ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “PARLAMENT HUQUQI”
FANINING O‘QITISH MUAMMOLARI
Ergashev Shohrux Kamoliddin o‘g‘li
Guliston davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi:Huquq ta’limi
yo‘nalishi magistri
https://orcid.org/0009-0009-0891-1195
https://doi.org/10.5281/zenodo.14463874
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida Parlament
huquqi fanining o‘qitilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni hal
qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada o‘quv dasturlarini dolzarb holga keltirish,
zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribani o‘qitishga jalb qilish, ilmiy
tadqiqotlarni kengaytirish orqali fan o‘qitilishini takomillashtirish yo‘llari
muhokama qilinadi. Parlament huquqi fanini samarali o‘qitish orqali talabalar
nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallashlari
mumkinligi qayd etiladi.
Kalit so‘zlar:
Parlament, metodlar , normativ hujjatlar, oliy ta’lim, qonun,
axborot resurslari, huquqiy aktlar.
Parlament huquqi — davlat boshqaruvidagi asosiy huquqiy tartiblarni, qonun
chiqarish jarayonini, va fuqarolarni davlatning qonunlariga nisbatan huquqlarini
tartibga soluvchi muhim fan hisoblanadi. Parlament huquqi har qanday
davlatning demokratik boshqaruv tizimining asosi bo‘lib, davlat va jamiyatning
o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi muhim omil hisoblanadi. Bu fan oliy
ta'lim muassasalarida nafaqat huquqshunoslar balki siyosatshunoslar, davlat
boshqaruvi mutaxassislari hamda boshqa sohalar uchun ham muhimdir. Oliy
ta'lim tizimida Parlament huquqi fanini to‘laqonli va samarali o‘qitish orqali
yosh mutaxasislarning davlat boshqaruvi va qonun chiqarish tizimlari haqida
chuqur tushunchaga ega bo‘lishlariga erishish mumkin. Ushbu fan orqali
talabalar davlat boshqaruvi tizimi, qonunchilik jarayoni, deputatlarning huquq
va majburiyatlari hamda parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni
haqida batafsil ma'lumot oladilar. Parlament huquqidagi mavzularni o‘rganishda
talabalar parlament huquqi tushunchasi haqida parlament o‘zi turli
davlatlarning va ayniqsa bizning davlatimiz qonunchilik organlarining tarixi va
huquqiy holati asosiy vazifalarini amalga oshirishi bu oliy vakillik organining
shakllanishi prinsiplari , uning senator va deputatlarning maqomi haqida
ma’lum bilimlariga ega bo‘lish imkonini beradi, oxiri oqibatida olingan bilimlar
qonunchilik hokimiyatining davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlari orasida va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
umuman jamiyatdagi o‘rni va rolini anglashdagi bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘ladi. Parlament huquqi tushunchasi yuridik adabiyotlarda yaqinda paydo
bo‘ldi.Uni parlament faoliyati va tashkil etilishini ba’zi bir mamlakatlarda
barqaror ba’zilarida endi shakllaniyotgan huquqiy aktlar va me’yorlar majmuini
olimlar tomonidan asoslangan intilish deb tushunish mumkin.Bunda bir qator
tadqiqotchilar tarmoq haqida emas , balki konstitusion huquq tarmog‘i doirasida
parlament huquqi instituti haqida so‘z yuritmoq lozim deb hisoblaydilar.Ko‘zga
ko‘ringan Rossiyalik yurist akademik B.M.Tomorning fikricha parlament huquqi
shakllari ko‘rinib qolgan konstitutsion huquqning shakllaniyotgan
tarmog‘idir
.[1]
Shu bilan birga mamlakatimizda parlamentarizm masalalarining
taniqli tadqiqotchisi y.f.d E.H.Xalilov konstitutsion huquqi tarkibidan o‘ziga xos
predmetiga ega bo‘lgan mustaqil yuridik fan- O‘zbekiston Respublikasi
parlament huquqini ajratib ko‘rsatilishini taklif etmoqda
.[2]
Parlament davlat
boshqaruvidagi qonun chiqaruvchi hokimiyat sifatida, quyidagi vazifalarga ega:
Parlament fuqarolarni davlat boshqaruviga faol jalb qilish orqali demokratik
prinsiplarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Parlamentning asosiy vazifalaridan biri qonunlarni ishlab chiqish va ularning
amaldagi qonunlar bilan uyg‘unligini ta'minlashdir. Bu jarayon qonunlarning
sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Parlament, davlat siyosatini belgilovchi hujjatlarni (masalan, byudjet, qonunlar)
qabul qilish orqali davlatning rivojlanish yo‘nalishini belgilaydi.
Parlament qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonini tartibga soladi.
Bu jarayon qonun loyihalarining tayyorlanishi, muhokama qilinishi va qabul
qilinishini o‘z ichiga oladi.
Parlament, hukumat va davlat organlarining faoliyatini baholaydi. Bu esa
hokimiyat organlarining fuqarolar oldida hisobdor ekanligini ta’minlashga
yordam beradi. Parlament, tashqi siyosat va xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya
qilish orqali, mamlakatning xalqaro munosabatlarini tartibga solishda ishtirok
etadi. Parlamentarizm taraqqiyotining bosh tendensiyasi shundan iboratki,
parlamentlar ijtimoiy turmushda markaziy o‘rin tutadi
.[3]
Parlament huquqi
fanini o‘qitishda talabalarning qiziqishini oshirish uchun bir qator metod va
usullarni qo‘llash mumkin.
Interaktiv o‘qitish usullari:
Seminarlar va munozaralar: Talabalarni darsga jalb qilish va ularning fikrlarini
ifodalashga imkon berish uchun munozaralar va seminarlar o‘tkazish. Bu,
talabalar orasida faol muhokamalarni rag‘batlantiradi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
Guruhlarga bo‘linish va jamoaviy ishlash: Talabalarni guruhlarga bo‘lish va
ularni jamoaviy loyihalar ustida ishlashga undash. Bu usul, talabalar o‘rtasida
hamkorlikni rivojlantiradi va ularning fikr almashishlariga yordam beradi.
O‘qitilayotgan mavzular bilan bog‘liq real hayotdagi misollarni keltirish.
Masalan, parlament huquqi o‘qitilayotganda, amaldagi qonunlarni va ularning
jamiyatdagi ta'sirini muhokama qilish.
Zamonaviy texnologiyalar:
Onlayn axborot resurslari: Talabalarga onlayn dars materiallari, video darslar va
taqdimotlar taqdim etish. Bu, o‘quv jarayonini yanada qiziqarli qiladi va
talabalarni texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatadi.
Ta’lim jarayonida talabalarni bir-biri bilan fikr almashishga undash. Bu, ularning
fikrlarini ochiq va erkin ifodalashlariga yordam beradi.Undan tashqari
parlament faoliyati bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni dars jarayonida
tahlil qilish ham bu fanni o‘qitishda muhim ahamiyatga ega. Misol uchun
quyidagi normativ hujjatlarni dars jarayonida tahlil qilish mumkin: “O‘zbekiston
Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasi; O‘zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisi to‘g‘risida qonun; Qonun loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida
qonun; O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida Qonun;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi to‘g‘risida” qonun.
[4]
Bu qonunlarni tahlil qilish orqali talabalar parlament faoliyati bilan bog‘liq
masalalarni tushunishi osonlashadi. Talabalarning qiziqishini oshirish uchun
zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish va talabalarning shaxsiy
qiziqishlarini e'tiborga olish zarur. O‘qituvchilar, o‘z darslarini qiziqarli va
interaktiv qilib tayyorlash orqali, talabalar bilan samarali muloqot o‘rnatishi va
ularning bilimlarini yanada kengaytirishi mumkin. Parlament huquqi fanini oliy
ta'lim muassasalarida o‘qitishda qator muammolar mavjud. Ushbu muammolar
nafaqat ta'lim jarayoniga, balki kelajakdagi huquqshunoslarning malakasiga
ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Quyida “Parlament huquqi” fanini o‘qitishda asosiy
muammolar tahlil qilinadi:
1.Parlament huquqi fani bo‘yicha o‘quv dasturlari ko‘pincha dolzarb qonunlar va
parlament faoliyati bilan mos kelmasligi muammo hisoblanadi. O‘zbekistondagi
qonunchilik tizimi muntazam ravishda yangilanib, parlament faoliyatida muhim
o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Biroq, ta'lim tizimida o‘quv dasturlari va o‘quv
materiallarining yangilanmasligi talabalar yangi qonunlar va parlament ish
faoliyati haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lmasligiga olib keladi. Ushbu muammo
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
parlament faoliyatining dolzarbligini o‘quv jarayoniga tezkor tatbiq etish bilan
hal etilishi mumkin.
2.Ko‘p hollarda Parlament huquqi fanini o‘qitish nazariy bilimlar bilan
chegaralanib qoladi. Talabalar amaliy jarayonlarda qatnashish imkoniyatiga ega
bo‘lmasliklari sababli parlament faoliyati haqida yetarli bilimga ega
bo‘lmaydilar. Oliy ta'lim muassasalari talabalarni bevosita deputatlar bilan
uchrashuvlar o‘tkazish kabi amaliy tajribalar bilan ta'minlashlari kerak .
3.Parlament huquqi bo‘yicha sifatli o‘quv materiallarining kamligi ta'lim
jarayonini murakkablashtiradi. Oliy ta'lim muassasalarida ushbu fanga oid
adabiyotlar yetarli darajada emas, mavjud adabiyotlar esa ko‘pincha eskirgan
yoki dolzarb emas. Talabalar o‘z bilimlarini oshirish uchun yetarli manbalarga
ega bo‘lmasliklari sababli, dars jarayonida chuqur o‘zlashtirish imkoniyatidan
mahrum bo‘lishadi. Ushbu muammoni hal etish uchun zamonaviy o‘quv
qo‘llanmalari va adabiyotlar yaratish, ularni talabalarga yetkazib berish
zarurdir. Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish orqali bu fanni oliy ta’lim
tizimida o‘qitish sifatini yaxshilash mumkin deb o‘ylayman.
Xulosa
Oliy ta'lim muassasalarida Parlament huquqi fanini o‘qitish jarayonida yuzaga
kelayotgan muammolarni hal qilish orqali talabalar malakasini oshirish va
davlat boshqaruvi tizimi bo‘yicha chuqur bilim berish mumkin. O‘quv
dasturlarini yangilash, amaliy tajribani kengaytirish, o‘qituvchilarning
malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv materiallarini yaratish bu sohadagi
muammolarni bartaraf etishda muhim omillar hisoblanadi. Shu yo‘nalishdagi
sa'y-harakatlar mamlakatimiz parlament tizimining yanada takomillashishiga
ham hissa qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.SH.X.Zulfiqorov. O‘zbekiston Respublikasi Parlament huquqi .O‘quv
qo‘llanma.Toshkent- 2009-yil 12-13 b
2. E.X.Xalilov.O‘zbekiston Respublikasining Qonun chiqaruvchi oliy organi:soxta
vakillikdan haqiqiy parlamentarizmga qadar. Toshkent .O‘zbekiston 2007-yil
3.parliament.gov.uz
4.www.lex.uz
