“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
465
O’ZBEKISTONDA MIGRATSIYA JARAYONLARINING HUDUDIY
XUSUSIYATLARI
i.f.d.
Mamadaliyeva Xafiza Xoldarovna
O’zbekiston Respublikasi Kambag’allikni
qisqartirish va Bandlik vazirligi huzuridagi
Mehnat bozori ilmiy tadqiqot instituti
Direktor birinchi o’rinbosari
Mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari va oʼz navbatida uning
mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy va salbiy
taʼsirlari bilan bogʼliq boʼladi. Migratsiya
omillari deganda mehnat resursining bir joydan ikkinchi joyga oʼtishi uchun
sabab boʼladigan obyekt
iv va subektiv shart-sharoitlar tushuniladi.
Mehnat migratsiyasida mehnat resurslarining harakatchanligi mezoni ham
hisobga olinadi. mehnat resursi harakatchanligi mehnatga layoqatli aholining
muayyan turdagi mehnat faoliyatini muayyan joyda bajarishga qodirligi va
tayyorligi bilan belgilanadi. Uning ijtimoiy-kasbiy va hududiy xususiyatlari
mavjuddir.
O’zbekistonni
ng mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari bilan xalqaro
iqtisodiy munosabatlar o’rnatishi o’z o’rnida jahon mehnat bozorida ham faol
bo’lis
hni taqozo etadi. Shu sababli ham mamlakatimizdagi migratsiya
jarayonlarni o’rganmoq, uning hududiy tarqalishini
tadqiq qilmoq maqsadga
muvofiqdir.
O’zbekistonda migratsiya jarayonlari bir qator sabablar bilan bog'liq.
Tashqi migratsiya uchun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarning, respublika
ichidagi ijtimoiy-
iqtisodiy va ekologik omillar ta’sir ko’rsatmoqda.
Mamlakatdagi
migratsiya jarayonlarning, eng ayniqsa tashqi migratsiyaning keskin
o’zgarishiga, immigrantlar salmog’ining emmigrantlarga qaragand
a past
tendensiyasiga ega ekanligiga sabab bo’luvchi eng katta omil –
bu siyosiy
mustaqillikka erishishidir. Sobiq Ittifoqning qulashi iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarda ayrim tub burilishlar yasadi. Ishlab chiqarishning pasayishi,
inflyatsiya darajasining o'sishi, ishsizlikning oshishi, aholining turmush
darajasining pasayishi kabi bir qator muammolarga olib keldi. Boshqa MDH
mamlakatlari singari O’zbekistonda aholining ma’lum bir qismi turmush
sharoitini yaxshilash maqsadida mehnat migranti sifatida boshqa
mamlakatlarga ketishga majbur bo’lishgan.
Aynan mehnat migrantlarining hududiy tarqalishini o’rganar ekanmiz, u
ni
tadqiq etishdagi dolzarb masala shundaki, aholining mamlakatimiz bo’ylab
nihoyatda notekis taqsimlanishidir. Aholi soni yuqori, tug’ilish dar
ajasi baland
hamda aholi zich hududlarda migratsiya jarayonlari jadal kechadi. K.
Kalanovning izohiga ko’ra, O’
zbekiston fuqarolarining uzoq xorijiy
mamlakatlarga tashqi migratsiyasi:
-
Rasmiy doimiy emmigratsiya;
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
466
-
Rasmiy vaqtinchalik emmigratsiya;
-
Norasmiy emmigratsiya;
-
Ekologik emmigratsiya;
-
Intellektual immigratsiya shaklida namoyon bo’ladi[1]. O’zbekiston
fuqarolarining MDH davlatlariga migratsiyasi (gasterbayterlar va yollanma
ishchilar); doimiy rasmiy migratsiya (fuqarolikni olish); vaqtinchalik etnik
migratsiya (etnik vatanga borib ishlash); intelektual migratsiya (tadqiqotchilar,
olimlar, talabalar va xk.)[1].
Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda shuni alohida ta’kidlash lozimki,
chet mamlakatlarga ketayotgan fuqarolarimizning asosiy qismi yollanib ishlash
uchun, xalq tili bilan aytganda “tirikchilik” o’tkazish uchun moddiy mablag’
orttirish maqsadida migratsiyani amalga oshirmoqda. Qolgan qismi esa bilim va
malakasini oshirish, rusiyzabon aholining katta qismi esa tarixiy vatanlariga
doimiy yashash uchun ketishmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda aholining ishsizlik darajasi
2000 -2004 yilla
rda 0,4% ni tashkil qilgan bo’lsa, 2007
-2017 yillarda 4,9-5,8%ni,
oxirgi yillarda esa 9,0-10,5% ni tashkil etmoqda[2]. Ayniqsa pandemiya (COVID-
19) bilan bog’liq vaziyat aholining ish jarayoniga, oilalarning daromadiga ham
ta’sir ko’rsatdi. Pandemiya payti
da 2019 yilga nisbatan ishsizlik darajasi 1,5%ga
o’sgan. Viloyatlar kesimida ishsizlik darajasi 2023 yilda eng yuqori bo’lga
n
hududlar
–
Qashqadaryo, Surxondaryo (11,1%), Jizzax va Samarqand (11,0%)
viloyatlari, eng past ko’rsatkich esa Toshkent shahrida kuzatilgan bo’lib 8,0% ni
tashkil qiladi. Statistika qo’mitasining bergan ma’lumotiga qaraganda, 2023 yil
xorijiy mamlakatlar
dan ko’chib kelganlar 2527 ming kishini tashkil qiladi va
ularning asosiy qismi qo’shni respublikalardan kelgan migrantlar hisoblani
b,
Qozog’iston 33,2% , Rossiya Federatsiyasi 23,3%, Tojikiston 21,4% va
Qirg’iziston 12,1% ni tashkil qiladi. Aksincha, chet
elga ketgan migrantlar 13246
ming kishini tashkil qilgan holda, Qozog’istonga 57,5%i, Rossiya Federatsiyasiga
37,7% va AQSHga 0,8%
ko’chib ketgan. Bundan shuni xulosa qilish joizki, ko’chib
kelganlarga nisbatan ko’chib ketganlar miqdori 5 barobar yuqoridi
r.
BMTning statistik ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonning 2040 ming nafar
fuqarosi yoki jami mehnatga layoqatli aholisining 12 % i xorijda ishlamoqda.
Yuqorida keltirilgan fikrlarning isboti sifatida, ushbu mehnat migrantlarining
hududlar kesimini ko’radigan bo’lsak, eng ko’p migrantlar:
Samarqanddan -
268 ming kishi, Farg’onadan –
247 ming kishi,
Qashqadaryodan
–
178 ming kishi va Surxondaryo viloyatidan
–
167 ming kishi
ekani ma’lum bo’ldi (1
-jadval).
Oʼrganishlar doirasida amalga oshirilgan tahlillar
mehnat migratsiyasi
ishtirokchilarining ijtimoiy-demografik tarkibi, mehnat migratsiya jarayonlari
omillari, yoʼnalishlari, geograf
iyasini aniqlash, migrantlarning xorijdagi yashash,
mehnat sharoitlari, daromadlarini baholash, ularning kelgusi rejalari, o
ʼ
zlari
yashaydigan joydagi ish topish imkoniyatlari xususidagi, mehnat migratsiyasi
jarayonlarini tartibga solish yuzasidan fikr va
takliflarini oʼz ichiga olgan.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
467
1-rasm. Mehnat migrantlarining hududlar bo'yicha taqsimlanishi
(2023 yil, ming kishi hisobida)
Manba:
Statistik ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Taʼkidlash joizki, mehnat migratsiyasi jarayonlarida yoshla
r va ayollarning
ishtirokini alohida oʼrganish maqsadida oʼrganishlar doirasida mazkur
guruhlarni mumkin qadar kengroq
qamrab olish vazifasi qoʼyilganligi bois,
migrantlar tarkibida ularning ulushi oldingi yillarda oʼtkazilgan oʼrganishlarga
qaraganda bir
qadar oshishiga sabab boʼldi.
O’z navbatida migratsiyaning muammo va kamchiliklari ham yo’q emas.
Mamlakatimiz hududidan amalga oshirilayotgan tashqi migratsiyaning
xavfsizlik, mehnatning qonuniy jihatdan himoya qilinishi masalalari ham
mavjud. Shu tufayli
ham mehnat migratsiyasi o’zig
a xos xususiyatga egadir.
Migratsiyaning ijobiy bo’lgan jihatlari:
-
Mamlakatning ishsizlik darajasi kamayishiga, shuningdek, ishsiz aholining
ish bilan ta’minlanishi turli ijtimoiy
-iqtisodiy muammolarning bartaraf etilishiga
olib keladi.
-
Mehnat migratsiyasi, donor mamlakatning
–
davlat byudjetiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
-
Qabul qiluvchi mamlakat arzon ishchi kuchiga ega bo’ladi.
-
Migrantning oila daromadlari oshishiga hamda turmush sharoiti
yaxshilanishiga sabab bo’ladi.
-
Yangi ish, yangi muhit migrantlarning ish tajribasi va dunyoqarashiga
ta’sir qiladi.
Mehnat migratsiyasining salbiy jihatlari:
-
Mehnat migrantlarining uzoq vaqt uyda bo’lmasligi uning oilaviy ajrimlar
ko’payishiga sabab bo’ladi.
-
Har yili davlat mehnatga layoqatli
aholisining ma’lum
bir qismini
yo’qotadi.
0
50
100
150
200
250
300
S
am
a
rq
an
d
F
arg
'o
n
a
Qa
sh
q
ad
a
ry
o
S
u
rx
o
n
d
ary
o
Xo
ra
zm
An
d
ij
o
n
To
sh
k
en
t
To
sh
k
en
t
sh
ah
ri
Bu
x
o
ro
Jiz
z
ax
Na
m
an
g
an
Qo
ra
q
a
lp
o
g
'i
st
o
n
Re
sp
u
b
li
k
as
i
S
ird
ary
o
Na
v
o
iy
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
Mehnat migrantlarining hududlar bo'yicha taqsimlanishi.
2023 yil, ming kishi hisobida.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
468
-
Agar mamlakat mehnat migrantini haddan tashqari ko’p qabul qilinsa,
davlat byudjetining katta qismi mehnat migratsiyasi tufayli “tashqariga” chiqib
ketadi.
-
Immigrant mamlakatda mehnat migrantlarining ko’payishi i
shchi kuchiga
bo’lgan taklifning o’sishiga, talabning esa kamayishiga olib keladi.
-
Mehnat migratsiyasi ko’payishi turli diniy, milliy, irqiy nizo va
kelishmovchiliklarni yuzaga keltiradi.
Va albatta, mehnat migratsiyasi tufayli mamlakat aholisining soni, tarkibi,
demografik
jarayonlari o’zgarishi, yangi nikoh va oilalarning ko’payishiga olib
keladi.
Foydalangan adabiyotlar
1.
Каланов К. Особенности миграционных процессов в Узбекистане. //Материалы
второго конгресса социологов тюркоязычных стран на тему Гражданское общества и
социальных процесс в ХХI веке. –
Алматы. 2008.
2.
Aбдураҳмонов Қ.Х. “Меҳнат иқтисодиёти назария ва амалиёт” Т.: “ФAН”
Нашриёти –
2019 й.
3.
Воробьев О.Д., Топилина А.В. Миграция населения: теория и политика. Учебное
пособие.
-
М.: 2012г.
4.
Каланов К. Внутренняя миграция на неформальном рынке труда в
Узбекистане.// Россия –
Узбекистан:история и современность (ч.2). / ЕвроАзия. –
Москва. № (Июнь) / 2008.
5.
Максакова Л.П. Миграция и рынок труда в странах Средней Азии. –
Ташкент,2002.
6.
Нодирова Н.
O’zb
ekiston aholisining migratsion jarayonlaridagi ishtiroki (muammo va
yechimlar). BMI.
–
Samarqand. 2015.
7.
Bozkarauli A. Migratsiya jarayonlarini tartibga solishning mintaqaviy va milliy
xususiyatlari.
–
Qarag’anda.
2012.
8.
–
Oʼzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi
9.
–
O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi rasmiy sayti.
10.
–
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rasmiy sayti.
11.
www.press-club.uz
–
O’zbekiston Respublikasi Xalqaro press klubi rasmiy sayti.
INTERNAL AND EXTERNAL MIGRATION AND ITS CONSEQUENCES
IN THE MODERN WORLD
Iskandarova Nargiza
Master's degree at
Tashkent State University of Economics
Annotation.
This article examines internal and external migration as key aspects of
modern society and their consequences for economic, social and cultural processes. Internal
migration caused by the search for better living conditions leads to urbanization and changes in
the structure of the labor market, which can both contribute to economic development and
increase social inequality. External migration, in turn, affects international relations and leads
to cultural exchange, but is accompanied by challenges such as xenophobia and others. The
article emphasizes the importance of effective management of migration processes, including the
