“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
615
5.
Abdullayeva, H. N. (2024). O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINING DOLZARB MUAMMOLARI
VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS
INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 3(29), 231-238.
6.
Abdullayeva, H. (2024). KORXONA FAOLIYATIDA INNOVATSION MARKETINGDAN
FOYDALANISH.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (bu
xdu. uz), 49(49).
7.
Abdullayeva, H. N., & Sardor, M. (2024). RAQAMLASHTIRISH-MAMLAKAT
TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI. INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS
AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS, 3(27), 113-121.
8.
Sayfullayeva, M. I. (2024). YANGI O’ZBEKISTONDA BUX
ORO VILOYATI QURILISH
TARMOG’I RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
XALQARO KONFERENSIYA VA
JURNALLARNI SIFATLI INDEXLASH XIZMATI, 1(1), 231-235.
HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHDA TURIZM
SOHASINING ISTIQBOLLARI
Begimqulov Javohirbek Jo‘raqul o‘g‘li
Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti,
Qozoqboyev Abdumajid Abduvali o‘g‘li
Guliston davlat universiteti talabasi
Annotatsiya.
Bugungi kunda jahonda turizm sohasini yanada rivojlantirish,
uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida
aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida hududlarda turistik
salohiyatni takomillashtirishga asos yaratadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj ortib
bormoqda. Shu jihatdan mazkur maqolada mamlakat hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning turizm tarmog‘idan kelib chiqqan holda tahlil
qilingan.
Tayanch iboralar:
turizm, eksport, tushum, xorijiy sayyoh, pandemiya, turist,
investitsiya, barqaror rivojlanish.
Butunjahon turizm tashkilotining (UNWTO) 2023-
yil uchun qayta koʻrib
chiqilgan maʼlumotlar xalqaro turizmdan eksport tushumlari
1,8 trillion AQSH
dollarini (shu jumladan tushumlar va
yoʻlovchi tashishlarni hisobga olgan holda)
pandemiyagacha boʻlgan (2019
-
yilga nisbatan real koʻrinishda
-
1%) boʻlganini
koʻrsatadi. Toʻgʻridan
-
toʻgʻri turizm yalpi ichki mahsuloti ham 2023
-yilda
pandemiyadan oldingi darajani tikladi va taxminan 3,4 trillion dollarni tashkil
etdi, bu global YaIMning 3 foiziga teng. [1]
Global miqyosda dunyo davlatlarining turizmdan keladigan tushumlari
ortib bormoqda. So‘nggi yillarda bu borada Amerika Qo‘shma Shtatlari
yetakchilik qilmoqda, uning daromadi 175,9 milliard dollarni tashkil etgan. Buni
xalqaro ekspertlar AQShda turistik sayohatlar biroz qimmat ekani bilan
tavsiflashadi. Keyingi o‘rinlarda Ispaniya, Angliya, Fransiya va Italiya
mamlakatlari bo‘lib, ularning daromadi taxminan 55-92 mlrd dollar oralig‘ida (1-
jadval).
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
616
1-jadval
O‘rni
Davlatlar
Xalqaro turizmdan daromadi
2022
2023
Farqi foizda
1
AQSh
135,2
175,9
30,1 %
2
Ispaniya
72,9
92,0
26,2 %
3
Angliya
68,2
73,9
8,3 %
4
Fransiya
59,7
68,6
14,9 %
5
Italiya
44,3
55,9
26,1 %
6
Birlashgan Arab Amirliklari
-
51,9
-
7
Turkiya
41,2
49,5
21,3
8
Avstraliya
-
46,6
-
9
Kanada
24,0
39,2
63,3 %
10
Yaponiya
-
38,6
-
Dunyo hamjamiyatiga jadal integratsiyalashayotgan O‘zbekistonda ham
turizmning jonlanayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, 2023 yilga kelib
O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni ning bir pandemiyadan
oldingi darajasiga deyarli tenglashganligini ko‘rishimiz mumkin (1-rasm)[2].
1-rasm. 2018-2023 yillar davomida O‘zbekistonga tashrif buyurgan
xorijiy sayyohlar soni, ming kishi
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilni
ng yanvar-dekabr
oylarida 6,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga
tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda
1,4 mln. nafarga yoki 26,6 % ga oshgan.
Tahlillarga ko‘ra, 2023 yilda
O‘zbekistonga 2023 yilda eng ko‘p
Tojikiston (2155,2 ming nafar),
Qirg‘iz
Respublikasi (1757,1 ming nafar),
Qozog‘iston
(1333,3 ming nafar) va Rossiya
(714,3 ming nafar) fuqarolari tashrif buyurishgan.
5 346 219
6748512
1504126
1881334
5232780
6624700
0
1 000 000
2 000 000
3 000 000
4 000 000
5 000 000
6 000 000
7 000 000
8 000 000
2018
2019
2020
2021
2022
2023
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
617
Shuningdek, hududlarni tubdan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158son 2023-yil 11-sentabrdagi
“O‘zbekiston-2030 Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni o‘tgan yildan boshlab
barqaror rivojlanish islohotlarini boshlab berdi. Jumladan, Strategiyaning
ikkinchi ustuvor yo‘nalishi – Barqaror iqtisodiy o‘qish orqali aholi farovonligini
ta’minlash deb nomlanadi. Yo‘nalishning 58-maqsadida keltirilgan samaradorlik
ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
Xorijiy turistlar sonini 15 millionga, ichki sayyohlar sonini 25 millionga,
ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish.
Xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada 30 ta yirik turizm
klasterlarini tashkil etish, mehmon o‘rinlari sonini kamida 2 barobarga oshirish,
tog‘li hududlarda 25 ta dor yo‘llari qurish, turizm mahallalari sonini 175 taga
yetkazish.
Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, tibbiyot va ta’lim
turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish.
Xorijiy turistlar uchun barcha xalqaro aeroportlarda respublikadan sotib
olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun “Tax free” tizimini joriy etish.
“Ko‘hna tarix durdonalari” milliy dasturini ishlab chiqish hamda uning
doirasida madaniy meros obyektini restavratsiya qilish, yodgorliklarda “ochiq
osmon muzey”larini tashkil etish.
Mamlakatimiz miqyosida shaharlararo avtobus qatnovini ta’minlaydigan
kompaniyalarni tashkil etishni yanada rag‘batlantirish.
Jami 1 000 dan ziyod elektr quvvatlash stansiyalari, ovqatlanish va hordiq
chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil qilish.[3]
Xulosa qilish mumkinki, respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy
barqaror rivojlanishida turizm sohasining o‘rni juda muhim. Shuning uchun
turizm sohasining rivojlanish omillarini tahlil qilish zarur. Turizmning
rivojlanish omillari deganda ob’ektiv ta’sir etuvchi turli qonunlar natijasida
yuzaga keluvchi turizmni rivojlantirish sharoitlari tushuniladi.[4] Turizmning
rivojlanishiga ta’sir etish tavsifiga binoan barcha omillar uch guruhga bo‘linadi:
ekstensiv (miqdoriy), intensiv (sifatiy) va cheklovchi (salbiy) rivojlanish omillari.
Turistik faoliyatning ekstensiv omillariga quyidagilar kiradi:
-
turistik firmalar va ularda ishlovchi xodimlar soning o‘sishi;
-
turizmga jalb etiluvchi moddiy resurslar, joylashtirish, tashish vositalari,
ovqatlantirish korxonlari miqdorining turistlarga xizmat ko‘rsatish
texnologiyalarni kuchli takomillashtirmagan holda oshirilishi.
Turizmni rivojlantirishning intensiv omillari o‘z ichiga sifatiy
yangilanishning quyidagi omillarini oladi:
- xodimlar malakasini oshirish;
- ilmiy-texnik taraqqiyotning yutuqlarini-xizmat sifatini oshirish, turistik
resurslardan oqilona foydalanish, turizmda informatsion-texnik vositalardan
foydalanishni tadbiq etish.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
618
Foydalanilgan adabiyotlar va axborot manbalari:
1.
https://www.unwto.org/un-tourism-world-tourism-barometer-data
turizm tashkiloti rasmiy sayti.
2.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika
agentligi rasmiy sayti.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-son “O‘zbekiston —
2030” strategiyasi to’g’risida Farmoni.
4.
N.A.Jurayeva, F.Xalimova. “Xalqaro turizm bozori”. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2020. –
119 bet.
MARKAZIY OSIYO TRANSPORT KORIDORLARINING MINTAQA
TASHQI SAVDOSIDAGI O’RNI
Voxidova Mehri Xasanovna
TDSHU kafedra mudiri, dotsent
Nuriddinova Nigina Shuhrat qizi
TDSHU 1-kurs magistranti
Markaziy Osiyo geostrategik va geoiqtisodiy jihatdan muhim hudud bo'lib,
uning transport koridorlari xalqaro savdo, iqtisodiy integratsiya va mintaqaviy
rivojlanish uchun alohida ahamiyatga ega. Mintaqaning o'ziga xos geografik
joylashuvi
–
Sharq va G‘arb, Shimol va Janub orasidagi bog‘lovchi ko‘prik sifatida
–
transport va logistika tizimlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Markaziy Osiyo
–
Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston va
Turkmaniston
–
Yevropa va Osiyo o'rtasidagi transport aloqalari uchun strategik
yo'nalish hisoblanadi. Ayniqsa, Xitoyning "Bir Kamar
–
bir yo'l" tashabbusi
doirasida mintaqaning transport koridorlariga bo'lgan qiziqish oshdi. Ushbu
yo‘llar orqa
li Xitoy, Rossiya, Turkiya, Eron, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlari
o‘rtasida tovar almashinuvi jadallashtirilmoqda.
Qozog‘iston
eng yirik eksportchi va im
portchi bo‘lib, 2022 yilda eksport
hajmi 84,4 milliard AQSh dollarini, import esa 47 milliard AQSh dollarini tashkil
qilgan. Bu davlatning tabiiy resurslari, xususan, neft va gaz eksporti katta
ahamiyatga ega.
O‘zbekiston
ikkinchi o‘rinda bo‘lib, eksport h
ajmi 19,3 milliard AQSh
dollarini, import hajmi esa 25,5 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Bu
mintaqaning iqtisodiy jihatdan eng faol mamlakatlaridan biridir.
Turkmaniston tabiiy gaz va neft mahsulotlari eksport qilishi bilan mashhur
bo‘lib, umumiy e
ksport hajmi 11 milliard AQSh dollarni tashkil qiladi.
Qirg
‘
iziston va Tojikiston mintaqaning nisbatan kichikroq iqtisodiyotlariga
ega bo
‘
lib, ular asosan oltin, to
‘
qimachilik va paxta kabi tovarlarni eksport qiladi.
Qozog
‘
iston va Turkmaniston energiya resurslari eksportida yetakchi bo
‘
lib,
neft va gaz mahsulotlari asosiy eksport hajmini tashkil qiladi.
