STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
436
Germaniya metodikasining asosiy xususiyatlari
1.
Integratsiyalashgan taʼlim modeli
- Nazariya (30%) va amaliyot (70%) nisbati
- Har bir nazariy modul uchun amaliy topshiriqlar
2.
Vaka-studiyalar (Case-study)
- Haqiqiy nemis korxonalarining biznes holatlari
- Talabalar tomonidan mustaqil yechim ishlab chiqish
Loyiha asosida oʻqitish
- Mini-biznes loyihalarini amalga oshirish
- Virtual kompaniyalarda simulyatsiya qilish
- Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlari
Oʻquv dasturini moslashtirish
- Mahalliy biznes muhitiga mos vaka-studiyalar yaratish
- Oʻzbekiston qonunlariga muvofiq modullarni ishlab chiqish
Oʻqituvchilarni tayyorlash
- Germaniya mutaxassislari bilan ustoz-shogird dasturlari
- Metodik qoʻllanmalarni mahalliy tilga tarjima qilish
Infratuzilmani rivojlantirish
- Politexnikumlarda biznes-simulyatorlar bilan jihozlangan sinflar
- Mahalliy korxonalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish
Pilot loyiha sifatida joriy etish:
- Bir nechta yetakchi Politexnikumlarida sinov dasturi
Oʻquv materiallarini ishlab chiqish
- Biznes asoslari uchun integratsiyalashgan darslik va ish daftarlari
- Raqamli oʻquv resurslari platformasi
Korxonalar bilan hamkorlikni mustahkamlash
- Har bir talaba uchun amaliyot joyini taʼminlash
- Muvaffaqiyatli tadbirkorlarni darslarga jalb qilish
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rauner, F. (2012). *Dual Vocational Education and Training*. Springer.
2. BIBB (2021). *Framework Curriculum for Business Basics in VET*. Germaniya.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2020). *Kasbiy taʼlimni rivojlantirish
konsepsiyasi*.
4. UNESCO-UNEVOC (2019). *Germany's Dual System: Best Practices*.
5. ILO (2022). *Work-Based Learning in Vocational Education*.
INGLIZ TILIDA FAOL ISHLATILADIGAN TIBBIY IBORALAR VA ULARNING
O‘ZBEK TILIDAGI EKVIVALENTLARI HAMDA MA’NOLARI
Habibulloyeva Sohiba Komiljon Qizi Denov tadbirkorlik
va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti
yo‘nalishi 1 bosqich talabasi
Kirish.Ushbu maqolada ingliz tiliga oid bir qancha sog‘liq va tibbiyot mavzusidagi iboralar
hamda ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari tahlil qilinadi. Har qanday tilda idiomatik ifodalar
madaniy, tarixiy va ijtimoiy omillar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima
qilish ko‘pincha ma’no yo‘qolishiga olib keladi. Shu sababli bunday birliklarni tarjima qilishda
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
437
ularning semantik mazmuni, konnotativ qiymati va kontekstga mosligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Chet elliklar uchun o‘rganilayotgan tilda iboralarni qo‘llash biroz qiyin bo‘lishi mumkin, chunki
ularning asl ma‘nosini o‘rganuvchilar yaxshi anglab yetmagan bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada
ingliz va o‘zbek tillaridagi sog‘liq bilan bog‘liq idiomalar qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarjimada
qanday yondashuvlarni talab etishi haqida mulohazalar yuritiladi.[2]
Asosiy qism. Iboralar tarjima qilinayotganda eng ko‘p foydalaniladigan tarjima turlari
quyidagilardan iborat:
-so‘zma-so‘z tarjima qilish usuli;
-ekvivalent asosida tarjima qilish usuli;
-erkin tarjimamqilish usuli;
-kontekst asosidagi tarjima qilish usuli;
So‘zma-so‘z tarjima qilishda, iboralar aynan, struktura va semantic jihatdan mos keladi. Ekvivalent
tarjimada esa, mos kelishidan ko‘ra ma’nosiga ko‘ra ko‘proq diqqat qaratiladi, ammo ma‘lum qism
o‘xshash ham bo‘lishi mumkin. Erkin tarjima usulida struktur va semantika ham mos kelmasligi
ammo faqat ma‘no muhim hisoblanadi. Kontekst asosidagi tarjima usulida esa, so‘z atrofidagi
so’zlarga ko‘ra va ma’noga ko‘ra tarjima qilinadi.[1]
Jamiyatda ishlatiladigan tibbiyotga oid eng faol iboralar quyidagilar:
1. To‘g‘ri tashxis – yarim davo.
A disease concealed is half cured.
Ma’nosi: Muammoni sir tutish uni hal qilmaydi, aksincha, bir kun kelib, u baribir fosh bo‘ladi degan
ma`noni beradi. Bu iboraning bir qismi so‘zma -so‘z tarjima qilingan bo‘lsa-da, qolgan qismida
madaniyatlardan kelib chiqqan holda kontekstga mos holda tarjima qilingan.[6]
2. Azob ko‘rmay – rohat yo‘q.
No pain, no gain.
Ma’nosi: Qiyinchilik va og‘riqsiz yutuqlarga erishib bo‘lmaydi. Ushbu iborada ayni so‘zlari mos
kelmasa ham aks ettirayotgan g‘oyasi aynan o‘zi. Qolaversa, O‘zbek tilida unga mos “Azob ko‘rmay
rohat yo‘q”, iborasidan eng ko‘p mos keladigani yo‘q.
3. O‘lganning ustiga tepgan.
To add insult to injury.
Ma’nosi: Og‘riqli yoki yomon vaziyatni yanada yomonlashtirish. Bu ibora ham xalqimizda juda ko‘p
ishlatiladigan iboralardan biri bo‘lib, ushbu ibora ham ekvivalaent ya’ni ma’nosi aynan mos ibora
olingan.
4. Sog‘ tanda – sog‘lom aql.
A sound mind in a sound div.
Ma’nosi: Aqlan sog‘lom bo‘lish uchun jismonan sog‘lom bo‘lish kerak. Bu iborada struktura, tarkibiy
qismlar , ma’no ham bir xil bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjima qilingan iboralardan biri. Garchi bu ikki
madaniyatning til orasidagi umumiy qadriyatlari yaqin bo‘lmasa-da, bir til guruhiga mansub
bo‘lmasa-da, bu ibora ikki xalqda ham bir xil.
5. Dardning achchiqligi – davo bilgan odamga ayon.
Only those who suffer know the pain.
Ma’nosi: Og‘riq yoki qiyinchilikni faqat boshidan kechirgan odam tushunadi. Bu ibora ekvivalent
tarjima- ma‘nosiga ko‘ra mos ibora orqali tarjima qilingan.
6. Shifokor dori beradi, lekin barchasi Ollohdan.
Doctors treat, but God heals.
Ma’nosi: Shifokorlar yordam berishi mumkin, lekin yakuniy natija yuqoridan bo‘ladi. Bu ibora
struktura jihatidan o‘xshash ibora bo‘lib, inson harakati va ilohiy taqdir haqida gap boradi. Iborada
ega aynan o‘zi ammo ish-harakat boshqa so‘zlar yordamida olingan. Bu yarim so‘z va yarim
ekvivalentlik asosida tarjima qilingan iboralarga misol bo‘ladi.[4] Bu iborada madaniyatlar o‘rtasida
STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE
ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY
__
_____________________________________________________________________________________________
438
umumiylik ya’ni o‘xshashlik bor. Chunki diniy jamiyatda shifoning ilohiy manbaga bog‘liq ekani
keng tarqalgan bo‘lib u hatto iborada ham talqin qilingan.
7. Dard ham, davo ham – til ostida.
The disease and the cure are under the tongue.
Ma’nosi: So‘z odamni ham ranjitishi, ham davolashi mumkin. Bu ibora strukturaviy semantik jihatdan
mos kelgan bo‘lib, bu ham aynan so‘zma-so‘z tarjima qilingan iboralardan biri hisoblanadi.
8. Har bir kasallikning davosi bor.
Every disease has its cure.
Ma’nosi: Har qanday muammo yoki kasallikning yechimi mavjud. Bu ibora ham tuzlishi va ma‘nosi
mos kelgan bo‘lib, bu ham so‘zma-so‘z ekvivalent tarjima sosida qilingan. Bu holatda ikki xalqda,
o‘xshashlik mavjud.
9. Kasallik faqat jasadni emas, ruhni ham zaiflashtiradi.
Illness weakens not only the div but also the spirit.
Ma’nosi: Kasallik faqat jismoniy holatni emas, balki ruhiy holatni ham yomonlashtiradi. Bu ibora
mukammal mos kelgan iboralardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki struktura va ma‘no juda
o‘xshash.
Til – bu nafaqat muloqot vositasi, balki milliy tafakkur va madaniyatning aksidir. Shu jihatdan
qaralganda, idiomatik birliklarni tarjima qilish jarayoni oddiy so‘z almashtirish emas, balki
madaniyatlararo muloqot va tafakkurni uzviy tushunishni talab qiladi.[5] Ingliz va o‘zbek tillaridagi
sog‘liq mavzusiga oid idiomalar ko‘plab umumiyliklarga ega bo‘lsa-da, ularning ba’zilarida o‘ziga
xos farqlar mavjud. Ushbu maqola misolida ko‘rinib turibdiki, bunday iboralarni tarjima qilishda
so‘zma-so‘z tarjima qilish usuli bilan emas ma‘nosi o‘xshash bo‘lgan boshqa iboralarni keltirish
samaraliroq hisoblanadi. Shuningdek, bu kabi tadqiqotlar tarjimonlar va tilshunoslar uchun nafaqat
tarjima mahoratini oshirish, balki madaniy tafovutlarni chuqur anglashda ham muhim ahamiyatga
ega.[3]
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Chorieva Iroda Kurbonboevna. (2024). ANALYSIS OF STYLISTIC DEVICES IN ENGLISH
AND UZBEK PROVERBS CONTAINING MEDICAL LEXEMES. Web of Humanities:
Journal of Social Science and Humanitarian Research, 2(10), 22–27.
2.
Komiljonovna, K. G. (2025, February). THE USAGE OF PHRASEOLOGICAL AND
IDIOMATIC UNITS IN THE NOVEL" THE WHITE SHIP" BY CHINGIZ AITMATOV. In
The Conference Hub (pp. 30-33).
3.
Khushbakova,
N.
(2021).
LINGUA-CULTURAL
ASPECT
OF
LITERARY
TRANSLATION. Экономика и социум, (5-1 (84)), 243-247.
4.
Uktamovna, T. S. (2025). HYBRID WORDS IN THE UZBEK LANGUAGE: LINGUISTIC
AND SEMANTIC ASPECTS. Western European Journal of Linguistics and Education, 3(03),
122-126.
5.
Hafizov, S. B. (2024). Representative features of linguistic manipulation in the communicative
situation. Social Science and Education, 1(2), 41-47.
6.
Muradova, S. (2024). THE LINGUISTIC AND CULTURAL SIGNIFICANCE OF
HYDRONYMS IN ENGLISH TOPONYMY. TAMADDUN NURI JURNALI, 12(63), 25-27.
