Covid-19 infeksiyasini o’tkazgan homilador ayollarda gestatsiyaning kechishi va yurak – qon tomir tizimidagi asoratlari

Annotasiya

llmiy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, COVID-19 infeksiyasi gestatsiya jarayonini kechiktirishi, platsenta funksiyasiga salbiy ta’sir ko'rsatishi hamda yurak-qon tomir tizimida turli asoratlami kcltirib chiqarishi muinkin. Shu bois ushbu muammoni o'rganish va uning oldini olish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish akusher-ginekologiya amaliyotida dolzarb masala hisoblanadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2025
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
83-84
5

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Yomg‘irova, D., & Muratova, N. (2025). Covid-19 infeksiyasini o’tkazgan homilador ayollarda gestatsiyaning kechishi va yurak – qon tomir tizimidagi asoratlari . Akademik Komiljon Zufarovning 100 Yilligiga bag’ishlangan, 1(1), 83–84. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/akzyb/article/view/109237
N Muratova, Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti
Ilmiy rahbar: t.f.d.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

llmiy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, COVID-19 infeksiyasi gestatsiya jarayonini kechiktirishi, platsenta funksiyasiga salbiy ta’sir ko'rsatishi hamda yurak-qon tomir tizimida turli asoratlami kcltirib chiqarishi muinkin. Shu bois ushbu muammoni o'rganish va uning oldini olish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish akusher-ginekologiya amaliyotida dolzarb masala hisoblanadi.


background image

83

COVID-19 INFEKSIYASINI O’TKAZGAN HOMILADOR AYOLLARDA

GESTATSIYANING KECHISHI VA YURAK – QON TOMIR TIZIMIDAGI

ASORATLARI

Yomg‘irova D.X.

Ilmiy rahbar: Muratova N.D. t.f.d.

Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti, Toshkent, O‘zbekiston.

Dolzarbligi:

Ilmiy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, COVID-19 infeksiyasi

gestatsiya jarayonini kechiktirishi, platsenta funksiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda
yurak-qon tomir tizimida turli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois ushbu
muammoni o‘rganish va uning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish akusher-
ginekologiya amaliyotida dolzarb masala hisoblanadi.

Tadqiqot maqsadi:

Covid-19 bilan bog‘liq yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan

og‘rigan ayollarda homiladorlik va tug‘ruq jarayonining xususiyatlarini o‘rganish.

Material va usullar:

Biz 2025 yil yanvar oyida Toshkent Shahar Perinatal Markazining

homiladorlar patologik bo‘limida davolangan va tug‘ruqqa qabul qilingan yurak-qon tomir
tizimi kasalliklari bo‘lgan 24 nafar homilador ayolni tekshirdik.

Tekshiruvimiz

natijasida

bemorlarni 2 guruhga ajratdik:

1-guruh – homiladorlik davomida covid-19 infeksiyasini yuqtirgan 13 nafar ayol;

2-guruh – covid-19 bilan kasallanmagan, ammo yurak-qon tomir tizimi kasalligiga

chalingan 11 nafar homilador ayol.

Bemorlarning shikoyatlari, anamnezi, o‘tkazilgan covid-19 infeksiyasi haqidagi

ma’lumotlari va kasallikning og‘irlik darajasi o‘rganildi. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari
rivojlanish sabablarini aniqlash uchun covid-19ga PCR-testlar o‘tkazildi. Yurak patologiyasi
EKG, ExoKG va kardiolog maslahati orqali aniqlandi. Homilaning holati homiladorlarning
fetoplatsentar kompleksi UZI monitoringi orqali baholandi. Tadqiqotda qatnashgan homilador
ayollardan hech biri covid-19ga qarshi emlanmagan edi.

Tadqiqot natijalar va muhokama:

Tekshirilgan ayollarning o‘rtacha yoshi 27–28

yoshni tashkil etdi. Epidemiologik anamnez tahliliga ko‘ra, 1-guruhga kiruvchi homilador
ayollardan: 6 nafari covid-19ni homiladorlikning I-trimestrida, 4 nafari II-trimestrida, 3 nafari
III-trimestrida yuqtirgan.

Covid-19 kasalligi o‘rta og‘irlik darajasida 5 nafar homiladorda kuzatilib, ular maxsus

statsionarlarda davolangan. Kasallik yengil shaklda kechgan homiladorlarning ahvoli
qoniqarli bo‘lib, statsionar davolanish talab etilmagan. 1guruhga kirgan barcha bemorlarda
kasallik davrida o‘tkazilgan PCR-test musbat natija bergan.

1-guruh (covid-19 bilan kasallanganlar): 5 nafar (35,5%) homiladorlarda miokardit

32-35 haftalikda aniqlangan, 1 nafar (8%) homiladorda mitral klapan yetishmovchiligi 15-

haftalikda tashxislangan, 2 nafar (15%) homiladorda 30-34 haftalikda preeklampsiya, 3 nafar
(23%) surunkali gipertenziya 22-25 haftalikda, 2 nafar (15%) peripartum kardiomiopatiya 37–
39 haftalikda aniqlandi.


background image

84

2-guruh (covid-19 bilan kasallanmaganlar): 1 nafar (9%) homiladorda 16-26 haftalikda

miokardit, 3 nafar (28%) homiladorda gestatsion gipertenziya, 2 nafar (15%) homiladorda
mitral klapan yetishmovchiligi, 2 nafar (15%) homiladorda aortal klapan yetishmovchiligi, 1
nafar (9%) homiladorda bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni, 1 nafar (9%) homiladorda Batallov
yo‘li patologiyasi, 1 nafar (9%) homiladorda bo‘lmachalararo anevrizma va qorinchalararo
ekstrasistoliya aniqlangan.

Homilador ayollarda fetoplatsentar kompleksning ultratovush tekshiruvlarida:

1-guruh homiladorlarida bachadon-platsentar qon aylanishining I-B darajali buzilishi

(66%) kuzatildi,

2-guruh homiladorlarida homila-platsentar qon aylanishining II-B darajali buzilishi

(58%) aniqlandi.

Bu ko‘rsatkichlar 2-guruh homiladorlariga nisbatan (taxminan 15%) yuqoriroq edi. Qon

aylanishining buzilishi holatlarida homila distress sindromining oldini olish bo‘yicha choralar
ko‘rilganidan so‘ng muddatidan oldin tug‘ruq o‘tkazish tavsiya etilgan.

Tug‘ruq natijalari: 1-guruhda – 53,8% ayollar kesarcha kesish operatsiyasi orqali

tug‘gan,

2-guruhda – 54,5% ayollarda kesarcha kesish operatsiyasi qo‘llangan.

Xulosa:

Covid-19 bilan bog‘liq miokardit homiladorlikning turli trimestrida rivojlanishi

mumkin.

Covid-19 bilan bog‘liq yurak-qon tomir tizim kasalligini kech aniqlash aritmiya,

yurak yetishmovchiligi, preeklampsiya va homila gipoksiyasi kabi xavflarni oshiradi. Bu
holatlar kardiotonik davolashni talab etadi. Ko‘p hollarda operativ tug‘ruq (kesarcha kesish)
talab etilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Шахизирова, Ирода, and Гулчехра Хамраева. "Clinical Manifestations of Post-Covid

Syndrome among Children." in Library 3.3 (2023).

2.

Рузметова, И. А., Д. А. Эгамбердиева, and Е. Э. Расулев. "Показатели

коэффициента атерогенности у больных атеросклерозом брахиоцефальных
сосудов." CardioСоматика 8.1 (2017): 67-67.

3.

Agzamova, S. A., F. Akhmedova, and E. A. Shamansurova. "Evaluation of potentially

removable risk factors of arterial hypertension in children of Uzbekistan." European science
review 7-8 (2018): 76-79.

4.

Ахмедова, Ф. М., and Ш. А. Агзамова. "Оценка параметров систолического и

диастолического

артериального

давления

у

детей

младшего

школьного

возраста." АРТЕРИАЛЬНАЯ ГИПЕРТОНИЯ: ОТ ТЕОРИИ К ПРАКТИКЕ. 2015.

5.

Агзамова, Ш. А., and Ф. Р. Бабаджанова. "ВРОЖДЕННЫХ ПОРОКОВ СЕРДЦА

У ДЕТЕЙ ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН." Вестник
национального детского медицинского центра 2 (2022): 11-15.

Bibliografik manbalar

Шахизирова, Ирода, and Гулчехра Хамраева. "Clinical Manifestations of Post-Covid Syndrome among Children." in Library 3.3 (2023).

Рузметова, И. А., Д. А. Эгамбердиева, and E. Э. Расулев. "Показатели коэффициента атерогенности у больных атеросклерозом брахиоцефальных сосудов." Сагб1оСоматика 8.1 (2017): 67-67.

Agzamova, S. A., F. Akhmedova, and E. A. Shamansurova. "Evaluation of potentially removable risk factors of arterial hypertension in children of Uzbekistan." European science review 7-8 (2018): 76-79.

Ахмедова, Ф. M., and Ш. А. Агзамова. "Оценка параметров систолического и диастолического артериального давления у детей младшего школьного возраста." АРТЕРИАЛЬНАЯ ГИПЕРТОНИЯ: ОТ ТЕОРИИ К ПРАКТИКЕ. 2015.

Агзамова, Ш. A., and Ф. Р. Бабаджанова. "ВРОЖДЕННЫХ ПОРОКОВ СЕРДЦА У ДЕТЕЙ ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН." Вестник национального детского медицинского центра 2 (2022): 11-15.