25
6. V.I. Zvonnikov Provedenie monitoringa kachestva obrazovaniya: Metodicheskie
rekomendatsii / V.I. Zvonnikov , N.F. Efremova , N.N. Naydenova , M.B. Chelysheva . - M.:
Issledovatelsky tsentr problem kachestva podgotovki spetsialistov, 2008. - 64 p.
7. E.V.Tkachenko Upravlenie kachestvom professionalnogo obrazovaniya v usloviyakh
sotsialnogo partnership/ E.V.Tkachenko // Kachestva professionalnogo obrazovaniya: opyt,
problemy, perspektivy: materialy mejregion . Nauch.- Prak . _ Conf . Ch. II / GOU Kripro . -
Kemerovo, 2004. - S. 8-13.
OLIY TA’LIM
XIZMATLARI QURILISH INDUSTRIYASINI BARQAROR
IQTISODIY RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA
Aliev Paraxat Keunimjaevich
Qoraqalpoq davlat universitet, stajor-
o‘qi
tuvchi
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish jarayonida yangi ilmsig‘imli va
yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlari yaratishning zarur shartlaridan biri -
inson salohiyatini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishdir .
Qurilish materiallari sanoatidagi mavjud vaziyat va kelajakda yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar tendensiyasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, sohada
ma’lum yutuqlarga erishilgan, ammo samaradorlikni oshirish uchun katta
imkoniyatlar hali amalga oshirilmagan.
O‘zbekiston minerallarga boy e
r osti boyliklari mavjudligi bilan ajralib
turadi, unda o‘nlab turli xil foydali qazilmalar
aniqlangan. Rangli metallar va
yoqilg‘i
-
energetika resurslarining boy zaxiralari mavjud. O‘zbekistonda marmar,
granit, ohak soda va noruda materiallarning boy konla
ri mavjud bo‘lib, ular
qurilish materiallari sanoatining xom ashyo salohiyatini shakllantiradi va milliy
iqtisodiyotni samarali rivojlantirish uchun asos bo‘ladi.
Mavjud prognozlar yuqori xususiyatlarga ega bo‘lgan yirik foydali qazilma
konlarining mavjudl
igini ko‘rsatadi [
7].
Qurilish materiallari sanoati investitsion qurilish majmuasida asosiy
o‘rinni
egallaydi. Qurilish va qurilish materiallari sanoati o‘rtasida zamonaviy
innovatsion rivojlanish sharoitida ikki tomonlama yo‘nalishga ega bo‘lgan
innovatsion xarakterdagi aloqalar mustahkamlanadi va bu o‘rganilayotgan
sohaning raqobatbardoshlik da
rajasiga ta’sir qiladi.
Lekin, ayrim tadqiqotchilar [6] tomonidan olib borilgan tadqiqot
ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, sohada quyidagi ayrim kamchilikla
r
mavjud:
1.
Korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan past darajada foydalanishi;
2.
Korxonalarning irratsional dislokatsiyasi;
3.
Ishlab chiqarish texnologik darajasinin pastligi;
4.
Xom ashyo potensialidan
to‘liq foydalanmaslik
va tor mahsulot
assortimenti;
5.
Ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori darajasi (ayniqsa energiya
xarajatlari);
26
6.
Mehnat unumdorligining past darajasi;
7.
Mashina va uskunalarning me’yoriy yangilanishini ta’minlash uchun
mablag‘ etishmasligi;
8.
Korxonalarning innovatsion faolligining past darajasi;
Bunday sharoitda oliy ta’limning jamiyat ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanishidagi
roli va ta’siri barqaror va sifat jihatidan o‘sib bormoqda, chunki yangi texnika va
texnologiyalarni samarali
o‘zlash
tirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni
rivojlantirish, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish tegishli kadrlarsiz va oliy
o‘quv yurtlarining bevosita faol ishtirokisiz o‘tkazish mumkin
emas.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan ijtimoiy
-
iqtisodiy o‘zgarishlar
o
liy o‘quv yurtlariga ta’lim, ilmiy
-texnik, madaniy-
ma’rifiy markazlar sifatida
yangi talablar qo‘ymoqda. Bu, albatta, oliy ta’limning i
qtisodiyot tarmoqlarini, shu
jumladan qurilishni innovatsion rivojlantirishdagi ishtiroki bilan bog‘liq.
Ta’kidlash joizki, bu borada ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda va bu yo‘nalishda
katta zaxira va salohiyat mavjud.
Tarmoqlarni innovatsion rivojlantir
ishda oliy o‘quv yurtlarining roli faqat
bu bilan cheklanmaydi, chunki pedagogik va ilmiy salohiyat bizga qo‘shimcha
xarajatlarni talab qilmaydigan bir qator boshqa vazifalarni amalga oshirishga
imkon beradi. Bu, birinchi navbatda, oliy o‘quv yurtlarida
biznes-inkubatorlarni
yaratish va rivojlantirishga taalluqlidir. Oliy o‘quv yurtlarilarida biznes
-
inkubatorlarni ochishning jozibadorligi shundaki, bunda ish kunining ikkinchi
yarmida asosan "bo‘sh" bo‘lgan zarur moddiy
-texnik bazaning va deyarli barcha
ol
iy o‘quv yurtlarilarida zarur o‘qituvchilar tarkibining mavjudligi. Barcha
hududlarda oliy o‘quv yurtlarini joylashtirish
imkoniyatining mavjudligi o‘z
biznesini yaratish va yuritish sohasida bilim olishga intilayotgan aholining katta
guruhini qamrab olish
ni ta’minlaydi[2]. SHu bilan bir qatorda, ushbu faoliyat oliy
o‘quv yurtlarining moddiy
-texnik bazasini yanada mustahkamlash va ppofessop
o‘qituvchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslar
oqimi bilan ta’minlaydi.
Iqtisodiyot
ni innovatsion rivojlantirish uchun oliy o‘quv yurtlari
faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi potensial tadbirkorlarga
biznes loyihalari
to‘g‘risida ma’lumot berishdir. Bu shuni anglatadiki, ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida
turli xil ilmiy va texnik ishlanm
alar mavjud bo‘lib, ular potensial tadbirkorlar
uchun foydali bo‘lishi mumkin[6].
Oliy o‘quv yurtlari ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi mavjud
bo‘shliqni to‘ldirish uchun oliy o‘quv yurtlarida venchur korxonalarni yaratishni
faollashtirish orqali sanoatning innovatsion rivojlanishida bevosita ishtirok etishi
mumkin. Buning sababi shundaki, mahalliy oliy o‘quv
yurtlari olimlarining
ko‘plab samarali ishlanmalari, afsuski, ishlab chiqarishga yo‘naltirilmasdan qolib
ketmoqda.
Bizning fikrimizcha
, mahalliy oliy ta’lim muassasalarining salohiyati etarli
darajada amaliyotga tadbiq etilmayabdi. Buning oqibatlari nafaqat tadqiqot va
ishlanmalarni amalga oshirish hisobiga oliy ta’lim muassasalariga byudjetdan
tashqari mablag‘larning kam kirib kelishida
, balki bevosita professor-
27
o‘qituvchilarning malaka darajasining pasayishida ham namoyon bo‘ladi. CHunki
ilmiy tadqiqot i
shlanmalari yoki konsalting xizmatlarini ko‘rsatish uchun
professor-
o‘qituvchilardan doimiy ravishda o‘z salohiyatini oshirib borish t
alab
etiladi. Bu esa professor-
o‘qituvchilarni dolzarb ilmiy, texnik va boshqa
muammolarni hal qilishda ko‘proq izlanishg
a undaydi.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda biz, jadvalda aks ettirilganidek oliy
ta’lim muassasalarda o‘quv, axborot
-tahlil markazlarini yaratish zarur deb
hisoblaymiz (1-jadval).
1-jadval
Oliy ta’lim muassasasi o‘quv, axborot
-tahlil markazlarining
asosiy vazifalari
Faoliyat turi
Vazifalar
Konsalting
•
korxonalarni yo‘naltirish
hamda venchur investorlarni jalb qilish;
•
venchur investorlar bilan aloqaga kirishishda, shu jumladan, venchur
yarmarkalari doirasida korxonalarni ekspert yordami bilan
ta’minlash
;
•
mintaqada innovatsion korxonalarga konsalting yordami
Ta’lim va
treninglar
•
potensial investor bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun
amaliy
ko‘nikmalarni
rivojlantirish, bu holda eng muhimi, venchur
investitsiyalarini muvaffaqiyatli jalb qilish uchun korxonalar
menejerlarining o‘z biznes loyihalarini samarali taqdim etish
ko‘nikmalarini rivojlantirish;
•
innovatsion sektorni rivojlantirish va venchurli moliyalashtirishda
qulay muhit yaratish uchun mas’ul bo‘lgan korxonalar vakillari va
mintaqaviy davlat xizmatchilari uchun treninglar o‘tkazish va
konsaltinglar tashkil etish
Axborot
•
turli xil aloqa tadbirlarini o‘tkazish (
hududlarda venchur yarmarkalari,
davra suhbatlari, tematik konferensiyalar, seminarlar va h.k.) va
innovatsion faoliyatning asosiy sub’ektlariga konsalting va axborot
xizmatlarini ko‘rsatish
Oliy ta’lim muassasasining yuqori imidjini yaratish amaliy
maqsadga ega
bo‘lib, ko‘proq abiturientlarni jalb qilish, kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va
turli fondlar bilan aloqalarni o‘rnatish, natijada oliy ta’lim muassasasiga
moliyaviy resurslar oqimining ko‘payishini ta’minlashdan iborat.
Oliy ta’lim muassas
alarining innovatsion jarayondagi ishtirokini
rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan yana biri bu kadrlar malakasini
oshirish sohasidagi faoliyatni kuchaytirishdir.
Ta’kidlash joizki, jahon amaliyotida ta’lim tizimi samaradorligini oshirishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Ba’zi hollarda ta’lim berish davomiyligini oshirish
tendensiyasi mavjud, bu shaxsning ishlab chiqarish faoliyati davomiyligini
qisqartirishni anglatadi. Bularning barchasi oliy ta’lim ushbu yangi muammolarga
munosib javob berishi va yangi muammolarni samarali hal qilishi kerakligini
anglatadi. SHu bilan birga, ta’limning yangi usullari hamda shakllarini yaratish va
28
qo‘llashga, shuningdek, talabalar o‘rtasida innovatsion, ijodiy fikrlashni
shakllantirishga e’tibor qaratish lozim.
Xulosa
qilib aytganda, oliy o‘q
uv yurtlarining yuqori salohiyati qurilish kabi
muhim fond yaratuvchi sohaning innovatsion rivojlanishiga katta hissa qo‘shish
imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
:
1.
Asamatdinov M.O. Mahalliy xom ashyo asosida suvoq qorishmasining tarkibi va
xossalarini shakllantirish. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya
avtoreferati.- Toshkent, 2020.
2.
Aхлиддинoв и дp. “Упpaвление oбpaзoвaнием в Узбекистaне: пpoблемы, пoиск,
pешения”. Т. “Ес
-
ТAСИС”. 1999.
3.
Ilyasov A.T. Mahalliy xom ashyo asosida samarali devorbop keramik buyumlarning
strukturasi, tarkibi va xossalarini shakllantirish. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (
PhD)
dissertatsiya avtoreferati.- Toshkent, TAQI, 2018.
4.
Кopзникoвa Г.Г. Менеджмент в oбpaзoвaнии. М., “Aкaдемия”, 2008 г.
5.
Najimov I.P. Qurilish materiallari sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishini
ta’minlash (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida). Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.- Toshkent, 2021.
6.
Сaгинoвa O.В. –
Мapкетинг высшегo oбpaзoвaния: oснoвные пoнятия, нoвые
тенденции и пеpспективы, М. 2006.
7.
TA’LIM TIZIMINI
ZAMONAVIY BOSQICHGA OLIB CHIQISH
–
IQTISODIY
YUKSALISH KAFOLATIDIR
Davlatova Nilufar Vosiljonovna
Namangan Davlat Universiteti tayanch doktoranti
Bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv va texnologik qurollanish
bosqichida ilm-fan, real ishlab chiqarish va texnika-texnologiyalarning
rivojlanishi natijasida malakali, intellektual salohiyatli kadrlarga talab kuchayib
bormoqda.
Qaysi bir rivojlangan mamlakatning iqtisodiyotiga razm qolmaylik, YaIMning
yuqori sur’atlarida o‘sib kelishiga inson kapitalining o‘rni beqiyosligini
ko‘rishimiz mumkin. O‘z navbatida, mamlakatning
eksport salohiyati, innovatsion
mahsulotlar, hududlarda maxsus iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi qolaversa,
daromad olib keluvchi g‘oyalar, patentlar, nou
-xau va venchur loyihalarning
yaralishida davlat tomonidan ta’lim tizimi ilmiy faoliyatini konst
ruktor-
texnologik ta’minlash orqali erishiladi.
Hozirgi kunda ta’lim tizimi
barcha mamlakatlar uchun asosiy ustuvor
beriladigan tarmoq sifatida qaralmoqda. Chunki, mamlakat istiqboli, kelajagi
aynan yoshlar qo‘lida ekanligi barchamizga ma’lum.
Aynan yoshlarning tanlagan
sohalari bo‘yicha zaruriy bilimlar berish, ularning ko‘nikma
larini shakllantirish
ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Mamlakat tayanchi va
pirovard asosi aynan pul bilan bog‘liq munosabatlarda shakllanganligi tufayli
