ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
147
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ERTAK JANRI TRANSFORMATSIYASI
Eliboyeva Zarnigor Normuminovna,
SamDChTI tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ertak janri va uning yozma adabiyotdagi o‘ziga xos
shakllanish jarayoni haqida ma’lumot berilgan. Ertaklarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni tahlil
qilingan.
Аннотация.
В данной статье представлена информация о жанре сказки и
уникальном процессе его формирования в письменной литературе. Анализируется роль
сказки в воспитании подрастающего поколения.
Annotation
. This article provides information about the fairy tale genre and its unique
formation process in written literature. The role of fairy tales in the education of the young
generation is analyzed.
Kalit so‘zlar:
folklor, ertak, janr, jonlantirish, milliylik, hikoya, san’at, yaxshilik, ezgulik,
zamonaviylik.
Ключевые слова:
фольклор, сказка, жанр, оживление, народность, сюжет,
искусство, добро, добро, современность.
Key words:
folklore, fairy tale, genre, revitalization, nationality, story, art, goodness,
goodness, modernity.
Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek, o‘zbeklarda ham
eng ommaviy janrlardan biri sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz
tomonidan sevib aytib kelingan. Ularning juda qadim zamonlardan yaratilganini “ertak”
atamasining Mahmud Koshg‘ariy tomonidan yozilgan “Devonu lug‘oti-t-turk” asarida “etuk”
tarzda qo‘llanganidan bilsa bo‘ladi: “Etuk – hikoya, ertak; biror maqsadni shohga bildirish,
hikoya qilish uchun ham bu so‘z qo‘llanadi. Asli bir narsani hikoya qilishdan olingan
. Bu
janrning qadimiyligini qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa bir qator turkiy xalqlar oilasiga
kiruvchi millatlar og‘zaki ijodida ham ertak deb atalishi, isbotlashi mumkin. Shuningdek, miflar,
afsona, rivoyatlar haqida fikr yuritganimizda, diffuzion jarayonning keyingi bosqichi ertak
ekanligini eslatib o‘tganmiz. Demak, agar xalqimiz og‘zaki ijodini qadimgi qadriyatlar sifatida
e’zozlasak, bu xazinaning noyob durdonasi sifatida hech ikkilanmay ertaklarni qayd etish
mumkin ekan. Faylasuf I.A.Ilin ta’biri bilan aytganda, “ertak – bu odamlarning eng birinchi, din
paydo bo‘lgunga qadar mavjud bo‘lgan ilk falsafasi, ularning erkin afsonaviy obrazlar orqali va
badiiy shaklda bayon qilingan hayot falsafasidir”
. Har bir davr o‘ziga xos ertaklarni yaratdi.
Inson munosabatlarining xilma-xilligi ularda muhrlangan.
Ertak terminini O‘zbekistondagi hamma viloyatlar aholisi juda yaxshi bilsa-da, bu janrga
oid asarlar turlicha hududlarda turlicha atalgan. Xususan, toshkentliklar “cho‘pchak”,
farg‘onaliklar “matal”, xorazmliklar “varsaqi”, o‘zbek va tojik tilida so‘zlashuvchi
vatandoshlarimiz “ushuk” tarzda atashgan. Bulardan tashqari jonli so‘zlashuvda ba’zan afsona,
o‘tirik, tutal atamalari ham uchraydi. Hatto hazrat Alisher Navoiy ham g‘azallaridan birida
“cho‘pchak” so‘zini qo‘llaganlar:
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo‘lg‘ay,
Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu kelturur cho‘pchak .
Ayni paytda baytdagi “uyqu” so‘ziga e’tibor bering. Ma’lum bo‘ladiki, oqshom payti
bolalarni uxlatishda ertakning sehrli ta’sir kuchidan bugungi kunda foydalanar ekanmiz, bu
19
Қошғарий Маҳмуд. Девону луғотит турк. Биринчи том. – Тошкент: ЎзФА нашриёти,
1960. – C. 98.
20
Ильин И.А. Одинокий художник / Сост. предисл. и примеч. В.И. Белов. – Москва:
Искусство, 1993. – C. 240.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
148
Samarkand State Institute of Foreign Languages
an’ana ham bejiz paydo bo‘lmaganini qayd etamiz. Darvoqe, H.Olimjonning 1937-yilda yozgan
“Oygul bilan Baxtiyor” ertagini eslashimiz ham o‘rinli:
Болалик кунларимда,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko‘p ertak eshitgandim,
So‘ylab berardi buvim.
Esimda o‘sha damlar,
O‘zi uchar gilamlar,
Tohir-Zuhra, Yoriltosh,
Oyni uyaltirgan qosh
.
Shoir doston boshlanishida (dostonning bosh mazmuni ham “Ozoda chehra” ertagiga
asoslanishini ta’kidlash mumkin) xalq ertaklari jozibasini shoirona kashfiyotlar bilan yoritib
bergan. Bu misralarda “Tohir va Zuhra”, “Yoriltosh” ertaklarining nomi tilga olinishidan
tashqari “o‘zi uchar gilamlar”, “oyni uyaltirgan qosh”lar, “beqanot uchgan otlar”, “so‘ylaguvchi
devorlar”, “bola bo‘p qolgan chollar” sanab o‘tiladi. Haqiqatan ham, “Oygul bilan Baxtiyor”
adabiy ertagini yozishda shoirga xalq ertaklarining sirli olami ilhom bag‘ishlagan va Hamid
Olimjon o‘z o‘quvchisiga bu ilhom izohini go‘zal so‘zlar bilan yetkazishga harakat qilgan.
Yuqorida keltirgan fikrlarimiz xalq ertaklarining haqiqiy so‘z san’ati sifatida qadimdan yashab
kelayotganini, xalq hayotida ularda tasvirlangan olam muayyan ahamiyat kasb etganini dalillaydi.
Xalq og‘zaki ijodi xalqning hayotiy tajribasidan, kuzatishlaridan dunyoga keladi. Uning
mohiyatida inson taqdiri, xalq taqdiri mujassam. Bu kuzatishlar doimo ibratga ega, tarbiyaviy
ahamiyatga molik. Mana shunday tasvirlar hayot materiallaridan olingan.
Shu ma’noda ertak janri avvalo yosh avlodni kamolot sari yetaklashi bilan birga,
dunyoqarashini shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Xullas, eng qadimiy ertak syujetlari
zamonaviy ertaklar yoki badiiy asarlar uchun manba bo‘lgani kabi, ularning sal o‘zgartirilgan
shakllari butunlay boshqa-boshqa bo‘lgan xalqlarning adabiyotida mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Қошғарий Маҳмуд. Девону луғотит турк. Биринчи том. – Тошкент: ЎзФА
нашриёти, 1960. – C. 98.
2. Ильин И.А. Одинокий художник / Сост. предисл. и примеч. В.И. Белов. – Москва:
Искусство, 1993. – C. 240.
3. Abdusalamovna, X. M. (2024). ERTAK JANRIDA AYOL IJODKORLIGI. Innovation:
The journal of Social Sciences and Researches, 2(1), 80-82.
4. Hamid Olimjon. Oygul bilan Baxtiyor. Dostonlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1999. – B.33.
5. Шомуродова, Ш. Ж., Назарова, Н. Б., & Акрамова, К. (2020). Barriers of teaching
foreign languages in junior classes. Евразийский научный журнал, (6), 63-65.
6. JAHONOVNA, S. S., FURQATOVNA, S. Y., & QIZI, X. Z. X. Make Use of
Interactive Forms and Methods in Teaching a Foreign Language. JournalNX, 6(11), 260-263.
7. Шомуродова, Ш. (2018). Роль инновационных технологий в широкомасштабной
реформации образовательного процесса. Иностранная филология: язык, литература,
образование, 3(2 (67)), 30-33.
8. Jahonovna, S. S. (2022). FEATURES OF SEMANTIC AND STYLISTIC
TRANSFORMATIONS OF STABLE WORD COMBINATIONS. International Journal of Early
Childhood Special Education, 14(7).
9. Jahonovna, S. S., & Avazbekovna, I. M. (2024). The importance of terminology in the
study of specialized language. Science and innovation, 3(Special Issue 19), 279-282.
21
Hamid Olimjon. Oygul bilan Baxtiyor. Dostonlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1999. – B.33.
