“TOʻQIMACHILIK SANOATI: OʻZBEKISTON IQTISODIYOTINING YANGI LOKOMOTIVI”

Abstract

tadqiqotimiz jarayonida to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishdagi muammolar o‘rganildi, to‘qimachilik sanoatidagi moderinizatsiyalangan texnalogiyalar, ekalogik muammolar, logistika, xalqaro standartlar, xomashyoni qayta ishlash kabi jihatlari o’rganildi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi Alfraganus universiteti nodavlat oliy ta’lim tashkiloti, “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi
118-122
54

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Otaxanova , U. . (2024). “TOʻQIMACHILIK SANOATI: OʻZBEKISTON IQTISODIYOTINING YANGI LOKOMOTIVI”. Academic Research in Modern Science, 3(49), 118–122. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/61981
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

tadqiqotimiz jarayonida to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishdagi muammolar o‘rganildi, to‘qimachilik sanoatidagi moderinizatsiyalangan texnalogiyalar, ekalogik muammolar, logistika, xalqaro standartlar, xomashyoni qayta ishlash kabi jihatlari o’rganildi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

118

“TOʻQIMACHILIK SANOATI: OʻZBEKISTON IQTISODIYOTINING

YANGI LOKOMOTIVI”

Otaxanova Umida Olim qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi

Alfraganus universiteti nodavlat oliy ta’lim tashkiloti,

“Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14498450

Annotatsiya:

tadqiqotimiz

jarayonida

to‘qimachilik

sanoatini

rivojlantirishdagi

muammolar

o‘rganildi,

to‘qimachilik

sanoatidagi

moderinizatsiyalangan texnalogiyalar, ekalogik muammolar, logistika, xalqaro
standartlar, xomashyoni qayta ishlash kabi jihatlari o’rganildi.

Kalit so‘zlar:

to‘qimachilik, eksport,

ISO, GOTS, logistika, paxta, tola,

texnologik modernizatsiya, xalqaro savdo.

Bugungi kunda dunyo bozorlarida ekologik toza va sifatli mahsulotlarga

talab ortib borayotganligi sababli Oʻzbekiston “yashil iqtisodiyot” va ekologik
toza mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali oʻz pozitsiyasini
kuchaytirishga harakat qilayotganligi, mahalliy korxonalar Janubiy Koreya,
Xitoy, Turkiya va Yevropa bozorlariga kirib, sifatni xalqaro standartlarga
moslashtirish ustida ishlayotganligi hamda paxta yetishtirish va qayta
ishlashning yangi klaster modeli joriy etish, bu boradagi xorijiy investorlarni jalb
etilayotganligi ishimizning dolzarbligidan dalolat bermoqda.

To'qimachilik sanoati mamlakatning barcha hududlarida keng tarqalgan va

eng ko'p ish o'rinlariga ega bo'lgan sohalardan biridir. Bugungi kunda 6 mingdan
ortiq korxona 570 ming kishini ish bilan ta'minlamoqda. So'nggi yillarda
investitsiyalar va yangi texnologiyalarni faol jalb qilish orqali sanoat
samaradorligi sezilarli darajada oshdi. Masalan, o'tgan yili 8 milliard 200 million
dollarlik to'qimachilik va tikuvchilik-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilgan, bu
yetti yil avvalgidan 4,2 baravar ko'pligini inobatga olsak sezilarli ravishda
rivojlanish bo’lmoqda.

Shuningdek, 2023 yilda sanoatning eksport hajmi 3,1 milliard dollarni

tashkil etdi. Bu yil sanoat uchta yangi bozorga chiqdi, eksport geografiyasi 83
mamlakatni tashkil etadi.

Biroq, eksport tarkibini tahlil qilish ma'lum kamchiliklarni ko'rsatadi.

Masalan, tayyor tovarlarni eksport qilishda yuqori qo'shimcha qiymatga ega
mahsulotlarning ulushi past. Eksportning qariyb 80 foizi hali ham an'anaviy
sheriklar bozorlariga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlar bozorlariga yoki
brendlarga eksport hajmini oshirish uchun xalqaro standartlar va sertifikatlar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

119

talab qilinadi. Biroq, faqat 175 ta korxona ushbu talablarga javob beradi. 18 ta
tumanda to'qimachilik mahsulotlarining yillik ishlab chiqarish hajmi million
dollarga ham yetmaydi.

Ishlab chiqarishni ko'paytirishning eng yaxshi usullaridan biri bu

mahallalarda yirik korxonalar filiallarini ochishdir. Masalan, Samarqand
shahridagi Zarafshon to'qimachilik fabrikasi 11 ta mintaqaviy filial ochdi. Buning
afzalligi shundaki, standartlarni amalga oshirish yoki sertifikatlar olish uchun
qo'shimcha vaqt va pul sarflashning hojati yo'q. To'qimachilik korxonalari uchun
eng dolzarb muammolardan biri xom ashyodan foydalanishdir. Mamlakatimizda
1 million 300 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjud, ammo
hozirgi vaqtda 1 million tonnaga yaqin tola ishlab chiqarilmoqda.

1-jadval
Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatidagi muammolari

Muammo turi

Tavsifi

Ehtimoliy yechimlar

1

Texnologik

modernizatsiya

Eski

uskunalar

va

raqamli

texnologiyalar

yetishmasligi.

Zamonaviy uskunalar

xarid

qilish,

xorijiy

investitsiyalarni

jalb

qilish, davlat dasturlarini
kengaytirish.

2

Suv va tabiiy

resurslardan
foydalanish

Paxta

yetishtirishda

suv isrofi va samarali
sugʻorish

tizimlarining

yetarli emasligi.

Tomchilatib sugʻorish

texnologiyalarini
kengaytirish,

ekologik

amaliyotlarni
rivojlantirish.

3

Ekologik

muammolar

Kimyoviy o'gʻitlar va

pestitsidlar tuproq va
suv

sifatiga

zarar

yetkazmoqda.

Ekologik toza qishloq

xoʻjaligi usullarini joriy
etish, ekologik nazoratni
kuchaytirish.

4

Malakali kadrlar

yetishmovchiligi

Soha

uchun

zarur

boʻlgan yuqori malakali
mutaxassislar soni kam.

Kasbiy

taʼlim

dasturlarini
modernizatsiya

qilish,

amaliyotga yoʻnaltirilgan
kadrlar tayyorlash.

5

Mahsulot

raqobatbardoshligi

Oʻzbek

mahsulotlari

xalqaro bozorda kuchli
brend

sifatida

tan

Xalqaro standartlarga

mos mahsulotlar ishlab
chiqarish, marketing va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

120

olinmagan.

brendlashga

eʼtibor

qaratish.

6

Xomashyoni

qayta

ishlash

darajasi

Paxta xomashyosining

katta qismi hali ham
tayyor mahsulot shaklida
emas.

Chuqur qayta ishlash

quvvatlarini

oshirish,

tayyor

mahsulot

eksportiga

eʼtibor

qaratish.

7

Logistika

va

infratuzilma

Transport va logistika

xarajatlarining yuqoriligi
eksportga

toʻsqinlik

qilmoqda.

Transport

infratuzilmasini
yaxshilash,

eksport

jarayonlarini
soddalashtirish.

8

Global

standartlarga
moslashish

Mahsulot

sifatini

xalqaro

talablar

darajasida kafolatlashda
qiyinchiliklar mavjud.

Sertifikatlashtirish

jarayonlarini
soddalashtirish,
korxonalarni

sifat

standartlariga
moslashtirish.

Jadvalda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etishda quyidaki quyidagi

yechimlarni shaklantirdik:

Texnalogik rivojlantirish: zamonaviy uskunalarni xarid qilish uchun davlat

tomonidan subsidiyalar ajratish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va soliq
imtiyozlari berish orqali ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnologik
parklar va innovatsion klasterlarni tashkil etish, kichik va oʻrta korxonalarga
arzon kredit liniyalarini taqdim etish.

Mahsulotlarning raqobatbardoshligi: mahalliy brendlarni rivojlantirish

uchun davlat miqyosida marketing va reklama dasturlarini amalga oshirish,
eksport mahsulotlarini xalqaro ko‘rgazmalar va savdo yarmarkalarida faol
targ‘ib qilish, xalqaro sifat sertifikatlarini olishni qo‘llab-quvvatlash va
sertifikatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish, mahsulotlarni xalqaro bozorda
sotish uchun kuchli brend yaratish.

Logistika hamda infratuzilma: eksport logistikasini soddalashtirish uchun

bojxona tizimini takomillashtirish, ichki va tashqi transport infratuzilmasini
rivojlantirish, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini kengaytirish, xalqaro savdo
yo‘laklaridan (masalan, Xitoy-Yevropa yo‘nalishi) faol foydalanish.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

121

Global standartlarga moslashish: korxonalarni xalqaro sifat va ekologik

standartlarga (ISO, GOTS kabi) moslashtirish uchun maxsus davlat dasturlarini
tashkil etish, sertifikatlashtirish xizmatlarini arzonlashtirish va bu jarayonni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarning xalqaro bozorda tan
olinishi uchun “Made in Uzbekistan” brendi ostida sifat kafolatlarini joriy etish.

Xulosa qiladigan bo’lsak sohada mavjud bo‘lgan bir qator muammolar uning

samarali ishlashiga to‘siq bo‘lib turibdi. Bu muammolar orasida texnologik
modernizatsiyaning yetishmasligi, ekologik salbiy ta’sirlar, malakali kadrlar
yetishmovchiligi, xomashyo qayta ishlash darajasining pastligi va logistika
muammolari eng muhimlaridan sanaladi.

To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun bir qator tizimli choralar

ko‘rish zarur. Birinchidan, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab
chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish orqali sanoatning samaradorligini
oshirish mumkin. Texnologik modernizatsiya nafaqat mahsulot sifatini
yaxshilaydi,

balki

energiya

sarfini

kamaytiradi

va

chiqindilarni

minimallashtiradi. Bunda, davlat tomonidan innovatsion texnologiyalarni joriy
etishni qo‘llab-quvvatlovchi subsidiyalar va investitsiyalarni jalb qilish muhim
rol o‘ynaydi.

Ikkinchidan, ekologik muammolarni hal etish maqsadida, to‘qimachilik

sanoatida ekologik toza texnologiyalarni keng qo‘llash va kimyoviy o‘g‘itlar va
pestitsidlar o‘rniga ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish
lozim. Shu bilan birga, soha uchun xalqaro ekologik sertifikatlarni olishni
qo‘llab-quvvatlash va ekologik standartlarga moslashish zarur.

Uchinchidan, malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish juda

muhim. To‘qimachilik sanoati uchun zamonaviy ta'lim va malaka oshirish
tizimini yaratish, sohaning rivojlanishiga xizmat qiladigan kadrlar tayyorlashga
imkon yaratadi. Kasb-hunar maktablari, texnikumlar va oliy ta'lim
muassasalarida to‘qimachilik sohasiga oid mutaxassisliklar va amaliyot
dasturlarini joriy etish talab qilinadi.
Umuman olganda, O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatini barqaror va
raqobatbardosh rivojlantirish uchun kompleks yondashuv va tizimli chora-
tadbirlar zarur. Texnologik, ekologik, kadrlar va logistika sohalaridagi
muammolarni hal etish va eksportni rivojlantirish orqali, mamlakatning
to‘qimachilik sanoati nafaqat ichki bozorni ta’minlaydi, balki global bozorda o‘z
o‘rnini mustahkamlaydi. Ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilgan sa’y-harakatlar
O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga katta hissa qo‘shadi va uzoq muddatli
barqaror rivojlanishga olib keladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

122

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2024-yil

1-maydagi

“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib
chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni.
2.

Sh. Isohov “To’qimachilik kimyosi” darslik

3.

dev-portal.miit.uz- Invest O‘zbekiston rasmiy sayti ma’lumotlari.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni.

Sh. Isohov “To’qimachilik kimyosi” darslik

dev-portal.miit.uz- Invest O‘zbekiston rasmiy sayti ma’lumotlari.