Ahmad Mammedov ijodi va she’riyatida tarjimaning o’rni

Аннотация

Maqolada turkman-o'zbek adabiy aloqalari takomilida tarjima madaniyati badiiy vazifadoshligi tahlillanadi. Unda turkman shoiri A.Mammedov lirikasi o'zbekcha tarjimasi, tushuncha nazariy asoslari o'ziga xosligiga e'tibor qaratiladi.

CC BY f
63-65
6

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Джепбарова S., & Курбанмирадова G. (2025). Ahmad Mammedov ijodi va she’riyatida tarjimaning o’rni . Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинами, 1(1), 63–65. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/btsircad/article/view/98078
Саят Джепбарова, Каракалпакский государственный университет имени Бердаха
Доцент кафедры туркменского языка и литературы, кандидат философских наук (PhD)
Гульназ Курбанмирадова, Каракалпакский государственный университет имени Бердака
Студентка 2 курса факультета туркменского языка и литературы
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada turkman-o'zbek adabiy aloqalari takomilida tarjima madaniyati badiiy vazifadoshligi tahlillanadi. Unda turkman shoiri A.Mammedov lirikasi o'zbekcha tarjimasi, tushuncha nazariy asoslari o'ziga xosligiga e'tibor qaratiladi.


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

63

5. Raymond W. Gibbs Jr. (1994) "The Poetics of Mind"
6. Zoltán Kövecses (2010) "Metaphor: A Practical Introduction,"
7. Anna Wierzbicka (1997) "Understanding Cultures Through Their Key Words,"
8. Charles Fillmore’s (1982) "Frame Semantics Theory"

AHMAD MAMMEDOV IJODI VA SHE’RIYATIDA TARJIMANING O’RNI

Jepbarova Sayat Kurbanmiratovna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Turkman tili va adabiyoti kafedrasi docenti, f.f.f.d. (PhD).

Kurbanmiradowa Gulnaz Esen qizi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Turkman tili va adabiyoti yo’nalishi 2 bosqich talabasi.

Annotasiya

Maqolada turkman-o'zbek adabiy aloqalari takomilida tarjima madaniyati badiiy

vazifadoshligi tahlillanadi. Unda turkman shoiri A.Mammedov lirikasi o'zbekcha tarjimasi,
tushuncha nazariy asoslari o'ziga xosligiga e'tibor qaratiladi.

Kalit so’z:

tarjima, shoir, lirika, adabiy aloqa, badiy vazifadoshlik, tahlil.


Azal-azaldan adabiy aloqalar va madaniy hamkorlik rishtalari so’z san’ati taraqqiyoti kafolati

vazifasini bajargan. Negaki, o’zaro munosabatlar millat idrok sezgisi hamda ruhiyat mintaqalarini
boyitib, ijod falsafasi teranlashuviga zamin hozirlaydi. Aslida “adabiy aloqalar tufayli muayyan
millatga xos adabiy hodisa va an’analar ikkinchi xalq ma’naviy-estetik mulkiga aylanadi, badiiy
qarashlari takomilini ta’minlaydi. Bunda badiiy tarjimachilik juda katta vazifa bajaradi” [1].

Ilg’or

an’analar va poetik tajriba omuxtalashuvi aynan tarjima amaliyoti bilan salmoq kasb etadi. Shu
ma’noda, joriy hodisa janriy barqarorlik va ma’naviy ohangdoshlikka yo’l ochadi. Unda dunyoqarash,
ifoda, tasvir hamda uslub ijod uyg’unligini tayin etadigan omilga aylanadi.

Ili kiçeltmegin ӧzüňe çenli,

Őzüň il deňine gӧteriljek bol [2].

Ahmad Mammedov zamonaviy turkman she’riyati yorqin namoyandalaridan biri. Shoir ijodida

xalqona falsafiy qamrov hassos tuyg’ular zamzamasini hosil qiladi. Unda so’z samimiy harorati ifoda
nafosatini belgilaydigan muhim omilga yugriladi. Joriy holat muallif qalamiga mansub “Taqdirim”,
“Og’irdir”, “Qizg’onma”, “Senga aytar so’zim bor” hamda “Tog’larga yuz burdim” manzumalarida
qabarib ko’rinadi.

“Kelganimda dunyoga bir siqim tuproq edim,

Mana endi bir butun zamin bo’lib turibman!”
-yozadi ijodkor “Taqdirim” she’rida. Hayrat, shur va manfaat omuxtalashgan idrok sezgisini

san’atkor belgilaydigan yetakchi estetik tamoyil sifatida baholash maqsadga muvofiq. Noyob
mushohadasi, teran va o’ychan ma’naviy qarashlari bilan turkman adabiyoti falsafiy-estetik asoslarini
mustahkamlashga moyil shoir badiiy izlanishlarida tarixiy ruhiyat realizmini qayta tiklashga intilish
bo’rtib turadi. Unda lirik-falsafiy talqin ruhiyat tahlilni teranlashtiradigan badiiy vositaga yo’g’riladi.

Ruboiy didaktik munosabat hosil qilsa-da, unda teran mohiyat mushohadaga payvandlanadi.

To’rtlikning Yu.Nasim talqinida qayta tiklangan o’zbekcha tarjimasida imkon darajasida asliyat
mazmuni saqlangan. Uch misrada umumiy mohiyatni asragan mutarjim to’rtinchi satrda poetik
mantiqni buzadi. “Do’st” hamda “barobar” orttirma nisbatlari “el ulug’vorligi qadar yuksal”
ma’nosini to’liq ifodalay olmayapti! Ikkinchi baytda aks etgan tazodiy aloqa maromi tarjimada o’z
hissiy maromini biroz yo’qotgan:

Elni kichraytirma o’zing qadar to,

O’zing el bo’yiga do’st, barobar bo’l [3].


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

64

Muallif tabdilida moziy-bugun-kelajakni tutashtiradigan muayyan nuqta mavjud. Inson ichki

dunyosi ziddiyatlarini tahlillash, o’zlikni anglash iztiroblarini tasvirlash hamda mavzu
problematikasini badiiy sifatlarda umumlashtirish taomili shoir lirikasiga ajib bir tarovat bag’ishlaydi.
Voqelik tarixi va ruhiy kechinmani yuksak poetik pardalarda kuylayotgan ijodkor sarzanishlarida
inson abadiy o’y-xayollari, orzu-istaklari, teran armonu iztiroblari yaxlit manzara kasb etadi. Unda
ko’ngil irmoqlaridan hosil bo’layotgan hissiy shiddat bo’hroni qad rostlaydi.

“Adabiy ta’sir, adabiy aloqa va tarjima har bir milliy adabiyot taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.

Hech qaysi bir, hatto, yuksak darajadagi tamaddun bosqichlariga o’tgan mamlakat o’zga yurtlarning
muayyan ta’sirlarini ijodiy o’zlashtirishsiz bu holatga yetishi mumkin bo’lmaganidek, badiiy adabiyot
ham uzoq-yaqin qo’shnilarning bu boradagi tajribalari ta’sirisiz yuksalmaydi. Shu ma’noda, badiiy
adabiyot doimo o’zaro ta’sir oluvchi va ta’sir etuvchi, quvvati, energiyasi shu yo’nalishda uzluksiz
nafas olib turuvchi tirik organizmga o’xshaydi. O’zbek adabiyotining yuksalgan bosqichlarida adabiy
ta’sir, o’zgalar tajribasidan o’rganish, tarjima masalalari ham alohida mavqega ko’tarilgani buni
tasdiqlaydi” [4] yozadi akademik B.Nazarov. Vaholanki, bir tildan ikkinchi tilga o’girilgan asarda
milliy ma’naviyat ifodasi va ijodkor uslubi jiddiy yangilanadi. Eng muhimi, murakkab jarayonda
“tasvirdan tashqari, qiyos va tahlil ham ishtirok etadi” [5]. Aslida tarjimada so’z, ohang, marom va
musiqa o’zga o’lchamga ko’chadi. Til, lug’at, milliy ifoda, dunyoqarash hamda an’anani bir butun
poetik hodisaga aylantirish iste’dod darajasini taqozolashi isbot talab qilmaydigan haqiqat! Ijodiy
iqtidor va hayotiy tajriba mushtarakligi asliyat hamda tarjimani bir-biriga tenglashtiradigan yetakchi
omillar hisoblanadi.

Yangi bosqich turkman-o’zbek adabiy aloqalari xususida mushohada yuritilganda, A.Mammedov

shaxsiyati bot-bot tilga olinadi. Bu bejiz emas, albatta. Negaki, shoir, tarjimon va olim sifatida u ikki
adabiyot hamdo’stligini tayin etish, adabiy hamkorlikni mustahkamlash hamda takomillashtirishga
munosib hissa qo’shib kelmoqda. “Alisher Navoiyning bir necha g’azallari, ruboiy va hikmatli
so’zlari, Pahlavon Mahmud va Sulaymon Boqirg’oniy ijodidan namunalar ham Ahmad Mammedov
tarjimasida Turkmanistonda bosilib chiqdi. Zamonaviy shoirlardan G’ayratiy, S.Abdulla, Uyg’un,
M.Shayxzoda, Zulfiya, A.Oripovlarning ijodi ham bugungi kunda turkman tarjima adabiyotining
yaxshi namunalari sifatida qabul qilingan” [3]. Darhaqiqat, prof. K.Quramboyev e’tirof etganidek,
Ahmad Mammedov Sharq mumtoz madaniyatini mukammal o’rgangan. Ayniqsa, aruz vazni
imkoniyatlaridan o’rinli va unumli foydalanish mayli olim mushohadalarini to’liq dalolatlaydi:

Adamlar, göz aýdyň, Nowruz gelipdir,

Nowruza beslense ýyllar bagtiýar [6].

“Odamlar, ko’z oydin, Navro’z kelibdi” she’ri shoir ijodiyoti halqasida muhim o’rin egallaydi.

Navro’z ayyomi muallif nazarida ko’rk, betakror farzandlik muhabbati va o’zgacha poetik tavsiflar
bilan to’ldiriladi. Uning badiiyati millat manfaat-ehtiyoji hujayralariga tutashib ketadi. “Navro’zdan
nur olgan yillar baxtiyor” idrokdan olingan muqoyasalarda orzu-istak-umid-ilinj-ishonch
omuxtalashadi. Unda insoniyatga xos zarif xislatlar va yorug’ ishonch sezgisi idrokda qayta badiiy
ifoda qilinadi:

Odamlar, ko’z oydin, Navro’z kelibdir,

Navro’zdan nur olgan yillar baxtiyor [3].

Turkman shoiri she’rini o’zbekchalashtirishda imkon qadar asliyatni saqlab qolishga intiladi.

So’zma-so’z tarjima vositasida muallif sodda hamda ravon ifoda uslubini qayta tiklaydi. Bandlardagi
fikr oqimi, mazmun va misralardagi romantik ruh originalga ohangdosh. Mutarjim turkman shoiri
ifoda usuliga ijodiy tamoyildan kelib chiqqan holda yondashadi. Asliyatda mujassam badiiy mahorat
qirrallari tarjimada ham saqlanadi. A.Mammedov manzarani jonli va ta’sirchan gavdalantirish uchun
tasvir vositalaridan san’atkorona foydalanadi.

A.Mammedovning “Ishq – qismatim” she’riy kitobini (Toshkent, O’zbekiston, 2014) uch

ijodkor tarjima qilgan. Mutarjimlar faoliyatiga nazar solsak, O.To’rayev va Yu.Nasim matnga erkin
ijodiy yondashuvi kuzatilsa, A.Saidmatov so’zma-so’z tarjimaga moyilligi ko’zga tashlanadi.


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

65

“Har bir xalq o’ziga xos tarixiy, ijtimoiy, tabiiy va boshqa sharoitlarda yashaydi va taraqqiy etadi.

Umumiy xususiyatlar degan narsa har safar o’zining takrorlamas qiyofasida, ham umumiy va ayni
vaqtda, konkret xususiyatlar sifatida namoyon bo’ladi. Har bir xalqning milliy o’ziga xosligini
tushunish uchun umumiy narsaning konkret voqe bo’lishinigina emas, balki xuddi shu xalqning o’z
tajribasidan kelib chiqqan konkret takrorlanmas narsani aniqlash kerak” [5]. Tarjimada so’zning
badiiy-estetik ta’siri va adabiy mahorat asosiy mezondir.

Umuman, turkman-o’zbek adabiy aloqalari tagmatnida tarjima mustahkam o’rin tutadi. Madaniy

hamkorlik va ijodiy munosabatlar takomili bevosita joriy tushuncha darajasiga tutash. Negaki, unda
poetik talqin va vazn qayta tiklanishi omuxtalashadi. So’z, lug’at, uslub, ifoda va mahorat
uyg’unlashuvini taqozolaydigan san’at taraqqiyotida ijodiy malaka muhim ahamiyat kasb etadi.
Turkman shoiri A.Mammedov lirikasi o’zbekcha tarjimalari, she’rlari tarjimasini tasniflash, ularni
ilmiy asosda o’rganish hamda tajribada umumlashtirish hayotiy ehtiyoj hosilasidir. Ana shundagina
ijodkor konsepsiyasini to’g’ri belgilash, g’oyaviy-estetik dunyosini teran anglash, adabiy aloqalar
mohiyatini idroklash va har bir milliy adabiyot nafosatini his qilishga zamin hozirlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Salayev F., Qurboniyozov G. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so’zligi. –Toshkent:
Yangi asr avlodi, 2010.

2.

Ahmet Mämmedow. Rubagylar we bentler. –Aşgabat, Ylym, 2012.

3.

Ahmad Mammedov. Ishq – qismatim. –Toshkent, O’zbekiston, 2014.

4.

Nazarov B. Adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi bo’limi // O’zbek tili va adabiyoti, 2004.

5.

Calomov G’. Tarjima tashvishlari. –Toshkent: Adabiyot va san’at, 1983.

Ahmet Mämmedow. Türkmennama. –Aşgabat, Ruh, 1996.

UNRAVELING THE WISDOM OF ENGLISH PROVERBS

Kurbanbaeva Kamila – teacher of the English language and literature

Karakalpak State University, Nukus, Uzbekistan

Jalgasova Mexriban – 3rd year student of the Foreign Language and Literature

Karakalpak State University, Nukus, Uzbekistan

Introduction. English proverbs, concise and metaphorical in nature, have played a pivotal role in

the expression of traditional wisdom across generations. These short sayings encapsulate moral
lessons, practical advice, and cultural beliefs, contributing not only to linguistic richness but also to
intercultural communication. Their significance is especially pronounced in the context of language
learning, where understanding the connotative and denotative meanings of proverbs can greatly
enhance one’s fluency and cultural competence.

Theoretical and Methodological Framework. Proverbs, as linguistic phenomena, fall under the

purview of paremiology — the study of proverbs and proverbial expressions. They are often analyzed
through the lens of pragmatics, sociolinguistics, and cognitive linguistics. According to Mieder,
proverbs are "short, generally known sentences of the folk which contain wisdom, truth, morals, and
traditional views in a metaphorical, fixed, and memorizable form" [1].

Methodologically, this paper employs qualitative content analysis by selecting and interpreting

commonly used English proverbs. We also draw on comparative studies between English and Uzbek
proverbs to highlight cross-cultural parallels and distinctions.

The Meaning and Wisdom of Common Proverbs
"The early bird catches the worm."
This proverb emphasizes the importance of initiative and timeliness. Those who start early are

more likely to succeed. It promotes a proactive attitude, which is also echoed in the Uzbek equivalent:
"Erta turganning rizqi ko‘p" (He who wakes early gets more provision).

Библиографические ссылки

Salayev F., Qurboniyozov G. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so’zligi. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.

Ahmet Mammedow. Rubagylar we bentler. -A.sgabat. Ylym, 2012.

Ahmad Mammedov. Ishq - qismatim. -Toshkent, O’zbekiston, 2014.

Nazarov B. Adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi bo’limi // O’zbek tili va adabiyoti, 2004.

Calomov G’. Tarjima tashvishlari. -Toshkent: Adabiyot va san’at, 1983. Ahmet Mammedow. Turkmennama. -Ajgabat, Ruh, 1996.