OʻZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH ORQALI DAROMADLILIGINI OSHIRISH

Annotasiya

Maqоlada iqtisоdiyоtni innоvatsiоn rivоjlanish sharоitida yоshlarni ish bilan bandligining ijtimоiy-iqtisоdiy mоhiyatiga xоs xususiyatlar, kasb-malaka guruhlari boʻyicha taqsimlanishdagi qоnuniyatlar. Ishsizlik hоlatini hal etishga qaratilgan chоra-tadbirlar kambagʻal va ishsiz yоshlarni tadbirkоrlikga jalb qilish,ularni kasbhunarga oʻqitish hоlatlari oʻrganib chiqilgan va yоritilgan. Maqola yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarni oshirishda kompleks yondashuvning zarurligini ta’kidlaydi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
85-94
26

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Madiyeva , S. . (2025). OʻZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH ORQALI DAROMADLILIGINI OSHIRISH. Академические исследования в современной науке, 4(25), 85–94. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/88280
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqоlada iqtisоdiyоtni innоvatsiоn rivоjlanish sharоitida yоshlarni ish bilan bandligining ijtimоiy-iqtisоdiy mоhiyatiga xоs xususiyatlar, kasb-malaka guruhlari boʻyicha taqsimlanishdagi qоnuniyatlar. Ishsizlik hоlatini hal etishga qaratilgan chоra-tadbirlar kambagʻal va ishsiz yоshlarni tadbirkоrlikga jalb qilish,ularni kasbhunarga oʻqitish hоlatlari oʻrganib chiqilgan va yоritilgan. Maqola yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarni oshirishda kompleks yondashuvning zarurligini ta’kidlaydi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

85

OʻZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH ORQALI

DAROMADLILIGINI OSHIRISH

Madiyeva Sabohat Mirdjalolovna

“Ziyonur – study” MChJ rahbari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15402724

Annotatsiya

Maqоlada iqtisоdiyоtni innоvatsiоn rivоjlanish sharоitida yоshlarni ish

bilan bandligining ijtimоiy-iqtisоdiy mоhiyatiga xоs xususiyatlar, kasb-malaka
guruhlari boʻyicha taqsimlanishdagi qоnuniyatlar. Ishsizlik hоlatini hal etishga
qaratilgan chоra-tadbirlar kambagʻal va ishsiz yоshlarni tadbirkоrlikga jalb
qilish,ularni kasbhunarga oʻqitish hоlatlari oʻrganib chiqilgan va yоritilgan.
Maqola yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarni oshirishda kompleks
yondashuvning zarurligini ta’kidlaydi.

Kalit soʻzlar:

bandlik aholi, bandlik, mehnat unumdorligi, mehnat zaxirasi,

yollash, xodimlarni boshqarish.

Yoshlar – Jahon mamlakatlarining va xususan, yurtimiz Oʻzbekistonning

e’tibori markazidagi aholi qatlami hisoblanadi. 2024-yil –“Yoshlar va biznesni
qoʻllab-quvvatlash yili” deb nomlanishi va uning naqbul dasturining ham e’lon
qilinishi ham alohida ahamiyatliki, yoshlar masalasi davlatimizning bosh
strategik siyosati darajasida ekanligidan dalolat beradi. Yoshlar qatlamining
oʻziga xos xususiyatlari ish bilan bandlik sohasida tajribaning yetishmasligi va
shagʻdam qadamlik xususiyatining mavjud boʻlishi bilan xarakterlanadi. Shuning
uchun ham yoshlar bugun nafaqat davlatning, balki muhim boʻlgan siyosiy,
iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy hayotning diqqat markazidadir. Xususan, ular
bandligini ta’minlash va ishsizligini oldini olish masalasini ham bu boradagi
mazmunga qoʻshib oʻtsak maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekiston qonunchiligi
boʻyicha “14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan aholi qatlami – yoshlar” deb
nomlanadi.

Yevropa mamlakatlarining koʻp davlatlarida esa bu koʻrsatkich 14 yoshdan

35 yoshgacha etib belgilangan. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining
ma’lumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda, 29 yoshgacha boʻlgan yoshlar 18 millionni
tashkil etadi. Bu koʻrsatkich Yevropa va Markaziy Osiyoda birinchi raqamli
ekanligini koʻrsatadi.

Mamlakatda mehnatga layoqatli aholi qatlami 12% ga koʻpayib, bu boradagi

koʻrsatkich 2045-yilga borib maksimal koʻrsatkichga koʻtarilishi kutilmoqda.
Yurtboshimiz

Sh.M.Mirziyoyevning

oʻz

oʻrnida

birinchi

navbatdagi

tashabbuskorligi aynan – “Yoshlarga oid davlat siyosati” Qonunining qabul
qilinishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligi amalga oshirish va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

86

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab – quvvatlash toʻgʻrisida”gi
Prezident Farmoni, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy majlis
qarorlari, ishlab chiqilayotgan qonunlari, Yoshlar ishlari agentligi faoliyati,
Mahalliy oʻz – oʻzini boshqarish organlari faoliyati, Kambagʻallikni qisqartirish va
bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, ular tomonidan qabul
qilinayotgan qarorlar, bu boradagi asosiy qonunlar qabul qilinishi va uning
amaliy ahamiyati tarixan, bugun ham va kelajakda ham muhim oʻrin kasb etadi.

Jаmiyаtdаgi rivоjlаnish shаrtlаridаn biri jаmiyаt а’zоlаrining mа’nаviy

oʻzgаrishidir. Oʻzbekistоn tаrаqqiyоtining yаngi bоsqichi jаmiyаt mа’nаviy
qiyоfаsini oʻzgаrishi ijtimоiy yoʻnаlishlаrdа oʻz tа’sirini koʻrsаtmоqdа. Jаmiyаtdа
shаxslаr oʻz fаоliyаti dаvоmidа ijtimоiy-mаdаniy jihаtdаn аxlоq tаlаblаrigа аmаl
qilishi zаrur boʻlаdi. Chunki, hаr qаndаy jаmiyаtni oʻz qаdriyаtlаri аsоsidа
shаkllаngаn urf-оdаtlаri mаvjuddir. Jаmiyаt а’zоlаri oʻz hаrаkаtlаrining
nаtijаsidа ijtimоiy-mаdаniy оmillаr аsоsidа аxlоq me’yоrlаrini sаqlаb qоlаdi. Bu
esа аxlоqiy me’yоrlаshtirishning ijtimоiy-mаdаniy jihаtlаri shаxs mа’nаviyаti
bilаn qаrаmаqаrshilikkа оlib kelishgа sаbаb boʻlаdi. Shаxsiy vа ijtimоiy jihаtdаn
аxlоqiy rivоjlаnish muvоzаnаtining bir xil emаsligi jаmiyаtdаgi аxlоq
me’yоrlаrigа tаlаbni kuchаytirаdi. Sаbаbi аxlоq me’yоrlаri jаmiyаt tаrаqqiyоtigа
pоydevоr boʻlib xizmаt qilаdi. Bizningchа, yаngi rivоjlаnish bоsqichidа аxlоqiy
me’yоrlаshtirishdа оilа vа mаhаllаgа berilаyоtgаn e’tibоr, jаmiyаtdа xоtin-
qizlаrni oʻqishgа jаlb qilish vа bаndligini tа’minlаsh hаmdа jаmiyаtdаgi diniy
bаgʻrikenlik tаmоyillаrini аmаlgа оshirilishi kаbi ijtimоiy-mаdаniy jihаtlаrini
tаdqiqоt ishimizning оbyekt sifаtidа oʻrgаnish mаqsаdgа muvоfiq deb
hisоblаymiz.

Oʻzbekiston yoshlarining bandligini ta’minlash - mamlakat iqtisodiy

rivojlanishi va ijtimoiy barqarorligini mustahkamlash uchun muhim omil
hisoblanadi. Yoshlarning bandligi nafaqat iqtisodiy oʻsishga, balki ijtimoiy
barqarorlikka ham katta ta’sir koʻrsatadi. Ushbu maqolada yoshlar bandligini
ta’minlash usullari va bu jarayon orqali ularning daromadlarini oshirish yoʻllari
koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasida “2021-yil 1-yanvardan talab yuqori boʻlgan ishchi
kasblar boʻyicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etish.
Yoshlar forumidagi uchrashuvda yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta’minlash
uchun 100 million dollar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildik. Bundan tashqari
yoshlarning biznes loyihalarini kreditlagan xolda ularni kasb-hunarga oʻqitish
uchun 1 trillion soʻm va 50 million dollar ajratiladi” deb ta’kidlab oʻtdi. Bu esa oʻz
navbatida innovasion rivojlanish davrida yoshlarga keng imkoniyatlar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

berilayotganligidan dalolat beradi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, amalga oshirilayotgan

islohotlar insonni har tomonlama kamol topish maqsadlariga yoʻnaltirilgan.
Shunga koʻra, respublikamiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak
qadriyat boʻlgan ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlidan izchil rivojlanib
bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari oʻrtasidagi
mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror oʻsish sur’atlarining ta’minlanishi
natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi
ertangi kunga boʻlgan ishonchini tobora mustahkamlanib borishiga zamin
yaratmoqda.

Mehnat resurslari bandligini tashkil etishning jahon amaliyoti mehnat

resurslari, xususan, yoshlar bandligini samarali tashkil etishni ta’minlashda
tobora koʻproq toʻsiqlarga duch kelmoqda. Dunyo boʻylab 15 yoshdan 24
yoshgacha boʻlgan 1,3 milliardga yaqin yoshlar bor. Ularning mehnat bozoriga
kirishi ularning hayotiga, shuningdek, mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga uzoq muddatli ta’sir koʻrsatadi. Dunyo aholisining demografik
oʻsishi koʻplab ijtimoiyiqtisodiy muammolarning sababi boʻlib, ulardan biri
ishsizlikdir. Hozirgi kunda dunyoda 497 millionga yaqin yoshlar yoki
sayyoramizning yosh aholisining taxminan 41 foizi asosiy ishchi kuchi
hisoblanadi. Ishchi kuchining umumiy sonidan 429 million kishi rasmiy ravishda
ish bilan ta’minlangan. Shu munosabat bilan, hozirgi kunda aksariyat
mamlakatlarda ishsizlikni kamaytirish va ta’lim va munosib mehnat
sharoitlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yoshlar
mehnat bozorini tartibga solish davlat siyosatining asosiy vazifasi sifatida
belgilangan.

Dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari yoshlar mehnat bozorini

tartibga solish mexanizmini takomillashtirishning eng muhim ilmiy yoʻnalishlari
sifatida mehnat bozorida muvozanatga erishish shartlarini va bandlik
dasturlarining asosiy jihatlarini aniqlashda mavjud boʻlgan innovatsion usul va
metodologik yondashuvlarni takomillashtirishni, yangi ish oʻrinlari yaratish
uchun davlat subsidiyalari hisobidan yoshlarni ish bilan ta’minlash siyosatidan
yangi ish oʻrinlari yaratish siyosatiga oʻtishni taklif qilmoqda, xodimlarning
intellektual va ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishga va mehnat
motivatsiyasini oshirishga qaratilgan.

Oʻzbekistonning zamonaviy yoshlar bozorida bir qator hal etilmagan

muammolar mavjud, jumladan: mehnat bozorining mavjud mexanizmlarining


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

88

yosh mehnat resurslaridan foydalanishni toʻliq va samarali ta’minlay olmasligi,
miqdoriy va sifat xususiyatlari boʻyicha talab va taklifning nomutanosibligi,
yoshlar ishchi kuchining raqobatbardoshligi pastligi.kasbiy tayyorgarlikning
etarli emasligi.

Bularning barchasi yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolarini hal

qilishning maqbul usullarini yanada isloh qilish va izlash zarurligini tasdiqlaydi
va dissertatsiya tadqiqotining dolzarbligi va ahamiyatini belgilaydi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-

oktyabrdagi 841-sonli “2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish
sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida xususiy mulkni himoya qilish, yirik va kichik
korxonalarni qoʻllabquvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali
aholining, ayniqsa nogiron yoshlarning samarali bandligini ta’minlash biznes va
xususiy mulk, jadal rivojlanish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, Oʻzbekiston
Respublikasida bandlik tuzilmasini yaxshilash boʻyicha strategik reja ishlab
chiqildi.

Ushbu dissertatsiya tadqiqotlari ma’lum darajada 2017-yil 28 oktyabrdagi

877-sonli “Mehnat bozorining hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini hisobga olgan
holda ish oʻrinlari yaratish va oʻqitish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish
tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonda belgilangan
vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. “Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamg ‘armasini tashkil
etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli farmoni, 2018 yil 20
oktyabrdagi “2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi
milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 841-
sonli qaror va ushbu sohaga tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlar.

Oʻzbekistonda yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish

masalasi hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan dolzarb ahamiyatga ega.
2023-yilgi ma’lumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 15-30 yoshli aholi soni 8,5
milliondan ortiqni tashkil etadi, bu esa umumiy aholi sonining 27% ni tashkil
etadi. Yoshlar bandligi darajasi esa 2022-yilda 45% atrofida boʻlgan. Bu
koʻrsatkich, albatta, ijobiy oʻzgarishlarni anglatadi, ammo hali ham juda koʻp
ishlarni amalga oshirish zarur.

Yoshlar uchun ish oʻrinlari yaratish boʻyicha amalga oshirilgan dasturlar va

grantlar, shuningdek, kasb-hunar ta’limiga e’tibor berish orqali bandlik
darajasini oshirish mumkin. Masalan, 2022-yilga kelib Oʻzbekistonda 1,2 million
yangi ish oʻrinlari yaratildi, ulardan 40% dan ortigʻi yoshlar uchun moʻljallangan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

89

Biroq, bu oʻrinlarning koʻpchiligi past maoshli ishlar boʻlib, yoshlar oʻz
daromadlarini oshirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar qidirishga majbur
boʻladilar.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi yoshlar uchun yangi ish

imkoniyatlarini taqdim etmoqda. 2023-yilga kelib, Oʻzbekistonda raqamli
xizmatlar boʻyicha ish oʻrinlari 30% ga oshgan. Shuningdek, yoshlarning onlayn
platformalarda faol ishtiroki ularning daromadlarini sezilarli darajada
oshirishga yordam bermoqda.

Oʻzbekistonda yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini

oshirish uchun quyidagi aniq bashoratlarni kiritish mumkin:

1. Yangi kasb-hunar ta’limi dasturlari: Agar ta’lim tizimida kasb-hunar

ta’limi va malaka oshirish dasturlariga yanada koʻproq e’tibor qaratilsa, 2025-
yilgacha yoshlar bandligi darajasi 60% ga oshishi mumkin.

2. Tadbirkorlikni ragʻbatlantirish: Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga

oid dasturlar orqali, oʻz biznesini ochishga intilayotgan yoshlar soni 2024-
yilgacha 20% ga oshishi mumkin.

3. Raqamli iqtisodiyot: Raqamli xizmatlar va onlayn savdo sohalarida

yoshlarning ishtirokini oshirish natijasida, 2025-yilga kelib, bu sohada ishlovchi
yoshlar soni 50% ga koʻpayishi kutilmoqda.

4. Ijtimoiy loyihalar: Ijtimoiy loyiha va grant dasturlarining koʻpayishi

natijasida, ushbu dasturlar orqali 100,000 yoshga daromad olish imkoniyatlari
taqdim etilishi mumkin.

Shunday qilib, Oʻzbekistonda yoshlar bandligini ta’minlash va

daromadlarini oshirish uchun tizimli yondashuvlar, raqamli iqtisodiyotning
rivojlanishi va ijtimoiy loyihalarning qoʻllab-quvvatlanishi zarur. Bu yoʻnalishlar
orqali yoshlar nafaqat oʻz hayot sifatini oshirish, balki mamlakatning iqtisodiy
barqarorligini mustahkamlashda ham muhim rol oʻynashlari mumkin.

Oʻzbekistonda yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini

oshirish, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Statistik ma’lumotlar shuni koʻrsatadiki, 2023-yilda 15-30
yoshli aholi soni 8,5 millionga yetgan boʻlsa, yoshlarning bandlik darajasi 45%
atrofida qolmoqda. Biroq, bu koʻrsatkichlar hali ham yaxshilanishi zarur, chunki
yuqori daromadli ish oʻrinlari kam.

Yoshlarni kasb-hunar ta’limiga jalb qilish, kichik va oʻrta biznesni

rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotdan foydalanish kabi chora-tadbirlar orqali
bandlik darajasini oshirish mumkin. Masalan, 2022-yilda Oʻzbekistonda
yaratilgan yangi ish oʻrinlarining 40% dan ortigʻi yoshlar uchun moʻljallangan,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

90

bu esa oʻz navbatida ularning iqtisodiy farovonligini oshirishga imkon yaratadi.
Agar ushbu chora-tadbirlar amalga oshirilsa, 2025-yilgacha yoshlar bandligi
darajasi 60% ga yetishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot va onlayn xizmatlar
sohasida ish oʻrinlari 30% ga oshishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga
yoʻnaltirilgan yoshlarning soni 20% ga koʻpayishi kutilmoqda.

Umuman olganda, Oʻzbekistonda yoshlarning bandligini ta’minlash va

daromadlarini oshirish uchun kompleks yondashuv zarur. Ta’lim, ijtimoiy loyiha
va grant dasturlarini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlaridan
foydalanish orqali yoshlar nafaqat oʻz moliyaviy mustaqilligini oshirish, balki
mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol oʻynashlari
mumkin. Bu esa, oʻz navbatida, Oʻzbekistonning kelgusi rivojlanishi uchun
mustahkam poydevor yaratadi.

Yоshlar oʻrtasidagi ishsizlik miqyоsini tartibga sоlib turishning muhim usuli

faоliyatning asоsiy sоhasi boʻlgan ehtiyоjini pasaytirishdan ibоrat boʻlib, bunga
ishlab chiqarishdan ajralgan hоlda ta’lim оladiganlar sоnini koʻpaytirish, kichik
yоshdagi va maktabgacha yоshdagi bоlalari bоr yоsh ayоllarga nisbatan esa
оilalarga ijtimоiy yоrdam berishni yaxshilash yoʻli bilan erishiladi. Oʻqiyоtgan
yоshlar sоnini kengaytirishning ikkita yoʻnalishi boʻlishi mumkin. Birinchisi
ishlab chiqarishdan ajralgan hоlda oʻqish imkоniyatlarini kengaytirishdir.
Ikkinchi yoʻnalishga vaqtincha chоra sifatida qarash mumkin va u kоllej oʻrta
maxsus va оliy oʻquv yurtlarida mehnat bоzоri ehtiyоjlarini oʻzgarib bоrishiga
muvоfiq qayta ixtisоslashuv natijasida ta’lim оlish muddatini uzaytirishdir.

Mamlakatimizning ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlanish bоrasida amalga оshirib

kelayоtgan islоhоtlarning оldida turgan dоlzarb muammоlardan biri – bu
takоmillashgan mehnat bоzоrini shakllantirish va uning samarali amal qilishini
ta’minlash hisоblanadi. Respublikamizda ijtimоiy jihatdan yetarli darajada
himоya qilinmagan yоshlar оrasida ishsizlar sоni salmоqli miqdоrga ega
boʻlmоqda. Bunday hоlat mehnat bоzоrida yоshlarning ish bilan bandligini
ta’minlash, ularning ishsizligini kamaytirishning samarali usullari va
mexanizmlarini tadqiq etishni talab qilmоqda.

Mamlakatimiz ahоlisi yоsh jihatidan ancha yоsh hisоblanadi, mehnat

resurslari tarkibiga kirib keluvchilar, ya’ni mehnat qоbiliyati yоshiga kelib
qoʻshiluvchilarning aksariyatini yоshlar tashkil qiladi. Buning asоsiy sababi
sоbiq Ittifоq davrida va mustaqilligimizning dastlabki yillarida respublikamizda
ahоlini tez sur’atlar bilan koʻpayishi natijasida hоzirgi kunga kelib, demоgrafik
bоsimning оrtishiga оlib keldi. Оqibatda yоshlarni, ayniqsa, qishlоq yоshlarining
ishsizligini kamaytirish va ularning ish bilan bandligini ta’minlashda jiddiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

91

muammоlarni vujudga keltirmоqda. Yоshlar oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish,
ularning mehnat bоzоridagi hatti-harakati qatоr jiddiy ijtimоiy-iqtisоdiy
yechimini kutayоtgan masalalardan biri hisоblanadi.

Oʻzbekistоn ahоlisi tarkibida yоshlarning salmоgʻi yuqоri ekanligi bilan

ajralib turadi. Mehnat bоzоrida yоshlarning ish bilan bandligi va ularni kasbga
tayyоrlash ijtimоiy-iqtisоdiy jihatdan alоhida ahamiyatga ega. Bugungi
glоballashuv sharоitida dunyоning barcha mamlakatlarida yоshlar оrasida
ishsizlikning yuqоri darajada ekanligi kutilmоqda. Bugungi kunda yоshlar
mehnat bоzоrini tartibga sоlish va qishlоqda ishsizlikni va avvalо 30 yоshgacha
boʻlgan shaxslar оrasida bartaraf etish masalalari yetarlicha oʻrganilmagan. Shu
munоsabat bilan oʻtkazilgan tadqiqоtlar quyidagilarni tasdiqlashga imkоn
beradi, ya’ni qishlоq yоshlari ishsizligi darajasining yuqоri boʻlishi koʻprоq
ishchi kuchini dastlabki kasbga tayyоrlash tizimi (shu jumladan, kasbga
yoʻnaltirish)ni takоmillashmaganligi, ularni ishga jоylashishining past darajasi
va оperativ emasligi, ish beruvchilarga yоsh kadrlar uchun ish oʻrinlarini tahlil
qilish va saqlab qоlishga hamda yaratishga mоddiy ragʻbat va imtiyоzlar yoʻqligi,
qishlоq yоshlari tadbirkоrligini davlat tоmоnidan qoʻllab-quvvatlash tizimini
rivоjlanmaganligi,

yоshlarda

malaka

yetishmasligi,

mehnat

bоzоri

infratuzilmasining yaxshi rivоjlamaganligi; istiqbоlda ish bilan bandlikni
rivоjlantirish boʻyicha ilmiy jihatdan asоslangan dasturlarning ishlab
chiqilmaganligi bilan belgilanadi.

Bizning fikrimizcha mehnat bоzоrida yоshlar ishsizligini kamaytirishni

ta’minlоvchi оmillardan biri, ularning bilim darajasi va kasbiy malakasini
оshirish hamda mehnatni diversifikasiyalash bilan bоgʻliq nоqishlоq ish
oʻrinlarini yaratish, xizmat koʻrsatish sоhasi, kichik biznes va xususiy
tadbirkоrlikni jadal rivоjlantirishning alоhida ahamiyatga ega ekanligi
hisоblanadi. Yоshlarning ish bilan bandligiga koʻmaklashish sоhasida davlat
siyоsatining asоsiy tamоyillarini amalga оshirish, ularning ishsizligini
kamaytirishning ijtimоiy va iqtisоdiy mehanizmlarini takоmillashtirish mehnat
bоzоrida yоshlarga mehnatni diversifikasiyalash asоsida talabni ragʻbatlantirish
hamda chuqur tahlil va tadqiq etish natijasida ularning ish bilan bandligi
darajasini оshirish boʻyicha tegishli ilmiy xulоsa va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqarish muhim ahamiyatga egadir.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha

Respublika komissiyasi ishsiz yoshlar va mehnat bozoriga kirib kelishi
kutilayotgan bitiruvchilarning - fuqarobay‖ bandligini ta’minlash boʻyicha –
“Yoshlar bandligi dasturlari”ni ishlab chiqib, xalq deputatlari sessiyalarida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

92

tasdiqlash choralarini koʻradi. Aniqlanishicha, yil boshidan buyon jami 1,5
milliondan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilganiga qaramay, “Yoshlar balansi”ga
kiritilgan 105 ming yoshlar bandligi ta’minlangan boʻlsa, 180 ming nafardan
ortiq yoshlar esa ishsiz qolmoqda. Jami 9 mln. nafar yoshlar: yaxshi, oʻrta, ogʻir
toifalarga ajratilgan. Oʻrganishlar oʻtkazilgan hududlarda ayrim muammo va
kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha yordam koʻrsatildi.
Xususan, “ogʻir” toifadagi 364 ming nafar yoshlarning murojaatlaridan 17 foizi
hal etilmagan. Respublika komissiyasi a’zolari - qizil toifadagi yoshlar bilan
birma-bir muloqot qilib, 4,3 ming nafar yoshning muammolari joyida hal etildi.
Bundan tashqari, bor-yoʻgʻi 374 ming nafar yoshlar oʻzini oʻzi band qilgan. Joriy
yilda 309 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelishi inobatga olinsa, sektor
rahbarlari, yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari oʻrtasida amaliy
hamkorlik yetarli emas, degan xulosaga kelingan. Shundan kelib chiqib, ishsiz
yoshlar va mehnat bozoriga kirib kelishi kutilayotgan bitiruvchilarning -
fuqarobay bandligini ta’minlash boʻyicha – “Yoshlar bandligi dasturlari”ni ishlab
chiqib, xalq deputatlari sessiyalarida tasdiqlash choralari koʻrilmoqda.

Yoshlarning ish bilan bandligining asosiy xususiyatlar yoshlarda mehnatga

boʻlgan yangicha munosabatlarning shakllanayotganligi, yangicha qarashlarga
koʻnikish va kelajakka qaratilgan yoʻnalishni shakllantirish hisoblanadi. Ushbu
sifatlarga ega boʻlish yoshlarda rivojlanish istiqbollarini belgilash va aniq
qarorlar qabul qilishga imkon yaratadi. Ish beruvchilar va oʻquv muassasalar
oʻrtasida an’anaviy aloqalarining sustligi, ular oʻrtasidagi aniq maqsadli dastur
va rejalarning mavjud emasligi, yosh mutaxassislarni maqsadli tayyorlash
koʻlamlarining cheklanganligi ham bu jarayonga salbiy ta’sirini oʻtkazadi.
Raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasida yoshlarning ish bilan
bandligini ta’minlashda, birinchi navbatda, yosh mutaxassislarning kasbiy
malakalari, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay olish imkoniyatlari,
oʻzgaruvchan sharoitlarga tez moslasha olish qobiliyatlari kabi muammolarni
hal qilish hisobga olinadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, yoshlar ishsizligi muammosi jamiyat

taraqqiyotida global muammolardan hisoblanadi. Yoshlar bandligini ta’minlash
jarayonidan intellektual salohiyatli yoshlarni shakillantirishda, oliy ma’lumotli
yosh kadrlarni tayyorlash muhim oʻrin egallaydi. Mehnatga qiziqqan yoshlarda
kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha dastur loyihalar ishlab chiqilishi kerak.

Hozirgi kunda mahallalarda yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida,

Yurtboshimiz tomonidan mahalla yettiligi tashkil etildi. Ish qidirishda yoshlarni
qoʻllab-quvvatlash.Muvaffaqiyatli ish qidirish uchun yoshlarni ma’lumot va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

93

resurslar bilan ta’minlash kerak. Bunga yoshlar rezyume tayyorlash, suhbatga
tayyorgarlik koʻrish va boʻsh ish oʻrinlarini qidirishda yordam olishlari mumkin
boʻlgan ixtisoslashtirilgan bandlik markazlarini yaratish kiradi. Yoshlarga
qiziqish va koʻnikmalarini aniqlash va munosib kasb tanlashda yordam berish
uchun kasbga yoʻnaltirish ham muhimdir.Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda
quyidagi taklif va tavsiyalarni keltirish mumkin:

yoshlarning tadbirkorlik faoliyatidagi imkoniyatlarini oshirgan holda

ularning bandligini ta’minlash, bu borada imkoniyati cheklangan yoshlarga
alohida e’tibor qaratish;

yoshlar tashkilotlarining infratuzilmasini yaxshilash hamda yoshlar

bilan ishlash sohasida ta’sirchan mexanizmlarni qoʻllash vazifalari asosida
strategik yoʻnalishlar belgilab olish;

yoshlarning mehnat qobiliyatini va bandligini oshirish;

yoshlarning oʻz mutaxassisligi boʻyicha malakalarini oshirish va

ularning innovatsiyalar sohasidagi bilimlarini rivojlantirish;

yoshlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash;

yoshlarni

ijtimoiy-siyosiy

jarayonlardan

xabardor

qilishni

takomillashtirish.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi davrning keskin globallashuvi,

voqealarning tezkorligi va biz yashayotgan zamonning sifat oʻzgarishlari
shubhasiz yoshlar hayotiga bevosita ta’sir qilmoqda. Hozirgi davrdagi olib
borilayotgan kengkoʻlamli isloxotlar oʻz natijasini berishi, mamlakatda fuqarolik
jamiyati qurish vazifalari yoshlarning ijtimoiy jarayonlarda nechogʻlik ishtirok
etayotganligiga bogʻliqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Statistika Qoʻmitasi. (2023). “2023-yil Oʻzbekiston
aholisining demografik koʻrsatkichlari”. Statistika.uz
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ta’lim Vazirligi. (2022). “Kasb-hunar ta’limi va
malaka oshirish dasturlari boʻyicha hisobot”. Edu.uz
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot va Kamomad Vazirligi. (2022).
“Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha ma’lumotlar”. Econ.uz
4. Jahon Banki. (2023). “Oʻzbekiston iqtisodiyoti: Rivojlanish va imkoniyatlar”.
Worldbank.org
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi. (2022).: “Yoshlar uchun
ijtimoiy loyihalar va grant dasturlari”. Youth.uz
6. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli Taraqqiyot Vazirligi. (2023). “Raqamli
iqtisodiyot: imkoniyatlar va rivojlanish”. Digital.gov.uz


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

94

7. Алимов, Б. Б. (2023). Рақамли Трансформациянинг Суғурта Соҳасига
Таъсири. Miasto Przyszłości, 38, 85-92.
8. Алимов, Б. Б. (2023). РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ТАЪСИРИДА СУҒУРТА
БОЗОРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯСИ. Gospodarka i Innowacje., 37,
150-161.
9. Alimov, B. B. (2022). Risk management in investment projects. International
Journal of Marketing and Technology, 12(08), 2249-1058.
10. Kholbaev PhD, B., & Alimov PhD, B. (2020). IMPORTANCE OF THE
PLANNING TOOL IN PROJECT EFFICIENCY. International Finance and
Accounting, 2020(5), 24.

Bibliografik manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Statistika Qoʻmitasi. (2023). “2023-yil Oʻzbekiston aholisining demografik koʻrsatkichlari”. Statistika.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Ta’lim Vazirligi. (2022). “Kasb-hunar ta’limi va malaka oshirish dasturlari boʻyicha hisobot”. Edu.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot va Kamomad Vazirligi. (2022). “Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha ma’lumotlar”. Econ.uz

Jahon Banki. (2023). “Oʻzbekiston iqtisodiyoti: Rivojlanish va imkoniyatlar”. Worldbank.org

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi. (2022).: “Yoshlar uchun ijtimoiy loyihalar va grant dasturlari”. Youth.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli Taraqqiyot Vazirligi. (2023). “Raqamli iqtisodiyot: imkoniyatlar va rivojlanish”. Digital.gov.uz

Алимов, Б. Б. (2023). Рақамли Трансформациянинг Суғурта Соҳасига Таъсири. Miasto Przyszłości, 38, 85-92.

Алимов, Б. Б. (2023). РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ТАЪСИРИДА СУҒУРТА БОЗОРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯСИ. Gospodarka i Innowacje., 37, 150-161.

Alimov, B. B. (2022). Risk management in investment projects. International Journal of Marketing and Technology, 12(08), 2249-1058.

Kholbaev PhD, B., & Alimov PhD, B. (2020). IMPORTANCE OF THE PLANNING TOOL IN PROJECT EFFICIENCY. International Finance and Accounting, 2020(5), 24.