Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda turizm sohasining istiqbollari

Аннотация

Bugungi kunda jahonda turizm sohasiniyanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida aholini yangi ish o'rinlari bilan ta'minlash maqsadida hududlarda turistik salohiyatni takomillashtirishga asosyaratadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu jihatdan mazkur maqolada mamlakat hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning turizm tarmog'idan kelib chiqqan holda tahlil qilingan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
615-618
19

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Бегимкулов J., & Козокбоев A. (2024). Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda turizm sohasining istiqbollari . Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики, 1(1), 615–618. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/dev-national-economy/article/view/58723
Джавохирбек Бегимкулов, Гулистанский государственный университет
базовый докторант
Абдумажид Козокбоев, Гулистанский государственный университет
студент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda jahonda turizm sohasiniyanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida aholini yangi ish o'rinlari bilan ta'minlash maqsadida hududlarda turistik salohiyatni takomillashtirishga asosyaratadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu jihatdan mazkur maqolada mamlakat hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning turizm tarmog'idan kelib chiqqan holda tahlil qilingan.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

615

5.

Abdullayeva, H. N. (2024). O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINING DOLZARB MUAMMOLARI

VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS

INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 3(29), 231-238.

6.

Abdullayeva, H. (2024). KORXONA FAOLIYATIDA INNOVATSION MARKETINGDAN

FOYDALANISH.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (bu

xdu. uz), 49(49).

7.

Abdullayeva, H. N., & Sardor, M. (2024). RAQAMLASHTIRISH-MAMLAKAT

TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI. INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS

AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS, 3(27), 113-121.

8.

Sayfullayeva, M. I. (2024). YANGI O’ZBEKISTONDA BUX

ORO VILOYATI QURILISH

TARMOG’I RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

XALQARO KONFERENSIYA VA

JURNALLARNI SIFATLI INDEXLASH XIZMATI, 1(1), 231-235.

HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHDA TURIZM

SOHASINING ISTIQBOLLARI

Begimqulov Javohirbek Jo‘raqul o‘g‘li

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti,

Qozoqboyev Abdumajid Abduvali o‘g‘li

Guliston davlat universiteti talabasi

Annotatsiya.

Bugungi kunda jahonda turizm sohasini yanada rivojlantirish,

uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida

aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida hududlarda turistik

salohiyatni takomillashtirishga asos yaratadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj ortib

bormoqda. Shu jihatdan mazkur maqolada mamlakat hududlarni ijtimoiy-

iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning turizm tarmog‘idan kelib chiqqan holda tahlil

qilingan.

Tayanch iboralar:

turizm, eksport, tushum, xorijiy sayyoh, pandemiya, turist,

investitsiya, barqaror rivojlanish.

Butunjahon turizm tashkilotining (UNWTO) 2023-

yil uchun qayta koʻrib

chiqilgan maʼlumotlar xalqaro turizmdan eksport tushumlari

1,8 trillion AQSH

dollarini (shu jumladan tushumlar va

yoʻlovchi tashishlarni hisobga olgan holda)

pandemiyagacha boʻlgan (2019

-

yilga nisbatan real koʻrinishda

-

1%) boʻlganini

koʻrsatadi. Toʻgʻridan

-

toʻgʻri turizm yalpi ichki mahsuloti ham 2023

-yilda

pandemiyadan oldingi darajani tikladi va taxminan 3,4 trillion dollarni tashkil

etdi, bu global YaIMning 3 foiziga teng. [1]

Global miqyosda dunyo davlatlarining turizmdan keladigan tushumlari

ortib bormoqda. So‘nggi yillarda bu borada Amerika Qo‘shma Shtatlari
yetakchilik qilmoqda, uning daromadi 175,9 milliard dollarni tashkil etgan. Buni

xalqaro ekspertlar AQShda turistik sayohatlar biroz qimmat ekani bilan

tavsiflashadi. Keyingi o‘rinlarda Ispaniya, Angliya, Fransiya va Italiya

mamlakatlari bo‘lib, ularning daromadi taxminan 55-92 mlrd dollar oralig‘ida (1-

jadval).


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

616

1-jadval

O‘rni

Davlatlar

Xalqaro turizmdan daromadi

2022

2023

Farqi foizda

1

AQSh

135,2

175,9

30,1 %

2

Ispaniya

72,9

92,0

26,2 %

3

Angliya

68,2

73,9

8,3 %

4

Fransiya

59,7

68,6

14,9 %

5

Italiya

44,3

55,9

26,1 %

6

Birlashgan Arab Amirliklari

-

51,9

-

7

Turkiya

41,2

49,5

21,3

8

Avstraliya

-

46,6

-

9

Kanada

24,0

39,2

63,3 %

10

Yaponiya

-

38,6

-

Dunyo hamjamiyatiga jadal integratsiyalashayotgan O‘zbekistonda ham

turizmning jonlanayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, 2023 yilga kelib

O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni ning bir pandemiyadan

oldingi darajasiga deyarli tenglashganligini ko‘rishimiz mumkin (1-rasm)[2].

1-rasm. 2018-2023 yillar davomida O‘zbekistonga tashrif buyurgan

xorijiy sayyohlar soni, ming kishi

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim

o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilni

ng yanvar-dekabr

oylarida 6,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga

tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda

1,4 mln. nafarga yoki 26,6 % ga oshgan.

Tahlillarga ko‘ra, 2023 yilda

O‘zbekistonga 2023 yilda eng ko‘p

Tojikiston (2155,2 ming nafar),

Qirg‘iz

Respublikasi (1757,1 ming nafar),

Qozog‘iston

(1333,3 ming nafar) va Rossiya

(714,3 ming nafar) fuqarolari tashrif buyurishgan.

5 346 219

6748512

1504126

1881334

5232780

6624700

0

1 000 000

2 000 000

3 000 000

4 000 000

5 000 000

6 000 000

7 000 000

8 000 000

2018

2019

2020

2021

2022

2023


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

617

Shuningdek, hududlarni tubdan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158son 2023-yil 11-sentabrdagi

“O‘zbekiston-2030 Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni o‘tgan yildan boshlab

barqaror rivojlanish islohotlarini boshlab berdi. Jumladan, Strategiyaning

ikkinchi ustuvor yo‘nalishi – Barqaror iqtisodiy o‘qish orqali aholi farovonligini

ta’minlash deb nomlanadi. Yo‘nalishning 58-maqsadida keltirilgan samaradorlik

ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

Xorijiy turistlar sonini 15 millionga, ichki sayyohlar sonini 25 millionga,

ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish.

Xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada 30 ta yirik turizm

klasterlarini tashkil etish, mehmon o‘rinlari sonini kamida 2 barobarga oshirish,

tog‘li hududlarda 25 ta dor yo‘llari qurish, turizm mahallalari sonini 175 taga

yetkazish.

Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, tibbiyot va ta’lim

turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish.

Xorijiy turistlar uchun barcha xalqaro aeroportlarda respublikadan sotib

olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun “Tax free” tizimini joriy etish.

“Ko‘hna tarix durdonalari” milliy dasturini ishlab chiqish hamda uning

doirasida madaniy meros obyektini restavratsiya qilish, yodgorliklarda “ochiq
osmon muzey”larini tashkil etish.

Mamlakatimiz miqyosida shaharlararo avtobus qatnovini ta’minlaydigan

kompaniyalarni tashkil etishni yanada rag‘batlantirish.

Jami 1 000 dan ziyod elektr quvvatlash stansiyalari, ovqatlanish va hordiq

chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil qilish.[3]

Xulosa qilish mumkinki, respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy

barqaror rivojlanishida turizm sohasining o‘rni juda muhim. Shuning uchun

turizm sohasining rivojlanish omillarini tahlil qilish zarur. Turizmning

rivojlanish omillari deganda ob’ektiv ta’sir etuvchi turli qonunlar natijasida

yuzaga keluvchi turizmni rivojlantirish sharoitlari tushuniladi.[4] Turizmning
rivojlanishiga ta’sir etish tavsifiga binoan barcha omillar uch guruhga bo‘linadi:

ekstensiv (miqdoriy), intensiv (sifatiy) va cheklovchi (salbiy) rivojlanish omillari.

Turistik faoliyatning ekstensiv omillariga quyidagilar kiradi:

-

turistik firmalar va ularda ishlovchi xodimlar soning o‘sishi;

-

turizmga jalb etiluvchi moddiy resurslar, joylashtirish, tashish vositalari,

ovqatlantirish korxonlari miqdorining turistlarga xizmat ko‘rsatish

texnologiyalarni kuchli takomillashtirmagan holda oshirilishi.

Turizmni rivojlantirishning intensiv omillari o‘z ichiga sifatiy

yangilanishning quyidagi omillarini oladi:

- xodimlar malakasini oshirish;

- ilmiy-texnik taraqqiyotning yutuqlarini-xizmat sifatini oshirish, turistik

resurslardan oqilona foydalanish, turizmda informatsion-texnik vositalardan

foydalanishni tadbiq etish.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

618

Foydalanilgan adabiyotlar va axborot manbalari:

1.

https://www.unwto.org/un-tourism-world-tourism-barometer-data

- Butunjahon

turizm tashkiloti rasmiy sayti.

2.

https://www.stat.uz

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika

agentligi rasmiy sayti.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-son “O‘zbekiston —

2030” strategiyasi to’g’risida Farmoni.

4.

N.A.Jurayeva, F.Xalimova. “Xalqaro turizm bozori”. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2020. –

119 bet.

MARKAZIY OSIYO TRANSPORT KORIDORLARINING MINTAQA

TASHQI SAVDOSIDAGI O’RNI

Voxidova Mehri Xasanovna

TDSHU kafedra mudiri, dotsent

Mehrivoxidova@gmail.com

Nuriddinova Nigina Shuhrat qizi

TDSHU 1-kurs magistranti

Markaziy Osiyo geostrategik va geoiqtisodiy jihatdan muhim hudud bo'lib,

uning transport koridorlari xalqaro savdo, iqtisodiy integratsiya va mintaqaviy

rivojlanish uchun alohida ahamiyatga ega. Mintaqaning o'ziga xos geografik

joylashuvi

Sharq va G‘arb, Shimol va Janub orasidagi bog‘lovchi ko‘prik sifatida

transport va logistika tizimlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Markaziy Osiyo

Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston va

Turkmaniston

Yevropa va Osiyo o'rtasidagi transport aloqalari uchun strategik

yo'nalish hisoblanadi. Ayniqsa, Xitoyning "Bir Kamar

bir yo'l" tashabbusi

doirasida mintaqaning transport koridorlariga bo'lgan qiziqish oshdi. Ushbu

yo‘llar orqa

li Xitoy, Rossiya, Turkiya, Eron, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlari

o‘rtasida tovar almashinuvi jadallashtirilmoqda.

Qozog‘iston

eng yirik eksportchi va im

portchi bo‘lib, 2022 yilda eksport

hajmi 84,4 milliard AQSh dollarini, import esa 47 milliard AQSh dollarini tashkil

qilgan. Bu davlatning tabiiy resurslari, xususan, neft va gaz eksporti katta

ahamiyatga ega.

O‘zbekiston

ikkinchi o‘rinda bo‘lib, eksport h

ajmi 19,3 milliard AQSh

dollarini, import hajmi esa 25,5 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Bu

mintaqaning iqtisodiy jihatdan eng faol mamlakatlaridan biridir.

Turkmaniston tabiiy gaz va neft mahsulotlari eksport qilishi bilan mashhur

bo‘lib, umumiy e

ksport hajmi 11 milliard AQSh dollarni tashkil qiladi.

Qirg

iziston va Tojikiston mintaqaning nisbatan kichikroq iqtisodiyotlariga

ega bo

lib, ular asosan oltin, to

qimachilik va paxta kabi tovarlarni eksport qiladi.

Qozog

iston va Turkmaniston energiya resurslari eksportida yetakchi bo

lib,

neft va gaz mahsulotlari asosiy eksport hajmini tashkil qiladi.

Библиографические ссылки

https://www.unwto.org/un-tourism-world-tourism-barometer-data - Butunjahon turizm tashkiloti rasmiy sayti.

https://www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023yildagi PF-158-son "O'zbekiston — 2030"strategiyasi to’g'risida Farmoni.

N.A.Jurayeva, F.Xalimova. "Xalqaro turizm bozori”. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2020. -119 bet.