Kam vaznda erta muddatda tugi’gan bolalarda pnevmoniyaning kechish xususiyatlari

Annotasiya

Pnevmoniya o’pka parenximasining o’tkir yuqumli yallig’lanishi bo’lib, xaraktcrli klinik va rcntgcnologik bclgilar asosida tashxislanadi. Pnevmoniya bolalarda eng tez-tez uchraydigan va jiddiy o’pka kasalliklaridan biridir,eng yuqori kasallanish va o’lim darajasi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va hayotning birinchi yillaridagi bolalarda qayd etilgan. Pncvmoniyadan vafot etgan bolalaming yosh tarkibini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, barcha o’limlaming 96,1% erta yoshda sodir bo’ladi va salbiy oqibatlarning maksimal soni chaqaloqlik davrida sodir bo’ladi (100 ming bola aholiga 102ta). Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko’ra, butun dunyo bo’ylab bolalar o’limining asosiy sababi-pnevmoniyadir. Bir yilda pnevmoniyadan 5 yoshgacha bo’lgan 1 millionga yaqin bola hayotdan ko’z yumadi. Bu OITS, bezgak va qizamiqdan ko’proqdir. Pediatriya amaliyotida pnevmoniya va uning asoratlarini erta aniqlash va tashxislash muhim ahamiyatga cga.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2025
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
69-70
7

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Atabekova, U. (2025). Kam vaznda erta muddatda tugi’gan bolalarda pnevmoniyaning kechish xususiyatlari. Akademik Komiljon Zufarovning 100 Yilligiga bag’ishlangan, 1(1), 69–70. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/akzyb/article/view/109198
U Atabekova, Toshkent davlat stomatologiya instituti
1-sonli terapevtik yo`nalishdagi fanlar kafedrasi, assistenti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Pnevmoniya o’pka parenximasining o’tkir yuqumli yallig’lanishi bo’lib, xaraktcrli klinik va rcntgcnologik bclgilar asosida tashxislanadi. Pnevmoniya bolalarda eng tez-tez uchraydigan va jiddiy o’pka kasalliklaridan biridir,eng yuqori kasallanish va o’lim darajasi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va hayotning birinchi yillaridagi bolalarda qayd etilgan. Pncvmoniyadan vafot etgan bolalaming yosh tarkibini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, barcha o’limlaming 96,1% erta yoshda sodir bo’ladi va salbiy oqibatlarning maksimal soni chaqaloqlik davrida sodir bo’ladi (100 ming bola aholiga 102ta). Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko’ra, butun dunyo bo’ylab bolalar o’limining asosiy sababi-pnevmoniyadir. Bir yilda pnevmoniyadan 5 yoshgacha bo’lgan 1 millionga yaqin bola hayotdan ko’z yumadi. Bu OITS, bezgak va qizamiqdan ko’proqdir. Pediatriya amaliyotida pnevmoniya va uning asoratlarini erta aniqlash va tashxislash muhim ahamiyatga cga.


background image

69

KAM VAZNDA ERTA MUDDATDA TUGI’GAN BOLALARDA

PNEVMONIYANING KECHISH XUSUSIYATLARI

Atabekova U.A. 1-sonli terapevtik yo`nalishdagi fanlar kafedrasi, assistenti.

Toshkent davlat stomatologiya instituti, O`zbekiston

Dolzarbligi.

Pnevmoniya o’pka parenximasining o’tkir yuqumli yallig’lanishi bo’lib,

xarakterli klinik va rentgenologik belgilar asosida tashxislanadi. Pnevmoniya bolalarda eng
tez-tez uchraydigan va jiddiy o’pka kasalliklaridan biridir,eng yuqori kasallanish va o’lim
darajasi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va hayotning birinchi yillaridagi bolalarda qayd etilgan.
Pnevmoniyadan vafot etgan bolalarning yosh tarkibini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, barcha
o’limlarning 96,1% erta yoshda sodir bo’ladi va salbiy oqibatlarning maksimal soni
chaqaloqlik davrida sodir bo’ladi (100 ming bola aholiga 102ta). Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko’ra, butun dunyo bo’ylab bolalar o’limining asosiy sababi-
pnevmoniyadir. Bir yilda pnevmoniyadan 5 yoshgacha bo’lgan 1 millionga yaqin bola
hayotdan ko’z yumadi. Bu OITS, bezgak va qizamiqdan ko’proqdir. Pediatriya amaliyotida
pnevmoniya va uning asoratlarini erta aniqlash va tashxislash muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqot maqsadi:

Kam vaznda erta muddatda tug’ilgan bolalarda o’tkir respirator

kasalliklardan keyin rivojlangan pnevmoniyaning kechish xususiyatlarini o’rganish.

Materiallar va usullar.

RIPIATM pulmonologiya va erta yoshli bolalar patologiyasi

bo’limlarida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan kam vaznda tug’ilgan o’tkir respirator
kasalliklardan keyin rivojlangan pnevmoniya bilan og’rigan 25 nafar bola (asosiy guruh)
kuzatuvda bo’ldi. Asosiy guruh bolalari 25 nafar nazorat guruhi amaliy sog’lom bolalar bilan
solishtirildi.Asosiy guruhning 14 tasi o’g’il bolalar,11 tasi qiz bolalar; nazorat guruhda
pnevmoniya bilan asoratlanganlari 15 nafar,asoratsiz sog’ayganlar 10 nafarni tashkil qildi.

Natijalari va ularning muhokamasi.

Asosiy guruhning kasallanish holatlari so’nggi

6 oy ichida bolalarning tez-tez O’RVI bilan kasallanishi, homiladorlik davridagi onalarning
virusli infeksiyalar bilan xastalanishi, kamqonlik, toksikoz fonida yuzaga kelgan. Asosiy
guruh bolalarida kasallikning klinik belgilari: 3 kundan ortiq haroratning 38 C dan ko’tarilishi-
25 (100%), subfebril harorat-14 (56%), nafas qisilishi (nafas olish tezligi kuniga 40 martadan
ortiq bir daqiqada)-14 (56%), intoksikatsiya begilari (umumiy holsizlik, ishtahasizlik)-18
(72%), perkutor tovushning qisqarishi-25 (100%), auskultatsiyada mayda pufakchali nam
krepitatsiya eshitilishi-10 (40%) nafar bolada kuzatildi.

Nazorat guruhdagi pnevmoniya bilan asoratlangan 15 nafar amaliy sog’lom bolalarning

homiladorlik anamnezi, tug’ruq ko’rsatkichlari o’rganildi va baholanib, ularga nafas mashqlari
buyurildi.

Xulosa.

Kam vaznda erta muddatda tug’ilgan bolalarda o’tkir respirator kasalliklar

bilan kasallanish holatlarini erta aniqlash, shu bilan birgalikda kasallikning ikkilamchi
profilaktikasini takomillashtirish bolalarda pnevmoniya kasalligi va yuzaga keladigan
asoratlar xavfini kamaytiradi.


background image

70

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Джаббарова, Ирода. "Адаптационные возможности детского организма

после перенесенной постковидной инфекции." in Library 2.2 (2024): 79-85.

2.

Хомова, Н. А., В. М. Коломиец, and Ф. К. Ташпулатова. "Приверженность

к

лечению

больных

туберкулезом

как

фактор

риска

снижения

его

эффективности." Университетская наука: взгляд в будущее. 2020.

3.

Ахмедова, Дилором Ильхамовна, Т. О. Даминов, and Ш. А. Агзамова.

"Клинико-диагностические особенности основных синдромов у детей при
внутриутробном инфицировании TORCH." Детские инфекции 8.1 (2009): 29-31.

4.

Ахмедова, Ф. М., and Ш. А. Агзамова. "Оценка параметров систолического

и диастолического артериального давления у детей младшего школьного
возраста." АРТЕРИАЛЬНАЯ ГИПЕРТОНИЯ: ОТ ТЕОРИИ К ПРАКТИКЕ. 2015.

5.

Агзамова, Ш. А., and Ф. Р. Бабаджанова. "ВРОЖДЕННЫХ ПОРОКОВ

СЕРДЦА

У

ДЕТЕЙ

ХОРЕЗМСКОЙ

ОБЛАСТИ

РЕСПУБЛИКИ

УЗБЕКИСТАН." Вестник национального детского медицинского центра 2 (2022): 11-
15.

Bibliografik manbalar

Джаббарова, Ирода. "Адаптационные возможности детского организма после перенесенной постковидной инфекции." in Library 2.2 (2024): 79-85.

Хомова, Н. А., В. М. Коломиец, and Ф. К. Ташпулатова. "Приверженность к лечению больных туберкулезом как фактор риска снижения его эффективности." Университетская наука: взгляд в будущее. 2020.

Ахмедова, Дилором Ильхамовна, Т. О. Даминов, and Ш. А. Агзамова. "Клинико-диагностические особенности основных синдромов у детей при внутриутробном инфицировании TORCH." Детские инфекции 8.1 (2009): 29-31.

Ахмедова, Ф. М., and Ш. А. Агзамова. "Оценка параметров систолического и диастолического артериального давления у детей младшего школьного возраста." АРТЕРИАЛЬНАЯ ГИПЕРТОНИЯ: ОТ ТЕОРИИ К ПРАКТИКЕ. 2015.

Агзамова, Ш. A., and Ф. Р. Бабаджанова. "ВРОЖДЕННЫХ ПОРОКОВ СЕРДЦА У ДЕТЕЙ ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН." Вестник национального детского медицинского центра 2 (2022): 11-15.