DEVELOPMENT OF TRANSPORT LOGISTICS SERVICES AT THE EXPORT OF NATIONAL PRODUCTS TO THE FOREIGN MARKET

Abstract

This article researches the importance of developing Transport
logistics services by connecting the Republic of Uzbekistan to international transport
highways, ensuring the transport independence of our country and diversifying external
relations. Recommendations are given on improving the types of clustering when using
the competitive advantages of a particular territory by reducing transaction costs
through the allocation of common resources in interrelated activities for the supply of
national products, simplifying the use of innovative technologies, attracting material
and intangible assets.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
201-207
6

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Akhmedov , Z. (2025). DEVELOPMENT OF TRANSPORT LOGISTICS SERVICES AT THE EXPORT OF NATIONAL PRODUCTS TO THE FOREIGN MARKET. Цифровая экономика, 6(6), 201–207. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/90234
Zokhid Akhmedov , Jizzakh polytechnic institute
Senior teacher
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article researches the importance of developing Transport
logistics services by connecting the Republic of Uzbekistan to international transport
highways, ensuring the transport independence of our country and diversifying external
relations. Recommendations are given on improving the types of clustering when using
the competitive advantages of a particular territory by reducing transaction costs
through the allocation of common resources in interrelated activities for the supply of
national products, simplifying the use of innovative technologies, attracting material
and intangible assets.


background image

201

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

MILLIY MAHSULOTLARNING TASHQI BOZORGA CHIQISHIDA

TRANSPORT LOGISTIKASI XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH

Axmedov Zoxid Sobirovich

Jizzax politexnika instituti katta o‘qituvchisi

zohidjonaxmedov0588@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasini xalqaro transport

magistrallariga ulanishi, mamlakatimizning transport mustaqilligini ta’minlash va
tashqi aloqalarni diversifikatsiya qilish orqali transport logistikasi xizmatlarini
rivojlantirishning ahamiyati tadqiq etilgan. Milliy mahsulotlarni yetkazib berishda
umumiy resurslarni o‘zaro bog‘liq faoliyat bilan taqsimlash, innovatsion
texnologiyalarni qo‘llashni soddalashtirish, moddiy va nomoddiy aktivlarni jalb
etish tranzaksion xarajatlarni kamaytirish orqali ma’lum bir hududning raqobatdosh

ustunliklaridan foydalanishda klasterlash turlarini takomillashtirish boʼyicha

tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: transport xizmatlari, xalqaro bozorlar, logistika, logistik

ta’minot,

transport-logistika infratuzilmasi, logistik klasterlash, logistika

jarayonlarini boshqarish, innovatsion tamoyillar.

РАЗВИТИЕ УСЛУГ ТРАНСПОРТНОЙ ЛОГИСТИКИ ПРИ ЭКСПОРТЕ

ОТЕЧЕСТВЕННОЙ ПРОДУКЦИИ НА ВНЕШНИЙ РЫНОК

Ахмедов Зохид Собирович

Старший преподаватель Джизаксого политехнического института

zohidjonaxmedov0588@gmail.com

Аннотация:

В

данной статье рассматривается важность присоединения

Республики Узбекистан к международным транспортным магистралям,

обеспечения транспортной независимости страны и развития транспортно

-

логистических услуг путем диверсификации внешних связей. Даны

рекомендации по распределению общих ресурсов по поставкам отечественной

продукции при взаимосвязанной деятельности, упрощению

использования

инновационных технологий, привлечению

материальных и нематериальных

активов, снижению транзакционных издержек

и совершенствованию типа

кластеризации в использовании конкурентных преимуществ определенного

региона

.


background image

202

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Ключевые слова:

транспортные услуги, международные рынки,

логистика,

логистическое

обеспечение,

транспортно-логистическая

инфраструктура, логистическая кластеризация, управление логистическими

процессами, инновационные принципы.

DEVELOPMENT OF TRANSPORT LOGISTICS SERVICES AT THE
EXPORT OF NATIONAL PRODUCTS TO THE FOREIGN MARKET

Akhmedov Zokhid Sobirovich

Senior teacher of the Jizzakh polytechnic institute

zohidjonaxmedov0588@gmail.com

Abstract:

This article researches the importance of developing Transport

logistics services by connecting the Republic of Uzbekistan to international transport
highways, ensuring the transport independence of our country and diversifying external
relations. Recommendations are given on improving the types of clustering when using
the competitive advantages of a particular territory by reducing transaction costs
through the allocation of common resources in interrelated activities for the supply of
national products, simplifying the use of innovative technologies, attracting material
and intangible assets.

Key words: transport services, international market, logistics, logistic supply,

transport-logistic infrastructure, logistic clustering, management of logistic processes,
innovative principles.

KIRISH

Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida mamlakatimizning barcha

mintaqalarida avtomobil xizmatlariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Barcha
sohalarda bo‘lgani kabi transport xizmatlari sohasida ham keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda va mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha bir qancha
muvaffaqiyatlarga erishib kelinmoqda.

“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot

Strategiyasining 93-maqsadida ko‘rsatilganidek

1

“Mamlakatning xalqaro

hamjamiyatda teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish, hamkor mamlakatlar va
xalqaro tashkilotlar bilan mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli tarzda
muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, siyosiy,
iqtisodiy hamda madaniy sohalarda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish,

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risida Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).


background image

203

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

etakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik darajaga olib chiqish
hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni
kelishish” mamlakatimizning xalqaro transport magistrallariga ulanishi, transport
mustaqilligini ta’minlash va transport aloqalarini diversifikatsiya qilishga
yo‘naltirilishida alohida o‘rin egallaydi. Milliy mahsulotlarni mintaqaviy va xalqaro
bozorlarga chiqishini ta’minlovchi transport yo‘laklari infratuzilmalarini rivojlantirish
hamda transport xizmatlari ko‘rsatishni talablar darajasida yo‘lga qo‘yish bevosita
transport logistikaga bog‘liq.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasini xalqaro transport magistrallariga

ulanishi, mamlakatimizning transport mustaqilligini ta’minlash va transport
logistikalarini diversifikatsiya qilishga o‘rganishga dialektik va tizimli yondashuv,
kompleks baholash, guruhlash usullaridan foydalanildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Transport logistika xizmatlarining samarali mexanizmlarini takomillashtirish

bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlarini o‘rganish maqsadga muvofiq.
“Ba’zi tadqiqotlarda

2

logistika keng tushuncha ekanligi e’tirof etilib, mutaxassislar

unga turlicha yondashganlar. Qandayligidan qat’iy nazar, uni faqatgina transportda
mahsulot tashish, ortish-tushirish, ombordagi kirim-chiqim hisoblarini yuritishdan
iborat deb tushunmaslik lozim. Negaki, logistika deganda material oqimini birlamchi
manbasidan to oxirgi iste’molchisiga etkazib bergunga qadar tovar harakati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish asosida boshqarish tushuniladi. Shu bois
M.Porter, D.Stok singari mutaxassislar logistika o‘z an’anaviy mohiyatidan allaqachon
chiqib ketganini, korxonalarni strategik boshqarish va rejalashtirishda katta
ahamiyatga egaligini ta’kidlaydilar”.

MDH olimlaridan B.G.Galstyanning ko‘rsatishicha

3

, esa “Transport logistikasi

- bu sanoat logistikasi muayyan texnologiya, ta’minot zanjiridagi marshrutlar va
logistika, texnologik, operatsiyalar, faoliyat va funksiyalardan tashkil topgan transport
vositalari tomonidan mahsulotlarni ko‘chirishdan iborat bo‘lgan tovarlar harakati
jarayonida moddiy oqimlarning ishlashi va boshqarilishi va ularga tegishli ta’minot va
unga aloqador oqimlarni tashkil etish. Ekspeditorlik, yuklarni qayta ishlash, qadoqlash,
mol-mulkka egalik qilish, tahdidlarning oldini olish, xavflarni sug‘urtalash, bojxona
tartib-qoidalari va boshqalar”.

Bu fikrni davom ettirgan D.Bauersoksning fikricha esa

4

, logistika infratuzilmasi

ishlab chiqarish obyektlari, axborot vositalari, transport kompaniyalari va ularning

2

Kalonov M.Transport logistikaning iqtisodiy ahamiyati. T.: Biznes-

ekspert. 2019. №9.

-76.

3

Галстян Б.Г. Транспортная логистика, ее сущность и задачи // Молодой ученый.

2018. № 51 С. 224

-225.

4

Бауэрсокс Д. Логистика. Интегрированная цепь поставок.

М.: Олимп

-

Бизнес, С.75

-76.


background image

204

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

imkoniyatlari, omborxonalar, yuklarni tashish, qadoqlash, inventarizatsiya qilishni
boshqarish, yuklarni yuklash va tushurish terminallari va chakana do‘konlarga
tegishli deb hisoblagan. Logistika infratuzilmasini tashkil etishda ma’lum geografik
joylashuvi bo‘lgan obyektlar, ya’ni ombor kompleslari sonini aniqlash va har bir
joyda saqlanuvchi mahsulot zaxiralarini hisoblash kerak. Shu bilan birga olim,
transport tarmoqlari, transport vositalari va transport kompaniyalarini o‘z ichiga olgan
transoprt logistika infratuzilmasini alohida qayd etib o‘tgan.

Mahalliy olimlardan R.G‘.Samatovning e’tirof etishicha “Mujassamlashgan

logistik ta’minot (LT)ni amalga oshirish logistik jarayon ishtirokchilarining ishlab
chiqarish va xo‘jalik faoliyatining qo‘yidagi shakl va uslublari orqali amalga
oshiriladi

5

: xo‘jalik aloqalarining shakllanish faoliyatini uning mahsulotlarga bo‘lgan

talab va ularni iste’molchilarga etkazib berish faoliyati bilan birgalikda olib borilishi;
tashish jarayonida yuk jo‘natuvchilarni logistik boshqarishni o‘zaro muvofiqlashtirish;
turli xo‘jalik yuritish subyektlari tasarrufida bo‘lgan omborlar va terminallardan
birgalikda tizimli foydalanishda kooperatsiyani amalga oshirish; yuk tashish
jarayonlarini optimal tashkil etish uchun harakat vositalari, texnik-texnologik
elementlar, infratuzilmalar va bu faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar tanlovini
amalga oshirish; mahsulotlar harakatini ta’minlashda o‘zaro mujassamlangan zanjirga
kiruvchi korxonalar faoliyatini iqtisodiy murosaga keltirish orqali birgalikda
qilinadigan xarajatlarni optimal kamaytirish va sinergetik samaradorlikka erishish va
boshqalar”.

“Mamlakatimizda logistik xizmatlar xilma-xilligi bu tarmoq tashkilotlarning

imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini bermoqda. Logistikaning
rivojlanishi avvalombor, avtomobil va temir yo‘llarning rivojlangan tizimi, ularning
samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarini kamaytirishning muhim
sharti va omilidir”

6

. Shu o‘rinda hududlarda transport logistika xizmatlarining tashkil

etilishi sohada oziq-ovqatlar, xom ashyo etkazib beruvchi subyektlarni moliyaviy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va investitsion loyihalarni
moliyalashtirish o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda raqobat muhitini
ta’minlashga erishish lozim.

NATIJALAR MUHOKAMASI

Transport logistikasi sohasida xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish uchun

tarnsport infratuzilmasini takomillashtirish va qulay shart-sharoit yaratish maqsadga
muvofiq. Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, milliy mahsulotlarni mintaqaviy va
xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlashdi transport xizmatlari ko‘rsatishning sifatini

5

Samatov R.Gʻ. “Raqobat muhitida avtomobil transporti logistik tizimi faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi t.f.n. ilmiy

darajasini olish uchun

yozilgan dissertatsiya. Toshkent Avtomobil-yo‘llar instituti. 2012.- 44 b.

6

Nosirova J. O‘zbekistonda logistikaning xizmatining rivojlanishi va istiqbollari. “Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali.

TDIU. № 4, 2016 yil. www.iqtisodiyot.uz

-2 B.


background image

205

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

oshirishga transport logistikasida klasterlashni tavsiya qilamiz. “Logistik klaster”
tushunchasi ilmiy faoliyatning muayyan turiga nisbatan foydalanishda hisobga
olinadi. Bizning fikrimizcha, hududlarda logistik klasterlashtirishni innovatsion
faoliyatini tezlashtirish asosida raqobatbardoshligini oshirish va ularning global
raqobatning kuchli ta’siriga qarshi turishdagi milliy va hududiy rivojlanish talablariga
to‘la javob beradigan yangi iqtisodiy tizim deb qarash mumkin.

Logistik klasterlashtirish o‘zaro bog‘liq moddiy oqimlarning harakatini

ta’minlashga va etkazib beruvchilardan yakuniy foydalanuvchilarga
optimallashtirishga qaratilgan logistika funksiyalarini bajaruvchi mustaqil hududiy
jihatdan markazlashgan bozor subyektlarining manfaatli hamkorlik munosabatlaridir.
Logistika klasterini shakllantirish umumiy resurslarni o‘zaro bog‘liq faoliyat bilan
taqsimlash, innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni soddalashtirish, moddiy va
nomoddiy aktivlarni jalb etish tranzaksion xarajatlarni kamaytirish orqali ma’lum
bir hududning raqobatdosh ustunliklaridan foydalanish bo‘lib, hududiy logistik
klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Logistik klaster shaklining asosiy xususiyati uning ishtirokchilari o‘rtasidagi

munosabatlarni o‘z-o‘zidan bozor asosida emas, balki tashkiliy va rejali ravishda
o‘zgartirishdir. Logistik klasterlar asosiy yuk oqimlari kesishishida hosil bo‘ladi
va ko‘plab ixtisoslashtirilgan ob’ektlarni birlashtiradi. Logistika klasterlari
integratsiyasining iqtisodiy asosi ijtimoiy kapital bo‘lib, asosiy ma’muriy resurs
ma’muriy manba hisoblanadi. Transport tizimida logistik klasterlashtirish tizimida
ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari yangi ilmiy - uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish,
ularni sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda
mutaxassislar mehnatlarini ko‘proq rag‘batlantirishning keng imkoniyatlari paydo
bo‘ladi, uning turlari va faoliyat mazmuni quyidagi jadvalda keltiriladi (1-jadval).

1-jadval

Xududiy faoliyat turlari bo‘yicha logistik klasterlashtirish

turlari

7

Turlari

Faoliyat mazmuni

Transport va logistika
klasterlari

Infratuzilma va yuklarni, yo‘lovchilarni saqlash, saqlash va etkazi
berishga ixtisoslashgan kompaniyalar kiradi

Diskret
klasterlar

Yig‘uvchi zavodlar va ularning kichik va o‘rta etkazib beruvchilari
avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, dvigatel ishlab
chiqarish, mashinasozlik majmuasining boshqa tarmoqlari,
to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati kabilar kiradi.

Jarayonli klasterlari

Metallurgiya, neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat
mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari
bilan bog‘liq korxonalar kiradi.

7

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

206

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Innovatsion va “ilmiy”
klasterlar

Axborot texnologiyalari, biotexnologiya, yangi materiallar,
shuningdek ilmiy va ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan
bog‘liq turli xizmat sohalarida tashkil etiladi.

Turistik klasterlar

Hududdagi turistik aktivlar asosida shakllantiriladi va turistik
xizmatlar bilan bog‘liq turli sektorlardagi korxonalardan iborat.

1-jadvalda hududiy faoliyat turlari bo‘yicha logistik klasterlashtirishning turlari

bo‘yicha faoliyat mazmuni keltirilgan, uning asosiy maqsadi sifatida infratuzilma va
yuklarni, yo‘lovchilarni saqlash, saqlash va etkazib berishga ixtisoslashgan
kompaniyalar kiradi.

XULOSA

Milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqishida transport logistikasi tizimida

xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan turli yangiliklarni qo‘llash orqali
logistika jarayonlarini boshqarishni takomillashtirish va mazkur jarayonlardan
xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini yuzaga chiqish va mazkur munosabatlarning
innovatsion shakllarini tartibga solishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1.

Ilmiylik - innovatsion logistika tizimlari sohasida turli xil jarayonlar

o‘rganilgan, amaliy-ilmiy g‘oyalarni qo‘llashni ifodab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar
aylanmasining tashkiliy tizimida innovatsiyalar sohasidagi jarayonlarning uzviy
bog‘liq zanjirini yaratish imkonini nazariy jihatdan asoslaydi.

2.

Muvofiqlashtirish - logistikaning samarali faoliyatini tartibga solishda

muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, transport-logistika markazlari
faoliyatini isloh qilish uchun uchun bir qator muhim ishlarni amalga oshirish, jumladan
transport-logistikasi sohasida “aniq vaqt” va “eshikdan eshikkacha” prinsip asosida
ishlovchi, bojxona, transport – ekspeditorlik, omborxona va informatsion logistika
sohasida to‘liq kompleks xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlariga ega transport-
logistika markazlarini tashkil etish, bu borada

atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, xalqaro ekologik normalarga rioya qilish,
ekologik xavfsizlik tamoyilidan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.va
aholining turmush darajasini yaxshilashga hissa qo‘shadi

.

3.

Axborot bilan ta’minlanish

- transport-logistika sohasini rivojlantirish uchun

eng avvalo logistika ekpeditorlik xizmatlarini hamda multimodal logistika
markazlarini masofaviy xizmatlar dinamikasi, tarkibi va ko‘lamini ifodalovchi to‘liq
axborotlarni yig‘ish hisoblanadi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022

— 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi


background image

207

LOGISTIKA

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON

WWW.INFOCOM.UZ

to‘g‘risida

Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y.,

06/22/60/0082-son).

2.

Kalonov M.Transport logistikaning iqtisodiy ahamiyati. T.: Biznes-ekspert.

2019. №9.

-76.

3.

Галстян Б.Г. Транспортная логистика, эе сущност и задачи // Молодой

ученый.

2018. № 51 С. 224

-225.

4.

Бауерсокс Д. Логистика. Интегрированная сеп поставок.

М.: Олимп

-

Бизнес, С.75

-76.

5.

Samatov R.G‘. “Raqobat muhitida avtomobil transporti logistik tizimi

faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya. Toshkent Avtomobil-yo‘llar instituti. 2012.- 44 b.

6.

Nosirova J. O‘zbekistonda logistikaning xizmatining rivojlanishi va

istiqbollari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. TDIU.

№ 4, 2016 yil. www.iqtisodiyot.uz

-2 B.

7.

Bobanazarova J., Bozorova S. Aholi ish bilan bandligini ta’minlash:

O‘zbekiston Xitoy hamkorligi O‘zbekiston-Xitoy tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy
aloqalar rivoji xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2018 yil. 117 -
121 b.

8.

Raxmatullayev Mustafoqul, Axmedov Zoxid Sobirovich. Avtotransport

xizmatlari sohasini rivojlantirish maqsadida hududiy transport logistikasi sohasini
boshqarishning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish.// «

Экономика и

социум

»

№11(114)

-2 2023 295-303.

9.

Ахмедов Зохид Собирович. Развитие транспортной системы

обеспечивающего выхода национальной продукции на региональные и

международные рынки. //Universum: технические науки: электрон. научн. журн.

2022. 12(105).

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022

— 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y.,

/22/60/0082-son).

Kalonov M.Transport logistikaning iqtisodiy ahamiyati. T.: Biznes-ekspert.

№9. -76.

Галстян Б.Г. Транспортная логистика, эе сущност и задачи // Молодой

ученый. – 2018. № 51 С. 224-225.

Бауерсокс Д. Логистика. Интегрированная сеп поставок. – М.: ОлимпБизнес, С.75-76.

Samatov R.G‘. “Raqobat muhitida avtomobil transporti logistik tizimi

faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya. Toshkent Avtomobil-yo‘llar instituti. 2012.- 44 b.

Nosirova J. O‘zbekistonda logistikaning xizmatining rivojlanishi va

istiqbollari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. TDIU.

№ 4, 2016 yil. www.iqtisodiyot.uz -2 B.

Bobanazarova J., Bozorova S. Aholi ish bilan bandligini ta’minlash:

O‘zbekiston Xitoy hamkorligi O‘zbekiston-Xitoy tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy

aloqalar rivoji xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent, 2018 yil. 117 -

b.

Raxmatullayev Mustafoqul, Axmedov Zoxid Sobirovich. Avtotransport

xizmatlari sohasini rivojlantirish maqsadida hududiy transport logistikasi sohasini

boshqarishning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish.// «Экономика и

социум» №11(114)-2 2023 295-303.

Ахмедов Зохид Собирович. Развитие транспортной системы

обеспечивающего выхода национальной продукции на региональные и

международные рынки. //Universum: технические науки: электрон. научн. журн.

12(105).