Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
86
ISLOM IQTISODIYOTIDA IJTIMOIY MOLIYA MUNOSABATLARINING
MAQSADI VA VAZIFALARI
Jiyanov O
‘
ktam
O
’
zbekiston xalqaro islom akademiyasi
ORCID: 0000-0001-7711-6659
uktam.jiyanov87@gmail.com
Axmedova O
’
g
’
ilshod
O
’
zbekiston xalqaro islom akademiyasi
ORCID: 0000-0002-2253-077X
Annotatsiya.
Islom ijtimoy moliyasi bugungi kunda nafaqat musulmon mamlakatlarda, balki
musulmon bo‘lmagan mamlakatlarda ham rivojlanib bormoqda.
Ayniqsa, Covid-19 pandemiyasidan
keyin u o‘zining muhim o‘rniga ega bo‘ldi. Mazkur maqola
da ijtimoiy moliya va islom ijtimoiy
moliyasi tushunchalari mohiyati ko‘rib chiqilgan, shuningdek islom ijtimoiy moliyasining maqsadlari
va vazifalari yoritib berilgan, jumladan, ishsizlik va qashshoqlikni kamaytirish, kam ta’minlangan
guruhlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga yordam berish, taqsimlashda ijtimoiy adolatni
amalga oshirish va iqtisodiyotni o‘stirish. Tahlillar jamlanib, maqola so‘nggida umumiy xulosalar
berilgan.
Kalit so‘zlar
:
ijtimoiy moliya, islom ijtimoiy moliyasi.
ЦЕЛЬ И ОБЯЗАННОСТИ СОЦИАЛЬНО
-
ФИНАНСОВЫХ ОТНОШЕНИЙ В
ИСЛАМСКОЙ ЭКОНОМИКЕ
Джиянов Уктам
Международная исламская академия Узбекистана
Ахмедова Угилшод
Международная исламская академия Узбекистана
Аннотация
.
Сегодня исламское социальное финансирование развивается не только в
мусульманских, но и в немусульманских странах. Особенно после пандемии Covid
-
19 он
приобрел свое важное место. В данной статье рассматривается суть концепций
социального финансирования и исламского социального финансирования, а также
освещаются цели и задачи исламского социального финансирования, включая снижение
безработицы и бедности, содействие улучшению социально
-
экономического положения
малообеспеченных групп населения и реализацию социальной справедливости. в
распределении и росте экономики. В конце статьи подведены итоги анализа и сделаны
общие выводы.
Ключевые слова
:
социальные финансы, исламские социальные финансы.
UO
‘
K: 336.13.012.24
IV SON - APREL, 2024
86-93
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
87
PURPOSE AND DUTIES OF SOCIAL FINANCIAL RELATIONS IN ISLAMIC ECONOMY
Jiyanov Uktam
International Islamic Academy of Uzbekistan
Akhmedova Ugilshod
International Islamic Academy of Uzbekistan
Abstract.
Today, Islamic social finance is developing not only in Muslim countries, but also in
non-Muslim countries. Especially after the Covid-19 pandemic, it gained its important place. This
article examines the essence of the concepts of social finance and Islamic social finance, and also
highlights the goals and objectives of Islamic social finance, including reducing unemployment and
poverty, helping to improve the socio-economic condition of disadvantaged groups, and
implementing social justice in distribution. and growing the economy. The analyzes are summarized
and general conclusions are given at the end of the article.
Key words:
social finance, Islamic social finance.
Kirish.
Islom ijtimoiy moliyasi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan
global maqsadlar majmuasi boʻlgan Barqaror
rivojlanish maqsadlarini (SDGlar) ilgari surishda
muhim rol oʻynaydi. Islom ijtimoiy moliyaisning SDGlar bilan integratsi
yalashuvi barqaror
rivojlanish va mas’uliyatli bank faoliyati tamoyillariga mos keladi. Ayniqsa, butun dunyoda Covid
-
19 pandemiyasidan
keyingi “tuzalish” davrida ham islom ijtimoiy moliyasi muhim ahamiyat kasb
etishi mumkinligi bir necha bor isbotlab ham berilgan edi.
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya munosabatlari
iqtisodchilar, siyosatchilar va jamoatchilik
e’tiborini tortgan muhim sohadir. So‘nggi o‘n yilliklarda tobora ko‘proq mamlakatlar islom moliya
tizimining tamoyillari va qadriyatlariga, xususa
n, uning faoliyatining ijtimoiy jihatlariga e’tibor
berishni boshladilar. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, islom iqtisodida ijtimoiy
moliya adolat,
hamjihatlik va barqaror rivojlanishga erishish uchun asosiy vositaga aylanishi mumkin.
Adabiyotlar sharhi.
Dastab “ijtimoiy moliya” tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u nisbatan yangi tushuncha
bo‘lishiga qaramay, uning ildizlarini ancha
oldingi vaqtlarda ham ushratish mumkin. Ijtimoiy
moliya deya atayotgan tizimimizning ko‘p elementlari aslida VI
-VII asrlardayoq islomiy moliya
tizimi (Нуриев, 2015), shuningdek “Masihning kambag‘al askarlari” va Sulaymon ibodatxonasi
(1119-yilda salib yur
ishlari vaqtida asos solingan) tomonidan yaratilgan “Muqaddas tartib”
tomonidan taklif qilingan va ishlatilgan(Rexhepi, 2
016). Ijtimoiy moliyaning elementlarini ba’zi
Yevropa mamlakatlarida ham uchragan, masalan, 1950-yillarda va 1970-yillarning boshlarida
Fransiya ijtimoiy uy-
joy qurilishiga ko‘p sarmoya kiritgan. Bu davrda Yevropaning baʼzi iqtisodlari
asosan Keynscha yondashuv (iqtisodiyotdagi jami xarajatlar va uning ishlab chiqarish, bandlik va
inflyatsiyaga ta’siri haqidagi
makroiqtisodiy nazariya
) taʼsirida boʻlgan va ular ijtimoiy davlat
modelidan foydalanganlar (Driant, 2012).
Bakerning fikriga ko‘ra, ijtimoiy moliya
deya jamiyat va atrof-
muhitga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishga intiladigan tizimni atash mumkin (Baker va
boshq., 2012).
Harji va Hebblarning fikriga ko‘ra esa, ijtimoiy moliyada iqtisodiy, ijtimoiy va/yoki ekologik
daromad olishga qaratilgan vositalar va strat
egiyalarni qo‘llashdir (Harji va Hebb, 2009). Chertok
an’anaviy va ijtimoiy moliyani faqrlab shunday
deydi (Chertok va boshq., 2008), an’anaviy moliya
faqat moliyaviy daromadga qaratilgan spektrning bir tomonida joylashsa, notijorat moliya esa
spektrning ijtimoiy daromad olishga qaratilgan ikkinchi tomonida joylashadi (1-rasm). Ijtimoiy
moliya ham moliya
viy, ham ijtimoiy daromadni muvozanatlashtiruvchi o‘rtada joylashadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
88
1-
rasm. An’anaviy moliyadan notijorat moliyaga
(Tahiri-Jouti, 2022)
Baker va Nofsi
nger ijtimoiy moliyaga ijtimoiy bank, ta’sirli investitsiyalar (moliyaviy
daromad bilan birga ma’lum ijtimoiy maqsadlarga ataylab yo‘naltirilgan va ikkalasiga ham
erishishlikni o‘lchaydigan investitsiyalar) va mikromoliyani o‘z ichiga oladi, deya ta’r
if berishgan
(Baker va boshq., 2012). Ijtimoiy banklar ijtimoiy ta’sir yaratishi kerak bo‘lgan mahsulot va
xizmatlarni taklif qiladigan muassasalardir. Shu o‘rinda ba’zi yuqoridagi terminlarga to‘xtaladigan
bo‘lsak:
Ta’sirli investitsiyalar
(impact investing) -
moliyaviy daromad bilan birga ma’lum ijtimoiy
maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan va ikkalasiga ham erishishni o‘lchaydigan investitsiyalar
(Tahiri-Jouti, 2022).
Mikromoliyalash, ijtimoiy moliya kontekstida V.A.Rahman ta’rifi bilan
aytganda (Rahman,
201
0), kambag‘allarning ehtiyojlarini qondirish va ularni asosiy moliyaviy tizimning bir qismiga
aylantirish uchun moslashtirilgan xizmatlarni birlashtiradigan inklyuziv moliyaviy tizimlardir.
2-rasm. Islom ijtimoiy moliyasi qamrovi
(Tahiri-Jouti, 2022)
Islom ijtimoiy moliyasiga (IIM) kelsak, u islom
tamoyillariga asoslangan va kambag‘al va kam
ta’minlanganlarga yordam berish orqali farovon jamiyat yaratishga qaratilgan moliyaviy tizimdir
(Cattelan, 2018). U jamiyatda ijtimoiy iqtisodiyotni kuchaytirishga qaratilgan (Kuanova va boshq.,
2021). Islom ijtimoy moliyasi qamrovini 2-
rasmda ko‘rish mumkin. IIM ham ijtimoiy manfaatlarga
qaratilgan notijot moliyani hamda foyda olish uchun ijtimoiy yo‘naltirilgan moliyani ham o‘z ichiga
oladi, ya’ni u ijtimoiy moliyadan ko‘ra kengroq qamrovga ega.
ijtimoiy
daromad
moliyaviy
daromad
an’anaviy
moliya
ijtimoiy
moliya
notijorat
moliya
ijtimoiy
daromad
moliyaviy
daromad
foydaga
yo’naltiril
-
gan moliya
foyda uchun
ijtimoiy
yo’nalti
rilgan
moliya
notijorat
moliya
Islom ijtimoiy moliyasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
89
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur ishimizda ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning tizimli tahlili,
ilmiy abstraktlash,
guruhlashtirish, tahlil va sintez, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, statistik va iqtisodiy tahlil
usullardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Global miqyosda islom iqtisodiyoti, ayniqsa, rivojlanishning yanada barqaror va ijtimoiy
yo‘naltirilgan shakllariga intilishida diqqat markaziga aylandi. 2023
-yilgi Islom moliyaviy hisobotiga
ko‘ra, islom
moliya institutlarining global aktivlar
i so‘nggi o‘n yil ichida sezilarli o‘sishni ko‘rsatib, 2,5
trillion AQSh dollaridan oshdi. Bu o‘sish islom moliyaviy mahsulotlari va vositalariga qiziqish
ortganidan dalolat beradi.
3-rasm. Dunyoda islom moliya ins
titutlari aktivlarining o‘sish
dinamikasi
(2010-2022, trln. AQSh dollarida)
(ICD
–
LSEG, 2023)
Biroq, aktivlarning ko‘payishiga qaramay, jahon tajribasining muhim jihati shundaki, ijtimoiy
moliya islom moliya tizimida tobora markaziy o‘ringa aylanib bormo
qda. Islom banklari va
jamg‘armalari ehtiyojmandlarni qo‘llab
-
quvvatlash, ta’lim va sog‘liqni saqlashni ta’minlash, ekologik
barqarorlikni ta’minlovchi loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni faol
rivojlantirmoqda.
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya munosabatlarining maqsadi:
–
Adolat va hamjihatlik (birdamlik).
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya munosabatlarining
markaziy maqsadlaridan biri adolat va hamjihatlikka erishishdir. Ko‘pgina davlatlar iqtisodiy
munosabatlarda islom tam
oyillarini qo‘llagan holda, ijt
imoiy tafovutlarni kamaytirish va moliyaviy
resurslardan teng foydalanishni ta’minlashga intiladi. Bu borada jamiyatning barcha qatlamlari uchun
teng imkoniyatlar yaratadigan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab
-quvvatlash muhim element hisoblanadi.
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya resurslarning taqsimlanishi quyidagi 4-rasmda keltirilgan.
1
1,3
1,76
2,06
1,97
2,17
2,35
2,5
2,6
2,96
3,39
3,96
4,5
0
0,5
1
1,5
2
2,5
3
3,5
4
4,5
5
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
90
1-jadval
Dunyo mamlakatlari byudjetlarida ijtimoiy dasturlarning ulushi
(UN, 2022)
Mamlakat
Inson
taraqqiyoti
indeksi (2019)
Inson kapitali
indeksi (2020)
Davlat ijtimoiy
xarajatlari,
YaIMning foizi,
soʻnggi mavjud
raqamlar
Aholi jon boshiga
davlat ijtimoiy
xarajatlari (dollar),
so‘nggi mavjud
raqamlar
Inson taraqqiyoti indeksi bo‘yicha eng yaxshi 10 mamlakat
Norvegiya
0,957
0,771
25,3
15868,8
Irlandiya
0,955
0,792
13,4
11125
Shveysariya
0,955
0,756
16,7
11550,5
Gonking, Xitoyning
maxsus ma’muriy hududi
0,949
0,812
Islandiya
0,949
0,745
17,4
8896,8
Germaniya
0,947
0,751
25,9
13488,8
Shvetsiya
0,945
0,795
25,5
13736,8
Avstarliya
0,944
0,77
16,7
8571,5
Niderlandiya
0,944
0,789
16,1
9192,7
Daniya
0,94
0,755
28,3
16053,5
Arab davlatlari
Tunis
0,74
0,516
23,4
691,5
Iordaniya
0,729
0,553
14,9
620,7
Misr
0,707
0,494
12,5
466,2
Iroq
0,674
0,407
22,2
1370,4
Livan
0,744
0,515
9,9
1103,5
Ummon
0,813
0,608
17,2
2644,5
Marokash
0,686
0,504
13,2
433,5
–
Risklarni taqsimlash.
Islom moliyasi ribo va maysir bilan bog‘liq operatsiyalar man qilinadi. Shu
sabali foyda va risk, bank va qarz oluvchi o‘rtasida
taqsimlanadigan Mudoraba va Mushoraka
instrumentlar
i asosida moliyalashtirishni ta’minlovchi islom banklarining tobora ommalashib
borayotganidan dalolat beradi.
4-rasm. Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya resurslarning taqsimlanishi
(ICD
–
LSEG, 2023)
0
500
1000
1500
2000
2500
3000
3500
4000
4500
5000
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
ml
rd
.
A
Q
S
h
d
o
ll
ar
i
Islom bank aktivlari
Sukuk
Takoful
Boshqa islom moliyasi institutlari
Islom fondlari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
91
5-rasm.
Mushoraka instrumenti asosida nobank tashkilotlarida moliyalashtirish
(milliard Rpda)
(Purnomo, 2024)
Tadbirkorlikni qo‘llab
-quvvatlash.
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya munosabatlarining
muhim maqsadlaridan biri
tadbirkorlikni, ayniqsa, ijtimoiy taraqqiyotga hissa qo‘shadigan sohalarda
qo‘
llab-
quvvatlashdir. Shu nuqtai nazardan, islom banklari kichik va o‘rta biznesni (KO‘B)
moliyalashtirishda faol ishtirok etib, ularning o‘sishi va rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda
.
2-jadval
2021-
yil yakuni bo‘yicha Turkiyadagi Ishtirokchi Bank (Islom bank)
larning
kichik va o‘rta biznes kredit portfeli
(Ozdemir, 2023)
Jami kredit portfeli (million TL)
335912
KO‘B kredit portfeli (million TL)
99123
Mikrofirmalarga berilgan kredit summasi
13309
Kichik korxonalarga berilgan kredit miqdori
35955
O‘rta korxo
nalarga berilgan kredit miqdori
49859
Umumiy kredit portfelidagi kichik va o‘rta korxonalar ulushi
29,50%
Mikrofirmalarning umumiy kredit portfelidagi ulushi
4%
Kichik korxonalarning umumiy kredit portfelidagi ulushi
10,70%
O‘rta korxonalarning umumiy
kredit portfelidagi ulushi
14,80%
KO‘B mijozlarining umumiy soni
91881
Mikrokorxona mijozlarining umumiy soni
39169
Kichik korxonalar mijozlarining umumiy soni
36523
O‘rta biznes mijozlarining umumiy soni
16189
KO‘B kreditlarining o‘rtacha hajmi (TL)
1078818
Mikrofirma kreditlarining o‘rtacha hajmi
339777
Kichik korxona kreditlarining o‘rtacha hajmi
984442
O‘rta korxonalar kreditining o‘rtacha hajmi
3079831
–
Ekologik barqarorlik.
Islom tamoyillariga muvofiq, ijtimoiy moliya ekologik barqarorlikni
qo‘llab
-quvvatlashga qaratilgan. Islom moliya institutlari atrof-
muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish
va
barqaror ishlab chiqarish turlariga o‘tishni qo‘llab
-quvvatlovchi loyihalarga faol investitsiya
kiritmoqda.
96 377
99 615
125 012
92 279
95 986
121 389
4 098
3 629
3 623
0
20 000
40 000
60 000
80 000
100 000
120 000
140 000
2020
2021
2022
Jami
Mushoraka
Mudoraba
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
92
6-rasm. Yashil va barqarorlik uchun sukuk emissiyasi (2017 - 2023 yil 3-chorak)
(LSEG, 2023)
–
Ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish:
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya munosabatlarining
asosiy maqsadlaridan biri ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy
-joy va jamiyatning boshqa asosiy
ehtiyojlarini y
axshilashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va qo‘llab
-quvvatlashdir.
Ushbu dastu
rlar jamiyatning barcha a’zolarining farovonligini ta’minlashga qaratilgan;
–
Ijtimoiy jamg‘armalarni yaratish:
Ijtimoiy moliyalashtirish hisobidan yaratilgan ijtimoiy
fondlar muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Ushbu mablag‘lar iqtisodiy
qi
yinchiliklarga duch kelganlarni qo‘llab
-
quvvatlash uchun sug‘urta mexanizmlari, xayr
-ehsonlar
va boshqa vositalarni o‘z ichiga oladi;
–
Mikro loyihalarni moliyalashtirish:
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya munosabatlari
kichik biznesni rivojlantirish va qashshoqlikni bartaraf etish vositasi sifatida mikromoliyani faol
qo‘llab
-
quvvatlaydi. Ushbu yondashuv an’anaviy moliya institutlariga kirish imkoniga ega
bo‘l
maganlar uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkonini beradi.
–
Investitsiya:
Islom iqtisodiyotidagi ijtimoiy moliya munosabatlarining maqsadi
investitsiyalarni rivojlantirishdir. Islom moliya instrumentlari orqali shariat tamoyillariga
muvofiq investitsiya kiritish imkoniyatini beradi, alkogol, tamaki va qimor kabi islom
tamoyillariga zid bo‘lg
an tarmoqlar bundan mustasno.
–
Moliyaviy inklyuzivlikni ta’minlash:
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya munosabatlarining
yana bir maqsadi moliyaviy inklyuziv
likni ta’minlashdir. Bu kichik tadbirkorlar, qishloq aholisi va
kambag‘allar kabi an’anaviy ravi
shda moliya tizimidan chetda qolganlarga moliyaviy xizmatlar va
mahsulotlarni taqdim etishni o‘z ichiga oladi.
–
Ijtimoiy farovonlikni rag‘batlantirish:
Ijtimoiy moliya munosabatlari davlat farovonligi va
barqaror rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Islom iqtisodiyoti o‘z vazifasini jamiyatning
har bir a’zosi rivojlanishi va o‘z salohiyatiga erisha oladigan barqaror va farovon ijtimoiy muhit
yaratishda k
o‘radi.
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya munosabatlarining adolat, hamjihatlik va barqaror
rivojlanish maqsadlariga erishishda asosiy rol o‘ynaydi. Jahon tajribasi islom moliya tizimining ta’siri
kuchayib borayotganini tasdiqlaydi va
statistik ma’lumot
lar uning ijtimoiy farovonlik va iqtisodiy
taraqqiyotga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi.
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya
kichik va o‘rta biznesni qo‘llab
-quvvatlash va ijtimoiy
dasturlar yaratish orqali adolat hal qiladi. Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya munosabatlari,
shuningdek, risklarni taqsimlash va ekologik barqaror loyihalarda faol ishtirok etish orqali
rivojlanishga yordam beradi.
421
1358
3537
2517
1714
3422
5631
24
106
44
2291
4294
5993
4460
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023 3-
chorak
m
ln.
AQ
Sh
do
lla
ri
Yashil sukuk
Boshqa ekologik, ijtimoiy va boshqaruv sukuklari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
93
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagi ma’lumotlar va tahlillarni inobatga olgan holda shunday xulos
aga kelishimiz
mumkinki, ijtmoiy moliya va islom ijtimoiy moliyasi bir-biriga yaqin tushunchalardir.
Ijtimoiy moliya iqtisodiy, ijtimoiy va bugungi kunda ekologik tomonlardan foyda olishga
qaratilgan vositalar va strategiyalarni qo‘llash deya umumlashtiris
himiz mumkin. Islom ijtimoiy
moliyasi esa islom tamoyillariga asoslangan va aholining kam ta’minlangan qismiga yordam
berish orqali farovon jamiyat yaratishga qaratilgan moliyaviy tizimdir.
Islom ijtimoiy moliyasi
adolat va birdamlik, risklarni taqsimlash, tadbirkorlikni q
o‘llab
-
quvvatlash, ekologik barqarorlik, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, moliyaviy inklyuzivlikni
ta’minlash, ijtimoiy farovonlikni rag‘batlantirish kabi maqsadlarni qo‘llab
-quvvatlaydi.
Islom iqtisodiyotida ijtimoiy moliya barqaror rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu
moliyaviy tamoyillar va ijtimoiy mas’uliyat uyg’unligi qanchalik adolatli va to’g’ri bulsa, ijobiy ijtimoiy
muhit yaratishi mumkinligini ko’rsatadi. Jahon tajribasi ad
olat va barqarorlik qadriyatlariga
asoslangan islom iqtisodiyoti yanada adolatli va barqaror kelajak yaratishga intilayotgan boshqa
tizimlar uchun namuna bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar /
Литература
/ Reference:
Baker, H. Kent and Nofsinger, John R. Socially responsible finance and investing.
–
2012. - John Wiley &
sons. -p. 528.
Baratov, Gʻiyosjon Muradulloyevich “Innovatsion taʼlim tizimiga investitsiyalarni jalb qilish
mexanizmlarini takomillashtirish” // ORIENSS. 2022. №10.
Cattelan V. (ed.). Islamic social finance: Entrepreneurship, cooperation and the sharing economy.
–
Routledge, 2018.
Chertok M., Hamaoui J., Jamison E. The funding gap //Stanford Social Innovation Review.
–
2008.
–
Т
. 6.
–
№. 2. –
С
. 44-52.
Driant J. C., Li M. The ongoing transformation of social housing finance in France: Towards a self-
financing system? //International Journal of Housing Policy.
–
2012.
–
Т
. 12.
–
№. 1. –
С
. 91-103.
Harji, K. and Hebb, T. The quest for blended value returns: Investor perspectives on social finance in
Canada. - Carleton Centre for Community Innovation, Ottawa, Canada.
–
2009.
ICD
–
LSEG Islamic Finance Development Report 2023: Navigating Uncertainty, 2023
Impact S., TASKFORCE I. Impact investment: The invisible heart of markets.
–
2014.
Kuanova L. A., Sagiyeva R., Shirazi N. S. Islamic social finance: a literature review and future research
directions //Journal of Islamic Accounting and Business Research.
–
2021.
–
Т
. 12.
–
№. 5. –
С
. 707-728.
LSEG. Green and sustainability sukuk update 2023: financing a sustainable future
Ozdemir M., Savasan F., Ulev S. Leveraging financial inclusion through Islamic microfinance: A new
model proposal for participation banks in Turkiye //Borsa Istanbul Review.
–
2023.
–
Т
. 23.
–
№. 3. –
С
. 709-
722.
Purnomo B. S., Nasim A., Suryadi E. Mudharabah and Musyarakah Financing in Indonesian Islamic
Banking Practices: Is It Equity or Debt Financing? //Islamic Research.
–
2024.
–
Т
. 7.
–
№. 1.
–
С
. 14-22. 2
Rahman W. A. A. An overview of microfinance: History and evolution, definition and practice //Ahfad
Journal.
–
2010.
–
Т
. 27.
–
№. 2. –
С
. 3-21.
Rexhepi G. The architecture of social finance //Routledge handbook of social and sustainable finance.
–
2016.
–
С
. 35-49
Tahiri-Jouti A. Financial Instruments and Cash Waqf //Springer Books.
–
2022.
–
242 pages.
UN. Social Expenditure Monitor for Arab States: Toward Making Budgets more Equitable, Efficient and
Effective to Achieve the SDGs, 2022
Нуриев Б. Д. Закят в классическом мусульманском праве //Вестник Костромского
государственного университета. –
2015.
–
Т. 21. –
№. 3. –
С.
178-182.
