PEDAGOGIKA
UO‘K: 37.013.42
UMUMIY O‘RTA TA’LIM
MUASSASALARIDA O‘QUVCHILARNI
TARBIYALASH JARAYONIDA MAKTAB-OILA-
MAHALLA HAMKORLIGI
Annotatsiya:
Maqolada umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilar
tarbiyalashda maktab oila mahallafaoliyatini hozirgi holati yoritilgan.
Shuningdek, hamkorlikdagi faoliyatning foydali jihatlari asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
ota-ona, oila, maktab, mahalla, o‘zaro hamkorlik,
individual suhbat.
Аннотация:
В статье описано современное состояние
школьно-семейной соседской деятельности в обучении учащихся
общего среднего образования. Также обоснованы полезные стороны
совместной деятельности.
Ключевые слова:
pодители, семья, школа, соседство,
взаимное сотрудничество, индивидуальная беседа.
Abstract:
The article describes the current state of schoolfamily
neighborhood activities in the education of students in general secondary
education. Also, the beneficial aspects of cooperative activities are
justified.
Key words:
parents, family, school, neighborhood, mutual
cooperation, individual conversation.
H
uquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lini tanlagan
mamlakatimizda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi va unda
shaxs tarbiyasiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi milliy qadriyatlar yil sayin qadr
topib, nufuzi oshib bormoqda. Buning asosiy sababi davlatimiz tomonidan
ijtimoiy institutlarga har tomonlama e’tibor qaratilayotgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan mustaqillik bergan imkoniyat tufayli qo‘lga kiritilgan milliy
qadriyatlarning qayta tiklanayotganligidir. Shu ma’noda olib qaralganda,
ijtimoiy institutlar va uning muammolari bo‘yicha ilmiy asoslangan
tadqiqotlarning yuzaga kelishi dolzarb ahamiyatga molik bo‘lib qolaveradi.
Yosh avlodni tarbiyalashdek buyuk ishga Prezidentimizning ta’lim
sohasiga alohida e’tiborlarini qaratganliklari
EG
AMBERGANOVA,
Xalqaro kimyo
universiteti 2-bosqich
magistranti
har bir fan o‘qituvchisidan o‘z faoliyatiga jiddiy yondashishini talab etmoqda. Davlatimiz rahbarining
qator qarorlari asosida yoshlar bilan ishlash negizida mahalla, maktab va oilaning o‘rni haqida fikr
yuritilgan. Kelgusidagi rejalarda o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish ko‘zda tutiladi [1].
“Oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi” konsepsiyasining asosiy maqsadi yosh avlodni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda o‘zbek xalqining boy milliy, madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiya ishlab chiqib,
amaliyotga joriy etish, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini
TAMADDUN NURI
Ilmiy rahbar: Nargiza
NARZIYEVA, Xalqaro
kimyo universiteti
Samarqand filiali
dotsenti
TAMADDUN NURI ISSN2181-8258
Ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma'rifiy, adabiy-badiiy jurnal
ta’minlash, ota-onalar, pedagoglar va
mahalla faollarining umumiy hamda milliy
pedagogik madaniyatini oshirish, respublika
fuqarolari orasida milliy-mafkuraviy tarbiya
ishlarini
takomillashtirishdan
iboratdir.
Konsepsiyada jamiyat taraqqiyotining ma’naviy-
axloqiy negizi bo‘lgan milliy va umuman insoniy
qadriyatlar, milliy va umuminsoniy tarbiyaning
o‘zaro aloqasi hamda muhim yo‘nalishlari belgilab
olingan. Chunonchi, mahalla, oila va ta’lim
muassasasi
hamkorligida
milliy
tarbiya
yo‘nalishida
yoshlarning
o‘zlikni
anglash,
vatanparvarlik, milliy g‘urur, millatlararo muloqot
madaniyati, milliy-mafkuraviy onglilik, milliy
odob, fidoyilik kabi fazilatlarni o‘zlashtira olishlari
zarurligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, umuminsoniy
yo‘nalishda hamkorlikdagi pedagogik faoliyatning
huquq, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik,
gigiyenik va boshqa tarbiya sohalarini qamrab
olishi muhim ekanligiga e’tibor qaratilgan [2].
Oila, mahalla va ta’lim muassasasi
hamkorligi quyidagi tamoyillar asosida yo‘lga
qo‘yiladi:
1.
Ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik
jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi;
2.
Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning
uyg‘unligi;
3.
Hamkorlik jarayoni subyektlarining
teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
4.
Faoliyat jarayonida millat va davlat
manfaatlari ustuvorligi;
5.
Hamkorlikning ilmiy asoslanganligi.
O‘zbekistonda
sog‘lom
avlodni
tarbiyalashda
oila-mahalla-ta’lim
muassasasi
hamkorligini ta’minlash samaralaming garovidir.
Bu
borada
hukumat
tomonidan
amalga
oshirilayotgan ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan
iboratdir:
-
Oila, mahalla, ta’lim muassasalari
hamkorligini ta’minlashning huquqiy bazasini
takomillashtirish, hamkorlikning kuchayishiga
qaratilgan uslubiy ta’minotni mustahkamlash;
-
Oilada yoshlar va ota-onalarning
ijtimoiy faolligini oshirish; O‘quvchi yoshlarga
ta’lim berish, ularni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularni qiziqishlari bo‘yicha
kasbga yo‘naltirish;
-
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni
moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
-
Voyaga yetmagan o‘smirlar va yoshlar
o‘rtasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikning oldini
olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini
oshirish; Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanishga keng jalb etish orqali sog‘lom
oilaga tayyorlash; Barkamol avlodni tarbiyalashga
qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlarni
mazmunan
takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish
mexanizmini yaratish;
-
Sog‘lom
avlodni
tarbiyalashda
ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot
kommunikatsiya
texnologiyalaridan
samarali
foydalanish[3].
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul
qilingan ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qator
me’yoriy
hujjatlar,
jumladan
O‘zbekiston
Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni,
Kadrlar
tayyorlash
Milliy
Dasturi
bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay
oladigan,
mustaqil
fikrlovchi
kadrlarni
tayyorlashda oila, mahalla va maktab nufuzini
yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishni taqozo etadi.
Prezidentimizning aholining reproduktiv
salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola
tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni
voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada
kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari bunday xayrli
ishlarning izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
tibbiy-ijtimoiy islohotlar aholiga zamonaviy tibbiy
xizmatni yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni
mustahkamlash,
ekstragenital
kasalliklarni
kamaytirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda
yuz berayotgan o‘zgarishlar oila, mahalla, maktab
hamkorligi yo‘nalishida bola tarbiyasida oila, ota-
ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini
mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo
qiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida
belgilanganidek,
oila
jamiyatimizning asosiy bo‘g‘inidir. Haqiqatan ham
oila - bu jamiyatni tashkil etuvchi katta kuchdir.
2012-yilga Birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan
“Mustahkam oila” yili deb nom berilishi va shu
asosda azal-azaldan hayotimizning tayanchi va
suyanchi bo‘lib kelgan, jamiyatimizning hal
qiluvchi bo‘g‘ini bo‘lmish oila institutini yanada
rivojlantirishga qaror qilishi hayot abadiyligini, har
qaysi insonning baxt-u saodati, kelajagi, orzu-
intilishlarini mujassam etadigan oilani yanada
-------
2024-yl, 1-son, (52)
215
mustahkamlash va farovonligini oshirish, bu
borada olib borayotgan barcha ishlarimizni yangi
bosqichga ko‘tarishdek olijanob rejalarni amalga
oshirish ko‘zda tutilgani hammamizga yaxshi ayon.
Kelgusida umumiy o‘rta ta’lim sifatini
tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda
matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa
muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni
chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish nazarda
tutilgan [4]. Oilalarning mustahkamligi va
turmushning obodligi kelajak avlodning komil
inson bo‘lib yetishi uchun tayanch hisoblanadi.
Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan Davlat dasturi
asosida hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur.
Bunda oilaning ham, makatb va mahallaning ham
tashabbuskorligi va o‘zaro hamjihatliligi talab
etiladi. Oila kabi mahalla ham jamiyatni
shakllantirishning ajralmas qismidir.
Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki,
o‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning
sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla” so‘zi
arabcha „Mahallun” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari
degan ma’noni anglatadi. Mahalla shaharlar
ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan
meros bo‘lib kelmoqda. Mahalla-yurt mustahkam
bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik
hukm suradi. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona,
degan naqldan kelib chiqib, kelajak avlodni
tarbiyalash va unga ta’lim berish jarayonini amalga
oshirish borasida kichik Vatan bo‘lmish
mahallaning oldida quyidagi vazifalar turadi:
mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari
bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga
oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarni muhokama
qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini
topishda faollik ko‘rasatilishi, mahalla o‘z
hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj
oilalarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlab va
farzandlarining bilim va tarbiya olishlariga bosh-
qosh bo‘lishi, ma’nan nosog‘lom oilalarni mahalla
yig‘inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan
jamoatchilik
choralarini
ko‘rish,
mahalla
hududidagi o‘quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy
va ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini qo‘llab-
quvvatlash,
ota-onalar
orqali
bolalarni
tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur,
vatanparvarlik, milliy odob, mafkuraviy onglilik,
baynalmilallik kabi xislatlarni singdirishni har
tomonlama rag‘batlantirish; yoshlarga diniy
mazhablar
va
sektalar,
aqidaparastlikning
mohiyatini to‘g‘ri anglab yetishiga ota-onalar
orqali ta’sir ko‘rsatish, ulug‘ ajdodlarimizning
tarbiyaviy
o‘gitlarini
singdirib
borishga
jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla yig‘inlarida
milliy davlatchilik va milliy mafkura g‘oyalarini,
respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda
erishilgan yutuqlar to‘g‘risida turli tadbirlar tashkil
qilishdir.
Bolani tarbiyalashda maktab, mahalla,
oila hamkorligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, ta’lim-
tarbiya sifati va samaradorligiga erishish va
oldimizga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. “Qush uyasida
ko‘rganini qiladi” deyilganidek, bola ham oilasida
qanday tarbiya ko‘rsa, jamiyatda ham, mahallada
ham shuni ko‘rsatadi. Ulug‘ donishmandlardan
biri: “Agar sen bir yilni o‘ylasang bug‘doy ek,
hosilni kuzning o‘zidayoq olasan. O‘n yildan
keyinni o‘ylasang, bog‘ yarat, uch-to‘rt yil o‘tib,
meva beradi. Agar sen kelajak tashvishi bilan
yashasang, farzandlaringga yaxshi tarbiya ber”, -
degan ekan. Bu bilan nima demoqchi, ya’ni
kelajaging bolang qo‘lida, sen unga qanday tarbiya
bersang, shuni o‘zingga qaytaradi.
Tarbiyada talabchanlik, ota-ona va katta
yoshdagi kishilarning o‘zaro ahilliklari, kichiklarga
g‘amxo‘rlik, osuda turmush va halol mehnat
faoliyati oilaviy tarbiyaning asosini tashkil etadi.
Bundan tashqari har bir oilada farzand tarbiyasida
aniq bir maqsad bo‘lishi kerak. Eng muhimi,
farzandlarimizni nafaqat bo‘lajak ota-ona yoki aka-
uka, opa-singil sifatida, balki jamiyatning haqiqiy
fuqarosi, kelajagiga ishonuvchi, unga sadoqat bilan
xizmat qiluvchi inson, vatanparvar posbon sifatida
ham tarbiyalashga e’tibor berishimiz lozim. Oilada
doimo tinchlik bo‘lishi, bo‘sh vaqtini faol tashkil
etish, madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy
sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to‘g‘ri
tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada
hamjihatlikdir [5].
Ta’lim-tarbiya masalasi murakkab bo‘lib,
bunday ulkan mas’uliyatli, sharafli ishni oila,
mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan
hamkorlikda olib borish muhim o‘rin egallaydi.
Mahallaning ustunligi shundaki, bu yerda ko‘p
yillar davomida birga yashagan, bir-birini bilgan,
sinagan, tanigan kishilar istiqomat qiladilar. Ular
har bir oiladagi muhitni va har bir bola tarbiyasini,
ota-onasini mahallada tutgan o‘rni, mavqeyi hamda
imkoniyatlarni yaxshi biladilar.
Oila, mahalla, maktab hamkorligi rejasini
tuzish:
-
Tarbiyaviy ishlar o‘tkazish dasturi va
shu dastur asosida mahallada yashovchi har bir bola
TAMADDUN NURI ISSN2181-8258
2024-yil, 1-son, (52) Ilmiy,ijtimiiy-faltafiy, madaniy-
ma’rifiy, adabiy-badffy jurnal
217
bilan bu tarbiyaviy ishlarni olib borish;
-
Mahallada bolalar dam olishlariga,
qiziqarli ishlar bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat
yaratib berish;
-
Mahallada tarbiyaning ta’sirini oshirish,
kabi ko‘plab ishlarni olib borish,
o‘quvchilar har tomonlama axloqli
tarbiya
topishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.
Har bir bola maktab ostonasiga qadam
qo‘yar ekan, o‘zining kelajakdagi qiladigan
ishlarini jajji ongida tasavvur qiladi. Maktabda
olgan bilimlari, ta’lim-tarbiyasi, bu ishlarning
amalga oshishida albatta o‘z ta’sirini o‘tkazmay
qolmaydi.
Oila, mahalla, maktab hamkorligida
quyidagi
tamoyillarga
amal
qilinganida
samaradorlik yanada yuqoriroq bo‘ladi:
-
ta’lim-tarbiya
jarayonida
hamkorlik harakatlarining ish birligi;
-
tarbiyalanuvchiga
hurmat
va
talabning uyg‘unligi;
-
hamkorlik jarayoni subyektlarining
teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati.
-
ota-ona farzandining maktabgacha
bo‘lgan davrdagi jismoniy, aqliy va ma’naviy
rivojlanishini ta’minlash. Bularning barchasi
bolaning yetuk inson bo‘lib voyaga yetishida
muhim jihatlardan biri hisoblanadi.
Tarbiyaviy, tashkiliy, uslubiy ishlarni
hayotga tatbiq etishda har bir fuqaro, oila, mahalla
va maktab o‘zining shart-sharoiti, atrof-muhitni
tahlil qilib:
-
o‘quvchi, o‘qituvchi, ota-ona;
-
maktab, oila, mahalla, jamoatchilik;
-
oila, mahalla, maktabgacha ta’lim
muassasalari, maktab yo‘nalishlariga amaliy
tarbiya ishlarini hayotga tatbiq etib va shu kun
talabi darajasida targ‘ibot ishlarini olib borilsa,
natijada tarbiya masalalari bo‘yicha ijobiy
yutuqlarga erishish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni ma’lum qilamizki,
yosh avlodni yaxshi xulqli, vatanga sadoqatli qilib
tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga
ahamiyat berish lozim. Chunki bularsiz tarbiyada
ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Mahalla,
maktab, oila hamkorligining ijobiy tomonlari
shundaki - bolaning dunyoviy bilimga ega bo‘lishi,
fikrlarning keng bo‘lishi, noto‘g‘ri ta’sirlarga
berilmasligi, uyda, maktabda bo‘sh vaqtini unumli
o‘tkazishni ta’minlashga va xalqiga, jamiyatga
foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga
yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги ПФ-
5712-сон “Ўзбекистон Республикаси халқ
таълими
тизимини
2030
йилгача
ривожлантириш
концепциясини
тасдиқлаш тўғрисида”ги фармони // Халқ сўзи.
- Тошкент, 2019 йил 30 апрель. № 88 (7318). -1б.
2.
Мусурмонова O. “Маънавий қадриятлар
ва ёшлар тарбияси” Т.: Ўқитувчи, Б. 35.
3.
Kamalova A. O. “The role of game
technology in the formation of organizational
qualities in general secondary school students”.
Eurasian journal of academic research. Volume 1,
Issue 01. ISSN 2181-2020 15 April 2021. 154-bet.
4.
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-
4947-сон “Ўзбекистон Республи-
касини
янада
ривожлантириш
бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” фармони.
Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжати. - Т.:
2017 йил, 6-сон, 70-модда.
5.
“School, Family, and
Community Partnerships”. New York, 2011. - 76 p.
