ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
105
Samarkand State Institute of Foreign Languages
INGLIZ TILIDAGI AFORIZMLARDA MILLIY-MADANIY
MA’NONING IFODALANISHI
Ahmedova Gulizebo Yakubovna
SamDChTI tayanch doktoranti, o’qituvchi
Annotatsiya:
Aforizmlar qisqa, lekin chuqur maʼnoga ega bo‘lgan bayonotlar bo‘lib, ular
turli xalqlarning dunyoqarashi, ijtimoiy qadriyatlari va madaniy nuqtai nazarini ifodalaydi. Ingliz
tili ham o‘zining tarixiy rivojlanishida va madaniy anʼanalarida aforizmlar orqali o‘zining milliy-
madaniy maʼnolarini aks ettirgan. Ushbu maqolada ingliz tilidagi aforizmlar, ularning milliy va
madaniy maʼnolarini qanday ifodalashini tahlil qilingan. Ingliz tilidagi aforizmlar ko‘pincha
shaxsiy erkinlik, mehnat axloqi, ijtimoiy aloqalar va tabiatning roli kabi madaniy qadriyatlardan
iborat. Aforizmlar o‘zining qisqaligi va qulayligi bilan kuchli maʼnolarni ifodalash imkonini
beradi, shuning uchun ular milliy va ijtimoiy qadriyatlarni tezda va samarali tarzda anglash
uchun xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
aforizmlar, til, madaniyat, milliy qadriyat, semantik ma’no, stilistik
vositalar.
Ingliz tilining global til sifatida rivojlanishi, uning boshqa milliy madaniyatlar va tillar
bilan aloqalarini kuchaytiradi va turli milliy an’analarning birlashishi va uyg‘unlashishi
jarayonini ta’minlaydi.
Sapir va Vorflarning ta‘kidlashlaricha
, til
fikrlash
va
qabul qilish
ni
shakllantiradi, ya’ni til jamiyatning olamni qanday anglashini va unga ta’sirini belgilaydi.
Til
va
madaniyat
o‘rtasidagi aloqalarni aks ettiruvchi o‘ziga xos vositalar biri bu
aforizmlardir. Aforizmlar, qisqa til shakllari sifatida, jamiyatdagi
kognitiv jarayonlar
va
madaniy g‘oyalarni namoyon etad
i. Aforizmlarni tushunish uchun ularning mazmun
mohiyatini aniqlash kerak. Aforizmlar – qisqa, ta’sirchan bayonotlar bo‘lib, ular umumiy haqiqat
yoki fikrlardir. Aforizmlar, odatda, maqollar, maksimalar va iboralar bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lsa-da, ularning qo‘llanish maqsadlari farqlanadi. Maqollar ko‘proq xalq donoligi bo‘lib,
asrlar davomida avlodlarga o‘tgan bo‘lsa, aforizmlar ko‘pincha yozuvchilar yoki ma’lum shaxs
tomonidan bayon qilinadi. Aforizmlar odatda falsafiy, tafakkurli yoki tanqidiy mazmun kasb etsa,
maqollar ko‘proq tarbiyaviy ma’noni ifodalaydi.
Aforizmlar bir jamiyatning qadriyatlari va e’tiqodlarini aks ettirish uchun o‘ziga xos
madaniy xazina sifatida xizmat qiladi. Ular jamiyatning umumiy ongini aks ettirib, uning axloqiy
va ijtimoiy tamoyillarini uzoq vaqt davomida saqlanadigan shaklda namoyon qiladi. Ingliz
tilidagi aforizmlar ingliz xalqining kundalik hayoti, qarashlari va madaniyati bilan bevosita
bog‘liqdir.
Ingliz aforizmlari asrlar davomida rivojlanib kelgan va ularning taraqqiyoti ingliz
tarixidagi muhim voqealar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ingliz madaniyatida, aforizmlar
jamiyatning dunyoqarashini aks ettirgan bo‘lib, uning rivojlanishi yuksalish va o‘zgarishlariga
ta’sir qilgan.
Ingliz adabiyotidagi taniqli yozuvchilar va faylasuflar, jumladan
Samuel Jonson
, o‘z
aforizmlarida jamiyatni shakllantirish va tushunish uchun muhim qadriyatlarni bayon qilgan.
Jonsonning ishlari, ingliz madaniyati va tilini shakllantirishda katta rol o‘ynagan. F. Bekon kabi
faylasuflar, bilimni qadrlash va insoniyatning yuksalishiga oid ko‘plab aforizmlar yaratgan.
Viktoriya davrida, ingliz aforizmlari ijtimoiy me’yorlar, odob-axloq va muhitga e’tibor qaratdi.
Oskar Uayld va Jorj Bernard Shou kabi yozuvchilar aforizmlardan ijtimoiy masalalar va
zamonaning ikkiyuzlamachiligini tanqid qilish uchun foydalangan. Uayld, ayniqsa, hazil va
ironiya yordamida, Viktoriya jamiyatining ikkiyuzlamachiliklarini tanqid qilgan. Shu sababli,
ingliz aforizmi mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va falsafiy rivojlanishini aks ettirgan bir aks-sado
sifatida ko‘ringan. Ijtimoiy qadriyatlar, mehnat va pragmatik yondashuvlarni ifodalovchi sanoat
inqilobi davrining aforizmlaridan tortib, Viktoriya davrining hazil-mutoyibaviy iboralargacha
bo‘lgan davrlar ingliz aforizmlarining milliy ruhiyatini o‘zida mujassam etgan.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
106
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Ingliz aforizmlari, ingliz madaniyatining milliy qadriyatlari va ijtimoiy me’yorlarini,
masalan, shaxsiy erkinlik, ehtiyotkorlik va mas’uliyatni qadrlash kabi muhim fazilatlarni
ifodalab, bu qadriyatlar ingliz madaniyatiga xosdir.
Oskar Uayldning
mashhur
"I can resist everything except temptation."
— "Men
istakdan boshqa hamma narsaga qarshi tura olaman."
aforizmi insonning o‘zini boshqarish
qobiliyatini ko‘rsatadi, lekin istaklarga qarshi turishning juda qiyinligini ta’kidlaydi. Aslida, bu
aforizmda aytilmoqchi bo‘lgan ma’no shundaki: inson har qanday vaziyatda o‘zini qo‘lga olishi
mumkin, biroq kuchli istaklar uni biror narsa qilishga majbur qiladi. Bu hazil tarzida berilgan
fikr bo‘lib, inson tabiatining zaif tomonlarini ko‘rsatadi.
Oskar Uayldning yana bir betakror
"Be yourself, everyone else is already taken."
—
"
O‘zligingni angla, o‘zgalarga boqma.
"
aforizmi
boshqa aforizmlar singari chuqur ma’noga
ega. Muallif ushbu aforizm orqali shuni anglatmoqchi bo‘ladi-ki, har bir inson o‘zligini
qadrlashi, boshqalarni takrorlashga vaqt sarflamasligini, har birimizning o‘z iqtidorimiz va
fazilatlarimiz borligini ta’kidlaydi.
Bu misollar ingliz aforizmlarining milliy qadriyatlar, mas’uliyat va shaxsiy erkinlikni
qanday ifodalashini ko‘rsatadi.
Aforizmlar tilning madaniy kontekstini aks ettirishda juda muhim ahamiyatga ega.
Aforizmlarda ishlatiladigan ironiya, metafora, paradoks va hazil kabi stilistik vositalar ingliz
madaniyati bilan chambarchas bog‘liq. Ingliz hazili, ko‘pincha kamtarinlik, ironiya bilan ajralib
turib, bu xususiyatlar ingliz aforizmlarida keng qo‘llaniladi. Masalan: Benjamen Franklinning
"A
penny saved is a penny earned." —
"Tejalgan bir tiyin- topilgan bir tiyin."
aforizmi
nafaqat
moliyaviy saboq, balki jamiyatdagi
mehnatga asoslangan qadriyatlarni
ham aks ettiradi. Bu
metaforalar faqatgina bevosita ma‘noni ifodalamay, balki kengroq madaniy va iqtisodiy qadriyat
tizimini ham ko‘rsatadi.
Ingliz huquqshunosi Edvard Kouk tomonidan 1604 yilda aytilgan
"An Englishman’s
home is his castle." —"Inglizning uyi uning qal’asi."
aforizmi inglizlarning o‘z uyiga bo‘lgan
alohida hurmatini va xususiy mulk huquqini ifodalaydi. Bu aforizm Buyuk Britaniyaning
huquqiy tizimida, ayniqsa, ingliz qonunchiligida muhim ahamiyat kasb etgan va inglizlarning
xususiy mulk huquqi va oilaviy xavfsizlikka bo‘lgan qat’iyatli e’tiborini ko‘rsatgan. Ingliz
madaniyatida "uy" nafaqat jismoniy joy, balki insonning shaxsiy erkinligi va mustaqilligi bilan
bog‘liqdir. Edvard Kouk bu aforizm orqali ingliz qonunchiligida o‘z xususiy mulki va erkinligini
himoya qilishning muhimligini ta’kidlagan. Ushbu aforizm, inglizlarning o‘z uylarini va
oilalarini himoya qilishni, xususiy erkinlikni saqlashni, va tashqi dunyodan himoya qilishni o‘z
hayotining ajralmas qismiga aylantirgan.
Ingliz tilidagi aforizmlar orqali milliy-madaniy ma’no ifodalanganligi, nafaqat tilni
o‘rganish, balki turli xalqlarning madaniyatlarini tushunish va bir-biriga hurmat ko‘rsatishni
o‘rganish uchun muhimdir. Ingliz aforizmlari jamiyatning
o‘zgarib borayotgan madaniyatini
aks ettiruvchi kuchli vosita sifatida xizmat qilishda davom etmoqda. Ingliz xalqining o‘zligini,
jamiyatni va olamni qanday anglashini qisqa, ta’sirchan til, ya’ni aforizmlar orqali ifoda etishini
ko‘rib chiqdik. Ingliz millatining
asosiy qadriyatlari
va
fikrlar tizimi shaxsiy erkinlik,
mustaqillik,
jamiyatdagi
mehnatga asoslangan kabi qadriyatlarda, hamda
o‘z uylarini va
oilalarini himoya qilishlarida namoyon bo‘lishi aniqlanildi. Ingliz tilidagi aforizmlar o‘zining
keng tarqalganligi va global ahamiyatga ega bo‘lishi bilan, boshqa madaniyatlar bilan bog‘lanish
imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, ingliz tilidagi aforizmlar nafaqat ingliz madaniyatini, balki
butun dunyo madaniyatlarini ifodalab, har bir aforizm o‘ziga xos tarixiy, madaniy va ijtimoiy
kontekstga ega bo‘lib, ularni o‘rganish orqali ingliz tilidagi fikrlarni, qadriyatlarni va
insonlarning dunyoqarashlarini yaxshiroq tushunish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Barthes, R. (1977).
Image-Music-Text
. Hill and Wang.
2.
Bergson, H. (2009).
Laughter: An Essay on the Meaning of the Comic
. Macmillan.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
107
Samarkand State Institute of Foreign Languages
3.
Duranti, A. (1997).
Linguistic Anthropology
. Cambridge University Press.
4.
Johnson, S. (1750).
The Rambler
.
5.
Sapir, E., & Whorf, B. L. (1956).
Language, Thought, and Reality: Selected Writings
.
MIT Press.
6.
Shaw, G. B. (1903).
Man and Superman
.
7.
Tylor, E. B. (1871).
Primitive Culture: Researches into the Development of Mythology,
Philosophy, Religion, Art, and Custom
. J. Murray.
8.
Wilde, O. (1891).
The Picture of Dorian Gray
.
9.
Yakubovna, A. G. (2024). IMPROVING STUDENTS’ VOCABULARY MASTERY
THROUGH APHORISMS.
Web of Teachers: Inderscience Research
,
2
(3), 229-233.
10.
Yakubovna, A. G. (2022). TEACHING BUSINESS IDIOMS IN THE STUDY OF THE
ENGLISH LANGUAGE.
Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable
Development of Regions
, 294-298
11.
Yakubovna, A. G. (2024). AFORIZMLAR TILNING MILLIYMADANIY TARKIBIY
QISMI SIFATIDA.
Science and innovation
,
3
(Special Issue 19), 764-767.
12.
Ахмедова, Г. (2024). Aforizmlarning xorijiy tillarni o ‘qitishdagi metodologik
ahamiyati.
Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение
передовых подходов
,
1
(1), 62-65.
13.
Хайруллаев, Х. (2008). Нутқ бирликларининг поғонали муносабати.
14.
Bushuy, T., & Khayrullaev, K. (2022). Life of word during coronavirus. Евразийский
журнал социальных наук, философии и культуры, 2(8), 19-28.
15.
Хайруллаев, Х. (2019). Об особенностях изучения объекта речевой
лингвистики. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (71)), 17-20.
