QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHINING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Kirish Meva-sabzavot ekinlari dunyoning hamma mamlakatlarida yetishtiriladi. Har bir kishining yillik sabzavot iste’mol qilishi 60 kg ni tashkil etib, bu fiziologik me’yordan ko‘pchilik davlatlarda 1,5-3 baravar kamdir. Lekin Italiya, Ispaniya, Fransiyada bu me’yor 150-200 kg ni tashkil etadi. Respublikamizda har bir sabzavot ekinlarining umumiy ishlab chiqarishdagi salmog‘i ham o‘zgarmoqda. Hozirgi paytda umumiy sabzavot ekinlar maydonining 35-38 foizini pomidor, 15-17 foizini -karam, 18-20 foizini piyoz va sarimsoq, 4-6 foizini - sabzi, 8-10 foizini - bodring, 2- 3 foizini - lavlagi, 9-10 foizini - boshqa sabzavot ekinlari, ya’ni rediska, boyimjon, qalampir, kabachka, patisson, ko‘katlar va boshqalar egallaydi. O‘zbekiston sharoitida meva-sabzavot va ularni qayta ishlab chiqarishdan olingan asosiy mahsulotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega.