Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
251
KORXONALAR EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION
MARKETING STRATEGIYALARINING O‘RNI
Usmonova Diyora Mahmud qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0001-6755-8779
Annotatsiya.
Ushbu maqolada korxonalar rivoji uchun korxonalarda eksport salohiyatini
oshirish usullari va yo‘nalishlari, eksport
salohiyatini oshirishda innovatsion marketing
strategiyalarini qo‘llash ahamiyati va zarurligi misollar tarzda ko‘rsatib berildi. Mavzuga oid
muammolar aniqlanib ularga tegishli tarzda xulosa va takliflar keltirib o‘tildi.
Kalit so‘zlar:
innovatsiya, marketing, korxona, export, strategiya, iqtisodiyot, mehnat
tadbirkor, xarajat, tadqiqot, bozor.
РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ МАРКЕТИНГОВЫХ СТРАТЕГИЙ В НАРАЩИВАНИИ
ЭКСПОРТНОГО ПОТЕНЦИАЛА ПРЕДПРИЯТИЙ
Усманова Диёра Махмудовна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье на примерах показаны методы и направления
наращивания экспортного потенциала на предприятиях для развития предприятий,
важность и необходимость применения инновационных маркетинговых стратегий при
наращивании экспортного потенциала. Выявлены проблемы, связанные с темой, и
приведены соответствующие выводы и предложения.
Ключевые слова:
инновации, маркетинг, предприятие, экспорт, стратегия,
экономика, труд предпринимателя, стоимость, исследования, Рынок.
THE ROLE OF INNOVATIVE MARKETING STRATEGIES IN INCREASING
THE EXPORT POTENTIAL OF ENTERPRISES
Usmanova Diyora Mahmud kizi
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In this article, the methods and directions of increasing export capacity in
enterprises for the development of enterprises, the importance and necessity of applying
innovative marketing strategies in increasing export capacity are shown in the examples. The
problems related to the topic were identified and conclusions and suggestions were made in the
appropriate way for them.
Keywords:
innovation, marketing, enterprise, export, strategy, economy, labor
entrepreneur, cost, research, market.
UO
‘
K: 339.727.24
IV SON - APREL, 2024
251-258
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
252
Kirish.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida mamlakatlarning tashqi savdosi va uni
boshqarish xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng jadal rivojlanayotgan shakli hisoblanadi.
Tashqi savdo operatsiyalarining tobora ortib borayotganligining asosiy jihati avvalambor,
mamlakatlar
ning milliy mahsulotlarni tashqi bozorlarda sotishga bo‘lgan intilishlari, xorijiy
mamlakatlardan esa ma’lum tovarlarni olish ehtiyojlari va nihoyat, xalqaro mehnat taqs
imoti
tufayli yuqori daromad olish istagi bilan bog‘liq. Zamonaviy tashqi savdo operats
iyalari juda
xilma-
xildir, shuning uchun ularni to‘liq tasniflash uchun ma’lum bir mezonlarni taklif qilish
juda murakkabdir.
Zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish va mahsulotlarni eksport qilish tartibini
soddalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan,
mahsulotlarning eksporti hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirishga to‘sqinlik
qiluvchi
omillar mavjud.
Xususan, bugungi
kunda birgina eksportga yo‘naltirilayotgan meva
-sabzavot
mahsulotlarining 90 foizidan ortig‘i kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yordamchi
xo‘jaliklarda, shu jumladan tomorqa uchastkalarida yetishtirilmoqda. A
ksariyat ishlab
chiqaruvchilar xorijiy bozo
rlarni o‘rganish, shartnomalar tuzish va marketing tadqiqotlarini
o‘tkazish tajribasiga ega emasliklari sababli o‘z mahsulotlarini mustaqil ravishda eksport qilish
imkoniyatiga ega emas.
Korxonaning eksport faoliy
atiga tashqi muhitning rag‘batlantiruvchi v
a cheklovchi
omillari ta’sir qiladi. Rag‘batlantiruvchi omillar sifatida eksport qiluvchi tadbirkor faoliyat
ko‘rsatadigan mamlakatning qulay geografik joylashuvi, shuningdek xodimlairning malakasi,
iqtisodiy integratsiya holati va import qiluvchi mamlakat
aholisining to‘lov qobiliyati
kabilardir. Cheklovchi omillar orasida bozor ma’lumotlarning noaniqligi, moliyaviy
resurslarning yetishmasligi, zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning yetishmasligi, soliq va
bojxona cheklovlari va boshqalar kiradi.
Kerakl
i resurslarga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri (mustaqil)
eksportni amalga oshirishi, xorijiy xaridorlar bilan to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xalqaro savdo
shartnomalarini tuzishi uchun avvalo, eksport
bo‘limini yaratishi va uni xalqaro savdo, b
ojxona
hujjatlari, sug‘urtani tushunadigan malakali kadrlar bilan ta’minlashi kerak.
Shuningdek, eksport bo‘limi mutaxassislari korxonada xalqaro transport operatsiyalarini
tahlil qila oladigan, strategik marketin
gni rejalashtirishda juda tajribali bo‘lish
i talab etiladi.
Bularning barchasi korxonalar uchun katta xarajatlarni talab qiladi va doimiy katta hajmda
eksportni amalga oshirilgandagina samarali bo‘ladi.
K
orxonalar to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri eksportning
amalga oshi
rishda yana quyidagilarga alohida e’tibor q
aratishi lozim:
-
mumkin bo‘lgan risklarni oldini olish yoki vositachilarning vakolatlari doirasini aniq
bilishi;
-
tashqi bozorda doimiy ishtirok etishi, bozor bo‘yicha doimiy marketing tadqiqotlari
o‘tkazib borishi, o‘zgarishlarni hisobga olishi va ularga o‘z vaqtida javob berishi.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, eksportni rivojlantirish innovatsion marketing
strategiyasini ishlab chiqishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bilan
bog‘l
iq ilmiy-amaliy muammolarni chuqur tadqiq etish, mazkur bozorni rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashni talab etadi.
Adabiyotlar sharhi.
Doyl (2003) korxonalarning zamonaviy boshqaruvi va marketingning barcha asosiy
yo‘nalishlarini, ya’ni st
rategik bozorni rejalashtirish, brending, innovatsiyalar, narxni
boshqarish, inqirozni boshqarishning dolzarbligiga katta e’tibor qaratishni ko‘rib chiqadi.
Uolker, Boyd, Larshe hamda Mallinzlar (2006) o‘z tadqiqotlarida marketing nazariyasi
tomonidan tavsiya etilgan strategik tahlil, rejalashtirish va nazorat tushunchalarini batafsil
ko‘rib chiqgan. Asosiysi esa, dunyoning turli joylarida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalarda
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
253
bilimlarni muayyan strategik qarorlar ishlab chiqish jarayonida qo‘llashni, un
ing maxsus
vositalari va ushbu qarorlarni qabul qilish modellarini misollar tariqasida taklif etishgan.
Agarkova (2010) o‘z tadqiqotida korxonalarni barqaror rivojlantirish mexanizmini
shakllantirishda marketing strategiyalarini qo‘llashning ahamiyatini o‘
rgangan va nazariy,
uslubiy asoslarini ishl
ab chiqgan, shuningdek uning ishtirokchilari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni
rivojlantirish, ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanishni tahminlash bo‘yicha taklif va
tavsiyalar berilgan.
Sadcheko
va
boshqalar
(2020)
Korxonalarda,
innovatsion
marketing
raqobatbardoshlikning kalitidir. Innovatsiya innovatsion faoliyat natijasidir. Korxonalarining
innovatsion marketing faoliyati innovatsion faoliyatni tashkil etish ko‘rsatkichi bo‘lib, u
korxonaning maqsadlari, rivojlanishi, eksporti va yakuniy natijalar
i o‘rtasidagi bog‘liqlik
xususiyatini aks ettiradi.
Mahalliy olimlardan akademik G’ulomov (1998) tadbirkorlikga uni marketing va innova
-
siya faoliyati bilan bog‘lagan holda: “tadbir
-kor shunday insonki u pul
mablag‘lari, mate
-riallar
va ishchi kuchini jamlashtirib, yangi mahsulot, yangi biznes, yangi ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etadi”.
Iqtisodchi olimlarimizdan Boltaboyev (2004) marketing strategiyasining ta’rifiga uzoq
muddatli maqsadlarini ifodalash va mavjud resurslarini ochiliyotgan imkoniyatlar bilan
taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan ishlab chiqarishni strategik rejalashtirish jarayoni sifatida
yondashadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy tadqiqot davomida maqolada statistik ma’lumotlar tahlili, ma’lumo
tlarning analitik
va qiyosiy tahlili, korxonalar
da innovatsion marketing strategiyalarini qo‘llashni asosiy
yo‘nalishlari, bu borada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar analitik tahlil qilindi.
Tadqiqot ishimizda statistik va analitik tahlil yo‘nalishl
ari orqali muammoni chuqurroq
o‘rganishga haraka
t qilingan. Muammolar ochib berilib, uning yechimi sifatida tegishli tartibda
xulosa va takliflar, asosiy yo‘nalishlar kelitirib o‘tildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Korxonalar tomonidan eksport qilinadigan mahsulotlarning katta qismi chuqur qayta
is
hlanmagan va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lmagan xom
-ashyolar hisoblanadi. Bunday
vaziyat mamlakatda eksportga yuqori texnologiyali mahsulotlarni sotishga yo‘naltirish
ga
qaratilgan keskin choralar ishlab chiqishni talab etadi.
Eksport holati, korxona
larni tashqi bozorga chiqish yo‘llari xalqaro marketing tizimining
asosidir. Ko‘pgina korxonalar ichki bozorga ishlashni ma’qul ko‘radilar, chunki unda ish olib
borish oson
roq kechadi. Biroq ba’zi omilarning ta’siri korxonalarni tashqi bozorga yetaklaydi.
Bular:
- ichki bozor yaxshiroq yoki arzonroq mahsulotlar taklif qiladigan global kompaniyalar
tomonidan xujumga uchrash xavfi;
-
ba’zi chet el bozorlarida yuqoriroq darom
ad olishga imkonlar yaratishi;
- ishlab chiqarish masshtablarida iqtisod qilishga erishi uchun korxona bozorini
kengaytirilishi;
-
tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida korxona bir bozorga bog‘lanib qolmasligiga
harakat qilishi;
- korxonaning chegara orti mijozlari ulardan milliy chegara ortida ham faoliyat olib
borishligini talab qilib qolishi (Tillaxodjayev, 2017).
Rivojlanishning intensiv shakli eksport salohiyatidan samarali foydalanish va o‘sishiga
uning tarkibini tashkil etuvchi elementlarini sifa
t jihatidan o‘zgartirish orqali erishilganda
yuzaga keladi. Bunda korxonaning rivojl
anish sur’ati ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatiga jalb
qilingan resurslar hajmining o‘sish sur’atlaridan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. Ekstensiv
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
254
rivojlanish inten
siv rivojlanishdan farqli o‘laroq, uning tarkibiy qismlarining miqdoriy
o‘zgarishi h
isobiga ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini oshirishdan iborat.
Tadbirkorlik subyekti tashqi bozorga kirishda barcha alternativalarni hisobga olishi va
be
lgilangan maqsadlarni hisobga olgan holda eng oqilona usulni tanlashi kerak. Ma’lumk
i
mamlakatimizda va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kichik tadbirkorlik subyektlarining
eksport operatsiyalarida passiv ishtiroki mavjud. Bu kichik va o‘rta biznesning eks
port
salohiyatini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan ko‘plab muammolar bilan bog‘liq bo‘lib ular
quyidagilar (Tillaxodjayev, 2017):
-
kichik va o‘rta biznesning tashqi bozordagi raqobatbardoshlik darajasi;
- kichik korxonalarning samarasiz marketingi;
-
tashqi bozor ehtiyojlari to‘g‘risida ma’lumotlarning yetishmasligi;
- eksportni tashkil etish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligi;
- korxonalarning bilim darajasi pastligi;
- eksportni tashkil etishning murakkab jarayoni;
- tashqi bozor uchun
unchalik katta bo‘lmagan ishlab chiqarish hajmi;
- davriy yetkazib berishni amalga oshira olmaslik va x.k.
Kichik korxonalar uchun mahsulotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish murakkab
va qimmat jarayonlardan biridir. Xalqaro bozorlarda mahsulotlarni ilgari surish va yetkazib
berishda ham muammolar uchrab turadi. Korxonalarning eksport faoliyatini kengaytirish
uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga
ega emasligi, eksport bozorlari va xalqaro savdo
qoidalari haqida yetarli ma’lumot va ta’limning yetishmasligi natijasida korxonalar yetarli
darajada bozorlarga kirib borisha olmayaptilar.
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning
eksport salohiyatini
ko‘rsatuvchi
eng muhim mezonlar qiymati,%da
(
Носирова
, 2021)
№
Mezonlar
Mezonni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
1.
Ishlab chiqarish
resurslarining holati
1. Ishlab chiqarish quvvati
2. Sifatni boshqarish tizimi
3. Ishonchli ta’minotchilar bilan aloqalar
4. Ishlab chiqarish uskunalarining holati
2.
Ishlab chiqarish va
sotish munosabatlarini
tashkil etish (logistika)
1. Bojxona operatsiyalarini amalga oshirish buyicha bilimlar
2. Xalqaro savdo qoidalarini bilish (Inkoterms)
3. Subpudratchilarning ishonchliligi va samaradorligi
4. Mahsulotlarni qadoqlash sifatining xalqaro standartlarga muvofiqligi
3.
Moliyaviy resurslar
holati
1. Ishchi kapital (Pul oboroti)
2. Kredit ta’minoti
3. Mijozlar tomonidan to‘lanmaslik xavfidan himoya qilish choralari
4. Valyuta xavfidan himoyalanish
4.
Axborot resurslarining
sifati
1. Veb-saytning eksport bozori normalariga muvofiqligi
2. Intellektual mulk va axborot huquqlarini himoya qilish
3. Ta’minotchilar va mijozlarning ma’lumotlar bazasini yaratish
4. Mijozlar fikri bilan ishlash
5. Mahsulot ma’lumotlarini tashqi bozorlar talablariga moslashtirish
5.
Inson resurslari holati
1. Chet tillarini bilish
2. Xodimlarning eksport sohasidagi malakasi (tajribasi)
3. Eksport faoliyatini olib borish uchun rahbar hodimlarining mavjudligi
6.
Marketing tizimini
tashkil etish
1. Raqobatchilarning xalqaro bozorlardagi faoliyati tahlili
2. Reklama kampaniyalari
3. Xalqaro ko‘rgazma va seminarlarda ishtirok etishi
7.
Korxona umumiy
savdosida eksportning ulushi (salmog‘i)
8.
Korxona umumiy savdosida Xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan mahsulotlar
ulushi (salmog‘i)
Bu mezonlar guruhlarga
bo‘linib hisoblandi: 1. 20% dan kamroq
; 2. 20
–
40%; 3. 40
–
60%; 4. 60
–
80%; 5. 80% dan yuqori.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
255
Hozirgi kunda korxonalarning “Eksport salohiyati” kategoriyasini belgilashda turlicha
yondashuvlar mavjud. Eksport salohiyati tushunchasi ostida biz mavjud resurlarni yoki ishlab
chiqarilgan mahsulotlarning eksport qilish imkoniyatini tushunamiz. Eksport salohiyatini
zamonaviy uslublar asosida o‘rganib, sinflarga bo‘lish mumkin.
Bizning fikrimizcha, korxonalarning eksport salohiyatini 2 sinfga ajratish mumkin:
1) Tarkibiy
–
eksport
salohiyatining tarkibiy elementlarini o‘rganib, olingan natijalarga
ko‘ra;
2) Qiyosiy
–
raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ish faoliyatini
baholab, eksport salohiyatini taqqoslash asosida olingan natijalarga ko
‘ra.
Quyidagi 1-jadvald
a mamlakatimiz korxonalarining eksport salohiyati ko‘rsatkichlari
o‘rganilib 8 ta eng muhim mezonlar keltirib o‘tilgan.
Tadqiqotimizda yuqoridagi mezonlar orqali korxonalar faoliyatini o‘rganishda olib
borilgan izlanishlar ma’lumotla
r asosida
eksportga yo‘naltirilgan korxonalarning faqat 6 foizi
yuqori darajadagi eksport salohiyatiga, ya’ni eksport faoliyati o‘tkazish uchun qulay sharoit va
imkoniyatlarga ega. Barcha korxonalarning 43 foiziga eksport faoliyatini olib borish
imkoniyatlari chekla
ngan bo‘lib, 51 foiz korxonalar esa yetarli darajada eksport salohiyatiga
ega emas, shuning uchun ularning bozor raqobati sharoitida faoliyati qiyinlashadi (N.Nosirova,
2021) degan xulosaga kelindi.
Export tarkibi ham kuzatilganda nooziq-ovqat xomashyo, mi
neral yoqilg‘i, yog‘lash
moylari vashunga o‘xshash materiallar ekport hajmi yillar kesimida kamayganini kuzatish
mumkin (2-jadval).
2-jadval
Eksport tarkibi (XSST-2008) (mln.AQSH.doll.)
80
XSST
kodi
XSST nomi
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Jami:
12 534,2 13 990,4 17 458,7 15 102,3 16 662,8 19 293,7
1
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik
hayvonlar
817,9
1 029,9
1 436,4
1 336,2
1 371,8
1 631,5
2
Ichimliklar va tamaki
23,4
22,3
29,8
27,1
36,0
111,0
3
Nooziq-ovqat xomashyo,
yoqilg‘idan tashqari
626,6
427,5
591,2
456,1
509,5
393,6
4
Mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari
va shunga o‘xshash materiallar
1 607,6
2 666,8
2 528,9
659,0
914,8
1 215,2
5
Hayvonlar va usimliklar moylari
(yoglari), yoglar va mumlar
0,0
0,1
12,4
26,8
1,5
21,2
6
Kimyoviy vositalar va boshqa
toifalarga kiritilmagan shunga
o‘xshash mahsulotlar
860,7
881,3
836,5
820,9
1 131,2
1 301,3
7
Asosan material turiga qarab
klassifikatsiyalangan sanoat
tovarlari
2 200,7
2 411,8
2 752,9
2 906,4
4 333,1
4 383,7
8
Mashinalar va transport asbob-
uskunalari
350,8
204,1
421,8
434,4
693,6
973,6
9
Turli xil tayyor buyumlar
311,8
337,6
435,7
617,3
785,6
1 112,4
10 Boshqa tovarlar
3 260,0
2 939,0
4 978,2
5 813,1
4 303,9
4 132,3
11 Xizmatlar
2 474,5
3 070,0
3 434,8
2 005,0
2 581,7
4 017,8
2-jadval ma
’
lumotlari asosida aytish mumkinki mamlakatimizda eksportni rivojlantirish
va bu borada olib borilishi lozim bo
‘
lgan innovatsion marketing strategiyalari hali hamom
to
‘
laligicha qo
‘
llanilmayapti. Mamlakatimizning eksportga nisbatan import ko
‘
rsatkichi
yuqoriligicha qolmoqda. Korxonalarda innovatsion marketing strategiyalarini qo
‘
llash xalqaro
80
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat Statistika Agentligi ma’lumoti
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
256
bozor talablariga mos tovarlar ishlab chiqarish va iste
’
molni tahlil qilish juda muhimdir. Bu
borada MASS Mediadan samarali foydalanish, xorijiy iste
’
molchilar bilan shartnomalar
imzolashni kengaytirish va marketing tadqiqotlarida sun
’
iy intellektni qo
‘
llash orqali
strategiyalarni ishlab chiqib uni amalga oshirish juda ahamiyatlidir.
1-
rasm. Eksportning o‘sish sur’ati (yillik, foizda)
81
1-
rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, mamlakatimizda eksport uchun shart-
sharoitlar yaratilgan ammo ulardan raqamli iqtisodiyot sharoitida to‘g‘ri foydalanish mos
marketing strategiyasi tanlash kelajakda korxona va mamlakat iqtisodiyotida naf keltirgan
bo‘lar edi. 2019
-yilda ekspor
tning eng yuqori ko‘rsatkichi 24,8 % o‘sish kuzatilgan bo‘lsa,
korxona tashkilotlarning an’anaviy usulda tashkil etilganligi natijasida 2020
-yilda 86,5 % gacha
tushdi va 2022-
yilga kelib 15,8 % o‘sishni kuzatishimiz mumkin.
Ushbu holatlar esa korxonalar uchun innovatsion marketing strategiyalarini ishlab
chiqishni dolzarblashtiradi. Eksport strategiyasi esa ishlab chiqarishni xorijiy iste’molchilar
ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirishdir. U korxonaning eksport faoliyatini k
engaytirishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu faoliyatni rivojlantirishning maqsadga muvofiqligini va mumkin
bo‘lgan xatarlarni kamaytirish, imtiyozlarni oshirishni ta’minlaydigan chora
-tadbirlarni ishlab
chiqish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Eksport
strategiyasini tanlashda tadbirkorlik
subyektlari o‘zining eksport salohiyatini hisobga oladi, bozorlarni tanlaydi, eksportning
strategik maqsadlarini belgilaydi. Eksportni boshqarish strategiyasi ma’lum bir mamlakatda
amaldagi qonunchilikni hisobga olgan holda eksport operatsiyalarini
ng xususiyatlarini va “yo‘l
xarita”larini belgilaydi. Noto‘g‘ri strategiyani tanlash yoki ishlab chiqilgan strategiyani
samarasiz boshqarishni amalga oshirish moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi va kompaniyaga
jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Korxonalarida innovatsion marketing strategiyasini ishlab chiqish jarayoni quyidagi
bosqichlarga bo‘linadi
(Mamadjanova, 2018):
-
tashqi va ichki tahlil o‘tkazish;
- strategiyaning maqsadini aniq belgilab olish;
-
strategik yo‘nalishl
ar maqsadlarini aniqlash va ula
r bo‘yicha oldindan qarorlar qabul
qilish;
-
strategik yo‘nalishga asoslangan marketing majmuasini ishlab chiqish
kabi jarayonlarga
ajratish mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
257
Korxonalarning eksport strategiyasini ishlab chiqishning asosiy jarayoni quyidagilardan
iborat (Sayfullayev, 2022):
1. Korxonaning eksportga munosabatini aniqlash;
2. Mahsulotning xalqaro bozordagi salohiyatini baholash;
3. Eksport sohasidagi jarayonlarni samaraliroq boshqarish, o‘zgarishlarni kutish,
maqsadlarga e’tibor beris
h va erishilgan natijalarni bosqichma-bosqich kuzatib borish;
4. Kompaniyaning barcha manfaatdor tomonlar - mulkdorlar, investorlar, xaridorlar,
keng jamoatchilik, eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning eksport sohasidagi
maqsadlari bilan tanishish;
5. Eksport uchun zaru
r bo‘lgan moddiy, mehnat, moliyaviy va vaqt resurslarini aniqlash.
Jahon amaliyotida tadbirkorlik subyektlarining eksport strategiyalarining quyidagi
variantlari qo‘llaniladi.
Innovatsion strategiya - bu allaqachon tanish b
o‘lgan bozorga yangi mahsulot b
ilan
chiqish imkoniyatidir. Bozordagi brendning va o‘ziga xos bo‘lgan imij bilan mahsulot ishlab
chiqaruvchilarning boshqa sanoat mahsulotlari bilan tanish bo‘lgan iste’molchilarga yangi
mahsulotlarni yanada muvaffaqiyatli taklif qilish imkonini beradi. Us
hbu misol G’arbiy Yevropa
mamlakatlari bozori uchun muhim bo‘lib, unda yetkazib beruvchining nomi va tajribasi,
shuningdek mahsulot sifati juda muhim hisoblanadi.
Eksportni diversifikatsiya qilish strategiyasi - bu ishlab chiqariladigan mahsulotlarning
as
osiy guruhiga aloqasi bo‘lmagan mahsulotlarni korxona ishlab chiqarish dasturiga kiritishdir.
Xalqaro bozorga chiqish strategiyasi bu nafaqat mahsulotlarni eksport qilish orqali, balki chet
elda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish orqali tashqi bozorlarni rivojlantirish, bu,
xususan, ushbu bozorda keyinchalik sotilgan taqdirda mahsulot tannarxida transport tarkibiy
qismini kamaytirish imkonini beradi.
Segmentlash strategiyasi - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
maksimal darajada
to‘yinganligi uchun yashirin imkoniyatlarning mavjudligi bilan tavsiflangan
bozor segmentini tanlashga asoslangan strategiya hisoblanadi.
Hamkorlik strategiyasi -
bu qo‘shma korxonalar va umumiy brendlarni yaratish
orqali
xorijiy sheriklar bilan yaqin hamkorlik qilish bilan birga bozor xususiyatlari va hamkorning
intelektual va kapital resurslaridan foydalanish orqali eksportni kengaytirishni nazarda
tutuvchi strategiya hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik su
byektlari uchun eksport
strategiyasini ishlab chiqish ularning eksport salohiyatini hisobga olgan holda amalga
oshirilishi kerak.
Xulosa va takliflar.
Korxonalarda innovatsion marketing strategiyalarini qo‘llash orqali eksport salohiyatini
oshirish, O‘zbekiston iqtisodiyotining global bozorlar
da raqobatbardoshligini oshirish va
mamlakatning tashqi savdo saldosini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada
ko‘rsatilgan tahlil va tavsiyalar, korxonalar eksport faoliyatini kengaytirish v
a ularning xalqaro
bozorlardagi muvaffaqiyatini ta’min
lash uchun zarur chora-
tadbirlarni ko‘rsatib beradi. Shu
bilan birga, davlat va xususiy sektorlarning birgalikdagi harakatlari korxonalarning eksport
salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. K
orxonalarda innovatsion marketing
strategiyalarini qo‘llashda
quyidagilarni e’tiborga olish ma’qul bo‘lar edi:
- m
ahsulotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha maslahat va ko‘mak
ko‘rsatish
;
- korxonalar boshqaruvida innovatsiyalarni bosqichma-bosqich
qo‘llash;
- qaramli vositalardan MASS Media vositalaridan kengroq foydalanish;
- xalqaro bozorlar uchun marketing va logistika strategiyalarini korxona tomonidan
ishlab chiqish;
- k
ichik korxonalar uchun eksport faoliyatini kengaytirish uchun zarur bo‘lga
n moliyaviy
resurslarga kirishni kengaytirish;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
258
- ekspo
rt bozorlari va xalqaro savdo qoidalari haqida ta’lim va ma’lumotni oshirish
;
- joylardagi korxonalarning
samarali faoliyatiga xalal berayotgan, to‘sqinlik qilayotgan
yoki qilishi mumkin bo‘lgan muammolarni muntazam ravishda o‘rganib borish va o‘z vaqtida
bartaraf etish chora-
tadbirlarini ko‘rish;
−
hududdagi bo‘sh yoki samarali foydalanilmayotgan bino va inshootlar to‘g‘risidagi aniq
ma’lumotlarning qisqa muddatlarda olish hamda ularni korxonalarga taqdim etilishi
jarayonlarini samarali tashkil etish;
−
korxonalar faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish borasida har bir hududdagi
o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va ulardan kelib chiqqan holda mavjud barcha imkoniyatlarni
safarbar etish;
−
hududdagi korxonalarga energiya, gaz, suv va kanalizatsiya,
issiqlik ta’minoti va boshqa
shu kabi muhandi
slik kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi jarayonlariga e’tibor qaratish
hamda bu boradagi ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash;
−
mahallalarda oilaviy biznesni rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va ul
arni
ro‘yobga chiqarish yo‘llarini aniqlash,
shu asosda oilaviy biznesni tashkil etishning namunaviy
shakllarini tavsiya etish va qo‘llab
-quvvatlash;
−
hududdagi eksportga mahsulot chiqaruvchi korxonalarga yordam ko‘rsatish va
rag‘batlantirish orqali ular
ning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish;
−
korxonalarni har tomonlama qo‘llab
-quvvatlab, ularni ichki va tashqi bozorda
raqobatlasha oladigan, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishini izchil yo‘lga
qo‘ya olad
igan mustahkam iqtisodiy sohaga aylanishini t
a’minlash lozim.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Sadchenko
О
. et al. (2020) Marketing tools in stimulating innovative activity of enterprises
//International journal of management.
–
Т
. 11.
–
№.
6.
Агаркова Л.В. (2010)
Формирование механизма устойчивого развития
плодоовощного подкомплекса: теория и практика. –
Ставрополь: Ставролит, –
168 с
.
Болтабоев М.Р. (2004) Тўқимачилик саноатида маркетинг стратегияси.
Монография. –
Т.: ФАН, –
223 б.
Ғуломов С.С. (1998) Тадбиркорлик ва кичик бизнес. –Т.: –Б. 32
Дойль П. (2003) Маркетинг
-
менеджмент и стратегии / 3
-
е изд. Пер. с англ. Под ред.
Ю. Л. Каптуревского. –
СПб.: Питер, –
544 с.
Мамаджанова, Т. (2018). Разработка экспортоориентированных маркетинговых
стратегий на плодоовощных предприятиях. Экономика и инновационные технологии, (5),
235
–
240
.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/10668
Носирова, Н. (2021). Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларининг
экспорт салоҳиятини ошириш. Iqtisodiyot Va taʼlim, (5), 309–
315.
Сайфуллаев И.Л. (2022) Кичик бизнес ва тадбиркорлик фаолиятида экспорт
фаолиятини амалга оширишнинг муҳим жиҳатлари //Архив научных исследований. –
Т.
4.
–
№. 1.
Тилляходжаев А.А. (2017) Иқтисодиётни модернизациялаш шароитида
тўқимачилик саноати корхоналари рақобатбардошлигини ошириш ва соҳада маркетинг
фаолияти самарали ташкил этиш йўллари. / Электрон илмий журнал “BIZ
NES-
ЭКСПЕРТ”
–Т.: 27.02.2017. No1(109).
Уолкер О.
-
мл., Бойд Х.
-
мл., Ларше Ж.
-
К., Маллинз
Дж. (2006) Маркетинговая
стратегия. Курс МВА. –
М.: Вершина, –
496 с.
