O‘zbekiston moliya bozori yashil instrumentlarining joriy holati va istiqbollari

Аннотация

O'zbekistonning ekologik va iqtisodiy holati so'nggi yillarda jiddiy o'zgarishlar va rivojlanishlarni talab qilmoqda. Global iqlim o'zgarishlari, tabiiy resurslarning taqchilligi va atrof-muhitning zaharlanishi kabi muammolar insoniyatni yangi iqtisodiy modellarni qidirishga undamoqda. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi, resurslarni barqaror boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilishni maqsad qilib qo'yadi. O'zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish instrumentlarini keng joriy etish, mamlakatning iqtisodiy o'sishini barqaror va ekologik jihatdan toza qilishda muhim ahamiyatga ega. Sayyoramizning so'nggi yigirma yillik davrida atrof-muhitdagi tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik natijasida ularning taqchilligi, iqlim o'zgarishi va bioxilmaxillikning yo'qolishi kabi ko'plab global muammolar yuzaga keldi. Ushbu muammolar ijtimoiy tengsizlikni oshirish, iqtisodiy va siyosiy holatga ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq. Ekologik muammolarni hal etishda aholi ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, so'nggi yillarda global moliya bozorida "yashil iqtisodiyot”, "yashil moliyalashtirish”, "yashil instrumentlar” kabi terminlar keng tarqalmoqda. Bu terminlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va kelajak avlodlar uchun farovon iqtisodiyotni ta'minlash kabi strategik maqsadlarni anglatadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
92-95
47

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Аликулова N. (2024). O‘zbekiston moliya bozori yashil instrumentlarining joriy holati va istiqbollari. Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики, 1(1), 92–95. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/dev-national-economy/article/view/58405
Нилуфар Аликулова, Банковско-финансовая академия Республики Узбекистан
базовый докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O'zbekistonning ekologik va iqtisodiy holati so'nggi yillarda jiddiy o'zgarishlar va rivojlanishlarni talab qilmoqda. Global iqlim o'zgarishlari, tabiiy resurslarning taqchilligi va atrof-muhitning zaharlanishi kabi muammolar insoniyatni yangi iqtisodiy modellarni qidirishga undamoqda. Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi, resurslarni barqaror boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilishni maqsad qilib qo'yadi. O'zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish instrumentlarini keng joriy etish, mamlakatning iqtisodiy o'sishini barqaror va ekologik jihatdan toza qilishda muhim ahamiyatga ega. Sayyoramizning so'nggi yigirma yillik davrida atrof-muhitdagi tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik natijasida ularning taqchilligi, iqlim o'zgarishi va bioxilmaxillikning yo'qolishi kabi ko'plab global muammolar yuzaga keldi. Ushbu muammolar ijtimoiy tengsizlikni oshirish, iqtisodiy va siyosiy holatga ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq. Ekologik muammolarni hal etishda aholi ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, so'nggi yillarda global moliya bozorida "yashil iqtisodiyot”, "yashil moliyalashtirish”, "yashil instrumentlar” kabi terminlar keng tarqalmoqda. Bu terminlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va kelajak avlodlar uchun farovon iqtisodiyotni ta'minlash kabi strategik maqsadlarni anglatadi.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

92

Список использованной литературы

1.

UNEP. (2022). Green Economy Report. Retrieved from unep.org.

2.

International Renewable Energy Agency (IRENA). (2023). Renewable Energy

Investment Report. Retrieved from irena.org.

3.

Государственный комитет по экологии Республики Узбекистан. (2023).

Программа развития зеленой экономики до 2030 года.

4.

Всемирный

банк

. (2022). Climate Change and Green Economy in Central Asia.

5.

Asian Development Bank. (2022). Sustainable Development in Uzbekistan: Challenges

and Opportunities.

6.

Deutsche Welle. (2023). Green Economy in Germany: Employment and Growth.

7.

Jacobs, M. (2021). Green Growth: Theory and Evidence. Oxford: Oxford University Press.

8.

Harris, J. M. (2018). Environmental and Natural Resource Economics. New York:

Routledge.

9.

Sachs, J. D. (2015). The Age of Sustainable Development. New York: Columbia University

Press.

10.

Meadows, D. H., Meadows, D. L., & Randers, J. (2004). Limits to Growth: The 30-Year

Update. Chelsea Green Publishing.

O‘ZBEKISTON MOLIYA BOZORI YASHIL INSTRUMENTLARINING

JORIY HOLATI VA ISTIQBOLLARI

Aliqulova Nilufar Bahodir qizi

O‘zbekiston Respublikasi Bank

-moliya

akademiyasi tayanch doktoranti

aliqulova95@gmail.com

O‘zbekistonning ekologik va iqtisodiy holati so‘nggi yillarda jiddiy

o‘zgarishlar va rivojlanishlarni talab

qilmoqda. Global iqlim o‘zgarishlari, tabiiy

resurslarning taqchilligi va atrof-muhitning zaharlanishi kabi muammolar

insoniyatni yangi iqtisodiy modellarni qidirishga undamoqda. Yashil iqtisodiyot

konsepsiyasi, resurslarni barqaror boshqarish va atrof-muhitni muhofaza

qilishni maqsad qilib qo‘yadi. O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish

instrumentlarini keng joriy etish, mamlakatning iqtisodiy o‘sishini barqaror va

ekologik jihatdan toza qilishda muhim ahamiyatga ega. Sayyoramizning so‘nggi

yigirma yillik davrida atrof-muhitdagi tabiiy resurslardan oqilona

foydalanmaslik natijasida ularning taqchilligi, iqlim o‘zgarishi va

bioxilmaxillikning yo‘qolishi kabi ko‘plab global muammolar yuzaga keldi.

Ushbu muammolar ijtimoiy tengsizlikni oshirish, iqtisodiy va siyosiy holatga

ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Ekologik muammolarni hal etishda aholi ishtiroki

muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, so‘nggi yillarda global moliya bozorida

“yashil iqtisodiyot”, “yashil moliyalashtirish”, “yashil instrument

l

ar” kabi

terminlar keng tarqalmoqda. Bu terminlar tabiiy resurslardan oqilona

foydalanish, atrof-

muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va kelajak avlodlar uchun

farovon iqtisodiyotni ta’minlash kabi strategik maqsadlarni anglatadi.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

93

Yashil iqtisodiyot

bu iq

tisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga, ekologik

barqarorlikni saqlash va ijtimoiy adolatni oshirishga qaratilgan yondashuvdir. U

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish va

iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish kabi masal

a

larni o‘z ichiga oladi. Yashil

moliyalashtirish esa, ekologik loyihalarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan

vositalar va mexanizmlarni o‘z ichiga oladi [1].

Rivojlangan mamlakatlarda yashil budjetlashtirishni amalga oshirish uchun

bir necha yo‘nalishla

r belgilangan [2]:

1.

Budjet mablag‘larining atrof

-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini

qamrab olishi.

2.

Fiskal siyosatning ekologik maqsadlarga muvofiqligini baholash uchun

metodologiya.

3.

Jarayonning shaffofligi va hisobdorligi.

4.

Boshqaruv va ekologik nazoratning har bir sektor ustidan olib borilishi.

Yashil iqtisodiyot energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi

energiyani joriy qilish, eko-

bino va inshootlarni ko‘paytirish kabi eng zaruriy

sektorlardan iborat. Ushbu sektorlarni moliyalashtirishda mahalliy va xorijiy

investorlarni jalb qilish zarur.

O‘zbekistonda yashil budjetlashtirish bo‘yicha ko‘plab tashabbuslar

mavjud. Masalan, 2023-

yil may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Yevropa

tiklanish va taraqqiyot banki yig‘ilishida “O‘zbekistonda ya

shil iqtisodiyot

hamkorligi”ga qaratilgan 10,2 mln. yevro miqdorida texnik ko‘mak mablag‘lari

ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Ushbu dastur doirasida [3]:

Qazilma yoqilg‘ilari subsidiyalarini qisqartirish.

Iqtisodiyotni dekarbonizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqish.

Issiqxona gazlari tashlanmalarini monitoring qilish tizimini joriy etish.

Yashil budjetlashtirish va soliqqa tortish usullarini joriy etish

rejalashtirilmoqda.

Bu loyihalar mamlakatimizda yashil iqtisodiy

otga o‘tish strategiyasining

asosiy qismi

bo‘lib, ulardan foydalanish iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.

O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun bir qator

instrumentlar mavjud:

-

Yashil kreditlar: Qayta tiklanuvchi energiya va ekologik loyihalarni

moliyalashtirishda foydalaniladi.

-

Yashil obligatsiyalar: Investorlarni ekologik loyihalarga jalb qilish uchun

chiqariladi.

-

Yashil sug‘urta: Atrof

-

muhitga zarar yetkazmaslikni ta’minlashga

qaratilgan sug‘urta turlari.

Afsuski, tadqiqotlarimiz natijasig

a ko‘ra sanab o‘tilgan tijorat banklarida

gi

yashil kredit mahsulotlarining aksariyatining amaldagi holati vaqtinchalik

to‘xtatilganligini aniqladik. Bunga asosiy sabablar o‘rganilganda tijorat

banklaridagi resurslarning kamligi ham mamlalakat korxonalarini

ng to‘laqonli


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

94

yashil loyihalarni qo‘llab

-quvvatlash hamda undan foydalanish darajasi kamligi

aniqlandi.

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan taqdim

qilinayotgan yashil mahsulotlar joriy holati

Bank nomi

Kredit turi

Miqdori

Muddati Foiz

Imtiyozli

davr

Amaldagi

holati

BRB

“Yashi” iste’mol

krediti

165 mln

so‘mgacha

5 yil

20 % 6 oygacha

Vaqtinchalik

to‘xtatilgan

Yashil energiya

170 mln

so‘mgacha

5 yil

20% 6 oygacha

Vaqtinchalik

to‘xtatilgan

Turon Bank

“Ecopanel”

Shartnomaga

asosan

5 yil

17% 6 oygacha

mavjud

“EcoGreenCar”

680 mln

so‘mgacha

4 yil

28%

Mavjud emas

Ziraat bank

Yashil Komfort

102 mln so‘m

gacha

1-5

yilgacha

20-

21%

Mavjud emas

Agrobank

Yashil energiya

100 mln

so‘mgacha

5 yil

20%

Mavjud

Ipoteka

bank

Yashil kredit

99 mln

so‘mgacha

5 yil

19 % 6 oygacha

Mavjud emas

Ipak yo‘li

bank

Yashil makon

80 mln

so‘mgacha

5 yil

20 %

Vaqtinchalik

to‘xtatilgan

NBU

National Green

60 mln

so‘mgacha

5 yil

20-

22%

3 oy

Mavjud

Infinbank

Infin Green

600 mln

so‘mgacha

5 yil

20 %

Yo‘q

Mavjud

Kapitalbank

Ecokredit

1 mln-50

mlngacha

1-5 yil

20%

6 oy

Mavjud emas

Manba:

muallif tomonidan tuzilgan.

Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini moliyalashtirish, xususiy

sektorlar orqali yashil

loyihalarga mablag‘lar ajratilishi, davlat tomonidan yashil

budjetlashtirish ishlari ko‘lamini

orttirish natijasida yashil iqtisodiyotga o‘tish

uchun belgilab olingan maqsadlarga erishish yo‘lida samaradorlikka sezilarli

darajada erishishimiz mumkin deb hisoblaymiz.

Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tezlashtirish uchun quyidagi

tavsiyalarni amalga oshirish zarur:

-

Hukumat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash: Yashil

moliyalashtirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va xususiy

sektorni jalb qilish.

-

Ekologik ongni oshirish: Aholi va tadbirkorlar o‘rtasida ekologik ta’lim

va

xabardorlikni kuchaytirish.

-

Investitsiyalarga yo‘naltirish: Yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun

xalqaro va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish.

O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tishda hukumatning roli va ahamiyati

katta. Yashil budjetlashtirish, loyihalarni moliyalashtirishda yashil sertifikatlar,


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

95

yashil sug‘urta, yashil kreditlar va obligatsiyalarni joriy etish zarur. 2023

-yil

davomida qay

ta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llab

-quvvatlash uchun

yashil energiya sertifikatlari tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Bu tizim,

ekologik jihatdan toza texnologiyalar yordamida energiya ishlab chiqarilishini

tasdiqlovchi va nazorat qilish imkonini beruvchi mexanizm sifatida qaralmoqda.

Natijada, qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchilari

va iste’molchilari

uchun qulay yashil moliyaviy instrumentlar bilan xaridlarni amalga oshirish

imkoniyatlari kengayadi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

A. Vaxabov, Sh.Xajibakiyev. Yashil iqtisodiyot. // Darslik. -

T.: “Zebo Print”, 2021.

2.

O‘zbekistonda “Yashi” O‘sish

va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha siyosiy muloqotlar turkumi:

ishlar

to”plami.

2022.

https://documents1.worldbank.org/curated/en/099905206302223031/pdf/P1708700b97873

0eb09a17023c938c721bc.pdf

3.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi. “Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha

moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamjamiyatning texnologiyalarni uzatish

to‘g‘risidagi”

milliy

axb

orotnoma.

Green

Economy.

T.;

2023.

https://api.mf.uz/media/document_files/MILLIY_AXBOROTNOMA.pdf

MILLIY IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING EKOLOGIK-

IQTISODIY MUAMMOLARI

Asrayev Shavkat Baxtiyor o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali talabasi

shavkatasrayev70@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada mamlakatimizda yuzaga kelayotgan ekologik

muammolar va ularning yechimlari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, amalga

oshirilayotgan ekologik islohotlar, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida

mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari, shimoliy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi va

ularning ekologiya sohasidagi iqtisodiy yondashuvlari ham batafsil yoritilgan.

Ushbu tajribalar mintaqa ekologiyasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi bilan

birga, barqaror ekologik muhit yaratishga qaratilgan strategiyalarni

shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kalit so‘zlar:

ekologiya inqilobi, energetika, yashil iqtisodiyot, qarorlar,

ifloslanish, suv resurslari, innovatsiya va texnologiyalar.

Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblangan cheklangan

resurslardan oqilona va samarali foydalanish zarurligi hamda uning natijasida

iqtisodiyotning barqarorlashuv jarayonini ta’minlash muhim ahamiyatga ega
ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Cheklanmagan ehtiyojlarni ta’minlashda atrof

-

muhitga bo‘layot

gan noodil xatti-harakatlar mamlakatlar milliy iqtisodiyoti va

kelajak avlo

d hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Shu sababdan

ekologiya

sohasini rivojlantirishga, ekologik muammolarni oldini olishga va ko‘lamini

Библиографические ссылки

A. Vaxabov, Sh.Xajibakiyev. Yashil iqtisodiyot. //Darslik. - T: "Zebo Print”, 2021.

O'zbekistonda "Yashi” O'sish va iqlim o'zgarishi bo'yicha siyosiy muloqotlar turkumi: ishlar to"plami. 2022. https://documentsl.worldbank.org/curated/en/099905206302223031/pdf/P1708700b97873 0eb09al 7023c938c721bc.pdf

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi. "Iqlim o'zgarishi bo'yicha moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamjamiyatning texnologiyalarni uzatish to'g’risidagi" milliy axborotnoma. Green Economy. T.; 2023.https://api.mf.uz/media/document files/MILLIY AXBOROTNOMA.pdf