITAL AND INFLUENCED FACTORS

PhD Chulliyev Suhrob Rabbonaqulovich

Navoi State Pedagogical Institute


Abstract.

Today, in the conditions of increasing competition in the world market, the use of

venture capital to increase the level of innovative activity is of urgent importance. Based on this,
this article describes the relationship between innovative development and venture capital from

a scientific and theoretical point of view, and the factors influencing it are detailed.

Key words:

innovation, innovative process, innovative development, venture capital,

science, technology.

UO‘K: 330.142

V SON - MAY, 2024

67-74


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

68

Kirish.

Jahonda globallashuv tendensiyalarining keskinlashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning

murakkablashuvi hamda ilm sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar
diversifikatsiyasining kengayishi innovatsion jarayonlarni moliyalashtirishning turli xil muqobil

variantlarini qo‘llash tendensiyalarini kuchaytirmoqda. Bugungi kunda jahon bozorida
raqobatning tobora kuchayib borishi sharoitida innovatsion faollik darajasini oshirishga venchur

kapitali orqali erishish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Innovatsion jarayonlar va venchur kapitalidan foydalanish darajasini oshirishning nazariy-

uslubiy jihatlari xorij olimlari tomonidan muayyan darajada o‘rganilgan (Schumpeter, 1912;
Kortum, Lerner, 2000).

Innovatsion jarayonlarni amalga oshirishning ilmiy-amaliy jihatlarini o‘rganish bilan

bog‘liq tadqiqot ishlari MDH mamlakatlaridagi qator olimlarning ilmiy izlanishlarida ma’lum

darajada tadqiq etilgan (Kondratyev, 1925).

Shuningdek, Ammosovning (2004) fikriga ko‘ra, venchur kapitali bu - ilmiy tadqiqot

faoliyati natijalarini yangi mahsulot yoki xizmatlarning raqobatda yetakchiga aylantiradigan
kompaniyalarning “bozorga yorib kirishi” uchun resurslar manbaidir.

Vaxabovning (2020) fikriga ko‘ra, venchur kapitali tashqi investor tomonidan yangi, o‘sib

borayotgan va bozorda o‘z o‘rnini egallashga harakat qilayotgan kompaniyalarni
moliyalashtirish uchun xususiy qo‘yilmalarni amalga oshirishda foydalaniladigan kapital.

Bir qator xorijlik tadqiqotchilar iqtisodiy adabiyotlarda venchur kapitalini innovatsion

loyihalarga kiritilgan aksiyalar evaziga riskli qo‘yilmalar, xususan, kompaniyaning innovatsion

rivojlanishiga kiritilgan kapital deb hisoblashadi (Drucker, 1985).

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur maqolaning asosiy konsepsiyasini innovatsion jarayonlar va venchur kapitali

o‘rtasidagi bog‘liqlikning iqtisodiy mazmun mohiyatini ochib berish tashkil qiladi. Maqolada
ilgari surilgan yondashuvlar va qarashlarni asoslash maqsadida ilmiy bilishning analiz va

sintez, induksiya va deduksiya, tarixiylik, umumlashtirish, ilmiy abstraksiya, o‘zaro taqqsolash
kabi usullardan keng foydalanishga harakat qilindi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Innovatsiyaga birinchidan, innovatsion faoliyat natijasi sifatida, ikkinchidan, yangi

g‘oyani yakuniy mahsulotga aylantirish jarayoni, ya’ni yangilikni tijoratlashtirish jarayoni

sifatida qarash mumkin.

Innovatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:

• yangilik (radikal yangi o‘zgarishlar, yangi xususiyatlarning paydo bo‘lishi yoki nisbatan

o‘zgarishlar, ob’yekt parametrlari va xususiyatlarining yaxshilanishi);

• talabgirlik (bozorga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqalar);

• amalga oshirish imkoniyati (foydalanishda cheklanmaganlik);
• barqaror foydali natija (ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar asosiy parametrlarining barqaror

ravishda yaxshilanishi).

Yangilik va kashfiyotlar ularning tijoratlashuvidan keyingina innovatsiyaga aylanadi

(1-rasm).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

69

1-rasm. Innovatsion jarayon natijalari (Chulliyev, 2024)

Shumpeter (1912) birinchilardan bo‘lib “kashfiyot” va “yangilik” tushunchalarini bir-

biridan ajratib ko‘rsatdi. “Yangilik” deganda u yangi texnologik bilimlar, yangi tovar va

xizmatlar, ta’minot manbalari va sanoat tashkilotlarining yangi shakllarini joriy etishni nazarda
tutgan.

Kondratyev (1925) “ko‘tariluvchi” va “tushuvchi” sikllar to‘lqinining texnik kashfiyotlar

va ulardan amaliy foydalanish to‘lqinlari bilan ob’yektiv aloqasini asoslab bergan.

Saymon Kuznets bir tarixiy davrdan boshqa davrga o‘tish asosidagi davriy yangilik

tushunchasini kiritdi, shuningdek, industrial davridagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini revolyutsion

tezlashtirish davriy yangilik tomonidan keltirib chiqarilganligini ta’kidlagan – o‘sishning yangi
manbasi ilm-fanning jadal rivojlanishi bo‘ldi.

Shu nuqtai nazardan innovatsiyalarni tasniflash iqtisodiy rivojlanish omillari tizimida

mazmun va ularning rolini tushunish uchun muhim ahamiyatga ega. Innovatsiyalarning

zamonaviy tasnifi kapital va mehnatni tejovchi, texnologik, ekologik, iqtisodiy, davriy, asosiy,
takomillashtiruvchi

innovatsiyalar,

mikro-innovatsiyalar,

soxta

innovatsiyalar,

antiinnovatsiyalar va boshqalarni ajratib ko‘rsatadi.

Bizning fikrimizcha, iqtisodiy rivojlanish omillari tizimida innovatsiyalarning turli

ta’riflarini ko‘rib chiqish va taqqoslash asosida innovatsiyalarning bir nechta turlarini o‘z ichiga

olgan aniq tasniflashlarni amalga oshirish lozim. Bunda innovatsiyalar – bu yangi, tarixda
o‘xshashi bo‘lmagan va mehnat natijalarida ifodalangan iqtisodiy resurslar yoki ishlab

chiqarish omillarining yangi birlashuvi ekanligidan kelib chiqish maqsadga muvofiq.

Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi mahsulot innovatsiyalari (ishlab chiqarish-texnik

yoki iste’mol maqsadidagi yangi mahsulot) va texnologik innovatsiyalarni yaratish va tadbiq
etishga, ya’ni mahsulot tayyorlashning yangi texnologiyalari va usullariga asoslanadi. Bundan

tashqari, innovatsiyalar to‘g‘risidagi bizning tushunchamiz, uning iqtisodiy resurslarning yangi
birlashuvi sifatidagi (Y.Shumpeter) ta’rifidan kelib chiqar ekan, innovatsiyalarga, shuningdek,

mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari, jamiyatning tabiiy, mehnat,
tadbirkorlik, investitsiyaviy (ishlab chiqarish mablag‘larida moddiylashgan kapital) va

moliyaviy resurslarini birlashtirishning yangi tashkiliy-huquqiy shakllari taalluqli. Shu bilan
birga bizning fikrimizcha, innovatsiyalarning yangi turi bu – o‘ziga xos xususiyati iqtisodiy

yo‘naltirilganlik, venchur kapital, kichik tadbirkorlik va yuqori risklar bilan bog‘liq bo‘lgan
venchurli innovatsiyadir.

Iqtisodiy rivojlanish fan-texnika taraqqiyotining kuchayishi bilan birga kechadi va uning

natijasi texnologik rivojlanish darajasining o‘sishiga olib keladi.

Zamonaviy fanda fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va innovatsiyalarni tadbiq etishga

asoslangan xo‘jalik o‘sishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy rivojlanishning bir nechta asosiy

modellari ta’kidlanadi. Bular quyidagilar:

resurs modeli;
intellektual-donorlik modeli;

innovatsion model.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

70

Innovatsion konsepsiyalar g‘oyalarni boshidan to oxirigacha amalga oshirish bilan bog‘liq

jarayonni qamrab olishi lozim. Umuman olganda, innovatsion jarayon – bu yangilikning

g‘oyadan to mahsulotgacha shakllanishi va bozorga tarqalishidir.

U yoki bu mahsulot xususiyatlarini innovatsiyalar yordamida o‘zgartirish innovatsion

jarayon hisoblanadi (2-rasm).

2-rasm. Innovatsion jarayon. (Chulliyev, 2024)

Innovatsion jarayon yangi g‘oya paydo bo‘lganidan tortib to bozorda sotiladigan mahsulot

yoki xizmatni ishlab chiqarish amalga oshirilgunga qadar bo‘lgan o‘zaro bog‘liq bosqichlar
murakkab zanjirini ifodalaydi. Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning

ketma-ketlikdagi zanjiri bo‘lib, uning davomida yangilik oddiy bir g‘oyadan muayyan mahsulot,
texnologiya yoki xizmatgacha “pishib yetiladi” va xo‘jalik amaliyotida tarqaladi.

Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin (Salixov, 2013):

bu yerda: F

t

– fundamental tadqiqotlar; A

t

– amaliy tadqiqotlar; I – ishlanmalar;

L – loyihalar; Q – qurilish; O‘ – o‘zlashtirish; S

i

– sanoat ishlab chiqarish;

M – marketing; S – sotuv.


Innovatsion jarayon biror-bir iqtisodiyot sub’yektining innovatsion faoliyatini, ya’ni

yakunlangan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar yoki boshqa fan texnika yutuqlarining natijalarini
bozorda sotiladigan yangi yoki takomillashtirilgan ma’sulotga, amaliy faoliyatda

foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, bu bilan
bog‘liq qo‘shimcha tadqiqot va ishlanmalarga joriy qilishga yo‘naltirilgan jarayondir (3-rasm).

F

t

А

t

I

L

Q

O'

S

i

M

S


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

71

3-rasm. Innovatsion jarayonning asosiy bosqichlari. (Chulliyev, 2024 )

Iqtisodiy taraqqiyotning zamonaviy bosqichi postindustrial jamiyat iqtisodiyoti sifatida

talqin qilinadi. Postindustrial iqtisodiyot jamiyati industrial iqtisodiyot jamiyatidan farqli

ravishda tovarlarni emas, xizmatlarni yaratishga ustuvor ahamiyat beradi. Bu esa, o‘z
navbatida, axborotlar, bilimlar, ilmiy ishlanmalar, ta’lim darajasi ishchilarning kreativ

fikrlashining ustuvor ahamiyatiga asoslanadi.

Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi bilan venchur kapitali o‘rtasidagi bog‘liqlik

quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

– birinchidan, venchur kapitali o‘z faoliyati bilan ilmiy tadqiqotlar muhitida kuchlar

taqsimotiga ta’sir eta oladigan bozorning yangi xo‘jalik sub’yektlari yaratilishiga
ko‘maklashadi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda YaIM tarkibining o‘zgarishiga olib kelishi

mumkin. Masalan, aynan venchur kapitali yordami evaziga Apple Computer, Intel, Federal
Express, Dec, Microsoft, Amazon, Facebook (META) kabi kompaniyalar jahon liderlariga

aylangan;

– ikkinchidan, venchur kapitali dinamik, yuqori kengayish va rivojlanish salohiyatiga ega

bo‘lgan sohalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu kompaniyalarning ichki bozordagi faoliyatda
raqobatbardoshlikka erishishi, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining xalqaro miqyosda

raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashadi. Masalan, biotexnologiyalar, axborot

kommunikatsion texnologiyalar, nanotexnologiyalar, fintech va boshqa sohalarning xalqaro
darajada keng rivojlanishi;

– uchinchidan, venchur kapitali yuqori malakali mutaxassilar bandligining o‘sishiga, inson

kapitalini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat

hukumati tomonidan bilimlar iqtisodiyotiga beriladigan bahoni asoslaydi;

– to‘rtinchidan, venchur kapitalini qo‘llash iqtisodiyotning an’anaviy sohalarini yangilash

va modernizatsiyalashga yordam beradi;

– beshinchidan, yirik integratsiyalashgan tuzilmalar va korporatsiyalar venchur kapitalini

jalb qilishga intilgan holda o‘z boshqaruv prinsiplari va tashkiliy tuzilmalarini
takomillashtirishga majbur bo‘ladilar.

Shunday qilib, venchur kapitalining mamlakat innovatsion rivojlanishidagi rolini

baholash qiyin. Venchur kapitali ilg‘or texnologiyalar sohasidagi innovatsion firmalar,

innovatsion ishlanmalarni uzoq muddatli investitsiyalashga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, u
riskli kapital evaziga an’anaviy sohalar va korxonalarni kengaytirish va modernizatsiyalash

uchun ishlatiladi. Venchur kapitali biznes sohasida yangi texnologik, ilmiy asoslangan ta’limga
ham, boshqa bozor va moliyaviy tuzilmalarga ham innovatsion jarayonlarda turli

investitsiyalarni moliyalashtirish manbai bo‘lib xizmat qiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

72

Rivojlangan venchur kapitali industriyasi iqtisodiyotning asosiy, ajralmas elementi

hisoblanadi hamda u mamlakatning ilg‘or texnologiyalarda jahondagi raqobatbardoshlik

pozitsiyasini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Ko‘pgina iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda yuqori texnologiyali kompaniyalarning dastlabki moliyalashtirilishi venchur

investorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Venchur kapitali bozorining o‘zi aslida bir tekisda rivojlanmaydi. Uning rivojlanish tarixi

barchaga ma’lum bo‘lgan iqtisodiy haqiqat to‘g‘risida so‘zlaydi: iqtisodiyotdagi ko‘plab
jarayonlar siklli rivojlanishga duchor bo‘ladi va venchur kapitali jahon bozorining rivojlanish

jarayoni ham bundan mustasno emas. Umuman olganda, tadqiqotchilar uning tarixini shartli
ravishda uch davrga bo‘ladilar: klassik, yangi va eng yangi davr (1-jadval).

1-jadval

Venchur kapitali jahon bozorining rivojlanish davrlari (Cho‘lliyev, 2020)

Venchur davri

Klassik davr

1960-1970-yillar

Yangi davr

1980-1990-yillar

Eng yangi davr

2000-yildan hozirgi

vaqtgacha

Rivojlanish

yo‘nalishlari va

innovatsiyalarni

taqbiq etish

yarimo‘tkazgichlar,

biotexnologiyalar

Shaxsiy

kompyuterlar,

meditsina, iste’mol

tovarlari

Axborot texnologiyalari,

biotexnologiyalar,

nanotexnologiyalar

Raqobat
darajasi

Past

Yuqori

Yuqori

Marketing
strategiyasi
elementlaridan
foydalanish

Foydalanilmaydi

Faol foydalaniladi

Faol foydalaniladi

Industrial iqtisodiyotdan innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning muhim davrlarini, ushbu

yo‘l orqali rivojlanish jarayonini ta’minlovchi asosiy an’analar, katalizatorlarni kuzata turib,

venchur kapitalning iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion yo‘lini amalga oshirishga
ko‘maklashuvchi instrumentlar orasidagi o‘rnini aniqlash mumkin (4 - rasm).

Venchur kapitalining iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlash

natijalarini umumlashtirib, quyidagi xulosaga kelish mumkin:

Iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy bosqichi postindustrial jamiyat iqtisodiyoti

hisoblanib unda fan-texnika taraqqiyoti va aholi daromadlarining sezilarli darajada o‘sishi

natijasida iqtisodiyotda tovar ishlab chiqarishdagi ustuvorlik istiqbolli resurs sifatida

axborotlar va bilimdan foydalangan holda xizmatlar yaratishga o‘tadi;

Yangi iqtisodiyot postindustrial jamiyat iqtisodiyoti rivojining bir pog‘onasi hisoblanadi.

Uning o‘ziga xos xususiyatlari: rivojlanishning harakatga keltiruvchi kuchlari orasida inson
omili rolining ustuvorligi; bilim farovonlikning bosh manbasi, iqtisodiyotning asosiy ishlab

chiqarish kuchi; bozorning globallashuvi, bozor jarayonlari yuqori dinamikasi, bozorning
tezkor reaksiyasi, bozorlarning virtuallashuvi, shuningdek, axborot kommunikatsion

texnologiyalarning sezilarli darajada takomillashuvi va axborotning asosiy ishlab chiqarish
resurslaridan biri sifati namoyon bo‘lishi;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

73

4-rasm. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida venchur kapitalining o‘rni

(Chulliyev, 2024)


Venchur kapitali ilg‘or g‘oyalarni tijoratlashtirish, yangi innovatsion kompaniyalar va

butun bir sohani tashkil etish hamda mavjudlarini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. U
korxonalarning rivojlanish turini qayta yo‘naltirishga undash va ularning ilmiy-texnik hamda

innovatsion faoliyati o‘sishini rag‘batlantirish orqali ulkan motivatsion rol o‘ynaydi.
Rivojlanayotgan innovatsion firmalar ko‘pincha yangi texnologiyalar ishlab chiqaruvchilari,

yirik korxonalar uchun yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion rivojlanish manbalarini
yaratishda generator vazifasini bajarib, ularning investitsiya va innovatsion siyosatini qayta

yo‘naltirish, yuqori raqobatbardoshlikka imkon qadar tezroq erishish uchun sharoit
yaratadilar.

Qator tadqiqotlar venchur kapitali innovatsiyalar va yangi yuqori texnologiyalari

kompaniyalarni tashkil etishni rag‘batlantirishi yordamida alohida metodlarning mohiyatini

ochib beradi (Cho‘lliyev, 2022). S.Kortum va D.Lerner 1960-1990 yillarda AQSHdagi 20 ta
sanoat sohalarining faoliyatini tahlil qilib shuni aniqlashdiki, venchur kapitalining ishtiroki

patent faoliyati hajmining 5-18%ga oshishiga olib keladi (Kortum, Lerner, 2000). T.Xellmann
va M.Pyuri silikon vodiysining yangi tashkil etilgan 173 kompaniyalari haqidagi

ma’lumotlardan

foydalangan

holda

venchur

moliyalashtirishdan

foydalanuvchi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

www.e-itt.uz

74

kompaniyalarda mahsulotlarni bozorga chiqarish davri sezilarli qisqarganini ko‘rsatib berdilar
(Sergiyenko, Frenkel, 2006).


Xulosa va takliflar.

Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida venchur kapitalining rolini quyidagicha

umumlashtirish mumkin:

Minidarajada venchur kapitali texnologik bilimlar, boshqaruv resurslari va

ma’lumotlardan foydalanish darajasining o‘sishiga yordam beradi.

Mikrodarajada venchur kapitali kichik va o‘rta innovatsion korxonalar rivojlanishining

manbasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Mezodarajada venchur kapitali qator yuqori texnologiyali sohalarning rivojlanishini

rag‘batlanlantirish funksiyasini bajaradi.

Makrodarajada venchur kapitali iqtisodiyotni strukturali modernizatsiyalash, uning

rivojlanishning innovatsion ssenariysiga o‘tishida asos bo‘lib xizmat qiladi.

Megadarajada venchur kapitali transmilliy venchur kapitali shaklini qabul qilgan holda

bilim va texnologiyalarning millatlararo transferi jarayonini faollashtirgan holda va butun

dunyo hamjamiyatining umumiy ilmiy-texnologik darajasini oshirgan holda global jahon
xo‘jalik aloqalarini mustahkamlashga yordam beradi.

Venchur kapitali “fan-ishlab chiqarish-bozor” zanjirining barcha bo‘g‘inlari o‘rtasidagi

o‘zaro ta’sirni ta’minlash orqali iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshiruvchi innovatsion
faoliyatning o‘ziga xos investitsion mexanizmini yaratishga yordam beradi. U iqtisodiyotning

innovatsion yangilanishini harakatga keltiruvchi kuch, uning o‘sishini tezlatuvchi omil.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Schumpeter J. (1912) Theorie der wirtschaftlichen Entwicklung – Berlin: Duncker &

Humblot. P. 45-49

Qudratov, Z. (2024). MILLIY IQTISODIYOT INNOVATSION SALOHIYATINING SHAKLLANISHI

VA UNING O ‘ZGARISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR. Solution of social problems in management
and economy, 3(4), 116-120.

Kortum S., Lerner J. (2000) Assessing the Contribution of Venture Vapital to Innovation //

RAND Journal of Economics. Vol. 31. No. 4. P. 674−692.

Кондратьев Н. (1925) Большие циклы конъюнктуры // Вопросы конъюнктуры. Том

1, Выпуск 1, C. 78.

Аммосов Ю.П. (2004) Венчурный капитализм: от истоков до современности. СПб.:

РАВИ, 2004. –C 408.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X. (2020) Yashil iqtisodiyot: Darslik. –Toshkent.: “Universitet”.

– B 90.

Drucker P.F. (1985) Enterpreneurship and innovation. NY: Harper a Row.277 p.

Salixov S.А. (2013) Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. -Т.: ТDIU. -B 34.
Chulliyev S.R. (2024) Innovatsion jarayonlar va venchur kapitali o‘rtasidagi bog‘liqlikni

oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori
(PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Toshkent.

Чўллиев, С. Р. (2020). ИҚТИСОДИЁТНИ ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНТИРИШДА ВЕНЧУР

КАПИТАЛИДАН

ФОЙДАЛАНИШНИНГ

ХОРИЖ

ТАЖРИБАСИ. Иқтисодиётда

инновация, 4(3).

Cho‘lliyev,

S.

(2022).

O

‘ZBEKISTONDA

TRANSFORMATSIYALASHAYOTGAN

IQTISODIYOTNING INNOVATSION RIVOJLANISHIDA VENCHUR KAPITALNING O ‘RNI. Economics
and Innovative Technologies, 10(5), 297-306.

Сергиенко Я., Френкель А. (2006) Венчурные инвестиции и инновационная

активность. // Вопросы экономики - №5.- С. 118

Библиографические ссылки

Schumpeter J. (1912) Theorie der wirtschaftlichen Entwicklung – Berlin: Duncker & Humblot. P. 45-49 Qudratov, Z. (2024). MILLIY IQTISODIYOT INNOVATSION SALOHIYATINING SHAKLLANISHI VA UNING O ‘ZGARISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR. Solution of social problems in management and economy, 3(4), 116-120.

Kortum S., Lerner J. (2000) Assessing the Contribution of Venture Vapital to Innovation // RAND Journal of Economics. Vol. 31. No. 4. P. 674−692.

Кондратьев Н. (1925) Большие циклы конъюнктуры // Вопросы конъюнктуры. Том 1, Выпуск 1, C. 78.

Аммосов Ю.П. (2004) Венчурный капитализм: от истоков до современности. СПб.: РАВИ, 2004. –C 408.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X. (2020) Yashil iqtisodiyot: Darslik. –Toshkent.: “Universitet”. – B 90.

Drucker P.F. (1985) Enterpreneurship and innovation. NY: Harper a Row.277 p.

Salixov S.А. (2013) Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. -Т.: ТDIU. -B 34.

Chulliyev S.R. (2024) Innovatsion jarayonlar va venchur kapitali o‘rtasidagi bog‘liqlikni oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Toshkent. Чўллиев, С. Р. (2020). ИҚТИСОДИЁТНИ ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНТИРИШДА ВЕНЧУР КАПИТАЛИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ХОРИЖ ТАЖРИБАСИ. Иқтисодиётда инновация, 4(3). Cho‘lliyev, S. (2022). O ‘ZBEKISTONDA TRANSFORMATSIYALASHAYOTGAN IQTISODIYOTNING INNOVATSION RIVOJLANISHIDA VENCHUR KAPITALNING O ‘RNI. Economics and Innovative Technologies, 10(5), 297-306.

Сергиенко Я., Френкель А. (2006) Венчурные инвестиции и инновационная активность. // Вопросы экономики - №5.- С. 118