CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
77
ERONNING O’RTA OSIYA XONLIKLARI BILAN ALOQALARI.
Abduhamidova Aziza Abdumannon qizi
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14676803
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XIX-asr oxirlarida O’rta Osiyo xonliklarining
xususan, Buxoro amirligining Eron bilan savdo va diplomatik munosabatlari
haqida fikr boradi.
Kalit so’zlar:
Buxoro, Rossiya, Marv, Amir Nasrullo, Eron, Joseph Wolff,
Subhonqulibek, Buyuk Britaniya. Buxoro amirligi tashqi siyosati tarixida Eron
davlati oʻrtasidagi diplomatik aloqalar ham muhim oʻrin tutgan. Manbalarda
Eron davlati bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlashda Amir Nasrullohning
faoliyati alohida koʻrsatib oʻtilgan.
Annotation:
This articles discuss trade and diplomatic relations of the
Bukhara Emirate through the Khanate of Central Asia at the end of the 19th
century.
Keywords:
Bukhara, Russia, Marv, Amir Nasrullah, Iran, Joseph Wolff,
Subhonqulibek, Great Britain. In the political history of the organization of the
Bukhara Emirate, inter-state and internal security relations also played an
important role. Amir Nasrullah's activities in diplomatic relations with the
Iranian state are highlighted in the sources.
Аннотация:
В статьях Ушбы рассматриваются торговые и
дипломатические отношения Бухарского эмирата через Среднеазиатское
ханство в конце XIX века.
Ключевые слова:
Бухара, Россия, Марв, Амир Насрулла, Иран, Йозеф
Вольф, Субхонгулбек, Великобритания. В политической истории
организации Бухарского эмирата важную роль также играли отношения
межгосударственной и внутренней безопасности. В источниках освещена
деятельность Амира Насруллы в дипломатических отношениях с
иранским государством.
Erondan Buxoroga 1844-yilda Muhammadshoh boshchiligida yuborilgan
elchilik oldiga quyidagi masalalarni hal qilish yuklatilgan edi: Buxoroda
saqlanayotgan eronlik asirlarni ozod qilish masalasini muhokama etish; Marv
viloyati va turkmanlar bilan bogʻliq masalalarda muayyan kelishuvga erishish;
Buxoroda tutqunlikda boʻlgan ingliz fuqarosi Joseph Wolffni ozod qilish
masalasini hal etish va boshqalar. Eron elchisi Buxoroda saqlanayotgan asirlarni
qadimiy anʼanaga va odatlarga koʻra ulamolarning fatvolari asosida davom etib
kelayotgani, asirlar naqd pulga sotib olinganligi sababli Eronga qaytarilmasligini
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
78
inobatga olib, bunday huquqiy muammolarni bartaraf etish uchun ikki davlat
oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan amirning
takliflarini qabul qiladi. Eron elchisi ikkinchi masala, yaʼni Marv viloyatidagi
siyosiy ahvol masalasida Buxoro amirligi hukmdori unga ushbu hududdagi
siyosiy ahvolning naqadar murakkabligini tushuntirib, Marv hokimi aholi talabi
asosida tayinlanganligini, turkman urugʻlari Buxoro amirligiga qarshi harakatlar
uyushtirganligini taʼkidlab, Marv vohasini qayta obod qilish zarurligini, aks
holda Marvni hech kim boshqara olmasligini bildiradi. Uchinchi masala boʻyicha
munozara ancha keskin kechadi, sababi bu masala inglizlarning Buxoro
amirligida, umuman, Markaziy Osiyodagi, josuslik faoliyati bilan bogʻliq edi.
Markaziy Osiyoda josuslik faoliyatini amalga oshirish uchun Eron orqali
polkovnik Charles Stoddart va Arthur Conollylar yuborilganlar. Ushbu ikki elchi
Amir Nasrulloh tomonidan qatl etilgan boʻlib, amir ularning yovuz niyatda
kelganligidan boxabar edi. Ikki elchini ozod etish maqsadida Eron
vositachiligidan foydalangan inglizlar Eron orqali Joseph Wolffni yuboradi.
Joseph Wolff ham ikki josusning sherigi sifatida qamoqqa olinadi. Eron elchisi
Buxoro amiriga ingliz fuqarosi Joseph Wolffni izzat-ikrom bilan topshirishni
soʻraydi. Amir Nasrulloh bunday tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlarda
Buxoro amirligininf xalqaro aloqalardagi obroʻsini, davlatning ichki va tashqi
xavfsizligi masalalarini, Eron davlati bilan boʻladigan keyingi aloqalarni
mustahkamlash, oʻz navbatida Eron—Buyuk Britaniya siyosiy munosabatlarini
ijobiylashtirish maqsadida Joseph Wolffni hamda Eron asirlarini ozod qilishga
qaror qiladi. Amir Nasrulloh Eron elchisi bilan Subhonqulibekni sovgʻa-salomlar
bilan Eron davlatiga elchi qilib yuboradi. Eron elchisi Subhonqulibekni, Joseph
Wolffni va eronlik asirlarni olib, Buxoroni tark etadi. Buxoro amirligi bilan Eron
davlati oʻrtasidagi munosabatlarda enf oʻtkir masalalardan biri — asirlar
masalasi boʻlganligi sababli, bunday omil ikki davlatning oʻzaro tashqi siyosiy va
diplomatik aloqalarning rivojiga toʻsiq boʻlib turardi. Ikki davlatning hech biriga
itoat etmaydigan koʻchmanchi qabilalar va urugʻlar karvon yoʻllarida va chegara
hududlarida turli talon-tarojlarni amalga oshirib, asirlarni Buxoro yoki boshqa
shaharlar bozorlarida sotardilar. Bunday koʻrinishdagi insonlar savdosidan
taraflar, yaʼni sotuvchi va oluvchilar manfaatdor boʻlganligi sababli qul savdosini
butunlay barham toptirish mushkul edi. Ushbu muammoning ijtimoiy-siyosiy
mohiyatidan tashqari, gʻoyaviy asosi ham mavjud boʻlib, u sunniy va shia
mazhablari oʻrtasidagi tafovutlar bilan belgilanar edi. Bunday fikrning bahsli
munozaraga mansubligini inobatga olib, ikki davlat oʻrtasida yinch-totuvlik
aloqalarini oʻrnatish maqsadida Amir Nasrulloh vaqti-vaqti bilan Usmonlilar
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
79
imperiyasi sultoniga elchilar yuborib, masalaning sharʼiyligini aniqlashga
harakat qilar va uning huquqiy yechimini topish maqsadida buyuk ulamo-yu
mujtahidlarning asarlarini yuborishni iltimos qilar edi. Mazkur huquqiy
muammoni bartaraf etishga imkon beruvchi huquq manbalarini olib kelish amir
tomonidan ikki elchilikka topshirilgan edi.
XULOSA.
XVIII-asrning so’nggi choragidan boshlab to XIX-asrning oxirigacha bo’lgan
davrda Buxoro amirligining tashqi siyosati uchun muhim bo’lgan Eron davlati
savdo va diplomatik munosabatlarga yangicha o’zgarishlarni kiritgan. Bu
diplomatiya ikkala tomon uchun ham manfaatli bo’lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Alimova R. R.. Oʻrta Osiyo xonliklarining qoʻshni davlatlar bilan diplomatik
va savdo-iqtisodiy munosabatlari (XVI—XX asr boshlari rus tarixshunosligi va
manbalari asosida. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017 —
147 bet.
2.
Rajabov Alisher Shavkatovich. The work of “Mir’otus Solikiyn” as a
Theoretical Source of Naqshbandiya Tariqat. / Web of scholars:
Multidimensional research journal. 1(8). 2022. Rajabov Alisher Shavkatovich.
About Bahouddin Naqshband in Mirbabo Naqshbandi’s Poetry. / International
journal
of
formal
education.
2022.
–
P.
1-5.
http://journals.academiczone.net/index.php/ijfe/article/view/455
3.
Rajabov Alisher Shavkatovich. Abu Nasr Farobiy. / Journal of Innovations
in Social Sciences Volume: 01 Issue: 01 | 2021 ISSN: 2181-2594 2021-yil,20-
noyabr.–B.97-102
4.
Rajabov Alisher Shavkatovich, Elibayeva Feruza Xamzayevna. O’tkir qilich
va qalam sohibi : Bobur merosi jahon olimlari nigohida. / Research and
education
2022/2/25.
–
P.
647
https://researchedu.uz/wp-
content/uploads/2022/03/Navoi-and-Baburconference.pdf#page=647
5.
Alisher Shavkatovich Rajabov. Mirbobo Naqshbandi on the truth of the
soul. / Youth, science, education: topical issues,achiievements and
innovations.2022
Prague,
Czech:
1
(7),
93-101
https://zenodo.org/record/7467785#.ZDRR-XZByM8
6.
Rajabov Alisher Shavkatovich. Mir Babo Naqshbandi on the Heart of Arif
and the Truth of Arif’s Condition. / American Journal of Social and Humanitarian
Research Vol:3 (12)2022, 50-54
