ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
654
Samarkand State Institute of Foreign Languages
KADZUO ISIGURO DISTOPIK ASARLARIDA EVFEMIZMLARNING BADIIY
FUNKSIYASI
Sohiba Begmatova
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqola zamonamizning mashhur adibi Kazuo Ishiguroning
distopik romanlarida evfemizmlarning qo‘llanilishiga bag‘ishlanadi. Tadqiqotning asosiy
maqsadi yozuvchining ushbu badiiy usuldan qanday foydalanganini tahlil qilish hamda
evfemizmlarning asarlardagi o‘rni va badiiy funksiyasini o‘rganishdan iborat.
Kalit so‘zlar:
Kadzuo Isiguro, evfemizmlar, syujet, distopiya, umumbashariy mavzular,
salbiy voqelik, ijobiy ma’no.
Yozuvchining mahorati so‘zlarga jon baxsh etadi. Shuni unutmaslik joizki, so‘z o‘z
o‘rnida ishlatilsagina so‘zning “yuragi” ura boshlaydi. Birgina kerakli o‘rinda ishlatilgan so‘z
voqeani, qahramonning ichki olamini jonlantirib yuboradi. Yozuvchi hayotni xarakterlar va
manzaralar vositasida aks ettirar ekan, jonli xalq tili boyliklaridan ham, adabiy til normalaridan
ham keng foydalanadi. <.....> Yozuvchi asarning mavzusi, voqealarning mohiyati va
personajlarning xarakteriga qarab, so‘z va iboralar tanlaydi, gap qurilishi usullaridan,
dialektlardan, inversiya, arxaizm, neologizm, jargon va boshqa leksik resurslardan foydalanadi
Darhaqiqat, yozuvchi o‘z asari shakllanib, adog‘iga yetgunga qadar qahramonlari dunyosi bilan
yashaydi va ularning o‘y-xayollarini kitobxonga yetkazish uchun zargarona mohirlik bilan
so‘zlarni saralaydi. Tadqiqot davomida Kadzuo Isiguro asarlarida evfemizmlarning mahorat
bilan qo‘llanilishi aniqlandi. Tadqiqotning ushbu qismida adibning distopik asarlarida
evfemizmlarning qo‘llanilishi va ularning asar jozibadorligini ta’minlashidagi vazifasi haqida
so‘z yuritiladi.
Shvetsiyalik tadqiqotchi Gabriyella Griffin e’tiroficha, “Kadzuo Isiguroning “Meni
qo‘yib yuborma” asari ilmiy aralashuvlar yoki tibbiy muolajalar haqida batafsil ma’lumotlarni
taqdim etishga e’tibor qaratmaydi. Asarda kitobxon e’tiborini ilmiy jarayonga jalb qiladigan
laboratoriyalar, oq xalatli shifokorlar yoki tibbiyotga doir tasvirlar tafsilotlari yo‘q. Ilmiy
amaliyotni amalga oshirish sifatida fan bilan shug‘ullanmaydi, lekin bir jihat borki, muallif
ko‘taradigan muammolar jarayon sifatida emas, balki ta’sir sifatida ushbu amaliyot bilan
chambarchas bog‘liq
”. “Meni qo‘yib yuborma” romanida ilmiy fantastika yoki distopiya
asarlarida keng qo‘llaniladigan, o‘z ilmiyligiga ishora qilish uchun ixtiro qilingan maxsus
lug‘atdan yoki neologizmlardan foydalanilmaydi. Bu esa atrof-muhit, ilm-fan o‘zgarishlarini
aniqlaydigan mutaxassis bilimlarini, jarayonlarni ifodalovchi neologizmlardan voz kechishga
sabab bo‘lgan. Adib distopik asarlarida har qanday salbiy ma’noni anglatuvchi so‘z va holat
uchun maxsus “yumshoq so‘zlar” lug‘atidan foydalangan.
Adabiyotshunoslikda “Evfemik ma’no anglashilgan so‘zlar va iboralar
adabiyotning qadim adiblari, jumladan, Demokrit, Arastu va Aflotun davrida ham qiziqish
uyg‘otgan”
, degan muhim qarash bor. Lekin N. Potapova: “Evfemizmlar dastlab XII-XV
asrlarda ingliz tilida paydo bo‘ldi va so‘ngra fransuz madaniyatiga ko‘chdi. Bu hodisalar o‘z
navbatida tilda aks-sado berdi”
, degan ilmiy qarashni ilgari suradi. So‘zlarga qo‘shimcha
ohang berish, ularni sayqallash o‘quvchiga asar obrazlarini talqin qilishda va ularning ruhiyatini
56
Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Т.: Ўзбекистон, 2002. – Б.158.
57 Gabriele G. Science and the Cultural Imaginary: the Case of Kazuo Ishigoro`s Never Let Me Go. Textual
Practice 23(4), 2009., 653.
https://doi.org/10.1080/09502360903000570
58 Античная теория языкознания и стиля. Под. Ред. О.М. Фрейденберга. – СПБ.Питер, 1996.
59 Потапова Н.М. Краткий обзор некотроых исследование эвфемизмов. Язык, сознание, коммуникация. – №
34. – М., 2007. – C. 28.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
655
Samarkand State Institute of Foreign Languages
kashf qilishda yordam beradi. Zero, adabiyotshunos olim Bahodir Karim e’tirof etganidek,
badiiy ijodda topilgan va o‘rnida ishlatilgan bitta noyob so‘zning quvvati ham yozuvchi
mahoratidan darak beradi
. Evfemizm atamasi grek tilidan olingan bo‘lib, ko‘pchilik mualliflar
fikriga ko‘ra, noo‘rin birlikning o‘rinli birlikka almashinuvi sifatida qaraladi
. Evfemizm
hodisasini o‘rgana turib, albatta, uning kelib chiqishi bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy muhitni
inobatga olish kerak
.
Tadqiqotchi Virdjiniya Yeng o‘zining
“Kadzuo Isiguroning “Meni qo‘yib yuborma”
romanida o‘lim va xotira”
nomli ilmiy maqolasida adibning asardagi evfemizmlarni qo‘llash
madaniyatiga izoh berar ekan, jumladan, shunday deydi: “
Kadzuo Isiguroning ushbu romanida
evfemizmlar ikki yirik vazifani bajaradi: ular, avvalo, klonlash korxonasini niqoblash uchun,
qolaversa, o‘lim bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu bilan
birgalikda, insonlarning o‘lim va unga bog‘liq tushunchalar haqida so‘zlash tarzini aks ettirib,
asarda o‘lim, vafot etish g‘oyalarini ifodalash uchun ijobiy, jarangdor so‘zlarni qo‘llaydi
”
Darhaqiqat, “Meni qo‘yib yuborma” asarida ilmiy uslubga xos so‘zlarning qo‘llanilishi
kuzatilmaydi. Vaholangki, biz bilgan va o‘qigan distopik adabiyotlarda ilmiy til bilan birgalikda
neologizmlar ham qo‘llanilganligining ko‘p bora guvohi bo‘lganmiz. Kadzuo Isiguro buning
o‘rniga asarning birinchi sahifasidayoq tibbiy tilga ishora berish maqsadida “g‘amxo‘r” va
“xayriyachi” so‘zlarini qayta-qayta ishlatadi.
Muallifning “Meni qo‘yib yuborma” romanining dastlabki satrlari o‘quvchiga unchalik
ham tushunarli bo‘lmagan roviy xotiralari bilan boshlanadi. Bu o‘rinda adib asar qahramoni Keti
X.ning hikoyasida bir nechta evfemizmlarni o‘z o‘rnida mahorat bilan qo‘llagan: – “
My name is
Kathy H. I’m thirty-one years old, and I’ve been a carer now for eleven years.That sounds long
enough, I know, but actually they want me to go on for another eight months, until the end of this
year
”
. Bu yerda e’tiborimizni tortgan birgina
“carer”
so‘zi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak,
ingliz tilining izohli lug‘atlarida
“carer
” so‘ziga “g‘amxo’r”, “vasiy”, “qarab turuvchi” va
“enaga” ma’nolari anglashilgan izohlar berilgan. Tabiiyki, kitobxon asarning mutolaasi
davomida asarning boshida keltirilgan
“carer”
so‘zi o‘z o‘rnida emas, balki evfemik ma’no kasb
etganining guvohi bo‘ladi. Keti X.ning vazifasi o‘n bir yil davomida o‘z tana a’zolarini
bosqichma-bosqich boshqa tirik insonlarga berayotgan klonlarga ruhiy madad berish edi.
Klonlarni keyingi bosqich donorlik operatsiyalariga tayyorlash va oradagi vaqt masofasini ular
bilan birga o‘tkazish bo‘lgan. Asarda
“carer”
so‘zidan tashqari
“donation” –
“xayriya”,
“complete” –
“tugash”,
“normals” –
“oddiylar”,
“possibles” –
“ehtimollar”
, “veterans” –
“faxriylar”,
“unzipping” –
“ochish” kabi evfemik ma’no kasb etuvchi so‘zlarni uchratish
mumkin.
“Donation”
ya’ni “xayriya” so‘zi organlarning majburiy ko‘chirib o‘tkazishni anglatadi
va klonlar uchinchi, ba’zi hollarda to‘rtinchi “xayriya” jarayonidan so‘ng vafot etishadi.
Atoqli tilshunos A. Omonturdiyevning talqinicha, evfemizmlar tushunchaning salbiy
mohiyatini, xossasini to‘la yashira olmaydi – xotiradan bartaraf qilolmaydi”
. Darhaqiqat,
so‘zlovchi salbiy ma’no anglatuvchi so‘z yoki jumlaga qanchalik ko‘rkam lisoniy libos
60 Карим Б. Сўз сўйлашда ва улардан жумла тузишда узоқ андиша керак. Абдулла Қодирийнинг ўзбек
тилига доир қарашлари.
https://daryo.uz/k/2021/04/10/soz-soylashda-va-ulardan-jumla-tuzishda-uzoq-andisha-
kerak-abdulla-qodiriyning-ozbek-tiliga-doir-qarashlari/
(murojaat sanasi 17.08.2022)
61 Кадирова Х. Абдулла Қодирийнинг эвфемизм ва дисфемизмдан фойдаланиш маҳорати. Филол. фан. фалс.
д-ри ( PhD) ...дисс. – Тошкент, 2011. – Б. 27.
62 Крысин Л.П. Эвфемизмы в современной русской речи. Русский язык конца столетия. – Москва.: ЭКСМО,
1996. – 432 с.
63
Virginia Yeung. Mortality and Memory in Kazuo Ishiguro’s Never Let Me Go .Transnational Literature Vol.9 no. 2,
May 2017. – P.2.
http://fhrc.flinders.edu.au/transnational/home.html
) (murojaat sanasi 17.10.2022)
64
Tarjima: Mening ismim Keti X. va yoshim o‘ttiz birda. Men o‘n bir yildan beri g‘amxo‘r bo‘lib ishlab kelmoqdaman.
Bilaman, bu anchayin uzoq muddat, lekin ular meni yil oxirigacha yana sakkiz oy ishlashimni xohlashayapti. (Tarjima
muallifga tegishli) Ishiguro K. Never Let Me Go. – London: Faber and Faber, 2005. – P.3.
65 Омонтурдиев А. Ўзбек нутқининг эвфемик асослари. – Т.: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси
нашриёти, 2000. – Б.12-14.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
656
Samarkand State Institute of Foreign Languages
kiydirishga harakat qilmasin, u so‘zning asl mazmun-mohiyat anglatuvchi ma’nosidan voz kecha
olmaydi. Asarda “o‘lim” ma’nosini anglatuvchi
“complete”
so‘zi olimni yuqorida bergan
izohining yaqqol isbotidir:
.... after the fourth donation, even if you've technically completed,
you're still conscious in some sort of way; how then you find there are more donations, plenty of
them, on the other side of that line; how there are no more recovery centres, no carers, no
friends; how there's nothing to do except watch your remaining donations until they switch you
off. It's horror movie stuff, and most of the time people don't want to think about it.
Asarda
“vafot etish” degan jumlani uchratmaymiz, buning o‘rniga
“complete”
ya’ni
“tugamoq”,
“tugallanmoq”
so‘zlari ishlatilgan. Bunday evfemizmlar o‘lim tushunchasi bilan chambarchas
bog‘liq, zero klonlash insonning o‘limini nazorat qilish istagidan kelib chiqqan fandir
Rus adabiyotshunosi V. Vinogradov ta’kidlaganidek, “
Ba’zan bunday turdagi sirli
noaniqlik oxirigacha oshkor etilmaydi. Bu ifoda etilmagan, ammo noaniq taxmin qilingan yoki
yaxshiroq, oldindan aytib bo‘ladigan ma’nodan olingan hissiy taassurotlarning keskinligiga
tayanadi ... Ko‘rinib turibdiki, bunday hollarda ataylab umumiyligi tufayli eng sodda va chuqur
ahamiyat kasb etmaydigan so‘zlar tanlanadi
. Tibbiy terminlarning ko‘p qo‘llanilmaganini
Isiguroning badiiy uslubiga oddiylik nuqtayi nazaridan izohlash mumkin. Bu, o‘z navbatida,
kitobxon tushunishidagi har qanday qiyinchilikni bartaraf etadi. “Meni qo‘yib yuborma”
romanidagi “oddiylar” –
“normals”
, “ehtimollar” –
“possibles”
kabi evfemik ma’no kasb
etuvchi so‘zlar shular jumlasidandir.
Muallif
“normals” e
vfemizmini klonlarning aksi sanalmish jamiyatda yashovchi
boshqa oddiy insonlarga nisbatan qo‘llagan va bu so‘zlar esa o‘z o‘rnida asar qahramonlarining
maxsus lug‘atiga aylangan:
Someone else said what we had to remember was that the guardians
were “normals
”
. Ko‘rinib turibdiki, asar qahramonlari o‘zlarining jamiyatning boshqa
insonlaridan farq qilishlarini ong-shuuri bilan anglab turibdi va shu bois “oddiylar” jamoasining
hayoti, turmush tarzi ularda har doim ulkan qiziqish uyg‘otadi.
“Meni qo‘yib yuborma” romanidagi yana bir
“possibles”,
ya’ni “ehtimollar” evfemizmi
borki, klonlar bu so‘zni o‘zlarining asliyati xususida so‘zlaganlarida qo‘llashadi. Asar
qahramonlari bu yorug‘ olamga kimningdir hujayrasidan namuna sifatida olinib, so‘ngra
yaratilganliklarini, o‘sha kimdir hozir ham qayerdadir yashayotganligini idrok etishadi. “
The
basic idea behind the possibles theory was simple, and didn't provoke much dispute. It went
something like this. Since each of us was copied at some point from a normal person, there must
be, for each of us, somewhere out there, a model getting on with his or her life. This meant, at
least in theory, you'd be able to find the person you were modelled from. That's why, when you
were out there yourself–in the towns, shopping centres, transport cafés–you kept an eye out for
“possibles”– the people who might have been the models for you and your friends”
. Asarda
klonlar shahar markazidagi ofislarning birida Rutning “ehtimol”ini ko‘rganliklarini va Rut iloji
66
Tarjima: ...agar siz tugagan bo‘lsangiz ham, to‘rtinchi “xayriya”dan keyin tanangizning qaysidir qismi uyg‘oq
bo‘lib turadi. Bunday holda navbatdagi “xayriya”lar birin-ketin davom etadi va bu hollarda sizga hech qanday
g‘amxo‘rning, reabilitatsiya markazining yoki hamrohning keragi yo‘q. Siz bu jarayonlarni butunlay
tugamaguningizga qadar kuzatib yotaverasiz. Bu qo‘rqinchli kinoga o‘xshaydi va ko‘pchilik bu haqida umuman
o‘ylashni ham xohlamaydi
.
(Tarjima muallifga tegishli) Ishiguro K. Never Let Me Go. – London: Faber and Faber,
2005. – P. 274.
67 Yeung V. Mortality and Memory in Kazuo Ishiguro’s Never Let Me Go. Transnational Literature Vol. 9 no. 2,
May 2017.
http://fhrc.flinders.edu.au/transnational/home.html
(murojaat sanasi: 17.10.2022)
68
Виноградов В.В. Поэтика русской литературы. – М.: “Наука”, 1976. – С. 447.
69
Tarjima: “Kimdir o‘qituvchilarimiz “oddiylar”lardan bo‘lganliklarini eslab ko‘rishimizni aytdi.” (Tarjima muallifga
tegishli) Ishiguro K. Never Let Me Go. – London: Faber and Faber, 2005. – P. 94.
70
Tarjima: Ehtimollar g‘oyasi ortidagi asosiy fikr oddiy va ko‘p tortishuvlarga ham sabab bo‘lmas edi. Buni mana
bunday tushuntirsa ham bo‘ladi. Har birimizga o‘z vaqtida oddiy odamdan nusxa ko‘chirilgan va u odam qayerdadir
o‘z hayotini davom ettirayotgan bo‘lishi kerak. Bu esa nazariy jihatdan, sizga nusxa olingan odamni topishingiz
mumkinligini anglatadi. Shuning uchun siz o‘zingiz tashqarida bo‘lganingizda, ya’ni shaharlarda, savdo markazlarida,
transport, kafelarida siz va do‘stlaringiz uchun namuna bo‘lishi mumkin bo‘lgan “ehtimollar”ni kuzatib yurasiz.
(Tarjima muallifga tegishli) Ishiguro K. Never Let Me Go. – London: Faber and Faber, 2005. – P. 137.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
657
Samarkand State Institute of Foreign Languages
boricha tezroq borib, u ayol bilan tanishishi lozimligi uqtirishadi. Rut ham, o‘z navbatida uning
“ehtimol”i chiroyli va shinam ofisda ishlashi muqarrar ekanligini, chunki o‘zi ham bir umr ana
shunday ofislarning birida xodim bo‘lib ishlash orzusida ekanligiga, bu esa Rut va uning asliyati
orasida o‘ta yaqinlik borligiga ishora beriladi. Afsuski, qizning quvonchi uzoqqa cho‘zilmaydi
va o‘z “ehtimol”i deb o‘ylagan ofis xodimasi shakl-u shamoyil jihatidan unga o‘xshamasligini,
ular orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qligini tushunadi.
“He'd shown us a list of chores when we'd first arrived, and the students who were
already there–“the veterans,” as Hannah called them–had long since worked out a rota which
we kept to conscientiously. There really wasn't much else we could do other than report leaking
gutters and mop up after floods”
. Asarda
“the veterans”
– “faxriylar”, “yoshi kattalar”,
“tajribalilar” ma’nolarini anglatib, yetarlicha g‘amxo‘rlik qilib faoliyat yuritgan va donorlik
vaqti yetib kelgan klonlarga nisbatan ishlatiladi. Ularni oldinda bosqichma-bosqich davom
etadigan jarrohlik operatsiyalari, va nihoyat o‘lim kutib turipti.
A.M. Kasayevning fikriga ko‘ra, evfemiyadagi uyushmalar tashkil etish jarayoni
quyidagicha bo‘ladi: qo‘rquv, jirkanish yoki uyat ta’sirida ma’ruzachi u yoki bu denotatsiyani
(obyekt yoki hodisani) bevosita ifodalashdan qochadi. Chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri denotat o‘ziga
mos keladigan denotat bilan shunchalik chambarchas va odatiy bog‘langanki, u so‘zlovchi yoki
tinglovchida denotat bilan bir xil tuyg‘ularni uyg‘otadi. Shuning uchun ularni yumshatish uchun
boshqa belgidan foydalanish kerak. Bunday ifoda turi bir darajada yoki boshqa darajada
chalg‘ituvchi kuchga ega bo‘lsa, o‘z maqsadiga erishgan hisoblanadi, ya’ni nutq harakati
ishtirokchilari ongida taqiqlangan doiradan tashqaridagi denotativ belgilar bilan bog‘lanish
yuzaga keladi
. “Meni qo‘yib yuborma” romanida qo‘rquv va jirkanish ma’nosini anglatuvchi
evfemizmlardan yana biri
“unzipping”
so‘zidir:
Tommy never liked it much when the unzipping
stuff came up again, but by then the days of his being teased were past and no one connected the
joke with him anymore. It was just done to get a laugh, to put someone off their dinner – and, I
suppose, as some way of acknowledging what was in front of us. And this was my original point.
By that time in our lives, we no longer shrank from the subject of donations as we'd have done a
year or two earlier; but neither did we think about it very seriously, or discuss it. All that
business about “unzipping,” that was typical of the way the whole subject impinged on us when
we were thirteen
. Asardagi “ochish” evfemizmi klonlarning ichki tana organlarini boshqa
insonga ko‘chirish uchun tibbiy jarrohlik vositasida tanani kesish va ochish jarayonini tasvirlash
uchun ishlatilgan. E’tirof etish zarurki, Kadzuo Isiguro asarning mazkur dahshatga to‘la qismida
“unzipping
” so‘zini ishlatish bilan chegaralandi. So‘zning ma’nosi qanchalar fojiaviy ma’no
kasb etishini kitobxon asar qahramonlarining ruhiy kechinmalarini ifodalagan badiiy tasvir
vositalari orqali anglaydi
.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki distopik romanlarida evfemizmlar badiiy ifoda vositasi
sifatida muhim rol o‘ynaydi. Ular haqiqatni yumshatib, qahramonlarning og‘riqli va fojiali
71
Tarjima: Biz bu yerga birinchi kelganimizda u bizga uy ishlari ro‘yxatini ko‘rsatdi. Xannaning tili bilan aytganda,
“faxriylar” deb ataluvchi talabalar bu yerdagi kun tartibini allaqachon ishlab chiqishgan edi. Biz bu kun tartibiga
vijdonan amal qildik. Aslini olganda, sizib chiqayotgan suv haqida ma’lumot berishdan yoki suvdan qolgan izni
tozalashdan bo‘lak boshqa ishimiz yo‘q edi. (Tarjima muallifga tegishli) Ishiguro K. Never Let Me Go. – London:
Faber and Faber, 2005. – P.114.
72
Кацаев А.М. Эвфемизмы в современном английском языке: Автореф.дис...канд.филол.наук. – Л., 1977. –
C.16.
73 Tarjima: Tommiga “ochish” voqeasi bilan bog‘liq hikoya yoqmas edi, ayniqsa uni o‘sha hazil bilan jahlini
chiqarganlaridan keyin bu masalada hech kim Tommi bilan gaplashishga haddi sig‘madi. Bu hazil kimnidir kutib
turgan muqarrar azobdan chalg‘itish uchun qilinganligi aniq. O‘ylashimcha bu bizni kelajakda nima kutib
turganligini anglatish usuli ham edi. Bu – mening asl nuqtayi nazarim. Hayotimizning o‘sha davri kelib, biz baribir
xayriya mavzusidan chekinmadik. Lekin oldingidek bu haqida jiddiy o‘ylamas yoki muhokama qilmas edik. Ammo
“ochish” mavzusi o‘n uch yoshligimizda bizga qanday ta’sir qilgan bo‘lsa, hozir ham shunday ta’sir qiladi. (Tarjima
muallifga tegishli) Ishiguro K. Never Let Me Go. – London: Faber and Faber, 2005. – P.86.
74
Begmatova S.M. Kadzuo Isiguroning “Meni qo‘yib yuborma” distopik romanida evfemizmlar va ularning asar
mohiyatini ochishdagi roli // Ilm sarchashmalari. – Urganch, 2023. – №2. – В. 152-155. (10.00.00. № 3)
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
658
Samarkand State Institute of Foreign Languages
taqdirlarini yanada ta’sirliroq ifodalashga xizmat qiladi. Adib bu usul orqali distopik dunyolarini
yanada real va ta’sirchan tarzda yaratadi. Shu bois, uning asarlarida evfemizmlar nafaqat til
bezagi, balki hayotiy haqiqatlarni fosh etuvchi kuchli badiiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Античная теория языкознания и стиля. Под. Ред. О.М. Фрейденберга. – СПБ.Питер,
1996.
2.
Begmatova S.M. Kadzuo Isiguroning “Meni qo‘yib yuborma” distopik romanida
evfemizmlar va ularning asar mohiyatini ochishdagi roli // Ilm sarchashmalari. – Urganch, 2023.
– №2. – В. 152-155. (10.00.00. № 3)
3.
Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Т.: Ўзбекистон, 2002. – Б.158.
4.
Виноградов В.В. Поэтика русской литературы. – М.: “Наука”, 1976. – С. 447.
5.
Gabriele G. Science and the Cultural Imaginary: the Case of Kazuo Ishigoro’s Never Let
Me Go. Textual Practice 23(4), 2009., 653.
https://doi.org/10.1080/09502360903000570
)
6.
Кадирова Х. Абдулла Қодирийнинг эвфемизм ва дисфемизмдан фойдаланиш
маҳорати. Филол. фан. фалс. д-ри ( PhD) ...дисс. – Тошкент, 2011. – Б. 27.
7.
Карим Б. Сўз сўйлашда ва улардан жумла тузишда узоқ андиша керак. Абдулла
Қодирийнинг ўзбек тилига доир қарашлари. https://daryo.uz/k/2021/04/10/soz-soylashda-va-
ulardan-jumla-tuzishda-uzoq-andisha-kerak-abdulla-qodiriyning-ozbek-tiliga-doir-qarashlari/
(murojaat sanasi 17.08.2022)
8.
Крысин Л.П. Эвфемизмы в современной русской речи. Русский язык конца
столетия. – Москва.: ЭКСМО, 1996. – 432 с.
9.
Омонтурдиев А. Ўзбек нутқининг эвфемик асослари. – Т.: Абдулла Қодирий
номидаги халқ мероси нашриёти, 2000. – Б.12-14.
