O’zbek tilshunosligining nazariy masalalari

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari, tarixiy taraqqiyoti va dolzarb muammolari yoritilgan. Tilshunoslik fanining asosiy yo'nalishlari, xususan morfologiya, fonetika, sintaksis, leksikologiya kabi bo'limlari misolida nazariy tadqiqotlarning shakllanishi va taraqqiyoti haqida so‘z yuritiladi. Mahmud Qashg'ariy, Alisher Navoiy kabi tarixiy shaxslar bilan bir qatorda, zamonaviy olimlar - R. Sayfullayeva, O. Yusupova, N. Mahkamov va boshqalar ilmiy izlanishlari asosida tilshunoslikda olib borilayotgan tadqiqotlar tahlil qilinadi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2025
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
CC BY f
121-123
24

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sunatov, J. ., Zikrillaeva, F., Saydulloeva, M., & Normamatova, N. (2025). O’zbek tilshunosligining nazariy masalalari . Bringing Together Students: International Research and Collaboration across Disciplines, 1(1), 121–123. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/btsircad/article/view/98910
Jorabek Sunatov, University of economics and pedagogy
Teacher
Farangiz Zikrillaeva, University of economics and pedagogy
student
Mokhinur Saydulloeva, University of Economics and Pedagogy
student
Nigina Normamatova, University of Economics and Pedagogy
student
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari, tarixiy taraqqiyoti va dolzarb muammolari yoritilgan. Tilshunoslik fanining asosiy yo'nalishlari, xususan morfologiya, fonetika, sintaksis, leksikologiya kabi bo'limlari misolida nazariy tadqiqotlarning shakllanishi va taraqqiyoti haqida so‘z yuritiladi. Mahmud Qashg'ariy, Alisher Navoiy kabi tarixiy shaxslar bilan bir qatorda, zamonaviy olimlar - R. Sayfullayeva, O. Yusupova, N. Mahkamov va boshqalar ilmiy izlanishlari asosida tilshunoslikda olib borilayotgan tadqiqotlar tahlil qilinadi.


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

121

Russ.:

две школы; пять студентов; четыре человека.

In the examples given, the category of plurality is conveyed by grammatical and lexical means

simultaneously.

In Turkic languages, plurality morphemes are usually absent if numerals or other words

expressing plurality are used before nouns. If nouns are plural, plural words are usually not used
before them, i.e. lexical and grammatical indicators of plurality are mutually exclusive. For example,
numeral беш (бес)

and suffix

-лар

incompatible

.

The typology of the process of mutual exclusion and mutual inclusion is characterized by the fact

that this phenomenon serves as a special type of distribution of multilevel means and is distributed
differently in the systems of different languages. From this point of view, it would be appropriate to
classify all languages into two groups: 1) languages that allow mutual inclusion; 2) languages that do
not allow mutual inclusion.

In this respect, the so-called isolating and agglutinating languages tend more toward languages

with mutual exclusion, and inflectional languages tend toward languages with mutual inclusion.
However, the existing system of classifying languages by types prevents any other grouping of
languages. Two indicators are mutually exclusive if they have the same degrees of abstraction. The
joint use of two closely synonymous units creates redundancy. But sometimes there are cases of
special use of indicators of different levels in one construction for stylistic and other purposes. Means
of different levels can be compatible in cases where “one of them can have a certain influence on the
others, namely: strengthening; concretizing; weakening; “switching”, creating a new meaning and
assimilating.

Thus, the phenomena of mutual exclusion and inclusion of interlevel expressive elements are

connected: firstly, with the degree of abstraction of level units, secondly, partially, with the
inflectivity and agglutination of the structure of the language, and thirdly, with the individual
characteristics of the typological categories themselves being compared.

BIBLIOGRAPHY:

1.В.Д.Аракин.Сравнительная типология английского и русского языков. Л.,

«Просвещение», Ленинградское отделение.1979.

O’ZBEK TILSHUNOSLIGINING NAZARIY MASALALARI

Sunatov Jo’rabek Turg’unbek o’g’li

Iqtisodiyot vа pedаgogikа universiteti NTM o’qituvchisi

Qarshi, jurabek.sunatov6666@mail.ru

Zikrillayeva Farangiz Baxtiyor qizi

Iqtisodiyot vа pedаgogikа universiteti NTM tаlаbаsi, Qarshi

Saydulloyeva Mohinur Xurshid qizi

Iqtisodiyot vа pedаgogikа universiteti NTM tаlаbаsi, Qarshi

Normamatova Nigina O‘ktam qizi

Iqtisodiyot vа pedаgogikа universiteti NTM tаlаbаsi, Qarshi

Аnnotаtsiyа.

Mazkur maqolada o‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari, tarixiy taraqqiyoti

va dolzarb muammolari yoritilgan. Tilshunoslik fanining asosiy yo‘nalishlari, xususan morfologiya,
fonetika, sintaksis, leksikologiya kabi bo‘limlari misolida nazariy tadqiqotlarning shakllanishi va
taraqqiyoti haqida so‘z yuritiladi. Mahmud Qashg‘ariy, Alisher Navoiy kabi tarixiy shaxslar bilan bir
qatorda, zamonaviy olimlar – R. Sayfullayeva, O. Yusupova, N. Mahkamov va boshqalar ilmiy
izlanishlari asosida tilshunoslikda olib borilayotgan tadqiqotlar tahlil qilinadi.


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

122

Kаlit so’zlаr.

tilshunoslik, nazariya, Mahmud Qashg‘ariy, sotsiolingvistika, o‘zbek tili,

morfema, tadqiqot.


Kirish.

Til-millatning quyoshi. Til bor ekan butun bir jamiyat, xalq bor. Xuddi shunday ekan

,bizning tilimiz ham uzoqyillar, asrlardan buyon shakllanib kelayotgan tillardan biri hisoblanadi.
R.Sayfullayeva,B.Mengliyev, G.Boqiyev va boshqalarning hamkorligidagi “Hozirgi o‘zbek adabiy
tili”kitobida o‘zbek tilining shakillanishi xususida shunday deyilgan: “O‘zbek xalqiningshakllanishi
va nomlanish tarixi masalasi qadimiyligi jihatdan tilining ham ravnaq topganini ko‘ramiz. Millat
sifatida mavjud nom –o‘zbek etanomini xalqimiz rasmiy ravishda XX asrning boshlarida olgan bo‘lsa-
da,hozirgi O‘zbekiston hududida o‘zbek millati etnik asosining shakllanishi uzoq asrlarga borib
taqaladi.”

Metodologiya.

Markaziy Osiyoda ilk o‘rta asrlar madaniyatining buyuk arboblaridan biri

tilshunos,adabiyotshunoslik fanlarining asoschisi Mahmud Qashg‘ariyning asaridan ham bilsak
bo‘ladi. Tilshunoslik umuman olganda lingvistika bu tilning o‘ziga xos xususiyatlarini
o‘rganadi.Mahmud Qashg‘ariy o‘zining “Devoni lug‘atit turk” asarida tilshunoslik fanning nazariy
masalalari to‘g‘risida ilmiy qarashlarini bayon qilgan. Tilshunoslikning nazariy masalalari
quydagilarni o‘z ichiga oladi:tilning grammatik ma’nolarini morfologiya sintaksis fonetika fonologiya
leksikologiya va frazealogiya kabilarni kiritamiz. Men uchun tilshunoslikning xoh amaliy masalasi
bo‘lsin, xoh nazariy masalasi bo‘lsin har ikkalasida ham olib borilgan tadqiqot ishlarning asoschisi
deymizmi targ‘ibotchisi deymizmi barchasida Alisher Navoiy va Mahmud Qashg‘ariyni misol
tariqasida olaman. Nega degan savol berilishi tabiiy hol albatta. Chunki tilni xalq jamiyat yaratadi.
Ma’lumot keltirilishicha Mahmud Qashg‘ariy o‘zining “Devoni lug‘atit turk”asarining yozilishi
uchun 15-20 yillar mobaynida to‘plangan manbalar asosida yaratgan. Ushbu asar 2 yil mobaynida
yozilgan asar hisoblansada tilshunoslikning noyob namunalaridan sanaladi. Qashg‘ariy asosan turkiy
tillarning grammatikasi yuzasidan samarali ishlar olib brogan. Bundan tashqari u“Javohir-un-nahvfi
lug‘atit turk” (Turkiy tillarning nahv sintaksis durdonalari, qoidalari) deb ataladi. Ammo ushbu asar
bizgacha yetib kelmagan. Alisher Navoiyning ham tilshunoslik nazariyasiga oid “Muhokamat ul-
lig‘atayin”asari o‘zbek tilining boyligi, qudratini, sehrini yana bir karra tilimizning jozibadorligining
yaqqol isbotidir. Bugungi kunda ham tilshunosligimizning nazariy va amaliy masalalari borasida olib
borilayotgn ishlar davom etmoqda[4].

Muhokama.

XX asr boshlarida tilshunoslikda tilni ijtimoiy hodisa sifatida hisoblashga

asoslangan sotsiologizm ta’limoti yaratildi va bu ta’limotning asoschilari F.de Sossyur va uning
shogirdi Antuan Meyelar hisoblanadi. Ular tilshunoslik yo’nalishiga yangi ”sotsiologik lingvistika’’
nomini beradilar. Sotsiolingvistika sohasining rivojlanishida A.Meyening ishlari salmoqli o’rin tutadi.
Uning ’’So’z semantikasining o’zgarishi’’ nomli asarida jamiyat hamda til o’rtasidagi bog’lanishlar
mavjudligi yaqqol ko’rsatib beriladi.Uning fikricha, ’’Til insonlar uchun jamiyatning asosiy mezoni
bo’lib, u jamiyatda eng kerakli muomala qurolidir’’. Fransuz psixologi A.Meye tilni jamiyatdan
tashqarida tasavvur qilinishi mumkin bo’lmagan ijtimoiy fakt deb hisoblaganida, tilsiz inson
jamiyatining ham mavjud bo’lmasligini ta’kidladi. A.Meyening fikricha, tilda yuz beradigan
hodisalarni ijtimoiy sharoit yuzaga keltiradi; tildagi o’zgarishlarni esa kishidagi psixologik
vafiziologik sabablar emas, balki jamiyatdagi o’zgarishlar belgilaydi[2].

Natijalar.

O‘zbek tilining nazariyasini o‘rganish faqatgina tilshunos filologlarning vazifasi

bo‘lsa, ammo amaliy tilshunoslikning rivojlanishi har bir insonning vazifasi hisoblanadi. Bilamizku,
bugun qayerga bormaylik turli e’lonlarning, reklamalarning nafaqat ularda balki, ommaviy axborot
vositalaridagi xabar va yangiliklarning ayrimlari imloviy xato yozilganligining guvohi bo‘lamiz. Bu
qaysidur ma’noda tilimizga putur yetishiga sabab bo‘lmaydimi. Eng achinarlisi bularga deyarli hech
kim e’tibor bermay, ahamiyatsiz narsadek qaralayabdi. Menimcha, bu kabi muammolarni bartaraf
etish uchun bularni maktab davridanoq o‘quvchilarda imloviy savodxonligini oshirish maqsadida


background image

STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE

ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY

__

_____________________________________________________________________________________________

123

deyarli barcha fanlarda dars jarayonlarida fan bilan bog‘liq atamalarni yozdirib , ularning
savodxonligini oshirsa bo‘ladi[5].

Tilimizning ravnaq topishi nafaqat olimlar-u tadqiqotchilarning vazifasi balki shu vatanda

istiqomat qilayotgan yoshlar, keksalarning ham zimmasida. Umumiy olib qaraydigan bo‘lsam men
o‘zbek tilining amaliy masalalari deganda yuqorida sanab o‘tgan ba’zi bir muammolarni tushunaman.
Negaki, bular faqat nazariy o‘rganilmaydi, nazariydan o‘rganilgan narsalarning amalyotda
qo‘llanilishi. Amalyot esa juda muhim hisoblanadi. Kimlar uchundur amaliy masalalar, imlo
savodxonlikning oshirilishi, tilning to‘g‘ri, nutqning ravonligi muhim emasdur, lekin men uchun
o‘zbek tilining nazariysidan ham amaliysi muhimdir[3].

O‘zbek tilshunosligi muammolari bilan shug‘ullangan yigirma beshta fan doktori va yuzdan ortiq

fan nomzodidan iborat ilmiy jamoa XX asrning 70-yillariga qadar shakllandi. Albatta, 70-80-yillar
davomida ular soni yanada ko‘paydi (1982- yilga qadar). Tilshunos fan nomzodlari soni 60 taga yaqin,
fan doktorlari esa 70 tadan ortiqroq edi. 1982-yildan to istiqlolgacha bo‘lgan davrda bu raqamlar
o‘zgarganligi ma‘lum, ya‘ni fan doktorlari soni 100 atrofida, fan nomzodlari esa 300 dan ortib ketdi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, shu vaqt oralig‘ida yaratilgan tadqiqotlarning deyarli hammasi o‘sha
davr uchun eng dolzarb bo‘lib, o‘zbek tilshunosligi rivojida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan edi. O‘zbek
tilshunosligining keyingi taraqqiyotini belgilab berishni nazarda tutgan dolzarb muammolar edi[1].

Xulosa.

Maqolada O‘zbek tilshunosligining nazariy asoslari, tarixiy taraqqiyoti va zamonaviy

muammolari chuqur tahlil qilinadi. Tilshunoslikning nazariy masalalarini o‘rganish nafaqat filologlar
uchun, balki jamiyatning har bir a’zosiga tegishli ekanligi ta’kidlanadi. Mahmud Qashg‘ariy va
Alisher Navoiy singari siymolarning ilmiy merosi, hozirgi zamon tilshunoslik fanining shakllanishi
va rivojida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Fazliddin Galiyevich Sharipov, Azizbek Rustamovich Mamatqulov. O’zbek ilmiy tilshunosligi
holati. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. 2021.
2. Turdimurotova Gulnora Nazarovna. Oʻzbek tilshunosligi va uning rivojlanish yo’nalishlariga
bir nazar. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2024.
3. Axmedovna, B. S. (2025, February). INGLIZ TILINI O'RGАNISHDА O'ZАRO
MULOQOTNING АHАMIYАTI. In International Educators Conference (pp. 318-325).
4. Ergashevna, S. M.

(2025, February). INGLIZ

TILI MUTAXASSISLARINI

TAYYORLASHDA

XORIJIY

TAJRIBALARDAN

FOYDALANISH.

In International

Educators Conference (pp. 358-365).
5.

Normurodovna,

A.

M.

(2025,

February).

TASHKILOTLAR

O'RTASIDAGI

HAMKORLIKDA

INGLIZ

TILINING

AHAMIYATI.

In International

Educators

Conference (pp. 310-317).
6. Axmedovna, B. S. (2025, February). O'ZBEKISTONDА XORIJIY TILLАRNING
АHАMIYАTI. In International Educators Conference (pp. 326-333).
7. Ergashevna, S. M. (2025, February). INGLIZ TILI MUTAXASSISI BO'LISHDA
BOSHLANG'ICH INGLIZ TILI DARSLARINING AHAMIYATI. In International Educators
Conference (pp. 350-357).








References

Fazliddin Galiyevich Sharipov, Azizbek Rustamovich Mamatqulov. O’zbek ilmiy tilshunosligi holati. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. 2021.

Turdimurotova Gulnora Nazarovna. 0‘zbek tilshunosligi va uning rivojlanish yo’nalishlariga bir nazar. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2024.

Axmedovna, B. S. (2025, February). INGLIZ TIL1NI O'RGANISHDA O’ZARO MULOQOTNING AHAMIYATI. In International Educators Conference (pp. 318-325).

Ergashevna, S. M. (2025, February). INGLIZ TILI MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHDA XORIJ1Y TAJRIBALARDAN FOYDALANISH. In International Educators Conference (pp. 358-365).

Normurodovna, A. M. (2025, February). TASHKILOTLAR O'RTASIDAGI HAMKORLIKDA INGLIZ TILINING AHAMIYATI. In International Educators Conference (pp. 310-317).

Axmedovna, B. S. (2025, February). O'ZBEKISTONDA XORIJIY TILLARNING AHAMIYATI. In International Educators Conference (pp. 326-333).

Ergashevna, S. M. (2025, February). INGLIZ TILI MUTAXASSISI BO'LISHDA BOSHLANG'ICH INGLIZ TILI DARSLARINING AHAMIYATI. In International Educators Conference (pp. 350-357).