“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
92
Список использованной литературы
1.
UNEP. (2022). Green Economy Report. Retrieved from unep.org.
2.
International Renewable Energy Agency (IRENA). (2023). Renewable Energy
Investment Report. Retrieved from irena.org.
3.
Государственный комитет по экологии Республики Узбекистан. (2023).
Программа развития зеленой экономики до 2030 года.
4.
Всемирный
банк
. (2022). Climate Change and Green Economy in Central Asia.
5.
Asian Development Bank. (2022). Sustainable Development in Uzbekistan: Challenges
and Opportunities.
6.
Deutsche Welle. (2023). Green Economy in Germany: Employment and Growth.
7.
Jacobs, M. (2021). Green Growth: Theory and Evidence. Oxford: Oxford University Press.
8.
Harris, J. M. (2018). Environmental and Natural Resource Economics. New York:
Routledge.
9.
Sachs, J. D. (2015). The Age of Sustainable Development. New York: Columbia University
Press.
10.
Meadows, D. H., Meadows, D. L., & Randers, J. (2004). Limits to Growth: The 30-Year
Update. Chelsea Green Publishing.
O‘ZBEKISTON MOLIYA BOZORI YASHIL INSTRUMENTLARINING
JORIY HOLATI VA ISTIQBOLLARI
Aliqulova Nilufar Bahodir qizi
O‘zbekiston Respublikasi Bank
-moliya
akademiyasi tayanch doktoranti
O‘zbekistonning ekologik va iqtisodiy holati so‘nggi yillarda jiddiy
o‘zgarishlar va rivojlanishlarni talab
qilmoqda. Global iqlim o‘zgarishlari, tabiiy
resurslarning taqchilligi va atrof-muhitning zaharlanishi kabi muammolar
insoniyatni yangi iqtisodiy modellarni qidirishga undamoqda. Yashil iqtisodiyot
konsepsiyasi, resurslarni barqaror boshqarish va atrof-muhitni muhofaza
qilishni maqsad qilib qo‘yadi. O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish
instrumentlarini keng joriy etish, mamlakatning iqtisodiy o‘sishini barqaror va
ekologik jihatdan toza qilishda muhim ahamiyatga ega. Sayyoramizning so‘nggi
yigirma yillik davrida atrof-muhitdagi tabiiy resurslardan oqilona
foydalanmaslik natijasida ularning taqchilligi, iqlim o‘zgarishi va
bioxilmaxillikning yo‘qolishi kabi ko‘plab global muammolar yuzaga keldi.
Ushbu muammolar ijtimoiy tengsizlikni oshirish, iqtisodiy va siyosiy holatga
ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Ekologik muammolarni hal etishda aholi ishtiroki
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, so‘nggi yillarda global moliya bozorida
“yashil iqtisodiyot”, “yashil moliyalashtirish”, “yashil instrument
l
ar” kabi
terminlar keng tarqalmoqda. Bu terminlar tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, atrof-
muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va kelajak avlodlar uchun
farovon iqtisodiyotni ta’minlash kabi strategik maqsadlarni anglatadi.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
93
Yashil iqtisodiyot
—
bu iq
tisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga, ekologik
barqarorlikni saqlash va ijtimoiy adolatni oshirishga qaratilgan yondashuvdir. U
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish va
iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish kabi masal
a
larni o‘z ichiga oladi. Yashil
moliyalashtirish esa, ekologik loyihalarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan
vositalar va mexanizmlarni o‘z ichiga oladi [1].
Rivojlangan mamlakatlarda yashil budjetlashtirishni amalga oshirish uchun
bir necha yo‘nalishla
r belgilangan [2]:
1.
Budjet mablag‘larining atrof
-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini
qamrab olishi.
2.
Fiskal siyosatning ekologik maqsadlarga muvofiqligini baholash uchun
metodologiya.
3.
Jarayonning shaffofligi va hisobdorligi.
4.
Boshqaruv va ekologik nazoratning har bir sektor ustidan olib borilishi.
Yashil iqtisodiyot energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi
energiyani joriy qilish, eko-
bino va inshootlarni ko‘paytirish kabi eng zaruriy
sektorlardan iborat. Ushbu sektorlarni moliyalashtirishda mahalliy va xorijiy
investorlarni jalb qilish zarur.
O‘zbekistonda yashil budjetlashtirish bo‘yicha ko‘plab tashabbuslar
mavjud. Masalan, 2023-
yil may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki yig‘ilishida “O‘zbekistonda ya
shil iqtisodiyot
hamkorligi”ga qaratilgan 10,2 mln. yevro miqdorida texnik ko‘mak mablag‘lari
ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Ushbu dastur doirasida [3]:
•
Qazilma yoqilg‘ilari subsidiyalarini qisqartirish.
•
Iqtisodiyotni dekarbonizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqish.
•
Issiqxona gazlari tashlanmalarini monitoring qilish tizimini joriy etish.
•
Yashil budjetlashtirish va soliqqa tortish usullarini joriy etish
rejalashtirilmoqda.
Bu loyihalar mamlakatimizda yashil iqtisodiy
otga o‘tish strategiyasining
asosiy qismi
bo‘lib, ulardan foydalanish iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun bir qator
instrumentlar mavjud:
-
Yashil kreditlar: Qayta tiklanuvchi energiya va ekologik loyihalarni
moliyalashtirishda foydalaniladi.
-
Yashil obligatsiyalar: Investorlarni ekologik loyihalarga jalb qilish uchun
chiqariladi.
-
Yashil sug‘urta: Atrof
-
muhitga zarar yetkazmaslikni ta’minlashga
qaratilgan sug‘urta turlari.
Afsuski, tadqiqotlarimiz natijasig
a ko‘ra sanab o‘tilgan tijorat banklarida
gi
yashil kredit mahsulotlarining aksariyatining amaldagi holati vaqtinchalik
to‘xtatilganligini aniqladik. Bunga asosiy sabablar o‘rganilganda tijorat
banklaridagi resurslarning kamligi ham mamlalakat korxonalarini
ng to‘laqonli
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
94
yashil loyihalarni qo‘llab
-quvvatlash hamda undan foydalanish darajasi kamligi
aniqlandi.
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan taqdim
qilinayotgan yashil mahsulotlar joriy holati
Bank nomi
Kredit turi
Miqdori
Muddati Foiz
Imtiyozli
davr
Amaldagi
holati
BRB
“Yashi” iste’mol
krediti
165 mln
so‘mgacha
5 yil
20 % 6 oygacha
Vaqtinchalik
to‘xtatilgan
Yashil energiya
170 mln
so‘mgacha
5 yil
20% 6 oygacha
Vaqtinchalik
to‘xtatilgan
Turon Bank
“Ecopanel”
Shartnomaga
asosan
5 yil
17% 6 oygacha
mavjud
“EcoGreenCar”
680 mln
so‘mgacha
4 yil
28%
Mavjud emas
Ziraat bank
Yashil Komfort
102 mln so‘m
gacha
1-5
yilgacha
20-
21%
Mavjud emas
Agrobank
Yashil energiya
100 mln
so‘mgacha
5 yil
20%
Mavjud
Ipoteka
bank
Yashil kredit
99 mln
so‘mgacha
5 yil
19 % 6 oygacha
Mavjud emas
Ipak yo‘li
bank
Yashil makon
80 mln
so‘mgacha
5 yil
20 %
Vaqtinchalik
to‘xtatilgan
NBU
National Green
60 mln
so‘mgacha
5 yil
20-
22%
3 oy
Mavjud
Infinbank
Infin Green
600 mln
so‘mgacha
5 yil
20 %
Yo‘q
Mavjud
Kapitalbank
Ecokredit
1 mln-50
mlngacha
1-5 yil
20%
6 oy
Mavjud emas
Manba:
muallif tomonidan tuzilgan.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini moliyalashtirish, xususiy
sektorlar orqali yashil
loyihalarga mablag‘lar ajratilishi, davlat tomonidan yashil
budjetlashtirish ishlari ko‘lamini
orttirish natijasida yashil iqtisodiyotga o‘tish
uchun belgilab olingan maqsadlarga erishish yo‘lida samaradorlikka sezilarli
darajada erishishimiz mumkin deb hisoblaymiz.
Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tezlashtirish uchun quyidagi
tavsiyalarni amalga oshirish zarur:
-
Hukumat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash: Yashil
moliyalashtirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va xususiy
sektorni jalb qilish.
-
Ekologik ongni oshirish: Aholi va tadbirkorlar o‘rtasida ekologik ta’lim
va
xabardorlikni kuchaytirish.
-
Investitsiyalarga yo‘naltirish: Yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun
xalqaro va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish.
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tishda hukumatning roli va ahamiyati
katta. Yashil budjetlashtirish, loyihalarni moliyalashtirishda yashil sertifikatlar,
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
95
yashil sug‘urta, yashil kreditlar va obligatsiyalarni joriy etish zarur. 2023
-yil
davomida qay
ta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llab
-quvvatlash uchun
yashil energiya sertifikatlari tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Bu tizim,
ekologik jihatdan toza texnologiyalar yordamida energiya ishlab chiqarilishini
tasdiqlovchi va nazorat qilish imkonini beruvchi mexanizm sifatida qaralmoqda.
Natijada, qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchilari
va iste’molchilari
uchun qulay yashil moliyaviy instrumentlar bilan xaridlarni amalga oshirish
imkoniyatlari kengayadi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
A. Vaxabov, Sh.Xajibakiyev. Yashil iqtisodiyot. // Darslik. -
T.: “Zebo Print”, 2021.
2.
O‘zbekistonda “Yashi” O‘sish
va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha siyosiy muloqotlar turkumi:
ishlar
to”plami.
2022.
https://documents1.worldbank.org/curated/en/099905206302223031/pdf/P1708700b97873
3.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi. “Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha
moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamjamiyatning texnologiyalarni uzatish
to‘g‘risidagi”
milliy
axb
orotnoma.
Green
Economy.
T.;
2023.
https://api.mf.uz/media/document_files/MILLIY_AXBOROTNOMA.pdf
MILLIY IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING EKOLOGIK-
IQTISODIY MUAMMOLARI
Asrayev Shavkat Baxtiyor o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali talabasi
Annotatsiya.
Maqolada mamlakatimizda yuzaga kelayotgan ekologik
muammolar va ularning yechimlari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, amalga
oshirilayotgan ekologik islohotlar, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida
mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari, shimoliy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi va
ularning ekologiya sohasidagi iqtisodiy yondashuvlari ham batafsil yoritilgan.
Ushbu tajribalar mintaqa ekologiyasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi bilan
birga, barqaror ekologik muhit yaratishga qaratilgan strategiyalarni
shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Kalit so‘zlar:
ekologiya inqilobi, energetika, yashil iqtisodiyot, qarorlar,
ifloslanish, suv resurslari, innovatsiya va texnologiyalar.
Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblangan cheklangan
resurslardan oqilona va samarali foydalanish zarurligi hamda uning natijasida
iqtisodiyotning barqarorlashuv jarayonini ta’minlash muhim ahamiyatga ega
ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Cheklanmagan ehtiyojlarni ta’minlashda atrof
-
muhitga bo‘layot
gan noodil xatti-harakatlar mamlakatlar milliy iqtisodiyoti va
kelajak avlo
d hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Shu sababdan
ekologiya
sohasini rivojlantirishga, ekologik muammolarni oldini olishga va ko‘lamini
