Ingliz tilida faol ishlatiladigan tibbiy iboralar va ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari hamda ma’nolari

Sohiba Habibulloyeva

Kirish.Ushbu maqolada ingliz tiliga oid bir qancha sog‘liq va tibbiyot mavzusidagi iboralar hamda ularning o‘zbck tilidagi ekvivalentlari tahlil qilinadi. Har qanday tilda idiomatik ifodalar madaniy, tarixiy va ijtimoiy omillar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish ko‘pincha ma’no yo‘qolishiga olib keladi. Shu sababli bunday birliklarni tarjima qilishda ularning semantik mazmuni, konnotativ qiymati va kontekstga mosligi muhim ahamiyat kasb etadi. Chet elliklar uchun o‘rganilayotgan tilda iboralarni qo‘llash biroz qiyin bo‘lishi mumkin, chunki ularning asl ma‘nosini o‘rganuvchilar yaxshi anglab yetmagan bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi sog‘liq bilan bog‘liq idiomalar qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarjimada qanday yondashuvlarni talab etishi haqida mulohazalar yuritiladi.

7

Koʻrishlar

1

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos