“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
667
JAHON SAVDO TASHKILOTINING TO‘QIMACHILIK MAHSULOTLARI
XALQARO SAVDOSINI
RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna
TDIU, “Iqtisodiyot nazariyasi”
kafedrasi professori, i.f.d.
Nurboyev Jaloliddin Mamadiyevich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
iqtisodiyot fanlari falsafa doktori PhD, dotsent v.v.b.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga a’zo
bo‘lish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Tashkilotga a’zo bo‘lish
borasidagi dastlabki qadam 1995-
yilda to‘g‘ri keladi. Ushbu yilda O‘zbekiston
JSTning a’zolik maqomini olish
uchun o‘z arizasini taqdim etg
an. 2007-2008-
yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqiroz O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy
siyosatida proteksionizmning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida olib borilayotgan ishl
ar 2017-yilgacha
to‘xtab qolgan. Shuningdek, Qirg‘izistonning JSTga a’zo bo‘lgandan keyin
kutilgan iqtisodiy foydaga erishilmaganligi, aksincha yomon iqtisodiy natijalar
kuzatilgani Markaziy Osiyo davlatlarini tashkilotga a’zo bo‘lishda
ehtiyotkorlikka chorlagan.
Jahon savdo tashkiloti
(JST) global miqyosda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo
qoidalari bilan shug‘ullanadigan yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. Jahon
savdo tashkiloti xalqaro savdoni tartibga solishda muhim tashkilot bo‘lib,
tashkilot faoliyatining asosida xalqaro savdoda ishtirok etagigan davlatlarning
asosiy qismi tomonidan kelishilgan, imzolangan va ularning parlamenti
tomonidan ratifikatsiya qilingan JST kelishuvlari turadi [1].
Jahon savdo tashkiloti universal tashkilot sifatida mamlakatlarga tashqi
savdo siyosatining oldi
ndan o‘rnatilgan tamoyillarini qo‘llash huquqini va
tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar bilan savdo aloqalar uchun yagona
universal savdo-siyosiy bazani yaratish imkoniyatini beradi.
Tashkilotning asosiy vazifalari xalqaro savdoni liberallashtirish,
shaffo
flashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy o‘sish va
insonlar farovonligini oshirishdir.
JST xalqaro savdoni tartibga solishda turli ko‘rinishlarda turli vazifalarni
bajaradi:
-
Muzokara o‘tk
aziladigan forum. Jahon savdo tashkiloti
a’zo davlatlar
o‘rtasida savdo masalalari bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun
hukumat vakillari yig‘iladigan forum vazifasini bajaradi. JST bu borada o‘z
faoliyatini 1986-1994-
yillarda o‘tkazilgan Uru
gvay raundi va GATT doirasidagi
dastlabki kelishuvlar asosida olib boradi. Davlatlar jahon bozorida turli savdo
to‘siqlariga duch kelganda va ularni kamaytirishga harakat qilganda, yuqoridagi
muzokaralarda belgilab qo‘yilgan, tashkilotning har bir a’zosi t
omonidan
ma’qullangan qoidalar savdoni erkinlashtirishda asosiy instrument bo‘lib xizmat
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
668
qiladi. Ammo, JST ko‘ptomonlama kelishuvlarga asosan istemolchilarni himoya
qilish va turli kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida ba’zi vaziyatlarda
savdo
to‘siqlarini saqlab qolishga qarshilik qi
lmaydi.
-
Qoidalar yig‘indisi. Tashkilot faoliyatining asosida xalqaro savdoda
ishtirok etadigan davlatlarning asosiy qismi tomonidan kelishilgan, imzolangan
va ularning parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan JST kelishuvlari yotadi.
Ushbu hujjatlar xalqaro tijoratda qonuniy asos vazifasini bajaradi. Tizimning
asosiy maqsadi iqtisodiy rivojlanish va farovonlikni oshirish uchun muhim
bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida savdo oqimlarini iloji boricha oson, bashoratli va
erkin bo‘lishini ta’minlashdir. Ushbu vazifa doirasida nafaqat savdo to‘siqlarini
imkon qadar kamaytirish balki kompaniyalar va hukumatlarga savdo
qoidalarida to‘satdan o‘zgarish bo‘lmasligini kafolatlaydi.
Qisqa qilib aytganda,
qoidalar shaffof va kelaja
kda nima bo‘lishini kafolatlashi kerak.
- Nizolarni hal etish. Jahon savdo tashkilotining eng muhim vazifalaridan
biri xalqaro savdo aloqalarida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvlarini
uchinchi tomon sifatida hal etish hisoblanadi.
Mehnat intensivligi
yuqori bo‘lgan bu sanoat rivojlanayotgan
mamlakatlarga ish o‘rinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish uchun yuqori
salohiyatga ega bo‘lgan sanoatlashtirishning dastlabki bosqichlarini
rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bir qancha davlatlar uchun ushbu sanoat
ushbu davlatlar iqtisodiyotini
ng strategik tarmog‘i hisoblanadi. Masalan,
to‘qimachilik sanoati eksporti Bangladesh davlatining umumiy eksport
hajmining 89,7 foizni, Pokiston davlati umumiy eksport hajminining qariyib 60
foizini, Shri-Lankaning 49 foizini, Hindiston va Xitoyning umumiy eksport
hajminining mos ravishda 11,3 va 12,2 foizini tashkil etadi.
Dastlab to‘qimachilik tovarlari jahon savdosi “Tarif va savdo to‘g‘risidagi
bosh kelishuv (GATT)” qoidalaridan tashqarida, ammo shaffoflikning ma’lum bir
darajasini ta’minlay olgan ket
ma-
ket ko‘p tomonlama kelishuvlar doirasida
amalga oshirilgan. Ushbu vaqtinchalik kelishuvlar importyorlar va eksportyorlar
tomonidan maqullangan ikki tomonlama kvotalar to‘plamini o‘rnatgan. “Uzoq
muddatli paxta ke
lishuvi” 1962
-1973-
yillarda to‘qimachilik
tovarlari jahon
savdosini tartibga solgan bo‘lsa va “Ko‘p tolali kelishuv” (Multifibre
Arrangement) 1974-1994-yillar davomida tovarlar savdosini qoidalarini
o‘rnatgan asosiy kelishuv vazifasini bajargan. Turli sabablarga ko‘ra ko‘plab
importyor davlatlar
“Ko‘p tolali kelishuv”ni tark eta boshlaydi (Shvetsiya,
Shvetsariya, Avstraliya ushbu davlatlar orasida). 1994-yilga kelib 1300
to‘qimachilik sanoati import kvotalarini o‘z ichiga olgan kelishuv doirasi to‘rt
importyor (AQSh, Yevroa Ittifoqi, Kanada va Norvegiya) va 30ga yaqin
rivojlanayotgan exportyor davlatlar faoliyat yuritishgan [2].
GATT-
Urugvay raundi doirasida to‘qimachilik sanoati jahon savdosida
1994-
yilgacha kuzatilgan muammolarni hal etish maqsadida “To‘q
imachilik
va kiyim-
kechak kelishuvi” ishlab chiqilgan. To‘qimachilik va kiyim
-kechak
kelishuvining asosiy maqsadi import qiluvchi mamlakatlarga o‘z ichki
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
669
tarmoqlarini yangi qoidalarga moslashtirish uchun tasodifiy va katta miqdordagi
zararlardan qochish ma
qsadida o‘tish davri berish orqali bosqic
hma-bosqich
to‘qimachilik sanoti jahon savdo qoidalarini Jahon savdo tashkilotining qoidalari
va normalariga to‘liq muvofiqlashtirish hisoblangan.[3] To‘qimachilik va kiyim
-
kechak kelishuvining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
(a) Ko‘p tolali kelishuv doirasida kvota cheklovlariga ega bo‘lgan, import
qiluvchi davlatlar tomonidan JST normalariga muvofiqlashtirishi kerak bo‘lgan
tovarlar ro‘yxtini belgilash;
(b) uch bosqichda JST normalariga muvofiqlash
tirish “integratsiya dasturi”:
1995-1997, 1998-2001 va 2002-2004;
(c) kvotalarni liberallashtirish tizimi;
(d) o‘tish davri kafolati mexanizmi.
Xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari savdosi JSTning To‘qimachilik va kiyim
-
kechak kelishuvi kuchga kirgan sana, y
a’ni 1995
-yil 1-yanvardan boshlangan 10
y
illik o‘tish dasturi asosida tub o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Kelishuv
huquqiy jihatdan kuchga kirishidan avval sohaning katta qismi kvotalar orqali
tartibga solingan. Kelishuvga ko‘ra, JSTga a’zo davlatlar tash
qi savdo siyosatida
2005-yilning 1-yanva
rigacha to‘qimachilik mahsulotlariga o‘rnatgan
kvotalardan voz kechishi va sanoatni JST qoidalariga to‘liq integratsiya qilishlari
kerak bo‘lgan.
JSTning to‘qimachilik bo‘yicha kelishuvida ushbu soha savdo
qoidalari
1994-yilda GATT normalariga muvofiqlashtirish
4
bosqichda
amalga
oshirilishi belgilangan. 1995-yil 1-
yanvarda a’zolardan 1990
-
yilgi to‘qimachilik
mahsulotlari import hajmining kamida 16 foizini JST normalariga
muvofiqlashtirishi talab qilingan.1998-yil 1-yanvarda 17 foizi, 2002-yil 1-
yanvarda
qo‘shimcha yana 18 foizi va 2005
-yil 1-yanvar kuniga qadar
To‘qimachilik va kiyim
-
kechak to‘g‘risidagi kelishuv muddati tugashida qolgan
49 foizi JST normalariga muvofiqlashtirilishi belgilangan.
1-jadval
To‘qimachilik sanoti jahon savdo qoidalarini JS
T normalariga
muvofiqlashtirishning 10 yillik dasturi
Bosqichlar
Bosqich boshida muvofiqlash
-
tiriladigan mahsulotlar foizi (%)
(1990-yilgi savdoga asoslangan)
1-bosqich:
1995-yil 1-yan (1997-yil 31-dekabrgacha)
16%
2-bosqich:
1998-yil 1-yan (2000-yil 31-dekabrgacha)
17%
3-bosqich:
2002-yil 1-yan (2004-yil 31-dekabrgacha)
18%
4-bosqich:
JST normalariga to‘liq muvofiqlashtirish (shuningdek,
kvotani bekor qilish) (2005-yil 1-yanvar)
49%
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
670
Mahsulotlar GATT normalariga muvofiqlashtirilganligi sababli ularga
qo‘yilgan har qanday kvotalar olib tashlanadi. Bosqichli integratsiya jarayoni
orqali To‘qimachilik va kiyim
-
kechak to‘g‘risidagi kelishuv qoidalarida nazarda
tutilgan to‘qimachilik mahsulotlari tobora qisqarib boradi va kvotalar soni 2005
-
yil 1-yanvarda T
o‘qimachilik va kiyim
-
kechak to‘g‘risidagi kelishuvni o‘z kuchini
yo‘qotishiga qadar kamayib boradi [4].
To‘qimachilik sanoati
1974-yildan Urugvay roundining s
o‘ngiga qadar
to‘qimachilik mahsulotlari savdoni ikkitomonlama kelishuvlar va Ko‘p tolali
kelishu
vi orqali tartibga solingan. Ko‘p tolali kelishuvida to‘qimachilik
mahsulotlari xalqaro savdosi asosan kvota orqali tartibga solingan. Bu esa asosiy
instrument
i tarif orqali tartibga solish bo‘lgan JST prinsiplariga qarshidir [5].
Shuningdek, ushbu kelishuvda import qiluvchi davlatlar alohida holda export
qiluvchi davlatlardan qancha miqdorda import qilishi belgilab qo‘yilganligi
sababli, JST ning barcha savdo s
heriklarga bir xil munosabatda bo‘lish prinsipiga
ham zid hisoblangan.
Foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxati:
1.
N. Sirojiddinov, G. Sultanova, L. Mingishov, E. Abdullayev.
Влияние
вступления
Узбекистана в ВТО на электротехническую отрасль
.
Аналитический доклад.
-Toshkent,
BMTning rivojlanish dasturi, 2020.
2.
Jahon Savdo tashkiloti, Understanding the WTO (5th edition), 2015.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “O‘z
bekiston Respublikasi
sanoat
ishlab
chiqarishi:
2020-yil
yanvar-
dekabr”
bayonnomasi
-
https://www.stat.uz/uz/default/press-relizlar/5674-2020-yil.
4.
O‘zbekistonning 2021
-yil yanvar-
mart oylarida tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Davlat
statistika qo‘mitasi hisoboti
- https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/8915-
o-zbekiston-respublikasining-tashqi-savdo-aylanmasi-2021-yil-mart.
5.
Evenett S., Primo Braga C. WTO Accession: Lessons from Experience. Trade note 22.
Washington, DC: The World Bank; 2005.
ЗНАЧЕНИЕ ПРОЦЕССА УРБАНИЗАЦИИ В СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ РЕГИОНОВ И ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ
КАЧЕСТВА ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА
Нуманова Мадина Латиф кизи
Научно
-
исследовательский центр
“Научные основы и проблемы развития
экономики Узбекистана” при ТГЭУ
В последние десятилетия в глобальной экономике усиливается
значение процесса урбанизации как основного двигателя социально
-
экономического развития регионов. В Узбекистане урбанизация также
играет ключевую роль в обеспечении устойчивого экономического роста
и повышения качества жизни населения. В условиях рыночных реформ и
трансформации экономики страны, урбанизация становится не только
