Jahon savdo tashkilotining to‘qimachilik mahsulotlari xalqaro savdosini rivojlantirishdagi o‘rni

Abstract

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo'lish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Tashkilotga a’zo bo'lish borasidagi dastlabki qadam 1995-yilda to'g'ri keladi. Ushbu yilda O'zbekiston JSTning a’zolik maqomini olish uchun o'z arizasini taqdim etgan. 2007-2008-yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqiroz O'zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosatida proteksionizmning kuchayishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida O'zbekistonning JSTga a’zo bo'lishida olib borilayotgan ishlar 2017-yilgacha to'xtab qolgan. Shuningdek, Qirg'izistonning JSTga a’zo bo'lgandan keyin kutilgan iqtisodiy foydaga erishilmaganligi, aksincha yomon iqtisodiy natijalar kuzatilgani Markaziy Osiyo davlatlarini tashkilotga a’zo bo'lishda ehtiyotkorlikka chorlagan.

CC BY f
667-670
37

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Nasirkhodjaeva, D., & Nurboev, J. (2024). Jahon savdo tashkilotining to‘qimachilik mahsulotlari xalqaro savdosini rivojlantirishdagi o‘rni . Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики, 1(1), 667–670. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/dev-national-economy/article/view/58770
Dilafruz Nasirkhodjaeva, Tashkent State University of Economics
Professor of the Department of "Economic Theory", Ph.D.
Djaloliddin Nurboev, Denau Institute of Entrepreneurship and pedagogy
Doctor of Philosophy in Economics PhD, Associate Professor, etc.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo'lish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Tashkilotga a’zo bo'lish borasidagi dastlabki qadam 1995-yilda to'g'ri keladi. Ushbu yilda O'zbekiston JSTning a’zolik maqomini olish uchun o'z arizasini taqdim etgan. 2007-2008-yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqiroz O'zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosatida proteksionizmning kuchayishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida O'zbekistonning JSTga a’zo bo'lishida olib borilayotgan ishlar 2017-yilgacha to'xtab qolgan. Shuningdek, Qirg'izistonning JSTga a’zo bo'lgandan keyin kutilgan iqtisodiy foydaga erishilmaganligi, aksincha yomon iqtisodiy natijalar kuzatilgani Markaziy Osiyo davlatlarini tashkilotga a’zo bo'lishda ehtiyotkorlikka chorlagan.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

667

JAHON SAVDO TASHKILOTINING TO‘QIMACHILIK MAHSULOTLARI

XALQARO SAVDOSINI

RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI

Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna

TDIU, “Iqtisodiyot nazariyasi”

kafedrasi professori, i.f.d.

Nurboyev Jaloliddin Mamadiyevich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

iqtisodiyot fanlari falsafa doktori PhD, dotsent v.v.b.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga a’zo

bo‘lish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Tashkilotga a’zo bo‘lish

borasidagi dastlabki qadam 1995-

yilda to‘g‘ri keladi. Ushbu yilda O‘zbekiston

JSTning a’zolik maqomini olish

uchun o‘z arizasini taqdim etg

an. 2007-2008-

yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqiroz O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy

siyosatida proteksionizmning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida olib borilayotgan ishl

ar 2017-yilgacha

to‘xtab qolgan. Shuningdek, Qirg‘izistonning JSTga a’zo bo‘lgandan keyin

kutilgan iqtisodiy foydaga erishilmaganligi, aksincha yomon iqtisodiy natijalar

kuzatilgani Markaziy Osiyo davlatlarini tashkilotga a’zo bo‘lishda

ehtiyotkorlikka chorlagan.

Jahon savdo tashkiloti

(JST) global miqyosda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo

qoidalari bilan shug‘ullanadigan yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. Jahon

savdo tashkiloti xalqaro savdoni tartibga solishda muhim tashkilot bo‘lib,

tashkilot faoliyatining asosida xalqaro savdoda ishtirok etagigan davlatlarning

asosiy qismi tomonidan kelishilgan, imzolangan va ularning parlamenti

tomonidan ratifikatsiya qilingan JST kelishuvlari turadi [1].

Jahon savdo tashkiloti universal tashkilot sifatida mamlakatlarga tashqi

savdo siyosatining oldi

ndan o‘rnatilgan tamoyillarini qo‘llash huquqini va

tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar bilan savdo aloqalar uchun yagona

universal savdo-siyosiy bazani yaratish imkoniyatini beradi.

Tashkilotning asosiy vazifalari xalqaro savdoni liberallashtirish,

shaffo

flashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy o‘sish va

insonlar farovonligini oshirishdir.

JST xalqaro savdoni tartibga solishda turli ko‘rinishlarda turli vazifalarni

bajaradi:

-

Muzokara o‘tk

aziladigan forum. Jahon savdo tashkiloti

a’zo davlatlar

o‘rtasida savdo masalalari bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun

hukumat vakillari yig‘iladigan forum vazifasini bajaradi. JST bu borada o‘z

faoliyatini 1986-1994-

yillarda o‘tkazilgan Uru

gvay raundi va GATT doirasidagi

dastlabki kelishuvlar asosida olib boradi. Davlatlar jahon bozorida turli savdo

to‘siqlariga duch kelganda va ularni kamaytirishga harakat qilganda, yuqoridagi

muzokaralarda belgilab qo‘yilgan, tashkilotning har bir a’zosi t

omonidan

ma’qullangan qoidalar savdoni erkinlashtirishda asosiy instrument bo‘lib xizmat


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

668

qiladi. Ammo, JST ko‘ptomonlama kelishuvlarga asosan istemolchilarni himoya

qilish va turli kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida ba’zi vaziyatlarda

savdo

to‘siqlarini saqlab qolishga qarshilik qi

lmaydi.

-

Qoidalar yig‘indisi. Tashkilot faoliyatining asosida xalqaro savdoda

ishtirok etadigan davlatlarning asosiy qismi tomonidan kelishilgan, imzolangan

va ularning parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan JST kelishuvlari yotadi.

Ushbu hujjatlar xalqaro tijoratda qonuniy asos vazifasini bajaradi. Tizimning

asosiy maqsadi iqtisodiy rivojlanish va farovonlikni oshirish uchun muhim

bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida savdo oqimlarini iloji boricha oson, bashoratli va

erkin bo‘lishini ta’minlashdir. Ushbu vazifa doirasida nafaqat savdo to‘siqlarini

imkon qadar kamaytirish balki kompaniyalar va hukumatlarga savdo

qoidalarida to‘satdan o‘zgarish bo‘lmasligini kafolatlaydi.

Qisqa qilib aytganda,

qoidalar shaffof va kelaja

kda nima bo‘lishini kafolatlashi kerak.

- Nizolarni hal etish. Jahon savdo tashkilotining eng muhim vazifalaridan

biri xalqaro savdo aloqalarida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvlarini

uchinchi tomon sifatida hal etish hisoblanadi.

Mehnat intensivligi

yuqori bo‘lgan bu sanoat rivojlanayotgan

mamlakatlarga ish o‘rinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish uchun yuqori

salohiyatga ega bo‘lgan sanoatlashtirishning dastlabki bosqichlarini

rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bir qancha davlatlar uchun ushbu sanoat

ushbu davlatlar iqtisodiyotini

ng strategik tarmog‘i hisoblanadi. Masalan,

to‘qimachilik sanoati eksporti Bangladesh davlatining umumiy eksport

hajmining 89,7 foizni, Pokiston davlati umumiy eksport hajminining qariyib 60

foizini, Shri-Lankaning 49 foizini, Hindiston va Xitoyning umumiy eksport

hajminining mos ravishda 11,3 va 12,2 foizini tashkil etadi.

Dastlab to‘qimachilik tovarlari jahon savdosi “Tarif va savdo to‘g‘risidagi

bosh kelishuv (GATT)” qoidalaridan tashqarida, ammo shaffoflikning ma’lum bir

darajasini ta’minlay olgan ket

ma-

ket ko‘p tomonlama kelishuvlar doirasida

amalga oshirilgan. Ushbu vaqtinchalik kelishuvlar importyorlar va eksportyorlar

tomonidan maqullangan ikki tomonlama kvotalar to‘plamini o‘rnatgan. “Uzoq

muddatli paxta ke

lishuvi” 1962

-1973-

yillarda to‘qimachilik

tovarlari jahon

savdosini tartibga solgan bo‘lsa va “Ko‘p tolali kelishuv” (Multifibre

Arrangement) 1974-1994-yillar davomida tovarlar savdosini qoidalarini

o‘rnatgan asosiy kelishuv vazifasini bajargan. Turli sabablarga ko‘ra ko‘plab

importyor davlatlar

“Ko‘p tolali kelishuv”ni tark eta boshlaydi (Shvetsiya,

Shvetsariya, Avstraliya ushbu davlatlar orasida). 1994-yilga kelib 1300

to‘qimachilik sanoati import kvotalarini o‘z ichiga olgan kelishuv doirasi to‘rt

importyor (AQSh, Yevroa Ittifoqi, Kanada va Norvegiya) va 30ga yaqin

rivojlanayotgan exportyor davlatlar faoliyat yuritishgan [2].

GATT-

Urugvay raundi doirasida to‘qimachilik sanoati jahon savdosida

1994-

yilgacha kuzatilgan muammolarni hal etish maqsadida “To‘q

imachilik

va kiyim-

kechak kelishuvi” ishlab chiqilgan. To‘qimachilik va kiyim

-kechak

kelishuvining asosiy maqsadi import qiluvchi mamlakatlarga o‘z ichki


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

669

tarmoqlarini yangi qoidalarga moslashtirish uchun tasodifiy va katta miqdordagi

zararlardan qochish ma

qsadida o‘tish davri berish orqali bosqic

hma-bosqich

to‘qimachilik sanoti jahon savdo qoidalarini Jahon savdo tashkilotining qoidalari

va normalariga to‘liq muvofiqlashtirish hisoblangan.[3] To‘qimachilik va kiyim

-

kechak kelishuvining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

(a) Ko‘p tolali kelishuv doirasida kvota cheklovlariga ega bo‘lgan, import

qiluvchi davlatlar tomonidan JST normalariga muvofiqlashtirishi kerak bo‘lgan

tovarlar ro‘yxtini belgilash;

(b) uch bosqichda JST normalariga muvofiqlash

tirish “integratsiya dasturi”:

1995-1997, 1998-2001 va 2002-2004;

(c) kvotalarni liberallashtirish tizimi;

(d) o‘tish davri kafolati mexanizmi.

Xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari savdosi JSTning To‘qimachilik va kiyim

-

kechak kelishuvi kuchga kirgan sana, y

a’ni 1995

-yil 1-yanvardan boshlangan 10

y

illik o‘tish dasturi asosida tub o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Kelishuv

huquqiy jihatdan kuchga kirishidan avval sohaning katta qismi kvotalar orqali

tartibga solingan. Kelishuvga ko‘ra, JSTga a’zo davlatlar tash

qi savdo siyosatida

2005-yilning 1-yanva

rigacha to‘qimachilik mahsulotlariga o‘rnatgan

kvotalardan voz kechishi va sanoatni JST qoidalariga to‘liq integratsiya qilishlari
kerak bo‘lgan.

JSTning to‘qimachilik bo‘yicha kelishuvida ushbu soha savdo

qoidalari

1994-yilda GATT normalariga muvofiqlashtirish

4

bosqichda

amalga

oshirilishi belgilangan. 1995-yil 1-

yanvarda a’zolardan 1990

-

yilgi to‘qimachilik

mahsulotlari import hajmining kamida 16 foizini JST normalariga

muvofiqlashtirishi talab qilingan.1998-yil 1-yanvarda 17 foizi, 2002-yil 1-

yanvarda

qo‘shimcha yana 18 foizi va 2005

-yil 1-yanvar kuniga qadar

To‘qimachilik va kiyim

-

kechak to‘g‘risidagi kelishuv muddati tugashida qolgan

49 foizi JST normalariga muvofiqlashtirilishi belgilangan.

1-jadval

To‘qimachilik sanoti jahon savdo qoidalarini JS

T normalariga

muvofiqlashtirishning 10 yillik dasturi

Bosqichlar

Bosqich boshida muvofiqlash

-

tiriladigan mahsulotlar foizi (%)

(1990-yilgi savdoga asoslangan)

1-bosqich:

1995-yil 1-yan (1997-yil 31-dekabrgacha)

16%

2-bosqich:

1998-yil 1-yan (2000-yil 31-dekabrgacha)

17%

3-bosqich:

2002-yil 1-yan (2004-yil 31-dekabrgacha)

18%

4-bosqich:

JST normalariga to‘liq muvofiqlashtirish (shuningdek,

kvotani bekor qilish) (2005-yil 1-yanvar)

49%


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

670

Mahsulotlar GATT normalariga muvofiqlashtirilganligi sababli ularga

qo‘yilgan har qanday kvotalar olib tashlanadi. Bosqichli integratsiya jarayoni

orqali To‘qimachilik va kiyim

-

kechak to‘g‘risidagi kelishuv qoidalarida nazarda

tutilgan to‘qimachilik mahsulotlari tobora qisqarib boradi va kvotalar soni 2005

-

yil 1-yanvarda T

o‘qimachilik va kiyim

-

kechak to‘g‘risidagi kelishuvni o‘z kuchini

yo‘qotishiga qadar kamayib boradi [4].

To‘qimachilik sanoati

1974-yildan Urugvay roundining s

o‘ngiga qadar

to‘qimachilik mahsulotlari savdoni ikkitomonlama kelishuvlar va Ko‘p tolali

kelishu

vi orqali tartibga solingan. Ko‘p tolali kelishuvida to‘qimachilik

mahsulotlari xalqaro savdosi asosan kvota orqali tartibga solingan. Bu esa asosiy
instrument

i tarif orqali tartibga solish bo‘lgan JST prinsiplariga qarshidir [5].

Shuningdek, ushbu kelishuvda import qiluvchi davlatlar alohida holda export

qiluvchi davlatlardan qancha miqdorda import qilishi belgilab qo‘yilganligi

sababli, JST ning barcha savdo s

heriklarga bir xil munosabatda bo‘lish prinsipiga

ham zid hisoblangan.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro’yxati:

1.

N. Sirojiddinov, G. Sultanova, L. Mingishov, E. Abdullayev.

Влияние

вступления

Узбекистана в ВТО на электротехническую отрасль

.

Аналитический доклад.

-Toshkent,

BMTning rivojlanish dasturi, 2020.

2.

Jahon Savdo tashkiloti, Understanding the WTO (5th edition), 2015.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “O‘z

bekiston Respublikasi

sanoat

ishlab

chiqarishi:

2020-yil

yanvar-

dekabr”

bayonnomasi

-

https://www.stat.uz/uz/default/press-relizlar/5674-2020-yil.

4.

O‘zbekistonning 2021

-yil yanvar-

mart oylarida tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Davlat

statistika qo‘mitasi hisoboti

- https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/8915-

o-zbekiston-respublikasining-tashqi-savdo-aylanmasi-2021-yil-mart.

5.

Evenett S., Primo Braga C. WTO Accession: Lessons from Experience. Trade note 22.

Washington, DC: The World Bank; 2005.

ЗНАЧЕНИЕ ПРОЦЕССА УРБАНИЗАЦИИ В СОЦИАЛЬНО

-

ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ РЕГИОНОВ И ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ

КАЧЕСТВА ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА

Нуманова Мадина Латиф кизи

Научно

-

исследовательский центр

“Научные основы и проблемы развития

экономики Узбекистана” при ТГЭУ

В последние десятилетия в глобальной экономике усиливается

значение процесса урбанизации как основного двигателя социально

-

экономического развития регионов. В Узбекистане урбанизация также

играет ключевую роль в обеспечении устойчивого экономического роста

и повышения качества жизни населения. В условиях рыночных реформ и

трансформации экономики страны, урбанизация становится не только

References

N. Sirojiddinov, G. Sultanova, L. Mingishov, E. Abdullayev. Влияние вступления Узбекистана в ВТО на электротехническую отрасль. Аналитический доклад.-Tashkent, BMTning rivojlanish dasturi, 2020.

Jahon Savdo tashkiloti, Understanding the WTO (5th edition), 2015.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining "O'zbekiston Respublikasi sanoat ishlab chiqarishi: 2020-yil yanvar-dekabr" bayonnomasi https://www.stat.uz/uz/default/press-relizlar/5674-2020-yil.

O'zbekistonning 2021 -yilyanvar-mart oylarida tashqi savdo aylanmasi bo'yicha Davlat statistika qo'mitasi hisoboti - https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita yangiliklar/8915-o-zbekiston-respublikasining-tashqi-savdo-aylanmasi-2021-yil-mart.

Evenett S., Primo Braga C. WTO Accession: Lessons from Experience. Trade note 22. Washington, DC: The World Bank; 2005.