To‘plamda Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkazilgan “Chet tillarni o’qitishda dolzarb muammolar, innovatsiyalar, an’analar, yechimlar va badiiy adabiyotlar tahlili” deb nomlangan Respublika miqyosidagi konferensiyada ishtirok etgan taniqli olimlar, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalarning
ma’ruzalari jamlangan. Undan o‘rin olgan ma’ruzalar o‘zbek, ingliz, rus, qoraqalpoq, nemis tillaridadir. Konferensiya materiallaridan iborat to‘plamda badiiy matnning stilistik tahlili, yechim va muammolari, xorijiy tillarni o'qitishda it teхnologiyalar, masofaviy ta'lim, elektron raqamli ta'lim, chet tillarni o'qitishda
zamonaviy lingvistika yo'nalishlari, lingvistik tamoyillardan foydalanish, xorijiy til o'qituvchisining kasbiy kompetensiyalari hamda хorijiy tillarni o'qitishda baholash, qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari, tarjimashunoslikning umumfilologik muammolari, roman-german tillari va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodlari kabi sohalarga oid dolzarb masalalar yoritilgan. To‘plam til
nazariyasi, o‘qitishning dolzarb muammolari, ta’lim-tarbiya nazariyalari, tillar o‘qitish metodikasi, xorijiy adabiyot, tarjima muammolari sohalarida ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar va magistrantlarga mo‘ljallangan.