ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
609
Samarkand State Institute of Foreign Languages
CHET TILINI O`RGANISH METODIKASI. SAMARALI YONDASHUVLAR VA
INNOVATSION USULLAR
Abruyeva Malika Zafarovna
SamDChTI o’qituvchisi
Kamoljonova Farangiz Askarovna SamDChTI talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada chet tilini samarali va osson o`rganish metodikalariga oid
innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Lingvistika, pedagokika va psixalogiya fanlari doirasida
samaradorligi isbotlangan usullar ko`rib chiqiladi. Xususan, komnikativ metod, mnimonik
usullar, interfaol texnologiyalar va sun`iy intellektdan foydalanish kabi dolzarb yondashuvlar
muhokama qilinadi. Maqola til o`rganuvchilar va o`qituvchilar uchun amaliy tavsiyalarni o`z
ichiga oladi. Ya`ni Pedagokika texnologiya va til o`rganishning kesishishini o`rganib chet tillarni
o`rganish samaradorligi va innovatsion yondashuvlarni o`z ichiga olishning ahamiyatini ochib
beradi.
Kalit so`zlar
: Chet tilini o`rganish, innovatsion yondashuvlar, axborot texnologiyalari, til
o`rganish metodologiyasi, online platformalar, til o`rganish uchun ilovalar,komunikativ metod,
mnimonik usullar, interfaol texnologiyalar, suniiy intelekt.
Bugungi globallashuv jarayonida chet tilini o`rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
ko`plab insonlar uchun til o`rganish uzoq va murakkab jarayon sifatida qabul qilinadi. Biroq
zamonaviy metodikalar va texnologik yutuqlar bu jarayonni sezilarli darajada axbarot
texnologiyalardan foydalanishda turli xil innovatsion yondashuvlar va ular bilan bog`liq
muamolar o`z imkoniyatlar ko`rib chiqiladi. Ushbu maqola til o`rganuvchilar orasida tilni
o`zlashtirish madaniy xabardorlik va komunikativ malakani oshirish uchun axborot
texnologiyalardan foydalanishning o`zgaruvchan sohasini ochishga qaratilgan.
Chet tilini o`rganishda asosiy metodik yondashuvlar:
1.1 Komunikativ metod
Til o`rganishda eng samarali yondashuvlardan biri bu komunikativ metod hisoblanadi.
Ushbu usulning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.
Tilni real hayotiy vaziyatlarda qo`llash interektiv suhbatlar, rolli o`yinlar va simulyalardan
foydalanish.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, komunikativ metod yordamida til o`rganish tezligi an`anaviy
gramatik yondashuvlarga qaraganda yuqoriroq bo`ladi.
1.2 Mnimonik usullar va vizual yondashuv
So`z boyligini tez o`rganish uchun mnimonik metodlar keng qo`laniladi. Bunga
quyidagilar kiradi. Assotsiativ yondashuv- yangi so`zlarni ma`lum bir tasvir, ovoz yoki vaziyat
bilan bog`lash.
Lug`aviy kartochkalar [flashcards] so`zlarni vizual ravishda yodlash. ]
Fonik metod – so`zlarning talaffuzini fonetik bog`lash orqali eslab qolish. Tadqiqotlar shuni
ko`rsatadiki vizual va eshitish vositalari yordamida o`rganilgan so`zlar uzoq muddatli xotirada
yaxshiroq saqlanadi.
2.Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion usullar
2.1 Suniy intelekt va interaktiv vositalar – So`ngi yillarda sun`iy intelekt va interfaol
texnologiyalar til o`rganish jarayonini yanada ossonlashtiradi.
Masalan; Mobil ilovalar
[Duolingo, Memrise, Anki] foydalanuvchilarga so`zlarni takrorlash va o`rganish imkoniyatini
beradi. Chatbot va virtual suhbatdoshlar foydalanuvchilarga chet tilida muloqot qilish uchun real
vaqt rejimida yordam beradi.
Talaffuzni yaxshilash dasturi [Elsa speak, speeching] Chet tilida so`zlashuv ko`nikmalarini
rivojlantirishda qo`l keladi.
2.2 Immersion [tilga sho`ng`ish] metodi – Ushbu usul chet tilini tabiiy muhitda
o`rganishni nazarda tutadi. Tilga sho`ng`ish quyidagi ussular orqali amalga oshirilishi mumkin.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
610
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Chet el filmlarini orginal tilda tomosha qilish, chet tilida podkast va avidio kitoblar tinglash til
amaliyotiga ega bo`lgan hamkor bilan suhbatlashish.Immersion metodi yordamida til o’rganish
tezligi sezilarli darajada o’sishi mumkin chunki bu yondashuv insonni tabiiy tilde muloqot
qilishga majbur qiladi.
Online platformalarning chet tillarni o`rganishdagi afzalliklari
Online ta`lim texnologiyalarning rivojlanishi chet tillarini o`rganish jarayonini sezilarli darajada
yangilashtiradi. Quyida bunday platformalarning asosiy afzalliklari haqida.
1. Qulaylik va moslashuvchanlik
Online platformalar foydalanuvchilarga istalgan vaqda va joyda til o`rganish imkoniyatini beradi.
An`anaviy darslarga bog`lanmagan holda, har bir kishi o`zining individual jadvali bo`yicha
mashg`ulotlarni rivojlantirishi mumkin.
2. Interaktiv ta`lim usullari
Zamonaviy online platformalar o`yin elementlari, video darslar, avideo materiallar, testlar va
topshiriqlar orqali interaktiv o`rganish imkonini yaratadi. Bu usul vizual va audial eslab qolish
qobiliyatlarini oshirib, tilni o`zlashtirishni tezlashtiradi.
3. Mustaqil o`rganish imkoniyati .
Online kurslar va ilovalar foydalanuvchilarga mustaqil ravishda til o`rganish imkoniyatini beradi.
Bu repetitorga yoki guruh darslariga bog`lanmagan holda, har bir kishining shaxsiy qobiliyatlari
va tezligiga moslashgan holda o`qish imkonini beradi.
Ko`pgina platformalar bepul darslar va resurslarni taklif qiladi. To`lovli kurslar an`anaviy
ta`limga nisbatan arzonroq bo`lib sifat jihatdan yuqori bo`lishi mumkin.
Mashhur online platformalar va ularning o`ziga xosligi.
1.Duolingo
Boshlang`ich va o`rta darajadagi o`rganuvchilar uchun mo`ljallangan bepul interaktiv
ilova. O`yin shaklida o`rganish tizimi orqali tilni osson va qiziqarli o`rganish imkonini beradi.
Lug`at boyligini oshirish va gramatika qoidalarini o`rganishga yordam beradi.
2. Memrise
Vizual va audio materiallar yordamida so`z boyligini oshirishga qaratilgan platforma.
sun`iy intelekt orqali foydalanuvchi xatolarini tahlil qilib, takrorlash tizimini taklif qiladi.
3. Babbel
Til grammatikasini va muloqot ko`nikmalarini o`rgatishga mo`ljalangan dastur. Har bir
foydalanuvchi uchun individual o`quv rejasi ishlab chiqariladi.
Xulosa
Chet tilini o`rganish jarayonini tezlashtirish va yengillashtirish uchun komunikativ metod,
mnimonik usullar, suniy intelekt, online platformalardan foydalanish va imersion kabi
innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish mumkin. Chet tilini o`rganishda
muvoffaqiyat kaliti- doimiy mashg`ulot va to`g`ri tanlangan o`quv metodikasidir. O`rganish
jarayonida muntazamlik motivatsiya va texnologiyalardan to`g`ri foydalanish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Mazkur maqolada tahlil qilingan usullar har bir insonga chet tilini yanada samarali
o`rganish imkoniyatini beradi. Kelajakda bu sohada texnologiyalar paydo bo`lishi kutilmoqda bu
esa til o`rganish jarayonini yanada qulay va samarali qilishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1 Ellis,R [2008]. The study of second language Acquisition.
2 Nation, P [2001] Learning vocobulary in Another language.
3 Do`rnyei,Z[2009] The psychology of second language Aequisition.
4 Brown, H.D [2007] Principles of language Learning and teaching pearson education.
5 Richards,J.C, Rodgers,T,S [2014] Appoaches and methods in language teaching cambridge
University Press.
6 Warschauer, M. Kern,R [2000] Network based language teaching concepts and practice.
Cambridge University press.
7 Bax,S [2003] „call-past, pesent and future,“ System, 31 (1),13-28
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
611
Samarkand State Institute of Foreign Languages
8 Language Learning and texnology John Benjamins Publishing. 9 Dudeney, G,
Hockly,N.(2016) How to teach english with texnology Person Education .
