«LIRIK KECHINMA VA BADIIY SHAKLLAR»

Аннотация

Dunyo adabiyotshunosligida lirika va lirik keshinmaning kitobxon dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyatini, poetik xususiyatlarini maxsus o‘rganish natijasida boy tajriba to‘plangan. Shu boisdan bugungi kun talabi asosida milliy badiiy meroslarimizni, shu jumladan, hozirgi qoraqalpoq nazmida lirik kechinmalar mohiyatini, uning motivlarda tasvirlanishini, poetik obraz orqali berilish xususiyatlarini dunyo adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy konsepsiyalari asosida o‘rganish, uning yangi qirralarini ochib berish, shoirlarning lirik kechinmalarni tasvirlashdagi mahoratini aniqlash, shuningdek, tuyg‘u va fikrning tahlili to‘g‘risida shakllangan g‘oya va tajribalarni ma’lum darajada boyitib borish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
75-78
46

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Fayzullaeva, S., & Masharipova, O. . (2024). «LIRIK KECHINMA VA BADIIY SHAKLLAR». Академические исследования в современной науке, 3(41), 75–78. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/49767
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Dunyo adabiyotshunosligida lirika va lirik keshinmaning kitobxon dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyatini, poetik xususiyatlarini maxsus o‘rganish natijasida boy tajriba to‘plangan. Shu boisdan bugungi kun talabi asosida milliy badiiy meroslarimizni, shu jumladan, hozirgi qoraqalpoq nazmida lirik kechinmalar mohiyatini, uning motivlarda tasvirlanishini, poetik obraz orqali berilish xususiyatlarini dunyo adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy konsepsiyalari asosida o‘rganish, uning yangi qirralarini ochib berish, shoirlarning lirik kechinmalarni tasvirlashdagi mahoratini aniqlash, shuningdek, tuyg‘u va fikrning tahlili to‘g‘risida shakllangan g‘oya va tajribalarni ma’lum darajada boyitib borish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

75

«LIRIK KECHINMA VA BADIIY SHAKLLAR»

Fayzullaeva Sayatxan Uzakbaevna

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) O‘zbekiston davlat san’at va

madaniyat instituti Nukus filiali “Ijtimoiy- gumanitar fanlar” kafedrası

o‘qituvchisi

Masharipova O’g’iljon Azimboy qizi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali “Kutubxona –

axborot faoliyati” 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14010959

Tayanch so’zlar:

lirik kechinma, sheriyat, lirik qahramon, she’r, ichki

forma.

Ключевые слова:

лирическое возбуждение, поэзия, лирический

герой, стихотворение, внутренняя форма

Key words:

lyrical excitement, poetry, lyrical hero, poem, inner form

Dunyo adabiyotshunosligida lirika va lirik keshinmaning kitobxon

dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyatini, poetik xususiyatlarini maxsus
o‘rganish natijasida boy tajriba to‘plangan. Shu boisdan bugungi kun talabi
asosida milliy badiiy meroslarimizni, shu jumladan, hozirgi qoraqalpoq nazmida
lirik kechinmalar mohiyatini, uning motivlarda tasvirlanishini, poetik obraz
orqali berilish xususiyatlarini dunyo adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy
konsepsiyalari asosida o‘rganish, uning yangi qirralarini ochib berish,
shoirlarning lirik kechinmalarni tasvirlashdagi mahoratini aniqlash, shuningdek,
tuyg‘u va fikrning tahlili to‘g‘risida shakllangan g‘oya va tajribalarni ma’lum
darajada boyitib borish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Lirik kechinmaning janrlar poetikasiga ta’siri masalasi rus olimi

M.L.Grinbergning «Lirikaning uch qirrasi» [1] ishida, o‘zbek adabiyotshunosi
J.Turdimovning «Lirik kechinma tabiati» mavzusidagi dissertatsiya ishida [2]
ko‘rib chiqilgan. Qoraqalpoq adabiyotshunosi Q.O‘razimbetovning «Hozirgi
qoraqalpoq lirikasida badiiy shakllarning evolutsiyasi va tipologiyasi»
mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasining xulosalari va monografiyasi [3]
maqolada keltirilgan masalani o‘rganishda metodologik asos vazifasini bajaradi.

Iste’dodli

shoirlar

B.Seytaev,

O.Satbaev,

M.Jumanazarova

va

P.Mirzabaevalarning

she’riyatida

lirik

kechinma

mohiyatini

jahon

adabiyotshunosligi ilmiy-nazariy konsepsiyalari asosida o‘rganish, ijodkor
mahoratini o‘rganish qoraqalpoq adabiyotshunosligi istiqbolli dasturlaridan biri
sanaladi.

Poetik asar mazmunini lirik kechinma tahkil qilishi, bir qator she’r

(monostix) da, hajmi lirik asar – his-tuyg‘u va kechinmalar asosida yuzaga
kelishi maqolada aniqlandi. Shoir tarixiy, ijtimoiy yoki tabiiy hodisalar asosida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

76

paydo bo‘lgan ichki kechinmalarini kitobxonga yetkazib berishda tegishli janrga
murojaat qilishi ma’lum bo‘ladi.

O.Satbayevning «Sel yuvgan deraza…» she’ri uch satrli bandlardan iborat.

Shoirning tabiiy hodisa va real turmush timsolida inson ko‘nglini
tasvirlayotganligi oydinlashadi. She’rdagi ichki kechinmalarning she’r
qatorlariga ta’siri shundan iboratki, uch qatorli qisqa bandlarda shoir
kayfiyatining tushkun holatini anglatadi.

Kuzgi dala jimjit, juda jımjit,
Jon saroyim jimjit, barchasi jimjit,
Ko‘ngilsiz deraza tortadi hijil. [4]
So‘nggi besh qatorli bandda yomg‘irdan so‘nggi ochilgan quyoshdek shoir

kayfiyati ham ko‘tariladi va kechinmalari uch yoki to‘rt qatorga joylashmay
beshinchi qatorni ham talab etib turadi.

Mazkur faslda shoirlarning to‘rt qatorli she’rlarini emas, to‘rtlik janriga xos

bo‘lgan she’rlari tahlilga tortiladi. To‘rtliklarning asosiy xususiyatlaridan biri
falsafiy fikrlarni keng va mazmunli tarzda bera olishidadir. [5] Shoir
B.Seytaevning «Haqiqatlikka chekinish» (2017) nomli she’rlar to‘plamida
«Bo‘rining og‘zi», «Qo‘rqitning ko‘li», «Dunyoning ishlari» nomli to‘rtliklari o‘rin
olgan. «Dunyoning ishlari» to‘rtligida janr xususiyatlari saqlanganini va yaxshi
yozilganining guvohi bo‘lamiz.

Dunyoning ishlariga hayron qolasan,
Xalturchiklarga eng zo ‘ri hurmatning,
«Xalq shoiri» va «laureat» bo‘larsan,
Titkilab o‘tirib-oq kitobini Fetning…[6]
To‘rtlikda tezis – birinchi va ikkinchi qatorlarda shoir «xalturchik» ya’ni

yolg‘on shoirlarning hurmatga erishishiga hayron bo‘ladi. Antitezis – uchinchi
qatorda yolg‘on shoir bo‘lsa ham laureatga ega bo‘lganligini, to‘rtinchi qatorda
rus adabiyotining taniqli vakili Afanasiy Afanasevich Fet singari adiblarning
asarlaridan o‘g‘irlab olganligini ko‘rsatadi. To‘rtlikdagi shoirning ichki
kechinmasi badiiy adabiyotdagi iste’dodsiz va maddohlarga achinish,
g‘azablanish tuyg‘ulari paydo bo‘lgan.

Shoir O.Satbaevning «Kallangni qizdirgan achchiq sharobdan» deb

boshlanadigan to‘rtligida berilgan ichki kechinmada shoir mastlik, aysh-
ishratdan kuyunadi. Bunda sharob ichish bilan bekor, maqsadsiz, orzusiz umr
surishning zavoli haqida ham fikr yuritadi. Bu mazmundagi she’rni biz
Sh.Seytovning ijodida ham («Sen ichib qo‘ygansan» she’rida) uchratamiz.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

77

Shoir M.Jumanazarovaning «Ketmoq uchun kelganman» she’riy to‘plamida

to‘rt qatorli she’r e’tiborimizni tortdi. To‘rtlikda shoir o‘ziga-o‘zi
tushunmayotganidan emas, balki tashqi subyektiv va obyektiv omillarning o‘z
tushunchasiga mos kelmayotganligidan noliydi. Shoir P.Mirzabaevaning «Ishq
torlari» to‘plamiga faqat bir to‘rtligi kiritilgan. Bunda vaqt falsafasi haqida badiiy
so‘z yuritiladi. Shoir bekorga ketgan vaqtini aytib vaqtni o‘tkazmaslikni bayon
etish orqali vaqt xronotopini topqirlik bilan qo‘llana olgan.

Bekorga vaqtingni sarf etma, do‘stim,
Bekorga sarf etgan vaqtingni aytib.
Yurganlar kammikan bu manzillarda
Maqsadsiz safarning tashvishin tortib… [7].
Hozirgi qoraqalpoq poeziyasida biz tahlilga tortgan shoirlar B.Seytaev,

O.Satbaev, M.Jumanazarova va P.Mirzabaevalarning ijodida beshliklar, oltiliklar,
sakkizliklar va o‘nliklar poetik shakily izlanishlar sifatida uchraydi. Shoir
M.Jumanazarovaning ijodkorlik uslubiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri uning
o‘z kechinmalarini to‘lg‘ov janrida tasvirlashidir. Uning «Suyunbika» (tarixiy
to‘lg‘ovi), «Norasida», «Ernazar Alako‘zning faryodi», «Arzay qizim, oy qizim»,
«O‘rtaga qo‘yib telpakni», «Yot bo‘ldin-ku, qarog‘im», «Muhabbat haqida
to‘lg‘ov» va «O‘tesh shoirning aytganlari» to‘lg‘ovlari tahlilga tortildi.
Shoir P.Mirzabaevaning «Bekinmachoq o‘ynab yurganmiz talay», «Dunyoning
kengligi bir pullik narsa», «Soat to‘xtab qoldi. Buzildi birdan», «Har kim bir
narsani yo‘qotib yashar», «Farishta bo‘lib yashash juda qiyin» deb
boshlanadigan va boshqa sakkizliklari kompozitsiya jihatidan, ikki bo‘limdan
iborat, birinchi bo‘limda dunyoni obyektiv jihatdan ko‘rsatadi, ikkinchi bo‘limda
esa shu obyektiv olamga subyektivlik tushunchalarni parallel qo‘yib tasvirlanadi
hamda lirik qahramonning ichki kechinmasi ochib beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Гринберг М.Л. Три грани лирики. – М.: Художественная литература,

1985.
2.

Турдимов Ж.Б. Лирик кечинма табиати: Филол. фан. ном. … дис. –

Тошкент, 1999.
3.

Оразымбетов Қ. Ҳозирги қорақалпоқ лирикасында көркем

формалардың эволюциясы ҳәм типологиясы. – Нөкис: Билим, 2004.
4.

Сәтбаев О. Ай сығалайды. (Қосықлар ҳәм поэма). – Нөкис:

Қорақалпоқстан, 1992. – Б. 14-15.
5.

Оразымбетов Қ. Ҳозирги қорақалпоқ лирикасында көркем

формалардың эволюциясы ҳәм типологиясы. – Нөкис: Билим, – Б. 77.
6.

Сейтаев Б. Шынлыққа шегинис. – Нөкис: Билим, 2017. – Б. 21.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

78

7.

Мырзабаева П. Ышқы тарлары. – Нөкис: Қорақалпоқстан, 1985. – Б.

10.

Библиографические ссылки

Гринберг М.Л. Три грани лирики. – М.: Художественная литература, 1985.

Турдимов Ж.Б. Лирик кечинма табиати: Филол. фан. ном. … дис. – Тошкент, 1999.

Оразымбетов Қ. Ҳозирги қорақалпоқ лирикасында көркем формалардың эволюциясы ҳәм типологиясы. – Нөкис: Билим, 2004.

Сәтбаев О. Ай сығалайды. (Қосықлар ҳәм поэма). – Нөкис: Қорақалпоқстан, 1992. – Б. 14-15.

Оразымбетов Қ. Ҳозирги қорақалпоқ лирикасында көркем формалардың эволюциясы ҳәм типологиясы. – Нөкис: Билим, – Б. 77.

Сейтаев Б. Шынлыққа шегинис. – Нөкис: Билим, 2017. – Б. 21.

Мырзабаева П. Ышқы тарлары. – Нөкис: Қорақалпоқстан, 1985. – Б. 10.