PEDAGOGIKA NAZARIYA VA TARIXI FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIMNING QOIDALARI VA QONUNIYATLARI

Аннотация

Mazkur maqolada Pedagogika nazariya va tarixi fanini o‘qitishda zamonaviy ta’limning qoidalari va qonuniyatlari ularning tur va turkumlari klassifikatsiyasi xususida fikrlar bildirilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
  • Buxoro innovatsiyalar universiteti, 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich magistranti
140-143
21

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Kenjayeva , S. . (2024). PEDAGOGIKA NAZARIYA VA TARIXI FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIMNING QOIDALARI VA QONUNIYATLARI. Академические исследования в современной науке, 3(49), 140–143. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/61977
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada Pedagogika nazariya va tarixi fanini o‘qitishda zamonaviy ta’limning qoidalari va qonuniyatlari ularning tur va turkumlari klassifikatsiyasi xususida fikrlar bildirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

140

PEDAGOGIKA NAZARIYA VA TARIXI FANINI O’QITISHDA

ZAMONAVIY TA’LIMNING QOIDALARI VA QONUNIYATLARI

Kenjayeva Sadoqat Nurmurod qizi

Buxoro innovatsiyalar universiteti, 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi

(faoliyat turi bo‘yicha) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14498571

Anotatsiya:

Mazkur maqolada Pedagogika nazariya va tarixi fanini

o‘qitishda zamonaviy ta’limning qoidalari va qonuniyatlari ularning tur va
turkumlari klassifikatsiyasi xususida fikrlar bildirilgan.

Kalit so‘z:

Pedagogika nazariya, tarix, tarbiya, faollashuv, ta’limiy,

tarbiyaviy,komptensiyaviy,oliy

ta’lim,

zamonaviy

ta’lim,integratsion

ta’lim,xususiy ta’lim, odob-axloq kodeksi,

Pedagogika nazariya va tarixi fanini o‘qitishda zamonaviy ta’limning

qoidalari va qonuniyatlari ularning tur va turkumlari klassifikatsiyasi qanday
xususiyatlarni o‘zida qamrab olganligi bilan bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Ta‘lim qoidalari - o‘qituvchining darsdagi
faoliyatini va o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirishini, tegishli
ko‘nikma va malakalar, dunyoqarash, mafkura hosil qilishning asosiy qonun va
yo‘l - yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Ta‘lim qoidalari o‘qitishning, o‘rgatishning eng
muhim masalalarini nazariy jihatdan hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Dars
jarayonida o‘quvchilarning bilish ehtiyoji va sharoitlar o‘quv jarayonining
xarakterini, maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini
belgilab beradi. O‘qituvchi ta‘lim jarayonining qoidalari, qonuniyatlarini qancha
ilmiy asosda bilsa, uning samarasi shuncha yuqori bo‘ladi. Ta‘lim qoidalarini
ham nazariy bilish, hamda amalda qo‘llay bilish juda muhim. Shuning uchun
o‘qituvchi ta‘lim qoidalarini bilishi shart. Chunki, o‘qituvchi ta‘lim qoidalarini
bilmasdan turib ta‘limning maqsad va vazifalarini amalga oshira olmaydi. Ta’lim
qoidalari deb barkamol inson ta‘lim - tarbiyasiinng maqsad va vazifalarini
amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining umumiy yo‘nalishi,
o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlar, ko‘nikmalar hosil qilishning asosiy qonun
va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi. Sodda etib aytganda ta‘limning samarali
natijalarini ta‘minlaydigan qoidalar majmuini tushunamiz. Pedagogika fanida
olimlar, buyuk pedagoglar tomonidan asoslangan va yaratilgan pedagogik
adabiyotlarda didaktik qoidalar turlicha guruhlanmoqda. Ana shularga asoslanib
ta‘lim qoidalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

1. Ta’limning ilmiy, izchil va muntazam bo‘lishi.
2. Ta’limning ongli, faollik va mustaqillilik.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

141

3. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi.
4. Ta’lim va tarbiyaning birligi.
5. Ta’limda ko‘rsatmalilik.
6. Ta’limni tushunarli, puxta va mustahkam o‘zlashtirish.

7. Ta’limda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish
hamda ta’limning mos bo‘lish va hokazo qoidalari mavjud. Ularning har biriga
alohida to‘xtalamiz. Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi. Maktab
ta’limi tizimida onglilik, faollik, mustaqillilik qoidalari muhim ahamiyatga ega.
Ta‘lim jarayonining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan sinf o‘quvchilarning faolligiga
bog‘liq. ―Tarbiyachi shuni unitmasligi kerakki, o‘quvchilarini qiziqtirmasdan,
ularni quriq majburiyat va zo‘rlash yo‘li bilangina o‘qitishdan hyech qanday
natija chiqmaydi qoidasi ilgari suringan. Biroq bu o‘rinda o‘quvchilar faoliyatini
o‘qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan tayyor va yaxlit o‘quv materialini
faolsiz tinglovchi harakterdagi faoliyat deb tushunish yarmaydi. Ta‘limda
o‘quvchilarning tafakkurini aktivlashtirish ularning mustaqilligini taraqqiy
ettirishga yordam beradi, mustaqil ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi esa
ularning fikr qilish faoliyatlarini o‘stiradi va takomillashtiradi. Ta‘lim jarayonida
o‘quvchilar faolligi, dastavval ularning aktiv faoliyati - tafakkur qilish
faoliyatidir. Materiallarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi ularning fikr
qilish faoliyatiga ta‘sir qilish jarayonida yuzaga keladi. Shunga asosan ta‘limni
ongli o‘zlashtirish prinsipi bir tomondan o‘quvchilarning mustaqil, aktiv fikr
qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomonidan ularning mustaqillik va faolligini
takomillashtirib borishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar faolligi ta‘lim jarayonidagi
emas, balki o‘zlashtirilgan ilmiy bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni
hayotga qo‘llay olish faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Tafakkur qilish fikrlash
operasiyalarida, ya‘ni taqqoslash, analiz, sintez qilish, abstraksiya va
umumlashtirishda ko‘rinadi. Ongli o‘zlashtirish prinsipi. ta‘lim jarayonida
o‘quvchilarning mustaqil olib boradigan ishlari bilan bevosita bog‘liqdir. O‘qish
jarayonida mustaqil ishlar: kitob, gazeta, jurnal materiallari, spavochniklar,
tablisalar, kartalar ustida ishlash, tabiiy fanlar ya‘ni matematika, fizika, biologiya
bo‘yicha mustaqil amaliy ishlar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazish muhum
ahamiyat kasb etadi. Ta‘limning ilmiy, tizimli va izchil bo‘lish qoidasi. Maktabda
o‘quvchilarga beriladigan bilimlar, hozirgi zamon bilimlar darajasida bo‘lishi,
o‘quvchilarga ularni ma‘lum tizimda berishni talab qiladi. A.R.Beruniy Bilish
cheksiz, uzluksiz davom etadigan jarayon, ta‘lim jarayonida o‘quvchidarga
muayyan ilmiy bilimlar berish, ularni yangi - yangi bilimlar olishga undosh kerak
deb xisoblagan. A.N.Farobiy ―Inson hayvonlardan aqli bilan ajralib turadi. Inson


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

142

aqli bilan atrofni o‘rab turgan dunyoni anglaydi, buyum va hodisalarga ilmiy
baho beradi‖, - degan. ―Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay‖-
degan Imom Al Buxoriy Maktab ta‘lim - tarbiya jarayonining hamma zvenosida
izchillik katta ahamiyatga egadir. Kundalik ta‘lim jarayoni ham, sinf va
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar ham izchillaik prinsipiga amal qilingan
taqdirdagina, kutilgan natijani berishi mumkin. Maktab o‘quv fanlari tizimi. bir
qancha didaktik qoidalarga asoslanadi. Bu didaktika qoidalarda, birinchidan,
umumiy ta‘lim maktablarida o‘qitilayotgan fanlarni ma‘lum fan tizimi bilan
o‘zaro mustahkam, ilmiy bog‘liq. Ikkinchidan fanlar asosida o‘quvchilarning
bilish qobiliyatlari hamda ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish nazarda tutiladi.
Shunga ko‘ra tizimlilik qoidasi o‘rganilgan fan asoslari va o‘rganilayotgan fan
asoslari bilan egallagan ko‘nikma va malakalar bir - birlarining davomi bo‘lmog‘i
kerak. Bu bog‘lanish predmetlar o‘rtasida ham tizimlilikning bo‘lishini talab
qiladi. Yana oshirmoqqa aylagil shiddat, - degan M.Ulug‘bek. O‘quvchilar bilim
bilan qurollanar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli bo‘lganini, ishlab
chiqaruvchi kuchlarining qanday taraqqiy etganini, texnika va iqtisod sohasidagi
yangiliklar, ilmning borgan sari rivojlantira borishni, ilm esa o‘z navbatida
hayotni yaxshilishga yordam berishini biladilar. Ilmning rivojlanishida
tajribaning roli kattadir. Ilmiy nazariyalarning haqqoniyligi amaliyotda sanaladi:
uni tajriba yo tasdiqlaydi yo inkor qiladi. Mana bu nazariya bilan tajriba
o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘quvchilar ilm asoslarini o‘rganish
jarayonida fahmlab olishlari lozim. Ulug‘lik gapda emas boshdan - oyoq, yarti ish
ham yuzta gapdan yaxshiroq degan Abdulqosim Firdavsiy. O‘quvchilar
tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astromiya va boshqa tabiiy
fanlardan o‘zlashtirilgan nazariy bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar
o‘quv - tajriba kabineti va laboratoriyalari, tajriba yer uchastkalari va ishlab
chiqarish mehnati jarayonida qo‘llaniladi. Sa‘diy Sheroziyning fikricha:‖ Ikki
toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo‘ladi: biri mulk yig‘ib
foydalanmagan va ikkinchisi esa ilm olib, amal qilmagan odam degan fikrlari
asosli va o’rinlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Qurbonov Sh, Axlitdinov R, Saidov H.Barkamol avlod orzusi. – Toshkent.:

Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1999.
2.

Pedagogika G`O‘quv qo‘llanma. Munavvarov A tahriri ostida. – Toshkent,

O‘qituvchi, 1996.
3.

Oliy ta'lim: me'yoriy hujjatlar tO‘plami.- Toshkent: Sharq nashriyot

matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2001. – 18-52 betlar.
4.

Ochilov M, Ochilova M. O‘qituvchi odobi. – Toshkent, O‘qituvchi, 1998.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

143

5.

Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. A.Munavvarov tahririda. T., «O‘qituvchi»,

1996, 86-102-b.
6.

N.G`aybullaev, R.Yodgorov. Pedagogika. Ma'ruzalar matni. T., 2000, 104-

110-b.

Библиографические ссылки

Qurbonov Sh, Axlitdinov R, Saidov H.Barkamol avlod orzusi. – Toshkent.: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1999.

Pedagogika G`O‘quv qo‘llanma. Munavvarov A tahriri ostida. – Toshkent, O‘qituvchi, 1996.

Oliy ta'lim: me'yoriy hujjatlar tO‘plami.- Toshkent: Sharq nashriyot matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2001. – 18-52 betlar.

Ochilov M, Ochilova M. O‘qituvchi odobi. – Toshkent, O‘qituvchi, 1998.

Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. A.Munavvarov tahririda. T., «O‘qituvchi», 1996, 86-102-b.

N.G`aybullaev, R.Yodgorov. Pedagogika. Ma'ruzalar matni. T., 2000, 104-110-b.